O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar barvaqt profilaktikasi va oldini olish bo‘yicha faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
1. Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchi — huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarining respublika, o‘rta va quyi pog‘onalari faoliyatining sifat jihatidan yangi tartibini o‘rnatish, bunda ularning asosiy vazifalari, funksiyalari hamda javobgarligini aniq belgilash va chegaralash, profilaktika inspektorlari zimmasiga ular faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalar yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ikkinchi — profilaktika ishini aholi, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikda tashkil etish, ushbu ishni, birinchi navbatda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni ta’minlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga, fuqarolarga qonunga hurmat va qonun buzilishining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik munosabatini singdirishga qaratish;
uchinchi — voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash tizimini ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, o‘sib kelayotgan yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoyalashga yo‘naltirilgan holda rivojlantirish;
to‘rtinchi — profilaktika inspektorlarining zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarning talab darajasida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, shu jumladan o‘zlarining faoliyati haqida jamoatchilik oldida tizimli ravishda hisobot berishlarini yo‘lga qo‘yish, ularning aholini tashvishga solayotgan muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lish holatlariga chek qo‘yish;
beshinchi — profilaktika inspektorlari faoliyati samaradorligini baholashning ta’sirchan mezonlarini joriy etish, bunda, birinchi navbatda jamoatchilik fikri, ularning faoliyati natijalaridan fuqarolarning qanoatlanishi hamda aholi bilan hamkorlik darajasini hisobga olish;
oltinchi — ushbu sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, profilaktika inspektorlarining bilim darajasi va kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular uchun munosib ish sharoitlarini yaratish, ularni bevosita o‘zlariga biriktirilgan hududda xizmat turar joyi bilan ta’minlash, zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish natijadorligi uchun moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy etish.
2. 2017-yilning 1-oktabridan quyidagi tartib joriy etilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari har oyda profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitadi.
Belgilab qo‘yilsinki, profilaktika inspektorlarining hisobotlarini eshitish yakunlariga ko‘ra ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar va ish natijalari tanqidiy muhokama qilinadi, ular faoliyatining samaradorligiga alohida baho beriladi hamda egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi haqida tavsiyalar qabul qilinadi.
3. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2018-yilning 1-yanvariga qadar profilaktika inspektorlarini o‘zlari biriktirilgan hududda xizmat turar joyi bilan ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda kriminogen vaziyat, aholi soni va hududlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda toifalangan ichki ishlar organlari tayanch punktlarining yangilangan joylashuvini tasdiqlasin;
bir oy muddatda yangi barpo etilayotgan ichki ishlar organlari tayanch punktlarini joylashtirish va jihozlash, shu jumladan, qurilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 3-fevraldagi PF–4944-sonli Farmoniga muvofiq amalga oshirilayotgan “Mahalla markazi” majmualari va fuqarolar yig‘inlari binolari namunaviy loyihalariga profilaktika inspektorlari uchun alohida xonalarni kiritishni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish asosida, zamonaviy talablar va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim oluvchilar sonini ko‘paytirish choralarini ko‘rsin;
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yildan boshlab, Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan doimiy aholi soni to‘g‘risidagi har yilgi yakuniy ma’lumotlarga asosan hamda hudud (mahallalar)dagi kriminogen vaziyatni hisobga olgan holda qo‘shimcha ravishda ajratiladigan ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari shtat birliklari soni to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin;
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
ikki oy muddatda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi bilan birgalikda ichki ishlar organlari uchun kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari rahbarlari lavozimiga asosan haqiqiy harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarni (tanlov asosida) saralashning va tayinlashning samarali mezonlarini joriy etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 18-aprel,
PQ-2896-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ–2896-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom ichki ishlar organlari tayanch punktlari (keyingi o‘rinlarda — tayanch punkti) faoliyatining vazifalari va tashkiliy-huquqiy asoslarini, profilaktika inspektorlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini, ularning davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Tayanch punktlari tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning asosiy quyi bo‘g‘ini hisoblanib, ular ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini ta’minlash hamda qishloqlar, ovullar va mahallalarda jamoat tartibi, fuqarolar xavfsizligi, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita ta’minlash maqsadida tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tayanch punktlari o‘z faoliyatini profilaktika katta inspektorlari va profilaktika inspektorlari (keyingi o‘rinlarda — profilaktika inspektorlari) hamda profilaktika (katta) inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilari tarkibida amalga oshiradi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktika inspektori shtat birliklarining soni tayanch punkti tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan hudud (mahallalar)ning kriminogen vaziyati, aholi soni va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu Nizomga ilovadagi me’yorlar asosida belgilanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Tayanch punktlari faoliyatini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari ham jalb etilishi mumkin.
2-bob. Tayanch punktining asosiy vazifalari va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etish
3. Tayanch punktlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
huquqbuzarliklar profilaktikasini, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida tashkil etish, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish va bartaraf etish;
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va fosh etishda, tergov, sud va sud hujjatlarini ijro etishdan yashirinib yurgan shaxslarni, shuningdek bedarak yo‘qolgan fuqarolarni qidirishda ishtirok etish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoni tahririda)
voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ularni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, yosh avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoyalashga yo‘naltirilgan ishlarni bevosita amalga oshirish;
aholi bilan uning eng muhim muammolarini hal etish va ijtimoiy keskinlikni yumshatish masalalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;
huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, g‘ayrijtimoiy xulq-atvorga ega, huquqbuzarlik sodir etishga moyil, shuningdek huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvini ta’minlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari bo‘yicha ichki ishlar organlarining boshqa bo‘linmalari, davlat organlari, tashkilotlar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish.
4. Profilaktika inspektorlari lavozimlariga oliy ma’lumotga ega, kasbiy, axloqiy-ruhiy va jismoniy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan, huquqbuzarliklar profilaktikasi shakllari va usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadilar.
Profilaktika katta inspektorlari lavozimlariga ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalarida kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Profilaktika inspektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktika inspektori quyidagi mazmundagi qasamyodni qabul qilgan vaqtdan boshlab lavozimga kirishgan deb hisoblanadi:
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-fevraldagi PF-28-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son)
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), _______-sonli tayanch punkti profilaktika inspektori lavozimiga kirishar ekanman, o‘z burchimni va menga ishonib topshirilgan hududda fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasida menga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sitqidildan bajarishga qasamyod qilaman”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6 va 7-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
11. Profilaktika inspektorlari yuqori darajadagi kasbiy ko‘nikmalari va huquqiy madaniyati, fidokorona mehnati, mardligi va ko‘rsatgan jasorati uchun o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantiriladilar.
3-bob. Profilaktika inspektorlarining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tayanch punktlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun profilaktika inspektorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan vazifalarni amalga oshiradi.
Profilaktika inspektorlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishlari mumkin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
13. Profilaktika katta inspektori, ushbu Nizomning 12-bandida sanab o‘tilgan vakolatlar bilan birga, ichki ishlar organlari tayanch punkti va profilaktika inspektorlari faoliyatini tashkil etadi va umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
4-bob. Profilaktika inspektorlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
14. Profilaktika inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qonunchilikka rioya etish va g‘ayriqonuniy harakatlarni to‘xtatishni talab qilish;
o‘z vakolatlarini amalga oshirishda fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, ularning yonlarida taqiqlangan buyum va vositalar mavjud deb gumon qilishga asoslar bo‘lgan taqdirda, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish va ularning ashyolarini ko‘zdan kechirish, huquqbuzarlikning quroli yoki bevosita predmeti bo‘lgan buyum va hujjatlar aniqlangan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ularni olib qo‘yish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq o‘zlariga taalluqli bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish;
huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlar va xabarlarni o‘rnatilgan tartibda tekshirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlarga kirish, ulardan tegishli ma’lumotlarni so‘rash va olish;
o‘z ish yurituvlarida bo‘lgan ishlar va materiallar bo‘yicha holatlarni aniqlash maqsadida zarur tushuntirishlar, ma’lumotlar va hujjatlarni olish uchun fuqarolar va mansabdor shaxslarni chaqirish;
fuqarolarni, ularning roziligi bilan, huquqbuzarliklar profilaktikasi choralarini amalga oshirishda ko‘maklashishga jalb etish;
qonunda ko‘rsatilgan holatlar va tartibda qurol va maxsus vositalarni qo‘llash.
Profilaktika inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
15. Profilaktika inspektorlari quyidagilarga majburdir:
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini himoya qilish, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida zarur choralar ko‘rish;
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa sodir etilgan joyga darhol yetib kelish, g‘ayriqonuniy qilmishlarga chek qo‘yish, fuqarolarning xavfsizligiga qaratilgan tahdidlarni bartaraf etish, hodisa holatlarini hujjatlashtirish, jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa izlarining saqlanishini ta’minlash;
jinoyat, ma’muriy huquqbuzarlik yoki boshqa hodisa sodir etilgan joyda jabrlangan, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yoki boshqa turdagi yordam ko‘rsatilishini tashkil etish;
o‘z xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan unga ma’lum bo‘lgan fuqarolarning shaxsiy hayoti, sha’ni va qadr-qimmatiga taalluqli ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etmaslik, xizmat ma’lumotlari, shuningdek, tijorat va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa sirlarning maxfiyligi va saqlanishini ta’minlash;
huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlarini o‘tkazishda fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki xavfsizligini ta’minlash;
chaqiruv bo‘yicha kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish to‘g‘risidagi sud ajrimlari, prokurorning, tergovchining yoki surishtiruvchining qarorlarini tegishli hududda bajarilishini ta’minlash;
qonun hujjatlari bilan ichki ishlar xodimlari uchun belgilangan cheklov va taqiqlarga rioya etish.
Profilaktika inspektorlariga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
16. Profilaktika inspektorlari o‘z zimmalariga yuklangan vazifa va funksiyalarning talab darajasida va samarali bajarilishi uchun mas’uldirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktika (katta) inspektorlari o‘zlari xizmat qilayotgan hududda yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash uchun javobgardir.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
5-bob. Profilaktika inspektorlarining davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar va aholi bilan hamkorligi
17. Profilaktika inspektorlarining davlat tashkilotlari, boshqa tashkilotlar hamda aholi bilan hamkorligini tashkil etish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish;
kollegial qarorlarni talab qiluvchi vazifalardan kelib chiqib qo‘shma yig‘ilishlar o‘tkazish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati natijalari haqida xabardor qilib borish;
faoliyatga baho berish va birgalikda amalga oshirilgan ishlar natijalarini hisobga olish;
hamkorlikni tashkil etishning ilg‘or shakllari va usullarini umumlashtirish hamda amaliyotga tatbiq etish.
Hamkorlikning darajasi, doirasi va xususiyatidan kelib chiqib, qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar ham amalga oshirilishi mumkin.
18. Davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar profilaktika inspektorlariga o‘z vakolatlari doirasida o‘quv-metodik, axborot, maslahat va tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.
19. Axborot almashish yozma so‘rovlar asosida amalga oshiriladi. So‘rovga, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, u olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirilmay javob berilishi lozim.
20. Profilaktika inspektorlari mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlarni o‘tkazishda, oilaviy-maishiy nizolar masalalarini hal etishda, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, noqonuniy diniy tashkilotlar faoliyatiga chek qo‘yish choralarini ko‘rishda, fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqlariga rioya etilishini, diniy qarashlarning majburan singdirilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlashda fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlik qiladilar.
21. Profilaktika inspektorlari har oyda huquqbuzarliklar profilaktikasi va huquqbuzarliklarni oldini olish holati to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga hisobot taqdim etadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktika katta inspektori, ushbu lavozim mavjud bo‘lmagan taqdirda profilaktika inspektori fuqarolar yig‘ini raisining huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaradi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yig‘ini raislari bilan birgalikda quyidagilarga qaratilgan choralarni amalga oshiradilar:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
egasiz turar joylarni aniqlash va ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanishini nazorat qilish;
vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi;
oilaviy-maishiy sabablarga ko‘ra sodir etilgan huquqbuzarliklar, shu jumladan ayollar, voyaga yetmaganlar va yoshlar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar muhokamasini tashkil etish va o‘tkazish, mazkur huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini ko‘rish;
spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni suiiste’mol qilish natijasida fuqaroning muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risida yoki fuqaroning ruhiy holati buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqliy zaifligi) tufayli muomalaga layoqatsiz deb topish haqida sudga ariza berish masalalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Profilaktika inspektorlari fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni ham amalga oshirishlari mumkin.
(22-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5732-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan quyidagi masalalarda o‘zaro hamkorlik qiladilar:
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
aholi, ayniqsa, xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha fuqarolarning huquqiy madaniyati va faolligini oshirishga yo‘naltirilgan tushuntirish ishlarini tashkil etish;
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish;
odam savdosi qurboniga aylangan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga ularning ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun har tomonlama ko‘mak berish;
xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida erta nikoh, o‘z joniga qasd qilish, jinoyatlar va huquqbuzarliklar holatlarining sabab va shart-sharoitlarini o‘rganish, shuningdek, ularga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktika choralarini, shu jumladan, yakka tartibdagi choralarni ko‘rish;
tinchlik va osoyishtalikni ta’minlashda fuqarolar ogohligini, xotin-qizlar faolligini oshirish;
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish;
Oldingi tahrirga qarang.
jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan xotin-qizlarni fuqarolar yig‘inlari kafilligi asosida afv etish to‘g‘risida takliflar kiritish;
(24-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
ozodlikdan mahrum etish tarzidagi jazoni o‘tayotgan yoxud jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shu jumladan, diniy ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarning yaqin qarindoshlari bilan profilaktika ishlarini olib borish va ularga ko‘maklashish.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari bilan quyidagi masalalarda o‘zaro hamkorlik qiladi:
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
fuqarolarning yot g‘oyalar, ichkilikbozlik va giyohvandlik ta’siri ostiga tushib qolishlari, oilaviy kelishmovchiliklar shuningdek, yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lish holatlarining oldini olish;
qo‘shnilar va qarindoshlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va ularning o‘zaro munosabatlarini tiklash bo‘yicha choralarni ko‘rish;
ichki ishlar organlari hisobida turgan, ayniqsa, muqaddam sudlangan, huquqbuzarliklar sodir etayotgan va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktik ishlarni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy moslashtirish.
26. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyalari bilan quyidagi masalalarda o‘zaro hamkorlik qiladilar:
ayollarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;
oilalarning barbod bo‘lish holatlarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish;
xorijiy davlatlarga chiqayotgan va u yerdan qaytgan ayollar hisobini yuritish, ular bilan tegishli profilaktika ishlarini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
30. Profilaktika inspektorlari nodavlat notijorat tashkilotlari bilan quyidagi masalalarda o‘zaro hamkorlik qiladilar:
huquqbuzarliklarning oldini olishga yo‘naltirilgan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
fuqarolarni, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy, axloqiy, huquqiy, jismoniy va mehnat tarbiyasini amalga oshirishda ishtirok etish;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish;
millatlararo, madaniyatlararo totuvlik va fuqarolar totuvligi g‘oyalarini mustahkamlash, ko‘p asrlik, an’anaviy ma’naviy-axloqiy hamda tarixiy-madaniy qadriyatlarni tiklash va saqlash.
31. Profilaktika inspektorlari fuqarolar yig‘ini organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarda ham o‘zaro hamkorlik qilishlari mumkin.
32. Profilaktika inspektorlarining davlat organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorligi ularning huquqbuzarliklar profilaktikasida ko‘maklashish va zaruriy yordam ko‘rsatish bilan ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi.
33. Profilaktika inspektorlari tuman va shahar ichki ishlar organlariga huquqbuzarliklar profilaktikasida faol ishtirok etganligi yoki alohida xizmatlari uchun fuqarolarni rag‘batlantirish haqida takliflar kiritishlari mumkin.
34. Profilaktika inspektorlari qo‘shma tadbirlarni, shu jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid “davra suhbatlari”, seminarlar va ijtimoiy so‘rovlar tashkil etish orqali o‘tkazishlari mumkin.
6-bob. Tayanch punktlarini tashkil etish va ularning moddiy-texnik ta’minoti masalalari
35. Tayanch punkti kriminogen vaziyat, aholi zichligi va joylarda fuqarolar xavfsizligi hamda jamoat tartibini tegishli tarzda ta’minlash bilan bog‘liq boshqa shart-sharoitlar inobatga olingan holda qonun hujjatlari bilan o‘rnatilgan tartibda tashkil etiladi va tugatiladi.
36. Tayanch punkti quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi maxsus jihozlangan xonalarda joylashadi:
profilaktika katta inspektori va profilaktika inspektorining xizmat xonasi;
tayanch punktiga xizmatga jalb qilinadigan ichki ishlar organlarining boshqa xizmatlari xodimlari uchun xizmat xonasi;
Oldingi tahrirga qarang.
profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi xizmat xonasi;
(36-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)
aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish zali;
huquqbuzarlarni ushlab turish xonasi;
dam olish, yuvinish va sanitariya-gigiyena xonalari.
37. Tayanch punktlari uchun yer maydoni va binolarni ajratish, qurilish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash, shuningdek mebel bilan jihozlash shahar va tuman hokimliklari tomonidan mahalliy budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Tayanch punkti tuman, shahar hokimliklari balansida bo‘ladi va uning binosi O‘zbekiston Respublikasi IIVning Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi roziligisiz boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga sotilmaydi yoki berilmaydi.
38. Tayanch punktlarini zaruriy texnik vositalar, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, xizmat hujjatlari va avtotransport vositalari bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
39. Jamoat birlashmalari bilan doimiy va samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida tayanch punktlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan bir binoda yoki unga yaqin joyda joylashadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
40. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari tayanch punkti to‘g‘risida nizomga
ILOVA
ILOVA
Ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlari shtat birliklarini kiritish
ME’YORLARI
|
T/r |
Ko‘rsatkichlar |
Toshkent shahri hududida* |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududida | ||||
|
Jami |
shundan |
Jami |
shundan | ||||
|
profilaktika katta inspektori |
profilaktika inspektori |
profilaktika katta inspektori |
profilaktika inspektori | ||||
|
1. |
Aholi soni 7 ming nafargacha |
2 |
1 |
1 |
1 |
- |
1 |
|
2. |
Aholi soni 7 mingdan 10 ming nafargacha |
2 |
1 |
1 |
2 |
1 |
1 |
|
3. |
Aholi soni 10 ming nafar va undan ortiq |
3 |
1 |
2 |
2 |
1 |
1 |
|
Qo‘shimcha ravishda kriminogen vaziyatdan kelib chiqib ajratiladigan shtat birliklari | |||||||
|
4. |
So‘nggi bir yil davomida mahallada sodir etilgan jinoyatlar soni har 1000 nafar aholiga nisbatan 10 ta va undan yuqori bo‘lganda |
1 |
- |
1 |
1 |
- |
1 |
* Poytaxt hududida aholining zichligi, kriminogen vaziyat, shahar hududiga fuqarolarning kirib-chiqishi hamda chet el fuqarolarining kirib kelishini inobatga olib, Toshkent shahridagi har bir mahallaga kamida ikki nafar profilaktika inspektorlari biriktirilishi mumkin.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 17-son, 288-modda, 37-son, 982-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son, 30.05.2019-y., 06/19/5732/3212-son; 27.01.2021-y., 06/21/6146/0065-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 06.02.2024-y., 06/24/28/0099-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)