12.06.2023 yildagi PF-93-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Ko‘chirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada kambag‘allikka qarshi kurashish jarayonini yangi bosqichga olib chiqish, bu ishlarga tadbirkorlik subyektlarini manfaatli hamkorlik asosida jalb qilish va ularga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasining “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, Dasturda tadbirkorlik subyektlari ularning huquq va majburiyatlari aks ettirilgan “hamkorlik shartnomalari” asosida ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “hamkorlik shartnomalari” quyidagi tartibda tuziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimlarining yordamchilari (keyingi o‘rinlarda — hokim yordamchilari) takliflariga asosan tuman (shahar) hokimi va uning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101 tadan 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — hokim yordamchilarining takliflariga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratishni rejalashtirgan tadbirkorlik subyektlari bilan — Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi taklifiga asosan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “hamkorlik shartnomalari” loyihalari mos ravishda Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Savdo-sanoat palatasi “hamkorlik shartnomalari”ni tuzgan tadbirkorlik subyektlariga Dasturda ishtirok etayotganligini tasdiqlovchi sertifikat beradi va ularga “hamkorlik shartnomalari” to‘liq bajarilishi yuzasidan har tomonlama ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “hamkorlik shartnomalari”dagi tomonlarning majburiyatlari bajarilishi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil hamda Soliq qo‘mitasi tomonidan nazorat qilinadi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab quyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Dasturda kamida ikki yil faoliyat ko‘rsatayotgan va ustav kapitalida davlat ulushi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “hamkorlik shartnomasi” uch yilgacha muddatga tuziladi hamda unda nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganida tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyozlar o‘rnatilgan tartibda bekor qilinadi va imtiyoz qo‘llanilishi natijasida tadbirkorlik subyektlari ixtiyorida qolgan summalar qaytarib olinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Dastur bilan qamrab olinadigan tadbirkorlik subyektlarining hududlar kesimidagi soni va ular tomonidan yaratiladigan yangi ish o‘rinlari parametrlari Vazirlar Mahkamasi (J. Qo‘chqorov) tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 2023 — 2026-yillarda Dasturni amalga oshirish uchun jami 500 million AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun 2023-yilda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan tijorat banklariga 85 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlaridan 200 million AQSH dollari miqdorida kreditlar jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi mablag‘lari Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining murojaatiga asosan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi mablag‘lari tijorat banklariga 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 foiz stavkada beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklari tomonidan kreditlar (shu jumladan, ajratilgan kreditlarning so‘ndirilgan qismi hisobidan) Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ushbu Farmonga 1-ilovasiga muvofiq miqdorlarda ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Dasturga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga ushbu Farmonga 1-ilovasiga muvofiq tabaqalashgan miqdorlarda quyidagi imtiyoz va preferensiyalar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinganda, 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari ushbu fuqarolarga kamida bir yil davomida har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir baravari miqdoridan kam bo‘lmagan ish haqi to‘lab, bandligini ta’minlagan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan imtiyoz beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar ishga qabul qilinganda hamda har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladi hamda ularga ijtimoiy soliq stavkasi 50 foizga kamaytirilgan holda qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur mablag‘lar va infratuzilma bilan ta’minlash yo‘nalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishsiz fuqarolarni kasbga o‘rgatish va o‘z ishchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlari Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha soliqlarni (qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) bir yilgacha va bojxona to‘lovlarini 120 kungacha muddatga ta’minotsiz va foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi;
(7-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi PF-156-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 16-yanvar)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va yerga bo‘lgan huquqlar (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno) auksion orqali sotib olinganda, to‘lovlarni 5 yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi;
(7-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi;
(7-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 milliard so‘m va undan yuqori qiymatdagi loyihalarni amalga oshirganda belgilangan tartibda zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ta’minlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan to‘lov miqdori bir milliard so‘mgacha bo‘lgan xaridlar bo‘yicha 30 foizdan 50 foizga, bir milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan xaridlar bo‘yicha 15 foizdan 30 foizga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda bo‘sh turgan va bir yildan buyon auksion savdolarida sotilmasdan turgan davlat mulki bo‘lgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan binolari Dastur ishtirokchilariga o‘z xodimlarini o‘qitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga tanlov (talabgor yagona bo‘lganda — to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma) asosida ijara stavkasining minimal miqdori bo‘yicha ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish yo‘nalishida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “v” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratini amalga oshirishda “yashil yo‘lak” qoidalari amal qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Savdo-sanoat palatasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturni amalga oshirish jarayonlarini raqamlashtirish, shu jumladan “hamkorlik shartnomalari”ni ekspertizadan o‘tkazish va tuzish, shartnoma majburiyatlari bajarilishini masofaviy nazorat qilish, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etadigan vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish imkoniyatlariga ega axborot tizimini ishga tushirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda “hamkorlik shartnomasi” namunasini ishlab chiqsin va Savdo-sanoat palatasi axborot tizimiga joylashtirilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dasturning hududlarda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi 2-ilovadagi* mas’ul rahbarlar zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazir o‘rinbosari J. Qo‘chqorov Dasturni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mazkur Farmonga 2-ilovasidagi* mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda mustaqil qarorlar qabul qilish orqali hududlarda Dastur ishtirokchilari faoliyatida yuzaga keladigan muammolarning tezkorlik bilan hal qilib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Xitoy tajribasi asosida respublikaning har bir hududida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqsin. Bunda, kambag‘allik yuqori bo‘lgan tumanlarda yo‘l-transport, elektr, aloqa va turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda kichik va o‘rta shaharlarni rivojlantirish, mahallalarni sanoatlashtirishga e’tibor qaratilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Bo‘zatov, Paxtaobod, Vobkent, Do‘stlik, Shahrisabz, Xatirchi, Chust, Bulung‘ur, Sirdaryo, Jarqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Yozyovon, Urganch va Chilonzor tumanlarini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy yechimlarni joriy etishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qamrab olgan Hukumat qarorini qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. Voitov) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Xitoy qishloq xo‘jaligi tajribasi asosida kamida 10 ta yuqori daromadli loyihalarni respublika hududlarida joriy qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2023-yil yakuniga qadar Xitoy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda barcha hokim yordamchilarining malaka oshirish kurslarida o‘qitilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan 200 nafar hokim yordamchilarini Xitoyga amaliyot o‘tashga yuborilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlarini saralab olish uchun avtomatlashtirishgan reyting tizimini joriy qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Savdo-sanoat palatasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim tizimida “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tajriba tariqasida ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalarida qo‘shimcha ishchi kuchi va ularning malakasiga bo‘lgan talab shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllantirilgan ish o‘rinlari va malaka talablari to‘g‘risida ma’lumotlar Palataning onlayn platformasi orqali o‘quv muassasalari talabalariga yetkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar tomonidan tanlangan ish o‘rinlari bo‘yicha elektron yo‘llanmalar tegishli korxonaga yetkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘llanma asosida ta’lim jarayonini bevosita korxonalarda amalga oshirgan talabalar uchun korxona tomonidan ish haqi hisoblanadi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har oy uchun mazkur ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonada bo‘lib o‘tadigan amaliy mashg‘ulotlar dasturi o‘quv muassasasi, korxona va Palata tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilansinki, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda 2023/2024 o‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3-4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmonning ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-93-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga beriladigan tabaqalashtirilgan imtiyoz va preferensiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Imtiyoz va preferensiyalar

51 tadan 100 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun

101 tadan — 200 tagacha yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun

200 tadan ortiq yangi ish o‘rni yaratadigan tadbirkorlik subyektlari uchun

1.

Moliyalashtirish yo‘nalishida:

a)

Tadbirkorlik subyektlarining loyihalarini (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar bundan mustasno) amalga oshirish uchun 7 yilgacha muddatga 14 foiz stavkada ajratiladigan kreditlarning maksimal miqdorlari.

5 milliard so‘m

10 milliard so‘m

15 milliard so‘m

2.

Soliqqa tortish yo‘nalishida:

a)

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga (keyingi o‘rinlarda — Reyestr) kiritilgan fuqarolar kamida bir yil davomida ish bilan ta’minlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etganda, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz miqdori (amaldagi stavkaga nisbatan).

50 foiz

75 foiz

100 foiz

b)

Reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, oylik ish haqi bo‘yicha to‘langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining respublika budjetidan ish beruvchiga (har bir ishchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki barobaridan oshmagan miqdorda) qaytarib beriladigan miqdori.

100 foiz

v)

Reyestrga kiritilgan fuqarolar ishga qabul qilinib, ularga har bir oy uchun ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining bir barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda, ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyoz miqdori (amaldagi stavkaga nisbatan).

50 foiz

3.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun zarur mablag‘lar va infratuzilma bilan ta’minlash yo‘nalishida:

a)

Ishsiz fuqarolarni kasbga o‘rgatish va o‘z ishchilarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlarini qurish va jihozlash xarajatlarini Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab berish miqdori.

100 foiz

b)

Barcha soliqlarni (qo‘shilgan qiymat solig‘i va soliq agentlari sifatida to‘lanadigan soliqlar bundan mustasno) ta’minotsiz va foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati.

3 oy

6 oy

12 oy

b1)

Bojxona to‘lovlarini ta’minotsiz va foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati.

60 kun 

90 kun 

120 kun 

v)

Auksionda davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari va yerga bo‘lgan huquqlarni (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bundan mustasno) sotib olish to‘lovlarini foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati.

3 yil

4 yil

5 yil

g)

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati beradigan kafillikning maksimal miqdori.

3 milliard so‘m

4 milliard so‘m

5 milliard so‘m

d)

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanadigan loyihalar qiymati.

50 milliard so‘m va undan yuqori

e)

Budjet buyurtmachilari bilan tuziladigan shartnomalarda oldindan to‘lov miqdori.

Amaldagi miqdorlar saqlab qolinadi

1 mlrd so‘mgacha xaridlar bo‘yicha 50 foiz;

1 mlrd so‘mdan yuqori xaridlar bo‘yicha 30 foiz

j)

Hududlarda bo‘sh turgan va 1 yildan buyon auksion savdolarida sotilmagan davlat mulki bo‘lgan bino-inshootlar, shuningdek, kasb-hunar kollejlarining foydalanilmasdan bo‘sh turgan binolarini xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish hamda “amaliy monomarkaz” tashkil qilish uchun foydalanishga ijaraga berishda ijara to‘lovi stavkasi miqdori.

Minimal stavka

4.

Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish yo‘nalishida:

a)

Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) va barcha soliq turlari bo‘yicha mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish muddati.

Amaldagi muddat 2 baravar qisqartiriladi

1 kun

b)

Bojxona nazoratini amalga oshirishda qo‘llaniladigan xavfni boshqarish darajasi.

“yashil yo‘lak”

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Dasturga kiritilgan Toshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlariga faqatgina mazkur ilovaning 2-pozitsiyasidagi “b” va “v” bandlari hamda 3-pozitsiyasidagi “d” bandida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar qo‘llaniladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.06.2023-y., 06/23/93/0367-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 15.10.2024-y., 06/24/156/0816-son; 28.12.2024-y., 06/24/229/1090-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 20.05.2026-y., 06/26/95/0508-son)