27.08.2026 yildagi PF-175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.08.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan har yilgi anʼanaviy ochiq muloqoti hamda uni tashkil qilish doirasida oʻtkazilgan uchrashuvlarda kelib tushgan 14 mingga yaqin murojaatda koʻtarilgan tizimli muammolarning yechimiga qaratilgan taklif va tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Biznesga ortiqcha aralashuv va tekshirishlarni kamaytirish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini har qanday tekshirishga uch yil muddatga moratoriy eʼlon qilinsin, bundan jinoyat ishi doirasida, inson sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish va mehnat qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan, shuningdek, fuqarolar murojaatlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplash (qaytarish) va tadbirkorlik subyekti tugatilishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tekshirishlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, moratoriy amal qilish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish noqonuniy hisoblanadi va ushbu huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Biznes-ombudsman) tomonidan “Samarali nazorat” tadbiri oʻtkaziladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) nazorat organlarining oxirgi uch yillik tekshiruv materiallari joyiga chiqqan holda toʻliq oʻrganib chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oʻrganish yakunlari boʻyicha nazorat organlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlar boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tekshiruv oʻtkazish tartibi buzilgan hamda noqonuniy tekshiruvlar aniqlangan hollarda faoliyati tekshirilgan tadbirkorlik subyektlarining buzilgan huquqlarini tiklash choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biznes-ombudsman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har olti oyda “Samarali nazorat” tadbiri boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2028-yil 1-dekabrga qadar “Samarali nazorat” tadbiri natijalari asosida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini nazorat qilishning ishchan, profilaktik va natijaga yoʻnaltirilgan mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2028-yil 31-dekabrga qadar huquqiy eksperiment tariqasida oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatini auditorlik tashkilotini jalb qilgan holda soliq va yigʻimlarni toʻgʻri hisoblash va toʻlash boʻyicha tashabbus tarzidagi auditdan oʻtkazish hamda auditorlik xulosasini soliq organi tomonidan tan olish mexanizmi joriy etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) audit oʻtkazilgan davr uchun soliq organlari tomonidan soliq auditi oʻtkazilmaydi, bundan audit xulosasi bilan qamrab olinmagan soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) aniqlangan xato va kamchiliklar 30 kun muddatda bartaraf etilganda tadbirkorlik subyektiga nisbatan moliyaviy jarimalar qoʻllanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mazkur eksperiment doirasida audit oʻtkazishi mumkin boʻlgan tashkilotlar reyestri Soliq qoʻmitasi tomonidan yuritiladi va rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) auditorlik xulosasini tan olish oqibatida toʻlanmay qolgan soliq va yigʻimlar aniqlangan holatlar boʻyicha auditorlik tashkiloti javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida bir yil davomida oʻtkaziladigan har qanday takroriy tekshiruv faqat Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan kameral soliq tekshiruvi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy jarimalar qoʻllashda “Birinchi xato uchun — ogohlantirish” qoidasi joriy etiladi va uning doirasida birinchi marta qoida buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, oʻzgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qoʻllamasdan, dastlab kamchilikni bartaraf etish uchun oʻn kun muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2027-yil 1-yanvardan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish va toʻxtatib turish sabab va omillarini doimiy tadqiq qilish tizimi yoʻlga qoʻyilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirkorlik faoliyatini tugatish yoki toʻxtatib turish boʻyicha ariza taqdim etilganda, unda tugatish va toʻxtatishning sabablari qayd etib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida ushbu sabablarni avtomatik tahlil qilib borish tizimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Adliya vazirligi uch oy muddatda mazkur Farmonning 5-bandida nazarda tutilgan imkoniyatlar Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida yaratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tadbirkorlik subyektlarining xarajatlarini kamaytirish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 2026-yil 31-dekabrga qadar kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi eʼlon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) iqtisodiy amnistiya eʼlon qilingunga qadar yuzaga kelgan soliq qarzi (bundan penya mustasno) 2026-yil 31-dekabrga qadar toʻliq toʻlanganda, ushbu qarzdorlik boʻyicha hisoblangan penya hisobdan chiqariladi va ular bilan bogʻliq ijro ishlari tugatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda tuzatish kiritilib, qoʻshimcha hisoblangan soliq summasi 2026-yil 31-dekabrga qadar toʻliq toʻlanganda ushbu summaga nisbatan penya hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartib tadbirkorlik subyektida 2027-yil 1-yanvar holatiga soliq qarzi (bundan penya mustasno) mavjud boʻlmaslik sharti bilan qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tadbirkorlik subyektlari soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini bankka taqdim etmaganlik uchun maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) iqtisodiy amnistiya doirasida yoʻl qoʻyilgan xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etganlarning Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi ballari tushirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) 2026-yil 1-yanvarga qadar shakllangan quyidagi qarzdorliklar hisobdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun qoʻllangan maʼmuriy jarimaning toʻlanmagan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qatʼiy belgilangan miqdordagi aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchi subyektlarga qoʻllangan moliyaviy jarimalarning toʻlanmagan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) avval rasmiylashtirilgan mehnat shartnomalari Yagona milliy mehnat tizimiga kiritilishiga ruxsat beriladi hamda kechiktirib kiritilganligi sababli jarima qoʻllanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2026-yil 1-noyabrdan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga (EHNAT) hamda Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimiga (TGNHAT) ulangan, masofadan oʻchirish (yoqish) imkoniyatiga ega hisoblagichi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) elektr energiyasi va tabiiy gazning oylik isteʼmoli uchun oldindan toʻlanadigan haq miqdori 15 foiz etib belgilansin (oxirgi ikki oy davomida toʻlov intizomiga rioya qilmaganlar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) elektr energiyasi va gaz sarfi toʻgʻrisidagi yozma hisobotlarni hududiy elektr va gaz taʼminoti korxonalariga topshirish majburiyati bekor qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) isteʼmolchilarni elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish shartnomalarini elektron tuzish orqali ularni qogʻozda rasmiylashtirish tartibi bekor qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qiymati 200 milliard soʻmdan (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm uchun — 50 milliard soʻmdan) oshadigan investitsiya loyihalarida tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻz hisobidan qurgan tadbirkorlik subyektlari xarajatini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat xaridlarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) qabul qilinganligini soliq organlarining axborot tizimidan olingan maʼlumotlar asosida tasdiqlash hamda ijrochining zakalat va qoʻshimcha zakalat mablagʻlarini bir ish kuni ichida avtomatik ravishda qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi darajasidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish hamda soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan suv va salqin ichimliklar, pivo va tamaki mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy isteʼmolga realizatsiya qilingan deb eʼtirof etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni naqd pul shaklida amalga oshirish mumkin boʻlgan chegaraviy miqdorni bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari etib belgilash, bundan toʻlovlari faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladigan tovar va xizmatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura va Biznes-ombudsman bilan birgalikda uch oy muddatda barcha turdagi moliyaviy va maʼmuriy jarimalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazib, mutanosiblik prinsipidan kelib chiqqan holda ularning miqdorini oʻrtacha ikki barobar kamaytirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, davlat organi va tadbirkorlik subyekti oʻrtasida yuzaga keladigan ommaviy huquqiy munosabatlarda “tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi” amal qiladi. Unga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti (uning mansabdor shaxsi) qonunchilikka muvofiq harakat qilgan va oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajargan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sudda yoki nizoni hal qiladigan boshqa maʼmuriy organda davlat organi tomonidan tadbirkorlik subyektiga (uning mansabdor shaxsiga) nisbatan qoʻllanadigan huquqiy taʼsir chorasining yoki qabul qilingan qarorning asosli, qonuniy va mutanosib ekanligini, shuningdek, huquqbuzarlik sodir etilgani faktini isbotlash majburiyati toʻliq davlat organi zimmasiga yuklatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) qonunchilikda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar, noaniqliklar va tushunmovchiliklar, shuningdek, nizo doirasida davlat organi tomonidan taqdim etilgan dalillarning yetarli emasligi sababli yuzaga keladigan har qanday shubhalar soʻzsiz va toʻgʻridan-toʻgʻri tadbirkorning foydasiga talqin qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq maʼmuriy sud hal qiluv qarorlarida davlat organi zimmasiga oʻz qarorini qayta koʻrib chiqish majburiyati yuklanganda, sud oʻzining huquqiy pozitsiyasini bayon etadi va ushbu pozitsiya qarorni qayta koʻrib chiqishda davlat organi tomonidan inobatga olinishi majburiy hisoblanadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qayta koʻrib chiqish natijasi tadbirkorlik subyektining holatini davlat organining avvalgi qaroriga nisbatan ogʻirlashtirishi mumkin emas;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat organi sud qarori kuchga kirgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida oʻz qarorini qayta koʻrib chiqishi shart. Ushbu muddat tugagandan keyin davlat organi tomonidan mazkur ish boʻyicha tadbirkorlik subyektiga nisbatan har qanday huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmonning 11 va 12-bandlarida belgilangan qoidalardan kelib chiqib, Adliya vazirligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oliy sud va Bosh prokuratura bilan birgalikda qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutadigan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrnatilayotgan kafolat va talablarga toʻliq muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kichik va oʻrta biznesda innovatsiyalarni joriy etish va startaplarni ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 2027 — 2030-yillarda ustuvor va yuqori salohiyatga ega sanoat tarmoqlarida startap loyihalar “UzVC” milliy venchur fondi (keyingi oʻrinlarda — Fond) tomonidan moliyalashtiriladigan “Kelajak tadbirkori” dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirilsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur Farmonga 1-ilovaga muvofiq 8 ta ustuvor yoʻnalishda jami 30 tagacha startap loyihalar ochiq tanlov asosida moliyalashtiriladi va ularga “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har bir loyihaga 5 milliard soʻmgacha mablagʻ investitsiya shaklida (3 yil muddatga foizsiz va garovsiz kelgusida korxonaning ulushiga almashtiriladigan qarz yoki SAFE (Simple Agreement for Future Equity) shaklida) kiritiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) davlat ulushi 49 foizdan oshirilmaydi hamda taʼsischilarga davlat ulushini bozor qiymatida sotib olish huquqi taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) kiritilgan ulushlar Fond tasarrufida qoldiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) davlat ulushlarini konvertatsiya qilish va sotishdan kelib tushgan mablagʻlar Fond tomonidan Dastur doirasida yangi startap loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzbekkosmos” agentligi, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzavtosanoat” AJ, Oʻzsanoatqurilishmateriallari va Oʻzeltexsanoat uyushmalari Dastur ishtirokchilariga tegishli sohadagi korxonalar bilan tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishga oid va buyurtma shartnomalarini tuzishda koʻmaklashib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Startap loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirish maqsadida shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Startap ekotizimining yagona elektron platformasida roʻyxatdan oʻtgan startap loyihaning ustav kapitaliga pul mablagʻi, shu jumladan, SAFE yoki konvertatsiyalanadigan qarz shartnomasi asosida investitsiya kiritgan jismoniy shaxslarga “Startap investori” (Business Angel) maqomi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Startap investori” maqomidagi investorlarning ulushlarni sotishdan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etiladi (bundan ushbu ulushlarni oʻz egaligida 3 yildan kam saqlagan hollar mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning quyidagi qoʻshimcha mexanizmlari joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar, bank kafolatlari, akkreditivlar va lizing boʻyicha 75 foizgacha kafillik taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat xaridlarida ijobiy ishtirok etayotgan tadbirkorlik subyektlariga shartnomani bajarish va avansni qaytarish uchun 2,5 milliard soʻmgacha kafolat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) intizomli tadbirkorlik subyektlariga 5 milliard soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat tasarrufidagi foydalanilmagan bino, inshoot va boshqa aktivlarni sotib oluvchi tadbirkorlik subyektlariga mazkur aktivlarni xarid qilishga 15 milliard soʻmgacha xizmatlar ipotekasi berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etiladigan qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kompaniya muassisligida quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xususiy investorlarning mablagʻlarini jalb qilish orqali tadbirkorlik loyihalariga investitsiya kirituvchi “Biznes fond” aksiyadorlik jamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mikromoliya tashkilotlariga kredit liniyalari berish uchun mablagʻ bilan taʼminlashga hamda ularni rivojlantirishga ixtisoslashgan “Mikromoliyalash xizmatlarini rivojlantirish” masʼuliyati cheklangan jamiyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kompaniya bir oy muddatda mazkur Farmonning 19-bandida nazarda tutilgan tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ustav kapitalini shakllantirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Turizm va xizmat koʻrsatish sohasida xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilmani rivojlantirish choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga mehmonxona qurish uchun 50 milliard soʻmgacha va mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun 20 milliard soʻmgacha 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatgacha ajratilgan kreditlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) milliy valyutada 16 foizdan oshgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xorijiy valyutada SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi foiz xarajatlari Kompaniya tomonidan qoplab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagi imtiyozlarning amal qilish muddatlari uzaytirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch, toʻrt va besh yulduzli mehmonxona qurishga subsidiyalar berish muddati 2029-yil 1-yanvarga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarining mol-mulkiga solinadigan soliq va yer soligʻi boʻyicha soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qoʻllash muddati 2030-yil 1-yanvarga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) turizm sohasi subyektlari uchun import qilinadigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslar uchun bojxona bojidan ozod etish muddati 2028-yil 1-yanvarga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-yanvardan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga koʻrsatgan xizmatlariga qoʻshilgan qiymat soligʻining nol stavkasi qoʻllanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yulduzli mehmonxonaga subsidiya olish uchun uning toifasini tasdiqlashda xorijiy kompaniyalar xulosasi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bosh prokuratura, Adliya vazirligi hamda Biznes-ombudsmanning jinoyat protsessida jismoniy shaxslar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) jinoyat ishi doirasida kiritilgan garov summalarini qaytarish tartibini soddalashtirish. Xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) garov summalarini qaytarish haqidagi sud hujjatini darhol ijro etilishi lozim boʻlgan talablar toifasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) qonunchilikda belgilangan muddatlarga rioya etmasdan garov summalarini qaytarish kechiktirilganda, garov summalarini har bir kechiktirilgan kun uchun tegishli pul mablagʻlari saqlanayotgan idoradan Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar (penya) hisoblagan holda qoʻshib undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) zararni qoplash boʻyicha Davlat budjeti foydasiga undirilgan pul mablagʻlarini sud qarori asosida fuqaro yoki tadbirkorga qaytarish belgilangan taqdirda, ushbu pul mablagʻlarini Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan fuqaro yoki tadbirkorga qaytarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) reabilitatsiya qilingan shaxslarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sud qarori asosida Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha respublika maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlaridan qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mazkur bandning “b” va “v” kichik bandlariga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) sudlar tomonidan sud hujjatlari va ijro varaqalarini ijro etish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligiga elektron tarzda yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) sudning qonuniy kuchga kirgan qarori taqdim etilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida ijro etilmaganda, majburiyatning bajarilmagan qismiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida foizlar (penya) hisoblash tizimini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlarini asossiz jinoiy taʼqibdan himoya qilishga qaratilgan, shuningdek, mazkur Farmonning 24-bandida nazarda tutilgan tartiblarni belgilovchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) amaliy tadbirlar rejasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Mazkur Farmonga 3 va 4-ilovalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qonunchilik hujjatlari loyihalari sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi, kelishilishi va oʻrnatilgan tartibda kiritilishi, shuningdek, tadbirlar soʻzsiz bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik vazirlik va idoralar rahbarlariga yuklansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) topshiriqlarni toʻliq bajarmagan, kechiktirib bajargan yoki ijrosini taʼminlamagan vazirlik va idoralar rahbar va masʼul xodimlariga topshiriq ijro muddati tugagan kundan boshlab ijrosi taʼminlangunga qadar boʻlgan muddatda barcha ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻxtatilishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2027-yilgi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Kelajak tadbirkori” dasturini dastlabki bosqichda moliyalashtirish uchun Fondga jami 150 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mazkur Farmon bilan joriy etilayotgan yangi qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish uchun Kompaniyaga 400 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini inobatga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qoʻshimcha talab etiladigan mablagʻlar Kompaniya va Fondning hisob-kitoblari asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ajratib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Farmonning 9-bandi “v” kichik bandida belgilangan qoidalar ushbu Farmon kuchga kirgunga qadar yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Adliya vazirligi har oyda Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati haqida batafsil axborotni Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, shuningdek, tegishli vazirlik va idoralarga ijro qilinmagan topshiriqlar boʻyicha maʼlumotlar kiritib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish holati har oyda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi, yuzaga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga choralar koʻrib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Hisob palatasi va Vazirlar Mahkamasi Roʻyxat va amaliy tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati, kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tegishli masʼullarga koʻrilgan choralar haqida har oyda batafsil axborotni hamda topshiriqlar ijrosida yuzaga kelayotgan masalalar yechimi boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat organlari tegishli qonunosti hujjatlari va idoraviy koʻrsatmalar qabul qilinishini kutmasdan mazkur Farmon normalari kuchga kirgan paytdan eʼtiboran soʻzsiz va toʻgʻridan-toʻgʻri amalda qoʻllanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Farmon ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 27-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-175-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Elektrotexnika (komponentlar, elektronika, sanoat sensorlari, “aqlli” hisoblagichlar va uskunalar, “aqlli” uy va “aqlli” shahar yechimlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mashinasozlik va uskunasozlik (komponentlar, robototexnika, mashinani koʻrish texnologiyalari, sanoat avtomatlashtiruvi, avtonom transport vositalari, agrotexnika, uchish apparatlari va ularning qismlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Farmatsevtika (biotexnologiyalar, farmatsevtik substansiyalar, tayyor dori vositalari, tibbiy buyumlar va uskunalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kimyo sanoati (yangi avlod oʻgʻitlari, biopolimerlar, nanomateriallar, batareya kimyosi, funksional qoplamalar, elektron sanoat uchun kimyoviy materiallar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qurilish materiallari (energiya samarador va kompozit materiallar, qurilish robototexnikasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv va energiya tejovchi texnologiyalar (sunʼiy intellekt asosida sugʻorish, suv oqib ketishini aniqlash, suvni tozalash va qayta foydalanish, “aqlli” tarmoq, batareya texnologiyalari, quyosh panellarini monitoring qilish, energiya samarador uskunalar, qayta tiklanuvchi energetika).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar (avtonom tizimlar, tahliliy texnologiyalar, resurs tejamkor mahsulot yetishtirish texnologiyalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aerokosmos (dron, aerokosmik uchish apparatlari va ularning komponentlari, sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari va uning komponentlari, geoinformatsion tizimlar, masofaviy zondlash texnologiyalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoni bilan tuzilgan Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan taqdim etiladigan qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Instrument nomi

Instrumentlardan foydalanuvchilar

Foydalanish muddatlari/ shartlari

Instrumentlar tavsifi va moliyalashtirish manbasi

Taqdim etuvchi tashkilotlar

1.

Intizomli tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash

Ketma-ket ikki yil soliq va kredit majburiyatlarini oʻz vaqtida bajargan, ish oʻrinlarini saqlagan hamda sof foyda bilan yakunlagan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari

120 oydan oshmagan muddatga

Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun 5 milliard soʻmgacha asosiy stavkadan ikki foiz past stavkada kredit ajratish.

Bunda:

Davlat budjetidan har yili “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) asosiy stavkadan 8 foiz past stavkada 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasi ajratiladi;

Kompaniya tomonidan tijorat banklari va mikromoliya banklariga asosiy stavkadan 6 foiz past stavkada 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga kredit resursi ajratiladi.

Tijorat banklari, mikromoliya banklari,

Kompaniya

2.

Turizm sohasida tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

Mehmonxona qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlashni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari

Ajratilgan kreditlar davrida

Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga mehmonxona qurish uchun 50 milliard soʻmgacha va mehmonxonani rekonstruksiya qilish hamda jihozlash uchun 20 milliard soʻmgacha markaziy bank asosiy stavkasining 2 baravaridan oshmagan stavkada yoki xorijiy valyutada mazkur summalar ekvivalentida AQSH dollarida 6 oylik SOFR+8 foizdan, yevroda 6 oylik EURIBOR+7 foizdan, Xitoy yuanida 6 oylik SHIBOR+7 foizdan koʻp boʻlmagan foiz stavkada ajratilgan kreditlarning milliy valyutada 16 foizdan oshgan qismi yoki xorijiy valyutada SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismida foiz xarajatlari qoplab beriladi.

Tijorat banklari,

Kompaniya,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Sanatoriy, tibbiy va sogʻlomlashtirish markazi, yirik turistik kompleksni tashkil etish va jihozlash hamda turistlarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalarini xarid qiluvchi tadbirkorlik subyektlari

120 oydan oshmagan muddatga

Xorijiy turistlarni jalb qilish rejasi mavjud boʻlgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga 30 milliard soʻmgacha asosiy stavkadan 2 foiz past stavkada maqsadli ssuda ajratish

Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan har yili Kompaniyaga asosiy stavkaning 50 foizi stavkasida 4 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga 400 milliard soʻmgacha mablagʻ ajratiladi.

Kompaniya taʼsischiligidagi “TRK invest” MCHJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash

Oxirgi 12 oy davomida eksport hajmi olgan kredit hajmidan yuqori boʻlgan eksportni amalga oshiruvi tadbirkorlik subyektlari

Ajratilgan kreditlar davri yakuni bilan

Tijorat banklari tomonidan eksportchilarga 3 million AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda, AQSH dollarida 6 oylik SOFR+8 foizdan, yevroda 6 oylik EURIBOR+7 foizdan, Xitoy yuanida 6 oylik SHIBOR+7 foizdan koʻp boʻlmagan foiz stavkada 12 oy muddatgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarining 35 foizi kredit toʻliq soʻndirilgandan keyin Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik subyektining toifasi, barqarorlik reytingi va hudud toifasidan qatʼi nazar qoplab beriladi.

Bunda tadbirkorga ajratilgan kredit boʻyicha eksport tushumi tijorat banki tomonidan yuritiladi va tasdiqlangan holda taqdim etiladigan reyestrga asosan kompensatsiya toʻlab beriladi.

Kompaniya,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

Tadbirkorlik loyihalariga kafolat taqdim etishni kengaytirish

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari

(Bunda Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlarining aylanmasiga talab oʻrnatiladi)

Ajratilgan kreditlar, mikrokreditlar, bank kafolatlari, akkreditivlar va lizinglar davrigacha

Tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga ajratilgan kreditlar, mikrokreditlar, bank kafolatlari, akkreditivlarning 75 foizigacha, biroq 10 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafolat taqdim etish.

Bunda:

“Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ tomonidan 75 foizgacha kafolat taqdim etiladi;

kafolat tavakkalchiligining 15 foizi tijorat banki, 30 foizi “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ hamda 30 foizi Davlat budjeti oʻrtasida taqsimlanadi;

kafolat toʻlovi yuzaga kelganda Davlat budjeti tavakkalchiligi Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi;

kafolat taqdim etishdan olingan xizmat haqining 30 foizi Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

Tijorat banklari,

Kompaniya taʼsischiligidagi “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

5.

Mahalliy hokimliklar bilan

hamkorlikda tadbirkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash

Hududning iqtisodiy-ijtimoiy oʻsishiga taʼsir qiluvchi, ishlab chiqarish, turizm va xizmatlar yoʻnalishida amalga oshiriladigan loyihalar uchun foydalanilmay turgan bino, inshoot va boshqa aktivlarni sotib oluvchi tadbirkorlik subyektlari

(Bunda Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga kamida 3 va undan ortiq ish oʻrni yaratish talabi belgilanadi)

120 oydan oshmagan muddatga

Bino, inshoot va boshqa aktivlarning 80 foizigacha, biroq 15 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda asosiy stavkada xizmatlar ipotekasi orqali olib berish.

Bunda:

Kompaniya tomonidan uning taʼsischiligidagi “TRK invest” MCHJga asosiy stavkaning 50 foizidan past boʻlmagan stavkada moliyaviy qarz ajratiladi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari loyihaning hududning iqtisodiy-ijtimoiy oʻsishiga taʼsiri hamda bino, inshoot va boshqa aktivlarning foydalanilmay turganligi, loyihada kamida 3 ta ish oʻrni yaratilganligi boʻyicha Kompaniyaga xulosa beradi.

Kompaniya, Kompaniya taʼsischiligidagi “TRK invest” MCHJ,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Xususiy investorlarning mablagʻlarini jalb qilish orqali tadbirkorlik loyihalariga investitsiya kiritish

Mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlari

Investitsiya kelishuv bitimiga asosan

Investitsiya fondlari, boshqaruv kompaniyalari va professional investitsiya jamoalari bilan birgalikda tadbirkorlik loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya kiritish.

Bunda investitsiya kiritish sharti va muddatlari Kompaniya tomonidan belgilanadi.

Kompaniya taʼsischiligidagi “Biznes fond” AJ

7.

Mikromoliyalash bozorida mikrokreditlashni kengaytirish

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan kichik tadbirkorlik subyektlari va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar

36 oydan oshmagan muddatga

Mikromoliya tashkilotlariga maqsadli va qayta tiklanuvchi kredit liniyalari ajratish va kredit portfellarini qayta moliyalashtirish, kafolat taqdim etish hamda texnik koʻmak koʻrsatish.

Bunda:

kiritilgan investitsiyalar sharti va muddatlari Kompaniya tomonidan belgilanadi;

Kompaniyaning asoslangan buyurtmasiga asosan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 2028-yildan boshlab har yili Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz past stavkada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga budjet ssudasi mablagʻlari ajratiladi.

Mikromoliya tashkilotlari, tijorat banklari,

Kompaniya taʼsischiligidagi “Mikromoliyalash xizmatlarini rivojlantirish” MCHJ

8.

Davlat xaridlari ishtirokchilari uchun kafolat taqdim etish

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari

(Tadbirkorlik subyektlari bir yilda kamida 5 ta xarid shartnomasini toʻliq va oʻz vaqtida bajargan boʻlishi lozim)

Kelishuv asosida

Davlat xaridini amalga oshiruvchilarga xarid ishtirokchisi, shu jumladan, birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan, tovar (ish, xizmat)larni bajarish va (yoki) avans qaytarish uchun bajariladigan tovar (ish, xizmat)lar miqdorida, biroq 2,5 milliard soʻmdan oshmagan qismigacha kafolat taqdim etish.

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Kompaniya taʼsischiligidagi “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ

9.

Tadbirkorlik subyektlarining aylanmasiga sheriklik asosida moliyalashtirish

(Revenue-based financing)

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari

(Bunda Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga aylanmasini oshirish talabi belgilanadi)

Kelishuv asosida

Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini amalga oshirish uchun 3 milliard soʻmgacha aylanmaga sheriklik asosida qarz ajratish.

Bunda:

Davlat budjetidan har yili Kompaniyaga asosiy stavkadan 8 foiz past stavkada 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga 200 milliard soʻmgacha budjet ssudasi ajratiladi;

Kompaniya tomonidan uning taʼsischiligidagi “TRK invest” MCHJga asosiy stavkaning 50 foizidan past boʻlmagan stavkada moliyaviy qarz ajratiladi;

olinadigan daromad tadbirkorlik subyekti bilan kelishgan holda, biroq asosiy stavkadan 2 foiz past boʻlmasligi belgilanadi.

Kompaniya,

Kompaniya taʼsischiligidagi

“TRK invest” MCHJ, Tadbirkorlik tarmoq uyushmalari

10.

Tadbirkorlik subyektlari loyihalarini ilmiy asoslangan holda qoʻllab-quvvatlashni kengaytirish

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari

Kelishuv asosida

Kompaniya tomonidan professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar hamda talabalarni jalb qilgan holda ularga haq toʻlash sharti asosida “Yosh biznes tahlilchilar dasturi”ni ishga tushirish.

Bunda:

tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ilmiy asoslangan holda rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi;

tadbirkorlik loyihalarini tahlil qilish, biznes-rejalarni ishlab chiqish, marketing tadqiqotlari oʻtkazish va konsalting xizmatlarini koʻrsatish, sanoatlashtirish darajasini oshirish hamda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar orqali yechimlar taklif qilish ishlari olib boriladi;

professor-oʻqituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarga Kompaniya hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobarigacha haq va stipendiyalar toʻlanadi;

mazkur maqsadlar uchun oliy taʼlim muassasalari bilan tuziladigan hamkorlik shartnomalari, talabalarga stipendiya toʻlash, professor-oʻqituvchilar va ilmiy xodimlarni jalb qilish bilan bogʻliq munosabatlar davlat xaridlari obyekti hisoblanmaydi.

Kompaniya

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqiladigan qonunchilik hujjatlari loyihalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qonunchilik hujjati loyihasi

Qonunchilik hujjati loyihasida nazarda tutilgan tadbirlar

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Tadbirkorlik subyektlarining barqaror oʻsishini taʼminlash

1.

Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini soddalashtirishning navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) 30 dan ziyod litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini bekor qilish va tartibga solishning muqobil usuliga oʻtkazish;

(b) litsenziya va ruxsat berishdagi byurokratik jarayonlarni bekor qilish, muddatlarni hamda toʻlovlarni kamaytirish;

(v) litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat talablari va shartlarining buzilishi muayyan bir filial, alohida obyekt yoki faoliyat yoʻnalishi (liniyasi) doirasida sodir etilgan boʻlsa, huquqiy taʼsir chorasini faqatgina ushbu qonunbuzarlik aniqlangan obyekt yoki faoliyat yoʻnalishiga nisbatan qoʻllash;

(g) talab va shartlarda huquqiy aniqlikni taʼminlash hamda raqobatni cheklashga qaratilgan shartlarni bekor qilish;

(d) “Litsenziya” axborot tizimi imkoniyatlarini kengaytirish.

2026-yil sentabr

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Raqobat qoʻmitasi (Turaxujayev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

2.

Tovar-xomashyo birjalari savdolarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) tovar-xomashyo birjalari savdolarini takomillashtirish;

(b) yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga chiqarish grafiklarini joylashtirish uchun yagona platforma (Dashboard) yaratish;

(v) tovar derivativlari bozorini rivojlantirish;

(g) muayyan sotuvchi tomonidan ayni bir xil xususiyat va xossalarga ega bir xil turdagi tovarlarni vakolatli tovar-xomashyo birjalari savdolariga bir xil boshlangʻich narxlarda qoʻyish.

2026-yil oktabr

Raqobat qoʻmitasi (Turaxujayev)

3.

Tadbirkorlik subyektlarini barcha bosqichlarda qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) “biznes start” dasturi asosida loyiha va kreditga hujjat tayyorlash, hisobot yuritish boʻyicha dastlabki koʻnikmalarni sunʼiy intellekt yordamida oʻrgatishni nazarda tutish;

Bunda mazkur bosqichda biznesga tayyorlash uchun Davlat budjetidan 100 milliard soʻm ajratilishi nazarda tutiladi;

(b) “biznes lift” dasturi doirasida tadbirkorlarga bozor topish, davlat xaridida qatnashish, yirik kompaniyalar bilan kooperatsiya boʻyicha yaxlit qoʻllab-quvvatlash zanjiri yaratishga koʻmaklashish;

(v) “biznes yuksalish” dasturi doirasida ishlab chiqarishni kengaytirish va tashqi bozorlarga chiqish uchun qoʻshimcha muqobil investitsiya mexanizmlarini kengaytirishni nazarda tutish.

2026-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Maxamatov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

4.

Soliq imtiyozlaridan foydalanishni soddalashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) soliq toʻlovchilarga ular foydalanishi mumkin boʻlgan soliq imtiyozlari toʻgʻrisida xabarnoma yuborish tizimini joriy etish;

(b) soliq toʻlovchilarga soliq imtiyozlaridan ularning arizasiga asosan avtomatik ravishda foydalanish imkoniyatini yaratish;

(v) aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilarning realizatsiyadan olingan tushumga taalluqli boʻlmagan boshqa daromadlarini soliqqa tortishdan ozod qilish hamda mazkur soliq boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish majburiyatini bekor qilish.

2026-yil noyabr

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

5.

Mahalliy korxonalarni kapital bozoriga olib chiqishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) har yili yillik daromadi 1 trillion soʻmdan yuqori boʻlgan 50 ta mahalliy korxonani tanlab, ularni kapital bozoriga chiqarishga tayyorlash boʻyicha “IPO akseleratsiya dasturi”ni joriy etish;

(b) korxonalarning moliyaviy hisobotlarini IFRS xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish, auditdan oʻtkazish, yuridik va moliyaviy due diligence hamda IPO uchun zarur hujjatlarni tayyorlash xarajatlarining 50 foizini davlat tomonidan qoplash;

(v) dastur doirasida tanlangan korxonalarga investitsiya banki, auditorlik va yuridik kompaniyalarni tanlashda amaliy koʻmak koʻrsatish choralarini belgilash.

2027-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Pak),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov)

6.

Baholash va garovni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) e-baholash.uz avtomatik onlayn baholash tizimi xulosasidan garovga qoʻyuvchi norozi boʻlganda mustaqil baholovchi xulosasini qoʻshimcha asos sifatida qabul qilish;

(b) garovni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish va davlat axborot tizimlariga integratsiyani kengaytirish;

(v) baholash hisobotini qayta ekspertizadan oʻtkazishning aniq va istisno holatlarini belgilash.

2026-yil oktabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Markaziy bank (Ishmetov)

7.

Jahon bankining “B-Ready” hisobotidagi Oʻzbekiston koʻrsatkichlarini hamda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan choralarni amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligini ishbilarmonlik muhitini hamda “B-Ready” hisobotida Oʻzbekistonning koʻrsatkichlarini yaxshilashga masʼul etib belgilash;

(b) “B-Ready” hisoboti asosida milliy reyting tizimini joriy etish;

(v) kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratishda tijorat banklarini ragʻbatlantirish choralarini joriy etish;

(g) “B-Ready” hisobotida Oʻzbekistonning koʻrsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Tadbirkorlik subyektlarida takroriy tekshiruvlarni cheklash va ularning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada yil davomida oʻtkaziladigan har qanday takroriy tekshiruvlarni Biznes-ombudsman ruxsati bilan amalga oshirish tartibi belgilanadi.

2026-yil dekabr

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

9.

Ijara munosabatlarini takomillashtirish yuzasidan qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) ijaraga olingan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish huquqini joriy etish;

(b) auksion orqali ijaraga olingan yer maydonlarini boshqa tadbirkorlarga ikkilamchi ijaraga berish imkoniyatini taqdim etish;

(v) koʻchma savdo obyektlarini joylashtirishga ruxsat berish;

(g) tadbirkorlik faoliyati uchun koʻchmas mulk ijarasi boʻyicha “tijorat ijarasi” toifasini joriy etish va uning tavsiya etiladigan namunaviy shartnomasini ishlab chiqish;

(d) bir yildan kam boʻlmagan muddatga tuzilgan ijara shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish talabini bekor qilish, bunda ularni soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibini saqlab qolish hamda ijara.soliq.uz va kadastr axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali avtomatik hisobga olishni joriy etish;

(j) shartnoma amal qilayotgan davrda ijara haqini oʻzgartirishni tomonlarning kelishuvi yoki shartnomada belgilangan indeksatsiya mexanizmi asosida amalga oshirish;

(z) obyekt sotilganda yangi mulkdorning amaldagi tijorat ijarasi shartnomasi boʻyicha ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlarini avtomatik qabul qilishini belgilash;

(i) ijarachi tomonidan obyektga kiritilgan investitsiyalarni qoplashning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish.

2026-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Kadastr agentligi (Turdiyev),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov)

10.

Tadbirkorlarga soliq imtiyozlari taqdim etish orqali qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) bozor va savdo komplekslarida xizmat koʻrsatishdan olingan foyda uchun foyda soligʻi stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizga tushirish nazarda tutiladi;

(b) yangi tashkil etilgan qishloq xoʻjaligi korxonalarini bevosita qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan obyektlar boʻyicha joriy soliq davrida mol-mulk soligʻidan ozod qilish;

(v) oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini ochgan yakka tartibdagi tadbirkorlarni mazkur bogʻchalar faoliyatida foydalaniladigan hamda ushbu yakka tartibdagi tadbirkorlar egaligida boʻlgan noturar bino va yer uchastkalari boʻyicha mol-mulk soligʻi hamda yer soligʻidan ozod qilish;

(g) jinoyat-protsessual kodeksiga soliq maslahatchilari soliq toʻlovchining vakili sifatida qatnashishi mumkinligi bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritish;

(d) yuridik shaxsning jismoniy shaxs boʻlgan taʼsischisi tomonidan ushbu yuridik shaxsga ijaraga yoki tekin foydalanishga berilgan koʻchmas mulk obyektlariga nisbatan ijara toʻlovining eng kam miqdorini qoʻllamaslik.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov),

Oliy sud (Maxmudova),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov)

11.

Mahalliy va xorijiy yetkazib beruvchilarga teng sharoit yaratishga qaratilgan qonun loyihasi

Loyihada investitsiya bitimlari doirasida aniq bir loyiha yoki soha uchun xorijiy yetkazib beruvchilarga taqdim etilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlariga (ish, xizmat) tatbiq etilishi nazarda tutiladi.

2026-yil dekabr

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

II. Hududlarda biznes yuritish imkoniyatlarini oshirish

12.

Qurilish sohasida pudrat va loyihalash tashkilotlarining faoliyatini ragʻbatlantirish hamda rivojlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) qurilish sohasida pudrat va loyihalash tashkilotlarining faoliyatini ragʻbatlantirish;

(b) qurilish sohasidagi xodimlar uchun soatlik eng kam ish haqi miqdorini oshirish hamda barcha hududlardagi miqdorini tenglashtirish;

(v) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarining smeta qiymatida pudrat tashkilotlarining rejali foydasi miqdorini 7 foizgacha etib belgilash;

(g) loyihalash ishlarini moliyalashtirish hajmini obyektning murakkablik darajasi va oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

(d) muhandislik kommunikatsiya infratuzilmasi uchun yigʻimlar boʻyicha avans toʻlovini 20 foizdan 5 foizga tushirish.

2027-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi (Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sadullayev)

13.

Turizm va xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) turistik yigʻimni sohaning iqtisodiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish.

Bunda yigʻim miqdori joylashtirish vositalarining xona va oʻrinlari sotilish narxiga qarab belgilanadi hamda barcha uchun yagona stavka joriy etiladi;

(b) mehmonxonalar uchun avtoturargohga oid majburiy talablarni qayta koʻrib chiqish, jumladan, ularni infratuzilmadan kelib chiqib belgilash;

(v) turoperatorlarga 10 nafardan ortiq sayyohlik guruhlari uchun sotib olingan madaniy meros obyektlariga kirish chiptalari uchun 30 foizgacha chegirma berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Turizm qoʻmitasi (Aqqulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Madaniy meros agentligi (Abdikarimov)

14.

Kasanachilik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish hamda aholi bandligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) kasanachilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni soddalashtirilgan tartibda davlat xaridlari boʻyicha sotish. Xususan bunda davlat xaridlari elektron axborot dasturida “kasanachi” elektron savdo maydonchasini yaratish;

(b) kasanachilarni ishga yollagan tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan moliyaviy koʻmak berish tartibini soddalashtirish;

(v) kasanachilarni ishga yollagan tadbirkorlik subyektlarining yagona hisobi (reyestri)ni yuritish;

(g) kasanachilar tomonidan ekomahsulotlarni ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash;

(d) kasanachilarni ishga yollagan tadbirkorlik subyektlari va kasanachilarning respublika tanlovlarini oʻtkazish.

2026-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

15.

Investorlarning zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurishga sarflangan xarajatlarini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (elektr, gaz, suv va boshqalar) tadbirkor oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgandagi xarajatlarni davlat tomonidan qoplab berish tartibi belgilanadi.

2026-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

 Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sadullayev)

16.

Franchayzing xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) franshiza yoʻnalishidagi milliy standartlarni ishlab chiqish;

(b) binolar ijarasi, paushal toʻlovi va xorijda brendlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha moliyaviy yordam koʻrsatish;

(v) hududlarda milliy franshizalarni rivojlantirish maqsadida qoʻllab-quvvatlash vositalarini taqdim qilish;

(g) olis va chekka hududlarda yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda raqamlashtirishni rivojlantirish maqsadida mahalliy kichik tadbirkorlarga (provayderlarga) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini bergan holda franshiza asosida xonadonlarga telekommunikatsiyalar xizmatini koʻrsatish va ekspluatatsiya qilish bilan shugʻullanish imkoniyatini yaratish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

17.

Chorvachilikni qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) chorva hayvonlarining genetik salohiyatini aniqlash, baholash va naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish maqsadida genetik laboratoriya tashkil etish;

(b) chorva hayvonlaridan olingan biologik namunalar asosida DNK markerlar boʻyicha genetik kelib chiqishi va naslchilik qiymatini aniqlash;

(v) hududlardagi chorva hayvonlarining genetik maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yagona elektron tizimga integratsiya qilish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Butayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

18.

“Bond sanoat zonalari”ni tashkil etish orqali maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini transformatsiya qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) maxsus iqtisodiy zonalarda zamonaviy boshqaruv tizimlarini joriy etish;

(b) Navoiy, Jizzax, Namangan, Urgut va Hazorasp maxsus iqtisodiy zonalari hududida alohida huquqiy maqom va bojxona rejimiga ega boʻlgan ixtisoslashgan “Bond sanoat zonalari”ni tashkil etish;

(v) “Bond sanoat zonalari”dagi tadbirkorlarga xomashyo va butlovchi qismlarni bond omboriga olib kirishda soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod qilish;

(g) xorijiy texnologiyalar transferini keng qoʻllab-quvvatlash, oʻrta va yuqori texnologik murakkablik darajasiga mansub import tovarlarni “butlovchi qismdan — tayyor mahsulotgacha” prinsipida ishlab chiqarishning oʻzaro manfaatli kooperatsiya zanjirini yoʻlga qoʻyish;

(d) mahsulotning mahalliylashtirish darajasi 30 foizdan oshsa, ichki bozorga chiqarishda imtiyozlarni tatbiq etish;

(j) R&D markazlari, laboratoriya, muhandislik va texnologik xizmatlarni yagona zanjir asosida tashkil etish;

(z) tayyor binolar infratuzilmasini barpo etish uchun 50 million AQSH dollari ajratish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

19.

UzMall platformasini tashkil etishga oid Hukumat farmoyishi loyihasi

Respublika boʻyicha savdo-koʻngilochar markazlarini qurish, chet el brendlarini jalb qilish va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Developerlar, ijaraga beruvchilar, savdo nuqtasi ochish (kengaytirish) uchun joy izlayotgan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek, xalqaro brendlar va mahalliy kiyim-kechak tikuvchilarni bir joyga toʻplash orqali oʻzaro manfaatli kelishuvlarga erishish.

2027-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

20.

Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilishini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada yer uchastkalarini auksion savdolariga arxitektura-shaharsozlik talablari bilan chiqarishda quyidagilarni:

(a) ruxsat etilgan qavatlilik, qurilish zichligi, qizil chiziqlar, infratuzilma taʼminoti, cheklovlar va yer uchastkasiga oid boshqa muhim parametrlarni koʻrsatish;

(b) dizayn-kodni, jumladan, fasad turlari, qurilish va pardozlash materiallari, ranglar palitrasi hamda loyiha yechimlarini oldindan belgilash, arxitektura muhiti, koʻcha fronti, obodonlashtirish, birinchi qavatlar va qurilishning vizual yaxlitligi boʻyicha umumiy talablarni belgilashni nazarda tutish.

2027-yil fevral

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (Kudbiyev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov)

21.

Xususiy kadastr muhandislari faoliyatini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) xususiy kadastr muhandislariga noturar joy obyektlarining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish huquqini berish;

(b) fuqarolar va tadbirkorlarga kadastr sohasida konsalting xizmatlarini koʻrsatish;

(v) koʻp kvartirali uylar, turar va noturar joylarning kadastr yigʻma jildlarini tayyorlashga xususiy kadastr muhandislarini jalb qilish.

2026-yil dekabr

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (Kudbiyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

22.

Samarqand viloyatida stomatologik xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) Samarqand viloyatidagi texnikumlar, poliklinikalar va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish;

(b) xalqaro standartlar asosida stomatologik xizmatning barcha yoʻnalishlari va darajalarida diagnostika va davolashning zamonaviy usullarini tatbiq etish boʻyicha choralar belgilash.

2026-yil noyabr

Samarqand viloyati hokimligi (Boboyev),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Adilov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Murodov),

Samarqand davlat tibbiyot universiteti (Rizayev)

III. “Sunʼiy intellekt — boshqaruv samaradorligi — yangi investitsiyalar” ekotizimini yaratish

23.

Kasbiy taʼlimni rivojlantirish, ushbu sohaga xususiy sektorni keng jalb qilishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) barcha hududlarda yoshlarni talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitishga ixtisoslashgan zamonaviy Kasblar shaharchalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

(b) tadbirkorlik subyektlari oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun malakali kadrlar tayyorlash maqsadida nodavlat kasbiy taʼlimni amalga oshirishda litsenziya talablarini soddalashtirish, ushbu yoʻnalishga yoʻnaltiriladigan xarajatini foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlash va yer uchastkasini sotib olish xarajatini kamaytirish;

(v) davlat oliy taʼlim tashkilotlarida yoshlarni kasbga tayyorlash kurslarini tashkil etish.

2026-yil sentabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Kasbiy taʼlim agentligi (Xusanov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Fazilkarimov)

24.

Norezidentlarni soliqqa tortishni soddalashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada norezidentlarning daromadidan soliq agenti tomonidan toʻlov manbaidan ushlab qolinadigan foyda soligʻining hisob-kitobini soliq organlarining axborot tizimida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida (shu jumladan, tashqi manba maʼlumotlari asosida) soliq organlari tomonidan (proaktiv) shakllantirish nazarda tutiladi.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

25.

Sunʼiy intellektni joriy qilish orqali korxonalarda boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) “10 ming korxona uchun — sunʼiy intellekt hamkor” dasturini joriy qilish;

(b) korxonalarda yangi mahsulot yaratish va ilgʻor texnologiyalarni joriy qilish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish;

(v) yangi mahsulotlar sunʼiy intellekt modelini yaratish maqsadida superkompyuter imkoniyatlaridan bepul foydalanish;

(g) elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatida avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy qilish xarajatlarining yarmini qoplab berish.

2027-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Sharipov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov)

26.

Qurilish sohasida xizmatlar eksportini qoʻshimcha ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada “Shaffof qurilish” va “E-kontrakt” axborot tizimlari integratsiyasi asosida qurilish ishlari va sohaviy xizmatlar eksportini amalga oshirgan mahalliy tadbirkorlarga tegishli reytinglarda qoʻshimcha ball berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Ramatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

27.

“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi

 qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) ijro ishi yuritish jarayonida davlat ijrochisi tomonidan ijro yigʻimini qoʻllashning qatʼiy muddatini 20 kun etib belgilash;

(b) davlat ijrochilariga muqobil bir xil turdagi talablarni hisobga oʻtkazish orqali ijro ishini toʻliq yoki qisman tugatish vakolatini berish;

(v) qarzdorlik summasiga mutanosib mol-mulkka undiruv qaratish va boʻlinishi mumkin boʻlgan mol-mulkni alohida lotlarga ajratib realizatsiya qilish hamda ortiqcha qiymatdagi mol-mulkka undiruv qaratmaslik tartibini belgilash;

(g) raqamli aktivlar, kripto-aktivlar, kripto-hamyonlar hamda elektron toʻlov tizimlaridagi mablagʻlarni aniqlash, xatlash va ularga undiruvni qaratish.

2026-yil dekabr

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

28.

Soliq maʼmurchiligi va soliq hisobotlarini soddalashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) korxonalarga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishni (keshbekni) taqdim etilgan soliq hisoboti asosida, alohida ariza bermasdan avtomatik tarzda olish tartibini joriy etish;

(b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan onlayn nazorat kassa texnikalari hamda marketpleys tizimi orqali notoʻgʻri shakllangan cheklarni tahrirlash imkoniyatini yaratish;

(v) jismoniy shaxslardan ikkilamchi xomashyoni (makulatura va plastik idish) xarid qilishda pasport maʼlumotlarini talab qilmasdan, qabul qilish dalolatnomalarini elektron shaklda rasmiylashtirishga ruxsat berish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

29.

Raqamli savdo maydonchalarida biznes yuritish uchun teng sharoitlar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi bitimlarni elektron savdo platformalari orqali amalga oshirishga ruxsat berish va barcha zarur hujjatlarni bevosita raqamli formatda rasmiylashtirish imkoniyatini yaratish;

(b) raqamli platformalar foydalanuvchilarining shikoyatlarini sudgacha koʻrib chiqishning shaffof tartibini, platforma qoidalari oʻzgarishi haqida bozor ishtirokchilarini oldindan xabardor qilishi kabi majburiyatlarni belgilash;

(v) korporativ buyurtmachilarning davlat xaridlari boʻyicha oldindan toʻlovlarini budjet buyurtmachilari uchun belgilangan tartib, miqdor va shartlarga muvofiqlashtirish;

(g) yirik buyurtmachilar uchun uch yillik xarid rejalari, smeta va biznes-rejalarni xarid reja-jadvallari bilan bogʻlash, investitsiya loyihalari boʻyicha alohida xarid rejasi, yagona texnik talablar va KPI koʻrsatkichlarini joriy etish;

(d) davlat xaridlari doirasida budjet mablagʻlari hisobidan yuz million soʻmgacha boʻlgan kichik hajmdagi tovarlarni xarid qilish imkoniyatini koʻrib chiqish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

30.

Platformaviy bandlik toʻgʻrisida qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) “platformaviy bandlik”, “raqamli mehnat platformasi”, “platforma operatori” va “platforma orqali band boʻlgan shaxs (platforma xodimi)” tushunchalarini hamda ularning huquqiy maqomini qonunchilikda belgilash;

(b) shaxs tomonidan platforma orqali ish (xizmat) bajarilishida platforma operatori ishning narxini, bajarilish tartibini yoki xodim faoliyatini nazorat qilish;

(v) raqamli mehnat platformalari operatorlarini yagona reyestrda roʻyxatga olish (akkreditatsiyadan oʻtkazish) hamda ularning faoliyat yuritish shartlarini belgilash;

(g) algoritmik boshqaruvning shaffofligini taʼminlash — platforma xodimiga topshiriqlarni taqsimlash, baholash (reyting), toʻlovni hisoblash va akkauntni bloklash yuzasidan avtomatlashgan qarorlar qanday qabul qilinishi toʻgʻrisida tushunarli shaklda maʼlumot olish, shuningdek, muhim qarorlar inson ishtirokida qayta koʻrib chiqilishini kafolatlash;

(d) platforma orqali band boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya tizimiga jalb etish — majburiy ijtimoiy sugʻurta badallari toʻlanishini hamda baxtsiz hodisa va kasb kasalliklaridan sugʻurtalanishini taʼminlash;

(j) platforma xodimlariga toʻlovlarni oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirish kafolatlarini, tariflarning ochiqligini hamda ularning bir tomonlama, asossiz ravishda oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslikni belgilash;

(z) ish vaqti va dam olish vaqtini hisobga olish, uzluksiz faoliyat davomiyligiga cheklovlar oʻrnatish orqali platforma xodimlarining sogʻligʻi va xavfsizligini muhofaza qilish;

(i) platforma xodimi va mijozning shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash, saqlash va himoya qilish talablarini belgilash;

(k) platforma operatori bilan platforma xodimi oʻrtasidagi nizolarni sudgacha (mediativ) hal etish mexanizmini, shu jumladan, akkauntni bloklash yoki faoliyatni toʻxtatish yuzasidan shikoyat qilish tartibini joriy etish;

(l) platforma orqali olingan daromadlarni soliqqa tortish va majburiy toʻlovlarni undirishning soddalashtirilgan tartibini, shu jumladan, platforma operatorini soliq agenti sifatida belgilash imkoniyatini nazarda tutish;

(m) platforma operatorlari tomonidan xodimlar, bajarilgan ishlar va amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha elektron hisob yuritish hamda vakolatli organlarga hisobot taqdim etish majburiyatini belgilash;

(n) platformaviy bandlik sohasida davlat nazorati va monitoringini amalga oshirish, qonunchilik talablari buzilganligi uchun javobgarlik choralarini belgilash.

2027-yil may

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Ish beruvchilar konfederatsiyasi (Vaxabov)

IV. Eksport salohiyatini oshirish, milliy brendlarni tashqi bozorlarga olib chiqish

31.

Mamlakatning tashqi savdo salohiyatini oshirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) tashqi bozorda mustahkam oʻrin egallashi mumkin boʻlgan 100 ta mahsulotni saralab olib, ularni yangi bozorlarga olib chiqish va har bir korxonaning eksport hajmini oshirish;

(b) 2 mingta korxonada ishlab chiqarishni tashqi bozor va xaridor segmentiga moslashtirish;

(v) tashqi bozorda mustahkam oʻrin egallashi mumkin boʻlgan 100 ta mahsulot boʻyicha har bir bozor kesimida standartlarni ishlab chiqish va muvofiqlik sertifikatlarini olishga tayyorlash;

(g) saralab olingan 100 ta mahsulotni tashqi bozorlarga eksport qilishning eng optimal logistika marshrutlarini ishlab chiqish;

(d) tijorat banklari tomonidan eksport uchun tadbirkorlarga qulay yangi moliyaviy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov),

Markaziy bank (Ishmetov)

32.

Eksportni ragʻbatlantirish, xorijiy brendlarni olib kelish, milliy brendlarni rivojlantirishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) xorijdan “brend-meyker”larni jalb qilish xarajatlarining yarmini qoplab berish (500 ming dollargacha);

(b) tashqi bozorlarda milliy brendlarni targʻib qilish, ularni xalqaro talablarga moslashtirishga 50 ming dollargacha subsidiya berish;

(v) market-pleyslar orqali mahsulotlarni omborga joylashtirish va sotish bilan bogʻliq xarajatlarning yarmini kompensatsiya qilish;

(g) xalqaro tenderlarda ishtirok etishga yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan konsalting kompaniyalarni jalb etish va tenderda qatnashish xarajatining 80 foizigacha boʻlgan qismini qoplab berish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

33.

Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan hujjatlar va murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonini toʻliq raqamlashtirish;

(b) xorijiy davlatlarda sud hujjatlarini ijro etish doirasida Oʻzbekiston rezidenti boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga chet el banklarida maxsus hisobvaraq orqali undirilgan mablagʻlarni Oʻzbekistondagi hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibini belgilash;

(v) oziq-ovqat eksportida qadoqlash va boshqa xarajatlari uchun kompensatsiya berish tartibini soddalashtirish va muddatini uzaytirish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov)

34.

Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining tashqi savdo yoʻnalishidagi faoliyatini yanada kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) Oʻzbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hamda mahalliy tadbirkorlar oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish;

(b) katta eksport bozorlarida muntazam faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga “eksport elchilari” maqomini berish;

(v) “eksport elchilari”ni tadbirkorlar tomonidan belgilash;

(g) “eksport elchilari”ning oʻzlari faoliyat yuritayotgan davlatga borish-kelish va yashash xarajatlarini qoplash.

2026-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi (Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

35.

Yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar eksportiga oʻtishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) eksport shartnomalarini sugʻurta polisi bilan tan olish mexanizmini amaliyotda qoʻllash;

(b) WIPO (Madrid) tizimi orqali xalqaro miqyosda brendlarni patentlash xarajatlarini qoplash mexanizmini joriy etish;

(v) nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻygan xizmat koʻrsatish va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

36.

Zargarlik sanoati korxonalarini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) 2030-yil 1-yanvarga qadar marvarid, olmos, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlarga import bojxona bojlari stavkasini 0 foiz etib belgilash;

(b) affinaj korxonalari, oltin izlovchilar va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida olingan qimmatbaho metallar qiymatini chegiriladigan roʻyxatga kiritish;

(v) qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini davlat asillik darajasini belgilash va tamgʻalash uchun taqdim etishda tadbirkorlik subyektlaridan bojxona boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni (deklaratsiya) taqdim etish talabini bekor qilish;

(g) zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning qimmatbaho metallarni affinaj qilish faoliyatini atrof-muhitga taʼsirining xavflilik darajasiga qarab yuqori, oʻrta va past darajadagi toifalarga ajratish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi (Miraxmedov),

“Oʻzmilliybank” AJ (Mirsoatov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

37.

Antidemping choralarini qoʻllashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada sifatsiz va demping narxdagi import mahsulotlarga nisbatan antidemping choralarini qoʻllash hamda bojxona boji stavkalarini qayta koʻrib chiqish nazarda tutiladi.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov)

38.

Eksportni qoʻllab-quvvatlashning navbatdagi chora-tadbirlari toʻgʻrisida

normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) ST-1 sertifikati tariflarini haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan holda qisqartirish;

(b) eksport qilinayotgan mahsulotlar turi va modeli oʻzgarmagan taqdirda kelib chiqish mamlakatini tasdiqlash ekspertizasi dalolatnomasini har bir partiya uchun emas, balki bir kontrakt doirasida bir marta rasmiylashtirish imkoniyatini oʻrgangan holda takliflar berish;

(v) ST-1 sertifikatini toʻliq elektron (onlayn) tartibda rasmiylashtirish tizimini joriy qilish.

2026-yil dekabr

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov)

39.

Ishlab chiqarishda standartlarni joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) laboratoriyalar faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish;

(b) davlat nazoratidagi laboratoriyalarning texnik bazasini va mutaxassislar malakasini oshirish orqali mahsulotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini taʼminlash;

(v) har bir eksport partiyasi uchun alohida sertifikat olish oʻrniga, mahsulot yetishtirishdagi agrotexnologiya va sifat koʻrsatkichlari oʻzgarmasligini inobatga olib, bir martalik roʻyxatdan oʻtish orqali bir yil davomida amal qiluvchi sertifikatlash tizimini joriy etish;

(g) davlat tomonidan xalqaro qoʻmitalardan akkreditatsiya oʻtgan va respublika boʻylab filiallariga ega boʻlgan, tahlillarni tezkorlik bilan tayyorlab beradigan laboratoriyalar tizimini tashkil etish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Jumanazarov)

40.

Bojxona maʼmurchiligini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida qonun va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi

Loyihada tovarni eksport qilish uchun import qiluvchi mamlakat talab qilmaydigan ortiqcha ruxsatnomalarni bekor qilish va eksport sertifikatlarini tezlashtirish choralarini belgilash, shuningdek, bojxona maʼmurchiligini yanada takomillashtirish nazarda tutiladi.

2027-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov)

V. Biznesga maʼmuriy bosimni va moliyaviy yukni kamaytirish

41.

Moliyaviy va maʼmuriy jarimalarni qisqartirish boʻyicha qonun va idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada barcha moliyaviy va maʼmuriy jarimalarni xatlovdan oʻtkazgan holda oʻrtacha ikki barobarga qisqartirish nazarda tutiladi.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda Markaziy bank tomonidan nazorat qilinadigan sohalarda qoʻllanadigan moliyaviy jarimalar miqdori qayta koʻrib chiqiladi va qisqartiriladi.

Markaziy bank (Ishmetov)

42.

Soliq maʼmurchiligini takomillashtirishga qaratilgan qonun va Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) soliqning belgilangan muddatda toʻlanmagan qismiga hisoblanadigan penya toʻlanmagan soliq summasidan oshib ketmasligini belgilash;

(b) yakka tartibdagi tadbirkorlarga savdo avtomatlarini oʻrnatish va elektron savdoda buyurtmalarni topshirish punktlarini ochish huquqini berish;

(v) fiskal chek shakllantiriladigan raqamli platformalar orqali faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarni nazorat-kassa texnikasidan foydalanish majburiyatidan ozod etish;

(g) hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulk obyektidagi tovar qoldiqlari sanoqdan oʻtkazilmasligi bilan bogʻliq talabni bekor qilish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

43.

Markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini yengillashtirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qoʻllaniladigan jarimalarni qatʼiy miqdorda belgilash;

(b) markirovkalash qoidalari buzilganligi aniqlanganda birinchi marta ogohlantirish tartibini joriy etish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

44.

Import jarayonlarida karantin, fitosanitariya va boshqa ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) import qilinadigan tovarlar boʻyicha karantin va fitosanitariya ruxsatnomalarini berish muddatlari hamda amal qilish davrini qayta koʻrib chiqish, jumladan, qalinligi 6 millimetrdan yuqori boʻlgan yogʻoch-taxta materiallari uchun karantin ruxsatnomasining amal qilish muddatini 1 yil etib belgilash va poʻstlogʻi toʻliq olib tashlangan, quritilgan, termik ishlov berilgan va namlik darajasi 20 foizdan oshmaydigan yogʻoch mahsulotlarini fitosanitar xavflilik darajasini pasaytirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

(b) import tovarlariga nisbatan soddalashtirilgan fitosanitariya va veterinariya nazorati mexanizmlarini joriy etish;

(v) xorijiy ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchilarni tegishli reyestrlarga kiritish boʻyicha maʼmuriy tartib-taomillar va muddatlarni qisqartirish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (Urunov),

Biznes-ombudsman (Buriyev)

45.

Soliqqa oid qonunbuzilishlar uchun javobgarlik choralarini yengillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini soliq toʻlovchi tomonidan xizmat koʻrsatuvchi bankka taqdim etmaslik uchun maʼmuriy jarima miqdorini mikrofirmalar va kichik korxonalarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha, fuqarolar uchun esa 1 baravarigacha kamaytirish;

(b) soliq tekshiruvida nazorat-kassa mashinasi chekini bermaslik holati birinchi marta aniqlanganda rasman ogohlantirgan holda moliyaviy jarima qoʻllamaslik.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

46.

Tadbirkorlik faoliyatini tugatish tartib-taomilini takomillashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada tugatish jarayoni tijorat tashkilotining tugatuvchisiga bogʻliq boʻlmagan sabablar bilan olti oy muddatda tugallanmagan taqdirda tugatish jarayoni avtomatik tarzda keyingi olti oyga uzaytirilishi va ortiqcha byurokratik jarayonlarni qisqartirish nazarda tutiladi.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov)

47.

Tashqi iqtisodiy aloqalarda moliyaviy masalalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) tashqi faktoring tizimini xalqaro standartlar asosida yoʻlga qoʻyish;

(b) eksportyorlarga xalqaro faktoring, forfeyting, xalqaro ekvayring va boshqa moliyaviy xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish;

(v) soliq, bojxona, Markaziy bank va tashqi savdo axborot tizimlari oʻrtasida elektron maʼlumot almashinuvi hamda raqamli monitoring mexanizmlarini takomillashtirish;

(g) elektron buyurtma, elektron invoys va toʻlov maʼlumotlarini yetarli hujjat sifatida tan olish orqali eksport-import shartnomalari bilan tenglashtirish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev, Qoʻchqorov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov)

48.

Tadbirkorlik subyektlariga jarimalar qoʻllashda “Birinchi xato uchun ogohlantirish” qoidasini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Loyihalarda birinchi marta qoida buzgan, lekin fuqarolar hayoti va sogʻligʻi, oʻzgalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorlarga jarima qoʻllamasdan, dastlab kamchilikni bartaraf etish uchun oʻn kun muddat berish hamda ushbu muddat davomida kamchiliklar bartaraf etilmagandan keyin tegishli jarimani qoʻllash nazarda tutiladi.

2027-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

nazorat qiluvchi organlar

49.

Biznes uchun toʻsiqlarni yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) tadbirkorlik subyektini elektr energiyasi uzatish liniyasidan, transformator podstansiyasidan, taqsimlash punktidan uzishda Biznes-ombudsman va tadbirkorlik subyektini ogohlantirish tartibini joriy etish;

(b) tadbirkorlik subyektini qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari yagona elektr tarmogʻidan uzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;

(v) nazorat qiluvchi organlar rahbar va xodimlarining KPI mezonlaridan tadbirkorlarda tekshiruv oʻtkazish rejalarini hamda tekshiruv natijasida qoʻllangan miqdor koʻrsatkichlarini chiqarib tashlash;

(g) tezkor xavfning oldini olish maqsadida oʻtkaziladigan tekshiruvlar roʻyxatini qisqartirish;

(d) xavfli ishlab chiqarish obyektlari va ularda qoʻllaniladigan texnik qurilmalarni davlat reyestrida hisobga olish uchun undiriladigan yigʻimni bekor qilish;

(j) har yarim yilda Biznes-ombudsman axborotini Oliy Majlisda eshitish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlarining faoliyati boʻyicha hisobotini muhokama qilish.

2027-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

50.

Tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasini amalda qoʻllash mexanizmlarini kengaytirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Loyihalarda tadbirkorlik subyektiga nazorat qiluvchi organ tomonidan jarima yoki boshqa huquqiy taʼsir chorasi toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllanadigan hollarda tadbirkorlik subyekti ushbu taʼsir chorasidan norozi boʻlganda va shikoyat berishning belgilangan muddati davomida sudga yoki yuqori turuvchi organga murojaat qilganda nizoni hal qiluvchi organ qarori bilan qoʻllangan taʼsir chorasining amal qilishini toʻxtatib turish va ish yakuni boʻyicha taʼsir chorasini qoʻllash (qoʻllamaslik) mexanizmlari belgilanadi.

2027-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev)

51.

Jinoyat-protsessual qonunchiligiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) sud muhokamasi davrida ayblov xulosasining fuqaroviy daʼvoga va boshqa mulkiy undirishlarga doir qismining ijrosini taʼminlash uchun yetarli darajadagi mablagʻlardan tashqari mol-mulkning qolgan qismiga nisbatan xatlovni bekor qilish;

(b) jinoyat ishi doirasida kiritilgan garov summalarini (shu jumladan, fuqaroviy daʼvoni taʼminlash maqsadida olib qoʻyilgan yoki qabul qilingan yoxud moddiy zararni qoplash maqsadida topshirilgan pul mablagʻlarini) qaytarish tartibini soddalashtirish;
Xususan:

garov summalarini qaytarish haqidagi sud hujjatini darhol ijro etilishi lozim boʻlgan talablar toifasiga kiritish;

qonunchilikda belgilangan muddatlarga rioya etmasdan garov summalarini qaytarish kechiktirilganda har bir kechiktirilgan kun uchun tegishli pul mablagʻlari saqlanayotgan idoradan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida yillik foizlar (penya) hisoblash va undirish;

(v) noqonuniy tadbirkorlik va elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish jinoyatlarini birinchi marta sodir etgan shaxs tomonidan davlatga yetkazilgan zararning yarmi ixtiyoriy ravishda qoplanganda mazkur zarar oʻrnini ixtiyoriy qoplash muddatini uning iltimosiga koʻra yana oʻttiz kunga uzaytirish imkonini taqdim etish;

(g) bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish jinoyati birinchi marta sodir etilganda, tovarlar taqiqlangan tovarlar toifasiga kirmagan hamda davlatga yetkazilgan zarar (qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari) sudga qadar toʻliq qoplangan taqdirda, shaxsni jinoiy javobgarlikdan ozod qilish;

(d) tadbirkorlik jinoyatlari bilan bir vaqtda sodir etiladigan jinoyatlarni ushbu moddalarda ogʻirlashtiruvchi holat sifatida belgilash orqali yengillashtiruvchi normalarni qoʻllash amaliyotini kengaytirish;

(j) ilgari oʻtkazilgan taftish, shu jumladan, soliq auditi davri boʻyicha qayta taftish oʻtkazishni cheklash, bundan avvalgi taftish vaqtida mansabdor shaxslarga maʼlum boʻlmagan yangi holatlar aniqlangan yoki taftish oʻtkazuvchilar tomonidan jinoiy xatti-harakatlar amalga oshirilganligi aniqlangan hollar mustasno.

2026-yil noyabr

Bosh prokuratura (Yoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati (Kurbanov),

Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Biznes-ombudsman (Buriyev)

52.

Regulatorlik faoliyati toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) soha siyosatini yuritish va regulatorlik (nazorat) vazifalarini bir-biridan qatʼiy ajratish;

(b) regulatorni tashkil etish, ularga qoʻyiladigan tashkiliy va malakaviy talablarni belgilash;

(v) regulatorlar vakolati, majburiyati va shaffofligi hamda nazorat qilish talab va tartiblarining yagona mezonlarini belgilash;

(g) asossiz toʻsiqlar, litsenziya va ruxsat berish talablari, yigʻimlar va jazolash choralarini cheklash.

2027-yil mart

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

53.

Adyudikatsiya institutini milliy huquq tizimiga tatbiq etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) Savdo-sanoat palatasi huzuridagi ekspert kengash tomonidan bojxona, qurilish, sanitariya, karantin va veterinariya nizolarini koʻrib chiqish;

(b) kengash xulosalarining yuridik maqomini aniq belgilash;

(v) nizolar boʻyicha ekspert kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarni tegishli vazirlik va idoralar tomonidan tezkor hal qilish mexanizmini joriy etish.

2027-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

54.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) daʼvodan, arizadan yoki shikoyatdan voz kechilganligi munosabati bilan ish yuritish tugatilganda toʻlangan davlat bojining 50 foizini qaytarish;

(b) nomulkiy tusdagi talablar yuzasidan fuqarolik sudlariga murojaat qilinganda, davlat bojini qatʼiy summada belgilash;

(v) birinchi instansiyadan keyingi har bir yuqori turuvchi instansiya sudlariga tadbirkorlar foydasiga hal qilingan qarorlar ustidan shikoyat kiritilganda davlat va nazorat organlaridan belgilangan tartibda davlat bojini undirish.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov),

Oliy sud (Maxmudova),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

55.

Tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarida “sukut — rozilik” tamoyili qoʻllanishini kengaytirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Loyihada “sukut — rozilik” tamoyili qoʻllanmaydigan tadbirkorlikka oid davlat xizmatlaridan foydalanishda ariza belgilangan vaqtda koʻrib chiqilmasa, ushbu murojaat avtomatik ravishda tadbirkor foydasiga hal qilingan deb hisoblanishi belgilanadi. Bunda “sukut — rozilik” tamoyili qoʻllanmaydigan tadbirkorlikka oid davlat xizmatlarining 50 foizi ushbu tartibga oʻtkaziladi.

2027-yil aprel

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

56.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini profilaktik auditdan oʻtkazishni kengaytirish toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ixtiyoriy ravishda profilaktik auditdan oʻtkazgan taqdirda, ushbu audit xulosalari soliq organlari tomonidan tan olinishi mexanizmini joriy etish;

(b) Soliq qoʻmitasi tomonidan profilaktik auditdan oʻtkazishi mumkin boʻlgan tashkilotlar reyestrini yuritish tartibini belgilash.

2026-yil noyabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

Loyihalarda yongʻin xavfsizligi, qurilish, sanitariya va karantin organlari faoliyatida tadbirkorlarning aniqlangan kamchiliklarini oʻz vaqtida bartaraf etishni ragʻbatlantirish va profilaktik auditdan oʻtkazishni joriy etish nazarda tutiladi.

2027-yil mart

Vazirlar Mahkamasi (Ramatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Ikramov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi (Adilov),

Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi (Urunov)

57.

Hududlarning ichki imkoniyatlarini toʻliq safarbar qilgan holda qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha mahalliy xalq deputatlari kengashlari qarorlari

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha mahalliy xalq deputatlari kengashlari qarorlari loyihalarini tayyorlash:

Qoraqalpogʻiston Respublikasida — yashil energetika, IT va sunʼiy intellektni iqtisodiy drayverga aylantirish;

Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlarida — toʻqimachilik va mashinasozlik yoʻnalishlari boʻyicha toʻliq zanjirli ishlab chiqarishni kengaytirish;

Samarqand, Buxoro, Xorazm viloyatlarida — turizm, kreativ industriyani yangi imkoniyat maydonlariga aylantirish, agrosanoatda xalqaro brendlarni kashf qilish uchun ishga solinmagan salohiyatni roʻyobga chiqarish;

Navoiy va Toshkent viloyatlarida — togʻ-kon, metallurgiya, ilmiy kimyoda korxonalarni birlashtirish, olimlar va ishlab chiqaruvchilar birgalikda ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish;

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida — agrosanoat, neft, gaz, kimyoda xomashyo sotishdan tayyor mahsulotlarning realizatsiyasiga oʻtish;

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida — avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari sohasida ilgʻor klaster tizimini yaratish va kooperatsiyani rivojlantirish.

2026-yil sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi (Orinbayev),

Andijon (Abduraxmonov),

Fargʻona (Bozarov),

Namangan (Abdurazaqov),

Samarqand (Boboyev),

Buxoro (Zaripov),

Xorazm (Raximov),

Qashqadaryo (Azimov),

Surxondaryo (Qosimov),

Jizzax (Mustafoyev),

Sirdaryo (Turdimov) viloyatlari hokimliklari

58.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

Loyihada Toshkent aglomeratsiyasi doirasida tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqish uchun qulay sharoitlarni yaratish, yoʻl-transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika zanjirlarini raqamlashtirish, Toshkent xalqaro aeroportining yuk tashish terminalini kengaytirish va jahon standartlariga moslash, yuk poyezdlarini shahar ichiga kiritmasdan, aglomeratsiya chekkalarida saralash va toʻgʻridan-toʻgʻri eksportga yoʻnaltirish nazarda tutiladi.

2026-yil oktabr

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Toshkent shahar hokimligi (Umurzakov),

Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

59.

Mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishda ortiqcha byurokratiyani qisqartirish choralari boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) Yagona milliy mehnat platformasida va uning mobil ilovasida xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasi va boshqa mehnat munosabatlariga oid hujjatlar rasmiylashtiruvini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;

(b) xodimlar almashinuvi yuqori boʻlgan sohalarda yangi xodimlar bilan mehnat munosabatlarini soddalashtirilgan elektron rejimda rasmiylashtirish.

2026-yil noyabr

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

60.

Ish beruvchilar birlashmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Loyihada ish beruvchilar birlashmalarining huquqiy maqomi, faoliyatining huquqiy asoslari, vakolatlari, funksiyalari hamda davlat organlari, kasaba uyushmalari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik mexanizmlarini belgilash nazarda tutiladi.

2027-yil fevral

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Ish beruvchilar konfederatsiyasi (Vaxabov)

61.

Tadbirkorlik subyektlariga biznes uchun qulay shart-sharoit yaratishga toʻsiq boʻluvchi mehnat qonunchiligidagi kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qonun loyihasi

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) ogohlantirish muddati kompensatsiyaga almashtirilganda, kasaba uyushmasi va mehnat organiga axborot berish muddatini kamaytirish;

(b) tadbirkorlarning masofaviy taʼlimda tahsil olayotgan xodimlar uchun mavjud kafolat va kompensatsiyalarni taqdim etishdagi tushunmovchiliklarini bartaraf etish;

(v) tadbirkorlar uchun tushunmovchilik keltirib chiqarayotgan Mehnat kodeksining 386-moddasidagi “tegishli darajadagi taʼlim” tushunchasiga aniqlik kiritish.

2027-yil mart

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi (Rafikov),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlarning turlari tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab oʻzgartirilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida bajariladigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar va tashabbuslar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Tadbirkorlarni elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash

Elektr energiyasining yillik isteʼmoli 5 mln kVt-soatdan yuqori boʻlgan tadbirkorlar bilan alohida ishlab, muammo va kelajakda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatarlarni aniqlagan holda ularning yechimi boʻyicha choralar koʻrish.

Hududlardagi umumiy maydonining 60 foizidan ortiq qismida loyihalar ishga tushgan sanoat zonalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ulardagi elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq muammolarni va xatarlarni aniqlab, bartaraf qilish choralarini koʻrish.

2026-yil sentabrdan boshlab

Vazirlar Mahkamasi (Ramatov),

Energetika vazirligi (Xodjayev),

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ (Nazirov),

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Isakulov)

2.

Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi vazifalarini kengaytirish

1. Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tomonidan:

(a) kichik va oʻrta biznesni qoʻllab quvvatlashning har yillik dasturini tasdiqlash. Bunda moliyaviy resurslarni oluvchilar kesimida kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari, dasturning maqsadli koʻrsatkichlari va erishiladigan natijalarni nazarda tutish;

(b) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli muammolarni doimiy ravishda aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha vazirlik va idoralarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berib borish.

Bunda Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashning yillik dasturini amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar navbatdagi yil uchun Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutib boriladi.

2027-yil yanvardan boshlab

Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

2. Xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish, mikromoliyalash xizmatlarini kengaytirish, raqamli savdo va chegaraoldi savdoni rivojlantirish, islom moliyasi instrumentlarini joriy etish hamda mikro va kichik biznes subyektlarini raqamlashtirish maqsadida jami 1 milliard AQSH dollari miqdorida qarz mablagʻlari va 10 million AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrish.

20272030-yillarda

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

3.

Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash

Xorijiy davlatlar bilan muzokaralar oʻtkazib, maxsus shartnomalar va kvotalar orqali metallurgiya mahsulotlari uchun xomashyoni barqaror taʼminlash choralarini koʻrish.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun xomashyoni markazlashgan holda import qilish mexanizmini joriy etish.

2026-2027-yillar

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi (Islamov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi (Saidov)

4.

Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan barcha moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini bosqichma-bosqich “bir darcha” tamoyili asosida taqdim etish

1. Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy va nomoliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish boʻyicha Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yagona raqamli platformasini (keyingi oʻrinlarda — Platforma) amaliyotga joriy qilish.

2027-yil 1-mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

Bunda:

(a) Platformaning “Raqamli hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi bilan elektron hamkorligi va axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish;

2027-yil 1-aprel

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)

(b) tajriba-sinov tariqasida eksport va turizmni rivojlantirishga qaratilgan qoʻllab-quvvatlash choralarini moliyalashtirishni mazkur Platforma orqali amalga oshirish.

2027-yil 1-aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Turizm qoʻmitasi (Aqqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

2. Platformani ishlab chiqish, ishga tushirish va uni funksional kengaytirish maqsadida xalqaro moliya institutlari ishtirokida moliyaviy koʻmak hamda ekspertlarni jalb etish.

2027-yil 1-yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

3. Masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda boshqa sohalardagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini Platforma orqali taqdim etish yuzasidan Prezident Administratsiyasiga taklif kiritish.

2027-yil 1-avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

(a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish hamda Kompaniya faoliyatini raqamli transformatsiya qilish maqsadida Kompaniya muassisligida “Raqamlashtirish tashkiloti” masʼuliyati cheklangan jamiyatini tashkil etish;

2026-yil 1-oktabr

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Maxamatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

(b) tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatini aniqlash va ularning moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida sunʼiy intellekt va “Big data” texnologiyalarini qoʻllagan holda “Biznesning moliyaviy sogʻlomlik tahlili” (Business financial health analysis) dasturini ishga tushirish.

2027-yil 1-may

5.

Tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga koʻmaklashish chora-tadbirlari

1. Afgʻoniston hududida joylashgan Mozori-Sharif temir yoʻl-logistika port infratuzilmasini toʻliq ishga tushirish.

2. Yuk oqimini samarali taqsimlash maqsadida sekin aylanadigan va saqlash muddati nisbatan uzoq boʻlgan yuklarni Mozori-Sharif portiga yoʻnaltirish.

3. Tez aylanadigan va tez buziladigan mahsulotlar uchun Hayraton va Noibobod portlaridan foydalanish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Ramatov),

Transport vazirligi (Maxkamov),

Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

6.

Tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishga koʻmaklashish chora-tadbirlari

1. Xorijiy davlatlarning eksport reyestriga kirish jarayonini tezlashtirish.

2. Eksportbop mahsulotlarning xalqaro reyestrlarga kiritilishini muvofiqlashtirish.

3. Yangi bozorlarga chiqishda asosiy toʻsiq boʻlayotgan xorijiy davlatlarning tegishli idoralari oʻrtasidagi oʻzaro xat almashish va hujjatlarni tasdiqlash jarayonini jadallashtirish.

2026-yil dekabr

Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi (Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov)

7.

Tadbirkorlik faoliyatini tiklash chora-tadbirlari

1. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tugatish va toʻxtatib turish sabab va omillarini doimiy tadqiq qilish tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda:

(a) tadbirkorlik faoliyatini tugatish va toʻxtatib turish boʻyicha ariza taqdim etilganda, unda tugatish va toʻxtatishning sabablarini qayd etib borish;

2027-yil 1-yanvardan boshlab doimiy ravishda

Adliya vazirligi (Tashkulov)

(b) Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida ushbu sabablarni avtomatik tahlil qilib borish tizimini joriy etish.

2027-yil 1-iyul

Adliya vazirligi (Tashkulov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (Abidxadjayev)

2. Tadbirkorlik faoliyatini tugatish va toʻxtatish sabab va omillariga oid materiallarni har chorakda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutiga taqdim etib borish.

Har chorakda

Adliya vazirligi (Tashkulov)

3. Tadbirkorlik faoliyatini tugatish va toʻxtatish sabab va omillariga oid amalga oshirilgan tadqiqotlarni Prezident Administratsiyasiga kiritish.

2027-yil 1-iyun

Adliya vazirligi (Tashkulov)

8.

Qayta lizing operatsiyalarini takomillashtirish

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari hamda Oʻzbekiston lizing uyushmasi bilan birgalikda qayta lizing operatsiyalarini oʻrganib chiqib, mazkur operatsiyalar bozori rivojlanishiga taʼsir koʻrsatayotgan omillar va mazkur omillarni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil 1-oktabr

Markaziy bank (Ishmetov)

9.

Oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlarida soliq tekshiruvlarini oʻtkazish tartibini takomillashtirish

Oʻrta va yirik tadbirkorlik subyektlarida soliq va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilganligi yuzasidan bergan xulosasi soliq organlarida tan olinadigan auditorlik tashkilotlari reyestrini shakllantirish.

2026-yil oktabr

Soliq qoʻmitasi (Pulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov)

Mazkur reyestr yuritilishini yoʻlga qoʻyish va ularni rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borish.

Doimiy

10.

Moliyaviy va maʼmuriy jarimalarni hisobdan chiqarish va ularni qoʻllash amaliyotini toʻxtatish

1. 20232026-yillar davomida aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlash rejimiga oʻtgan tadbirkorlik subyektlariga tovar hisobini yuritmaganlik boʻyicha qoʻllanilgan moliyaviy jarimalarning toʻlanmagan qismini hisobdan chiqarish choralarini koʻrish va kelgusida ushbu holat boʻyicha jarima qoʻllamaslik.

2. 2026-yil 1-yanvarga qadar shakllangan soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun qoʻllangan maʼmuriy jarimaning toʻlanmagan qismini hisobdan chiqarish.

2026-yil sentabr

Majburiy ijro byurosi (Egamberdiyev),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov)

11.

Tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati natijasida muvaffaqiyatga erishgan fuqarolar haqida koʻrsatuvlar tashkil etish

Tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va qoʻllab-quvvatlash choralarini tushuntirish, ularni targʻibotini amalga oshirish hamda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar va davlat tashkilotlari vakillarini jalb qilgan holda tok-shoular va reportajlar tashkil etish.

Har chorakda

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Djurabayev),

Oʻzbekiston milliy media birlashmasi (Tojiyev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Maxamatov),

Biznes-ombudsman (Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

12.

Tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni rivojlantirish

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ muassisligida tashkil etilayotgan “Biznes fondi” AJ va “Mikromoliyalash xizmatlarini rivojlantirish” MCHJga loyihalarni xususiy kapitalni keng jalb qilish orqali qoʻllab-quvvatlash va mikromoliyalash xizmatlari bozorini rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va tashkilotlaridan mablagʻ jalb etish.

2027-2028-yillar davomida

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (Maxamatov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov)

13.

“Sunʼiy intellekt yordamchilari”ni qurilish, mehnat munosabatlari, tashqi savdo va davlat xizmatlari jarayonlariga joriy qilish

1. Maʼlumotlar bazasini shakllantirish (qurilish normalari, Mehnat kodeksi, bojxona tariflari va davlat xizmatlari reglamentlari) asosida maxsus “Bilimlar bazasi”ni yaratish.

2026-yil noyabr

Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Xidoyatov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov),

Adliya vazirligi (Tashkulov)

2. Huquqiy bazani yaratish hamda davlat xizmatlarida va idoralarda vaqtinchalik nizomlarni tasdiqlash.

2027-yil mart

3. “Sunʼiy intellekt yordamchilari”ni tanlab olingan foydalanuvchilar ishtirokida sinovdan oʻtkazish.

2027-yil iyun

4. Barcha fuqarolar va tadbirkorlar uchun davlat portallari orqali “Sunʼiy intellekt yordamchilari”ni bosqichma-bosqich ishga tushirish.

2027-yil sentabr

14.

Mehmonxonalarda naqd xorijiy valyutani ayirboshlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish

1. Respublika boʻylab 50 tadan koʻp joylashtiruv oʻrniga ega mehmonxonalar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil sentabr

Turizm qoʻmitasi (Aqqulov)

2. Ishchi guruh tuzgan holda shakllangan roʻyxatga asosan mehmonxonalarning valyuta ayirboshlash xizmatlariga boʻlgan ehtiyojini oʻrganish va moddiy-texnika bazalarini xatlovdan oʻtkazish.

2026-yil noyabr

Markaziy bank (Ishmetov)

3. Valyuta bankomatlari oʻrnatish uchun mehmonxona binolarining mavjud moddiy-texnika bazasini yaxshilash boʻyicha zarur choralarni koʻrish.

2026-yil dekabr

Turizm qoʻmitasi (Aqqulov),

Markaziy bank (Ishmetov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

tijorat banklari,

4. Tasdiqlangan reja-grafikka asosan banklar tomonidan bankomatlar sotib olinishi va mehmonxonalarda oʻrnatilishini taʼminlash.

2027-yil davomida

Markaziy bank (Ishmetov),

tijorat banklari, mehmonxonalar maʼmuriyati

5. Tijorat banklari tomonidan bankomatlar parkini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish hamda ularning uzluksiz ishlashini taʼminlash.

Doimiy

15.

“Chempion” tadbirkorlarning ilgʻor tajribasini ommalashtirish

“Chempion” tadbirkorlarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan “chempionlik” darajasiga yetgunga qadar bosib oʻtgan yoʻli, amaliy tajribasi va muvaffaqiyat omillari asosida kitoblar tayyorlash, nashr etish hamda ularni tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar va aholi oʻrtasida keng targʻib qilish.

2026-yil noyabr

Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)

16.

Davlat xaridlari doirasida oʻz majburiyatlarini bajargan tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish

1. Oʻtgan davrda amalga oshirilgan davlat xaridlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish boʻyicha oʻz majburiyatini bajargan tadbirkorlik subyektlariga soliq organlarining maʼlumotlari asosida zakalat va qoʻshimcha zakalat mablagʻlarini qaytarish.

2026-yil oktabr

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi (Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi (Pulatov)

2. Ushbu mablagʻlarni bir ish kunida avtomatik qaytarish boʻyicha soliq va davlat xaridlari tizimi oʻrtasida integratsiyani yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

17.

Xorijda ishlab yurgan vatandoshlarni mamlakatimizda ish bilan taʼminlash choralarini koʻrish

Oʻzbekistonda ishga tushirilayotgan yangi ishlab chiqarish obyektlari, mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot beradigan platformani yaratish va uni xorijda ishlab yurgan fuqarolarimiz oʻrtasida keng targʻib qilish, talabgorlar arizasini ushbu platforma orqali qabul qilish va kompetensiyasi mos keladiganlarni ishga qabul qilish haqida kafolatlangan takliflar berilishini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil dekabr

Savdo-sanoat palatasi (Vaxobov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Zaxidov),

Tashqi ishlar vazirligi (Saidov)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini taʼminlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-229-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 11-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a) Jamoatchilik kengashini 1-ilovaga muvofiq yangilagan tarkibda tashkil qilish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 1-ilovaning matni qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

F.I.Sh.

Lavozimi

1.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi

2.

A.A. Buriyev

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

3.

A.A. Abbosxoʻjayev

Grand Pharm Trade” MCHJ taʼsischisi

4.

Sh.Sh. Ergashev

“Orient-Confection” MCHJ taʼsischisi

5.

Z.K. Xashimov

“Anglesey Food” MCHJ XK kuzatuv kengashi raisi

6.

K.T. Abdulloyev

“Sam Antep Gilam” MCHJ taʼsischisi

7.

J.A. Artikxodjayev

“Akfa group” korxonasi taʼsischisi

8.

F.F. Mamatdjonov

“Uztex Group” MCHJ QK taʼsischisi

9.

M.T. Nazarov

“Murad Buildings” MCHJ taʼsischisi

10.

N.K. Komilov

“Stdhealthmed” MCHJ taʼsischisi

11.

T.M. Sharipov

“Procab” MCHJ taʼsischisi

12.

I.T. Abduraxmanov

“Paxtakor teks” MCHJ rahbari

13.

P.R. Mirzayev

“Manar Group” MCHJ taʼsischisi

14.

J.A. Shakirov

“Uzbekistan Hydrogen Peroxide” MCHJ taʼsischisi

15.

J.X. Ismatullayev

“Chust Textile” MCHJ taʼsischisi

16.

Sh.Sh. Ilhomov

“Navroʻz-PTK” MCHJ taʼsischisi

17.

Sh.A. Jalolov

“Agromir Buildings” MCHJ taʼsischisi

18.

F.F. Ilyasov

“Mezon Business” MCHJ taʼsischisi

19.

S.Z. Abasxanov

“Global Export Company” MCHJ taʼsischisi

20.

U.Sh. Rustamov

“Click” AJ direktori

21.

R.A. Abdullayev

“Almerro Group” MCHJ taʼsischi

22.

Sh.Sh. Djumayev

“Navbahor Tekstil” MCHJ taʼsischisi

23.

X.X. Nasrullayev

“Realsoft” MCHJ taʼsischisi

24.

A.D. Hasanov

“Veritas Inter Lex” advokatlik firmasi rahbari

25.

D.J. Axmatov

“Prae Legal” advokatlik firmasi rahbari

26.

A.J. Qurbonov

“International Business audit and consulting” MCHJ taʼsischisi

27.

U.T. Raximov

“Kids Plate Distrubition” MCHJ taʼsischisi

28.

S.S. Nasretdinov

“Uniagri Group” MCHJ taʼsischisi

29.

U.A. Safarov

“United Tax Advisors” MCHJ taʼsischisi

30.

Z.B. Mustafayev

“Uzbek Leasing International” AJ bosh direktori

31.

O.O. Bakirov

Iqtisodchi, jamoatchilik faoli

32.

A.A. Shamsiyev

“Ako Shams Consulting” MCHJ taʼsischisi

33.

L.Yo. Xamidov

“Tasnif Group” MCHJ taʼsischisi

34.

M.I. Akramov

“Technologies of Real Time” MCHJ taʼsischisi

35.

L.Sh. Mirzayeva

“Khiva Plaza” MCHJ direktori

36.

D.U. Islamova

“Dodo Pizza Tashkent” MCHJ taʼsischisi

37.

M.M. Niyazmuxamedov

Oʻzbekiston quruvchilar assotsiatsiyasi raisi

38.

Sh.M. Boqiyev

“Turon-Himoyasi advokatlik firmasi taʼsischisi

39.

S.S. Jumaniyazov

“American Hospital” MCHJ QK rahbari

40.

S.A. Niyazov

Savdo-sanoat palatasi rais maslahatchisi, Jamoatchilik kengashi kotibi

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-246-son Farmonining 2-bandi “d” kichik bandidagi “25 million soʻmdan” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi “Farmatsevtika tarmogʻida ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish va ilmiy tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-35-son Farmonining 4-bandi “b” kichik bandidan “2026-yil 1-sentabrga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes subyektlarining oʻsishi uchun yanada qulay iqtisodiy va maʼmuriy shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmonining 3-bandi “a” kichik bandi “ii” xatboshisidagi “alkogol mahsulotlari” soʻzlari “alkogol, pivo va tamaki mahsulotlari, shuningdek, suv va salqin ichimliklar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son qarori 2-bandining “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) quyidagi tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi va yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori boʻlgan savdo komplekslariga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkalari boʻyicha) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar. Bunda 2027-yil 1-yanvargacha yangidan quriladigan obyektlarga (shu jumladan, ular egallagan yer uchastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 5 yil muddat davomida qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehmonxonalarga (joylashtirish vositalariga) 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2030-yil 1-yanvarga qadar. Bunda palatkali (kemping) lagerlar va oʻtovli lagerlar shaklidagi mehmonxonalar (joylashtirish vositalari) uchun yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini 90 foizga kamaytirish boʻyicha imtiyozni 2037-yil 1-yanvarga qadar qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan subyektlarga 2022-yil 1-yanvardan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar foyda soligʻini hisoblashda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida chegirish huquqini berish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorining 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “a” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “2026-yil 31-dekabrga” soʻzlari “2029-yil 1-yanvarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “b” kichik bandning birinchi xatboshisidagi “2026-yil 31-dekabrga” soʻzlari “2029-yil 1-yanvarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarorining 5-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda joriy etiladi, bundan soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek, soliq toʻlovchiga toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarish mustasno”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 8-bandning “g” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2027-yil” soʻzlari “2028-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“i” xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“(i) turizm sohasi subyektlari tomonidan import qilinadigan avtobus, elektrobus hamda haydovchi oʻrindigʻidan tashqari sakkizdan ortiq oʻrindiqlarga ega boʻlgan mikroavtobuslar bojxona bojidan va utilizatsiya yigʻimidan ozod etiladi (bunda utilizatsiya yigʻimidan ozod qilishga oid imtiyoz faqat oʻxshashi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan avtobus, elektrobus va mikroavtobuslarga nisbatan tatbiq etiladi)”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 1 va 5-bandlardagi “sakkiz va undan ortiq” soʻzlari “sakkizdan ortiq” soʻzlari bilan bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 3-band “bojxona boji” soʻzlaridan keyin “va utilizatsiya yigʻimi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 833-son qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli transformatsiya markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining elektron kooperatsiya portalida axborotni joylashtirish va xaridlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Portalga joylashtiriladigan mahsulot mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mahalliy ishlab chiqarilgan tovar toʻgʻrisidagi sertifikat Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 28-oktabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarni aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandiga muvofiq beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-sentabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Investorlarga yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun subsidiya ajratish hamda tashkilotlarni franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma asosida qisman moliyalashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablagʻ ajratish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) birinchi xatboshidagi “2027-yil” soʻzlari “2030-yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. 3, 4 yoki 5 yulduzli mehmonxona uchun muvofiqlik sertifikati investor yoki ishonchli boshqaruvchi tomonidan olinadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2026-y., 06/26/175/0878-son)