19.03.2025 yildagi PF-50-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta biznesning jadal rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga koʻmaklashish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan yangi tashqi bozor segmentlariga chiqishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Asosiy maqsadli koʻrsatkichlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025-yilda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kichik va oʻrta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 55 foizga, sanoatda — 34 foizga, eksportda — 34 foizga va aholi bandligini taʼminlashda 75 — foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kamida 600 nafar kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishiga koʻmaklashish orqali ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ichimlik va oqova suv, yoʻl, qurilish, kommunal xoʻjalik, utilizatsiya, migratsiya, madaniyat va ijtimoiy xizmatlarda kichik biznes ulushini kamida 2 baravarga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) 100 nafardan koʻp ishchisi bor tadbirkorlik subyektlari sonini 4 mingga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislarini tashkil etish hisobiga kamida 100 ta kichik va oʻrta biznes subyektlarida brend mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) kichik biznes subyektlari ishtirokida kamida 200 ta startap loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) uzoq muddatli ijaraga berilgan 30 ming gektar ekin yer maydonida yuqori daromadli ekinlarni yetishtirish, 16 ta ixtisoslashgan agrokompaniya faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda 9 ta zamonaviy agrosanoat xoʻjaligini tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashuvini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2025-yil 1-maydan boshlab “oʻzini oʻzi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — oʻrta biznes — yirik korxona” zanjiri asosida tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini ragʻbatlantirish boʻyicha shunday mexanizmlar joriy qilinsinki, ularga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda, davlat boji undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) oʻz faoliyatini tegishincha yakka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma yoki kichik korxona toifasigacha yiriklashtirgan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va tadbirkorlik subyektlariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida 50 million soʻmgacha, Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida — 150 million soʻmgacha garovsiz kreditlar beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) oʻz faoliyatini tegishincha oʻrta yoki yirik biznes toifasigacha yiriklashtirgan tadbirkorlik subyektlariga — bir yil davomida qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) yetti kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank 2025-yilda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun 120 trillion soʻm, shu jumladan, tadbirkorlik dasturlari doirasida 22 trillion soʻm miqdoridagi kredit mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida yangidan tashkil etilgan va hisob raqamida yetarli mablagʻlar aylanmasiga ega boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subyektlariga ularning garov taʼminotidan kelib chiqib kredit ajratishga ruxsat berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar yuridik shaxslarga onlayn rejimda mikrokredit ajratish jarayonlarini soddalashtirsin va ularni tezkor tasdiqlash mexanizmlarini joriy qilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida Ijtimoiy reyestrda turgan ishsiz fuqarolarni ish bilan taʼminlagan kichik va oʻrta biznes subyektlariga ushbu fuqarolar uchun tashkil qilingan har bir ish oʻrniga qoʻshimcha ravishda 10 million soʻmdan, 10 va undan koʻp bunday ish oʻrinlarini tashkil qilgan subyektlarga 100 million soʻmgacha 3 yilgacha muddatga yillik 14 foiz stavkada aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyilsin;
(4-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Markaziy bank Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda ushbu bandning “v” kichik bandida keltirilgan talablar bajarilishini doimiy monitoring qilib, belgilangan mezonlarga amal qilmagan qarz oluvchilar boʻyicha kredit foiz stavkasini bozor stavkalariga oʻtkazish chorasini koʻrib borsin.
(4-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligining tez va yuqori surʼatlarda oʻsayotgan tadbirkorlik subyektlarini “chempion” tadbirkorlarga aylantirish dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Dastur doirasida “chempion” tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar roʻyxati shakllantirilib, unga quyidagi mezonlarga javob beradigan tadbirkorlik subyektlari kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tuman (shahar) darajasida — har bir tuman (shahar)da kamida 2 tadan yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan va 50 tadan ortiq ish oʻrni yaratgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida — har bir hududda kamida 5 tadan yillik aylanmasi 100 milliard soʻmdan yuqori boʻlgan va 500 tadan ortiq ish oʻrni yaratgan tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) respublika darajasida — yillik aylanmasi 1 trillion soʻmdan yuqori boʻlgan va 5 mingdan ortiq ish oʻrnini yaratgan tadbirkorlik subyektlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank va Savdo-sanoat palatasi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda “chempion” tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlar roʻyxatini shakllantirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklari, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, “UzVC” milliy venchur fondi bilan birgalikda “chempion” tadbirkorlarga aylantiriladigan tashkilotlarni qoʻshimcha moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2025-yil 1-maydan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 1-ilovaga muvofiq 20 ta tumanda Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofislari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan 9 ta shtat birligidan iborat Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha bosh loyiha ofisi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Loyiha ofislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) kichik va oʻrta biznes subyektlariga konsultatsiya xizmatlarini koʻrsatadi va ular uchun muhandis, texnolog, dizayner, buxgalter, marketologlarni hamda boshqa malakali xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) oʻzlari biriktirilgan tumanda 10 tadan drayver loyihalarni ishga tushirish, 5 tadan milliy brend mahsulotlarini yaratish, kichik va oʻrta biznesning ishlab chiqarish va eksport koʻrsatkichlarini 1,5 barobar oshirishga masʼul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Loyiha ofislari faoliyatini tashkil qilish hamda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun 2025-yilda Davlat budjetidan 100 milliard soʻm ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari roʻyxati va “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish mezonlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun soddalashgan maʼmuriy tartib-taomillarni joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2028-yil 1-yanvarga qadar kichik va oʻrta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy eʼlon qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlik subyektlariga yangi tartibga solish vositalarini belgilashni yoki amaldagilarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qoʻllanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2028-yil 1-yanvarga qadar “Birinchi imkoniyat” tamoyili joriy etiladi va uning doirasida birinchi faoliyat yili davomida savdo va tadbirkorlik sohalariga oid maʼmuriy huquqbuzarlikni ilk bor sodir etgan kichik tadbirkorlik subyektlari maʼmuriy javobgarlikdan ozod etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ushbu bandning (a) va (b) kichik bandlari talablari favqulodda holatlarni bartaraf etish, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazish bilan bogʻliq holatlarning oldini olish, qonunchilik hujjatlarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilansinki, 2025-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi mezonlarga bir vaqtning oʻzida javob beruvchi kichik va oʻrta biznes subyektlarining faoliyatini ixtiyoriy ravishda tugatishda soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard soʻmdan oshmagan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Farmon kuchga kirgunga qadar fermer xoʻjaliklarining soliq qarzdorligi boʻyicha hisoblangan penya hisobdan chiqarilsin hamda sud va ijro ishlarining ushbu penyani undirish bilan bogʻliq qismi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Kichik va oʻrta biznes uchun infratuzilmani yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda hududlarda amalga oshiriladigan drayver loyihalarni zarur infratuzilma bilan taʼminlash uchun qoʻshimcha 500 milliard soʻm mablagʻ ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 2025-yil 1-iyuldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Loyiha ofislari tavsiyasiga asosan yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga maydoni 10 ming kv metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini 5 yil muddatga tekin foydalanishga berish tizimi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-ilovaga muvofiq 15 ta tuman (shahar)dagi mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari binolariga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladi va uning doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoga joylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoning 1 va 2-qavatlari tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan davlat koʻchmas mulk obyektlari biznes loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yangi biznes yoʻnalishlarini qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi, “UzVS” milliy venchur fondi, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB va “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2026-yil yakuniga qadar venchur jamgʻarmalar ishtirokida 5-ilovaga muvofiq yangi biznes yoʻnalishlarida kamida 200 ta startap loyihalar amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muvaffaqiyatli amalga oshirilgan har bir startap loyiha natijasida yaratilgan yangi turdagi mahsulotlar va xizmatlarni texnik reglamentlar hamda standartlarga kiritish orqali ularning davlat xaridlari tizimida sotilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uch oy muddatda startap loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish maqsadida “UzVS” milliy venchur fondi huzurida Startap loyihalarni muvofiqlashtirish markazini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “UzVC” milliy venchur fondiga startap loyihalar ekotizimini rivojlantirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Startap loyihalarni moliyaviy resurslar bilan taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaziy bank tijorat banklari bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar “United Ventures” MCHJ va “SQB Ventures” MCHJ venchur jamgʻarmalari orqali 50 million AQSH dollari ajratilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklari hamda venchur jamgʻarmalar bilan birgalikda 2026-yil 1-aprelga qadar xorijdan 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qishloq xoʻjaligi sohasida biznes uchun sharoitlarni yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qishloq xoʻjaligi vazirligi 2025-yil kuzgi ekish mavsumidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi PF-18-son Farmoniga muvofiq yer uchastkalarini ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizimni qoʻshimcha 30 ming gektar yer maydonida joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengash (S. Annaklichev) “Uzagrostar xolding” kompaniyasi bilan birgalikda 2025-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasi asosida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va yetkazib berish zanjirini qamrab olgan 9 ta zamonaviy agrosanoat majmualarini tashkil etsin hamda ular yordamida kamida 10 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari brendini yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) agrosanoat majmualari faoliyatiga koʻmaklashish va hamrohlik qilish uchun xorijiy davlatlardan tajribali agrotexnolog, marketolog, brend-menejer kabi mutaxassislarni jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yilda zamonaviy agrosanoat majmualarini tashkil etish dasturidagi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobidan 200 milliard soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Savdo-sanoat palatasi hamda kichik va oʻrta biznes subyektlarining Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasi 6-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari 8-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 9-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) tarkibi va uning asosiy vazifalari 10 va 11-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha hududiy maslahat kengashining namunaviy tarkibi va uning asosiy vazifalari 12 va 13-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Markaziy bankning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosh boshqarmalari Savdo-sanoat palatasi hamda Kichik biznes uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har hafta bittadan tuman (shahar)ga chiqqan holda kichik va oʻrta biznes subyektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularning loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uchrashuvlarda koʻtarilgan masalalarni hal qilish boʻyicha alohida platformani ishga tushirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uchrashuvlar oʻtkazish vaqti va joyi haqida oldindan mahalliy televideniye, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va J. Xodjayev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari hamda xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda hududlarga chiqish grafigini ishlab chiqib, hududlarning salohiyati, imkoniyatlari va istiqbolli loyiha takliflari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari ishtirokida taqdimotlar oʻtkazib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklari huzurida xalqaro moliya tashkilotlari bilan ishlash ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyib, ushbu tashkilotlarning yoʻriqnomalari, standartlari va talablarini tadbirkorlik subyektlariga yetkazish boʻyicha platforma tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Davlat organlari tegishli qonunosti hujjatlari va idoraviy koʻrsatmalar qabul qilinishini kutmasdan mazkur Farmon normalarining kuchga kirgan paytdan eʼtiboran soʻzsiz va toʻgʻridan-toʻgʻri amalda qoʻllanilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, masʼul vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-50-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlarda tashkil etiladigan Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Loyiha ofislari

soni

joylashuvi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1

Qoʻngʻirot tumani

2.

Andijon viloyati

2

Oltinkoʻl va Andijon tumanlari

3.

Buxoro viloyati

2

Gʻijduvon va Kogon tumanlari

4.

Jizzax viloyati

1

Sharof Rashidov tumani

5.

Qashqadaryo viloyati

2

Kitob va Koson tumanlari

6.

Navoiy viloyati

1

Karmana tumani

7.

Namangan viloyati

2

Chust va Namangan tumanlari

8.

Samarqand viloyati

2

Kattaqoʻrgʻon va Urgut tumanlari

9.

Surxondaryo viloyati

1

Sariosiyo tumani

10.

Sirdaryo viloyati

1

Sirdaryo tumani

11.

Toshkent viloyati

1

Ohangaron tumani

12.

Fargʻona viloyati

2

Uchkoʻprik va Dangʻara tumanlari

13.

Xorazm viloyati

2

Urganch va Hazorasp tumanlari

Jami

20

-

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Tumanlarda tashkil etiladigan Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari roʻyxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oilaviy bolalar uyini tashkil etish va faoliyatini yuritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish boʻyicha jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy xoʻjaligini yuritish va uy ishlarini bajarish, shu jumladan, turar joylarni tozalash, ovqat pishirish boʻyicha uy xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jismoniy shaxslarning santexnika uskunalarini mayda taʼmirlash va oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jismoniy shaxslarga kvartira ichida (shaxsiy qurilish ishlarida — uy ichida) elektr montaj xizmatlari koʻrsatish (elektr xavfsizligi boʻyicha ruxsati boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarning tomorqa yer uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Fermer xoʻjaliklari egalari, pilla yetishtirish va ipak qurti urugʻchiligi tashkilotlari buyurtmasi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlari (qishloq xoʻjaligi oʻsimliklari, ipak qurtini va hayvonlarni parvarish qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻish, tut koʻchatlarini ekish va boshqa qishloq xoʻjaligi ishlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqarolarning dala-hovli va tomorqa uchastkalari landshaftini barpo etish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini ekish va parvarish qilishda, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini yigʻib olishda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari egalariga yordam berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Chorva mollarini oʻtlatish, ularni parvarish qilish, shu jumladan, urugʻlantirish, qoʻzilatish, qirqish va dagʻal xashak jamgʻarish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jismoniy shaxslarga kompyuterlarni taʼmirlash va sozlash xizmatlarini koʻrsatish, litsenziyalangan dasturiy taʼminot oʻrnatish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Buyurtmachining uyida bajariladigan maishiy texnikani oʻrnatish va taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jismoniy shaxslarning avtomobillarini yuvish, avtomobillar kuzovlarini silliqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mexanizatsiya vositalarini qoʻllamay, uyda bajariladigan yuk ortish-yuk tushirish ishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xalq tabobati (litsenziyasi boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xususiy shaxslarga bosh xizmatkor va konsyerj xizmatlarini koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Buyurtma asosida tovarlarni yetkazib berish (yuk tashish bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bozorlar va savdo komplekslarida mayda yuklarni aravalarda tashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ilgari foydalanilgan tovarlarni sotib olish va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Velosipedlarni taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Rassomlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Aholining yakka tartibdagi buyurtmalari boʻyicha poyabzal tikish, poyabzalni taʼmirlash, boʻyash va tozalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kalitlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻlchov vositalari tayyorlash va ijaraga berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kesuvchi buyumlar va asboblarni charxlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Musiqa asboblarini taʼmirlash va sozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Milliy non va patirlarni tayyorlash va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tulumni shishirish xizmatlari (taksidermik ishlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Namoyishlarda kiyimlar modelini namoyish qilish, rasmli jurnallarda, reklama filmlari va video kliplarda suratga tushish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Multimedia, dizayn va sanʼat materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter oʻyinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, maʼlumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, videomuharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, fotomuharrir va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Dasturiy taʼminot, axborot tizimlari, mobil ilovalar va veb-saytlarni ishlab chiqish va texnik qoʻllab-quvvatlash (dasturchi, dasturiy taʼminotni sinovchi mutaxassis, veb-sahifalarni sahifalovchi, veb-tahlilchi, veb-saytlarni optimizatsiyalash boʻyicha mutaxassis).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Elektron savdo maydonchasida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) chakana sotish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyat (PR-menedjer, internet-marketolog, ijtimoiy tarmoqlarda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni ilgari surish va reklama qilish (SMM), ijtimoiy tarmoq sahifalari administratori, akkaunt-menejer, marketolog, link-menejer, targetolog, kontekst-reklama boʻyicha mutaxassis, direktolog, media rejalashtiruvchi, SMO mutaxassisi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Kadrlar tanlash sohasidagi faoliyat (internet-loyihalar bilan ishlovchi menejer, frilanserlar guruhi rahbari, NR-menejer, rekruter, shaxsiy assistent).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Onlayn konsultatsiya berish (onlayn-konsultant, onlayn-trener, moliyaviy maslahatchi, vebinar olib boruvchi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Nomoddiy madaniy meros obyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazlari tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Uy sharoitida xonaki tovuqlarni yetishtirish va koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Hamshiralik ishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Uy hayvonlari (qoramol, qoʻy, echki, ot va boshqalar) bozorlarida vositachilik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Avtomobil bozorlarida vositachilik xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish xizmati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Gips va ganchdan buyumlar yasash (uy jihozlari, ertak qahramonlari haykallarini yasash).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tosh va tosh mahsulotlaridan yodgorlik, suvenir va dekorativ buyumlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Yogʻoch mahsulotlaridan savat, non mahsulotlari uchun maxsus idish va boshqa buyumlarni toʻqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Uy sharoitida pilla yetishtirish, shaxsiy tomorqa yer uchastkasida tut mevasi, niholi va koʻchatini yetishtirish, uyda ipak mato, ipak gilam toʻqish va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Kulolchilik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Kibersport faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. “Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligining stipendiyasi” tayinlangan sportchilar faoliyati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Teri xomashyosini yigʻish va tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Junni yigʻish va tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Atlas va adras toʻqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mayda munchoq (biser) tikish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. Milliy taqinchoqlar yasash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Artemiya sistalarini yigʻish va topshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Yengil avtotransport vositasida yoʻlovchilarni shahar, shahar atrofi va shaharlararo tashish (litsenziya varaqasi boʻlganda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradigan Milliy hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari roʻyxati va “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish mezonlari*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Faoliyat yoʻnalishlari

Mahsulotlarning asosiy turlari

Asosiy mezonlar

Shogirdlar soni

1.

Ganch oʻymakorligi

Qandillar, devor shamdonlari, koʻzgu, naqshlar, stalaktitlar, muqarnas (friz), karnizlar, ustunlar elementlari, panjaralar, haykalchalar, panno, shift va devor bezaklari va asoslari, ganchdan yasalgan arxitektura va qurilish elementlari, boshqa amaliy bezak mahsulotlari.

Ganch oʻymakorligida qoliplardan, qorishtirish, quritish uskunalaridan, kesish va oʻyish asboblaridan foydalanilgan holda arxitektura elementlari, haykallar, yodgorliklar, interyer va fasadlarni bezash uchun ishlangan mahsulotlar, namoyonlar tayyorlash. Har bir ish (mahsulot) badiiy yechimga ega boʻlishi zarur.

10 nafargacha

2.

Qoʻlda gilam toʻqish

Gilam va gilamchalar, paloslar, xurjunlar, kigiz buyumlar, sholchalar, joynamozlar, oʻtovlar, tabiiy toladan tayyorlangan buyumlar.

Gilamchilik dastgohi (har qanday materialdan tayyorlangan gilamchilik dastgohi), kesuvchi, qiruvchi, tarovchi va ip yigiruvchi asbob-uskunalardan foydalangan holda tabiiy va sunʼiy tolalardan umumiy tarzda barcha turdagi gilam va gilamchilik mahsulotlarini tayyorlash.

10 nafargacha

3.

Qoʻlda gazlamalar toʻqish

Atlas, beqasam, adras, tabiiy ipak, ip kalava, jun va sunʼiy ipdan toʻqilgan gazlamalar.

Ip ayirish va gazlama toʻqish dastgohi, kesuvchi, tarovchi, tekislovchi asbob-uskunalardan foydalangan holda sunʼiy va tabiiy tolalardan mato toʻqish texnikasi asosida milliy uslubga mos ravishda gazlamalar tayyorlash.

10 nafargacha

4.

Tosh va suyak oʻymakorligi

Toshdan tayyorlangan esdalik buyumlar, mayda plastikalar, qutichalar, yozuv anjomlari, shamdonlar, panno, relyeflar va kontrrelyeflar, barelyeflar, geraldika va ramzlar, toshni pardozlash yoʻli bilan tayyorlangan bezaklar va boshqa bezak buyumlar.

Tosh kesuvchi va oʻyuvchi, chizuvchi barcha turdagi kichik mexanizatsiya vositalari** va asbob-anjomlari yordamida toshga ishlov berish texnikasi asosida toshdan ishlangan barcha turdagi bezaklar, yodgorliklar, arxitektura va qurilish elementlari, uy-roʻzgʻor buyumlarini yasash.

5 nafargacha

5.

Miniatura, rang-tasvir, naqqoshlik va boʻyoqli naqshlar tayyorlash

Lok miniaturasi texnikasida tayyorlangan buyumlar: qutichalar, suratlar; devor, qogʻoz, mato, teri, gazlama, papye-mashe, yogʻoch, qovoq, karton, suyak va emaldagi naqshlar va rasmlar; xattotlik uslubida tayyorlangan qoʻlyozmalar, kitoblar, miniatura va tasviriy sanʼat asarlari, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari; muqovalash.

Har qanday materialga (yogʻoch, karton, gazlama, papye-mashe, teri va h.k.) amaliy va tasviriy sanʼat turlariga kiruvchi texnikalarda (maktablar) ishlangan badiiy yechimga ega boʻlgan asarlar — suratlar, naqshlar ishlash (chizish, yozish).

10 nafargacha

6.

Kandakorlik, miskarlik buyumlarini tayyorlash

Mis, latun, aluminiydan yasalgan buyumlar (choynak, qumgʻon, lagan, guldon, shuningdek, bezak va amaliy maqsadlar uchun moʻljallangan boshqa buyumlar).

Kichik mexanizatsiya vositalari (kesuvchi, qirquvchi, qizdirib-erituvchi, eguvchi, payvandlovchi uskunalar va oʻyish-chizish asbob-anjomlari) yordamida mis, latun, aluminiy va h.k. materiallardan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, arxitektura elementlarini tayyorlash.

10 nafargacha

7.

Metalldan buyumlar yasash

Qoʻlda yasalgan metall buyumlar: eshiklar, naqshli darvozalar, panjaralar, deraza va eshik tutqichlari, ilgaklar, qoʻngʻiroqlar, zanjirlar, shamdonlar, ketmonlar, teshalar, xaskash, panshaxalar, omochlar, barcha turdagi milliy qilich, xanjar va pichoqlar, ommaviy ishlab chiqariladigan metall buyumlar.

Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, payvandlash, qizdiruvchi va erituvchi uskunalar va h.k.) foydalangan holda individual yondashuv asosida metalldan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, qoliplar, arxitektura-qurilish elementlari va asbob-uskunalarini tayyorlash.

5 nafargacha

8.

Tunukadan buyumlar yasash

Qoʻlda yasalgan tunuka buyumlar: guldor va jimjimador tarnov va quvurlar, oshxona anjomlari (oshpichoq, kapgir, choʻmich, chovli, elak, mantiqozon va boshqalar), uy-roʻzgʻor buyumlari (kiyim va parda ilgichlar, qoʻl yuvgich, tutqichlar, soyabonlar) va boshqalar.

Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, payvandlash, qizdiruvchi va erituvchi uskunalar va h.k.) foydalangan holda individual yondashuv asosida tunukadan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, qoliplar, arxitektura-qurilish elementlari va asbob-uskunalarini tayyorlash.

5 nafargacha

9.

Milliy poyabzal tayyorlash

Qoʻlda va yakka tartibda tikilgan milliy poyabzallar, teridan mahsi va kovushlar, kirza va kigiz etiklar, sandallar, shippaklar, tuflilar.

Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkasi, preslash uskunasi, kesuvchi, qolip va yelim quyish moslamasi va h.k.) foydalangan holda, individual yondashuv asosida, yakka tartibda (konveyer emas) zamon va bozor talablariga mos ravishda ishlangan barcha turdagi oyoq kiyimlarini tayyorlash.

10 nafargacha

10.

Milliy liboslar tayyorlash

Chopon, yaxtak, nimcha, bolalar choponlari, toʻy liboslari va boshqa milliy kiyimlar.

Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash uskunalari, yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi va h.k.) foydalangan holda, individual yondashuv asosida, yakka tartibda (konveyer emas), zamon va bozor talablariga mos ravishda ishlangan milliy uslubdagi barcha turdagi liboslarni tayyorlash.

10 nafargacha

11.

Bosh kiyimlar tayyorlash

Milliy doʻppilar, telpak, salla, shuningdek, moʻyna, qorakoʻl teri, teri va qoʻlda ishlov berilgan materiallardan tikilgan boshqa bosh kiyimlar.

Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash, quritish uskunalari va h.k.) hamda kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi, tikuvchi ish anjomlaridan foydalangan holda, individual yondashuv asosida, yakka tartibda (konveyer emas) bosh kiyimlar tayyorlash.

10 nafargacha

12.

Yogʻoch oʻymakorligi

Yogʻoch oʻymakorligi uslubida bajarilgan barcha amaliy bezak sanʼati turlari.

Qoʻlda, alohida individual yondashuv asosida, har qanday yogʻochdan yogʻoch oʻymakorligi usulida amaliy sanʼat bezaklari, arxitektura-qurilish elementlari, uy anjomlari va kichik hajmdagi sovgʻabop buyumlarni tayyorlash.

10 nafargacha

13.

Gul bosilgan gazlamalar va chokli buyumlar tayyorlash

Turli xil matolarga gul bosish usulida tayyorlangan buyumlar: batik, milliy koʻrpa va koʻrpachalar, yostiqlar, belbogʻlar, jiyaklar, sumkalar, tasmalar, bolalar kiyimlari va boshqa chokli hunarmandchilik buyumlari.

Qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash uskunalari, yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi, dazmollash va boshqa asbob-anjomlar) foydalangan holda, turli xil matolardan chok tushirish texnikasi*** asosida, zamon va bozor talablariga mos ravishda, oʻzida milliylikni targʻib etuvchi detallarni mujassamlashtirgan buyumlarni (liboslar, kiyim-kechaklar, uy-roʻzgʻor buyumlari va xoʻjalik mollari) tayyorlash.

10 nafargacha

14.

Kashtachilik

Kashtachilik va toʻqilgan buyumlar, shuningdek, qoʻlda tayyorlangan bosh kiyimlar qismlari (kashta mashina yordamida ham tayyorlanishi mumkin).

Qoʻlda igna, bigiz, kesuvchi va qirquvchi asbob-anjomlar yordamida tabiiy va sunʼiy iplardan kashta tushirilgan matolar, uy-roʻzgʻor anjomlari, xoʻjalik buyumlari, interyer bezaklari, oyoq kiyimlar va turli xil liboslar tayyorlash.

10 nafargacha

15.

Zardoʻzlik buyumlari

Metall iplardan foydalangan holda zardoʻzlik uslubida tayyorlangan barcha hunarmandchilik mahsulotlari.

Qoʻlda igna, bigiz, kesuvchi va qirquvchi asbob-anjomlar yordamida, turli xil matolarga metall iplardan foydalangan holda, zardoʻzlik uslubida uy-roʻzgʻor, oshxona anjomlari, xoʻjalik buyumlari, interyer bezaklari, oyoq kiyimlar va turli xil liboslar tayyorlash.

10 nafargacha

16.

Musiqa asboblarini tayyorlash

Ishlab chiqarishdan tashqari usulda tayyorlangan barcha turdagi milliy musiqa asboblari.

Alohida individual yondashuv asosida milliy musiqa asboblarini (doira, dutor, tanbur, tor, rubob, nogʻora va h.k.) tayyorlash.

10 nafargacha

17.

Chinni, fayans va sopol buyumlar tayyorlash

Chinni, fayans va sopoldan tayyorlangan amaliy bezak sanʼatining barcha turlari, arxitektura-bezak elementlari, chinni, fayans va sopol buyumlarni naqsh va trafaret bilan bezash, loydan tayyorlangan uy va oshxona buyumlari, tandirlar.

Kulolchilik uslubida arxitektura bezak elementlari, uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, oʻyinchoqlar, esdalik va suvenir buyumlari, xoʻjalik mollarini chinni, fayans hamda sopoldan tayyorlash.

10 nafargacha

18.

Qimmatbaho metalldan zargarlik buyumlarini yasash

Qonunchilikka muvofiq tamgʻalanishi shart boʻlgan probali oltin, kumush, platina va platina guruhidagi metallardan ijodiy, mualliflik va milliy uslubda yasalgan buyumlar.

Oltin, kumush va platina guruhidagi metallardan badiiy yechimga ega boʻlgan, ijodiy yondashuv asosida milliy uslubdagi zargarlik buyumlarini yasash.

10 nafargacha

19.

Milliy qoʻgʻirchoq va oʻyinchoqlar tayyorlash

Yogʻoch, metall, gips, mato, sopol va boshqa materiallardan ishlab chiqarishdan tashqari sharoitda yasalgan qoʻgʻirchoq va oʻyinchoqlar.

Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash, kesish uskunalari), yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, kuydiruvchi, chizuvchi va boshqa asbob-anjomlar yordamida turli xil materiallardan (yogʻoch, metall, gips, mato, yelim, furnitura, charm va h.k.) yuviladigan va yuvilmaydigan, oʻynaladigan va oʻynalmaydigan (suvenir), interyer uchun qoʻgʻirchoqlar va oʻyinchoqlar tayyorlash.

10 nafargacha

20.

Mayda haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash

Tabiiy va sunʼiy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, aluminiy, suyak, yogʻoch, tosh, sopol, chinni, fayans va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlari.

Tabiiy va sunʼiy materiallar (gips, shamot, mis, bronza, aluminiy, suyak, yogʻoch, tosh, sopol, chinni, fayans va boshqalar)dan yasalgan barcha turdagi haykaltaroshlik buyumlarini tayyorlash.

5 nafargacha

21.

Charm mahsulotlarini tayyorlash

Egar-jabduq anjomlari, shu jumladan, ular uchun arqon, belbogʻ, qayish anjomlari, tabiiy va sunʼiy charmdan tayyorlangan milliy nimcha va bosh kiyimlar, charmdan tayyorlangan esdalik buyumlari.

Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (tikuv mashinkalari, tekislash, preslash, kesish va chizish uskunalari, yelim quyish moslamasi, kesuvchi, qirquvchi, chizuvchi va boshqa asbob-anjomlar) foydalangan holda teridan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, kiyim-kechaklar va xoʻjalik mollarini tayyorlash.

5 nafargacha

22.

Mualliflik mebellarini tayyorlash

Amaliy bezak sanʼati predmetlariga kiradigan mebel (toʻplamlari va alohida qismlari).

Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, tokarlik stanogi, yoʻnuvchi, ochuvchi, chizuvchi stanoklar, randalash uskunalari va boshqa ish anjomlari) foydalangan holda, alohida individual yondashuv asosida xalq amaliy-bezak sanʼatini qoʻllagan holda mebellar ishlash.

10 nafargacha

23.

Yogʻochdan xalq hunarmandchiligi mahsulotlarini tayyorlash

Oshxona anjomlari (oʻqlov, tuzdon, non quti, joʻva, keli, oshtaxta, chakich), yogʻoch, faner va laminatdan tayyorlangan turli hunarmandchilik mahsulotlari, belanchaklar, bolalar aravachasi, beshik va uning anjomlari, turli xontaxtalar, sandiq, javon, eshik, rom, bezakli reykalar, surat uchun romlar (baget), tokarlik uskunasidan tayyorlangan har xil shaklli hunarmandchilik mahsulotlari, yogʻoch shaxmat taxtasi va donasi, panno, yogʻochdan qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida yasalgan boshqa buyumlar.

Qoʻlda yoki kichik mexanizatsiya vositalaridan (elektr arra, tokarlik stanogi, yoʻnuvchi, ochuvchi, chizuvchi stanoklar, randalash uskunalari va boshqa ish anjomlari) foydalangan holda, individual yondashuv asosida har qanday yogʻochdan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona anjomlari, xoʻjalik mollari, oʻyinchoqlar, arxitektura-qurilish materiallari va asbob-uskunalarni tayyorlash.

10 nafargacha

24.

Novdalardan buyumlar toʻqish

Oʻsimlik novdalaridan toʻqilgan buyumlar (qamish, tol, poxol, tok novdalari va boshqa har xil daraxt novdalari).

Kesuvchi, qirquvchi ish anjomlari, turli xil iplar va yopishtirish anjomlari (kleylar) yordamida har xil novdalardan “toʻqish” texnikasi asosida uy-roʻzgʻor buyumlari, xoʻjalik mollari, suvenir va sovgʻalar tayyorlash.

5 nafargacha

25.

Hajmli va shaklli qoliplarda quyilgan buyumlar tayyorlash

Tabiiy va sunʼiy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek, (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, choʻyan, aluminiydan qoʻlda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar.

Tabiiy va sunʼiy materiallardan quyma uslubda ishlangan buyumlar, shuningdek (murakkab mexanizm va mashinalardan foydalanmagan holda) mis, bronza, choʻyan, aluminiydan qoʻlda quyma uslubda ishlangan mahsulotlar yasash.

5 nafargacha

26.

Esdalik buyumlarini tayyorlash

Turli tabiiy va sunʼiy materiallardan har xil rangda tayyorlangan esdalik va sovgʻa buyumlari, kamar, nishonlar, tasbeh, guldastalar, floristika, ikebana va boshqa buyumlar.

Har qanday materiallardan turli xil hajmda va ranglarda sovgʻa qilish uchun moʻljallangan hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash.

10 nafargacha

27.

Oddiy metallardan milliy uslubda taqinchoqlar yasash

Oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan barcha taqinchoqlar (tumorlar, ziraklar, zebigardon, bilaguzuk, uzuk, tillaqosh va boshqalar).

Qimmatbaho boʻlmagan, yaʼni qonunchilikka muvofiq tamgʻalanishi shart boʻlgan metallar (oltin, kumush, platina)dan tashqari barcha turdagi metallardan hamda tabiiy va sunʼiy toshlardan milliy uslubda taqinchoqlar tayyorlash.

10 nafargacha

28.

Ot anjomlarini tayyorlash

Uzangi, taqa, noʻxta, qamchi, egar-jabduq, arava, ot yopinchiqlari va boshqa mahsulotlar tayyorlash.

 Yogʻoch, temir, teri va matolar yordamida qoʻlda va kichik mexanizatsiya vositalari yordamida ot anjomlarini yasash, tayyorlash va tikish.

5 nafargacha

29.

Xattotlik

Xattotlik uslubida qoʻlyozmalar, kitoblar, risolalar va boshqa hunarmandchilik buyumlari tayyorlash.

Qogʻoz, mato, teri, ganch, sopol, yogʻoch va boshqa materiallarga turli boʻyoqlar va tilla suvi yordamida qoʻlda turli xattotlik uslublarida chizish va bezak berish, binolar interyeri uchun suratlar yaratish, tarixiy va madaniy obyektlar koshinpazlik va ganch oʻymakorligi bezaklarida, yogʻoch eshiklar va boshqalarda xattotlik uslubida yozuvlar yozish.

10 nafargacha

30.

Makrame va qoʻlda toʻqilgan buyumlar tayyorlash

Makrame, patli roʻmollar, spitsalarda toʻqilgan buyumlar.

Turli oʻlchamdagi iplardan bigiz, spitsa va kichik mexanika mashinkalari yordamida bolalar, ayollar va erkaklar liboslari, bosh kiyimlari va oyoq kiyimlari, roʻmollar, uy-roʻzgʻor buyumlari va interyer bezak buyumlarini toʻqish.

10 nafargacha

31.

Anʼanaviy dizaynerlik xizmatlarini koʻrsatish

Milliy kiyimlar, toʻy va marosimlarda ishlatiladigan sarpo idishlar uchun har xil oʻlcham va koʻrinishdagi jomadonlar.

Karton, temir, qogʻoz va turli matolardan bezak toshlari va munchoqlari, gullardan foydalangan holda qoʻl mehnati va tikuv mashinkalari yordamida toʻy va marosimlar uchun milliy liboslar solinadigan qutilar, sandiqlar, sarpo idishlari, gʻiloflar, jomadonlar tayyorlash.

5 nafargacha

32.

Quroqchilik usulida tikish

Koʻrpa, yopinchiq, panno, yostiq jildlar, liboslar tayyorlash

Teri va mato parchalarini bir biriga ulagan holda qoʻlda va tikuv mashinkalari yordamida anʼanaviy va zamonaviy uslubda quroqli buyumlar tayyorlash, jumladan, koʻrpa-yostiq, koʻrpacha, liboslar, choponlar, interyer uchun bezaklar, pannolar, mualliflik ishlari va sanʼat asarlari tayyorlash.

5 nafargacha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) hunarmandlar savdo nuqtalarida mazkur yoʻnalishlar boʻyicha hunarmandchilik mahsulotlarini (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hunarmand mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlash uchun yetarli malakaga ega boʻlishi, mahsulotni xomashyodan boshlab tayyor holga kelgungacha shaxsan oʻzi tayyorlay olishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) hunarmandchilik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar va tovarlar (ishlar, xizmat koʻrsatish) zamon va bozor talablariga javob bergan holda, tarixan shakllangan hunarmandchilik anʼanalari va individual yondashuv asosida ishlanishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(*) Milliy hunarmandchilik faoliyatining yoʻnalishlari va “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish mezonlari 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(**) kichik mexanizatsiya vositalari — kichik mexanizatsiya vositalariga hunarmandlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan mashina (mexanik qurilma)lar, moslamalar va mexanizatsiyalashtirilgan asboblar kiradi. Energiya qoʻllanishiga muvofiq, kichik mexanizatsiya vositalari mustaqil ravishda ishlamaydigan, qoʻl kuchi, elektr toki va gidravlika (pnevmatika) kuchi bilan harakatlantiriladigan mashina (qurilma)larga boʻlinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(***) chok tushirish texnikasi — chevarlikda tikish, qirqish va yamash jarayonida hosil boʻladigan baxyalar tuzilmasi, buyumlarning tikib biriktirilgan qismi. Gazlama, charm, teri va boshqa xomashyolardan buyumlar va kiyimlar tikishda qismlarni birlashtirish uchun qoʻllaniladi. Chok qoʻlda igna, angishvona, ilmoqli soʻzana igna, bigiz yordamida va tikuv mashinasida amalga oshirilishi mumkin. XIX asrgacha chok asosan qoʻlda tikilgan. XIX asrning ikkinchi yarmidan Yevropa mamlakatlarida chokni tikuv mashinasida tikishga oʻtilgan. Tikuvchilikda kiyim qismlarining ip yoki yelim yordamida biriktirilgan joyi ham chok hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilda mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari binolariga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladigan tuman va shaharlar roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hudud nomi

Tuman (shahar) nomi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Qoʻngʻirot tumani

2.

Chimboy tumani

3.

Andijon viloyati

Asaka tumani

4.

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

5.

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumani

6.

Qashqadaryo viloyati

Yakkabogʻ tumani

7.

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

8.

Namangan viloyati

Chortoq tumani

9.

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani

10.

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

11.

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

12.

Toshkent viloyati

Yangiyoʻl shahri

13.

Fargʻona viloyati

Quva tumani

14.

Margʻilon shahri

15.

Xorazm viloyati

Shovot tumani

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mazkur tuman va shaharlarda tadbirkorlik subyektlarini huquqni muhofaza qiluvchi organlar, kommunal xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar va sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari boshqa mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashtirish choralari koʻriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yilda mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari joylashgan binolarga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturi amalga oshiriladigan tuman va shaharlar roʻyxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Venchur jamgʻarmalar ishtirokida startap loyihalar amalga oshiriladigan yangi biznes yoʻnalishlari roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sunʼiy intellekt, blokcheyn, katta hajmli maʼlumotlar, aqlli va raqamli texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Iqtisodiyot tarmoqlarida yashil va energiya tejamkor texnologiyalar, qayta tiklanadigan resurslardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Innovatsion va smart texnologiyalar asosida tibbiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joylar, ijtimoiy obyektlar va davlat muassasalarida muqobil energiya vositalari asosida ishlaydigan isitish va sovitish qurilmalarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Koʻp kvartirali va yakka tartibdagi uy-joylarda ishlatilgan suvni qayta ishlash, suvni tejash maqsadida “aqlli texnologiyalar”ni oʻrnatish, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer unumdorligini oshirish, shoʻrlanish darajasini kamaytirish, meliorativ holatini yaxshilash, irrigatsiya muammolarini hal etish boʻyicha zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlar uchun suvsiz iqlim sharoitlariga mos va chidamli oʻsimliklarni yetishtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2030-yilga borib yalpi ichki mahsulot hajmini 200 milliard AQSH dollariga yetkazish, kambagʻallik darajasini 5 foizdan pastga tushirish hamda Oʻzbekistonni daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoriga kiritish boʻyicha barcha imkoniyatlar yetarli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu ustuvor maqsadlarga erishishda barqaror iqtisodiy oʻsishning asosiy drayveri boʻlgan kichik va oʻrta biznes uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning yashovchanligini oshirish hamda yiriklashishini ragʻbatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bugungi kunda 283,9 ming nafar yakka tartibdagi tadbirkorlar va 905,8 ming kichik va oʻrta korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda, ushbu sohada 10,5 million aholi band (jami band aholining 74 foizi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2024-yil yakuni boʻyicha yalpi ichki mahsulotning 54,3 foizi, sanoatning 32,4 foizi, eksportning 33,3 foizi kichik va oʻrta biznes subyektlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uch yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan kichik va oʻrta biznes korxonalari ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk bor 300 mingtaga yetdi, ishchilari soni 100 nafardan koʻp boʻlgan korxonalar soni 3 mingga yaqinlashdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shu bilan birga Jahon savdo tashkilotiga kirish sharoitida kichik va oʻrta biznes subyektlari raqobatbardoshligini oshirish, ular tomonidan innovatsion, raqamli va “yashil texnologiyalar”dan foydalanishni kengaytirish, xalqaro standartlar va qoidalarni joriy qilishga koʻmaklashish orqali yangi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Shuningdek, aholini tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish va biznesga jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirish, hududlarda biznes uchun zarur infratuzilmani barpo etish, kichik va oʻrta biznes subyektlarining arzon moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, kichik va oʻrta biznes huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish bilan bir qatorda ilgʻor xorijiy tajriba asosida ijtimoiy va ekologik masʼuliyatni oshirish yuzasidan yangi yondashuvlarni joriy qilish zarurati yuzaga kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-mart kuni kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-BOB. STRATEGIYANING ASOSIY MAQSADI VA USTUVOR YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Strategiyaning asosiy maqsadi — yagona davlat siyosatini amalga oshirish orqali kichik va oʻrta biznes uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratish hamda sohada raqobatbardoshlikni oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bunda 2030-yilga qadar kichik va oʻrta biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 60 foizga yetkazish, sohadagi eksport hajmini 20 milliard AQSH dollaridan oshirish hamda 2 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shu maqsadda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilanmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) biznes uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqobat muhitini yaxshilash va tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) raqamlashtirish, sunʼiy intellekt va innovatsiyalarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish va biznes uchun malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-YOʻNALISH. MOLIYAVIY QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORALARINI KENGAYTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-maqsad. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat tomonidan kichik va oʻrta biznes subyektlariga koʻrsatilayotgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining yuqori daromadli ish oʻrinlarini tashkil etish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish hamda ularning faoliyatini diversifikatsiya qilishga nisbatan taʼsirini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kichik va oʻrta biznes subyektlarining yiriklashishini ragʻbatlantirishga qaratilgan manzilli moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ilgʻor xorijiy tajriba asosida kredit kafolatlari tizimi imkoniyatlaridan keng foydalanishni taʼminlovchi normativ va institutsional bazani shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-maqsad. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda nobank kredit tashkilotlarining ishtirokini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nobank kredit tashkilotlarining davlat dasturlari va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalaridagi ishtirokini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va lizing kompaniyalari tomonidan roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga tajriba tariqasida kredit ajratishni joriy etish orqali ularning faoliyatini rasmiylashtirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-YOʻNALISH. BIZNES UCHUN ZARUR INFRATUZILMANI RIVOJLANTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-maqsad. Yer uchastkalari va davlat mulki obyektlari ajratishni kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlariga boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini tekin foydalanishga berish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari joylashgan binolarga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish dasturini amalga oshirish, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini namunaviy loyiha asosida yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoning 1 va 2-qavatlarini tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida realizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan davlat koʻchmas mulk obyektlarini tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yer uchastkalarini tanlash va elektron onlayn auksion savdolariga chiqarishdan oldin tadbirkorlik subyektlarining ushbu yer uchastkalariga boʻlgan talab va qiziqishini majburiy tarzda oʻrganish amaliyotini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) aholi punktlarida boʻsh turgan yer uchastkalaridan master reja asosida foydalanish samaradorligini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-maqsad. Infratuzilma bilan bogʻliq qonunchilik bazasini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) infratuzilma bilan taʼminlashga oid jarayonlarning uzviy bogʻliqligini taʼminlash maqsadida infratuzilma loyihalarini tanlab olish, moliyalashtirish, boshqarish va monitoring qilish boʻyicha qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish va konsolidatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasida xalqaro standartlar, reyting va sertifikatsiya talablarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) infratuzilmani barpo etish xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) muqobil energiya sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-maqsad. Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashni takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) barcha maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalaridagi infratuzilma holatini kompleks baholashdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida obyektlarni loyihalashtirishda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turi va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanishga ustuvorlik berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida davlat-xususiy sheriklik asosida infratuzilma loyihalarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-maqsad. Infratuzilmani rivojlantirishga xususiy sektorni jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda davlat organlarining ayrim funksiyalarini autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) elektr energiyasini taqsimlash tizimiga xususiy sektorni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) energetika sohasida raqobatli ulgurji va chakana bozorlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat-xususiy sheriklik asosida energiyani saqlash tizimlarini joriy qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-YOʻNALISH. RAQOBAT MUHITINI YAXSHILASH VA TASHQI BOZORLARGA CHIQISHNI RAGʻBATLANTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-maqsad. Ichki bozorda raqobat muhitini yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) nufuzli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda har ikki yilda ichki bozordagi raqobat muhitini mustaqil baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda raqobatbardoshlik indeksini ishlab chiqish hamda shu asosda hududlardagi raqobat muhitini tahlil qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqobat rivojlangan tarmoqlarda davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirish hamda ularga berilgan eksklyuziv huquq va imtiyozlarni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan davlat funksiyalarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida audit qilgan holda xususiy sektorga oʻtkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) eksklyuziv huquq berilgan sohadagi vakolatli davlat organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning eksklyuziv huquqlarini bekor qilish yoki saqlab qolishning maqsadga muvofiqligini har yili koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-maqsad. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy metodologiyalar asosida baholash hamda natijasi boʻyicha aniqlangan toʻsiqlar va nomutanosibliklarni bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududlarning ixtisoslashuvi va raqobat ustunliklari asosida “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash va ularning salohiyatini toʻliq ishga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi tafovutni qisqartirish orqali kichik tadbirkorlik subyektlarining yiriklashish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-maqsad. Hududlarda sanoatni jadal rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tumanlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va hududlarda drayver loyihalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xorijiy davlatlardan injener, texnolog, dizayner, buxgalter, marketolog kabi mutaxassislarni jalb qilgan holda kichik va oʻrta biznes subyektlarining yuqori qiymatli tashqi bozorlarga chiqishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kichik va oʻrta biznes subyektlariga zarur texnologik asbob-uskunalar xarid qilish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar brendini yaratishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tumanlarni ular ixtisoslashgan sohalar boʻyicha ilgʻor texnologiyalar markaziga aylantirish, bunda kichik ishlab chiqarish quvvatlarini yiriklashtirib, sanoat darajasiga olib chiqish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) kichik asbob-uskunalar, tibbiy vositalar va elektronika buyumlarini ishlab chiqarish kabi drayver sohalarda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha alohida dasturlar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-maqsad. Davlat xaridlari tizimida kichik va oʻrta biznes ishtirokini kengaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda barqaror davlat xaridlarini, shu jumladan, “yashil xarid”larni bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-maqsad. Tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) standartlarning ixtiyoriyligini taʼminlash, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan standartlarni bekor qilish hamda xalqaro standartlarni (ISO/IEC/AOAC) amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) majburiy sertifikatsiyani bekor qilish, xalqaro akkreditatsiyaga ega xorijiy laboratoriyalarning natijalarini eʼtirof etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish va ularni xalqaro standartlar (Codex Alimentarius, WTO SPS Agreement) talablariga moslashtirish, bunda mahsulot xavfsizligi uchun eng muhim standartlarni majburiy talab sifatida saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda Zaruriy gigiyena amaliyoti (GNP), Zaruriy ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda Xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (NACCP) tamoyillariga asoslangan tartibga solish tizimini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatida xalqaro standartlarni joriy qilishni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) JSTning eng qulay davlat rejimiga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan organlar bilan oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) eksport qilinadigan davlatlarning tashqi savdoga oid talablari, ushbu bozorlarga kirish qoidalari hamda ulardagi mavjud ekotizim bilan tanishish imkonini beruvchi elektron platformani ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-YOʻNALISH. RAQAMLASHTIRISH, SUNʼIY INTELLEKT VA INNOVATSIYALARNI JORIY ETISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-maqsad. Startaplarni moliyalashtirish ekotizimini yaxshilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) venchur jamgʻarmalar ishtirokida sunʼiy intellekt, “aqlli”, raqamli, “yashil” va resurs tejovchi texnologiyalar kabi yangi biznes yoʻnalishlaridagi startap loyihalarga investitsiya kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) muvaffaqiyatli amalga oshirilgan startap loyihalar natijasida yaratilgan yangi turdagi mahsulotlar va xizmatlarni texnik reglamentlar hamda standartlarga kiritish orqali ularning davlat xaridlari tizimida sotilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) startap loyihalar ekotizimini rivojlantirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “UzVS” milliy venchur fondi huzurida Startap loyihalarni muvofiqlashtirish markazini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) venchur jamgʻarmalarni rivojlantirish va startap loyihalarni moliyalashtirishni kengaytirish uchun xorijdan mablagʻlar jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ilgʻor xalqaro tajribalar asosida startaplar, venchur moliyalashtirish va “biznes farishtalar” faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, bunda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning aniq mexanizmlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) “Global startup ecosystem index” reytingida Oʻzbekistonni top-75 talik mamlakatlar roʻyxatiga olib chiqish, dunyoning startap markazlari roʻyxatida Toshkent shahrining oʻrnini yaxshilash hamda kamida 3 ta shaharning ushbu roʻyxatdan joy olishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Oʻzbekistonda startap va innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonining har bir bosqichini tizimli tartibga solish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-maqsad. Innovatsiyalar joriy etishni ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) innovatsion mahsulotlarni xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan yondashuvlar asosida tasniflashga oʻtish (innovatsiyalar taksonomiyasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har ikki yilda kichik va oʻrta biznes sohasida ustuvor innovatsion yoʻnalishlarni belgilash va ushbu yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) davlat hisobidan moliyalashtiriladigan innovatsion ishlanma va loyihalarni venchur jamgʻarmalar, “biznes farishtalar” va mustaqil ekspertlar tomonidan tanlashga bosqichma-bosqich oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Global innovatsiyalar indeksi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi reytinglarida mamlakat oʻrni yaxshilanishiga bevosita taʼsir koʻrsatadigan infratuzilma loyihalarini ustuvor ravishda moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-YOʻNALISH. KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH CHORALARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-maqsad. Kichik va oʻrta biznes subyektlarining har bir toifasi bilan individual ishlash tizimini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har bir toifa (yakka tartibdagi tadbirkor, mikro, kichik, oʻrta va yirik korxona) boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining aniq hisobini yuritish va ular bilan manzilli ishlashda tabaqalashgan yondashuvlarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash borasida dalillarga asoslangan siyosatni yuritish uchun mikro darajadagi batafsil tahliliy maʼlumotlarning yaxlit tizimini qoʻyidagi yondashuvlar asosida shakllantirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) “Tadbirkor ayollarning moliya kodeksi” (WE Finance Code) indikatorlari asosida biznesning gender statistikasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Jahon bankining Biznes muhiti va korxona samaradorligi tadqiqotiga (BEEPS) muvofiq tadbirkorlarning yoshi, jinsi, faoliyat sohasi, texnologik intensivligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakli, mahalliy va xorijiy hamkorlari, innovatsiyalar darajasi va ijtimoiy maqsadlar kabi mezonlar asosida mikro darajada statistikani yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) biznesni qoʻllab-quvvatlash institutlari, shu jumladan, biznes inkubatorlar va akseleratorlar, texnoparklar, innovatsion xablar, boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarning yagona reyestrini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) davlat tomonidan joriy etilgan qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari, ulardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari, qamrov darajasi va samarasi kabi koʻrsatkichlarni mikro darajada aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) biznesning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorligini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va ularni qoʻllash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tadbirkorlik subyektlarining har bir toifasiga xos boʻlgan asosiy risklar xaritasini tuzish va ularni bartaraf etish yoki minimallashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-maqsad. Biznesning shakllanishi va rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi salbiy omillarni bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirishi yoʻlidagi texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni har yili mustaqil baholab borish va maqsadli “yoʻl xaritalari” asosida ularni bartaraf etish yoki yumshatish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) biznes uchun toʻsiq va cheklovlarni belgilovchi harakatlarga nisbatan har ikki yilda bir marta “tartibga soluvchi gilotina” usulini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) faoliyat koʻrsatmayotgan kichik korxonalarning davlat oldidagi mavjud kichik qarzlari qoldiqlarini hisobdan chiqarish va ularning faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-maqsad. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini tizimlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining yagona reyestrini yaratish, yuritish va jamoatchilikka eʼlon qilish hamda ular samaradorligini mustaqil baholash asosida har ikki yilda bir marta qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) garov talablarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, asosiy qarzning toʻlanishiga mutanosib ravishda garov narsasini bosqichma-bosqich garovdan ozod qilish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning zamonaviy dasturiy yechimlar (ERP va boshqalar) va tizimlarni joriy etish xarajatlarini davlat tomonidan subsidiyalash va kompensatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) natijaga asoslangan budjetlashtirish tamoyillariga oʻtgan holda biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) maʼlum faoliyat turlari va ayrim sohalarga taqdim etilayotgan subsidiyalash amaliyotidan voz kechib, ularni tizimli ravishda pirovard maqsadga asoslangan (doimiy ish oʻrinlarini yaratish, eksportni oshirish va boshqalar) subsidiyalar va foizsiz ssudalarga almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) tadbirkorlik subyektlariga qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishda foydalanilayotgan axborot tizimlarini konsolidatsiya qilish orqali yagona raqamli platformani ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-maqsad. Tadbirkorlikni tartibga solishning institutsional asoslarini mustahkamlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat-xususiy sheriklik sohasida yaxlit tartibga soluvchi hujjat qabul qilish orqali xususiy sektorning asosiy kapitalga investitsiyalar kiritishini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Strategiyada belgilangan vazifalarni inobatga olib hamda soʻnggi yillarda tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari hamda bu borada yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organni belgilashni nazarda tutgan holda Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunini yangi tahrirda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga koʻmaklashish hamda ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ilgʻor xorijiy tajriba asosida biznes-inkubator, akselerator, texnopark, innovatsion xab va boshqa tuzilmalarni tashkil etishning huquqiy bazasini va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) biznesni tugatish jarayonlarini yanada soddalashtirish, bunda moliyaviy xavf-xatari nisbatan kichik boʻlgan mezonlarni belgilash, ushbu mezonlar asosida soliq tekshiruvini raqamlashtirish orqali tugatish jarayonlari muddatlarini qisqartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-YOʻNALISH. TADBIRKORLIK KOʻNIKMALARIGA OʻQITISH VA BIZNES UCHUN MALAKALI MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-maqsad. Kasbiy taʼlim va tadbirkorlikka yoʻnaltirilgan oʻqitish tizimi samaradorligini yanada oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ilgʻor xorijiy tajriba va mahalliy shart-sharoitlarga asoslangan Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasini (Entrepreneurship Competence Framework) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli boʻlgan va amalda foydalanilmayotgan bino va inshootlar hamda yer uchastkalarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, oʻquvchilarini dual taʼlim shaklida ishga olish va amaliyot darslarini tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish tizimini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yangi texnologiyalar va yondashuvlar bilan ishlashga qodir malakali kadrlarni tayyorlash uchun kichik va oʻrta biznes hamda taʼlim tashkilotlari ishtirokida qoʻshma taʼlim va amaliyot dasturlarini amaliyotga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) taʼlimning barcha bosqichlarida aholining tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan dasturlarni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) iqtisodiy salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda tadbirkorlik subyektlari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlovchi yuqori texnologiyalar markazlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-maqsad. Tadbirkorlikni rivojlantirishga masʼul tashkilotlar xodimlari malakasini uzluksiz oshirib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bozor infratuzilmasini rivojlantirish institutlari (IT park, texnoparklar, startap kompaniyalar, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ va boshqalar) uchun biznes-akselerator va venchur kapital menejerlarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlikni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilishga masʼul tashkilotlar xodimlarining xalqaro malaka va koʻnikmalarga ega boʻlishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-maqsad. Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning yaxlit tizimini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) biznes koʻnikmasiga ega boʻlmagan tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash va ularni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tijorat bankalari koʻmagida oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga biznes loyihalarini ishlab chiqish va kichik tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xotin-qizlarni biznes-rejalar ishlab chiqish, moliyalashtirish va bozor topish koʻnikmalariga oʻrgatish orqali kichik korxonalar faoliyatini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tez va yuqori surʼatlarda oʻsayotgan eng faol ishbilarmon ayollar bilan manzilli ishlab, ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni respublikada mavjud elektron tijorat platformalarida joylashtirish va sotishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-YOʻNALISH. MASʼULIYATLI BIZNES AMALIYOTINI JORIY QILISH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-maqsad. Tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy qilish va keng targʻib etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda masʼuliyatli biznes amaliyoti standartlarini ishlab chiqish va bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tadbirkorlik subyektlarining Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) oid tashabbuslarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlariga ESG tamoyillarini baholovchi xalqaro reytinglarda (MSCI ESG Ratings, S&P Global ESG Scores, Green Business Certification) oʻrin egallashiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahsulotlarni isteʼmol qilish, foydalanish va qadoqlashdan hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ishlab chiqaruvchining masʼuliyatini kengaytirish (Extended Producer Responsibility, EPR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tadbirkorlik subyektlarini “yashil koʻnikma”larga oʻqitish dasturlarini ishlab chiqish va taʼlim tashkilotlarining oʻquv rejasiga bosqichma-bosqich kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-maqsad. Imkoniyati cheklangan aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) imkoniyati cheklangan shaxslar ehtiyojlariga moslashgan, ularning kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kichik va oʻrta biznes subyektlarining inklyuziv ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha tashabbuslarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik subyektlari uchun inklyuziv ish muhitini yaratish va saqlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar statistikasini yuritishni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-BOB. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISH, MONITORING QILISH VA BAHOLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Strategiyani amalga oshirishga masʼul vazirlik va idoralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Strategiya maqsadlariga erishish va unda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning ijrosini muvofiqlashtirishga quyidagi vazirlik va idoralar masʼul etib belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini kengaytirish boʻyicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) biznes uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) raqobat muhitini yaxshilash va tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish boʻyicha — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) raqamlashtirish, sunʼiy intellekt va innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha — Raqamli texnologiyalar vazirligi, Innovatsion rivojlanish agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish boʻyicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish va biznes uchun malakali mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha — Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy qilish boʻyicha — Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining Strategiyani amalga oshirish doirasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Respublika kengashi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Strategiyani amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Strategiyada belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan chora-tadbirlar dasturi orqali taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Respublika kengashi har chorakda Strategiya va chora-tadbirlar rejasini muhokama qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Strategiya va chora-tadbirlar rejasini amalga oshirishda shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash uchun xususiy sektor, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro moliya tashkilotlari va hududiy maslahat kengashlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Monitoring
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Respublika kengashi tomonidan har bir vazifa va yoʻnalish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar belgilanadi va vazifalarning bajarilishi samaradorligi ustidan muntazam monitoring olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Masʼul vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy tuzilmalari amalga oshirilgan ishlar boʻyicha har oyda Respublika kengashiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Respublika kengashi tomonidan monitoring doirasida aniqlangan muammo va toʻsiqlarni bartaraf etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hisobot natijalari jamoatchilikka eʼlon qilinadi va malakali ekspertlarni jalb qilgan holda muhokamalar tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir yoʻnalish boʻyicha maqsadlarga erishish darajasi baholanib boriladi va umumiy natijalar kompleks tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Strategiyaning amalga oshirish natijalarining koʻzlangan maqsadlarga qanchalik mos kelishi har 6 oyda oʻrganib boriladi va zarur hollarda muvofiqlashtirish va aktuallashtirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Asosiy koʻrsatkichlar boʻyicha maʼlumotlarni jamlash va umumlashtirish hamda ularni tekshirish Iqtisodiyot va moliya vazirligining umumiy muvofiqligida Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Strategiyaning amalga oshirilishi borasidagi hisobot har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kichik va oʻrta biznes rivojlanishini hududlar, soha va tarmoqlar kesimida davriy ravishda baholab borish va monitoringini yuritish maqsadida alohida indeks ishlab chiqilib, shu asosda baholash amalga oshiriladi hamda har chorak yakuni bilan tegishli tahliliy maʼlumotlarni eʼlon qilish yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-BOB. STRATEGIYANI MOLIYAVIY VA TASHKILIY TAʼMINLASH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Moliyaviy resurslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Strategiyada belgilangan maqsadlar va ularga erishish boʻyicha vazifalar ijrosini taʼminlash uchun Davlat budjeti mablagʻlari, tijorat banklari kreditlari, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ, venchur jamgʻarmalar, nobank kredit tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va banklarining resurslari yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Strategiyani amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan moliyaviy resurslar hajmi har yili tasdiqlanadigan chora-tadbirlar dasturi doirasida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Strategiyada nazarda tutilgan maqsadlarga erishish boʻyicha vazifalarni amalga oshirishda xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xalqaro rivojlanish tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — xalqaro hamkorlar) bilan hamkorlik qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Strategiyada belgilangan ustuvor yoʻnalishlarda xorijiy ekspert va konsultantlar jalb qilinadi, shuningdek, xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xalqaro hamkorlarning moliyaviy koʻmagida tadbirkorlik faoliyati uchun turtki beradigan quyidagi loyihalar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashga Osiyo taraqqiyot bankining “Inklyuziv moliya sektorini rivojlantirish — moliyaviy vositachilik” dasturi doirasida 100 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Jahon bankining “Kichik biznesni raqamlashtirishni qoʻllab-quvvatlash” loyihasi doirasida 100 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tadbirkorlik sohasidagi “yashil” va innovatsion loyihalarga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 200 million AQSH dollaridan ortiq mablagʻlari ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Germaniyaning “KfW” banki tomonidan kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun 26,5 million yevro miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Islom taraqqiyot bankining “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash” loyihasi doirasida 40 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish va zarur shart-sharoit yaratish maqsadlariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Shveysariya iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat kotibiyati (SECO) bilan hamkorlikda tadbirkorlikni rivojlantirishga oid loyihalar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) Yaponiyaning Yamagata universiteti bilan hamkorlikda mentorlik instituti faoliyati yoʻlga qoʻyilib, mentorlar koʻmagida 100 dan ortiq yoʻnalishlarda yangi biznes turlarini tashkil etish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-BOB. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISHDAN KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Strategiyani amalga oshirish natijasida 2030-yilgacha quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) kichik va oʻrta biznesning YAIMdagi ulushini 60 foizga, sanoatda — 40 foizga, eksportda — 35 foizga, aholi bandligini taʼminlashda — 78 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har 1 000 kishiga toʻgʻri keladigan faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari sonini 19 taga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) ishchilari soni 100 nafardan yuqori boʻlgan korxonalar sonini 5 mingtaga, 10 kishidan yuqori boʻlgan kichik va oʻrta biznes subyektlari ulushini 11 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Jahon bankining “B-Ready” hisobotida va BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi reytingida top-50 hamda Global startap ekotizimi indeksi (Global startup ecosystem index) reytingida top-75 mamlakatlar qatoridan joy olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

Manba

Amaldagi koʻrsatkich

(2024-yil)

Yillar boʻyicha koʻrsatkichlar

2025

2026

2027

2028

2029

2030

1.

Kichik va oʻrta biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi

Foiz

Milliy statistika qoʻmitasi

54,3

55

56

57,1

58,2

59,2

60

2.

Kichik va oʻrta biznes subyektlarining jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridagi ulushi

Foiz

Milliy statistika qoʻmitasi

32,4

33,7

35

36,4

37,6

39

40

3.

Kichik va oʻrta biznes subyektlarining eksportdagi ulushi

Foiz

Milliy statistika qoʻmitasi

33,3

33,6

33,9

34,2

34,5

34,8

35

4.

Kichik va oʻrta biznes subyektlarining aholi bandligini taʼminlashdagi ulushi

Foiz

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

74

74,5

75,1

75,7

76,5

77,2

78

5.

Har 1 000 kishiga toʻgʻri keladigan faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari soni

ta

Milliy statistika qoʻmitasi

12,1

13,1

14,2

15,3

16,5

17,7

19

6.

Xodimlari soni 10 kishidan kam boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subyektlarining jami kichik va oʻrta biznes subyektlari sonidagi ulushi

Foiz

Milliy statistika qoʻmitasi

7,2

7,8

8,5

9,2

9,9

10,6

11

7.

Tijorat banklari tomonidan kichik va oʻrta biznes subyektlariga ajratilgan kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati

Foiz

Markaziy bank

6,1

6,6

6,7

6,8

6,9

7,0

7,1

8.

Oʻzbekistonning Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Savdoni osonlashtirish indikatoridagi (OECD Trade Facilitation Indicator) koʻrsatkichi

Indeks (02)

IHTT

0,85

-

1,0

-

1,2

-

1,3

9.

Oʻzbekistonning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksidagi (EGDI) oʻrni

Oʻrin

BMT

63

-

58

-

54

-

50

10.

Oʻzbekistonning Global startap ekotizimi indeksidagi (Global startup ecosystem index) oʻrni

Oʻrin

StartupBlink

110

105

98

91

85

80

75

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning maqsadli koʻrsatkichlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hududlar va yillar

KOʻB subyektlarining YAHMdagi ulushi

(foizda)

KOʻB subyektlarining eksportdagi ulushi

(foizda)

KOʻB subyektlarining jami bandlikdagi ulushi

(foizda)

KOʻB subyektlarining jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridagi ulushi

(foizda)

Har 1 000 kishiga toʻgʻri keladigan faoliyat koʻrsatayotgan kichik biznes subyektlari

(soni)

Xodimlari soni 10 kishidan kam boʻlmagan KOʻB subyektlari ulushi

(foizda)

Hududlar

Yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2024

65,8

34,4

74,5

37,5

11

5,3

2025

66,2

34,8

74,9

39,0

11,9

5,8

2026

66,7

35,1

75,5

40,5

12,9

6,4

2027

67,4

35,4

76,1

42,1

13,9

6,9

2028

67,9

35,7

76,9

43,5

15,0

7,5

2029

68,2

36,0

77,7

45,2

16,1

8,0

2030

68,4

36,2

78,5

46,3

17,3

8,4

Andijon viloyati

2024

69,5

36,3

80,7

29,9

8,3

7,5

2025

70,4

36,7

81,2

31,1

9,0

8,1

2026

71,4

37,0

81,8

32,3

9,7

8,8

2027

73,2

37,3

82,5

33,6

10,5

9,6

2028

74,4

37,6

83,4

34,7

11,3

10,3

2029

75,3

38,0

84,1

36,0

12,1

11,0

2030

75,9

38,2

85,0

36,9

13,0

11,4

Buxoro viloyati

2024

73

56,4

74,5

41,2

13,6

5,8

2025

73,8

57,0

75,0

42,9

14,7

6,5

2026

74,7

57,5

75,6

44,6

16,0

7,1

2027

76,2

58,0

76,2

46,4

17,2

7,7

2028

77,2

58,5

77,0

47,9

18,5

8,3

2029

77,9

59,0

77,7

49,7

19,9

8,9

2030

78,3

59,3

78,5

51,0

21,4

9,3

Jizzax viloyati

2024

74,4

62,4

77,1

27,2

13,8

4,9

2025

74,9

63,0

77,6

28,3

14,9

5,4

2026

75,5

63,5

78,2

29,4

16,2

5,9

2027

76,3

64,1

78,9

30,6

17,4

6,3

2028

76,9

64,7

79,7

31,6

18,8

6,8

2029

77,3

65,2

80,4

32,7

20,2

7,3

2030

77,5

65,6

81,3

33,6

21,7

7,5

Qashqadaryo viloyati

2024

71

20,4

78,1

35,8

10

5,1

2025

71,9

20,6

78,6

37,3

10,8

5,5

2026

72,8

20,8

79,2

38,8

11,7

6,0

2027

74,4

21,0

79,8

40,3

12,6

6,5

2028

75,5

21,1

80,7

41,6

13,6

7,0

2029

76,3

21,3

81,4

43,2

14,6

7,5

2030

76,8

21,4

82,3

44,3

15,7

7,7

Navoiy viloyati

2024

25,1

7,6

52,1

9,2

17,7

4,4

2025

25,3

7,7

52,4

9,6

19,2

4,8

2026

25,4

7,7

52,9

9,9

20,8

5,2

2027

25,7

7,8

53,3

10,3

22,4

5,7

2028

25,9

7,9

53,9

10,7

24,1

6,1

2029

26,1

7,9

54,3

11,1

25,9

6,5

2030

26,2

8,0

54,9

11,4

27,8

6,8

Namangan viloyati

2024

73,4

49,3

80,9

50

8,3

7,4

2025

74,2

49,8

81,5

52,0

9,0

7,9

2026

75,1

50,2

82,1

54,0

9,7

8,6

2027

76,5

50,7

82,8

56,2

10,5

9,3

2028

77,4

51,1

83,6

58,1

11,3

10,0

2029

78,1

51,5

84,4

60,2

12,1

10,7

2030

78,6

51,8

85,3

61,8

13,0

11,1

Samarqand viloyati

2024

72,3

45,1

81,1

51,3

10

6,1

2025

73,4

45,5

81,6

53,4

10,8

6,4

2026

74,6

45,9

82,3

55,4

11,7

7,0

2027

76,7

46,3

82,9

57,7

12,6

7,6

2028

78,2

46,7

83,8

59,6

13,6

8,1

2029

79,4

47,1

84,6

61,8

14,6

8,7

2030

80,1

47,4

85,4

63,4

15,7

9,0

Sirdaryo viloyati

2024

68,2

62,4

71,9

40,9

13,7

5,1

2025

68,5

62,9

72,4

42,5

14,8

5,7

2026

68,8

63,5

72,9

44,2

16,1

6,2

2027

69,2

64,1

73,5

46,0

17,3

6,8

2028

69,5

64,6

74,3

47,5

18,7

7,3

2029

69,7

65,2

75,0

49,2

20,0

7,8

2030

69,9

65,6

75,8

50,5

21,5

8,1

Surxondaryo viloyati

2024

77,8

86,5

76,8

64,8

8,8

5,5

2025

78,5

87,3

77,2

67,5

9,5

5,8

2026

79,3

88,1

77,9

70,1

10,3

6,3

2027

80,5

88,9

78,5

72,9

11,1

6,8

2028

81,3

89,6

79,3

75,3

12,0

7,3

2029

81,9

90,4

80,0

78,1

12,9

7,8

2030

82,2

90,9

80,9

80,1

13,8

8,1

Toshkent viloyati

2024

53,9

34,7

70,6

29,8

13,4

7,9

2025

54,7

35,0

71,1

31,0

14,5

8,5

2026

55,7

35,4

71,6

32,2

15,7

9,2

2027

57,6

35,7

72,2

33,5

16,9

10,0

2028

59,0

36,0

73,0

34,6

18,3

10,8

2029

60,1

36,3

73,6

35,9

19,6

11,6

2030

60,8

36,5

74,4

36,8

21,0

12,0

Fargʻona viloyati

2024

73,1

61,1

79,1

54,5

9,5

7,0

2025

74,1

61,6

79,6

56,7

10,3

7,6

2026

75,2

62,2

80,2

58,9

11,1

8,3

2027

77,2

62,7

80,9

61,3

12,0

9,0

2028

78,6

63,3

81,7

63,3

13,0

9,7

2029

79,6

63,8

82,5

65,6

13,9

10,4

2030

80,3

64,2

83,3

67,3

14,9

10,7

Xorazm viloyati

2024

72,3

66

78,5

21

12,4

5,7

2025

72,9

66,6

79,0

21,8

13,4

6,2

2026

73,5

67,1

79,7

22,7

14,6

6,8

2027

74,5

67,7

80,3

23,6

15,7

7,3

2028

75,1

68,3

81,2

24,4

16,9

7,9

2029

75,6

68,9

81,9

25,3

18,1

8,5

2030

75,9

69,3

82,8

25,9

19,5

8,8

Toshkent shahri

2024

52,4

20,9

49,4

39,4

27,5

10,9

2025

53,8

21,1

49,7

41,0

29,8

11,4

2026

56,0

21,2

50,1

42,6

32,3

12,4

2027

59,2

21,4

50,5

44,3

34,8

13,4

2028

62,0

21,6

51,0

45,7

37,5

14,5

2029

64,6

21,8

51,5

47,4

40,2

15,5

2030

66,6

21,9

52,0

48,6

43,2

16,1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi maqsadli koʻrsatkichlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligining taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati bayoni bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
9-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasini 2025-yilda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Hujjat shakli

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini kengaytirish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — T. Ishmetov, I. Norqulov)

1.

Tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud moliyaviy instrumentlarning samaradorligini baholash.

1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning mavjud moliyaviy instrumentlari samaradorligini baholash metodologiyasini ishlab chiqish.

2. Ishlab chiqilayotgan baholash metodologiyasining asosiy koʻrsatkichlari sifatida samaradorlik omillarini (doimiy va yuqori daromadli ish oʻrinlarini tashkil etish, ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va faoliyatini diversifikatsiya qilish) belgilash.

2025-yil 1-sentabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3. Tasdiqlangan metodologiya asosida tadbirkorlik subyektlari uchun mavjud moliyaviy instrumentlarning samaradorligini baholashdan oʻtkazish.

Har yili

Amaliy chora-tadbirlar

2.

Agrobiznes sohasidagi kichik va oʻrta biznes subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida omborxona guvohnomalari tizimini tartibga soluvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Omborxona guvohnomasi hisobidan moliyalashtirishning huquqiy asosini yaratish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish.

2025-yil 1-iyul

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Markaziy bank,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

2. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, milliy tasniflash tizimi asosida omborlar va muzlatkichlar faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish tizimini ishlab chiqish.

2025-yil 1-avgust

3. Sertifikatlangan omborlarning elektron maʼlumotlar bazasini yaratish.

2025-yil 1-sentabr

4. Tovar va omborlarni sugʻurtalashni tartibga solish boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish.

2025-yil 1-sentabr

3.

Nobank kredit tashkilotlarining davlat dasturlari va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalaridagi ishtirokini kengaytirish.

Nobank kredit tashkilotlarining davlat dasturlari va xalqaro moliya institutlarining kredit liniyalaridagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqib Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-iyul

Tahliliy maʼlumotnoma

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

4.

Tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari va lizing kompaniyalari tomonidan roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarga tajriba tariqasida kredit ajratishni joriy etish orqali ularning faoliyatini rasmiylashtirishga koʻmaklashish.

Norasmiy biznesni rasmiylashtirishni ragʻbatlantirish maqsadida:

(a) xorijiy tajribani oʻrgangan holda, tijorat banklari, mikromoliya tashkiloti va lizing kompaniyalari tomonidan roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni kreditlash mexanizmini joriy etish;

(b) norasmiy iqtisodiyotni kreditlash boʻyicha tajriba loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2025-yil 1-iyul

Tahliliy maʼlumotnoma

Markaziy bank,

Oʻzbekiston Lizing uyushmasi

5.

Mikromoliya tizimining barqaror rivojlanishini taʼminlash uchun taʼlim tizimiga xalqaro oʻquv dasturlarini joriy qilish.

Nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda mikromoliya xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

2025-yil 1-iyul

Oʻquv dasturini ishlab chiqish

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

tizimida oliy taʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralar,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Moliyaviy xizmatlarning yangi turlarini amaliyotga kiritish hamda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish.

Moliyaviy xizmatlarni kengaytirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) bank sohasidagi yangi konsepsiya va texnologiyalarni (fintex, marketpleys, raqamli bank) joriy qilish orqali bank xizmatlarining sifati va tezligini oshirish. Bunda xalqaro standartlar asosida sinalgan mahsulotlarni taklif qilayotgan yetakchi IT kompaniyalarni ichki bozorga jalb qilish;

(b) respublikada faoliyat koʻrsatayotgan barcha tijorat banklarining viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida istalgan vaqtda va joyda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi raqamli bank xizmatlari markazlarini tashkil etish.

2025-yil 1-avgust

Tahliliy maʼlumotnoma

Markaziy bank,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

7.

Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) tijorat banklarining kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish, shuningdek, “yashil iqtisodiyot” yoʻnalishida amalga oshirilayotgan mikroloyihalariga 500 million soʻmgacha bozor stavkasida ajratilgan kreditlarini qayta moliyalashtirish;

(b) xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordamini umumiy qiymati 20 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishga moʻljallangan bino-inshootlar yoki mulkiy majmualarni qurib, tayyor holda salohiyatli tadbirkorlik subyektlariga taqdim etishga oid loyihalarga ham ajratish tartibini joriy qilish;

(v) kichik va oʻrta biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahalliy mahsulotlar (xizmatlar)ning milliy brendlarini yaratishni ragʻbatlantirish.

2025-yil 1-iyun

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

II. Biznes uchun zarur infratuzilmani rivojlantirish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — Sh. Xidoyatov, A. Ortikov, F. Pulatov)

8.

Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish orqali qoʻshimcha qiymat zanjiri yaratilishini ragʻbatlantirish va aholi bandligini oshirish.

Bitta mahallada joylashgan bir nechta loyihaning umumiy qiymati 200 milliard soʻmdan oshgan taqdirda, ushbu loyihalarning tashqi infratuzilma obyektlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirish mexanizmini joriy etishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-iyul

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashda davlat organlarining ayrim funksiyalarini autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlariga berish.

Davlat organlarining infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha ayrim funksiyalarini autsorsing asosida tadbirkorlik subyektlariga berish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-iyul

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Infratuzilma loyihalarini amalga oshirish borasida xalqaro standartlar, reyting va sertifikatsiya talablarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

1. Infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga oid xalqaro standartlar, reyting va sertifikatsiya tizimlarini (SuRe — Standard for Sustainable and Resilient Infrastructure, ENVISION — Institute for Sustainable Infrastructure, GRESB Infrastructure Assessment va boshqa) oʻrganib chiqib, ularni sohaga tatbiq qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.

2025-yil 1-iyul

Tahliliy maʼlumotnoma

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Muqobil energiya sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash.

2025-yil 1-sentabr

Chora-tadbirlar dasturi

Energetika vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari boʻyicha elektron portalni ishga tushirish.

Respublikada faoliyat koʻrsatayotgan maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari boʻyicha elektron portalni ishga tushirish. Bunda:

(a) portalda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishini taʼminlash:

i) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari joylashuvi;

(ii) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari ixtisoslashuvi hamda mavjud infratuzilma obyektlari;

(iii) maxsus iqtisodiy va sanoat zonasida faoliyat yuritish talablari, shartlari va ajratilayotgan maydonlar, shu jumladan ularning lotlar kesimida boshlangʻich narxlari;

(iv) maxsus iqtisodiy va sanoat zonasida faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar;

(v) maxsus iqtisodiy va sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar;

(b) logistika, tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish va global taʼminot zanjirlaridan keng foydalanish orqali integratsiya qilish xizmatlarini koʻrsatuvchi kompaniyalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2025-yil 1-noyabr

Amaliy chora-tadbirlar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlashni takomillashtirish orqali tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish.

Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini infratuzilma bilan taʼminlash jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda loyihada:

(a) barcha maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida infratuzilmadagi mavjud holatni kompleks baholashdan oʻtkazish;

(b) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari boʻyicha infratuzilmaning tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga toʻliq ulanishini taʼminlash;

(v) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida tashkil etilayotgan korxonalarni loyihalashtirishda tabiiy gaz talab etmaydigan ishlab chiqarishlarni joylashtirish hamda tabiiy gazga muqobil boʻlgan yoqilgʻi turi va energiya tejamkor texnologiyalardan (geliokollektor, issiqlik nasosi, quyosh panellari, issiqlikni qayta tiklash-rekuperatsiya qilish va h. k.) foydalanishga ustuvorlik berish;

(g) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida infratuzilma loyihalari oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash va resurslarni boshqarish uchun integratsiyalashgan loyihalarni boshqarish tizimini (Integrated project management system) joriy qilish;

(d) maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini zarur infratuzilma obyektlari bilan taʼminlash jarayonlariga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy qilish.

2025-yil 1-dekabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Energetika vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

13.

Infratuzilmani rivojlantirishga xususiy sektorni jalb qilish.

1. Davlat-xususiy sheriklik asosida energiyani saqlash tizimlarini joriy qilish.

2. Elektr energiyasini taqsimlash tizimiga xususiy sektorni jalb qilish.

3. Energetika sohasida raqobatli ulgurji va chakana bozorlarni joriy etish.

2025-yil 1-dekabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

14.

Kichik va oʻrta biznes subyektlarining mavjud transport-logistika imkoniyatlaridan keng foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Tadbirkorlik subyektlari birlashmalari hamda kichik va oʻrta biznes subyektlari vakillari ishtirokida ishchi guruh tuzgan holda temir yoʻl orqali yuk tashishni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan texnik muammolarni aniqlash va ularni bartaraf qilish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil 1-iyul

Tahliliy maʼlumotnoma

Savdo-sanoat palatasi,

Transport vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Kichik va oʻrta biznes subyektlarining temir yoʻl orqali yuk tashish boʻyicha ehtiyojlarini kompleks tahlil qilish va ularni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil 1-sentabr

Tahliliy maʼlumotnoma

15.

Tadbirkorlik subyektlarini bino-inshootlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish.

15 ta tuman va shahardagi mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlariga tegishli boʻlgan bino-inshootlarga tadbirkorlik subyektlarini joylashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida yangi barpo etiladigan bitta koʻp qavatli binoga joylashtirish;

(b) yangi barpo etiladigan koʻp qavatli binoning 1 va 2-qavatlarini tadbirkorlik subyektlariga mulk huquqi asosida realizatsiya qilish;

(v) mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan davlat koʻchmas mulki obyektlarini tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarish.

2025-yil 1-iyun

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

III. Raqobat muhitini yaxshilash va tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — H. Turaxujayev, L. Kudratov)

16.

Ichki bozordagi raqobat muhitini mustaqil baholash tizimini yoʻlga qoʻyish.

Ichki bozordagi raqobat muhitini nufuzli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, har ikki yilda mustaqil baholashdan oʻtkazish, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2025-yil 1-iyun

Chora-tadbirlar dasturi

Raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Hududiy raqobatbardoshlik indeksini (regional competitiveness index) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

Xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, hududiy raqobatbardoshlik indeksini (regional competitiveness index) ishlab chiqish, amaliyotga joriy etish hamda shu asosda hududlardagi raqobat muhitini tahlil etish va yaxshilash.

2025-yil 1-sentabr

Chora-tadbirlar rejasi

Raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Mahsulot bozorini tartibga solish (Product market regulation, PMR) metodologiyasi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini baholash tizimini amaliyotga joriy qilish.

Mahsulot bozorini tartibga solish (Product market regulation, PMR) metodologiyasi asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini baholash, raqobatbardoshlikka toʻsiq boʻladigan omillarni aniqlash, aniqlangan toʻsiqlar va nomutanosibliklarni bartaraf etish.

2025-yil 1-noyabr

Amaliy chora-tadbirlar

Raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

Hududlarning ixtisoslashuv va raqobat ustunliklaridan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy oʻsish salohiyatini toʻliq ishga solish.

Hududlarning geografik joylashuvi, tabiiy resurslari, demografik, iqtisodiy va ishlab chiqarish omillaridan kelib chiqib, ixtisoslashuv va raqobat ustunliklari hamda “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash.

2025-yil 1-noyabr

Chora-tadbirlar rejasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Kichik tadbirkorlik subyektlarining yiriklashish imkoniyatlarini kengaytirish.

Soddalashtirilgan va umumbelgilangan soliq toʻlovchilar oʻrtasidagi tafovutni qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

(a) kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soddalashtirilgan soliq rejimining erkin raqobat muhitiga taʼsirini baholash;

(b) aylanma mablagʻlarning chegaraviy miqdorini 1 milliard soʻmga yetkazib, faoliyatni tugatish yoki vaqtincha toʻxtatish yoxud biznesni boʻlib ish yuritish kabi holatlarni chuqur tahlil qilish.

2025-yil 1-iyul

Tahliliy maʼlumot

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga uygʻunlashgan keng raqobat muhitini taʼminlovchi barqaror davlat xaridlari tizimini joriy etish va rivojlantirish.

1. Barqaror xaridlarni joriy etish uchun xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2. Barqaror xaridlarni joriy qilish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish.

3. Barqaror xaridlar mezonlarini ishlab chiqish.

2025-yil 1-iyul

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Davlat xaridlarida barqaror xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish va doimiy ravishda rivojlantirib borish.

Doimiy

22.

Davlat xaridlarida “yashil” xaridlarning ulushini doimiy oshirib borish.

“Yashil” xaridlar ulushini oshirish va rivojlantirish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) “yashil” davlat xaridlari ulushini oshirish (energiya tejovchi mahsulotlarni xarid qilish, tovarlarning hayotiylik davri mezonlaridan foydalanish va boshqalar);

(b) atrof-muhitga taʼsiri kam boʻlgan, ekologik toza yoki ikkilamchi xomashyo va chiqindilardan tayyorlangan tovarlar yetkazib beruvchilarga qulayliklar yaratish;

(v) davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik muhitning yaxshilanishiga koʻmaklashadigan yoki atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

(g) davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarning hayotiylik davrini inobatga olgan holda baholash tizimini yaratish.

2025-yil 1-dekabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

23.

Barqaror xaridlar, shu jumladan “yashil” xaridlarni joriy etishda davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ xodimlarining bilim va malakalarini oshirish.

1. Davlat xaridlari sohasini yanada rivojlantirish, shuningdek, barqaror davlat xaridlarini, shu jumladan, “yashil” xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish va doimiy ravishda rivojlantirib borish maqsadida davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ xodimlarini qisqa va uzoq muddatli oʻquv kurslarida oʻqitishni taʼminlash.

2025-yil 1-dekabr

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bunda ilgʻor xorijiy davlatlarning davlat xaridlari sohasidagi, xususan barqaror xaridlarni, shu jumladan, “yashil” xaridlarni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha tajribalarini oʻrgangan holda, Oʻzbekiston Respublikasining davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2025-yil 1-dekabr

Tahliliy maʼlumot

24.

Tashqi bozorlarga chiqishni ragʻbatlantirish.

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan oʻz faoliyatida xalqaro standartlarni joriy qilishni ragʻbatlantirish.

2. JSTning eng qulay davlat rejimiga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan oʻtgan organlar bilan oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitimlar tuzish.

3. Texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish va ularni xalqaro standartlar (Codex Alimentarius, WTO SPS Agreement) talablariga moslashtirish, bunda mahsulot xavfsizligi uchun eng muhim standartlarni majburiy talab sifatida saqlab qolish.

4. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlashda Zaruriy gigiyena amaliyoti (GNP), Zaruriy ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) hamda Xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (NACCP) tamoyillariga asoslangan tartibga solish tizimini joriy qilish.

5. Standartlarning ixtiyoriyligini taʼminlash, zamon talablariga javob bermaydigan eskirgan standartlarni bekor qilish, xalqaro standartlarni (ISO/IEC/AOAC) amaliyotga kiritish.

6. Eksport qilinadigan davlatdagi:

(a) qonunchilik va texnik talablar;

(b) mahsulotlarni xarid qiluvchi yirik tadbirkorlik subyektlari;

(v) ehtiyoj yuqori boʻlgan mahsulotlarning turlari, narxi, sifati va ularga boʻlgan talabning hajmi;

(g) mahsulotlarni yetkazib berish uchun qulay va arzon transport xizmatlari;

(d) sugʻurta, yuridik va konsalting xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn olish imkonini beruvchi yagona elektron tizimni ishga tushirish.

2025-yil 1-oktabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Raqobat qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Zamonaviy laboratoriyalar kompleksi va eksportga koʻmaklashish xizmatlarini tashkil etish.

Yevropa va boshqa salohiyatli bozorlarga kirish shartlarini oʻrganib:

(a) texnik toʻsiq (TBT — technical barriers to trade) hamda fitosanitariya standartlari yoʻnalishida maxsus markazlarni tashkil etish;

(b) joylarda zamonaviy laboratoriyalar kompleksi va eksportga koʻmaklashish xizmatlarini tashkil etish.

2025-yil 1-sentabr

Amaliy chora-tadbirlar

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Raqamlashtirish, sunʼiy intellekt va innovatsiyalarni joriy etish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — Sh. Shermatov, Sh. Rajabboyev)

26.

Innovatsion mahsulotlarni xalqaro amaliyotda umumeʼtirof etilgan yondashuvlar asosida tasniflashga oʻtish (innovatsiyalar taksonomiyasi).

Oslo yoʻriqnomasi (Oslo Manual), Fraskati yoʻriqnomasi (Frascati Manual), Yevropa innovatsiyalar tablosi (European Innovation Scoreboard) kabi ilgʻor xalqaro yondashuvlarni oʻrgangan holda Milliy innovatsion taksonomiyasini ishlab chiqish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2025-yil oktabr

Tahliliy maʼlumotnoma

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

27.

Kichik va oʻrta biznes sohasida ustuvor innovatsion yoʻnalishlarni belgilash va ushbu yoʻnalishlardagi loyihalarni moliyalashtirish.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda:

Amaliy chora-tadbirlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

1. Kichik va oʻrta biznes sohasida ustuvor yoʻnalishlarni tanlab olish va ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni moliyalashtirish.

2025-yil 1-sentabr

2. Ustuvor yoʻnalishlarni har ikki yilda qayta koʻrib chiqish.

Har ikki yilda

28.

Innovatsiyalar uchun texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni bekor qilish (yumshatish) choralarini koʻrish.

1. Innovatsiyalar uchun texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni har yili mustaqil baholashdan oʻtkazish.

Har yili 1-mayga qadar

Amaliy chora-tadbirlar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Baholash natijasida aniqlangan toʻsiqlarni bartaraf etish (yumshatish) boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Har yili 1-iyulga qadar

29.

Faoliyatiga innovatsiyalarni joriy qilgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish.

Innovatsion gʻoyalar, mahsulot va texnologiyalarni yaratgan ilmiy tadqiqot tashkilotlari, ularni ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilgan tadbirkorlik subyektlarini ragʻbatlantirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2025-yil 1-oktabr

Tahliliy maʼlumotnoma

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida Oʻzbekistonda startap va innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonining har bir bosqichini tizimli tartibga solish.

1. Zamonaviy yondashuvlar asosida startap va innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayonining har bir bosqichini aniqlash.

2. Har bir bosqichni (gʻoyalar generatsiyasi, konsepsiyani ishlab chiqish va tasdiqlash, sinovdan oʻtkazish, biznes modelni yaratish, bozorga chiqish) uning xususiyatlaridan kelib chiqib, tartibga solish.

2025-yil 1-dekabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Innovatsion rivojlanish agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Yoshlar va tadbirkorlik subyektlarining startap va innovatsion loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish.

Startap va innovatsion loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

(a) “biznes farishtalar” (Business angels) uchun “tartibga solish qumdoni” hamda ularni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish (SEIS/EIS sxemasi);

(b) konvertatsiya qilinadigan kreditlar, “Mezzanine financing” moliyasi va venchur qarz instrumentlarini joriy etish;

(v) kraudfanding moliyaviy instrumentlarini rivojlantirish va tartibga solinishini takomillashtirish.

2025-yil 1-oktabr

Tahliliy maʼlumotnoma

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Markaziy bank,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Markaziy bank,

manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Choʻllanishga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlaridagi startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 20 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilish.

1. Xalqaro moliya institutlari va homiylar bilan hamkorlik oʻrnatish.

2. Startap loyihalarga investitsiya kiritish maqsadida xalqaro moliya institutlari va homiylardan bosqichma-bosqich mablagʻ jalb etish.

3. Jalb etilgan mablagʻlar hisobidan venchur fondlar orqali choʻllanishga qarshi kurashish, iqlim oʻzgarishi oqibatlarini yumshatish, suv resurslaridan oqilona foydalanish texnologiyalarini rivojlantirish yoʻnalishlaridagi startap loyihalarga investitsiya kiritish.

2025-2026-yillar davomida

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

V. Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligini oshirish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — I. Norqulov)

33.

Tadbirkorlik subyektlarining har bir toifasi boʻyicha hisobot tizimini takomillashtirish.

1. Har bir toifaga (yakka tartibdagi tadbirkor, mikro, kichik, oʻrta va yirik korxona) mansub tadbirkorlik subyektlarining aniq hisobini yuritish.

2. Tadbirkorlik subyektlari toifalari boʻyicha tahliliy maʼlumotlarni muntazam ravishda eʼlon qilib borish.

2025-yil 1-noyabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Milliy statistika qoʻmitasi,

Soliq qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

34.

Dalillarga asoslangan (evidence-based) siyosatni yuritish uchun mikro darajadagi batafsil tahliliy maʼlumotlarning yaxlit tizimini yoʻlga qoʻyish.

Kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash borasida dalillarga asoslangan siyosatni yuritish uchun mikro darajadagi batafsil tahliliy maʼlumotlarining yaxlit tizimini qoʻyidagi yondashuvlar asosida shakllantirish:

(a) “Tadbirkor ayollarning moliya kodeksi” (WE Finance Code) indikatorlari asosida biznesning gender statistikasini yuritish;

(b) Jahon bankining “Biznes muhiti va korxona samaradorligi tadqiqoti”ga (BEEPS) muvofiq tadbirkorlarning yoshi, jinsi, faoliyat sohasi, texnologik intensivligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakli, mahalliy va xorijiy hamkorlari, innovatsiyalar darajasi, ijtimoiy maqsadlar kabi mezonlar asosida mikro darajada statistikani yuritish;

(v) biznesni qoʻllab-quvvatlash institutlari, shu jumladan, biznes inkubatorlar va akselerator, texnoparklar, innovatsion xablar, boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarining yagona reyestrini shakllantirish;

(g) davlat tomonidan joriy etilgan qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari, ulardan foydalangan tadbirkorlik subyektlari, qamrov darajasi va samarasi kabi koʻrsatkichlarni mikro darajada aks ettirish.

2025-yil 1-noyabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Milliy statistika qoʻmitasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

35.

Biznesning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorligini baholash koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va ularni qoʻllash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Biznesning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy barqarorligini baholash tizimini joriy qilish. Bunda quyidagilarni nazarda tutish:

(a) nomoliyaviy hisobotlar toʻplamini ishlab chiqish va tasdiqlash;

(b) nomoliyaviy hisobotlar asosida maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va chop etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;

(v) mavjud aniqlangan qoloqliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil 15-dekabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

36.

Tadbirkorlik subyektlarining har bir toifasiga xos boʻlgan asosiy risklar xaritasini tuzish (risk mapping) va ularni bartaraf etish (minimallashtirish) boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda risklar matritsasini ishlab chiqish, tasdiqlash va muntazam davriylik bilan doimiy yangilab borish (aktualizatsiya qilish).

2. Matritsada aks ettirilgan har bir risk boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2025-yil 1-noyabr

Chora-tadbirlar dasturi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Kichik biznes uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Tadbirkorlik subyektlarini turli xil risklardan (pandemiya, anomal sovuq va boshqa favqulodda sharoitlarda) himoya qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Tadbirkorlarni favqulodda holatlarda moliyaviy va bozor risklaridan himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish uchun Savdo-sanoat palatasi huzurida ishchi guruhi tashkil etish.

2025-yil 1-may

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ishchi guruhi tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-avgust

38.

Tadbirkorlik subyektlarining bozorga kirishi yoʻlidagi texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni har yili mustaqil baholab borish va maqsadli “yoʻl xaritalari” asosida ularni bartaraf etish yoki yumshatish choralarini koʻrish.

1. Tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarni xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil 1-avgust

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Adliya vazirligi,

Raqobat qoʻmitasi,

Biznes-ombudsman,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik, maʼmuriy va boshqa toʻsiqlarni mustaqil baholash boʻyicha nufuzli xalqaro konsalting tashkilotni jalb qilish.

2025-yil 1-oktabr

3. Tadbirkorlik faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan, shuningdek, meʼyoridan oshiq talablar, qiyinlashtiruvchi normalar, bozorga erkin kirish hamda tovar va xizmatlarning erkin harakatiga toʻsqinlik qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish.

2025-2026-yillar davomida

39.

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik korxonalarning faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish.

Faoliyat koʻrsatmayotgan kichik korxonalarning davlat oldidagi mavjud kichik qarzlari qoldiqlarini hisobdan chiqarish va ularning faoliyatini qayta tiklashga koʻmaklashish tartibini joriy etish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-avgust

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Soliq qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Kichik biznes uyushmasi

40.

Biznes uchun toʻsiqlar va cheklovlarni belgilovchi harakatlar uchun har ikki yilda bir marta “tartibga soluvchi gilotina” usulini qoʻllash.

Tadbirkorlik faoliyati uchun toʻsiqlar va cheklovlarni belgilovchi harakatlar uchun har ikki yilda bir marta “tartibga soluvchi gilotina” usulini qoʻllash orqali biznesga maʼmuriy yukni kamaytirish.

Har ikki yilda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

Adliya vazirligi,

Biznes-ombudsman,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobat qoʻmitasi,

Savdo-sanoat palatasi,

Kichik biznes uyushmasi

41.

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini tizimlashtirish.

1. Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarining yagona reyestrini yaratish, yuritish va jamoatchilikka eʼlon qilib borish.

2025-yil 1-oktabr

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqobat qoʻmitasi,

Biznes-ombudsman,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Nufuzli xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda, qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari samaradorligini har ikki yilda bir marta mustaqil baholab borish va natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Har ikki yilda 1-avgustga qadar

42.

Garov talablarini qayta koʻrib chiqish, shuningdek, asosiy qarzning toʻlanishiga mutanosib ravishda garov narsasini bosqichma-bosqich garovdan ozod qilish mexanizmini joriy etish.

Bazel mezonlari asosida garovga nisbatan miqdoriy talablarni qayta koʻrib chiqish va asosiy qarzning toʻlanishiga mutanosib ravishda garov narsasini garovdan ozod qilish choralarini amalda qoʻllash.

2025-yil 1-iyun

Markaziy bank kengashi qarori

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

43.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning zamonaviy dasturiy yechimlar (ERP va boshqalar) va tizimlarini joriy etish xarajatlarini davlat tomonidan subsidiyalash va kompensatsiya qilish.

Operatsion samaradorlikni yaxshilashga qaratilgan yetakchi dasturiy yechimlar va tizimlar roʻyxatini tuzish hamda ular boʻyicha toʻlanadigan kompensatsiya va subsidiyalar miqdorlari hamda toʻlov manbalarini belgilash.

2025-yil 1-dekabr

Tahliliy maʼlumotnoma

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

44.

Tadbirkorlik subyektlarini subsidiyalash mexanizmlarini takomillashtirish.

Maʼlum faoliyat turlari va ayrim sohalarga taqdim etilayotgan subsidiyalash amaliyotidan voz kechib, ularni tizimli ravishda pirovard maqsadga asoslangan (doimiy ish oʻrinlarini yaratish, eksportni oshirish va boshqalar) subsidiyalar va foizsiz ssudalarga almashtirish.

2025-yil 1-dekabr

Tahliliy maʼlumotnoma

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

45.

Tadbirkorlik subyektlariga qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etuvchi axborot tizimlarini konsolidatsiya qilish orqali yagona raqamli platformani ishga tushirish.

1. Yagona raqamli platformani joriy etishning loyiha va texnik hujjatlarini ishlab chiqish.

2025-yil 1-iyul

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyiha va texnik hujjatlarni vakolatli organlarda ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil 1-noyabr

3. Platformani barcha manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2026-yil 1-aprel

4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi yagona raqamli platformani ishga tushirish:

(a) kichik va oʻrta biznes subyektlari bilan oʻzaro muloqot (B2B, B2G) qilish imkonini berish;

(b) davlat tomonidan barcha turdagi qoʻllab-quvvatlash choralari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish;

(v) kichik va oʻrta biznes subyektlarining elektron tijoratdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash, xalqaro marketpleyslarga kirish imkoniyatini kengaytirish;

(g) tadbirkorlik faoliyatiga oid zaruriy axborotlarni (xomashyo, ishlab chiqarish, logistika, bozorlar, narxlar, eksport, import va boshqalar) taqdim etish;

(d) biznesni rejalashtirish uchun hududlarda (tuman/shahar, mahalla) tadbirkorlik qilish mumkin boʻlgan sohalar (yoʻnalishlar), joylar (geomanzillar) boʻyicha hamda statistik maʼlumotlarni taqdim etish;

(e) aholi, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining raqamli malaka darajasini baholash hamda tavsiyalar berish.

2026-yil 1-iyul

46.

“Bojxona hududida qayta ishlash” rejimidagi tovarlarning harakatini tezlashtirish.

“Bojxona hududida qayta ishlash” rejimiga olib kelingan tovarlarni bojxona omborlaridan tashqarida, korxonaning ishlab chiqarish obyektiga toʻgʻridan-toʻgʻri olib ketishga ruxsat beruvchi tizim yaratish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-noyabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Bojxona qoʻmitasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

47.

Toʻlovga layoqatsizlik tartib-taomillari va biznesni ixtiyoriy tugatish jarayonlarini takomillashtirish.

Qonunchilik hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish:

(a) kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun toʻlovga layoqatsizlik tartib-taomillarini soddalashtirish;

(b) biznesni tugatish jarayonlarini soddalashtirish, bunda moliyaviy xavf-xatarlar nisbatan kichik boʻlgan mezonlarni belgilash.

2025-yil 1-oktabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

48.

Ichki va tashqi tovar bozorlaridagi narxlar tebranishlaridan himoyalanish (xedjirlash) mexanizmini joriy qilish.

Mahalliy tadbirkorlarni global derivativ bozorlarida savdo qilish hamda ichki va tashqi tovar bozorlaridagi narxlar tebranishlaridan himoyalanish (xedjirlash) mexanizmini joriy qilishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-iyul

Vazirlar Mahkamasi qarori

“Oʻzbekiston respublikasi tovar-xomashyo birjasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Soliq qoʻmitasi,

Raqobat qoʻmitasi

49.

Tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish tizimini joriy etish.

1. Quyidagi yoʻnalishlarda belgilangan koʻrsatkichlarni bajargan tadbirkorlik subyektlariga “yashil tadbirkor” maqomini berish:

(a) koʻkalamzorlashtirish, jumladan, korxonani “yashil belbogʻ” bilan oʻrash, sugʻorish tizimlarini oʻrnatish, tomchilatish, yomgʻirlatish va konteynerli (qopli) sugʻorish tizimini joriy qilish;

(b) energiya tejamkorligini taʼminlash, jumladan, energiya tejovchi uskunalar va texnologiyalarni joriy qilish;

(v) korxonaning atrof-muhitga taʼsirini kamaytirish, jumladan, ekologik huquqbuzarlik sodir etmaslik, atmosferaga tashlamalarni onlayn monitoring qilish tizimini joriy etish;

(g) ishlab chiqarishga sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilini tatbiq etish.

2. “Yashil tadbirkor” maqomini olgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini qoʻllash:

(a) “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik berish;

(b) muayyan muddat davomida ekologik tekshiruvlardan ozod etish;

(v) xalqaro bozorlarga chiqish uchun qoʻllab-quvvatlash;

(g) Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi doirasida qoʻshimcha ball berish.

2025-yil 1-sentabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

50.

Kichik biznes uyushmasi faoliyatini tashkil qilish.

1. Kichik biznes uyushmasini Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli koʻchasi, 8 uyda tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

2. Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Uyushma joylashgan bino va inshootlarni taʼmirlash hamda zarur mebel, inventar va boshqa tashkiliy texnikalar bilan jihozlash.

2025-yil 1-may

Amaliy chora-tadbirlar

Savdo-sanoat palatasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

51.

Turizm sohasini raqamlashtirish orqali sohadagi kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish.

1. Turizm sohasidagi yetakchi mahalliy kompaniyalarni jalb qilgan holda respublikaning barcha hududlarida oʻtkaziladigan tadbirlar (konsert, festival, forum, konferensiya, yarmarka, koʻrgazmalar), shuningdek, turistik maskanlar va markazlar, joylashtirish vositalari, transport, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, koʻngilochar, maʼrifiy, sogʻlomlashtirish, sport hamda boshqa maqsadga moʻljallangan obyektlar, turistik va ekskursiya xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni beruvchi Yagona interaktiv elektron platformani ishga tushirish.

2. Yagona interaktiv elektron platformani ishlab chiqish uchun Savdoni rivojlantirish kompaniyasi hisobidan zarur mablagʻlar ajratish.

3. Yagona interaktiv elektron platformani Savdo-sanoat palatasining elektron axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2025-yil 1-iyun

Amaliy chora-tadbirlar

Savdo-sanoat palatasi,

Turizm qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

52.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunni yangi tahrirda qabul qilish.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat tomonidan taqdim etilayotgan zamonaviy qoʻllab-quvvatlash choralari va mexanizmlari hamda bu borada yagona davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organni belgilashni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-oktabr

Qonun loyihasi

Adliya vazirligi,

Biznes-ombudsman,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

53.

“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunni qabul qilish.

Tadbirkorlik subyektlariga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga koʻmaklashish hamda ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-oktabr

Qonun loyihasi

Biznes-ombudsman,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

54.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini ixtiyoriy tugatish va vaqtincha toʻxtatib turish tartibini takomillashtirish.

1. Quyidagi mezonlarga bir vaqtning oʻzida javob beruvchi kichik va oʻrta biznes subyektlarining faoliyatini soliq tekshiruvi oʻtkazmasdan ixtiyoriy tugatish tartibini joriy qilish:

(a) oxirgi uch yilda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 10 milliard soʻmdan oshmagan;

(b) budjet va kreditorlar oldida qarzdorligi mavjud boʻlmagan hamda muntazam ravishda soliq hisobotlarini taqdim etayotgan;

(v) “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past darajada tasniflangan.

2. Tadbirkorlik subyektlarining aktivlari va passivlari chiqib ketishi boʻyicha yuzaga keladigan soliq majburiyatlari toʻliq bajarilgan va soliq qarzi mavjud boʻlmagan taqdirda soliq organlari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga avtomatik ravishda xulosa taqdim etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2025-yil 1-iyul

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Soliq qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

VI. Tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish va biznes uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — B. Zaxidov, K. Sharipov)

55.

“Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasini” (Entrepreneurship Competence Framework) ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish.

1. Ilgʻor xorijiy tajriba asosida mahalliy shart-sharoitlarga mos “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasi”ni ishlab chiqish.

2025-yil 1-avgust

Chora-tadbirlar dasturi

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasi”ni kasbiy taʼlim dasturlariga integratsiya qilish.

2026-yil 1-iyun

3. “Tadbirkorlik kvalifikatsiyalar ramkasi”ning tadbirkorlik faoliyatiga taʼsiri natijalarini doimiy ravishda monitoring qilib borish mexanizmini joriy etish.

2026-yil 1-sentabr

56.

Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli bino va inshootlardan samarali foydalanishni tashkil etish.

1. Davlat kasbiy taʼlim tashkilotlariga tegishli boʻlgan va foydalanilmayotgan bino-inshootlar hamda yer uchastkalarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash, oʻquvchilarini dual taʼlim shaklida ishga olish va amaliyot darslarini tashkil etish sharti bilan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga va davlat-xususiy sheriklik asosida berish tizimini joriy etish.

2025-yil 1-iyun

Chora-tadbirlar dasturi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimligi

2. Ijaradan kelib tushgan mablagʻlarni kasbiy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yoʻnaltirish.

Doimiy

57.

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish.

1. Taʼlimning barcha bosqichlarida aholining tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2025-yil 1-aprel

Chora-tadbirlar dasturi

Markaziy bank,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

2. Finlit.uz va direktor.uz platformalarida kichik va oʻrta biznes vakillarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan onlayn oʻquv dasturlarini tashkil etish.

2025-yil 1-noyabr

Amaliy chora-tadbirlar

58.

BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda yoshlarning raqamli tadbirkorlik boʻyicha imkoniyatlarini oshirish.

Davlat-xususiy sheriklik asosida Shahrisabz va Hazorasp tumanlarida yoshlarni IT, elektron tijorat va ingliz tiliga oʻqitish markazlarini tashkil etish.

2025-yil davomida

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qashqadaryo viloyati hokimligi,

Xorazm viloyati hokimligi

59.

Iqtisodiy salohiyati yuqori boʻlgan hududlarda tadbirkorlik subyektlari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar oʻrtasidagi hamkorlikni taʼminlovchi yuqori texnologiyalar markazlarini tashkil etish.

Yuqori texnologiyalar markazlarini tashkil etish va ularning bozor infratuzilmasi institutlari bilan kooperatsiya aloqalarini taʼminlashga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil 1-noyabr

Tahliliy maʼlumotnoma

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

60.

Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish.

Xotin-qizlarni biznesga jalb qilish va tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tizimni joriy etish:

(a) biznes koʻnikmasiga ega boʻlmagan tashabbuskor xotin-qizlarni aniqlash va ularni tadbirkorlik asoslariga oʻqitish;

(b) tijorat bankalari koʻmagida oʻzini oʻzi band qilgan xotin-qizlarga biznes loyihalarini ishlab chiqish va kichik tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashish;

(v) xotin-qizlarni biznes-rejalar ishlab chiqish, moliyalashtirish va bozor topish koʻnikmalariga oʻrgatish orqali kichik korxonalar faoliyatini kengaytirish;

(g) tez va yuqori surʼatlarda oʻsayotgan eng faol ishbilarmon ayollar bilan manzilli ishlab, ularni “chempion” tadbirkorlarga aylantirish;

(d) ayol tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni respublikada mavjud elektron tijorat platformalarida joylashtirish va sotishga koʻmaklashish.

2025-yil davomida

Amaliy chora-tadbirlar

Savdo-sanoat palatasi,

AT “Xalq banki”,

“Hamroh” MCHJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Kichik biznes uyushmasi

VII. Masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy qilish

(Muvofiqlashtirish uchun masʼullar — I. Norqulov, A. Abduxakimov, D. Vahobov)

61.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda Masʼuliyatli biznes amaliyoti (Responsible Business Conduct) standartlarini bosqichma-bosqich joriy qilish.

1. Masʼuliyatli biznes amaliyotini joriy etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

(a) Atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) va Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) oid tashabbuslarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini joriy etish;

(b) tadbirkorlik subyektlariga ESG tamoyillarini baholovchi xalqaro reytinglarda (MSCI ESG Ratings, S&P Global ESG Scores, Green Business Certification) oʻrin egallashiga koʻmaklashish;

(v) ishlab chiqaruvchining mahsulotlarni isteʼmol qilish, foydalanish va qadoqlashdan hosil boʻlgan chiqindilarni qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan masʼuliyatini kengaytirish (Extended Producer Responsibility, EPR).

2025-yil 1-dekabr

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Markaziy bank,

Savdo-sanoat palatasi,

Biznes-ombudsman

2. Banklar va moliya institutlari uchun ESG maʼlumotlarini shakllantirish boʻyicha qoʻllanma ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil 1-oktabr

3. Moliya bozorida ESG tamoyillarini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

2025-yil 1-oktabr

62.

Tadbirkorlik subyektlarining “yashil” koʻnikmalarini oshirish.

1. Tadbirkorlik subyektlarini “yashil” koʻnikmalarga oʻqitish dasturini ishlab chiqish.

2025-yil 1-dekabr

Taʼlim dasturi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. “Yashil” texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, atrof-muhitni muhofaza qilish va energiyani tejash kabi yoʻnalishlarni taʼlim dasturlariga bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab

Amaliy chora-tadbirlar

63.

Imkoniyati cheklangan aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash.

Imkoniyati cheklangan aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tizimni joriy qilish:

(a) imkoniyati cheklangan shaxslar ehtiyojlariga moslashgan hamda ularning kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;

(b) kichik va oʻrta biznes subyektlarining inklyuziv ish oʻrinlarini tashkil etish boʻyicha tashabbuslarini ragʻbatlantirish;

(v) tadbirkorlik subyektlari uchun inklyuziv ish muhitini yaratish va saqlash boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;

(g) ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar statistikasini yuritishni yoʻlga qoʻyish.

2025-yil davomida

Amaliy chora-tadbirlar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Milliy statistika qoʻmitasi

64.

Strategiyani amalga oshirish, monitoring qilish va baholash boʻyicha loyiha boshqaruvi yondashuvlarini joriy qilish.

Xalqaro moliya institutlari koʻmagida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Strategiyani amalga oshirish, monitoring qilish va baholash boʻyicha loyiha ofisini tashkil etish.

2025-yil 1-iyun

Amaliy chora-tadbirlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qoʻchqorov

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika kyengashi raisi

2.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Respublika kyengashi raisi oʻrinbosari

3.

A.A. Turdaliyev

Markaziy bank raisi oʻrinbosari, Respublika kyengashi raisi oʻrinbosari

4.

Lavozimi boʻyicha

Biznes-ombudsman

5.

N.Q. Xolmurodov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

7.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

8.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

9.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

10.

K.A. Sharipov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

11.

X.U. Umarova

maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

12.

X.S. Turaxujayev

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

13.

A.Yu. Mavlonov

Bojxona qoʻmitasi raisi

14.

Sh.D. Kudbiyev

Soliq qoʻmitasi raisi

15.

F.J. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

16.

D.A. Vaxabov

Savdo-sanoat palatasi raisi

17.

K.K. Mirzaliyeva

Kichik biznes uyushmasi raisi

18.

T.N. Xusanov

Iqtisodiyot va moliya vazirligi departament direktori, Respublika kyengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
11-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2025 — 2030-yillarda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarining ijro etilishini taʼminlash hamda natijalarini har chorakda muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kichik va oʻrta biznes subyektlari hamda davlat oʻrtasidagi samarali muloqot platformasini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyatidagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, ularning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kichik va oʻrta biznes uchun institutsional va huquqiy muhitni yaxshilashda byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish, soliq va maʼmuriy yuklamalarni yengillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kichik va oʻrta biznes uchun moliyaviy hamda infratuzilmaviy qoʻllab-quvvatlash va kreditlash choralarini kuchaytirish, investitsiyalarni jalb etish, innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlarini kengaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kichik va oʻrta biznes subyektlarining eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqishini ragʻbatlantirish maqsadida tovar va xizmatlar eksportini osonlashtirish, tadbirkorlik subyektlariga oʻz faoliyatini xalqaro sertifikatlar va standartlarga moslashtirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
12-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha hududiy maslahat kengashining namunaviy tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Hududiy maslahat kengashi raisi

2.

Lavozimi boʻyicha

Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshligʻi, Hududiy maslahat kengashi raisi oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan “chempion” tadbirkorlar vakili

4.

Lavozimi boʻyicha

Xizmat koʻrsatish sohasida faoliyat yuritayotgan “chempion” tadbirkorlar vakili

5.

Lavozimi boʻyicha

Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan “chempion” tadbirkorlar vakili

6.

Lavozimi boʻyicha

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB hududiy boshqarmasi boshligʻi

7.

Lavozimi boʻyicha

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ hududiy boʻlinmasi masʼul xodimi

8.

Lavozimi boʻyicha

Sanoatni jadal rivojlantirish boʻyicha loyiha ofisi rahbari

9.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining, viloyatlar hamda Toshkent shahri iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmalari boshligʻining masʼul oʻrinbosari, Hududiy maslahat kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Hududiy maslahat kengashi tarkibiga qoida tariqasida 25 nafardan koʻp boʻlmagan turli sohalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tajribali tadbirkorlik subyektlari rahbarlari yoki ularning vakillari kiritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Hududiy maslahat kengashi tarkibiga oilaviy korxona, fermer va dehqon xoʻjaligi, hunarmand, kasanachi, kosib, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar ham kiritilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Hududiy maslahat kengashi tarkibiga kamida 2 nafar yosh tadbirkor hamda kamida 3 nafar ayol tadbirkor kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga
13-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish boʻyicha hududiy maslahat kengashining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hududlardagi ustuvor soha va yoʻnalishlarni rivojlantirish maqsadida mahalliy tadbirkorlik subyektlari bilan doimiy muloqot olib borish, tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qiluvchi masalalarni muhokama qilish va natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalliy biznesni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish, ularni moliyaviy va infratuzilma jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlash va koʻrib chiqish uchun Respublika kengashiga kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, yosh va ayol tadbirkorlarni ragʻbatlantirish, startaplar va innovatsion biznes loyihalarni amalga oshirishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududlarda aholini biznesga jalb qilish, yuqori daromadli ish oʻrinlari yaratish, sanoat, xizmat, qishloq xoʻjaligi va qurilish sohalarini jadal rivojlantirish borasidagi tashabbuslarni roʻyobga chiqarish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2025-y., 06/25/50/0272-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son)