25.12.2023 yildagi 680-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash hamda ularni realizatsiya qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 12-dekabrdagi PF-205-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 2026-yil hosilidan boshlab kamida 10 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan paxta xomashyosini yetishtiruvchilarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq barqarorlik reytingi asosida imtiyozli kreditlar pasaytirilgan foiz stavkalarida ajratiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
680-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agroplatforma” AT — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyilida xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini ta’minlab beradigan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar (fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlari), urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari yoki to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers, forvard, spot shartnomasi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va paxta-to‘qimachilik klasterlari yoki to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar o‘rtasida tegishli yil hosilining yig‘im-terimi davrida paxta xom ashyosini yetkazib berish sharti bilan ikki tomonlama tuzilgan hamda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birja” AJning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali ro‘yxatdan o‘tgan shartnoma;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit buyurtmanomasi — qarz oluvchilar tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun kredit ajratish maqsadida tijorat banki filiallariga “Agroplatforma” AT orqali taqdim etilgan buyurtmanomalar asosida tijorat banklari tomonidan umumlashtirilgan kredit buyurtmanomalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e’lon qilinadigan narx — Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasi to‘g‘risida “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan ma’lumot;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xomashyosi qiymati — tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligi (sentner/gektar) hamda e’lon qilingan narx asosida hisoblangan qiymat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya yili — birinchi yanvardan o‘ttiz birinchi dekabrning oxirigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga olgan davr.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Paxta xom ashyosi uchun e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan narxda paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar o‘rtasida fyuchers shartnomalari kalendar yilning 1-noyabridan keyingi yilning 1-iyunigacha tuziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtiruvchilarning paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratiladigan kreditlarning miqdori agrotexnik tadbirlar uchun zarur bo‘ladigan mineral o‘gitlar, yonilg‘i-moylash materiallari va kimyoviy vositalarning narxlar dinamikasini tahlil qilib, shuningdek, agrotexnik xaritalardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Jamg‘arma tomonidan oyma-oy belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash to‘g‘risida tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabriga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomasi asosida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilardan xarid qilingan paxta xom ashyosining yakuniy hisob-kitobini kreditlash to‘g‘risida tegishli moliya yilining 20-avgustiga qadar bitim tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamg‘arma o‘zining kredit resurslarini tijorat bankiga paxta xomashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun normativ hosildorlik (sentner/gektar), paxta yig‘im-terimi va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini moliyalashtirish uchun fyuchers va spot shartnomalari bo‘yicha yalpi hosildorlik asosida moliya yilidan oldingi yilning 1-noyabrida e’lon qilingan boshlang‘ich narxdan kelib chiqib, hisoblangan qiymat asosida joylashtiradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tijorat banki Jamg‘armaga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash maqsadida agrotexnik tadbirlarga muvofiq har oyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini (paxta yig‘im-terimi xarajatlarini) kreditlash uchun paxta yig‘im-terimi mavsumida kredit buyurtmanomalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma taqdim etilgan kredit buyurtmanomalariga muvofiq tijorat bankiga kredit resurslarini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma tomonidan joylashtirilgan kredit resurslari tijorat banki tomonidan belgilangan muddatda qaytarilmaganda, muddati o‘tgan qarzdorliklar tijorat bankining vakillik hisobvaraqlaridan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tijorat banki Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan qarz oluvchiga paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yigim-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash uchun muddatlilik, qaytarishlilik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik va maqsadli foydalanish sharti asosida kredit liniyasini ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash agrotexnik tadbirlarning muddatlariga muvofiq tegishli moliya yilidan oldingi yilning 1-oktabridan moliya yilining 1-sentabriga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta yigim-terimi xarajatlarini va paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobini kreditlash moliya yilining 1-sentabridan boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamg‘arma kredit resurslarini tijorat bankiga joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamg‘arma tijorat banki bilan tuzilgan bitimga asosan kredit resurslarini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddatga, shundan 12 oylik imtiyozli davr bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlariga paxta xom ashyosi yig‘im-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 8 foiz stavkada, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-band “a” kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 18 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi), 12 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 30 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 9 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 30 foizigacha, yillik 8 foizda, kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 12 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 8 foiz stavkada kredit resurslarini qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz joylashtiradi;
(9-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun Jamg‘arma tomonidan tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” va undan yuqori bo‘lgan toifalarga kiruvchi Qishloq xo‘jaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foiz pasaytirilgan holda joylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” va undan yuqori bo‘lgan toifalarga kiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foiz pasaytirilgan holda joylashtiradi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan paxta xomashyosini yetishtirish, uning yig‘im-terimi va u bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar uchun ajratilgan kreditlar bitimlarda belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, kreditlarning qaytarilmagan qismiga foizlar Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 barobari (shundan, bank marjasi — 2 foiz) miqdorida to‘lanadi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tartib avvalgi yillar paxta hosilini yetishtirish va yig‘im-terimi uchun ajratilgan kreditlarga ham tatbiq etiladi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlarning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qo‘llaniladigan jarima miqdori Jamg‘arma va tijorat banki o‘rtasida tuziladigan bitimda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat bankiga joylashtirilgan kredit resurslarining ishlatilmagan qismi tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamg‘armaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasini ko‘rib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qarz oluvchi kredit olish uchun uning asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan tijorat bankiga “Agroplatforma” AT orqali ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urug‘chilik xo‘jaliklari hamda yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjat (yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za ekinini joylashtirish to‘g‘risidagi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotnoma.
(11-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalari paxta xomashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va yig‘im-terimi uchun:
(11-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini yetkazib berish bo‘yicha fyuchers va spot shartnomalari;
(11-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta yigim-terimi mavsumida elektron tarozidan qabul qilingan paxta xom ashyosini majburiy hisobga olish tizimi orqali rasmiylashtirilgan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hujjat.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer uchastkasining ijara huquqi garovi bilan birga qarz oluvchining to‘lov intizomi va kredit tarixidan kelib chiqqan holda, quyidagi ta’minot turlaridan biri qabul qilinadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug‘urta qilinganligi yoki qarz oluvchining bo‘lajak hosil sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklari (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan mol-mulklar bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spot shartnomasi bo‘yicha imtiyozli kredit qiymatining 50 foizi miqdoridagi likvidli mol-mulk;
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa ta’minot turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizomning 11-bandida qayd etilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tijorat banki tomonidan qarz oluvchining arizasi 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchining arizasi bo‘yicha ijobiy xulosa qilinganda, tijorat banki filiali va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fyuchers shartnoma “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning alohida “paxta xom ashyosi seksiyasi” orqali ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa, tijorat banki tomonidan kredit shartnomasi tuzilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit berish rad etilganda, tijorat banki qarz oluvchini 2 ish kuni ichida rad etish sabablarini asoslantirgan holda yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15.Kredit qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatayotgan tijorat banki tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Qarz oluvchiga kredit ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kredit miqdori har yili e’lon qilinadigan narx asosida tuproqning bir bonitet balliga nisbatan normativ hosildorligini (sentner/gektar) hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan, qarz oluvchiga kredit hisobvarag‘i ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tijorat banki qarz oluvchi bilan paxta xom ashyosini yetishtirish, terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini kreditlash bo‘yicha tuzgan kredit shartnomasiga asosan:
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar va urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 14 oy muddatga, shundan 12 oylik imtiyozli davr bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi subyektlariga paxta xom ashyosi yig‘im-terimi uchun — paxta xom ashyosi yalpi qiymatining 30 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) 4 oyga kredit ajratiladi;
(18-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlarining paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini kreditlash uchun 18 oy muddatga (bunda kreditni qaytarish 13-oydan boshlanadi), 12 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 60 foizigacha, yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
(18-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) urug‘chilik xo‘jaliklarining paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 3 oy muddatga, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yer uchastkasiga egalik huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarining paxta yig‘im-terimi xarajatlarini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 3 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 9 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 20 foizigacha, yillik 10 foizda (shundan, bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi;
(18-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-avgustdagi PF-119-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) paxta-to‘qimachilik klasterlari hamda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarning paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi va terimini kreditlash uchun 12 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr va so‘nggi 6 oyda teng ulushlarda qaytarish sharti bilan, paxta xom ashyosi qiymatining 100 foizigacha yillik 14 foiz stavkada, 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada (shundan bank marjasi 2 foiz) kredit ajratadi.
(18-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarda Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan avval ajratilgan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorliklar mavjud bo‘lganda, ularga paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun kreditlar ajratilmaydi.
(18-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-sentabrdagi 577-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xomashyosi uchun to‘lovlarning 80 foizi paxta xomashyosi qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabriga qadar birjaning “kliring” (markazlashtirilgan hisob-kitob) tizimi orqali to‘lanadi.
(18-band “d” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181. Paxta xom ashyosini yetishtirish, terim va yakuniy hisob-kitob xarajatlarini kreditlash uchun Jamg‘arma kreditlari hisobidan tijorat banklar tomonidan ajratiladigan kreditlar doirasida sug‘urta shartnomalari bo‘yicha vositachilikni taqdirlash to‘lovlarini hisoblashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(181-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182. Qishloq xo‘jaligi korxonalarining paxta yetishtirish xarajatlarini qoplash uchun Jamg‘arma tomonidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” va undan yuqori bo‘lgan toifalarga kiruvchi Qishloq xo‘jaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 2 foiz pasaytirilgan holda ajratadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” va undan yuqori bo‘lgan toifalarga kiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga — amaldagi foiz stavkalaridan 1 foiz pasaytirilgan holda ajratadi.
(182-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 304-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kreditning maqsadsiz ishlatilgan qismiga qo‘llaniladigan jarima miqdori kredit shartnomasida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin so‘ndirilgan kredit va unga hisoblangan foiz to‘lovlari tijorat banki tomonidan keyingi ish kunidan kechiktirilmasdan Jamg‘armaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Kreditlar monitoringi va ularni so‘ndirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar kredit ajratishda ta’minot sifatida sug‘urta polisi qabul qilinganda, tijorat banki tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlarni har oyda kamida bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring, shuningdek, doimiy masofaviy monitoring qiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy monitoringni tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Agroplatforma” ATni belgilangan tartibda sun’iy yo‘ldoshga (uchuvchisiz uchadigan apparatlarga) integratsiya qilish orqali tijorat banklari va sug‘urta tashkilotlariga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banki tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasiga qadar kredit monitoringi natijalari bo‘yicha ma’lumotlarni “Agroplatforma” ATga joylashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kredit monitoringi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) har bir paxta xom ashyosini yetishtiruvchi, urug‘chilik xo‘jaligi va yer uchastkasiga egalik qilish huquqi bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasteri bo‘yicha g‘o‘za ekinining holatini, bo‘lajak hosilning berilgan kreditlarni qaytarish uchun yetarligini, shu jumladan, paxta xom ashyosini yetishtirish uchun agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri amalga oshirilganligini aniqlash maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir paxta-to‘qimachilik klasteri bo‘yicha paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar hisobidan xarid qilingan paxta xom ashyosini kredit olish uchun tijorat bankiga avval taqdim etilgan elektron tarozidan o‘tganligi va qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatga mosligini hamda saqlash qoidalariga amal qilinayotganligini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kredit monitoringi natijalariga ko‘ra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan kredit:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chigit (to‘liq yoki qisman) ekilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g‘o‘za ekini holatining qoniqarsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida o‘tkazilmaganligi oqibatida kutilgan hosilni olishning imkoni yo‘qligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kredit hisobidan xarid qilingan paxta xom ashyosining miqdorini tijorat bankiga avval taqdim etilgan hujjatlarga mos kelmasligi, xarid qilingan paxta xom ashyosi sifatining buzilganligi, saqlash qoidalariga amal qilinmayotganligi aniqlanganda, shuningdek, qarz oluvchi tomonidan monitoring o‘tkazishga imkon berilmaganda, bu haqda tijorat banki, sug‘urta tashkiloti va qarz oluvchi o‘rtasida uch tomonlama dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilgan dalolatnoma asosida tijorat banki kreditlashni to‘xtatadi va kredit hamda unga hisoblangan foizlarni muddatidan oldin so‘ndirish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi. Bu choralar kredit shartnomasida belgilangan bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) monitoring bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ko‘rilgan choralar natijalari tijorat bankining viloyat boshqarmalari rahbarlari tomonidan har oyda, boshqaruv raisi tomonidan har chorakda bir marotaba yakuniy muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davrda qarz oluvchilar monitoring o‘tkazishga sharoit yaratmaganligi, qarshilik qilishlari oqibatida ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish maqsadida tijorat banki tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonuniy chora ko‘rish bo‘yicha murojaat qilinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoniga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kreditlarni so‘ndirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foizlarni so‘ndirish maqsadida paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlariga tijorat banklari tomonidan 23210 hisobvarag‘i ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 23210 hisobvarag‘iga tushgan mablag‘lar hisobidan, birinchi navbatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlari uchun Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini so‘ndiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘chilik xo‘jaliklari Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlari uchun olingan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlarini so‘ndiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan paxta xom ashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimi xarajatlarini hamda paxta xom ashyosini xarid qilishning yakuniy hisob-kitobi uchun ajratilgan kreditlar va unga hisoblangan foiz to‘lovlari to‘liq so‘ndirilgandan so‘ng tijorat banki 23210 hisobvarag‘ida qolgan mablag‘larni qarz oluvchining asosiy talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga memorial order bilan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarz oluvchi ushbu mablag‘lardan qo‘shilgan qiymat solig‘idan hosil bo‘lgan qarzdorlikni to‘liq so‘ndirgandan so‘ng erkin foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kredit hisobvarag‘idan to‘lovlar qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari va elektron to‘lov vositalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lovlar tovar va xizmatlar xaridi bo‘yicha rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-fakturalar mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Bunda xarid qilingan tovar va xizmatlar qaytarilganda, qaytariladigan mablag‘lar to‘lov amalga oshirilgan hisobvaraqlarga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qarz oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlar uchun “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali kiritilgan to‘lov topshiriqnomalariga muvofiq kreditdan erkin foydalanadi hamda moddiy resurslar yetkazib beruvchilarni va xizmat ko‘rsatuvchilarni ixtiyoriy tanlaydi. Bunda 2026-yil 1-martga qadar to‘lov topshiriqnomalari qarz oluvchining tanloviga ko‘ra an’anaviy usulda qog‘oz shaklida yoki “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda, 2026-yil 1-martdan boshlab faqat mazkur platforma orqali elektron shaklda taqdim etiladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jamg‘arma mablag‘lari aylanadigan hisobvaraqlarga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishiga, shuningdek, ularni undirib olish va taqiq qo‘yishga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qarz oluvchi tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olingan kredit va unga hisoblangan foiz to‘lovlari muddatidan oldin so‘ndirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kreditni qaytarish muddati kelganda va uni so‘ndirish uchun qarz oluvchining mablag‘i yetarli bo‘lmaganda, tijorat banki kreditni so‘ndirishni quyidagi ta’minot turlariga qaratadi va so‘ndirish choralarini ko‘radi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘urta polisi asosida sug‘urta tashkilotlariga sug‘urta hodisasi ro‘y berganligi to‘g‘risida murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarz oluvchining mol-mulklariga (qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga qaratilmaydigan mol-mulklar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan kafillik yoki boshqa ta’minot turlariga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Kreditlarning maqsadli sarflanishi bo‘yicha monitoring yuritish tijorat banklari, paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar, urug‘chilik xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tijorat banklariga joylashtirilgan Jamg‘armaning kredit resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat hamda tijorat banki tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan birgalikda Jamg‘armaning kredit resurslari hisobidan ajratilgan kreditlar har oyda kamida bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring qilganligi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganiladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 680-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom respublikada yetishtirilgan paxta xom ashyosini birja savdolariga qo‘yish, sotish va xarid qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avans — sotuvchi va xaridor tomonidan kiritiladigan, birja vositachilik yig‘imini va tomonlarning zakalatini o‘z ichiga oladigan mablag‘;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja — “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja a’zolari — birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda diler va broker sifatida birja bitimlarini tuzish huquqiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘arma — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manipulyatsiya — birja savdolari ishtirokchilarining qo‘shimcha daromad olish maqsadida narxlarni sun’iy o‘zgartirishga, bir darajada ushlab turishga va boshqa ishtirokchilarning xatti-harakatlariga ta’sir etishga qaratilgan harakatlari, shu jumladan, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va internet tarmog‘ida qasddan yolg‘on ma’lumotlar tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi — paxta xom ashyosini yetishtiruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xaridor — birja savdolari orqali paxta xom ashyosini sotib oluvchi yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomasi — tegishli yil hosilidan paxta xom ashyosini yig‘im-terim davrida yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forvard shartnomasi — mahsulotni shartnomada belgilangan muddatda yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spot shartnomasi — birja tovarlarini kechiktirmasdan (bir oy ichida) yetkazib berish sharti bilan tuziladigan oldi-sotdi bitimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
standart birja kontrakti — birja tomonidan belgilangan tartibda kotirovkalash varag‘iga kiritilgan standart birja kontrakti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e’lon qilinadigan narx — Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasi to‘g‘risida “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan ma’lumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23210 — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar hisobvarag‘i.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Nizomga asosan sotuvchi tomonidan paxta xom ashyosi ichki bozorda muayyan hududdagi (viloyatdagi) paxta-to‘qimachilik klasteriga birjaning ikki tomonlama qarama-qarshi auksion tizimining alohida paxta seksiyasi orqali fyuchers, forvard shartnomasi asosida yoki to‘liq o‘z mablag‘i va/yoki tijorat krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki paxta xom ashyosini tegirmon usulida birlamchi qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar (tola, chigit, lint, o‘lik paxta) barcha xaridorlarga birja savdolari orqali erkin sotiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetishtirilgan paxta xom ashyosi yoki uni qayta ishlash natijasida olingan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni (tola, chigit, lint, o‘lik paxta) xaridorga sotish shartnomasi birjaning axborot portalida tuziladi va ushbu shartnoma bo‘yicha to‘lovlar birjaning hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish (to‘lov hujjatlariga muvofiq pul o‘tkazish) qoidalari asosida amalga oshiriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-174-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Birja xaridor tomonidan sotuvchiga yetkazib berilgan paxta mahsulotlari uchun amalga oshirgan to‘lovlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan tizim orqali soliq organiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Paxta xom ashyosini fyuchers, forvard shartnomasi asosida sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xaridorlar har yili 1-noyabrdan boshlab paxta xom ashyosini forvard, fyuchers shartlarida sotib olish bo‘yicha kelgusi yil hosili uchun standart birja kontraktini ochishga ariza bilan birjaga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Spot shartnomalarida sotuvchi tomonidan ariza bilan murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Paxta xom ashyosining birja savdolari standart birja kontraktlari asosida amalga oshiriladi, bunda paxta xom ashyosi yetkazib beriladigan hudud, uning lot miqdori, navi, turi, sinfi (chigit navi) majburiy tarzda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Standart birja kontrakti fyuchers, forvard savdolarida xaridorning, spot savdolarida sotuvchining arizasiga asosan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Paxta xom ashyosi birja savdolarida sotuvchi joylashgan hududdagi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki tegishli viloyatlar bo‘yicha) paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan xarid qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Birja savdolariga qo‘yilgan tovar umumiy qiymati va mo‘ljallanayotgan bitim hajmi bo‘yicha sotuvchi va xaridor tomonidan fyuchers shartnomasida 0,1 foiz miqdorida, forvard, spot shartnomasida 10 foizgacha zakalat mablag‘i birjaning hisob-kliring palatasidagi shaxsiy hisobvaraqlariga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Birja a’zolari sotuvchi va xaridorning murojaatiga asosan birja savdolarining elektron tizimiga (keyingi o‘rinlarda — BSET) arizalarni joylashtirish orqali birja bitimlarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. BSETda sotuvchi va xaridorning buyurtmalarini birlashtirish natijasida tuzilgan bitimlar ro‘yxatga olinadi va so‘ngra BSETning dasturiy kompleksida bitimlar reyestri shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bitim tuzilganidan so‘ng xaridor:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fyuchers shartnomasi doirasida hisob-kitoblarni to‘liq birjaning hisob-kitob-kliring qoidalari asosida amalga oshirib, paxta xomashyosi qabul qilingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan yetkazib berilgan paxta xomashyosi qiymatining 80 foizini, qolgan qismini moliya yilining 31-dekabriga qadar birjadagi hisob-kitob-kliring palatasidagi hisobvarag‘iga o‘tkazadi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forvard shartnomasida ko‘rsatilgan muddat ichida paxta xom ashyosi qiymatini sotuvchining talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lab beradi. Bunda to‘lov muddati 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sotuvchi va xaridor forvard shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida mahsulotni yuklash va to‘lovni amalga oshirish muddatini o‘zaro kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor fyuchers, forvard shartnomasi doirasida qabul qilgan paxta xom ashyosi uchun to‘lovlarni belgilangan muddatda to‘lamaganda, kechiktirilgan har bir kun uchun fyuchers shartnomasi qiymatidan to‘lanmagan to‘lovning 0,1 foizi miqdoridagi penyani sotuvchiga to‘lab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fyuchers shartnomalari bo‘yicha natura (tovar-moddiy boyliklar) shaklida hisob-kitob qilish qat’iy taqiqlanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Paxta xom ashyosining narxi (birinchi nav, ikkinchi sinf) Nyu-York birjasida paxta tolasi fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha kotirovkasidan kelib chiqqan holda quyidagi formula asosida milliy valyutada (so‘m) aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bx=(Jn x Vk-Kx) x Tch+Imq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bx — bir tonna paxta xom ashyosining milliy valyutadagi (so‘m) narxi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jn — bir tonna paxta tolasining Nyu-York birjasi o‘rtacha 6 oylik fyuchers kotirovkalarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib aniqlangan AQSH dollaridagi o‘rtacha narxi (o‘rtacha fyuchers kotirovkasi x 22,046);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vk — Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan 1 AQSH dollarining oxirgi 6 oydagi o‘rtacha valyuta kursi, so‘m/dollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kx — paxta-to‘qimachilik klasterining bir tonna paxta tolasiga to‘g‘ri keladigan paxta xom ashyosini tayyorlash, tashish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha xarajatlari paxta tolasining Nyu-York birjasi o‘rtacha 6 oylik fyuchers kotirovkalari bo‘yicha AQSH dollaridagi o‘rtacha narxining 20 foizi miqdorida, so‘mda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tch — o‘rtacha tola chiqish koeffitsiyenti (33,5%);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imq — bir tonna paxta xom ashyosiga to‘g‘ri keladigan ikkilamchi mahsulotning o‘rtacha 6 oylik qiymati, so‘mda (chigit chiqish koeffitsiyenti — 53%, lint — 4%, o‘lik paxta — 2%).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida keltirilgan formula asosida aniqlangan o‘rtacha narxdan kelib chiqib, paxta xom ashyosi xaridining yakuniy hisob-kitoblari mazkur Nizomga 1-ilovadagi har bir sanoat navi, sinfi va tipi bo‘yicha koeffitsiyentlarni o‘rtacha narxga ko‘paytirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosining nav va sinflar bo‘yicha narxini hisoblash koeffitsiyentlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta tolasining tip va kodlar bo‘yicha narxini qayta hisoblash koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xaridor paxta xom ashyo sini davlat standarti (O‘z DSt 615:2008) talablari asosida sifat ko‘rsatkichlariga (namlik, ifloslik) muvofiq qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini qabul qilish jarayonida e’tirozlar yuzaga kelganda, sotuvchi hududdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining malakali mutaxassislaridan iborat arbitraj guruhlariga murojaat qilishi va ularning xulosasini olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sotuvchi fyuchers, forvard shartnomasi doirasida paxta xom ashyosi bo‘yicha to‘lovlarni to‘liq qabul qilgandan so‘ng bir ish kuni ichida birjani to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan sana haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja ushbu xabarnomada berilgan ma’lumotlarni soliq organi tomonidan taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalarga solishtirib tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sotuvchi va xaridor fyuchers, forvard shartnomasida nazarda tutilgan yuklash davri doirasida paxta xom ashyosini yuklash muddatini kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchi shartnomada belgilangan miqdordagi paxta xom ashyosini xaridorning tegishli omboriga yetkazib beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotuvchilar tomonidan fyuchers va forvard shartnomalari asosida elektron tarozi orqali topshirilgan paxta xomashyosi uchun “Hosil qabuli” axborot tizimida elektron imzo yordamida yuk xati (PK-17) va uning asosida hisob-faktura rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Hosil qabuli” axborot tizimida paxta xomashyosi uchun rasmiylashtirilgan yuk xatlari va hisob-fakturalarni “O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolari axborot tizimiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ sotuvchi tomonidan bajarilgan majburiyatlar miqdoridagi mablag‘larni xaridor shaxsiy hisobvarag‘idan sotuvchining shaxsiy hisobvarag‘iga keyinchalik uning xizmat ko‘rsatuvchi bankdagi 23210-hisobvarag‘iga ko‘chirish orqali o‘tkazib boradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Forvard shartnomasi doirasida paxta xomashyosi xaridorga yetkazib berganligini hamda mahsulot uchun to‘lovlar to‘langanini tasdiqlovchi hujjatlarni (birja shartnomalari bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari, taraflar tomonidan to‘lovlar to‘liq to‘langanini tasdiqlovchi kelishuvlar) taqdim etganda, birjada shartnoma yopiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Fyuchers shartnomalari moliya yilining 1-dekabr holatiga ko‘ra quyidagi holatlarda yopiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sotuvchi tomonidan majburiyatlar to‘liq bajarilganda va xaridor tomonidan majburiyatlar umuman bajarilmaganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablag‘lar to‘lanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvarag‘iga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani o‘tkazadi. Bunda ushbu holat bo‘yicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotuvchi tomonidan majburiyatlar to‘liq bajarilganda va xaridor tomonidan topshirilgan hajm bo‘yicha majburiyatlar bajarilganda va/yoki bajarilmaganda, shartnoma moliya yilining 31-dekabrigacha yopilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sotuvchi va xaridor tomonidan majburiyatlar umuman bajarilmaganda, birjaning hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani uchun bekor qiladi va xaridor hisobvarag‘iga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani o‘tkazadi. Bunda ushbu holat bo‘yicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan oz bo‘lsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm bo‘yicha majburiyatlar bajarilganda va/yoki bajarilmaganda, shartnoma moliya yilining 31-dekabrigacha yopilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Fyuchers shartnomalari moliya yilining 31-dekabr holatiga ko‘ra quyidagi holatlarda yopiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) sotuvchi va xaridor tomonidan majburiyatlar to‘liq bajarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotuvchi tomonidan majburiyatlar to‘liq bajarilganda va xaridor tomonidan topshirilgan hajm bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilmaganda, hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablag‘lar to‘lanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvarag‘iga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani o‘tkazadi. Bunda ushbu holat bo‘yicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan oz bo‘lsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilganda, hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani sotuvchi tomonidan mahsulot yetkazib berilmagani uchun bekor qiladi va xaridor hisobvarag‘iga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani o‘tkazadi. Bunda ushbu holat bo‘yicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sotuvchi tomonidan topshirilgan hajm shartnomada ko‘rsatilgan hajmdan oz bo‘lsa va xaridor tomonidan topshirilgan hajm bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda, shartnoma taraflarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra yopilishiga yo‘l qo‘yiladi yoki hisob-kitob-kliring palatasi shartnomani xaridor tomonidan mablag‘lar to‘lanmagani uchun bekor qiladi va sotuvchi hisobvarag‘iga, shartnomaviy majburiyatlar bajarilmagani uchun zakalat miqdoridagi jarimani o‘tkazadi. Bunda ushbu holat bo‘yicha kelishmovchiliklar sud tomonidan hal etiladi.
(161 va 162-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-iyundagi 295-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda fyuchers, forvard shartnomasi taraflaridan biriga nisbatan sud qaroriga ko‘ra to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish boshlangan taqdirda yoki taraf to‘lovga qobiliyatsiz deb topilganda, fyuchers shartnomasi ikkinchi tarafning talabiga asosan sud tartibida yoki belgilangan tartibda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri klasterlar reyestridan chiqarilganda bekor qilinadi hamda to‘lovga qobiliyatsiz taraf to‘g‘risidagi ma’lumot “Agroplatforma” AT axborot tizimidan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda paxta-to‘qimachilik klasteriga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish yuritish boshlangan taqdirda yoki u to‘lovga qobiliyatsiz deb topilganda belgilangan tartibda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan paxta-to‘qimachilik klasteri klasterlar reyestridan chiqarilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bekor bo‘ladi va zakalat pullari sotuvchi foydasiga jarima sifatida o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosi birja savdolariga qayta sotuvga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotilmay qolgan paxta xom ashyosi yig‘im-terim davrida sotuvchilar tomonidan spot shartnomasi asosida sotiladi. Sotuvdan tushgan mablag‘lar sotuvchilarning 23210 hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Paxta xom ashyosini spot shartnomasi asosida sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sotuvchi tomonidan o‘z mablag‘i va/yoki tijorat krediti hisobidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi birja savdolari orqali spot shartnomalari asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spot shartnomalari rasmiylashtirishni rejalashtirgan sotuvchilar har hosil yilining 1-martigacha (2025-yil hosili uchun 1-maygacha) mavjud paxta xom ashyosini saqlash omborlari (maskan) belgilangan talablarga javob berishi yuzasidan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va boshqa tegishli idoralar tomonidan berilgan xulosani yoki xuddi shunday xulosasi mavjud omborlar bo‘yicha paxta xom ashyosini vaqtincha saqlash yoki ushbu omborni ijara olish to‘g‘risida tuzilgan shartnomani “Agroplatforma” axborot tizimiga kiritishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini vaqtincha saqlash yoki omborni ijaraga olish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalari mavjud bo‘lmagan sotuvchilar yetishtiriladigan paxta xom ashyosi bo‘yicha har hosil yilining 1-martigacha forvard yoki 1-iyunigacha fyuchers shartnomasini rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Standart spot birja kontrakti sotuvchilar tomonidan birjaga taqdim etiladigan ariza hamda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan sinov xulosasi asosida ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Birja savdolari amaldagi qonunchilik hujjatlari va hisob-kitob-kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sotuvchi va xaridor birja savdolarida mustaqil ravishda birja bilan tuzilgan bitimga muvofiq diler sifatida yoki broker nomidan treyderlar orqali mustaqil ishtirok etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. To‘langan avans summasiga muvofiq har bir birja savdosi bo‘yicha sotuvchi va xaridorni birja savdolarga qo‘yish va ulardan chetlatish, birja savdolari g‘oliblarini aniqlash va birja bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish BSETda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tomonlar o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, ularga nisbatan tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi va birja savdolari qoidalariga muvofiq tegishli choralar qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi ichki (insayderlik) ma’lumotlardan foydalanish va asossiz daromad olishning raqobatga zid boshqa usullaridan foydalanishning oldini olish qoidalari asosida nazorat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Birja savdolarini tashkil qilish, shartnomaviy majburiyatlarini bajarish va hisob-kitob-kliring xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan bahs va kelishmovchiliklar birjaning arbitraj komissiyasi yoki sud tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda fyuchers, forvard shartnomasi mahsulot yetkazib berish muddatidan oldin taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida yoki iqtisodiy sud orqali bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fyuchers, forvard shartnomasi iqtisodiy sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, qonuniy kuchga kirgan sudning hal qiluv qarori asosida fyuchers, forvard shartnomasi narxida mahsulot birja savdolariga qayta sotuvga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xaridor paxta xom ashyosini shartnomada belgilangan narxda sotib olishdan bosh tortganda, belgilangan muddatda to‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirmagan, sotuvchi paxta xom ashyosini xaridorga shartnomada belgilangan shart va muddatda yetkazib bermagan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiyatlarni bajarmagan tomonning zakalat pullari jabrlanuvchi foydasiga jarima sifatida ushlab qolinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan fyuchers, forvard shartnomasi shartlari asossiz bajarilmaganda, sud qaroriga asosan birja bitimi bo‘yicha shartnoma qiymatining bajarilmagan qismining 25 foizi miqdorida jarima qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosining nav va sinflar bo‘yicha narxini hisoblash koeffitsiyentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(bazis — 1-nav, 2-sinf)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Navlar

Sinflar

E’lon qilinadigan narxga nisbatan qo‘llaniladigan koeffitsiyent

1-nav

1-sinf

1,026

2-sinf

1,000

3-sinf

0,800

2-nav

1-sinf

0,938

2-sinf

0,860

3-sinf

0,791

3-nav

1-sinf

0,822

2-sinf

0,731

3-sinf

0,517

4-nav

1-sinf

0,612

2-sinf

0,475

3-sinf

0,363

5-nav

3-sinf

0,254

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta xom ashyosini birja savdolari orqali sotishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tolasining tip va kodlar bo‘yicha narxini qayta hisoblash koeffitsiyentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Uzun tolali

Tola turi

1a

1b

1

2

3

Uzunligi (duym)

1,11/32

1,5/16

1,9/32

1,1/4

1,7/32

1,3/16

Kod

43

42

41

40

39

38

Koeffitsiyent

1,6080

1,4699

1,4008

1,2331

1,1147

O‘rta tolali

Tola turi

4

5

6

Uzunligi (duym)

1,5/32

1,1/8

1,3/32

1,1/16

1,1/32

Kod

37

36

35

34

33

Koeffitsiyent

1,0000

0,9865

0,9737

0,9618

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PF-7-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2023-y., 09/23/680/0963-son; 23.08.2024-y., 06/24/119/0643-son; 16.09.2024-y., 09/24/577/0722-son; 20.01.2025-y., 06/25/7/0051-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 15.08.2025-y., 06/25/130/0762-son; 22.09.2025-y., 06/25/174/0858-son; 09.12.2025-y., 09/25/771/1138-son; 10.06.2026-y., 09/26/295/0578-son)