LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-sentabrdagi PQ-1816-sonli “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Eksport-import operatsiyalarini bojxona-tarif jihatdan boshqarishni yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati Tovar nomenklaturasini jahon tajribasida qo‘llanilayotgan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi (2007-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosida aylanayotgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uyg‘unlashtirish maqsadida, Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni ta’riflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimiga 2007-yilda kuchga kirgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
2. 2008-yilning 1-aprelidan boshlab tovarlar o‘ninchi raqam darajasigacha yanada aniq klassifikatsiya qilingan (2007-yilgi versiyada) O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan Tovar nomenklaturasi amalga kiritilsin
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda 2008-yilning 10-apreligacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining yangilangan (2007-yilgi versiyada) Tovar nomenklaturasi chop etilishi hamda manfaatdor tuzilmalarga yetkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 5-avgustdagi PQ-1169-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 32-33-son, 359-modda)
4. 2008-yilning 1-aprelidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga* muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-fevraldagi “Germaniya taraqqiyot banki hamda Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Toshkent (To‘qimachi) — Angren” temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-582-son qarorining 6-bandidagi “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 00)” so‘zlari “drezinasi (TN TIF kodi 8604 000 000)” so‘zlari bilan almashtirilsin.
LexUZ sharhi