XALQ DEPUTATLARI BOʻSTON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VII-3-013-1-19-K/24-sonli qarori ijrosi jarayonida tuman mahalliy budjetiga kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 24-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 27 va 147-moddalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi PF-5283-sonli “Mahalliy davlat hokimyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshmcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari I. Xojakbarovning Xalq deputatlari Boʻston tumani Kengashi 2024-yil 27-dekabrdagi “2025-yil uchun Boʻston tumani mahalliy budjetini tasdiqlash toʻrgʻrisida”gi VII-3-013-1-19-K/24-sonli qarori ijrosi jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevral kungi “Hududlarda 2025-yilda tejamkorlik va barqarorlikni taʼminlash tamoyili asosida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish va samaradorligini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 03-03/1-4456-raqamli 6-son bayoni, Oʻzbekiston Respublikasi “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori, ijtimoiy soha obyektlari isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish boʻyicha 2020-yil 29-dekabrda 45-2020-son davlat-xususiy sheriklik bitimiga 2024-yil 6-avgust kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida 45/1-2020-reyestr raqami bilan roʻyhatga olingan 1-sonli qoʻshimcha kelishuv, xomiladorlik va kasallik varaqalari, kommunal toʻlovlar, harajatlarni maqbullashtirish va boshqa harajatlar boʻyicha 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Budjet Kodeksining 27-va 147-moddalariga asosan budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning aniqlangan miqdorlariga 2025-yil davomida kiritilgan oʻzgarishlar 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman mahalliy budjetidan mablagʻoluvchi budjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlaridan boʻlgan yetishmovchiliklar 3-ilovaga muvofiq maʼlumot uchun qabul qilinsin.
4. 2025-yil davomida maqbullashtirilgan mablagʻlar ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar boʻyicha yetishmovchiliklar uchun yoʻnaltirib borilsin.
5. Boʻston tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimiga 2025-yil Boʻston tumani mahalliy budjeti ijrosi jarayonida hududiy budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga budjetdan ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligi hamda erishilgan natijalar toʻgʻrisida hisobot kiritsin.
6. Mazkur qarorning ijrosini taʼmilash tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M. Gaziyevga, nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari doimiy komissiyasi (Sh. Mamarizayev) hamda kotibiyat mudiri J. Raxmonov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi NOSIROVA SANABARXON ABDINABIYEVNA
Andijon viloyati, Boʻston tumani,
2025-yil 5-avgust,
VII-10-118-1-19-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.