24.06.2026 yildagi PF-116-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil — “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan mahalla instituti yanada mustaqil va xalqchil tuzilmaga, jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylanishiga koʻmaklashish, uning jamiyatdagi nufuzi va rolini kuchaytirish, shuningdek, faoliyatini raqamlashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar ushbu Farmonning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da mahalla institutining jamiyatdagi rolini yanada oshirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni ishsizlik, kambagʻallik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimdan xoli hududga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahallalar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahalla bilan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining uzviy hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) mahallalarda aholi muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va hal etishning mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika tizimini takomillashtirish orqali “mahalla yettiligi”, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “Mahalla yettiligi” aʼzolarining asosiy va hamkorlikdagi vazifalari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Mahalla faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalla faoliyatini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “mahalla yettiligi” aʼzolari faoliyatini samarali tashkil etish, ularga oʻz vazifalarini lozim darajada amalga oshirishi uchun uslubiy koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mahallalarda aholi muammolari bilan mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika tamoyili asosida ishlash samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahallalarda aholi muammolarini hal qilish yuzasidan idoralararo hamkorlikni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 2026-yil 1-iyuldan boshlab “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etishning quyidagi tartibi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlariga mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, masʼul idoralar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik yoʻnalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mahallabay ishlashga masʼul boʻlgan mazkur Farmonga 3-ilovada keltirilgan vazirlik va idoralarda amaldagi shtat birliklari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) vazirlik va idora rahbarining bir nafar oʻrinbosari Uyushma bilan oʻzaro hamkorlikda ishlash uchun masʼul etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) ish hajmidan kelib chiqib, mahallabay ishlash boʻyicha masʼul tarkibiy boʻlinma tashkil etiladi yoki masʼul xodim belgilanadi hamda ularning Uyushma bilan samarali hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, mahallada yashovchi birinchi marotaba ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyat sodir etgan fuqarolarga ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, fuqarolar yigʻini kengashining kollegial qarori asosida shaxsga nisbatan yengillik berish toʻgʻrisida qilingan murojaat sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilgan hollarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “mahalla yettiligi” kafillikka olingan shaxsni qayta tarbiyalash, zarur hollarda, kasbga oʻrgatish, bandligini taʼminlash, taʼlimga yoʻnaltirishga masʼul boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) kafillikka olingan shaxs 3 yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, “mahalla yettiligi”ning shaxsni tarbiyalashda faollik koʻrsatgan aʼzosini Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish choralari koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Uyushmaning tuman (shahar) boʻlimi boshliqlariga “mahalla yettiligi” faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb etganlik uchun tuman (shahar) hokimlariga taqdimnomalar kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahallalar faoliyatini raqamlashtirish va moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-noyabrga qadar “mahalla yettiligi” faoliyatiga masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda “Raqamli mahalla” elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma)da quyidagi imkoniyatlarni yaratsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 4-ilovada koʻrsatilgan vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini Platforma bilan oʻzaro integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sunʼiy intellekt yordamida Platformaga kiritilgan murojaatlar hamda aholi tomonidan koʻtarilgan muammolarni saralash, ijrochilarga taqsimlash va belgilangan tartibda ijrosini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahallalarni infratuzilma, tadbirkorlik, kambagʻallik, ishsizlik, jinoyatchilik, nizoli oilalar, aholi murojaatlari koʻrsatkichlari asosida “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratish hamda yuzaga kelgan muammolarning bartaraf etilganligi holatini monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mahalla raisi tomonidan “mahalla yettiligi” aʼzolariga haq toʻlash uchun toʻldiriladigan hujjat (tabel)ni shakllantirish hamda ular faoliyatini KPI asosida baholashni yoʻlga qoʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, Platformaga kiritilgan muammolarning hal etilishi holati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) har oyda kamida bir marotaba tuman (shahar) hokimlari raisligida tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) har chorakda kamida bir marotaba Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari raisligida hududiy mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) har yarim yilda kamida bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashida mutasaddi vazirlik va idoralar, tashkilotlar rahbarlari hamda mahalliy hokimliklar ishtirokida tanqidiy muhokama qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Uyushmaning Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan 2026-yildan boshlab har yili 200 milliard soʻm mablagʻ ajratilsin va ushbu mablagʻlar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlangan yoʻnalishlarga sarflansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mablagʻlarini shakllantirishning qoʻshimcha manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) 2026-yil 1-iyuldan mahalla hududida sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun undirilgan jarimalarning 10 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 2027-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha undirilgan mablagʻlarning (noturar joylar boʻyicha undiriladigan mol-mulk va yer soligʻi bundan mustasno) 15 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) mahalladagi hududi 5 ming metr kvadratgacha boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini hokim yordamchisining onlayn buyurtmanomasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishdan tushadigan mablagʻlar, baholash va sotish xarajatlari chegirilgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mablagʻlarini sarflash boʻyicha qoʻshimcha yoʻnalishlar 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mablagʻlarining 10 foizi “ogʻir” toifadagi hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ortda qolayotgan mahallalarni rivojlantirish uchun Uyushmaning Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mahalla binolarining boʻsh turgan xonalari “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) binolarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4602-son qarori talablari asosida oʻz xizmat binolariga ega boʻlmagan hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun yetarli xonalar mavjud boʻlmagan mahallalarga (zarur hollarda yer maydoni ajratib) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy mahalla markazlari binolarini barpo etishda Uyushmaning tegishli tuman (shahar) boʻlimi davlat sherigi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 8-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 24-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-116-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla yettiligi” aʼzolarining asosiy va hamkorlikdagi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-boʻlim. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Mahalla raisi uchun tavsiya etiladigan asosiy vazifalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodim faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ularning imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mahallani har tomonlama rivojlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Mahalla yettiligi” tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni va yangiliklarni oilalarga yetkazish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholining huquqiy ongi, maʼnaviyati va dunyoqarashini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har oyda ommaviy hasharlar uyushtiradi, koʻchalar, xonadonlar, qabristonlar, ziyoratgohlar, koʻp qavatli uylar, yoʻlakchalar, ariq (zovur)lar va ijtimoiy obyektlarning tozaligi va obodligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholining jamiyat va mahalla hayotida faol ishtirokini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolar yigʻini kengashida har oyda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axboroti eshitilishini tashkil qiladi hamda muammolarning bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har oyda kamida bir marotaba mahallada hal etilmagan muammolarni tuman (shahar) hokimiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholi bilan muloqotlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlarda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Har chorakda tuman (shahar) xalq deputatlari kengashida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahallani kambagʻallik, ishsizlik, jinoyat, ajrim, tazyiq va zoʻravonlik, giyohvandlikdan xoli hududga aylantirish hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga “mahalla yettiligi” hamda mutasaddi tashkilot va idoralar xodimlari hamda kuch-vositalarini safarbar etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Har haftada kamida bir marotaba mahalla servis kompaniyalari va koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkatlar faoliyatini oʻrganadi, nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Har haftada bir marotaba “mahalla yettiligi”, mahalla bankiri, sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasasi rahbarlari, koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilot, boshqaruvchi yoki shirkat boshqaruvi raisining hisobotini eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uyma-uy yurish orqali, oʻtkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolarni, aholining taklif va shikoyatlarini koʻrib chiqadi, “mahalla yettiligi” hamda tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda hal etish chorasini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toʻy, oilaviy tantana, maʼraka va marosimlarni isrofgarchiliksiz ixcham oʻtkazish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mahalladagi vaziyat va talabdan kelib chiqib, har oyda ehtiyojmand oilalarning xonadonida tashabbuskor qoʻni-qoʻshnilarni jalb etgan holda taʼmirlash ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Yashil makon” doirasida bahor va kuz mavsumida koʻchalar, xonadonlarga mevali, manzarali daraxt va buta koʻchatlari ekishni va parvarishlashni, mahalla bogʻlarini tashkil qilishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Aholini ommaviy sportga jalb qiladi hamda “salomatlik yoʻlaklari”ni barpo qilish orqali jismoniy faolligini oshirishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kambagʻal oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yolgʻiz keksalar va boshqa ehtiyojmand aholiga ajratilayotgan budjet mablagʻlari va boshqa mablagʻlarni maqsadli va manzilli yoʻnaltirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Aholining kommunal xizmatlar, elektr, suv, gaz taʼminoti bilan bogʻliq muammolarini tashkilotlar va idoralar bilan birgalikda hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha yillik dasturlarni ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Oilaviy poliklinikalar tomonidan aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har haftada bir marotaba taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning davomati va xulq-atvorini oʻrganadi, maktab — ota-ona — mahalla hamkorligini samarali tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tazyiq va zoʻravonlik, erta nikoh, erta tugʻuruq holatlarining oldini olish hamda nizoli oilalarni yarashtirish boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aholiga ekologik madaniyatni targʻib qiladi, atrof-muhitni ifloslantiruvchi omillarga qarshi profilaktik ishlarni olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Giyohvandlik, odam savdosi, majburiy mehnat, kiberxavfsizlikka oid jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mahallada volontyorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish boʻyicha umumiy muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Hokim yordamchisining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay oʻrganib, mahallalarda mavjud zaxira va imkoniyatlarni har tomonlama tahlil qiladi, mahallani iqtisodiy rivojlantirish biznes rejasini ishlab chiqadi va mahalla kengashi yigʻilishida tasdiqlab, unda nazarda tutilgan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalladagi korxonalarda boʻsh ish oʻrinlarini aniqlab, ishsiz va kambagʻal oila aʼzolari bandligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Doimiy daromad manbaiga ega boʻlmagan ishsiz aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashqi mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kredit, ssuda va subsidiyalar ajratilishida koʻmaklashadi. Ajratilgan resurslar samaradorligini monitoring qiladi hamda ajratilgan kreditlarning oʻz vaqtida qaytarilishiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ijara huquqi asosida aholiga ajratilgan yer maydonlarida “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida ekin ekilishini tashkil etishga koʻmaklashadi hamda ekilgan ekinlar va yetishtirilgan mahsulotlar (yiliga 3-marta: asosiy, takroriy va toʻqsonbosti) hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalladagi aholi tomorqalarida “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida daromadli ekinlar ekishga koʻmaklashadi hamda ekilgan ekinlar va yetishtirilgan mahsulotlar (yiliga 3-marta: asosiy, takroriy va toʻqsonbosti) hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kichik ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha mikroloyihalar manzilli dasturini shakllantiradi va loyihalarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlayotgan muammolarni hal etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlarga mahallalarda ishlab chiqarilgan mahsulot yoki xizmatlar bozorini (shu jumladan, elektron savdo platformalari orqali) topish jarayonlarida koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mahallada past quvvatda ishlayotgan va faoliyati toʻxtatilgan korxonalar faoliyatini tiklashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mahalladagi boʻsh turgan bino-inshootlar va yer maydonlarini aniqlab, ularni belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirkorlar tomonidan auksionda sotib olinib, qurilish ishlari boshlanmagan obyektlarni aniqlab, loyiha boshlanishiga koʻmak koʻrsatadi hamda qurilishi yakuniga yetkazilmagan loyihalar boʻyicha monitoring oʻtkazib, ishga tushirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mahalladagi kambagʻal oilalarning har biri uchun individual dastur ishlab chiqadi va ularning daromadini oshirish chora-tadbirlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mahallada yashil energiyaga oʻtish boʻyicha ishlarni tashkil etadi hamda aholi oʻrtasida yashil energiya afzalliklari boʻyicha targʻibot tadbirlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy tushunchalar berish va zarur hollarda tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirish ishlarini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashadi, ularni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmalari bilan yaqin hamkorlikda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xotin-qizlarni kasb va tadbirkorlikka oʻrgatish ishlarini tashkil etadi, ularning tadbirkorlik gʻoyalarini amalga oshirish, ular faoliyatiga kredit, subsidiya va boshqa yordam choralarini jalb qilish boʻyicha mahalladagi hokim yordamchisi bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlomligiga taʼsir koʻrsatayotgan omillar, notinch, nizoli hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni profilaktika qilish, toʻy va boshqa oilaviy marosimlarni ixcham oʻtkazish, milliy qadriyatlarni va urf-odatlarni targʻib qilish, millatlararo doʻstona munosabatlarni yaratish va saqlash choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oilalar va xotin-qizlar daromadlarini oshirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatishni tashkil etadi, mehnat migratsiyasidan qaytgan, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarga konsultativ yordam berish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ular tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi, tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yordam koʻrsatilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi va erta nikohning oldini olish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga koʻmaklashadi, xotin-qizlarni tibbiy koʻriklardan oʻtishga, sport va sogʻlomlashtirish tadbirlariga jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yoshlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qilishga qaratilgan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini roʻyobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etadi, “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar oʻrtasida keng targʻib qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik koʻnikmalari va oʻz taqdiri uchun masʼuliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga koʻrsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyiliga asoslanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Profilaktika inspektorining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Biriktirilgan mahalla hududida vakolatli davlat organlari va tashkilotlarning huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha faoliyati natijalarini umumlashtirish va yagona axborot-tahlil tizimiga kiritilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biriktirilgan mahalla hududidagi kriminogen vaziyatni muntazam ravishda oʻrganib borish, huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga barham berish boʻyicha qonunchilikda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Biriktirilgan mahalla hududida aholi oʻrtasida huquqbuzarliklarning umumiy, maxsus va viktimologik profilaktikasini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Huquqbuzarlik sodir etishga moyil shaxslarni belgilangan tartibda profilaktik hisobga va maʼmuriy nazoratga olish, ular bilan yakka tartibdagi profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish, ijtimoiy moslashtirish ishlarini individual dastur tuzgan holda tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi bilan manzilli tarbiyaviy va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiradi, shu jumladan, voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlarga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, terrorizm, ekstremizm, zoʻravonlik va shafqatsizlik gʻoyalaridan himoyalashga yoʻnaltirilgan ishlarni bevosita amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan shaxslarga himoya orderini berish va himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisida bayonnomalar tuzish va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq tegishli maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli davlat organlari va tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikda biriktirilgan mahalla hududida har bir oilani bevosita joyida oʻrgangan holda fuqarolarning jamoat xavfsizligiga oid va huquqbuzarliklarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan muammolari va noroziliklarini aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha zarur choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Biriktirilgan mahalla hududida pasport rejimi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tajovuzkor ruhiy kasallar, spirtli ichimlikka ruju qoʻyganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalariga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Probatsiya nazoratidagilarning xulq-atvorini nazorat qilishda, oʻrnatilgan cheklovlarga rioya etishini tekshirishda, shuningdek, yangi jinoyat sodir etishining oldini olishda probatsiya inspektorlariga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Biriktirilgan mahalla hududida jamoat tartibini saqlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshiradi, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini tashkil etadi, fuqarolarni ularning roziligi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda koʻmaklashishga jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat organlari, jamoat va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablari hamda ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf qilish hamda mahalladagi mavjud ijtimoiy muammolarni hal etish boʻyicha taqdimnomalar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Biriktirilgan mahalla hududida fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini saqlash qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Biriktirilgan mahalla hududida taqiqlangan tashkilotlar hamda terrorchilik, ekstremistik va boshqa gʻayriqonuniy va buzgʻunchilik yoʻnalishidagi guruhlar faoliyatiga aloqador shaxslarni aniqlashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. OIV/OITS tarqalishining barvaqt oldini olish, axloqsizlik bilan bogʻliq huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda fohishaxonalarning saqlanishiga chek qoʻyishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Doimiy yashash joyini uzoq muddatga tark etgan shaxslarni aniqlaydi va hisobini yuritadi, ularning chet elda boʻlish joylari va muddatlarini aniqlash yuzasidan qarindoshlari bilan muntazam ish olib boradi, uzoq muddat mobaynida chet elda boʻlib qaytgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Jinoyatlarni aniqlash va fosh etish hamda surishtiruv, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan, jazodan boʻyin tovlayotgan, bedarak yoʻqolgan shaxslarni hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda boshqa shaxslarni qidirish, shuningdek, shaxsi nomaʼlum murdalarning shaxsini aniqlash boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Shaxsni majburiy keltirish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori yoki sudning ajrimini belgilangan tartibda ijro etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ijtimoiy xodimning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar va oilalarga (keyingi oʻrinlarda — ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi) bevosita mahalla darajasida kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmatlar koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini baholash orqali ularga individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalarini (keyingi oʻrinlarda — individual ijtimoiy xizmatlar rejasi) ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga muvofiq ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatilishini tashkil qiladi, shuningdek, zarur hollarda, individual ijtimoiy xizmatlar rejasiga tegishli tuzatishlar kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha koʻngillilarni (qarindoshlar, qoʻni-qoʻshnilar, volontyorlar) ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatishga jalb qiladi hamda ularning mazkur sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar toʻgʻrisida, shuningdek, aholining mazkur xizmatlarni olishga boʻlgan huquqlari boʻyicha tushuntirish beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Soliq inspektorining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Soliq toʻlovchilarga soliq xizmatlarini koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalladagi soliq toʻlovchilarni toʻliq xatlovdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Roʻyxatdan oʻtmagan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qonuniylashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vaqtincha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tiklashga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Soliq toʻlovchilarga soliqlarning iqtisodiy mohiyati va uning ijtimoiy ahamiyati, joriy etilgan imtiyoz va preferensiyalar, soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari toʻgʻrisida tushuntiradi hamda soliq toʻlash madaniyatini yuksaltirish boʻyicha tegishli targʻibot ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalla hududida joylashgan va soliq inspektoriga biriktirilgan korxonalarda ishlayotgan xodimlarning barchasi soliq hisobotlarida mavjudligini oʻrganadi va qonuniy faoliyat yuritishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jismoniy shaxslarning egaligidagi yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari boshqa shaxslarga ijaraga berilgan holatlarda ijara shartnomasi tuzganligini oʻrganadi, nazorat qiladi va hisoblangan soliqlar undirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan koʻchmas mulk va yer uchastkalari boʻyicha har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomalarini tarqatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliq toʻlovchilar tomonidan yuborilgan murojaatlarni oʻrganadi va qonunda belgilangan tartibda ijrosini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bank aylanmalari bilan soliq toʻlovchi tomonidan topshirilgan hisobot oʻrtasidagi tafovut boʻyicha soliq toʻlovchilardan qayta hisobotlarni talab qilib oladi va budjetga qoʻshimcha manba jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Mahalla yettiligi” bilan birga aholini oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyatini yiriklashtirish choralarini koʻrdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilangan soliq turlari boʻyicha budjetga tegishli mablagʻlarni undirish va mahalla budjetining daromadini oshirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-boʻlim. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining oʻzaro hamkorlikdagi vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazadi, mahallada qonunchilik hujjatlarining ijrosi taʼminlanishida, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini oʻrganishda fuqarolar yigʻini kengashiga koʻmaklashadi hamda uning faoliyatida faol ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahallani kambagʻallik, ishsizlik, jinoyat va ajrimdan xoli hududga aylantirish boʻyicha “mahalla yettiligi”ning kuch va vositalarini yagona yondashuv asosida safarbar etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy shaxslarga “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi orqali ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish boʻyicha kollegial qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ogʻir ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarning muammolarini bartaraf etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahallada uyma-uy yurish orqali, oʻtkazilgan suhbatlar, kelib tushgan murojaatlar natijasida aniqlangan muammolarni, aholining taklif va shikoyatlarini koʻrib chiqadi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda aholi muammolarini hal etish chorasini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Aniqlangan aholi muammolari hamda ularning hal etilishi haqidagi maʼlumotlarni “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahallada aholining kayfiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha har oyda kamida bir marotaba tuman (shahar) hokimlariga kollegial murojaat kiritib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha davlat organlari va tashkilotlariga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mahallada volontyorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish hamda aholi, ayniqsa, yoshlar va nuroniylarni jalb qilgan holda ijtimoiy loyihalarni ommalashtirish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

“Mahalla yettiligi” aʼzolarining mahallalarda vakolatlarini takrorlovchi yoki ortiqcha vazifalarini xatlovdan oʻtkazish hamda oʻzaro hamkorlikdagi ish faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. “Mahalla yettiligi” aʼzolariga yuklatilgan vazifalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Adliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial masʼuliyati va javobgarligi doirasini aniq belgilash hamda faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

3. Hukumat qarori loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

2.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi qonuni loyihasini ishlab chiqish.

1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish va huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.

2026-yil oktabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Adliya vazirligi,

Markaziy saylov komissiyasi

(kelishuv asosida)

2. Qonun loyihasini belgilangan tartibda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

II. Tashkiliy chora-tadbirlar

3.

Mahallalarda aholi muammolari bilan ishlashda deputatlar rolini yanada kuchaytirish.

1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari deputatlarining mahallalarda aholi bilan har oyda uchrashuv oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish.

2. Deputatlarning mahallalarda aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish.

2026-yil iyul

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

(kelishuv asosida),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

xalq deputatlari viloyatlar,

Toshkent shahri hamda tuman va shaharlar kengashlari,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

3. Mavjud muammolarni hal etish hamda muddat talab etadigan masalalar boʻyicha uzoq va yaqin muddatga moʻljallangan dasturlarni ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash.

Tasdiqlangan jadval asosida

4.

Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashi yigʻilishlarida mahalladagi davlat taʼlim va sogʻliqni saqlash tashkilotlari rahbarlari (respublika va viloyat darajasidagi tashkilotlar bundan mustasno), “mahalla yettiligi” aʼzolari hamda mahalla bankirining amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotini eshitish amaliyotini takomillashtirish.

1. Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashi yigʻilishlarida mahalladagi:

atrof-muhitni muhofaza qilish, hududning sanitariya holati, uni obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish masalalari yuzasidan oʻz vakolati doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini;

2026-yil sentabrdan boshlab har oyning birinchi oʻn kunligida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

“mahalla yettiligi” aʼzolari hamda mahalla bankirining oʻz vazifalaridan kelib chiqib amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish.

2026-yil avgustdan

“Mahalla yettiligi”ga masʼul vazirlik va idoralar

2. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi mahalladagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.

Har chorakda

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

5.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini mahallalarda yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

1. Mahallalarda iqlim va hudud tuproq unumdorligidan kelib chiqib, daraxt koʻchatlarini ekish joylarini belgilash.

Har yili mart — oktabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

2. Bahor hamda kuz mavsumlarida mevali va manzarali hamda buta koʻchatlarini ekish ishlarini tashkil qilish.

Doimiy

3. Koʻchatlarni doimiy parvarishlash uchun masʼul tashkilotlar, koʻchaboshi va xonadon egalarini biriktirish.

Doimiy

6.

Mahalla raislari reytingini eʼlon qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Mahalla raislarining faoliyatini baholash koʻrsatkichlar (indikatorlar) tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi

2. Mahalla raislari faoliyatini baholash, monitoring qilish va tahlil etish.

3. Faoliyati eng namunali hamda koʻrsatkichlari past boʻlgan mahalla raislari roʻyxatini shakllantirish.

4. TOP-100 talik mahallalar reytingini “Mahalla” gazetasi va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish.

Har chorakda

7.

Mahallalarda ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yanada sogʻlomlashtirish maqsadida aholi oʻrtasida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

Mahallalarda:

“Yurt tinchligi va taraqqiyotiga mening hissam”, “Maqsad, burch va masʼuliyat”, “Yashash baxti”;

“Oila — muqaddas dargoh”, “Oila — mehr-oqibat beshigi”, “Maʼnaviyat oiladan boshlanadi”;

“Sogʻlom turmush tarafdorimiz!”;

“Dunyo va din odobi”, “Ommaviy madaniyat”ning halokatli taʼsiri”, “Jaholatga qarshi maʼrifat”;

“Mening mahallam maishiy korrupsiyadan xoli mahalla” singari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.

2026-yil iyuldan boshlab doimiy

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

8.

Ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining aholi muammolarini hal etish boʻyicha mahallalarda amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotini eshitish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Ijro etuvchi hokimiyat organlarining mahallalar bilan hamkorlikda aholi muammolarini oʻrganish va “tezkor infratuzilma diagnostikasi”ni amalga oshirish.

2026-yil 1-avgust

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha axborot, sohadagi tizimli muammolar va ularning yechimlari boʻyicha takliflar berish:

2026-yil 15-avgust

 har chorakda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashida;

 har oyda — Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida.

2026-yil davomida

9.

Mahallalarda aholi kayfiyati, muammolarni hal etish darajasi hamda “mahalla yettiligi” faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha onlayn sotsiologik soʻrovlarni tizimli ravishda tashkil etish amaliyotini joriy etish.

1. Mahallalarda aholi oʻrtasida onlayn sotsiologik soʻrov oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi

2. Sotsiologik soʻrov natijalarini tahlil qilish asosida mahallalarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratish hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash.

Har chorakda

10.

“Mahalla yettiligi” aʼzolarining huquqiy savodxonligini oshirib borish, ilgʻor tajribalarni ommalashtirish chora-tadbirlarini koʻrish.

1. Yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini “mahalla yettiligi” aʼzolariga tezkor yetkazish choralarini koʻrish.

2026-yil iyul-avgust

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

“Mahalla davriy nashrlari” MCHJ

2. “Mahalla” gazetasi, “Mahalla koʻzgusi” jurnali, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining axborot tarmoqlari orqali qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati sodda va xalqchil tilda yoritib borilishini taʼminlash.

3. Har haftada ikki marotaba hududlardagi “mahalla yettiligi”ning ilgʻor tajribalarini yoritish.

Doimiy

11.

Mahallalarda oilalar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish tizimini yaratish.

1. “Biz — kitobxon oilamiz!” shiori ostida tanlovlarni oʻtkazish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Qoʻshma qaror talablaridan kelib chiqib tanlovlarni oʻtkazish.

2026-yil avgust

3. Mahallalarda “Kitobxonlik — kelajak kafolati”, “Yosh kitobxon”, “Oilaviy kitobxonlik — azaliy qadriyat” singari kitobxonlik tadbirlarini oʻtkazish.

Doimiy

12.

Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish va uning faoliyatini raqamlashtirishga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar talablarini tushuntirish boʻyicha tuman va shaharlarda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va “mahalla yettiligi” aʼzolari uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish.

1. Oʻquv seminarlarini oʻtkazish reja-grafigi va targʻibot materiallar loyihasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tuman va shaharlar kesimida tasdiqlangan grafik asosida oʻquv seminarlarini oʻtkazish.

2026-yil davomida

13.

Milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni keng targʻib etish maqsadida “Mahalla — qadriyatlar maskani” haftaligini tashkil etish.

1. Haftalikni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Haftalik doirasida milliy urf-odatlar, anʼanalar va qadriyatlarni targʻib etuvchi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, koʻrgazmali darslarni tashkil etish.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

14.

Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda mahallaning rolini oshirish.

1. Mahallalardagi Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi faoliyatini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Mahallada tazyiq va zoʻravonlikning mazmun-mohiyatini tushuntirish.

3. Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish choralarini koʻrish.

Har oyda

15.

Erta nikoh va erta tugʻuruqlarning oldini olish hamda oilaviy ajrim va ajrim yoqasidagi oilalar bilan individual ishlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1. Ijobiy tajribaga erishgan yoki aksincha koʻrsatkichlari salbiy boʻlgan mahallalar amaliyotini tahlil qilish orqali tegishli muammolarni hal qilish mexanizmlarini joriy etish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda uni vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2. Kelishilgan hujjat loyihasini qoʻshma qaror bilan tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

2026-yil avgust

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

16.

Mahallalarda yoshlar oʻrtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi targʻibot hamda tarbiyaviy-profilaktik tadbirlarni oʻtkazish.

1. Mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

2026-yil har oyda

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligi

2. Giyohvandlik va narkojinoyatlarni aniqlashda jamoatchilik imkoniyatlaridan samarali foydalanish.

Doimiy

3. “Narkojinoyatlardan xoli mahalla” tamoyili ostida sport musobaqalari va koʻngilochar tadbirlarni tashkil etish.

Har chorakda

17.

Mahalla raisi bilan yoshlar muloqoti uchrashuvlarini tashkil etish.

1. Mahalla raisi va yoshlar muloqot uchrashuvi jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlangan jadvallar asosida uchrashuvlarni mahallalarda, ayniqsa, eng chekka, olis hududlarda oʻtkazish.

2. Uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar va muammolarni tizimlashtirish, ularni hal etish.

2026-yil iyul oyidan boshlab doimiy

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

18.

Mahallalarda jinoyatlarning barvaqt oldini olishda jamoatchilik imkoniyatlaridan keng foydalanish.

1. Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimiga kiritilgan huquqbuzarlik sodir etish yoki huquqbuzarlikdan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan shaxslarga mahalla jamoatchilik vakillarini biriktirish.

2026-yil iyun

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Sodir etilgan huquqbuzarliklarni keng jamoatchilik oʻrtasida muhokama qilish orqali taʼsirchan targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Doimiy

3. Jinoyatchilikdan xoli mahallalar ijobiy tajribasini ommalashtirish.

Har chorakda

19.

“Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Koʻrik-tanlovni tashkil etish va oʻtkazish nizomi va tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

3. Koʻrik-tanlov gʻoliblarini idoraviy va davlat mukofotlariga tavsiya etish.

Reja-grafik asosida

20.

Aholi uchun qulay sharoit yaratish, hududni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash uchun mahalla bilan boshqaruv servis kompaniyasining uzviy hamkorligini taʼminlash.

1. “Raqamli mahalla” platformasida “aholi muammolari” moduli bilan “Mening uyim” platformasi “aholi murojaati” modulini integratsiya qilish.

2026-yil iyul

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Adliya vazirligi

2. Platformaga kelib tushgan murojaatlarni tizimli hal etish hamda aholi bilan ishlash faoliyati qoniqarsiz boʻlgan boshqaruv servis kompaniyalariga nisbatan chora koʻrish boʻyicha qoʻshma qaror loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

21.

Mahallalarda tozalik va ozodalik oyligi doirasida hasharlarni yuqori saviyada tashkil etish.

1. Har bir mahallada amalga oshiradigan “oylik” manzilli rejalarini ishlab chiqish hamda koʻtarinki ruhda oʻtkazilishini tashkil etish.

2. Hasharlar samaradorligini oshirish uchun mahalla faollari va koʻcha (uy) boshilardan iborat monitoring guruhini tashkil qilish.

Har oyda

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

22.

Oilalar oʻrtasida nikoh shartnomasini tuzishda ragʻbatlantirish amaliyotini qonunchilikka kiritish boʻyicha taklif ishlab chiqish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralardan iborat ishchi guruh tuzish.

2026-yil iyul

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Adliya vazirligi

2. Xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish va amaliyotda qoʻllanadigan samarali modellarni tahlil qilish.

2026-yil avgust

3. Qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil sentabr

23.

Mahallalarda odam savdosi, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

1. Mahallalarda targʻibot guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2. Targʻibot materiallarini ishlab chiqish va mahallalarga yetkazish.

2026-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar) hokimliklari

3. Targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

Yil davomida

24.

Oʻz xizmat binosiga ega boʻlmagan, avariya holatidagi, shuningdek, rekonstruksiya va kapital taʼmirga muhtoj mahalla binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

1. Oʻz xizmat binosiga ega boʻlmagan, avariya holatidagi, shuningdek, binosi rekonstruksiya va kapital taʼmirga muhtoj mahallalar roʻyxatlarini shakllantirish.

2026-yil iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi va homiylik mablagʻlari hisobidan 1800 ta mahalla binolarini joriy taʼmirlash.

3. Avariya holatidagi, shuningdek, rekonstruksiya va kapital taʼmirga muhtoj mahalla binolarida qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2026-2027-yillarda

25.

Mahalla binolarini qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari asosida modernizatsiya qilish.

1500 ta mahalla binolariga quyosh panelini oʻrnatish.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari

26.

Mahallalar moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻrish.

2 078 ta mahallani kompyuter, 2 005 ta mahallani printer hamda 3 296 ta mahallani mebel jihozlari bilan taʼminlash.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

27.

Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, shuningdek, tungi yoritish chiroqlari va kuzatuv kameralarini oʻrnatish.

1. Mahalla hududidagi koʻchalar, jamoat joylariga yoritish chiroqlarini oʻrnatish.

2. Mahallalarning kirish-chiqish joylariga bosqichma-bosqich yuzni va transport vositalarini tanib oluvchi kameralarni oʻrnatish.

3. Koʻp qavatli uylarning yoʻlaklaridagi kirish eshiklarida zamonaviy domofon vositalarini oʻrnatish.

2026-yil davomida

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

28.

Aholining huquqiy va siyosiy ongi, maʼnaviyati va dunyoqarashini oshirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Maʼnaviy-maʼrifiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Adliya vazirligi,

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Aholi oʻrtasida mutasaddi tashkilotlar va idoralarni jalb qilgan holda uchrashuvlar, davra suhbatlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

Doimiy

29.

Aholi oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solish.

1. Ziyolilar va mahallalardagi obroʻli nuroniylar ishtirokida targʻibot guruhlarini shakllantirish.

2. Aholi oʻrtasida toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni ixcham va tartibli oʻtkazish boʻyicha targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.

Doimiy

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Din ishlari boʻyicha qoʻmita,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

30.

Markaziy shaharlardagi xonadonlar soni 1 000 tagacha boʻlgan mahallalar faoliyatini tashkiliy va moliyaviy jihatdan takomillashtirish.

1. Amaldagi mahallalar boshqaruv tizimining samaradorligini oʻrganish.

2. Belgilangan talablarga javob bermaydigan mahallalarni birlashtirish, ularni ixchamlashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil noyabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

31.

Mahallalarda boʻsh turgan bino-inshootlardan samarali foydalanish.

1. Mahallalarda boʻsh turgan bino-inshootlar roʻyxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan boʻsh turgan bino-inshootlarning roʻyxatini fuqarolar eʼtiboriga havola etish uchun mahalla binolarida qulay joyga ilib qoʻyish.

3. Xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilgan holda aholi uchun zarur boʻlgan xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish.

2026-yil davomida

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,

Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari

32.

Mahallalarning chegaralarini tasdiqlash hamda chegaralar chizmasini har bir mahalla binolariga oʻrnatish.

1. Kadastr agentligi tomonidan taqdim etilgan kadastr hujjatlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarida mahallalarning chegaralarini tasdiqlash.

2. Mahallalar chegaralari chizmasini har bir mahalla binolariga oʻrnatish.

2026-yil iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari,

Kadastr agentligi

33.

Mahallalarning nomlarini qonunchilik talablariga muvofiq qaytadan koʻrib chiqish.

1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar bilan barcha (jumladan, bir xil nomda yuritiladigan, nomlari talabga javob bermaydigan) mahallalarning nomlarini qonunchilik talablariga muvofiq qaytadan koʻrib chiqish.

2026-yil iyul

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari,

Kadastr agentligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Mahallalarning nomlari “Raqamli mahalla” platformasi mahallaning yagona reyestri moduli orqali yuritilishini amalga oshirish.

Doimiy

34.

Mahallalarning kadastr boʻyicha toʻliq qaytadan boʻlinishini hamda yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun “UzKAD” tizimiga tuzatishlar kiritish.

1. Mahallalar chegaralaridagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda mahallalarni kadastr boʻyicha toʻliq qaytadan xatlovdan oʻtkazish.

2026-yil iyul

Kadastr agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Mahallalarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun “UzKAD” tizimiga tuzatishlar kiritish.

2026-yil avgust

35.

Mahallalarda nuroniylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish.

1. Mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyilini qaror toptirish uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini oʻrganish.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi

2. Mahallalarda katta hayotiy tajribaga ega boʻlgan obroʻ-eʼtiborli uch nafar faol nuroniyning har biriga beshtadan kambagʻal oilalarni biriktirish orqali ularni kambagʻallikdan chiqarishga koʻmaklashishini taʼminlash.

2026-yil avgust

3. Oilalarni kambagʻallikdan chiqarish hamda yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan foydalangan holda muhokamalar oʻtkazib borish.

Har oyda

36.

Mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda keksa yoshdagi fuqarolar imkoniyatidan foydalanish.

1. Har bir mahallada Nuroniylar va ota-onalar kengashini tashkil etish.

2026-yil iyul

“Nuroniy jamgʻarmasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari

2. Faol nuroniylar va “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda oilalarning ijtimoiy-maʼnaviy muhiti va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda yaqindan yordam berish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

3. Faol nuroniylarni ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

Har oyda

37.

Uyushmaning qisqa raqami orqali kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish.

1. Murojaatlarni qabul qilish va yoʻnaltirishni raqamlashtirish uchun “Raqamli mahalla” platformasida koll-markaz modulini yaratish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. “Unicon soft” MCHJ dasturiy taʼminoti bilan “Raqamli mahalla” modulini integratsiya qilish.

2026-yil avgust

3. Murojaatlarni masʼullarga onlayn yoʻnaltirish va ijrosini monitoring qilish.

Doimiy

III. Mahallalar faoliyatini raqamlashtirish

38.

Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlarida qarorlar qabul qilish va ovoz berish jarayonlarini raqamlashtirish.

1. “Raqamli mahalla” platformasida mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlari qarorlarini qabul qilish va ovoz berish jarayonlarini qamrab olgan alohida modul ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. Mahalla fuqarolar yigʻinlari kengashlari qarorlari modulini tegishli vazirlik va idoralar axborot tizimlariga integratsiya qilish.

2026-yil oktabr

39.

“Mahalla yettiligi” faoliyatiga oid maʼlumotlarni “Raqamli mahalla” platformasida aks ettirish, aholi muammolarini xonadonbay oʻrganish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan ularning hal etilishini onlayn nazorat qilish tartibini joriy etish.

1. Vazirlik va idoralarning elektron tizimlaridagi platforma va boshqa maʼlumotlardan “Raqamli mahalla” platformasiga toʻliq integratsiya qilinishi zarur boʻlgan maʼlumotlar roʻyxatini shakllantirish.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shakllantirilgan roʻyxat asosida maʼlumotlarni bosqichma-bosqich integratsiya qilish ishlarini amalga oshirish.

3. “Mahalla yettiligi” aʼzolari tomonidan har bir xonadon kesimida muammolarni reja-grafikka asosan oʻrganib borish, aniqlangan muammolar “Raqamli mahalla” elektron platformasiga kiritilishini taʼminlash.

4. Muammolarni tegishliligi boʻyicha “Raqamli mahalla” elektron platformasida sunʼiy intellekt orqali tegishli vazirlik va idoralarga taqsimlash imkoniyatini yaratish, ular hal qilinmagunga qadar ijro holatini nazoratga olish mexanizmlarini joriy etish.

2026-yil sentabr — noyabr

40.

Uyushma tizimidagi xodimlar hamda “mahalla yettiligi” vakillarini doimiy oʻqitish, ijtimoiy-siyosiy bilim va koʻnikmalari, malakasini oshirish maqsadida “Raqamli mahalla” platformasida masofaviy oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda mutaxassislik hamda shaxsiy rivojlanish onlayn kurslarini (maʼruza va videorolik koʻrinishida) ishlab chiqish va platformaga joylash.

2026-yil iyul-avgust

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Adliya vazirligi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Har chorak yakuni bilan Uyushma tizimidagi xodimlar hamda “mahalla yettiligi” vakillarining malaka oshirishlarini tashkil etish va oʻquv natijalariga koʻra xodimlar reytingini yuritish.

2026-yil avgustdan boshlab doimiy

41.

Uyushma tizimidagi xodimlar hamda mahalla raislarini oʻqitish, malakasini oshirish va xorijiy davlatlarda stajirovka oʻtashlarini tashkil etish.

1. Oʻqitish va malaka oshirish dasturini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Uyushma tizimidagi xodimlar va mahalla raislarini bosqichma-bosqich oʻqitish.

Reja-grafik asosida

42.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining xodimlarni boshqarishga oid faoliyatini raqamlashtirish maqsadida “HR Mahalla” tizimini joriy etish.

1. “Raqamli mahalla” platformasida “HR Mahalla” modulini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi

2. Tizimni YAMMT va “UzAsbo” tizimi bilan integratsiya qilish choralarini koʻrish.

2026-yil oktabr

3. Tizimda xodimlarning yagona bazasi hamda zaxira kadrlar bankini yaratish.

2026-yil noyabr

43.

“Mahalla yettiligi” aʼzolarini shaxsiy-professional diagnostikadan oʻtkazish amaliyotini joriy etish.

1. “Mahalla yettiligi” aʼzolarini shaxsiy-professional diagnostikadan oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish.

2026-yil iyun

Boshqaruv samaradorligi agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Soliq qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Mahalla yettiligi” aʼzolarini diagnostikadan oʻtkazish natijalarini “Raqamli mahalla” platformasiga uzatib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Doimiy

3. “Mahalla yettiligi” aʼzolarining shaxsiy-professional diagnostikasi natijalariga koʻra mahalladagi “mahalla yettiligi” vakillaridan iborat salohiyatli kadrlar zaxirasini shakllantirish.

Har chorakda

44.

Aholining statistik koʻrsatkichlarini inson omilisiz yuritish mexanizmini joriy etish.

Aholiga oid statistik koʻrsatkichlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali real vaqt rejimida olinishini taʼminlash.

2026-yil iyul

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Statistika qoʻmitasi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

45.

Mahalla jamgʻarmalari daromadlari va xarajatlarini shakllantirish, “mahalla yettiligi”ning elektron davomatini (tabel) “UzAsbo” elektron tizimi bilan integratsiya qilish.

1. Platformada shakllanadigan elektron davomat (tabel) hujjati asosida “mahalla yettiligi” aʼzolarining oylik ish haqi hisoblanishini taʼminlash choralarini koʻrish.

2. Mahalla jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarini hamda “mahalla yettiligi” davomatini “UzAsbo” elektron tizimiga integratsiya qilish.

2026-yil oktabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

46.

Aholini kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari toʻgʻrisida ogohlantirish.

1. Aholini kiberjinoyatlarning shakllari va ularni sodir etish usullari toʻgʻrisida ogohlantirish maqsadida targʻibot materiallarini tayyorlash.

2026-yil iyul

Ichki ishlar vazirligi,

Raqamli texnologiyalari vazirligi,

“Kiberxavfsizlik markazi” DM,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,

Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari

2. Kibertahdidlardan himoyalanish hamda axborot texnologiyalari sohasida savodxonlikni oshirish boʻyicha “mahalla yettiligi” aʼzolarining bilim va koʻnikmalarini oshirib borish.

2026-yil iyul-avgust

3. Yoshlarning virtual zoʻravonlik, maʼlumotlar soxtalashtirilishi (feyk kontent) va ularning ijtimoiy taʼsiriga oid tahdidlar toʻgʻrisida xabardorlik darajasini oshirish.

Doimiy

47.

Mahallalarda “xorijga ish — mahalladan” tamoyili asosida chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish choralarini koʻrish.

1. Chet elda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar roʻyxatini mahallalar kesimida shakllantirish.

2026-yil iyul

Migratsiya agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,

Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari

2. Yevropa standartlari asosida kasb va tilga oʻrgatish ishlarini tashkil qilish.

Doimiy

3. Xorijda boʻlib turgan fuqarolar bilan yaqin qarindoshlari orqali bogʻlanish, qiyin ahvolga tushib qolgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yoki mablagʻsiz qolgan fuqarolarga yordam koʻrsatish choralarini koʻrish.

Har oyda

48.

Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar bandligini taʼminlash.

1. “Mahalla yettiligi” tomonidan mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni xatlovdan oʻtkazish, oilaviy sharoitini, turmush darajasini oʻrganish.

2026-yil iyun

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar,

Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari

2. Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarning kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish orqali bandligini taʼminlash.

Doimiy

3. Mahallalarda davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa targʻibot tadbirlari oʻtkazish orqali ular ongiga faol, sogʻlom turmush tarzini singdirish boʻyicha profilaktik tadbirlar tashkil etish.

Har oyda

IV. Mahalla tizimini rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni kuchaytirish

49.

Mahalla tizimini model sifatida keng targʻib qilish maqsadida “Mahalla elchisi” jamoatchilik lavozimini joriy etish.

1. Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar, oʻzbek diasporasi yetakchilari orasida “Mahalla elchisi” jamoatchilik lavozimini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil iyul

“Vatandoshlar” jamoat fondi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

2. Xorijda faoliyat yuritayotgan vatandoshlar, oʻzbek diasporasi yetakchilari tajribasini AQSH, Germaniya, Koreya Respublikasida oʻtkazish.

2026-yil sentabr

50.

“Mahalla” atamasini YUNESKOning nomoddiy boyliklar roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish.

1. “Mahalla” atamasini YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2026-yil avgust

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi,

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi,

Tashqi ishlar vazirligi

2. Turkiya Respublikasi bilan hamkorlikda “Mahalla” istilohini YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga kiritish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.

2026-yil sentabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalla faoliyatini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Komissiya raisi

2.

R. Djurayev

ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

3.

S. Turdiyev

“Nuroniy” jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi, Komissiya raisi oʻrinbosari

4.

F. Qosimov

Vazirlar Mahkamasi departament rahbari

5.

O. Fazilkarimov

iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari

6.

M. Allakuliyev

adliya vaziri oʻrinbosari

7.

N. Fazilov

Markaziy bank raisi oʻrinbosari

8.

S. Boboqulov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari

9.

S. Abdullayev

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosari

10.

J. Abdiyev

Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari

11.

U. Abdullayeva

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

12.

F. Ablayarov

Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari

13.

N. Xusanov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

14.

M. Yakubov

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

15.

B. Islomov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

16.

T. Xaydarov

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari

17.

K. Sobirov

Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

18.

O. Hasanov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

19.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Raqamli mahalla” platformasi bilan tegishli axborot tizimlari oʻzaro integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazirlik va idoralar

1.

Oliy sud

2.

Markaziy bank

3.

Adliya vazirligi

4.

Ichki ishlar vazirligi

5.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

7.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

8.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

9.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

10.

Madaniyat vazirligi

11.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

12.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

13.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Sport vazirligi

15.

Suv xoʻjaligi vazirligi

16.

Transport vazirligi

17.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

18.

Bojxona qoʻmitasi

19.

Soliq qoʻmitasi

20.

Turizm qoʻmitasi

21.

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

22.

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

23.

Milliy statistika qoʻmitasi

24.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

25.

Kadastr agentligi

26.

Migratsiya agentligi

27.

Yoshlar ishlari agentligi

28.

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

29.

Majburiy ijro byurosi

30.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi

31.

Pensiya jamgʻarmasi

32.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi

33.

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ

34.

“Hududgaztaʼminot” AJ

35.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan har yili Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga ajratiladigan 200 milliard soʻm miqdoridagi mablagʻlarning sarflanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar aʼzolarining ishlash ishtiyoqini va tashabbuskorligini oshirishga qaratilgan “Farovon hayotga ilk qadam”, “Ishonch” loyihalari va “Maʼrifat orqali kambagʻallikni qisqartirish” dasturini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazilishini tartibga solishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tazyiq va zoʻravonlik hamda giyohvandlikning oldini olish, ekologik madaniyatni targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish doirasida bolalar va sport maydonchalarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻz xizmat binosiga ega boʻlmagan mahallalarga xizmat binolarini qurish va jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tizimidagi xodimlarni oʻqitish, xorijiy davlatlarda stajirovka oʻtash va xizmat safarlari hamda boshqa tadbirlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻSHIMCHA YOʻNALISHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mahallalar tomonidan milliy qadriyatlarni targʻib qilish, shuningdek, har bir mahallada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mahalla hududidagi ichki yoʻllarni shagʻallashtirish va u bilan bogʻliq xarajatlarni (yoqilgʻi-moylash materiallari) qoplash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Piyodalar yoʻlakchalarini barpo etish va taʼmirlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mahalla fuqarolar yigʻini binosini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda jihozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mahalla hududida mahalla bogʻlarini tashkil qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida meva va manzarali daraxt koʻchatlari, butalar va gul koʻchatlari xarid qilish, ekish va parvarishlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mahalla hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda ommaviy hasharlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tovar (ish, xizmat)lar xarid qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonining 17-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika va soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimni ragʻbatlantirish yoki ularga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan jazo choralarini qoʻllash boʻyicha mazkur xodimlarning ish beruvchilariga koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy taʼminoti sharoitlari boʻyicha Bosh vazir oʻrinbosariga, Uyushma raisining oʻrinbosarlari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“4. Mahallaning jamiyat hayotidagi oʻrnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan “mahalla yettiligi”ni tashkil qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 7-bandning “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ikkinchi xatboshidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla hududida sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun undirilgan jarimalarning 10 foizi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) beshinchi xatboshidagi “2 000” raqami “5 000” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4602-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“komplekslar binolarini qurish uchun zarur yer uchastkalari tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tegishli mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi aholi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) maʼqullagandan soʻng tanlab olinadi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda ajratiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“investorning huquq va majburiyatlari, komplekslar binolariga investorning oʻziga tegishli tutash obyektlarda (xonalarda) amalga oshirilishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari va yoʻnalishlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning boshqa shartlari Uyushma tomonidan ishlab chiqiladigan namunaviy shakllar boʻyicha investor, davlat sherigi hamda tegishli mahalla fuqarolar yigʻini oʻrtasida tuziladigan uch tomonlama kelishuvda aks ettiriladi. Komplekslarni qurish uchun berilgan yer maydonlarida koʻp qavatli uy-joylar qurish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Uyushmaning tuman (shahar) boʻlimlariga komplekslardagi foydalanilmayotgan xonalarni “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn auksion orqali ijaraga berishdan tushayotgan mablagʻlarni Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasiga oʻtkazgan holda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va rivojlantirishga yoʻnaltirish uchun sarflash huquqi berilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Respublika kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashlari jamoatchilik asosida faoliyat yuritadi, ishchi organi tegishlicha Uyushma va uning hududiy boʻlimlari hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari

 

 

“Mahalla” gazetasi, “Mahalla koʻzgusi” jurnali

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari

 

 

“Mahalla media” masʼuliyati cheklangan jamiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Mahallalar

 

 

“Navbahor sihatgohi majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

“Mahalla binolarini qurish va kapital taʼmirlash direksiyasi” masʼuliyati cheklangan jamiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika kengashi raisi

2.

Gʻ.Gʻ. Mirzayev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar boʻyicha maslahatchisi, Respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

3.

K.K. Kuranbayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi, Respublika kengashi raisi oʻrinbosari

4.

M.P. Olloyorov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori

5.

Z.B. Maxkamova

Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

6.

A.A. Tashpulatov

ichki ishlar vaziri

7.

B.E. Zaxidov

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

8.

A.Z. Saʼdullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

9.

F.J. Pulatov

Soliq qoʻmitasi raisi

10.

O.A. Mirzayev

Oʻzbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari

11.

D.X. Allayev

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi oʻrinbosari, Respublika kengashi masʼul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “10” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalla hududida sanitariya qoidalarini buzganlik va noqonuniy qurilish uchun undirilgan jarimalarning 10 foizi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — oʻninchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshidagi “2 000” raqami “5 000” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) 11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi yoʻnalishlarga sarflanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududidagi ichki yoʻllar, yoritish tizimi, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqava suv tizimini taʼmirlash va tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududidagi ichki yoʻllarni shagʻallashtirish, taʼmirlash va tiklash bilan bogʻliq xarajatlar (yoqilgʻi-moylash materiallari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
piyodalar yoʻlakchalarini barpo etish va taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tungi yoritish chiroqlarini oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla fuqarolar yigʻini binosini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududida sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy taʼmirlash hamda ularni tegishlicha inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalar tomonidan milliy qadriyatlarni targʻib qilish, shuningdek, har bir mahallada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj va Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga moddiy koʻmaklashish hamda ularning turar joylarini taʼmirlash va jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududida mahalla bogʻlarini tashkil qilish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida meva va manzarali daraxt koʻchatlari, butalar va gul koʻchatlari xarid qilish, ekish va parvarishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalla hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish hamda ommaviy hasharlar oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tovar (ish, xizmat)lar xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda mahallalar faoliyatini joriy taʼminlash (kommunal toʻlovlar, kanselyariya mollari, raqamlashtirish xarajatlari va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashining qaroriga asosan Jamgʻarma mablagʻlarining 10 foizini Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Mahallalar faoliyatini ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga oʻtkazish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ushbu ilovaning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi hamda 4-bandi “g” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi 2026-yil 1-iyuldan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bandi “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi hamda 4-bandi “g” kichik bandining uchinchi xatboshisi 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoniga
8-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-son Farmoniga 1 — 4-ilovalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-402-son qarorining 9-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2026-y., 06/26/116/0620-son)