1-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda zamonaviy yondashuvlarni joriy etish | |||||
1. | Soliq toʻlovchilarning mijozga yoʻnaltirilganlik indeksini joriy etish. | 1. Soliq toʻlovchilarning mijozga yoʻnaltirilganlik indeksini aniqlash metodologiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Idoraviy hujjat | 2026-yil avgust | Soliq qoʻmitasi |
2. Soliq organlarining mijozga yoʻnaltirilganlik indeksini hisoblash natijalarini rasmiy veb-saytda eʼlon qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har oyning 20-sanasiga qadar | |||
2. | Soliq organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini oʻrganish. | 1. Jamoatchilik ishonchini oʻrganish boʻyicha soʻrov oʻtkazib borish tizimini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovlar natijalarini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish. | Reja-jadval | 2026-yil dekabr | |||
3. | Soliq toʻlovchilar reyestri maʼlumotlari yaxlitligini hamda toʻgʻriligini taʼminlash. | 1. Soliq toʻlovchilar reyestrini xatlovdan oʻtkazib borish. 2. Soliq toʻlovchilarni roʻyxatga olish maʼlumotlar bazasida soliq maʼmuriyatchiligidagi asosiy oʻlchovlar (faoliyat turi, faoliyat joyi, aloqa maʼlumotlari, faollik holati va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni baholashdan oʻtkazish, boshqaruv yoki ichki audit hisobotlarini tayyorlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har chorakda | Soliq qoʻmitasi |
4. | Soliqqa oid huquqbuzarliklar va huquqbuzarlarga qoʻllangan choralar yuzasidan turli vaziyatlarga doir soliq qoʻllanmalarini ishlab chiqish. | Soliq toʻlovchilarda eng koʻp aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklar va huquqbuzarlarga qoʻllangan choralar yuzasidan turli vaziyatlarga doir soliq qoʻllanmalarini ishlab chiqish, statistik-tahliliy maʼlumotlar, mavjud xavf-xatarlar hamda soliq maʼmuriyatchiligidagi kamchiliklarni rasmiy sahifalarda eʼlon qilib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har chorakda | Soliq qoʻmitasi |
5. | Jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini soddalashtirish. | 1. Jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlari va ularni qoplashga doir maʼlumotlarni olish yuzasidan idoralararo axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Jismoniy shaxslarning ipoteka kreditlarini qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlari boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllashni idoralararo axborot tizimi maʼlumotlari asosida proaktiv tartibda amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | |||
6. | Qoʻshilgan qiymat soligʻini yuridik shaxsning har bir alohida boʻlinmasi joylashgan joy boʻyicha budjetga toʻlash tartibini joriy etish. | Qurilish korxonalari tomonidan soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydan boshqa joyda bajarilgan ishlar boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻini ushbu korxonaning alohida boʻlinmasi joylashgan joy boʻyicha toʻlash tartibini joriy etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi |
7. | “Soliq-servis” AJ tomonidan fermer xoʻjaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibini joriy etish. | “Soliq-servis” AJ tomonidan fermer xoʻjaliklariga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilash, bunda fermer xoʻjaligining bank hisobvaragʻidagi pul mablagʻlari fermer xoʻjaligi rahbari tomonidan boshqarilishini nazarda tutish. | Idoraviy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
8. | Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. | Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish yoki ularni chakana sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻining bir qismini qaytarishda 2026-yilning yanvar-fevral oylari uchun taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq summasi 2026-yil 25-mayga qadar toʻliq toʻlanganda, ushbu davrlar uchun soliqni qaytarib berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil 1-iyun | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
II. Soliq xatarlarini boshqarishda “Compliance risk management” (SRM) tizimini yanada takomillashtirish va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish | |||||
Soliq xatarlarini boshqarishda “Compliance risk management” (CRM) tizimini takomillashtirib borish. | 1. Xavflarni baholash metodologiyalarini takomillashtirish, maʼlumotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini yaxshilash va yuqori darajadagi xavflarni bartaraf etish boʻyicha yillik rejani tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili dekabr | Soliq qoʻmitasi | |
2. Xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda soliq maʼmuriyatchiligi xavflarini boshqarish tizimi boʻyicha taklif va xulosalarni olish. | 2027-yil mart | ||||
3. Soliq tekshiruvlarini oʻtkazuvchi xodimlar malakasini oshirib borish hamda soliq auditini oʻtkazuvchi yuqori malakali xodimlar sonini bosqichma-bosqich 2000 tagacha yetkazish. | Reja-jadval | 2026 — 2030-yillar | |||
10. | Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatlarining oldini olish. | Soliq organlari xodimlari tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish holatlari aniqlanganda sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga asos boʻlishini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
11. | Shartnomalarni hisobga qoʻyish tartibini soddalashtirish. | Qarz (moliyaviy yordam) va omborda omonat saqlash shartnomalarini soliq organlarida elektron tarzda hisobga qoʻyish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi |
12. | Xavflarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish modulini baholash. | 1. Xavflarni avtomatlashtirilgan tahlil qilish moduli samaradorligini baholash asosida soliq toʻlovchilarning xatti-harakatlarini bashorat qilish va soliq maʼmuriyatchiligidagi xavflarni aniqlashni taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Soliq qoʻmitasi |
2. “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturini (CRM) Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF) hamda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ekspertlarini jalb etgan holda mustaqil tashqi ekspertizadan oʻtkazish. | 2026-yil dekabr | ||||
3. Ekspertiza xulosasi asosida ushbu dasturni takomillashtirish. | 2027-yil mart | ||||
13. | Soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli rejalar (Compliance Improvement Plan) ishlab chiqish. | Yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va unga qarshi kurashish, biznesni soyadan chiqarishga qaratilgan keng qamrovli rejalarni ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi |
14. | Soliq boʻshliqlarini aniqlash (Revenue Administration Gap) tizimini joriy etish. | 1. Zamonaviy tahliliy usullardan foydalangan holda soliqdan qochish usullarini har tomonlama baholashni amalga oshirish uchun soliq boʻshliqlarini aniqlash dasturini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2028-yil yanvar | Soliq qoʻmitasi |
2. Soliqdan qochish mexanizmlarini va tushum yoʻqotishlarini aniqlash uchun tahliliy maʼlumotlardan foydalanadigan soliq boʻshligʻini oʻrganish dasturini (pastdan yuqoriga) joriy etish. | 2029-yil yanvar | ||||
15. | Soliq auditini oʻtkazish tartibini takomillashtirish. | 1. Soliq auditi milliy rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Har yili dekabr | Soliq qoʻmitasi |
2. Soliq auditini oʻtkazish bilan bogʻliq maʼlumotlar bazasi toʻliqligi va haqqoniyligini taʼminlash orqali natijadorligini oshirish. | Har chorakda | ||||
3. Sohalar, hududlar hamda soliq turlari kesimida yuqori xavflarni va budjetga potensial toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasini aniqlash, soliq nazorati tadbirlari natijadorligini oshirish hamda xavflarni pasaytirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash. | Har chorakda | ||||
4. Tasodifiy audit holatlarini tanlash uslubiyotini ishlab chiqish, aniq mezonlar va tartiblarni belgilash. | Ichki idoraviy hujjat | 2026-yil avgust | |||
5. Soliq auditi jarayonlarini raqamlashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | |||
16. | Soliq maʼmuriyatchiligida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari boʻyicha davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish. | Davlat-xususiy sheriklik shartnomalari asosida soliq xavfi yuqori boʻlgan sohalarda soliq bazasini yashirish holatlarini avtomatik ravishda aniqlashni taʼminlaydigan sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan axborot tizimlarini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi |
17. | Realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun toʻlovlarni jismoniy shaxsning bank kartalariga qabul qilish orqali soliq bazasini yashirish holatlarining oldini olish. | Jismoniy shaxsdan boshqa jismoniy shaxsning bank kartalariga (bundan yaqin qarindoshlar mustasno) kalendar oy davomida bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravariga teng yoki undan oshadigan umumiy summada mablagʻlar bir yoki bir nechta bank kartalaridan yoxud elektron hamyonlardan kelib tushganda soliq organlariga maʼlumot taqdim etish tartibini ishlab chiqish. Bunda mablagʻlarni qabul qilib olgan jismoniy shaxslar tomonidan jami yillik daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani majburiy tarzda taqdim etish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
18. | Qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini qoplash (qaytarish) tartibini avtomatlashtirish. | 1. Soliq xavfi darajasi past boʻlgan soliq toʻlovchilarga nol darajali soliq stavkasini qoʻllash va koʻchmas mulklar xaridi hisobidan hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini 3 kun muddatda avtomatlashtirilgan tarzda qoplash (qaytarish) tartibini joriy qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy farq summasini qoplash (qaytarish) tartibini toʻliq avtomatlashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil iyun | |||
III. Raqamlashtirish va innovatsion yechimlar orqali samaradorlikni oshirish hamda soliq toʻlovchilarga moliyaviy va maʼmuriy yukni kamaytirish | |||||
19. | Maʼlumotlarni boshqarish va xavfsizlikni kuchaytirish boʻyicha Soliq qoʻmitasi xodimlarining malakasini oshirish. | Maʼlumotlarning ishonchli muhofazasini taʼminlash (shifrlash va koʻp omilli autentifikatsiya usullarini joriy etish), kiberxavfsizlikka doir muntazam audit tekshiruvlarini amalga oshirish, xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etish hamda Soliq qoʻmitasi axborot xavfsizligi xodimlari uchun innovatsion yechimlarni oʻrganishga qaratilgan oʻquv treninglarni tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil avgust | Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
20. | Soliq organlarining yagona integratsiyalashgan axborot-resurs bazasida yirik hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash jarayonlarini takomillashtirish. | 1. Maʼlumotlar bazasini bosqichma-bosqich tranzaksion va tahliliy (analitik) qismlarga ajratish hamda soliq majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq maʼlumotlarni vazirlik va idoralardan elektron tarzda toʻgʻridan-toʻgʻri olishni yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil noyabr | Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Maʼlumotlarni manbalarga qarab toifalash hamda ulardan samarali foydalanish imkoniyatini taʼminlash. | 2027-yil mart | ||||
3. Yirik hajmdagi maʼlumotlarni tahlil qilish imkoniyatlarini joriy etish. | 2028-yil aprel | ||||
21. | Soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli rejalar (Compliance Improvement Plan) ishlab chiqish. | Soliq tizimining samaradorligini oshirish, budjet tushumlarini barqaror taʼminlash hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay va shaffof muhit yaratish imkoniyatiga ega boʻlgan soliq maʼmuriyatchiligini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli rejalarni ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2027-yil yanvar | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
22. | Soliq organlarining maʼlumotlar bazasini takomillashtirish va optimallashtirish. | 1. Soliq organlari maʼlumotlar bazasini faoliyat yoʻnalishlariga koʻra bosqichma-bosqich OLTP (onlayn tranzaksiyalarni qayta ishlash) va OLAP (onlayn analitik ishlov berish) tizimlariga ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2028-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Tahliliy maʼlumotlar tayyorlash va qayta ishlashni tezlashtirish orqali soliq bazasini kengaytirish. | 2029-yil yanvar | ||||
23. | Elektr energiyasi abonentlarining kadastr hujjatlari va shaxsiy hisobraqamlarini real vaqt rejimida oʻzaro muvofiqlashtirib borish. | Elektr energiyasi maʼlumotlar bazasini kadastr organlari maʼlumotlar bazasi bilan muvofiqlashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil oktabr | Energetika vazirligi, Kadastr agentligi, Soliq qoʻmitasi |
24. | Soliqsiz tushumlar ustidan nazoratni tashkil etish va ularning aniq hisobi yuritilishini taʼminlash. | 1. Vakolatli davlat organi va tashkilotlar tomonidan undiriladigan soliqsiz tushumlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq organlariga hisobot topshirish tartibini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil dekabr | Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Soliq qoʻmitasida umumiy shtat birliklari doirasida soliqsiz tushumlar va majburiy toʻlovlarni nazorat qilish boʻyicha alohida tarkibiy tuzilma tashkil qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | Bir oy muddatda | Soliq qoʻmitasi | ||
IV. Kadrlar siyosatini ishlab chiqish va joriy etish, inklyuzivlik va kreativ fikrlash tizimini joriy etish, operatsion xavflarni bartaraf etish hamda xodimlarning kompetensiyasi va ish samaradorligini oshirish | |||||
25. | Soliq organlari uchun maxsus formali kiyim-bosh joriy qilish. | Soliq idoralari mansabdor shaxslari uchun yangi formali kiyim-bosh va farqlovchi belgilarni joriy etish toʻgʻrisida qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
26. | Soliq sohasida alohida tashabbus koʻrsatgan soliq idoralari xodimlarini ragʻbatlantirish maqsadida “Soliq xizmati fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish. | “Soliq xizmati fidoyisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil avgust | Soliq qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
27. | 1. Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarishda “Inson resurslari salohiyatini oshirish” (HR Capacity Development) va “Isteʼdodlarni boshqarish” (Talent Management) dasturlarini ishlab chiqish. 2. Inson resurslarini shakllantirishda rejalashtirish va rekruting avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish. 3. Natijadorlikka yoʻnaltirilgan “ROWE” tizimi tamoyili asosida ishlaydigan hamda KPI asosida baholash imkoniyatiga ega boʻlgan “Assessment” markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora -tadbirlar | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Boshqaruv samaradorligi agentligi | |
4. Oliy oʻquv yurtlarining 4-kurs talabalari oʻrtasida tanlov oʻtkazib, iqtidorli talabalarning toʻlov kontraktlarini soliq organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan toʻlash va soliq organlariga ishga jalb qilish mexanizmini yaratish. | Idoraviy hujjat | Doimiy | |||
28. | Korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablari asosida normativ-huquqiy bazani qayta koʻrib chiqish. | Korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari talablariga muvofiq soliq qonunchiligini tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ularda mavjud korrupsion xavflarni bartaraf etish nuqtai nazaridan koʻrib chiqqan holda takomillashtirib borish. | Tahliliy maʼlumotnoma | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi |
29. | Soliq xizmati organlarida mavjud korrupsiyaviy xavf-xatarlarni minimallashtirish choralarini koʻrish hamda ishchanlik muhitini yaxshilash. | 1. Soliq xizmati organlari xodimlari oʻrtasida korrupsion holatlarning oldi olinganligi boʻyicha baholash mexanizmini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil iyul | Soliq qoʻmitasi |
2. Soliq toʻlovchilar va fuqarolarga xizmat koʻrsatishda uchrayotgan maishiy korrupsiya hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritishga toʻsiq boʻlayotgan byurokratik toʻsiqlar roʻyxatini ishlab chiqish orqali inson omilini kamaytirish va sohani raqamlashtirish ishlarini olib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | |||
3. Soliq organlarining mavjud funksiyalarini amalga oshirish jarayonlarini avtomatlashtirib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | |||
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Ish staji | Ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda har oylik ustama miqdorlari |
1. | 1 yildan 3 yilgacha | 30 foiz |
2. | 3 yildan 5 yilgacha | 60 foiz |
3. | 5 yildan 10 yilgacha | 80 foiz |
4. | 10 yildan 15 yilgacha | 100 foiz |
5. | 15 yildan 20 yilgacha | 120 foiz |
6. | 20 yildan yuqori | 150 foiz |
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi | “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” AJ | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi | “Soliq-servis” AJ | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Soliq oliy maktabi | “Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” MCHJ | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri soliq boshqarmalari | “Gʻazalkent sogʻlomlashtirish markazi” DM | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
6-ILOVA
“ | |||
4. | Soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirish yoʻnalishida: | ||
a) | Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) va barcha soliq turlari boʻyicha mavjud ortiqcha toʻlov summasini qaytarish muddati. | Amaldagi muddat 2 baravar qisqartiriladi | 1 kun |
b) | Bojxona nazoratini amalga oshirishda qoʻllaniladigan xavfni boshqarish darajasi. | “yashil yoʻlak” | |
”; | |||