Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta va bugʻdoy yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 8-maydagi PF-82-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. 2024-2025-yillarda paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun fermer xoʻjaliklariga ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati, istisno tariqasida, 2027-yil 1-yanvarga qadar uzaytirilsin.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tomonidan 2024-2025-yillarda paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun tijorat banklariga joylashtirilgan kredit resurslarini qaytarish muddati mutanosib ravishda uzaytiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda paxta, bugʻdoy va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni moliyalashtirish uchun buyurtmalar shakllantirilishi hamda imtiyozli kreditlarni sarflanishida shaffoflikni taʼminlash maqsadida 2026-yilning 1-iyuliga qadar Jamgʻarmaning “d-xarid.uz” axborot tizimi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va tijorat banklarining dasturiy taʼminotlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Manfaatdor vazirliklar va idoralar hamda tijorat banklari oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni hamda ichki qoidalarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-iyun,
295-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan Bugʻdoy yetishtirish xarajatlarini kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Yer uchastkasining ijara huquqi garovi bilan birga qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigʻim-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qarorida:
a) 1-ilovada:
9-bandning “d” kichik bandidagi “80” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
13-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“13. Yer uchastkasining ijara huquqi garovi bilan birga qarz oluvchining toʻlov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi taʼminot turlaridan biri qabul qilinadi”;
18-bandning “d” kichik bandida:
birinchi xatboshidagi “80” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun toʻlovlarning 80 foizi paxta xomashyosi qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabriga qadar birjaning “kliring” (markazlashtirilgan hisob-kitob) tizimi orqali toʻlanadi”;
b) “2-ilovada:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fyuchers shartnomasi doirasida hisob-kitoblarni toʻliq birjaning hisob-kitob-kliring qoidalari asosida amalga oshirib, paxta xomashyosi qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan yetkazib berilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizini, qolgan qismini moliya yilining 31-dekabriga qadar birjadagi hisob-kitob-kliring palatasidagi hisobvaragʻiga oʻtkazadi”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda fyuchers shartnomalari boʻyicha natura (tovar-moddiy boyliklar) shaklida hisob-kitob qilish qatʼiy taqiqlanadi”;
15-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“sotuvchilar tomonidan fyuchers va forvard shartnomalari asosida elektron tarozi orqali topshirilgan paxta xomashyosi uchun “Hosil qabuli” axborot tizimida elektron imzo yordamida yuk xati (PK-17) va uning asosida hisob-faktura rasmiylashtiriladi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi “Hosil qabuli” axborot tizimida paxta xomashyosi uchun rasmiylashtirilgan yuk xatlari va hisob-fakturalarni “Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolari axborot tizimiga yuboradi;
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ sotuvchi tomonidan bajarilgan majburiyatlar miqdoridagi mablagʻlarni xaridor shaxsiy hisobvaragʻidan sotuvchining shaxsiy hisobvaragʻiga keyinchalik uning xizmat koʻrsatuvchi bankdagi 23210-hisobvaragʻiga koʻchirish orqali oʻtkazib boradi”;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Forvard shartnomasi doirasida paxta xomashyosi xaridorga yetkazib berganligini hamda mahsulot uchun toʻlovlar toʻlanganini tasdiqlovchi hujjatlarni (birja shartnomalari boʻyicha toʻlov topshiriqnomalari, taraflar tomonidan toʻlovlar toʻliq toʻlanganini tasdiqlovchi kelishuvlar) taqdim etganda, birjada shartnoma yopiladi”;
quyidagi mazmundagi 161 va 162-bandlar bilan toʻldirilsin:
“161. Fyuchers shartnomalari moliya yilining 1-dekabr holatiga koʻra quyidagi holatlarda yopiladi:
a) sotuvchi tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda va xaridor tomonidan majburiyatlar umuman bajarilmaganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablagʻlar toʻlanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
b) sotuvchi tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar bajarilganda va/yoki bajarilmaganda, shartnoma moliya yilining 31-dekabrigacha yopilmaydi;
v) sotuvchi va xaridor tomonidan majburiyatlar umuman bajarilmaganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani uchun bekor qiladi va xaridor hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
g) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar bajarilganda va/yoki bajarilmaganda, shartnoma moliya yilining 31-dekabrigacha yopilmaydi.
162. Fyuchers shartnomalari moliya yilining 31-dekabr holatiga koʻra quyidagi holatlarda yopiladi:
a) sotuvchi va xaridor tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda;
b) sotuvchi tomonidan majburiyatlar toʻliq bajarilganda va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilmaganda, hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablagʻlar toʻlanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
v) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar toʻliq bajarilganda, hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani uchun bekor qiladi va xaridor hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
g) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada koʻrsatilgan hajmdan oz boʻlsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda, shartnoma taraflarning oʻzaro kelishuviga koʻra yopilishiga yoʻl qoʻyiladi yoki hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablagʻlar toʻlanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvaragʻiga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani oʻtkazadi. Bunda ushbu holat boʻyicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Paxta xomashyosi yetishtirish xarajatlarini muqobil manbalar hisobidan moliyalashtirish va samarali faoliyat yuritayotgan qishloq xoʻjaligi subyektlarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 24-iyuldagi 466-son qarorida:
a) 1-bandning uchinchi xatboshisi “yili yakuniga qadar” soʻzlaridan keyin “hamda belgilangan muddatlarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 1-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda subsidiyalar birjada yoki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 28-martdagi PQ-131-son qarorining 8-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda sotilgan hamda Soliq qoʻmitasining bazasida roʻyxatga kiritilgan elektron hisobvaraq-faktura boʻyicha rasmiylashtirilgan paxta xomashyosi (shartnomadan ortiqcha hajm bundan mustasno) uchun ajratiladi”;
v) 2-ilovada:
nomi “yili yakuniga qadar” soʻzlaridan keyin “hamda belgilangan muddatlarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga (paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari bundan mustasno) ushbu imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz punktini, shuningdek, shartnomada belgilangan muddatda toʻliq qaytarilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 2,5 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi”;
2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“subsidiya — paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 31-dekabriga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, paxta xomashyosini yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga (paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalari bundan mustasno) ushbu imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz punktini, shuningdek, shartnomada belgilangan muddatda toʻliq qaytarilgan imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 2,5 foiz punktini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qaytarish uchun bir marta ajratiladigan mablagʻ”;
Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish sxemasining 1-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “keyingi yilning 31-yanvarigacha” soʻzlaridan keyin “(2025-yil hosili uchun 2026-yilning 1-iyuligacha)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1 va 2-ilovalar belgisi “yili yakuniga qadar” soʻzlaridan keyin “hamda belgilangan muddatlarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
nomidagi “toʻlovlarining 4 foiz punktini” soʻzlari “toʻlovlarini” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Subsidiya sifatida qoplab beriladigan imtiyozli kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 4 foiz punkti miqdori” soʻzlari “Subsidiya sifatida qoplab beriladigan imtiyozli kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 5 foiz/2,5 foiz punkti miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni 20__ hosil yilining yakuniga (31-dekabrga) qadar soʻndirilgani sababli ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foiz punktini” soʻzlari “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni 20__ hosil yilining yakuniga (31-dekabrga) qadar soʻndirilgani sababli ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foiz punktini/belgilangan muddatda qaytarilgan kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 2,5 foiz punktini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovada:
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 5-banddagi “14 foiz punktidan yuqori, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,8 baravarigacha boʻlgan” soʻzlari “8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 8-bandlardagi “14” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
10-banddagi “14 foiz punktidan yuqori, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,8 baravarigacha boʻlgan” soʻzlari “8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning “v” kichik bandidagi “14” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin;
2-ilovada “Subsidiya sifatida qoplab beriladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovi miqdori (14 foiz punktidan yuqori, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 1,8 baravarigacha qismi)” soʻzlari “Subsidiya sifatida qoplab beriladigan tijorat kreditlari boʻyicha foiz toʻlovi miqdori (8 foiz punktidan yuqori, biroq 16 foiz punktdan oshmagan qismi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovada:
1-bandning ikkinchi xatboshisi “rasmiylashtirilgan paxta xomashyosi” soʻzlaridan keyin “(shartnomadan ortiqcha hajm bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda:
birjada tuzilgan shartnomalarning har biri boʻyicha xarid qilingan paxta xomashyosi uchun hisob-kitoblar toʻliq subsidiya oluvchilarning oʻz mablagʻi hisobidan, jumladan, fyuchers shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblar moliya yilining 31-dekabriga qadar toʻliq pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilganda, subsidiya ajratiladi;
Jamgʻarmaning imtiyozli kreditlari hamda tijorat kreditlari hisobidan xarid qilingan shartnomalar (2025-yil hosiliga qisman imtiyozli kredit olingan va yil yakuniga qadar soʻndirilgan shartnomalar bundan mustasno) boʻyicha subsidiya ajratilmaydi”;
14-band quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan toʻldirilsin:
“j) fyuchers shartnomalari boʻyicha hisob-kitoblar pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshirilmaganda va toʻlovlar moliya yilining 31-dekabridan keyin toʻlanganda”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-sentabrdagi 613-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 2-bandda:
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi — qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida qishloq xoʻjaligi subyektlariga kredit muddatidan kam boʻlmagan, biroq bir yil muddatgacha (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) beriladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar”;
beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari (asosiy ijaraga oluvchining roziligi berilgan hollar bundan mustasno)”;
v) quyidagi mazmundagi 21-bob bilan toʻldirilsin:
“21-bob. Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara huquqini garovga qoʻyishni rasmiylashtirish va garovga oluvchining talablarini qanoatlantirish
151. Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara huquqi (paxtachilik yoʻnalishida 30 gektardan kam boʻlmagan miqdorda) asosiy ijaraga oluvchining roziligi asosida paxta va bugʻdoy yetishtirish xarajatlari uchun ajratiladigan imtiyozli kredit taʼminoti sifatida rasmiylashtiriladi.
152. Ijara huquqini garovga qoʻyishda ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi normativ qiymatining 50 foizi, biroq imtiyozli kredit taʼminotining 20 foizidan oshmagan qismi uchun hisobga olinadi. Kredit taʼminotining qolgan 80 foiz qismi uchun likvidli mol-mulk garovini taqdim etadi.
153. Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara huquqini garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi hamda belgilangan tartibda asosiy ijarachi, ikkilamchi ijaraga oluvchi hamda tijorat banki tomonidan notarial tasdiqlanadi.
154. Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ijara huquqi garovi davlat roʻyxatidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan oʻtkaziladi.
155. Garov huquqi yer uchastkasiga ijara huquqini garovga qoʻyish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi.
156. Paxta va bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar muddatida qaytarilmaganda, garov taʼminoti sifatida rasmiylashtirilgan ikkilamchi ijaradagi yer maydonlari belgilangan tartibda Majburiy ijro byurosi orqali auksionga chiqariladi hamda sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan, birinchi navbatda, imtiyozli kredit asosiy qarz va unga hisoblangan foizlarni soʻndirishga yoʻnaltiriladi.
Bunda tijorat banklariga auksion savdolarida sotilmay turgan yer uchastkalarida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish hamda paxta va bugʻdoy yetishtirish boʻyicha vazifalar yuklanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
157. Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga muvofiq yer uchastkasiga ijara huquqi bekor qilinganda, tijorat banklari berilgan kreditlar hamda unga hisoblangan foizlar va penyalarni muddatidan oldin garovga qoʻyuvchining boshqa mol-mulki hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olishga haqli”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 772-son qarori bilan tasdiqlangan Sugʻurta qilish bosqichma-bosqich joriy etiladigan qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari va mahsulotlari roʻyxatining izoh qismi ikkinchi xatboshisidagi “1-mayga qadar” soʻzlari “1-iyulga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 28-apreldagi 206-son qarorida:
a) 1-bandda:
oʻn sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Parrandachilik xoʻjaliklariga faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan goʻsht yoʻnalishida nasldor bir kunlik joʻjalar xaridi uchun subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 17-ilovaga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 171-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
b) Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarning suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning “Tomchilatib sugʻorish” pozitsiyasi “Mevali ekinlar” ustunidagi “6 000” raqami “8 000” raqami bilan almashtirilsin;
v) quyidagi mazmundagi 171-ilova bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-son qaroriga
171-ILOVA
171-ILOVA
Bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom bugʻdoy yetishtirish xarajatlari uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, bugʻdoy yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Agroportal — Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
subsidiya — bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, bugʻdoy yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foiz punktini Davlat budjeti hisobidan qaytarish uchun bir marta ajratiladigan mablagʻ;
talabgor — bugʻdoy yetishtirish xarajatlari uchun imtiyozli kredit olgan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, bugʻdoy yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlari.
3. Subsidiya hisobi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida yuritiladi.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hosil yilining 1-iyuliga qadar kelgusi yilda bugʻdoy ekilishi rejalashtirilgan qishloq xoʻjaligi subyektlari yerlarini hamda ushbu subyektlar uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytarishi mumkin boʻlgan xoʻjaliklar boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirgan holda, Agentlik va Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agentlik bilan birgalikda hosil yilining 1-avgustiga qadar hududlar maʼlumotlarini oʻrganib chiqadi hamda budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun hisob-kitoblarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim qiladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutadi.
5. Subsidiya ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
6. Talabgorga ushbu Nizom talablari asosida:
bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytarganda, ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya tijorat banki va Agentlik oʻrtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq ajratiladi;
subsidiya miqdori imtiyozli kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foiz punktini tashkil etadi.
7. Subsidiya Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tijorat banklariga ajratiladi.
2-bob. Subsidiya ajratish
8. Subsidiya Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytargan tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, bugʻdoy yetishtiruvchi barcha qishloq xoʻjaligi subyektlariga (gʻallachilik klasterlari hamda gʻallani qayta ishlash korxonalari bundan mustasno) ajratiladi.
9. Tijorat banki hosil yilining 10-avgustiga qadar Agentlikka Agroportal orqali buyurtmanoma bilan birgalikda har bir talabgor kesimida umumlashtirilgan roʻyxatni yuboradi.
Bunda talabgorlarning nomi va STIR raqami, ajratilgan kredit summasi, kredit muddati, foiz stavkasi, kredit maqsadi, kredit berilgan sana, kreditni qaytarish sanasi, subsidiyalanadigan kredit foizi miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
10. Agentlikka taqdim etilgan buyurtmanoma va roʻyxatning toʻliqligi, haqqoniyligi, kreditni oʻz vaqtida qaytarilgani va ular boʻyicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan masʼuliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Mazkur talablar bajarilmagani oqibatida ortiqcha toʻlangan subsidiya tijorat banklari tomonidan oʻz mablagʻi hisobidan Agentlikka qaytariladi.
Subsidiya Agentlik tomonidan uch ish kunida Agroportal orqali tijorat bankining buyurtmanomada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
3-bob. Subsidiya hisoblash va ajratishni toʻxtatish
11. Subsidiya ushbu Nizom talablari asosida va Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kredit summasidan kelib chiqib hisoblanadi.
Bunda imtiyozli kreditlarni hosil yilining 31-iyulidan keyin qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga subsidiya hisoblanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Talabgor Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytargan boʻlishi shart.
13. Subsidiya tijorat banki tomonidan har kalendar yilning 10-avgustiga qadar Agentlikka Agroportal orqali taqdim etilgan buyurtmanomalar boʻyicha hisoblangan imtiyozli kredit summasidan hisob-kitob qilinadi.
14. Agentlik tomonidan tijorat banki hisobvaragʻiga talabgor uchun hisoblangan foiz toʻlovining bir qismini qoplash uchun oʻtkazib berilgan subsidiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz toʻlovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
15. Ajratilgan subsidiya talabgorga hisoblangan subsidiya miqdoridan koʻp boʻlgan taqdirda, ortiqcha mablagʻlar ikki bank ish kunidan kechiktirmasdan Agentlik hisobvaragʻiga qaytarib oʻtkaziladi.
16. Subsidiya quyidagi hollarda ajratilmaydi:
a) Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar hosil yilining 31-iyulidan keyin qaytarilsa;
b) talabgorning subsidiya olishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi murojaati mavjud boʻlganda.
17. Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytargan, biroq tijorat banklari tomonidan Agroportal orqali buyurtmanoma va roʻyxatga kiritilmay qolgan talabgorlarda yuzaga kelgan qarzdorlik tijorat banklarining oʻz mablagʻi hisobidan qoplanadi.
Agar talabgorning kredit toʻlovlarini qaytarish muddatlari inobatga olinmasligi natijasida ortiqcha subsidiya toʻlovlari yuzaga kelsa, ushbu mablagʻlar tijorat bankining oʻz mablagʻi hisobidan Agentlikka qaytariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi subsidiyalar toʻgʻri tayinlanishi va ajratilishini nazorat qiladi.
19. Taraflar oʻrtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Bugʻdoy yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar qaytargan qishloq xoʻjaligi subyektlariga ushbu kredit boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining bir qismini qaytarish
SXEMASI
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Tijorat banki |
|
Jamgʻarmaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar belgilangan vaqtda qaytarilganda ushbu kredit foizining bir qismini qoplash uchun har bir qarz oluvchilar kesimida Agentlikka Agroportal orqali buyurtmanoma va roʻyxatni yuboradi. |
|
Tijorat banklari har kalendar yilning 10-avgustiga qadar |
|
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Agentlik |
|
Subsidiyani Agroportal orqali tijorat bankining buyurtmanomada koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi. |
|
3 ish kunida |
|
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)