22.10.2025 yildagi 175-13-194-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 23.10.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ELLIKQALʼA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2026-yil uchun band qilish toʻgʼrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʻyish tartibi toʻgʼrisida”gi Nizomi, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabr kungi “Аholi bandligi toʻgʼrisida”gi 642-sonli Qonunining 39-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimining 2025-yil 5-sentabr kungi 12/05-02/01/07-620-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabr kungi “Аholi bandligi toʻgʼrisida”gi 642-sonli Qonunining 39-moddasiga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun tumandagi korxonalar, tashkilotlar, idoralar uchun ishchilarning roʻyxati boʼyicha oʼrtacha sonidan 56 odam, 3,0 foiz miqdorda shu hisobdan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar 42,8 foiz 24 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kambagʻal oilalar reestridagi oilalarning aʼzolari 42,8 foiz 24 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) nogironligi boʻlgan shaxslar uchun 9 foiz 5 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sudning qaroriga koʻra tibbiy tusdagi majburlov choralari qoʻllanilishidan ozod boʻlgan shaxslar uchun 3,6 foiz 2 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oilaviy (maishiy) zoʻravonlik natijasida jabrlangan shaxslar uchun 1,7 foiz 1 nafar ish oʻrinlari 2026-yil uchun band qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash uchun maxsus komissiya 1-ilovaga muvofiq, 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun zaxiraga qoʻyiladigan ish oʻrinlari maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq, 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun davlat tashkilotlari (budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar) tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq, 2026-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish uchun xodimlarining roʻyxatdagi oʻrtacha yillik soni yuz nafardan ortiqni tashkil etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar bundan mustasno) tomonidan majburiy zaxira qoʻyiladigan ish oʻrinlarining manzilli roʻyxati 4-ilovaga tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxona va tashkilotlar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj hamda ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2025-yil yakunlanishidan 10 kun oldin kvota ish oʻrinlari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2026-yilning 10-aprelidan kechiktirmasdan ish oʻrinlarining qolgan qismi 75 foizini tashkil qilish (ajratish yoki band qilib qoʻyish) haqidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʻyicha ish oʻrinlarini band qilish kasb va lavozimlari, mutaxassislar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror asosida chiqarilgan buyruq nusxalarni tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimiga topshirish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxona, muassasa va idoralar rahbarlariga ijtimoiy himoyaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar ish oʻrinlarining koʻrsatib oʻtilgan miqdorini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabr kungi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʼrisida” gi Nizomga muvofiq belgilangan muddatda va tartib bilan yaratilishini (ajratilishini yoki band qilib qoʻyilishini) hamda ish oʻrinlarini sanitariya-gigiyena qoidalariga va ishchilar oʻz vazifalarini qiyinchiliklarsiz bajarishini taʼminlaydigan mehnat shartnomalariga muvofiq boʻlishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilot va korxonalarning mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʼrisida”gi Nizomning 21-bandiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabr kungi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarining eng kam sonini belgilash va zahiraga qoʻyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʼrisida”gi Nizomga muvofiq ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda ish izlayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkillashtirilgan tashkilotlar shu ish oʻrinlarini tashkillashtirishga sarflangan mablagʼning bir qismini tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari hisobga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi toʻgʼrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʼiga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganligini hisobga olib, “Ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan eng kam sondan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga - har bir xodim uchun bir yil davomida oyiga bazaviy hisoblashning 2 baravari miqdorida haq toʼlash” toʻgʼrisidagi Nizomga asosan subsidiya ajratilishini taʼminlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman kambagʼallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (R.Matsapayev) ushbu qarorni tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishini nazorat qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ellikqalʼa tuman hokimining 2024-yil 28-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2025-yil uchun band qilish toʻgʼrisida”gi 188-13-194-Q/24-sonli qarori oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Аlimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ellikqalʼa tumani hokimi V. NIYAZIMBETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Ellikqalʼa tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-13-194-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.