08.05.2026 yildagi PF-82-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va bugʻdoy yetishtiruvchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta va bugʻdoydan yuqori hosildorlikka erishish, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha paxta xomashyosi va (yoki) bugʻdoy yetishtiruvchi xoʻjaliklar (keyingi oʻrinlarda — xoʻjaliklar) uchun moliyalashtirish va qoʻshimcha ragʻbatlantirish mexanizmlarini yanada kengaytirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Yangi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini joriy etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2026-yil hosilidan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan quyidagilar kompensatsiya qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) paxta xomashyosini yetishtirishga ajratilgan imtiyozli kreditlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) shartnomada belgilangan muddatda qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 2,5 foizlik punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 5 foizlik punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) bugʻdoy yetishtirish xarajatlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yilining 1-avgustiga qadar toʻliq qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 4 foizlik punkti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) paxta xomashyosini xarid qilish uchun paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga ajratilgan tijorat kreditlari boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovining 8 foiz punktidan yuqori, lekin 16 foiz punktdan oshmagan qismi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) dizel yoqilgʻisini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash maqsadida 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-iyulga qadar qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan birja savdolari orqali xarid qilingan har bir tonna dizel yoqilgʻisi qiymatining 13 million soʻmdan oshgan qismi uchun, biroq 2 million soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan Agentlik orqali subsidiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining xoʻjaliklarga quyidagi subsidiyalarni ajratish vakolatini Agentlikka oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) qishloq xoʻjaligi subyektlariga oʻz mablagʻlari hamda tijorat banklari kreditlari hisobidan yetishtirilgan paxta xomashyosini birjada sotganda rasmiylashtirilgan elektron hisobvaraq-faktura qiymatining bir qismini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) paxta-toʻqimachilik klasterlari hamda ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega toʻqimachilik korxonalariga oʻz mablagʻlari hisobidan xarid qilingan paxta xomashyosi qiymatining bir qismini qoplab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidagi 2 ta shtat birligini Agentlikka oʻtkazish va ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi qishloq xoʻjaligi korxonalarining yer maydonlari hamda ekin turlarini hisobga olgan holda dizel yoqilgʻisiga boʻlgan haqiqiy talabini “Agroplatforma” axborot tizimida aks ettirish hamda haqiqiy talabdan ortiqcha xarid qilingan dizel yoqilgʻisi uchun subsidiya ajratilishining oldini olish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda mazkur Farmonda nazarda tutilgan subsidiyalar uchun zarur mablagʻlarni Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining 2026-yil I choragi yakuni boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir hafta muddatda mazkur Farmonning 2-bandi “a” kichik bandidagi subsidiyani ajratishning vaqtinchalik tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonning 1-bandidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etish tartiblarini hamda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev hamda qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abdurahmonov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-82-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 8-maydagi PF-82-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6179-son Farmoniga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Kengashi

Departament direktori

Direktor oʻrinbosari

Jamgʻarma mablagʻlaridan samarali foydalanilishini monitoring qilish boʻlimi

5

Bosh yuriskonsult

1

Agrar sohani moliyalashtirish boshqarmasi

10

Inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Don qabul qiluvchilar va tovar-xom ashyo birjasi bilan ishlash boshqarmasi

7

Qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni moliyalashtirish shoʻbasi

1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha bosh mutaxassis

1

Moliya-iqtisod boʻlimi

3

Ijro nazorati boʻyicha bosh mutaxassis

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlarning cheklangan soni — 32 nafar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-205-son Farmonining 5-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “80” raqami “100” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v) fyuchers shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xom ashyosi uchun toʻlovlarning 80 foizi paxta xom ashyosi qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan, qolgan qismi moliya yilining 31-dekabr kuniga qadar birjaning “kliring” (markazlashtirilgan hisob-kitob) tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjaliklar va qayta ishlovchilar oʻrtasida fyuchers shartnomalari boʻyicha natura (tovar-moddiy boyliklar) shaklida hisob-kitob qilish qatʼiy taqiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
forvard shartnomasiga asosan yetishtiruvchilardan qabul qilingan paxta xom ashyosi uchun toʻlovlar (paxta xom ashyosi qiymatining zakalat mablagʻidan qolgan qismi) qabul qilib olingan kundan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan sotuvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “Paxta xom ashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini qoʻllashni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-7-son Farmonining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil hosili uchun paxta xom ashyosini yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni hosil yilining yakuniga (tegishli yilning 31-dekabriga) qadar qaytargan xoʻjaliklarga ushbu kreditlar boʻyicha toʻlangan foiz toʻlovlarining 4 foizlik punktini subsidiya sifatida qaytarib berish tartibi joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil hosilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
paxta xom ashyosini oʻz mablagʻlari va tijorat kreditlari hisobidan yetishtirib, Birjada sotgan xoʻjaliklarga shakllangan hisobvaraq-faktura qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda 2026-yil hosilidan boshlab ushbu subsidiya Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, fermerlar hamda kooperativlarga paxta xom ashyosini saqlash va birlamchi (tegirmon usulida) qayta ishlash xizmatlarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalarni sotib olishga Jamgʻarma resurslari hisobidan tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasida (shundan 2 foiz bank marjasi) uch yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratiladi. Bunda tadbirkorlik subyektlari faqat paxta xom ashyosini qayta ishlab berish bilan shugʻullanadi va paxta xom ashyosini sotib olish huquqiga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan subsidiyalarni ajratish tartiblarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xom ashyosi yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-23-son qarori 2-bandining “a”, “d” va “e” kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2026-y., 06/26/82/0479-son)