Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2018 22.12.2014 yildagi 352-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.03.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi 213-sonli “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga hamda Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda Bosh boshqarma deb ataladi) tomonidan ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish yuridik shaxslar bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda tadbirkorlik subyektlari deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi (keyingi o‘rinlarda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi deb ataladi) berilishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi dori vositalari va tibbiy buyumlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlaridagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan Bosh boshqarmaga taqdim etilgan ariza va o‘zgarishlarga taalluqli hujjatlar asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorijiy dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ular uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ruxsat berishga doir talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi asosida dori vositalari va tibbiy buyumlarni tibbiy amaliyotda qo‘llashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan talablar va shartlar quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ularni tibbiy amaliyotda qo‘llashda qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi egasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida, mazkur o‘zgartirishlar kiritilishining sabablari, ularning dori vositalari va tibbiy buyumlarning samaradorligi, xavfsizligi, sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri haqida to‘liq ma’lumot keltirilgan holda Bosh boshqarmaga axborot berish, jumladan dori vositasining farmakologik samaradorligi va xavfsizligiga doir yangi ma’lumotlar to‘g‘risida Bosh boshqarmani muntazam ravishda xabardor qilib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarga doir texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga (keyingi o‘rinlarda normativ hujjatlar deb ataladi), dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlarga qat’iy rioya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, shuningdek dori vositalari va tabiiy buyumlar namunalarini hamda boshqa materiallarni ushbu Nizomning 16-bandida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va namunalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun tadbirkorlik subyekti (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli shaxs) Bosh boshqarmaga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mazkur Nizomning 2 (dori vositalari uchun) va 2a (tibbiy buyumlar uchun) — ilovalariga* muvofiq shakl bo‘yicha ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur Nizomning 3 (dori vositalari uchun) va 3a (tibbiy buyumlar uchun) — ilovalarida* nazarda tutilgan tartibda yig‘ilgan, qismlar bo‘yicha guruhlangan, betlari qismlar bo‘yicha raqamlanib, tegishli ravishda ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining bir xildagi ikki nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida dori vositalarining uchta sanoat seriyalarida (xorijiy dori vositalari uchun bitta seriya) uch marotaba sinovlar o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan miqdordagi va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlariga muvofiq sinovlar o‘tkazilishi uchun zarur bo‘lgan miqdordagi standart namunalari, substansiyalar (dori moddalari), yot va o‘xshash moddalar standartlari, maxsus reaktivlar va ularning sifat sertifikatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tadbirkorlik subyektidan ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va namunalarni taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va tegishli namunalar Bosh boshqarmaga bevosita, pochta aloqa vositasi orqali yoki elektron shaklda, ular olinganligi haqidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda namunalar bevosita yoki pochta aloqa vositasi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun Bosh boshqarmaga taqdim etilgan hujjatlar va tegishli namunalar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, ro‘yxat hujjatlarning qabul qilingan sanasi va qabul qilgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi ko‘rsatilib, imzosi qo‘yilgan holda darhol tadbirkorlik subyektiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini olish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi maxfiy ma’lumotlar Bosh boshqarma tomonidan oshkor qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish, guvohnoma berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh boshqarma dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini belgilangan tartibda, tegishli bo‘limlar orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun eng kam oylik ish haqining 10 barobari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Dori vositalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazining (keyingi o‘rinlarda Davlat markazi deb ataladi) hisob raqamiga o‘tkaziladi. Tadbirkorlik subyekti ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risida bergan arizasidan voz kechgan taqdirda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijiy ishlab chiqaruvchining (yoki uning nomidan harakat qiluvchi ishonchli shaxsning) ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish, unga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish, dublikat berish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish, uni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish uchun yig‘im summasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, Bosh boshqarmaning ko‘rsatilgan tartibotlarni amalga oshirishga xarajatlari summasi doirasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bosh boshqarma tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risidagi arizasini ariza qabul qilingan sanadan boshlab 180 ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqadi, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi beradi yoki berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun umumiy belgilangan 180 ish kunidan oshmaydigan muddatga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ariza beruvchi tomonidan tegishli hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik sinovlar o‘tkazish uchun tegishli tartibda kelishilgan klinik bazalarga ariza beruvchi tomonidan dori vositalari va tibbiy buyumlar namunalarini hamda klinik sinovlar dasturlarini taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita klinik sinovlarning o‘tkazilish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish uchun eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bosh boshqarma mazkur Nizomga muvofiq, amalga oshirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari natijalari bo‘yicha tegishli qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyektiga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berishi yoki bunday hujjatni berishning rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Bosh boshqarma dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini baholash doirasida ishlab chiqarish sharoitlarini, dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini, sifati, samaradorligi va xavfsizligi, qo‘llashda kutilayotgan samaraning inson salomatligi xavfiga nisbatini dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida mustaqil ravishda yoki uchinchi tomonni yoxud xolis ekspertlarni jalb etgan holda quyidagi ekspertiza ishlari, tekshiruvlar, sinovlar, tahlillar, tadqiqotlar, o‘rganishlar va ilmiy-texnik baholashlarni o‘tkazishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish sharoitlari, ishlab chiqaruvchi muassasaning ishlab chiqarishni tashkil etish va sifat nazoratini olib borish qoidalari talablariga muvofiqligini, sifatni boshqarish tizimini (dori vositalarining sifatini muvofiqlashtiruvchi xalqaro standartlar ishlab chiqaruvchi tashkilotda joriy etilgan bo‘lsa) baholash, aniqlash maqsadida inspeksion tekshiruvlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning laboratoriya sinovlari va tahlillarini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bo‘lgan dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologik, toksikologik tadqiqotlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinikadan oldingi tadqiqotlar, bioekvivalentlik sinovlar o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda Bosh boshqarma bo‘limlari ushbu Nizomning 1-ilovasida ko‘rsatilgan tartibda va muddatlarda quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza qabul qilingandan so‘ng ariza hamda unga ilova qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning namunalari va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini birlamchi (dastlabki) ekspertizadan (tekshiruvdan) o‘tkazadi. Ekspertiza jarayonida ariza va hujjatlarni taqdim etishning maqsadi, dorining turi va farmakoterapevtik guruhiga muvofiq mazkur Nizomning 3 (dori vositalari uchun) va 3a (tibbiy buyumlar uchun) — ilovalarida* talab etilgan hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi bilan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha tegishli yozishmalar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi (dastlabki) ekspertizaning ijobiy natijalari asosida Davlat markazi va arizachi o‘rtasida shartnoma tuzilishini ta’minlaydi va hisob varaqasini rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan yig‘im summasi tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘langandan keyin dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza hamda ilova qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning namunalarini va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish uchun Davlat markaziga, Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga, shuningdek Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga (dori vositalari tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan taqdirda) taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat markazi laboratoriyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, kimyoviy, farmatsevtik, biologik va texnik qismlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ hujjatlarni baholaydi, dori vositalari va tibbiy buyumlar namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar bayonnomalarini, dori vositalari yoki tibbiy buyumlar hujjatlarini Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Farmakopeya qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari bayonnomalarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini, shuningdek ta’sir etuvchi va yordamchi moddalarning fizik-kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda, ariza beruvchidan normativ hujjatlarga muqobil usullarni, qo‘shimcha tahlil qilish ko‘rsatkichlari va usullarini kiritishni yoki ularni almashtirishni talab qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish usullarini takrorlash mumkin bo‘lmaganda, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, sezgirligi va aniqligi yetarli bo‘lmaganda qo‘shimcha sinovlar, shuningdek normativ hujjatlar usullariga sinovdan o‘tkazish talab qiladigan o‘zgartirishlarni kiritish uchun Davlat markazining tegishli laboratoriyalariga dori vositalarining namunalarini va hujjatlarini yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida Ekspertlar kengashiga tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Farmakologiya qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmakologiya va (yoki) dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, farmakologik, toksikologik va klinik qismlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda farmakologik va (yoki) dori vositalarining hujjatlarini ekspertizadan yoki qayta ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar turlarini belgilaydi, klinik sinovlar o‘tkazish uchun tegishli klinik bazalarni ma’qullaydi, klinik sinovlar dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi va ularni ma’qullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan ma’lumotlar va ekspertlar xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik sinovlarsiz yoki klinik sinovlar asosida dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalarini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani yoki ularga kiritiladigan o‘zgartirishlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
farmokologik ogohlik bo‘yicha faoliyatni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Yangi tibbiy texnika qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarining ma’muriy, kimyoviy, biologik, texnik qismlarini, laboratoriya tahlillari bayonnomalarini, shuningdek klinik (tibbiy) sinovlar materiallarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarda yoki tibbiy buyumlarning o‘rnatilgan joyida sinovlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
klinik (tibbiy) sinovlar dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi va klinik (tibbiy) sinovlar dasturlarini kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sinovlar turlarini belgilaydi, klinik (tibbiy) sinovlar o‘tkazish uchun tegishli klinik bazalarni ma’qullaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarning klinik sinovlari o‘tkazilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarni qo‘llash va markirovka qilish bo‘yicha yo‘riqnomalarni yoki ularga kiritiladigan o‘zgartirish yoki qo‘shimchalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy buyumlarning normativ hujjatlarini kelishishga yoki tasdiqlashga tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlar va ekspertlarning xulosalari asosida Ekspertlar kengashga tibbiy buyumlarni klinik sinovlarsiz yoki klinik (tibbiy) sinovlar asosida ro‘yxatdan o‘tkazish yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish haqida tavsiyalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan dori vositalarining ro‘yxat o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar mavjud bo‘lgan dori vositalarini ekspertizadan o‘tkazishda davlat nazoratida bo‘lgan giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar ro‘yxatida ushbu moddalarning mavjudligini, ularni tibbiyotda qo‘llashga ruxsatnomalarni, shuningdek ularni shifokor retsepti bo‘yicha berish zarurligini ko‘rib chiqadi hamda Farmakologiya va Farmakopeya qo‘mitalariga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Farminspeksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi dori shakli yoki tibbiy buyumning turini ishlab chiqarish, sifatini nazorat qilish tashkil etilgan taqdirda dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish va sifatni nazorat qilish sharoitlarining ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sifatni nazorat qilish qoidalariga muvofiqligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish natijalariga ko‘ra dori vositasi va tibbiy buyumning tegishli turini ishlab chiqarish va sifatini nazorat qilish sharoitlarining mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Xalqaro standartlarni farmatsevtika sohasiga joriy etishni muvofiqlashtirish bo‘limi tekshirish natijalariga ko‘ra dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish korxonasining xalqaro standartlar talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tekshirish Ekspertlar kengashining Farmakopeya va Farmakologiya qo‘mitalari ekspertlarining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha xulosalari asosida qabul qilinadigan qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalari, shuningdek Bosh boshqarmaning boshqa bo‘linmalari xulosalari asosida tibbiyot amaliyotida dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qo‘llashga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida yetti ish kuni mobaynida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh boshqarma Ekspertlar kengashi qarori qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi Bosh boshqarma buyrug‘iga muvofiq bir ish kuni mobaynida subyektga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini ushbu Nizomning 4 (dori vositalari uchun) va 4a (tibbiy buyum uchun) — ilovalariga* muvofiq rasmiylashtiradi va beradi (yoki yuboradi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2 — 4a-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning, dori vositalari va tibbiy buyumlar namunalarining va boshqa talab qilinadigan materiallarning tadbirkorlik subyekti tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining ruxsat berish talablari va shartlariga nomuvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomga muvofiq amalga oshirilishi majburiy bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni o‘rganish, tadqiq qilish, tekshirish yoki boshqa ilmiy-texnik baholash (dori vositalari va tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, xavfsizligi va samaradorligini xarakterlovchi laboratoriya yoki klinik (tibbiy) sinovlarning) yakunlari bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosalar olinishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishning boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sabablari bo‘yicha rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berishning rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnoma tadbirkorlik subyektiga yozma shaklda, rad etishning sabablari, qonunchilikning aniq normalari hamda tadbirkorlik subyekti ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi yoki beriladi (taqdim etiladi). Tadbirkorlik subyekti rad etish sabablarini bartaraf etishga va takroriy ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli bo‘lgan muddat ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma olingan kundan boshlab 10 ish kunidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish uchun asos bo‘lgan sabablar belgilangan muddatda tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish va ekspertiza jarayonini davom ettirish Bosh boshqarma tomonidan subyektning rad etish sabablari bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi arizasi hamda rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, ushbu bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti arizasining takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar rad etish sabablarining tadbirkorlik subyekti tomonidan bartaraf etilishi dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifati, samaradorligi va xavfsizligi xossalarining o‘zgarishiga olib kelsa, u holda ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Bosh boshqarma tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda Bosh boshqarma tomonidan ilgari ariza beruvchiga yozma shaklda bayon qilinmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablarning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq bo‘lgan rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berishning rad etilgani to‘g‘risidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan ariza yangidan berilgan hisoblanadi va Bosh boshqarma tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tadbirkorlik subyekti ruxsat berish tusidagi hujjatni berishning rad etilishi, shuningdek Bosh boshqarma mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati davomida o‘zgargan taqdirda tadbirkorlik subyekti Bosh boshqarmaga tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi hamda zarurat bo‘lganda namunalar va standartlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda o‘zgartirishlar dori vositasi va tibbiy buyumning sifati, samaradorligi va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan holatlarda Bosh boshqarma o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni asosli ravishda rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizasi Bosh boshqarmaning tegishli bo‘linmalari vakolatlari doirasida 90 ish kunidan oshmaydigan muddatda ko‘rib chiqiladi. Tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish to‘g‘risidagi ariza ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasida keltirilgan ma’lumotlarni o‘zgartirishni talab qilgan taqdirda, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ham ushbu Nizom VI bo‘limining 33, 34 va 35-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatlar berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Tadbirkorlik subyekti qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi o‘zgarganda, faoliyat ko‘rsatish joyini (pochta manzilini) o‘zgartirmasdan tadbirkorlik subyekti yoxud uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida Bosh boshqarmaga ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan Bosh boshqarmaga bevosita yoxud pochta aloqa vositasi orqali, ularning yetkazib berilganligi yoki elektron shaklda olinganligi to‘g‘risidagi xabarnoma bilan birga taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar tadbirkorlik subyektining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektidan ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirilgungacha, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi dori vositasi va tibbiy buyumni qo‘llashni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan ariza asosida, vakolatli organning arizani qabul qilish sanasi to‘g‘risidagi belgisi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirishda Bosh boshqarma berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish va berish ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ariza tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Bosh boshqarma tomonidan olingan kundan boshlab 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizasi Bosh boshqarma tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati tadbirkorlik subyekti tomonidan Bosh boshqarmaga zarur hujjatlar ilova qilingan holda berilgan arizasiga binoan uzaytirilishi mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza Bosh boshqarmaga uning amal qilish muddati tugashidan oldin uch oy mobaynida berilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz bo‘lib qolgan taqdirda tadbirkorlik subyektining arizasiga binoan uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi dublikatini ariza, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda — uning asl nusxasi hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi dublikati berilganligi uchun tadbirkorlik subyekti tomonidan yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan boshlab besh ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda berishi yoki yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi dublikati berilganligi uchun Bosh boshqarma tomonidan tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun dublikat berish to‘g‘risidagi ariza berilgan sanada to‘lanadigan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi. Yig‘im summasi Davlat markazining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va uni bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Quyidagilar ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilinishini belgilangan tartibda to‘xtatish uchun asos bo‘ladigan, ruxsat berish talablari va shartlarining bir marotaba qo‘pol ravishda buzilishiga kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh boshqarma tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini tekshiruvlardan bosh tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular uchun ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berilgan harakatlarni va (yoki) muayyan faoliyatni amalga oshirish natijasida fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoxud zarar yetkazilishining real xavfini paydo qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bosh boshqarma berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestrini yuritadi va uni o‘z saytlarida joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestrida tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, manzili, telefoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositasining savdo, xalqaro patentlanmagan nomi, dorining shakli, dozasi, chiqarilish shakli va tibbiy buyumlarning nomi, modeli, shakli, turi, sarflash va butlovchi qismlari va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining berilgan sanasi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, to‘xtatib turish, uni bekor qilish va uning dublikatini berishning asosi va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Berilgan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomalari reyestridagi ma’lumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasi berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun umumiy belgilangan 180 ish kunigacha bo‘lgan muddatga quyidagilar kiritilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni ariza beruvchi tomonidan bartaraf etish va tegishli hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dori vositalari va tibbiy buyumlarning namunalarini, klinik sinovlar o‘tkazish uchun ariza beruvchi tomonidan tegishli tartibda kelishilgan klinik bazalarda o‘tkaziladigan klinik sinovlar dasturlarini taqdim etish uchun belgilangan 45 ish kunidan oshmaydigan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bevosita klinik sinovlarning o‘tkazilish muddati.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 52-son, 620-modda)