25.04.1997 yildagi 415-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 05.09.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 2016-yil 4-yanvardagi OʻRQ-399-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonundagidan boshqacha qoidalar belgilab qoʻyilgan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi tushunchalar qoʻllanilmoqda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun qoʻllashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qoʻyish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun moʻljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi;
(2-moddaning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori preparatlari — dozalangan, idishga joylangan-oʻralgan, qoʻllashga tayyor dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori moddalari (substansiyalari) — kelib chiqishi tabiiy va sunʼiy boʻlgan, qoʻllashga ruxsat etilgan biologik faol moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik vositalar — belgilangan farmakologik faollikka ega boʻlib, klinik sinov obyektlari hisoblanadigan muayyan dorivor shaklidagi moddalar yoki moddalar aralashmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakopeya — dori vositalari sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakopeya maqolasi — dori vositasi uchun farmakopeya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan normativ-texnik hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakopeya qoʻmitasi — dori vositalari, tibbiy buyumlar sifatiga va ularni nazorat qilish usullariga nisbatan qoʻyiladigan talablarni belgilaydigan normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlovchi rasmiy ekspert organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi — dori vositalarini tibbiy qoʻllanish huquqi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi ruxsatini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarining, tibbiy buyumlarning davlat reestri —rasmiy hujjat boʻlib, u tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar roʻyxatidan iborat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generik dori vositalari (generiklar) — patent berilganlaridan qolishmaydigan, lekin boshqa ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlangan dori preparatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gomeopatik vositalar — gomeopatik qoidalarga binoan qoʻllaniladigan va davlat reyestrining maxsus boʻlimiga kiritilgan dorilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmatsevtik faoliyat — dori vositalarini, tibbiy buyumlarni yaratish boʻyicha izlanishlarni, tadqiqotlarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash, roʻyxatdan oʻtkazish, saqlash, axborot berish, yetkazib berish va realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorixona — dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga moʻljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, maʼdanli suvlarni, davolash-kosmetika mahsulotlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasi. Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
retsept — shifokorning farmatsevtga dori tayyorlash va berish haqidagi yozma koʻrsatmasi boʻlib, unda dorini qoʻllash usuli qayd etilgan boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart yozuv — dori preparatlarining davolash xususiyatlari samaradorligi tekshirilganidan soʻng tuzilgan tarkibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish va davolash uchun tibbiyotda qoʻllaniladigan buyumlar.
(2-moddaning oʻn yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qalbakilashtirilgan dori vositasi — tarkibi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolgʻon maʼlumot ilova qilingan dori vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatsiz dori vositasi — yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari — intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-son Qonuniga asosan oʻn sakkizinchi — yigirmanchi moddalar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Aholini dori vositalari bilan taʼminlash sohasidagi davlat kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dori vositalarining asosiy turlarini bemalol olishni va ular sifatli boʻlishini kafolatlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy maqsadda qoʻllanishga ruxsat etilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ish koʻrishning barcha shakllari ta'qiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot amaliyotida qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalarining, tibbiy buyumlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Davlat organlarining dori vositalari bilan taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati dori vositalari bilan taʼminlash sohasidagi siyosatni belgilaydi va roʻyobga chiqaradi, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashga doir sogʻliqni saqlash dasturlarini tasdiqlaydi va mablagʻ bilan taʼminlaydi, ularning narxlarini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari dori vositalari, tibbiy buyumlar muomalasini nazorat qiladi, dori vositalari bilan taʼminlash davlat dasturlarini mablagʻ bilan taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasini tuzadi va davlat tibbiyot muassasalarida dori vositalari, tibbiy buyumlarning asosiy turlari mavjud boʻlishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi;
(5-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan tartibga muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga dori vositalarining imtiyozli berilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
laboratoriya, ishlab chiqarish va dorixona amaliyoti uchun xos boʻlgan standartlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy farmakopeyani tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati nazorat qilinishini, ular roʻyxatdan oʻtkazilishi, standartlashtirilishi va sertifikatsiyalanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narkotik, zaharli, psixotrop, radiofarmatsevtik (radioaktiv), kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari va etil spirtini sotish, saqlash, hisobga olish, ularning zaxiralarini hosil qilish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning davlat reyestrini yuritadi hamda vaqti-vaqti bilan eʼlon qilib boradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarining zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar mavjud boʻlgan taqdirda ularni tayyorlash, ishlab chiqarish, olib kelish va sotishni toʻxtatib qoʻyadi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib qoʻyish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi.
(5-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi ushbu guvohnomani bergan muassasani dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi maʼlumotlardan xabardor qilib turishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar majburiy tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash, kasallikning oldini olish, tashxis qoʻyish vositalari, shifobaxsh oziq-ovqat va parafarmatsiya mahsulotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorilarni tayyorlashda qoʻllaniladigan dori vositalari (substansiyalari) va biologik faol yordamchi moddalar;
(6-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangicha qadoqlangan, yangi shakl va tarkiblardagi yoki yangi texnologiya boʻyicha tayyorlanayotgan dori vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generik dori vositalari (generiklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Retseptlar va standart yozuvlar boʻyicha dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Dori vositalarini ishlab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini ishlab chiqarish — dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq koʻplab hosil qilish, shu jumladan toʻliq texnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash-oʻrash va ularni markalash bosqichlari boʻyicha hosil qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari davlat reestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud boʻlgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini yaratish, ularni sinash, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, yoʻq qilishni amalga oshiruvchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar dori vositalarining sifatini nazorat qiluvchi ichki idoraviy xizmatga ega boʻlishlari kerak.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Dorixonalarda dori vositalarini tayyorlash
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari dorixonalarda, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʻllashga ruxsat etilgan dori vositalaridan (substansiyalaridan) va yordamchi moddalardan tayyorlanadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Dori vositalarini markalash, idishga joylash-oʻrash va ularning tashqi bezagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalarini markalash, idishga joylash-oʻrash va ularning tashqi bezagiga doir qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Farmakologik vositalarni klinik sinovlardan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositalarning klinik sinovlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda klinika muassasalarida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositalarni odamda klinik sinovdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlarda ixtiyoriy qatnashuvchi mijozning roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinikada qoʻllashgacha boʻlgan davrda farmakologik vositalarning xavfsizligi va samaradorligini oʻrganish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik vosita qoʻllanilishidan kutish mumkin boʻlgan qoʻshimcha taʼsirning xavfi kutilayotgan ijobiy samaradan ancha past boʻlishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinovlar chogʻida odatdan tashqari reaksiyalar roʻy bergan yoki jamiyat uchun yoxud sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning salomatligi va hayoti uchun xavf-xatar tugʻilgan taqdirda klinik sinovlar rahbari sinovlarni toʻxtatishi hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositalarni sinovdan oʻtkazishni mablagʻ bilan taʼminlash sinalayotgan farmakologik vositani taqdim etgan yuridik va jismoniy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Klinik sinovda ixtiyoriy qatnashayotgan mijozning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositaning klinik sinovida ishtirok etishga yozma rozilik bergan ixtiyoriy qatnashayotgan mijoz sinovni oʻtkazuvchi shifokordan bu uslubning ahamiyati, mohiyati va bunday sinov keltirib chiqarishi ehtimol tutilgan xavf toʻgʻrisida oldindan batafsil tushuntirish olishi, shuningdek u istalgan bosqichda sinovda qatnashishni rad etish huquqiga ega ekanligidan xabardor qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sinov voyaga etmagan yoki muomalaga layoqatsiz mijoz ishtirokida oʻtkaziladigan boʻlsa, uning ota-onasidan yoki boshqa qonuniy vakillaridan yozma tarzda rozilik olinishi kerak. Voyaga etmagan mijozlar ishtirokida oʻtkaziladigan sinovdan oldin, qoida tariqasida, sinov voyaga etganlarda oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmakologik vositaning klinik sinovini boshlashdan oldin sinovni oʻtkazayotgan davolash-kasallikning oldini olish muassasasi sugʻurta tashkiloti bilan mijozning salomatligi va hayotini sugʻurta qilish yuzasidan shartnoma tuzishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Sanoat korxonalari va ulgurji savdo tashkilotlari tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlarning sotilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika oʻquv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-son Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Dori vositalarini sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixonalar ishi dorixona amaliyoti uchun xos boʻlgan standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixonalar ishini boshqarish oliy farmatsevtika maʼlumotiga ega shaxslargagina ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha dorixona muassasalari sanitariya meʼyorlari va qoidalariga javob berishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qalbakilashtirilgan va roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini realizatsiya qilish taqiqlanadi.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatsiz dori vositalarini realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
(13-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorixonalarning farmatsevtika faoliyatini nazorat qilishni davlatning vakolatli organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Dori vositalarini eksport va import qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida dori vositalarini, tibbiy buyumlarni eksport va import qilishning Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilangan yagona tartibi amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-222-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 38-son, 416-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tibbiyot muassasalarining dori vositalarining qoʻshimcha salbiy taʼsiri toʻgʻrisida xabardor qilish borasidagi majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davolash-kasallikning oldini olish, dorixona muassasalari hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchi, sotuvchi va qoʻllovchi korxonalar dori vositalarini qoʻllash vaqtida aniqlangan barcha qoʻshimcha taʼsir hollari, shuningdek ilgari kuzatilmagan salbiy taʼsir hollari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligini xabardor qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Dori vositalari, tibbiy buyumlar haqida axborot berish va ularni reklama qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida axborot berish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qoʻyiladigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni reklama qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 15-apreldagi 772-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 124-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 25-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
415-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son, 120-modda; 1999-y., 5-son, 124-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 38-son, 416-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda)