19.09.2005 yildagi PQ-183-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKSPORT-IMPORT OPERATSIYALARINI TARTIBGA SOLISH BORASIDAGI QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish borasidagi chora-tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish natijasida eksport tarkibida ijobiy oʻzgarishlar roʻy bermoqda — tayyor mahsulot va xizmatlar ulushi koʻpaydi, tashqi savdo aylanmasida barqaror ijobiy saldo taʼminlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir qatorda tashqi savdo faoliyatini tashkil etish va bojxona rasmiylashtiruvi tizimida jiddiy kamchiliklar va amaldagi qonun hujjatlarini buzish hollari mavjud. Bojxona organlari tomonidan past sifatli, sertifikatlanmagan isteʼmol mahsulotlarini respublikaga noqonuniy olib kirishning oldini olish boʻyicha zarur nazorat taʼminlanmayapti. Importyorlar tomonidan olib kelinayotgan mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibini qoʻpol ravishda buzish, bayon etilayotgan qiymatni sunʼiy ravishda pasaytirish, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan boʻyin tovlash kabi faktlar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarishda import qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlardan foydalanish oʻrniga ularni mahalliylashtirish, oʻzining valyuta mablagʻlari oqimini taʼminlovchi raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishga yoʻnaltirish jarayoni sust bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo aylanmasi balansini oshirish, eksport-import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solishni tobora takomillashtirish, korxonalarni modernizatsiyalash va texnologik qayta jihozlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, eksportga moʻljallangan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2005-yilning 1-noyabridan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandnig ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi PQ–288-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 50-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 12-dekabrdagi PQ-744-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 534-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-823-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 98-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, yagona yer soligʻi toʻlaydigan va QQS toʻlashdan ozod qilingan qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilariga berilgan imtiyozlar tovarlarni import qilishga emas, balki faqat ularning asosiy faoliyatiga daxldordir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy sud bu boradagi qonunbuzarliklarga qatʼiyan chek qoʻysin va amaldagi qonun hujjatlarining qoidalari toʻgʻri bajarilishini taʼminlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import shartnomalarining bojxona rasmiylashtiruvi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin, import qilinayotgan tovarlarning amaldagi miqdori va roʻyxati bojxona deklaratsiyasida keltirilgan maʼlumotlar bilan toʻla mos boʻlishiga hamda tovarning koʻrsatilgan qiymati asosliligiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali oʻtishi ustidan nazoratni kuchaytirsin, tovarlarning noqonuniy yoʻl bilan olib kirilishi faktlariga qatʼiyan chek qoʻysin, bojxona qonunchiligi buzilgan taqdirda huquqbuzarlik predmetlarini belgilangan tartibda davlat foydasiga musodara qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Idoralararo bojxona-tarif kengashi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq tashqi savdo aylanmasi hajmi va tarkibi mutanosibligi ustidan doimiy monitoring olib borilishini taʼminlasin hamda zarur hollarda eksport-import operatsiyalarini boj-tarif bilan tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 289-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga* muvofiq 2005-yilning 1-noyabridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 19-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-183-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 40-son, 304-modda; 2006-y., 8-son, 50-modda; 30-son, 289-modda; 2007-y., 52-son, 534-modda; 2008-y., 14-15-son, 98-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)