1-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Muddati |
Masʼullar |
|
1. |
Nikohlanuvchi shaxslar uchun oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, oilaviy-huquqiy munosabatlar hamda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha oilaviy hayotga tayyorlash oʻquv kurslarini tashkil etish. |
1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi (keyingi oʻrinlarda — boshqarma boshligʻi) tomonidan tasdiqlash. |
Har yili yanvar oyida |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Yoshlar ishlari agentligi, Ichki ishlar vazirligi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, “Nuroniy” jamgʻarmasi (kelishuvga asosan) |
|
2. Oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy turmush psixologiyasi, reproduktiv salomatlik asoslari, oila iqtisodi va budjeti, ota-onalik ijobiy koʻnikmalari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar boʻyicha oʻquvlarni tashkil qilish. |
Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
3. Oʻquvlarda malakali mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
4. Oʻquvlarga nikohlanuvchi shaxslarni, yosh oilalarni hamda oilaning boshqa aʼzolarini jalb qilish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
5. Oʻquvlarda ishtirok etgan nikohlanuvchi shaxslarga sertifikat berish va bu haqida maʼlumotni FHDY organlarining tegishli platformasiga kiritish. |
Oʻquvlar yakunlari boʻyicha |
|||
|
2. |
Oila aʼzolarini oilaviy munosabatlarga tayyorlash boʻyicha konsultativ xizmatlarni hamda oilalar va xotin-qizlarga psixologik, huquqiy xizmatlarni koʻrsatish, milliy va oilaviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish. |
1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida oʻquv-targʻibot dasturini ishlab chiqish va boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash. |
Har yili yanvar oyida |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Adliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Yoshlar ishlari agentligi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti |
|
2. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish. 3. Oʻquvlarda malakali mutaxassislar va jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlash. |
Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
4. Oilalar va xotin-qizlarga individual psixologik va huquqiy xizmatlarni koʻrsatish. |
Doimiy |
|||
|
5. Milliy va oilaviy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish boʻyicha mediakontentlar tayyorlash, axborot-maʼrifiy dasturlarini amalga oshirish. |
Doimiy |
|||
|
3. |
Ota-onalikni rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini tashkil etish, “Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasini amalga oshirish. |
1. Ota-onalikni rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maskanlarga yetkazish va boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash. |
Har yili yanvar oyida |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi (kelishuvga asosan) |
|
2. Mazkur taʼlim dasturlari hamda “Masʼuliyatli ota-onalik” loyihasini ijrochilarga yetkazish boʻyicha onlayn va offlayn seminarlar tashkil etish. |
2026-yil iyun |
|||
|
3. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish. 4. Oʻquvlarga mahalladagi xotin-qizlar faollari tomonidan ota-onalarni jalb qilish. |
Har hafta, reja-grafik asosida |
|||
|
5. Malakali mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash. |
Doimiy |
|||
|
6. Axborot va media orqali ota-onalik ijobiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan targʻibot ishlarini tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
4. |
Xotin-qizlarni talab yuqori boʻlgan daromadli kasb-hunarga belgilangan tartibda oʻqitish, mentorlik orqali oʻquv-seminarlar tashkil etish, lider tadbirkorlarni jalb qilgan holda zamonaviy tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha maslahatlar berish. “Xavfsiz migratsiya”ni taʼminlash boʻyicha ayollarga koʻmaklashishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. |
1. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambagʻallik va mehnat bozori tadqiqotlari instituti tomonidan oʻquvlar namunaviy reja-jadvalini hamda dasturini ishlab chiqish va Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qilish. |
Har yili yanvar oyida |
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Savdo-sanoat palatasi, Migratsiya agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan dastur va namunaviy reja-jadvallarni hududiy boshqarmalariga yetkazish. |
Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
3. Zamonaviy usullar asosida mentorlik orqali oʻquv-seminarlar tashkil etish uchun malakali mutaxassislar biriktirish. 4. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish. |
Doimiy |
|||
|
5. Lider tadbirkorlarni aniqlash va ularni tajriba almashish uchun oʻquvlarga jalb qilish. |
Doimiy |
|||
|
6. Ishtirokchilarga mehnat bozoridagi yangiliklar, trendlar va imkoniyatlar haqida maʼlumot berib borish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
7. “Xavfsiz migratsiya”ni taʼminlashda til boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etishda koʻmaklashish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
5. |
Reproduktiv salomatlik, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, tibbiy konsultatsiyalar berish. |
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan reproduktiv salomatlik, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha tadbirlar rejasi va dasturini ishlab chiqish hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga taqdim qilish. |
2026-yil may-iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sport vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan dastur va namunaviy reja-jadvallarni hududiy boshqarmalarga yetkazish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
3. Reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarziga oid metodologik va tarqatma materiallar hamda videoroliklar tayyorlash. 4. “Salomatlik”, “Ona va bola” xonalarini tashkil etish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
5. Reproduktiv salomatlik asoslari, erta va qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzi boʻyicha tushuntirish ishlari va tibbiy konsultatsiyalarni olib borish. 6. Sogʻlom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalari, bolalarni toʻgʻri parvarish qilish boʻyicha maslahatlar berish. |
2026-yil avgust Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
7. Sport bilan shugʻullanish imkoniyati mavjud maskanlarda sport-sogʻlomlashtirish xizmatlarini amalga oshirish. |
Doimiy |
|||
|
8. Oʻquvlarni reja-grafik asosida tashkil etish. 9. Malakali mutaxassislarning ishtirokini taʼminlash. |
Doimiy |
|||
|
6. |
Nizoli oilalar bilan individual ishlash, mediativ xizmatlarni tashkil etish. |
1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida dastur va rejani ishlab chiqish hamda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash. |
Har yili yanvar oyida |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, “Nuroniy” jamgʻarmasi (kelishuvga asosan) |
|
2. Nizoli oilalar bilan psixologlar, huquqshunoslar, nuroniylar, ibratli oilalar va boshqa jamoatchilik vakillarini jalb qilgan holda alohida suhbatlar oʻtkazish. |
Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
3. Oilalarni mustahkamlash, oilaviy nizolarning oldini olish boʻyicha videoroliklar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash hamda ishtirokchilarga namoyish etish va tarqatish. |
Har chorakda |
|||
|
4. Targʻibot ishlarining natijasini monitoring qilib borish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
7. |
Ijtimoiy-maʼnaviy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar bilan alohida ishlash, yot gʻoyalar taʼsirini oldini olish boʻyicha suhbatlar oʻtkazish. |
1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida oʻtkaziladigan suhbatlar rejasi va tezislarni ishlab chiqish hamda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash. |
2026-yil may-iyun |
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi (kelishuvga asosan), Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Ijtimoiy-maʼnaviy koʻmakka muhtoj xotin-qizlar bilan psixologlar, nuroniylar, din vakillari, ibratli oilalar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida alohida suhbatlar oʻtkazish. |
Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
3. Videoroliklar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash va ishtirokchilarga taqdim etish. |
Har chorakda |
|||
|
4. Targʻibot ishlarining natijasini monitoring qilib borish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
8. |
Himoya orderi olgan, “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi hisobida turgan xotin-qizlarni ijtimoiylashuviga koʻmaklashish, oila-turmush doirasida tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan, bunga moyil boʻlgan shaxslar bilan tuzatish dasturlarini olib borishda hamkorlik qilish. |
1. Masʼul tashkilotlarning takliflari asosida reja va dasturlarni ishlab chiqish hamda boshqarma boshligʻi tomonidan tasdiqlash. |
2026-yil may-iyun |
Ichki ishlar vazirligi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi (kelishuvga asosan), Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
2. Psixologlar, ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari, nuroniylar, ibratli oilalar va boshqa jamoatchilik vakillari ishtirokida tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan, bunga moyil boʻlgan shaxslar bilan alohida suhbatlar oʻtkazish. |
Har haftada, reja-grafik asosida |
|||
|
3. Tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda himoya orderi olgan, “E-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi hisobida turgan xotin-qizlarning ijtimoiylashuviga koʻmaklashish. |
Har chorakda |
|||
|
4. Xotin-qizlarga, bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hamda oilaviy-maishiy zoʻravonlikning salbiy oqibatlari va qonuniy jazo choralari toʻgʻrisida videoroliklar, bukletlar va boshqa tarqatma materiallar tayyorlash hamda ishtirokchilarga namoyish etish va tarqatish. |
Reja-grafik asosida |
|||
|
5. Targʻibot ishlarining natijasini monitoring qilib borish. |
Doimiy |
2-ILOVA
3-ILOVA