XALQ DEPUTATLARI YUNUSOBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-sonli Qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-sonli Qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi kotibiyati (S. Sobirjonov)ga quyidagilar topshirilsin:
mahalliy davlat organlari rahbarlarining hisoboti (axboroti)ni eshitishga doir nazorat tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish;
hisobot (axborot)larni eshitish uchun tayyorgarlik jarayonlariga Kengash huzuridagi Ekspertlar guruhlari aʼzolarini jalb etish hamda ularning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlash.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi doimiy komissiyalari zimmasiga yuklansin.
Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi ABDUVALIYEV BOXADIR ABDULXAYEVICH
Toshkent sh.,
2025-yil 21-iyun,
III-9-48-14-206-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.