30.09.2024 yildagi 614-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yer uchastkalaridan foydalanish jarayonida yer va shaharsozlik qonunchiligi oʻrtasidagi munosabatlarni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlariga yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan binolar, inshootlar, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi yer uchastkasidan foydalanish maqsadlarini yuritish uchun belgilangan asosiy faoliyat turini aks ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta hududiy zonada joylashgan barcha yer uchastkalari uchun asosiy foydalanish turiga qoʻshimcha sifatida ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli ruxsat etilgan foydalanish turi asosiy faoliyat turi uchun ruxsatnoma olinganidan keyin belgilanadi, uni amalga oshirish shaharsozlik reglamentiga muvofiq muayyan shartlarning yuzaga kelishini talab qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlaridan yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga va shaharsozlik reglamentida belgilangan yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga muvofiq foydalaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari uchun foydalaniladigan yer uchastkasining maydoni ushbu hududiy zonada shaharsozlik reglamentida belgilangan yer uchastkasidan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlaridan oshmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlingan yoki qoʻshib yuborilgan yer uchastkalarining ruxsat etilgan foydalanish turi yangi vujudga kelgan yer uchastkalarining ruxsat etilgan foydalanish turi deb tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi har bir hududiy zona uchun joylardagi tegishli tuman (shahar) hokimliklari tomonidan shaharsozlik reglamentlari talablariga muvofiq belgilanadi va Davlat shaharsozlik kadastri maʼlumotlarida aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy yoki shartli ruxsat etilgan turi Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga bu haqidagi maʼlumotlar kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kadastr va koʻchmas mulkni roʻyxatga olishning integratsiyalashgan axborot tizimiga kiritilmaydi va hududni funksional zonalashtirilishini belgilovchi shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning bir turini bunday foydalanishning boshqa turiga texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilingan holda shaharsozlik reglamentiga muvofiq oʻzgartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik Kengashning qarorlariga asosan oʻzlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning yordamchi turi ularning huquq egalari tomonidan shaharsozlik reglamentlarida nazarda tutilgan yordamchi faoliyat turlarini tanlash yoʻli bilan mustaqil ravishda oʻzgartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda uning ixtisoslashishini oʻzgartirish yoʻli bilan oʻzgartiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi oʻzgartirilgan kundan eʼtiboran uch oy muddatda yer uchastkasi chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining ixtisosligi oʻzgartirilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi belgilanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida, doimiy foydalanishga va ijaraga berish (realizatsiya qilish) hamda ushbu yer uchastkalari chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining ixtisosligini oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2025-yil 1-yanvargacha berilgan yer uchastkalari uchun ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdaverloyiha” DILI) tomonidan mustaqil tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu yer uchastkalarining huquq egalari yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash uchun Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda murojaat qilish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2025-yil 1-yanvargacha berilgan yer uchastkalari uchun ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari ushbu yer uchastkalari chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadiga muvofiq belgilanadi, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkalarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkalarining foydalanish maqsadiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqni belgilovchi hujjatlarda foydalanish maqsadi belgilanmagan yer uchastkalarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash shaharsozlik zonalashtirish hujjatlariga yoki qishloq xoʻjaligi yerlarini ixtisoslashtirish hududlari yoʻnalishlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini oʻzgartirish yoki shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha yer uchastkalarining huquq egalari tomonidan Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori (keyingi oʻrinlarda — Yagona klassifikator) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 4-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 41-ilovaga muvofiq;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 09/25/594/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda materiallari “Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimida koʻrib chiqish yoki vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish jarayonida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkalari boʻyicha ulardan foydalanishning ruxsat etilgan asosiy turlari belgilanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boʻsh turgan uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi shakllanayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari uchun — yer uchastkalarini tanlash boʻyicha takliflar tayyorlash jarayonida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllangan boʻsh turgan yer uchastkalari uchun — ilgari hisobga olingan yer uchastkalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda materiallari “E-ijara” axborot tizimida koʻrib chiqish yoki vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish jarayonida boʻlgan boʻsh turgan yer uchastkalari boʻyicha ulardan foydalanishning ruxsat etilgan asosiy turlari belgilanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boʻsh turgan uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi shakllanayotgan boʻsh turgan yer uchastkalari uchun — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarni ixtisoslashtirish, boʻsh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq xoʻjaligi korxonasi yoki dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish boʻyicha loyihalarni tayyorlash jarayonida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shakllangan boʻsh turgan yer uchastkalari uchun — ilgari hisobga olingan yer uchastkalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qishloq xoʻjaligi vazirligi “E-auksion” elektron savdo platformasida 2025-yil 1-yanvarga qadar realizatsiya qilinmagan va auksionda gʻolib aniqlanmagan yer uchastkalarini (shu jumladan, ularda kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlgan) belgilangan tartibda ular uchun ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari belgilangan holda, “E-auksion” elektron savdo platformasida qoʻshimcha kelishuvlarsiz qayta savdoga chiqarilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga kadastr yigʻmajildini tayyorlashda va kadastr pasportini shakllantirishda ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini yer uchastkasining asosiy xususiyatlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiqligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda 2025-yil 1-iyulga qadar shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy, yordamchi va shartli turlari belgilanishini inobatga olgan holda, Yagona klassifikator bilan muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2025-yil 1-yanvarga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda ular tomonidan ishlab chiqilgan axborot-kommunikatsiya tizimlari mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qaror 2025-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
614-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YAGONA KLASSIFIKATORI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. YER UCHASTKALARIDAN RUXSAT ETILGAN FOYDALANISH TURLARINING KLASSIFIKATORI

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining nomi

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining taʼrifi

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining kodi

Qishloq xoʻjaligida foydalanish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda qishloq xoʻjaligi faoliyatini yuritish.

1

Dehqonchilik

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanishga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tarmogʻi.

1.1

Paxtachilik va gʻallachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda paxta va boshoqli don ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.1

Gʻallachilik va sabzavotchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda boshoqli don va sabzavot ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.2

Sholichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sholi ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.3

Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.4

Sabzavotchilik va polizchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.5

Kartoshkachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda kartoshka ekinini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.6

Moyli, donli, dukkakli va ozuqa ekinlar yetishtirish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda moyli, donli, dukkakli va ozuqa ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.7

Dorivor, shifobaxsh ekinlar va gulchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda dorivor, shifobaxsh, choy va gulli ekinlar yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.8

Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va polizchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda meva, rezavor meva hamda sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.9

Bogʻdorchilik va uzumchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda meva, rezavor meva va uzum yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.10

Bogʻdorchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda meva va rezavor meva yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.11

Uzumchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda uzum yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.12

Koʻchatchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mevali, rezavor mevali, uzum, tut va boshqa koʻp yillik daraxtlar koʻchatlarini yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali issiqxona va omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.13

Kannabis yetishtirish

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha boʻlgan kannabis oʻsimligini (Cannabis Sativa L.) yetishtirish boʻyicha xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.14

Tamakichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda sanoat maqsadlarida tamaki oʻsimligini yetishtirish, mahsulot ishlab chiqarish va tayyorlash bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.1.15

Chorvachilik

Chorva mollarini boqish, saqlash va koʻpaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan oqilona foydalanishga asoslangan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish tarmogʻi.

1.2

Qoramolchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda yirik shoxli mollar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, yirik shoxli mollar mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.1

Qoʻy va echkichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mayda shoxli mollar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, mayda shoxli mollar mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.2

Qorakoʻlchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda qorakoʻl qoʻylari uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, qorakoʻlchilik mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.3

Otchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda otlar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (otlarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, ot mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.4

Tuyachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tuyalar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (tuyalarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, tuya mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.5

Parrandachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda parranda uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (parrandalarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, parranda mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.6

Quyonchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda quyonlar uchun ozuqa (yem-xashak) ekinlarini yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (quyonlarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, quyon mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.2.7

Ipakchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda ipak qurti uchun ozuqa yetishtirish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (ipak qurtini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, ipak qurti mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.3

Asalarichilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda asalarilar uchun nektarga boy ekinlarni yetishtirish, yaylov va pichanzorlardan foydalanish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (asalarilarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, asalari mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.4

Baliqchilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda hovuz (koʻl) tashkil etish orqali baliq yetishtirish, urchitish va (yoki) boqish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (yengil konstruksiyali omborxonalar, baliq mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va qadoqlash joylari, hovuz (koʻl) tashkil etish qurilmalari va hovuzlar, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.5

Moʻynachilik

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda tutqunlikda boʻlgan qimmatli moʻynali hayvonlar uchun ozuqa ekinlarini yetishtirish va ularni urchitish bilan bogʻliq xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni (qimmatli moʻynali hayvonlarni parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali omborxonalar, moʻyna mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash, saralash va ishlab chiqarish joylari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar) joylashtirish (qurish).

1.6

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda dehqonchilik va chorvachilik, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va muzlatkichli omborxonalar bilan bogʻliq qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni joylashtirish (qurish).

1.7

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini taʼminlash

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda mashina-transport va taʼmirlash stansiyalari, qishloq xoʻjaligi texnikasi uchun angar, ombor, suv minoralari, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari va qishloq xoʻjaligini yuritish uchun boshqa texnik uskunalarni joylashtirish (qurish).

1.8

Qishloq xoʻjaligining ilmiy taʼminoti

Ilmiy va seleksiya ishlarini amalga oshirish, ilmiy nuqtai nazardan qimmatli oʻsimlik va hayvonot dunyosi namunalarini olish uchun qishloq xoʻjaligini yuritish; oʻsimliklar genetik resurslari kolleksiyalarini joylashtirish.

1.9

Qishloq xoʻjaligida foydalanishning boshqa turlari

Qishloq xoʻjaligida foydalanishning boshqa turlari, shu jumladan tashlandiq (boʻz) yerlar, meliorativ tarmoqni (irrigatsiya tarmogʻini) joylashtirish (qurish).

1.10

Turar-joy qurilishi

Har xil turdagi turar joyni joylashtirish. Turar-joy qurilishiga odam yashashiga moʻljallangan binolar (ulardagi xonalar) kiradi. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 2.1 — 2.5 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

2.0

Yakka tartibdagi uy-joy, dala-hovlilari qurilishi

Doimiy va vaqtincha yashash uchun uy-joy (xonalardan va fuqarolarning bunday binoda yashash bilan bogʻliq maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan, mustaqil koʻchmas mulk obyektlariga ajratish uchun moʻljallanmagan qoʻshimcha xoʻjalik xonalaridan iborat boʻlgan alohida turgan bino), yakka tartibdagi va dala-hovli yer uchastkalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 2.1.1 — 2.1.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi .

2.1

Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi

Doimiy yashash uchun uy-joy (xonalardan va fuqarolarning bunday binoda yashash bilan bogʻliq maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan, mustaqil koʻchmas mulk obyektlariga ajratish uchun moʻljallanmagan qoʻshimcha xoʻjalik xonalaridan iborat boʻlgan alohida turgan bino); yakka tartibdagi yer uchastkalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2.1.1

Dala-hovlilari qurilishi

Vaqtinchalik yashash uchun uy-joy (xonalardan va fuqarolarning bunday binoda yashash bilan bogʻliq maishiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan, mustaqil koʻchmas mulk obyektlariga ajratish uchun moʻljallanmagan qoʻshimcha xoʻjalik xonalaridan iborat boʻlgan alohida turgan bino); dala-hovli yer uchastkalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2.1.2

Birlashtirilgan turar-joy qurilishi

Soni oʻntadan Oshmagan bir nechta bloklardan iborat, qavatlari uchtadan ortiq boʻlmagan va har birida bitta oila istiqomat qilishiga moʻljallangan, qoʻshni blok yoki qoʻshni bloklar bilan umumiy devor (devorlar)ga ega, alohida uchastkada joylashgan va uchastkadan umumiy foydalanish hududiga, chiqish yoʻliga ega shaxsiy turar-joy binolarini joylashtirish; uyga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish.

2.2

Koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

Koʻp kvartirali turar-joylarni joylashtirish; uyga tutash yer uchastkalari va obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish hududlari; koʻp kvartirali uyning ichiga, yoniga, ichiga-yoniga tutashtirib qurilgan joylardagi turar-joy qurilmalariga xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 2.3.1 — 2.3.4 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

2.3

Kam qavatli koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

Mansarda qavatini ham qoʻshib hisoblaganda 1 — 3 qavatli turar-joy binolarini joylashtirish; uyga tutash yer uchastkalari va obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish hududlari; kam qavatli koʻp kvartirali uyning ichiga, yoniga, ichiga-yoniga tutashtirib qurilgan joylardagi turar-joy qurilmalariga xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish.

2.3.1

Oʻrtacha qavatli koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

Mansarda qavatini ham qoʻshib hisoblaganda 4 — 8 qavatli turar-joy binolarini joylashtirish; uyga tutash yer uchastkalari va obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish hududlari; koʻp kvartirali uyning ichiga, yoniga, ichiga-yoniga tutashtirib qurilgan joylardagi turar-joy qurilmalariga xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish.

2.3.2

Koʻp qavatli koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

Mansarda qavatini ham qoʻshganda 9 — 15 qavatli koʻp kvartirali turar joylarni joylashtirish; uy oldi hududlarini uyga tutash yer uchastkalari va obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish hududlari; koʻp kvartirali uyning ichiga, yoniga, ichiga-yoniga tutashtirib qurilgan joylardagi alohida xonalarga xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish.

2.3.3

Baland koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

16 va undan yuqori qavatli koʻp kvartirali turar joylarni joylashtirish; uyga tutash yer uchastkalari va obodonlashtirish hamda koʻkalamzorlashtirish hududlari; koʻp kvartirali uyning ichiga, yoniga, ichiga-yoniga tutashtirib qurilgan turar joylardagi alohida xonalarga xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish.

2.3.4

Avtotransportni saqlash

Avtotransportni saqlash uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish, ruxsat etilgan foydalanish turi kodi 3.5 boʻlgan garajlar va avtomobil turish joylari bundan mustasno.

2.4

Garajlarni joylashtirish

Turar-joy qurilishi obyektlari xonalari mulkdorlarining avtotransportini saqlash uchun moʻljallangan garajlar, shu jumladan yer osti garajlarini, avtomobil joylarga ajratgan holda joylashtirish.

2.4.1

Avtomobil turishi uchun ochiq maydonlarni joylashtirish

Avtotransportni saqlash uchun moʻljallangan ochiq maydonlarni joylashtirish.

2.4.2

Turar-joylarga xizmat koʻrsatish

Turar-joylarda joylashtirish mumkin yoʻl qoʻyiladigan, shu jumladan turar-joy qurilishi obyektlariga qarash va ulardan foydalanish uchun zarur xizmat koʻrsatish obyektlarini (sport va bolalar maydonchalarini, xoʻjalik qurilmalarini, dam olish maydonchalarini, va hokazolarni jihozlash) joylashtirish.

2.5

Biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar koʻrsatish

Tadbirkorlik faoliyati asosida foyda olish maqsadida obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 3.1 — 3.7 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

3.0

Biznes boshqaruvi

Davlat boshqaruvi, xizmatlar koʻrsatish, ilmiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan boshqaruv faoliyati amalga oshiriladigan biznes maqsadidagi obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 3.1.1 — 3.1.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

3.1

Ofislar

Tadbirkorlik faoliyatining ofis va maʼmuriy obyektlarini joylashtirish, ruxsat etilgan foydalanish turi kodi 3.1.2 boʻlgan bank va sugʻurta faoliyati obyektlari bundan mustasno.

3.1.1

Moliya-kredit va sugʻurta faoliyati

Moliya-kredit va sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishga moʻljallangan, kassa zallari va qimmatbaho buyumlar saqlash joylarini oʻz ichiga oladigan obyektlarni joylashtirish.

3.1.2

Savdo, umumiy ovqatlanish

Tovarlarni sotish hamda savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini, maishiy xizmatlarni koʻrsatuvchi bitta yoki bir nechta tashkilotni joylashtirish maqsadida obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 3.2.1 — 3.2.3 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

3.2

Savdo

Doimiy va vaqtincha savdoni tashkil qilish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 3.2.1.1 — 3.2.1.4 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

3.2.1

Bozorlar

Bozorlarni joylashtirish.

3.2.1.1

Savdo markazlari

Gipermarketlar, savdo markazlari, savdo majmualarini joylashtirish.

3.2.1.2

Doʻkonlar

Chakana savdo doʻkonlari, supermarketlar, minimarketlar, universamlar, gastronomlar, ixtisoslashtirilgan doʻkonlar va boshqa savdo obyektlarini joylashtirish.

3.2.1.3

Sayyor savdo obyektlari

Sayyor, chiqarib (lotokli), boshqa vaqtinchalik savdo obyektlarini joylashtirish.

3.2.1.4

Umumiy ovqatlanish

Umumiy ovqatlanish joylarini (restoranlar, qahvaxonalar, oshxonalar, yemakxonalar, barlar va hokazo) tashkil qilish maqsadida obyektlarni joylashtirish.

3.2.2

Xizmat koʻrsatish

Aholiga xizmat koʻrsatish (atelye, hammom, kir yuvish, sartaroshxonalar va hokazo), shu jumladan pochta xizmati bilan bogʻliq obyektlarni joylashtirish.

3.2.3

Koʻrgazma-yarmarka faoliyati

Koʻrgazma-yarmarka va kongress faoliyatini, shu jumladan bunday tadbirlarga xizmat koʻrsatish uchun zarur faoliyatni amalga oshirish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

3.3

Mehmonxona xizmatini koʻrsatish

Mehmonxonalarni, shuningdek, turar joylarni vaqtinchalik yashash uchun berishdan tadbirkorlik foydasini olish maqsadida foydalaniladigan boshqa binolarni (xostellar, motellar, yotoqxonalar va hokazo) joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 3.4.1 — 3.4.4 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

3.4

Mehmonxonalar

Mehmonxonalarni joylashtirish.

3.4.1

Mehmon uylari, xostellar

Mehmon uylarini, xostellarni joylashtirish.

3.4.2

Motellar

Motellar, yoʻl xizmati tarkibida mehmonxona xizmatlarini koʻrsatish obyektlarini joylashtirish.

3.4.3

Yotoqxonalar

Fuqarolarning ishlash, xizmat qilish yoki oʻqish davrida yashab turishiga moʻljallangan yotoqxonalarni, shu jumladan kvartira tipidagi yotoqxonalarni joylashtirish.

3.4.4

Garajlar va avtomobil turish joylari

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy yoki vaqtinchalik garajlarni, shuningdek transport turish va saqlashning umumiy foydalaniladigan joylarini joylashtirish.

3.5

Yoʻl xizmati obyektlari

Yoʻl xizmati binolari va inshootlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 3.6.1 — 3.6.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

3.6

Transport vositalariga yoqilgʻi quyish

Avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini va qoʻshimcha servis obyektlarini (tegishli savdo doʻkonlari va umumiy ovqatlanish obyektlarini) joylashtirish.

3.6.1

Avtotransportga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

Avtomobillarni taʼmirlash va xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan ustaxonalarni, avtomobillarni yuvish shoxobchalarini va avtotransportga xizmat koʻrsatiladigan boshqa yoʻl xizmati obyektlarini joylashtirish.

3.6.2

Reklama

Tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish.

3.7

Ishlab chiqarish faoliyati

Koʻchmas mulk obyektlarini foydali qazilmalarni kavlab olish, ularni qayta ishlash, sanoat usulida ulardan buyumlar tayyorlash maqsadida joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.1 — 4.7 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi

4.0

Yer qaʼridan foydalanish

Foydali qazilmalarni ochiq (karyerlar, agʻdarilgan tuproqlar) va yopiq (shaxtalar, quduqlar) usullarda qazib olish; foydali qazilmalarni kavlab olish maqsadida yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va obyektlarni, shu jumladan yerosti obyektlarini joylashtirish; texnogen mineral hosilalardan foydalanish; xom ashyoni saqlash va dastlabki transportda tashish va (yoki) qayta ishlashga, shu jumladan yer osti inshootlarini ishlatishga tayyorlash uchun zarur obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.1.1 — 4.1.3 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

4.1

Foydali qazilmalarni ochiq (karyerlar, agʻdarilgan tuproqlar) usulda qazib olish

Foydali qazilmalarni ochiq (karyerlar, agʻdarilgan tuproqlar) usulda qazib olish; foydali qazilmalarni kavlab olish maqsadida yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va obyektlarni, shu jumladan yerosti obyektlarini joylashtirish; texnogen mineral hosilalardan foydalanish; xom ashyoni saqlash va dastlabki transportda tashish va (yoki) sanoat usulida qayta ishlashga tayyorlash uchun zarur obyektlarni joylashtirish.

4.1.1

Foydali qazilmalarni yopiq (shaxtalar, quduqlar) usulda qazib olish

Foydali qazilmalarni yopiq (shaxtalar, quduqlar) usulda qazib olish; foydali qazilmalarni kavlab olish maqsadida yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va obyektlarni, shu jumladan yerosti obyektlarini joylashtirish; texnogen mineral hosilalardan foydalanish; xom ashyoni saqlash va dastlabki transportda tashish va (yoki) sanoat usulida qayta ishlashga tayyorlash uchun zarur obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.1.2.1 — 4.1.2.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

4.1.2

Foydali qazilmalarni shaxta usulida qazib olish

Foydali qazilmalarni shaxta usulida qazib olish; foydali qazilmalarni kavlab olish maqsadida yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va obyektlarni, shu jumladan yerosti obyektlarini joylashtirish; texnogen mineral hosilalardan foydalanish; xom ashyoni saqlash va dastlabki transportda tashish va (yoki) sanoat usulida qayga ishlashga tayyorlash uchun zarur obyektlarni joylashtirish.

4.1.2.1

Foydali qazilmalarni shaxta usulida, shaxta-quduq usulida qazib olish

Foydali qazilmalarni shaxta, shaxta-quduq usullarida qazib olish; foydali qazilmalarni kavlab olish maqsadida yer qaʼri uchastkalarini geologik jihatdan oʻrganish va obyektlarni, shu jumladan yerosti obyektlarini joylashtirish; texnogen mineral hosilalardan foydalanish; xom ashyoni saqlash va dastlabki transportda tashish va (yoki) sanoat usulida qayta ishlashga tayyorlash uchun zarur obyektlarni joylashtirish.

4.1.2.2

Oltin izlovchilar usulida kavlab olish

Yer qaʼri uchastkalaridan, shu jumladan sochma oltin konlaridan qimmatbaho metallarni nosanoat usulda kavlab olish;

xom ashyoni saqlash va dastlabki transportda tashish va (yoki) sanoat usulida qayta ishlashga tayyorlash uchun kapital qurilish boʻlmagan zarur obyektlarni joylashtirish.

4.1.3

I — III xavflilik klassining sanoat obyektlari

Sanitariya-himoya zonalari oʻrnatilishi nazarda tutilgan sanoat va energetika obyektlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.2.1 — 4.2.8 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

4.2

Ogʻir sanoat

Togʻ-boyitish va togʻ-qayta ishlash, metallurgiya, mashinasozlik sanoati, shuningdek kemasozlik, aviasozlik, vagonsozlik, avtomobilsozlik sanoati obyektlarini, shuningdek shunga oʻxshash, foydalanish uchun qoʻriqlash yoki sanitariya-himoya zonalari oʻrnatish nazarda tutiladigan boshqa sanoat korxonalarini joylashtirish, sanoat obyekti ruxsat etilgan foydalanishning boshqa turiga kiritilgan holatlar bundan mustasno.

4.2.1

Neft-kimyo sanoati

Uglevodorod xom ashyosini qayta ishlash, oʻgʻitlar, polimerlar, maishiy kimyo mahsulotlarini tayyorlash uchun moʻljallangan obyektlarni, shu jumladan boshqa shu kabi sanoat korxonalarini joylashtirish.

4.2.2

Sellyuloza-qogʻoz sanoati

Sellyuloza qogʻoz ishlab chiqarish, sellyuloza, yogʻoch, qogʻoz, karton va ulardan buyumlarni ishlab chiqarish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

4.2.3

Farmatsevtika sanoati

Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi uchun moʻljallangan obyektlarni, shu jumladan qoʻriqlash yoki sanitariya-himoya zonalarini oʻrnatish nazarda tutilgan obyektlarni joylashtirish.

4.2.4

Qurilish sanoati

Boshqa nometall mineral mahsulotlar: qurilish materiallari (gʻisht, arralangan bunyodkorlik materiallari, sement, mahkamlash materiallari), shisha va shishadan buyumlar, farfor va keramika buyumlari, maishiy va qurilish, gaz va santexnika uskunalari, shuningdek duradgorlik va shu kabi boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga moʻljallangan subyektlarni joylashtirish.

4.2.5

Yengil sanoat

Toʻqimachilik, elektron sanoat uchun moʻljallangan va boshqa sanoat guruhlariga kiritilmagan obyektlarni joylashtirish.

4.2.6

Oziq-ovqat sanoati

Oziq ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boshqa mahsulotga qayta ishlanishiga olib keladigan usulda qayta ishlash boʻyicha (konservalash, dudlash, non yopish), shu jumladan ichimliklar, alkogol ichimliklari va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish uchun obyektlarni joylashtirish.

4.2.7

Poligrafiya sanoati

Nashriyot va matlubot faoliyati, yozib olingan axborotni koʻpaytirish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

4.2.8

Energetika

Atom energetikasi, gidroenergetika, issiqlik stansiyalari va boshqa elektr stansiyalaridan foydalanish obyektlarini joylashtirish, elektr stansiyalariga nisbatan xizmat koʻrsatuvchi va qoʻshimcha inshootlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.3.1 — 4.3.3 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

4.3

Atom energetikasi

Atom energiyasidan, shu jumladan atom stansiyalari, yadroviy qurilmalardan foydalanish obyektlarini (ilmiy maqsadlarda yaratiladiganlar bundan mustasno), yadro materiallari va radioaktiv moddalarni saqlash punktlarini joylashtirish; elektr stansiyalariga nisbatan xizmat koʻrsatuvchi va qoʻshimcha inshootlarni joylashtirish; atom elektr stansiyalariga xizmat koʻrsatadigan elektr tarmogʻi xoʻjaligi obyektlarini joylashtirish.

4.3.1

Gidroenergetika

Elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan gidroenergetika obyektlarini va gidrotexnik inshootlarni joylashtirish.

4.3.2

Issiqlik va boshqa elektr stansiyalari

Issiqlik stansiyalari, quyosh, shamol va boshqa elektr stansiyalarini joylashtirish, elektr stansiyalariga xizmat koʻrsatuvchi va ularga qushimcha inshootlarni joylashtirish, bundan 1.7, 4.3.1, 4.3.2, 4.4.3 kodli obyektlar mustasno.

4.3.3

IV-V xavflilik guruhiga mansub sanoat obyektlari, boshqa ishlab chiqarish, ishlab chiqarish-omborxona, taʼmirlash obyektlari va boshqa obyektlar, kommunal xizmat koʻrsatish obyektlari

Buyumlar va mahsulotlarni sanoat usulida tayyorlash uchun xavfsiz obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.4.1 — 4.4.5 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

4.4

Ishlab chiqarish, ishlab chiqarish-omborxona obyektlari, bundan kommunal xizmat koʻrsatish obyektlari mustasno

Ishlab chiqarish, ishlab chiqarish-omborxona, qoʻshimcha, taʼmirlash obyektlari va boshqa obyektlarni joylashtirish, bundan 4.4.2 kodli kommunal xizmat koʻrsatish obyektlari mustasno.

4.4.1

Kommunal xizmat koʻrsatish obyektlari

Jismoniy va yuridik shaxslarni kommunal xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida kommunal xizmat koʻrsatish obyektlarini joylashtirish, bundan 4.4.3 kodli muhandis-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari mustasno.

4.4.2

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi obyektlari

Muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasining magistral aloqa obyektlarini joylashtirish — kabelli, havo elektr oʻtkazish va aloqa liniyalari, suv, gaz, issiqlik quvurlari va taʼminoti tarmoqlari, kanalizatsiya quvurlari va ular bilan bogʻlangan qurilmalar (transformatorli, taqsimlovchi podstansiyalar, regeneratsiya va kuchaytirish punktlari, lokal tozalash inshootlari, gazni boshqaruvchi punktlar va boshqalar).

4.4.3

Telekommunikatsiyalar tarmoqlari obyektlari

Telekommunikatsiya infratuzilmasi, tarmoqlari, vositalari, qurilmalari, bino va Inshootlarini (telekommunikatsiya tarmoqlari kabel liniyalarni, optik aloqa, simli aloqa, radiorele aloqa, mobil aloqa, yoʻldoshli aloqa, radioeshittirish, televideniye obyektlarini, antenna-machta xoʻjaligini, shu jumladan antenna maydonlarini, minoralar, machtalar, kosmik aloqa antennalari, mobil aloqa tayanch stansiyalari va boshqalarni) joylashtirish.

4.4.4

Axborot texnologiyalari obyektlari

Axborot texnologiyalari infratuzilmasi obyektlarini (maʼlumotlar markazlari, IT-parklar, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari, maʼlumot markazlarini va boshqalarni) joylashtirish.

4.4.5

Omborxonaga moʻljallangan obyektlar

Ishlab chiqarish majmualarining qismi boʻlmagan, shu ishlab chiqarish majmualarda yaratilgan yuklarni vaqtincha saqlash, taqsimlash va qayta ortish obyektlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 4.5.1 — 4.5.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

4.5

Omborlar va omborxona maydonlari

Ishlab chiqarish majmualarining qismi boʻlmagan, shu ishlab chiqarish majmualarda yaratilgan yuklarni vaqtincha saqlash, taqsimlash va qayta yuklash vazifasini bajaruvchi obyektlarni (neft va gaz saqlash joylari bundan mustasno): sanoat bazalari, omborlar, yuk ortish terminallari va doklar, elevatorlar va oziq-ovqat mahsulotlari omborlari, temir yoʻl qayta yuklash omborlari, ochiq havoda vaqtincha saqlash, taqsimlash va qayta yuklash omborlarini joylashtirish.

4.5.1

Neft-gazni saqlash joylari

Ishlab chiqarish majmualarining qismi boʻlmagan neft saqlash joylari va neft quyish stansiyalari, gaz saqlash joylari va ularga xizmat koʻrsatuvchi gazokondensat va gaz haydash stansiyalari.

4.5.2

Ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati

Texnologik, sanoat, agrosanoat parklari, biznes-inkubatorlarni joylashtirish.

4.6

Maxsus ishlab chiqarish faoliyati

Ishlab chiqarish va isteʼmol chiqindilarini, tibbiy chiqindilarni, biologik chiqindilarni, radioaktiv chiqindilarni, ozon qatlamini parchalaydigan moddalarni joylashtirish, saqlash, koʻmish, yoʻq qilish, toʻplash, qayta ishlash, zararsizlantirish, shuningdek chiqindilarni joylashtirish, shunday chiqindilarni koʻmish, saqlash, zararsizlantirish obyektlarini (qironxonalar, axlat yoqish va axlatni qayta ishlash zavodlari, maishiy axlat va chiqindilarni koʻmish va saralash poligonlari, ikkilamchi qayta ishlash uchun narsalarni yigʻish joylarini) joylashtirish.

4.7

Chiqindilarni toʻplash va qayta ishlash

Chiqindilarni toʻplash, vaqtincha saqlash, saralash, qayta ishlash va yoʻq qilish bilan bogʻliq obyektlarni joylashtirish, bundan 4.7.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turidagi poligonlar mustasno

4.7.1

Poligonlar

Chiqindilarni, shu jumladan atrof muhit va insonlar sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan chiqindilarni jamlash, yoʻq qilish va zararsizlantirish uchun maydonlarni joylashtirish.

4.7.2

Transport

Odamlarni yoki yuklarni tashish yoki moddalarni uzatish uchun foydalaniladigan turli xildagi qatnov yoʻllari va inshootlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 5.1 — 5.8 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

5.0

Temir yoʻl transporti

Temir yoʻl transporti obyektlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 5.1.1 — 5.1.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

5.1

Temir yoʻllarni tartibga solish

Temir yoʻllar, ogohlantiruvchi va ushlab qoluvchi boshi berk va temir yoʻl kirish-chiqish yoʻllarini, temir yoʻl transportining koʻprik va boshqa inshootlarini, shu jumladan chiqaruvchi temir yoʻl polosalarini joylashtirish.

5.1.1

Temir yoʻl transporti obyektlari (bundan temir yoʻl yoʻllari mustasno)

Yuklar va yoʻlovchilarni tashishga, yuklash-tushirish ishlarini olib borishga, temir yoʻl transportini taʼmirlash va unga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan binolar va inshootlarni joylashtirish.

5.1.2

Avtomobil transporti

Avtomobil transporti obyektlarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 5.2.1 — 5.2.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

5.2

Avtomobil yoʻllarini tartibga solish

Avtomobil yoʻllari, ular bilan texnik bogʻlangan inshootlar, chiqarish polosalari va yoʻl oldi polosalarini, yuklar va yoʻlovchilarni tashishni taʼminlaydigan transport vositalarining turish joylarini, shuningdek koʻcha-yoʻl tarmogʻining boshqa obyektlarini, shu jumladan yoʻlovchilar yoʻlaklari, bulvarlar, maydonlar, avtomobil oʻtish joylari, veloyoʻlaklar va hokazolarni joylashtirish.

5.2.1

Avtomobil transporti obyektlari (bundan avtomobil yoʻllari mustasno)

Yuklar va yoʻlovchilarni tashishga, yuklash-tushirish ishlarini olib borishga, avtomobil transportini taʼmirlash va xizmat koʻrsatishga moʻljallangan bino va inshootlarni joylashtirish.

5.2.2

Suv transporti

Suv transporti obyektlarini, shu jumladan suv yoʻllari, bandargohlar, prichallar, pristanlar, gidrotexnik inshootlar, navigatsiya uskunalari hamda kemasozlik va suvda tashuvlar, suv transportiga yoqilgʻi quyishni taʼminlash uchun zarur boshqa obyektlarni joylashtirish.

5.3

Havo transporti

Aerodromlar va aeroportlar, vertolyot maydonchalari (vertodromlar)ni joylashtirish, ular hududlarini obodonlashtirish va saqlash, parvozlarni radiotexnik taʼminotini hamda havo kemalarining havoga koʻtarilishi va qoʻnishi uchun zarur boshqa obyektlarni joylashtirish.

5.4

Shahar elektr transporti

Yoʻlovchilarni tashish, shahar elektr transportini (tramvaylar, trolleybuslarni) taʼmirlash va xizmat koʻrsatishga moʻljallangan obyektlarni, shuningdek ajratilgan mintaqalarini joylashtirish.

5.5

Metropoliten

Metropolitendan foydalanish uchun zarur obyektlarni, shu jumladan metropolitenning yer osti yoʻllari, yoʻlovchi olish stansiyalari, yoʻlovchilar uchun stansiyadan stansiyaga oʻtish yoʻllari, elektr depo, ventilyatsiya shaxtalarini joylashtirish.

5.6

Dor yoʻl obyektlari

Dor yoʻl obyektlarini, funikulerlarni, shu jumladan ajratilgan mintaqalarini, dor yoʻllari tayanch inshootlari va stansiyalari va funikulerlar egallagan uchastkalarni joylashtirish.

5.7

Quvur transporti

Magistral neft quvurlari, suv quvurlari, gaz quvurlari va boshqa quvurlarni, shuningdek ushbu quvurlardan foydalanish uchun zarur boshqa binolar va inshootlarni joylashtirish.

5.8

Ijtimoiy va jamoaviy foydalanish

Inson va jamiyatning ijtimoiy va maʼnaviy ehtiyojlari qoniqtirilishini taʼminlash maqsadida obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 6.1 — 6.10 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

6.0

Sogʻliqni saqlash

Tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 6.1.1 — 6.1.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

6.1

Ambulatoriya-poliklinika xizmatini koʻrsatish

Fuqarolarga ambulatoriya-poliklinika xizmatini koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlarni (poliklinikalar, feldsherlik punktlari, sogʻliqni saqlash punktlari, ona va bola markazlari, diagnostika markazlari, sut mahsulotlari oshxonalari, qon donorligi stansiyalari, klinik laboratoriyalarni) joylashtirish.

6.1.1

Statsionar tibbiy xizmat koʻrsatish

Fuqarolarga statsionarlarda tibbiy yordam koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlarni (shifoxonalar, tugʻruqxonalar, dispanserlar, ilmiy-tibbiyot muassasalari va statsionarda davolash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan boshqa obyektlarni) joylashtirish; tez yordam stansiyalarini joylashtirish.

6.1.2

Veterinariya xizmati

Veterinariya xizmatlarini koʻrsatish, qishloq xoʻjaligi hayvonlari toifasiga kirmaydigan jonivorlarni saqlash yoki koʻpaytirish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 6.2.1 — 6.2.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

6.2

Ambulatoriya veterinariya xizmati

Hayvonlarni saqlamasdan veterinariya xizmatlarini koʻrsatishga moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

6.2.1

Hayvonlar uchun boshpanalar

Statsionarda veterinariya xizmatlarini koʻrsatishga moʻljallangan obyektlarni joylashtirish; qishloq xoʻjaligi hayvonlari toifasiga kirmaydigan jonivorlarni saqlash, koʻpaytirish, boshpanasiz hayvonlarni saqlash va davolash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish; hayvonlar uchun mehmonxonalarni tashkil qilish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

6.2.2

Taʼlim va ilm-fan

Taʼlim, tarbiya va ilmiy faoliyatni taʼminlash uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 6.3.1 — 6.3.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

6.3

Taʼlim

Maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish, bundan diniy taʼlim muassasalari mustasno;

6.3.1

Ilmiy faoliyat

Fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy izlanishlar, ishlanmalar va tajribalarni olib borish uchun, shuningdek ilmiy faoliyatni taʼminlash uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

6.3.2

Madaniy rivojlanish

Madaniy-xordir chiqarish, tarixiy-madaniy va shunga qushimcha faoliyat uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 6.4.1 — 6.4.4 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

6.4

Madaniy hordiq chiqarish faoliyati

Madaniyat uylari, madaniy markazlari, badiiy galereyalar, muzeylar, kutubxonalar, planetariylar, konsert zallari, hordiq chiqarish markazlari, diskotekalar, teatrlar, kinoteatrlar, akvaparklar, boulinglar, attraksionlar va hokazolarni joylashtirish.

6.4.1

Tarixiy-madaniy faoliyat

Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish.

6.4.2

Madaniyat va dam olish xiyobonlari

Madaniyat va dam olish xiyobonlarini joylashtirish.

6.4.3

Sirklar va hayvonlar saqlanadigan joy

Sirklar, hayvonot bogʻlarini, hayvonlar saqlanadigan joyni, okeanariumlar, joylashtirish va yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash boʻyicha qoʻshimcha faoliyat turlarini amalga oshirish uchun bino va inshootlarni joylashtirish.

6.4.4

Diniy maqsadlarda foydalanish

Diniy maqsadlarda foydalaniladigan binolar va inshootlarni joylashtirish, shu jumladan diniy boshqarish va diniy taʼlim.

6.5

Davlat va jamoat boshqaruvi

Ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqaruv organlari, diplomatik vakolatxonalar, jamoat tashkilotlari obyektlarini shuningdek, bevosita ularning faoliyatini taʼminlaydigan yoki davlat xizmatlarni koʻrsatadigan tashkilotlarni joylashtirish.

6.6

Ijtimoiy xizmat koʻrsatish uylari

Qariyalar uylari, goʻdak uylari, internat-uylari, bolalar uylari, boshpanasizlar uchun tunash joylarini tashkil qilish uchun, shuningdek majburiy koʻchmanchilar va qochoqlarni vaqtincha joylashtirish uchun moʻljallangan obyektlarni joylashtirish.

6.7

Ijtimoiy yordam koʻrsatish

Nodavlat notijorat tashkilotlari: jamoat fondlar, birlashmalar, muassasalar va hokazolarni joylashtirish.

6.8

Hududni obodonlashtirish

Manzarali, texnik, rejaviy, konstruktiv qurilmalarni, koʻkalamzorlashtirish elementlarini, uskunalar va pardozlashning turli xillarini, hududni obodonlashtirishning tarkibiy qismi sifatida qoʻllaniladigan kichik meʼmoriy shakllarni, nokapital nostatsionar qurilmalar va inshootlarni, axborot taxtalari va koʻrsatkichlarni, jamoat hojatxonalarini joylashtirish.

6.9

Marosimlar oʻtkazish faoliyati

Qabristonlar, krematoriylar va dafn etish joylarini joylashtirish; dafn etish uchun moʻljallangan tegishli bino va inshootlarni joylashtirish.

6.10

Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya

Tabiiy obyektlar, shahar daraxtzorlari va xiyobonlarni saqlash, oʻrganish va parvarishlash, tabiiy hududlarni muhofaza qilish. Sport, jismoniy tarbiya, dam olish va turizm, ov qilish, baliq ovi va boshqa faoliyat uchun joylarni tashkil qilish. Sanatoriy-kurort faoliyati. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 7.1. — 7.4 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

7.0

Tabiiy hududlarni muhofaza qilish

Davlat qoʻriqxonalari, majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalarini, tabiat bogʻlari va pitomniklarni, davlat tabiat yodgorliklarini, muhofaza etiladigan landshaftlarni, ayrim tabiiy obyektlar hamda majmualarni, ayrim tabiiy resurslarni boshqarish uchun moʻljallangan hududlarni, davlat biosfera rezervatlarini saqlab qolish, takror koʻpaytirish va tiklash.

7.1

Sport bilan shugʻullanish va sport tadbirlarini oʻtkazishni taʼminlash

Sport bilan shugʻullanish obyektlarini joylashtirish. Ochiq havoda jismoniy tarbiya va sport bilan, shu jumladan suv sporti bilan shugʻullanish uchun maydonlarni (prichallar va sportning suv turi va tegishli anjomlarni saqlash uchun zarur inshootlarni) joylashtirish. Tomoshabinlar uchun maxsus joylari boʻlgan sport binolari va inshootlarini, shuningdek ippodromlar, golf uchun maydonlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 7.2.1. — 7.2.2. kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

7.2

Yopiq joyda sport bilan shugʻullanishni taʼminlash

Binolar va inshootlarda sport klublari, sport zallari, basseynlar, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish majmualarini (sport saroylari, stadionlar, yaxt-klublar va hokazo) joylashtirish.

7.2.1

Sport bilan shugʻullanish maydonchalari

Ochiq havoda sport va jismoniy tarbiya bilan shugʻullanish uchun maydonlarni (jismoniy tarbiya maydonchalari, yugurish yoʻlaklari, sport oʻyinlari uchun maydonlar, tennis kortlari, avtodromlar, motodromlar, tramplinlar, trassalar, sport oʻq otish, ochiq ippodromlar, golf uchun maydonlarni va hokazo), tegishli anjomlarni saqlash, yaxtalar, qayiqlar va boshqa kichik oʻlchamli kemalarni, sport tadbirlarida foydalaniladigan hayvonlarni saqlash inshootlarini joylashtirish.

7.2.2

Turistik xizmat koʻrsatish va dam olish joylari

Davolash, ov va baliq ovi joylarini, tabiat bilan tanishtirish uchun boshqa xizmatlarni koʻrsatmaydigan turistik bazalar va dam olish uylarini joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 7.3.1. — 7.3.3. kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

7.3

Turistik xizmat koʻrsatish

Davolash xizmatlarini koʻrsatmaydigan pansionatlar, kempinglar, dam olish uylari va zonalarini joylashtirish; bolalar va sport oromgohlarini, turistik bazalarni joylashtirish.

7.3.1

Tabiiy-bilim olish turizmi

Tabiat bilan tanishish boʻyicha safarlar va ekskursiyalar oʻtkazish, piyoda va otda sayrlar uchun oʻtov va chodirli oromgohlar joylashtirish, soʻqmoq yoʻllar tashkil qilish.

7.3.2

Ov qilish va baliq ovi

Ov qilish va baliq ovlash joylarini tartibga solish, shu jumladan ovchi yoki baliq ovlash uylarini joylashtirish;

hayvonlarning sonini yoki baliq sonini tiklash va saqlash uchun zarur boʻlgan inshootlarni joylashtirish.

7.3.3

Sanatoriy-kurort xizmatini koʻrsatish

Davolash-sogʻlomlashtirishga ixtisoslashtirilgan sanatoriylar va pansionatlarni, kurort faoliyati obyektlarini, shuningdek yordamchi inshootlarni joylashtirish. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 7.4.1. — 7.4.2 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

7.4

Sanatoriylar va profilaktoriylar

Aholini davolash va sogʻlomlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlaydigan sanatoriylar va profilaktoriylarni joylashtirish. Davolash-sogʻlomlashtirish oromgohlarini joylashtirish.

7.4.1

Davolash-sogʻlomlashtirish joylarini tartibga solish

Davolash-sogʻlomlashtirish joylarini, kurortlarni (plyajlar, byuvetlar, shifobaxsh loy olish joylarini) tartibga solish.

7.4.2

Oʻrmonlardan foydalanish

Yogʻoch va yogʻochsiz oʻrmon resurslarini yigʻish, dastlabki qayta ishlash va eksport qilish, oʻrmonlarni muhofaza qilish va tiklash, oʻrmon fondidan ovchilik ehtiyojlari uchun, ilmiy-tadqiqot, madaniy, maʼrifiy va boshqa maqsadlarda foydalanish boʻyicha faoliyat.

8.0

Suv obyektlari

Tabiiy va sunʼiy suv havzalari va suv oqimlari, buloqlar, qor zaxiralari, muzliklar va boshqa suv obyektlari, meliorativ (irrigatsiya) tarmogʻi obyektlari bundan mustasno.

9.0

Gidrotexnika va suv xoʻjaligi inshootlari

Suv obyektlaridan foydalanish va ularni ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʻlgan gidrotexnik va suv xoʻjaligi inshootlarini yer uchastkalarida joylashtirish, 1.1, 4.3.2, 5.3, 7.3 va 7.4 kodlari bilan nazarda tutilgan ruxsat etilgan foydalanish turlari bundan mustasno.

9.1

Mudofaa, xavfsizlik va huquq tartibotni taʼminlash, taqsimlanmagan yerlar, zaxira

Qurolli Kuchlarni tayyorlash va doimiy jangovar va safarbarlik shayligida saqlab turish uchun zarur obyektlarni joylashtirish, Qurolli Kuchlarning shayligini taʼminlashga qaratilgan, harbiy oʻquvlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek huquq tartibotni va jazolarni ijro etish boʻyicha faoliyatni taʼminlash. Ruxsat etilgan foydalanishning ushbu turining tarkibiga 10.1 — 10.5 kodli ruxsat etilgan foydalanish turlari tarkibi kiradi.

10.0

Qurolli Kuchlarni taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tayyorlash va doimiy jangovar va safarbarlik shayligida saqlab turish, shu jumladan harbiy oʻquvlar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun zarur obyektlarni joylashtirish; qurol-aslaha, harbiy texnika va oʻq-dorilarni ishlab chiqish, sinash, taʼmirlash va yoʻq qilish obyektlarini joylashtirish; yer uchastkalarini sinov poligonlari, qurol-aslahani yoʻq qilish va qurol-aslaha yoki oʻq-dorilarni ishlatish, ishlab chiqarish, taʼmirlash yoki yoʻq qilish munosabati bilan yuzaga keladigan chiqindilarni koʻmish joylari sifatida tashkil etish; moddiy qimmatliklar zaxirasini davlat va safarbarlik zaxiralarida tashkil etish va saqlash uchun zarur obyektlarni (saqlash joylari, omborlar va boshqa obyektlarni) joylashtirish.

10.1

Davlat chegarasini qoʻriqlash

Davlat chegarasini muhofaza qilish va qoʻriqlashni taʼminlash y4VN zarur muhandislik-texnika inshootlari va toʻsiqlarini, chegara postlarini, kommunikatsiyalarni va boshqa obyektlarni joylashtirish, chegara oldi mintaqalari boʻylab oʻtkazish, chegara qoʻshinlarini va ularni boshqarish organlari uchun binolarni, shuningdek Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlarini joylashtirish.

10.2

Jazolarni ijro etish boʻyicha faoliyatni taʼminlash

Ozodlikdan mahrum qilish joylarini tashkil qilish uchun obyektlarni (tergov izolyatorlari, qamoqxonalar va hokazo) joylashtirish.

10.3

Jamoat xavfsizligi va huquq tartibotni taʼminlash

Jamoat xavfsizligi va huquq tartibotni taʼminlash, tabiiy va favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun obyektlarni joylashtirish.

10.4

Zaxira

Xoʻjalik faoliyatining yoʻqligi.

10.5

II. FOYDALANISH MAQSADLARI BOʻYICHA KAPITAL QURILISH OBYEKTLARINING KLASSIFIKATORI

(kapital qurilish obyektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq boʻlishi shart)

Kapital qurilish obyektining turi

Kapital qurilish obyekti turining kodi

Qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1

Dehqonchilik mahsulotlari uchun omborxona, issiqxona, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar

1.1

Issiqxonalar va issiqxona xoʻjaliklari

1.1.1

Navli ekinlar va urugʻlarni yetishtirish hamda sotish uchun koʻchatxonalar

1.1.2

Chorvachilik yoʻnalishida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.2

Qishloq xoʻjaligi hayvonlarini saqlash va koʻpaytirish uchun obyektlar

1.2.1

Chorvachilik mahsulotlari va chorva ozuqasini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va saqlash obyektlari

1.2.2

Ipak qurti boqish, saqlash va ipak ishlab chiqarish obyektlari va qurilmalari

1.3

Asalarichilik fermalari

1.4

Baliqchilik yoʻnalishida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.5

Baliq yetishtirish obyektlari (suv yetishtirish) va hovuz (koʻl)lar

1.5.1

Baliq mahsulotlarini dastlabki (birlamchi) qayta ishlash va saqlash obyektlari

1.5.2

Moʻynachilik mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash obyektlari

1.6

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash obyektlari

1.7

Dehqonchilik mahsulotlarini saqlash, saralash, dastlabki (birlamchi) qayta ishlash obyektlari va muzlatkichli omborxonalar

1.7.1

orvachilik va baliqchilik ehtiyojlari uchun ozuqa ishlab chiqarish va saqlash obyektlari

1.7.2

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida foydalanish uchun moʻljallangan obyektlar

1.8

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini qoʻllab-quvvatlash obyektlari (qishloq xoʻjaligi texnikasini toʻxtatish va ularga xizmat koʻrsatish uchun angarlar va garajlar, inventarlarni saqlash)

1.8.1

Yordamchi omborxonalar (pestitsidlar, oʻgʻitlar va boshqalarni saqlash uchun)

1.8.2

Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlar hamda muqobil energiya inshootlari

1.8.3

Laboratoriyalar, naslchilik stansiyalari obyektlari, qishloq xoʻjaligining namunalarini yetishtirish, ilmiy taʼminlash uchun moʻljallangan boshqa obyektlar

1.9

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa obyektlar

1.10

Turar-joy qurilishining obyektlari

2.0

Yakka tartibdagi uy-joylar

2.1.1.1

Dala-hovli uylar

2.1.2.1

Yakka tartibdagi turar-joy va bogʻ uylar qurilishi uchastkalarida yordamchi qurilmalar

2.1.3.1

Birlashtirilgan turar-joy

2.2.1.1

Birlashtirilgan turar-joy qurilishi uchastkalaridagi yordamchi qurilmalar

2.2.2.1

Kam qavatli koʻp kvartirali turar-joy uylar

2.3.1.1

Oʻrtacha qavatli koʻp kvartirali turar-joy uylar

2.3.2.1

Koʻp qavatli koʻp kvartirali turar-joy uylar

2.3.3.1

Baland koʻp kvartirali turar-joy uylar

2.3.4.1

Kvartiralar

2.3.5.1

Koʻp xonadonli turar-joy binolarida joylashgan avtotransport vositalari uchun garajlar va saqlash joylari

2.4.1.1

Koʻp xonadonli turar-joy qurilishi chegaralarida joylashgan avtotransport vositalarini saqlash uchun ochiq joylar

2.4.2.1

Uy-joy qurilishiga xizmat koʻrsatish obyektlari (sport va bolalar maydonchalarini, xoʻjalik qurilmalarini, dam olish maydonchalarini va hokazolarni jihozlash)

2.5.1

Biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar koʻrsatish obyektlari

3.0

Maʼmuriy va ofis binolari va xonalari, biznes-markazlari

3.1.1.1

Moliya-kredit va sugʻurta tashkilotlarining obyektlari

3.1.2.1

Bozor binosi

3.2.1.1

Savdo markazlari va majmualari binolari

3.2. 1.2

Alkogol ichimliklar sotadigan doʻkonlari va dorixonalardan tashqari doʻkonlar

3.2.1.3.1

Alkogol ichimliklar sotadigan doʻkonlar

3.2.1.3.2

Dorixonalar

3.2.1.3.3

Avtosalonlar

3.2.1.3.4

Ixtisoslashgan doʻkonlar

3.2.1.3.5

Umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, choyxona, bar va boshqalar)

3.2.2.1

Umumiy hammom, dush va saunalar

3.2.3.1

Xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari (sartaroshlar, goʻzallik va massaj salonlari, kiyimlarni taʼmirlash va tikish ustaxonalari, maishiy texnikani taʼmirlash, kimyoviy tozalash, kir yuvish va boshqalar)

3.2.3.2

Pochta boʻlimlari

3.2.3.3

Koʻrgazma-yarmarka faoliyati obyektlari

3.3.1

Mehmonxonalar

3.4.1

Mehmon uylari, yotoqxonalar

3.4.2

Motellar

3.4.3

Yotoqxonalar

3.4.4

Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan avtotransport vositalarini saqlash uchun binolar va inshootlar

3.5.1

Yoqilgʻi quyish shoxobchalari va majmualarini qurish (AYQSH, gaz quyish shoxobchalari)

3.6.1.1

Avtomobil yuvish binosi (qurilishi)

3.6.2.1

Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi, avtoulovlarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi va shinalarga texnik xizmat koʻrsatish stansiyasining binolari (inshootlari).

3.6.2.2

Ishlab chiqarish faoliyati obyektlari

4.0

Foydali qazilmalarni qazib olish, dastlabki qayta ishlash va boyitish uchun moʻljallangan binolar

4.1.1

Birlamchi tashish uchun xom ashyoni tayyorlash uchun moʻljallangan binolar, konning boshqa sanoat binolari

4.1.2

Foydali qazilmalarni qayta ishlash, metall boʻlmagan materiallar, qora va rangli metallar, qotishmalar, prokat va boshqa shunga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.1.1

Mashina asboblari, dastgohlar, asboblar, yigʻishlar, qismlar va boshqa shunga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.1.2

Uglevodorod xomashyosini ishlab chiqarish, qayta ishlash va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.2.1

Oʻgʻitlar, polimerlar, kimyoviy moddalarni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.2.2

Pulpa, yogʻoch xamiri, qogʻoz, karton va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.3.1

Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.4.1

Qurilish materiallari va buyumlari, yogʻoch, mebel, shisha idishlar, chinni va fayans va boshqa shunga oʻxshash mahsulotlarni ishlab chiqarish va saqlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.5.1

Toʻqimachilik, tikuvchilik va trikotaj, charm va poyabzal, moʻyna. shuningdek, boshqa yengil sanoat binolari

4.2.6.1

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini boshqa mahsulotga qayta ishlanishiga olib keladigan usulda qayta ishlash boʻyicha (konservalash, dudlash, non yopish), shu jumladan ichimliklar, alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, shuningdek dori-darmonlar, tibbiy boʻlmagan preparatlar, mahsulotlar ishlab chiqarishga olib keladigan tarzda qayta ishlash uchun moʻljallangan binolar, oziq-ovqat xomashyosidan, ozuqa va boshqa turdagi mahsulotlardan, shuningdek, mahsulotlarni saqlash

4.2.7.1.

Nashriyot va poligrafiya faoliyati, yozib olingan ommaviy axborot vositalarini takrorlash uchun moʻljallangan binolar

4.2.8.1

Atom energetika obyektlarining binolari (atom elektr stansiyalari, yordamchi binolar, shu jumladan radioaktiv materiallarni saqlash uchun moʻljallangan binolar)

4.3.1.1

Gidroenergetika inshootlari va yordamchi binolar va inshootlarni joylashtirish uchun zarur boʻlgan binolar

4.3.2.1

Issiqlik elektr stansiyalari va boshqa elektr stansiyalarini joylashtirish, elektr va issiqlik energiyasi uchun xizmat va yordamchi binolarni joylashtirish uchun zarur boʻlgan binolar, kommunal infratuzilma obyektlari bundan mustasno

4.3.3.1

Zargarlik buyumlari, sanʼat buyumlari ishlab chiqarish uchun moʻljallangan binolar

4.4.1.1

Foto va kino sanoati binolari (kinostudiyalar, kinonusxalash zavodlari, fotokombinatlar, fotolaboratoriyalar va shu kabi boshqa korxonalar)

4.4.1.2

Sanoatning boshqa tarmoqlari uchun moʻljallangan binolar (musiqa asboblari, oʻyinchoqlar, suvenirlar va boshqa ishlab chiqarishlar)

4.4.1.3

Kommunal infratuzilma binolari (qozonxonalar, nasos stansiyalari, transformator xonalari, taqsimlash xonalari, boshqaruv xonalari, asbob-uskunalar xonalari, tozalash inshootlari va boshqa kommunal xizmatlar binolari)

4.4.2.1

Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasining magistral tarmoqlarini qurish (kabelli, havo elektr oʻtkazish va aloqa liniyalari, suv, gaz, issiqlik quvurlari va taʼminoti tarmoqlari, kanalizatsiya quvurlari va ular bilan bogʻlangan qurilmalar (transformatorli, taqsimlovchi podstansiyalar, regeneratsiya va kuchaytirish punktlari, lokal tozalash inshootlari, gazni boshqaruvchi punktlar va boshqalar))

4.4.3.1

Alohida yer uchastkasini ajratishni talab qiluvchi antenna-machta inshootlari (antenna maydonlari, minoralar, machtalar, kosmik aloqa antennalari, mobil aloqa tayanch stansiyalari va boshqalar)

4.4.4.1

Maʼlumotlar markazlari, IT-parklar, maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari-maʼlumot markazlarining binolari

4.4.5.I

Logistika markazlari va terminallar binolari

4.5.1.1

Ishlab chiqarish majmuasiga kirmaydigan ombor binolari

4.5.1.2

Sanoat majmualari tarkibiga kirmaydigan neft omborlari va neft quyish stansiyalari, gaz omborlari hamda ularga xizmat koʻrsatuvchi gaz kondensati va gaz nasos stansiyalarining choʻzilmalari

4.5.2.1

Ilmiy tadqiqotlar va tadqiqotlar, sanoat namunalarini sinovdan oʻtkazish uchun moʻljallangan binolar (konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish institutlari, laboratoriya va shunga oʻxshash boshqa binolar)

4.6.1

Tibbiy, biologik, radioaktiv va boshqa chiqindilarni joylashtirish, saqlash, yoʻq qilish, toʻplash, qayta ishlash, zararsizlantirish uchun moʻljallangan binolar (shu jumladan chiqindilarni yoqish va qayta ishlash korxonalari, chiqindilarni saralash, qayta ishlash uchun binolar).

4.7.1.1

Transport obyektlari

5.0

Temir yoʻllar

5.1.1

Temir yoʻl transporti obyektlari (vokzallar, stansiyalar, vestibyullar, depolar va temir yoʻl transportiga xizmat koʻrsatish uchun boshqa obyektlar)

5.1.2

Avtomobil yoʻllari

5.2.1

Umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti obyektlari (avtovokzallar, avtostansiyalar, oraliq bekatlar, avtobus, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar hamda jamoat transportiga xizmat koʻrsatishning boshqa obyektlari)

5.2.2

Suv transporti obyektlari (ichki suv yoʻllari obyektlari, portlar, toʻxtash joylari, estakadalar, gidrotexnik inshootlar, navigatsiya uskunalari va suv transportini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa obyektlar, yonilgʻi quyish suv transportini saqlash obyektlari)

5.3.1

Havo transporti obyektlari (aeroportlar, aerodromlar, vertolyotlar, aviatsiya texnikasini saqlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun binolar)

5.4.1

Yoʻlovchilarni tashish va ularga xizmat koʻrsatish, shahar elektr transportini taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlar

5.5.1

Yer usti va yer osti metro yoʻllari

5.6.1

Metropoliten obyektlari (yer usti va yer osti metro stansiyalari, elektr omborlari va tunnellar)

5.6.2

Dor yoʻllarining ishlashi, yoʻlovchilarni chiqarish va tushirish uchun zarur boʻlgan binolar

5.7.1

Magistral neft quvurlari, suv quvurlari, gaz quvurlari va boshqa quvurlar

5.8.1

Magistral quvurlarni ishlatish uchun zarur boʻlgan binolar (kompressor, nasos, neft nasos stansiyalari va boshqalar)

5.8.2

Jamoat va ijtimoiy foydalanish obyektlari

6.0

Ambulatoriya-poliklinika xizmatini koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlarni (poliklinikalar, feldsher punktlari, ona va bola markazlari, diagnostika markazlari, qon topshirish punktlari, klinik laboratoriyalarni va boshqalar)

6.1.1

Statsionar tibbiy xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlarni (kasalxonalar, tugʻruqxonalar, ilmiy va tibbiy muassasalarni va boshqalar)

6.1.2

Boshqa sogʻliqni saqlash obyektlari (shu jumladan tez tibbiy yordam stansiyalari binolari)

6.1.3

Hayvonlarni saqlamasdan veterinariya xizmatlarini koʻrsatish uchun moʻljallangan obyektlar

6.2.1

Mehmonxonalar va hayvonlar uchun boshpana binolari, qishloq xoʻjaligiga tegishli boʻlmagan hayvonlarni saqlash, koʻpaytirish uchun moʻljallangan obyektlar

6.2.2

Maktabgacha taʼlim va tarbiya obyektlari

6.3.1.1

Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi obyektlari

6.3.1.2

Qoʻshimcha va oliy taʼlim obyektlari, shu jumladan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish obyektlari

6.3.1.3

Fundamental va amaliy tadqiqotlar, ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar va sinovlar, shuningdek ilmiy faoliyat uchun moʻljallangan obyektlar

6.3.2.1

Madaniy obyektlar (badiiy galereyalar, muzeylar, kutubxonalar, madaniyat markazlari, planetariylar va boshqalar binolari)

6.4.1.1

Dam olish maskanlari (madaniyat uylari, konsert zallari, diskotekalar, dam olish markazlari, teatrlar, kinoteatrlar va boshqalar binolari)

6.4.2.1

Tarixiy binolar va madaniyat yodgorliklari inshootlari

6.4.3.1

Sirklarni, hayvonlar saqlanadigan joyni, hayvonot bogʻlarini, okeanariylarni joylashtirish va yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda saqlash boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish uchun binolar va inshootlar

6.4.4.1

Diniy va ibodatxonalar binolari (masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, kostellar, soborlar, minoralar va boshqalar)

6.5.1

Diniy taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan obyektlar (madrasalar, yakshanba maktablari va boshqalar)

6.5.2

Ijro etuvchi, qonun chiqaruvchi va sud hokimiyati organlari, davlat boshqaruv organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqaruv organlari va ularning faoliyatini taʼminlovchi tashkilotlarni joylashtirish obyektlari

6.6.1

Siyosiy partiyalar, kasb-hunar va tarmoq kasaba uyushmalarining boshqaruv organlarini joylashtirish obyektlari

6.6.2

Diplomatik va savdo vakolatxonalari, konsulliklarni joylashtirish uchun obyektlar

6.6.3

Qariyalar va nogironlar uylari, maktab-internatlar, mehribonlik uylari, boshpanasizlar uchun turar joy markazlari, ichki koʻchirilganlar va qochqinlarni vaqtincha joylashtirish punktlari

6.7.1

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan ijtimoiy va jamoat sohasi obyektlari

6.8.1

Hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchun zarur boʻlgan obyektlar, inventarlarni saqlash, landshaft bogʻdorchilik inshootlari binolari

6.9.1

Daromad olish uchun moʻljallangan hududni obodonlashtirish obyektlari (koʻngilochar, jamoat bogʻlari, dam olish maskanlari, shu jumladan kassa binolari, inventarlarni ijaraga berish va boshqalar)

6.9.2

Dafn etish va motam marosimlarini oʻtkazish uchun moʻljallangan bino va inshootlar

6.10.1

Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish va rekreatsiya obyektlari

7.0

Qoʻriqxonalar, kompleks (landshaft) va biologik qoʻriqxonalar, pitomniklar, bogʻlar, hududlar, botanika bogʻlari, davlat biosfera rezervatlari va tabiat yodgorliklari chegaralarida joylashgan obyektlar, shuningdek alohida tabiiy resurslarni boshqarish, alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni muhofaza qilish, koʻpaytirish va tiklash uchun zarur boʻlgan obyektlar

7.1.1

Sport, jismoniy madaniyat va salomatlik majmualari, fitnes markazlari, stadionlar, ippodromlar, stendlar bilan jihozlangan yopiq basseynlar

7.2.1

Sport zallari va klublari, otishma galereyalari va stendlar bilan jihozlanmagan boshqa sport inshootlari

7.2.2

Sport anjomlarini saqlash, yaxtalar, qayiqlar va boshqa kichik kemalarni saqlash va ularga texnik xizmat koʻrsatish, sport musobaqalarida ishlatiladigan hayvonlarni saqlash uchun inshootlar

7.2.3

Davolash xizmati koʻrsatilmaydigan pansionatlar, dam olish uylari binolari

7.3.1.1

Bolalar salomatligi, sport, oilaviy oromgohlar uchun binolar

7.3.2.1

Dam olish maskanlari, turistik bazalar, ovchilar va baliqchilar uylari va boshqa binolar

7.3.3.1

Davolash-sogʻlomlashtirishga ixtisoslashtirilgan sanatoriylar, dispanserlar va pansionatlar binolari

7.4.1.1

Oʻrmonlardan foydalanish va koʻpaytirish uchun zarur boʻlgan obyektlar

8.0

Oʻrmonlarni muhofaza qilish, tiklash va oʻrmonlarni koʻpaytirish, oʻrmon xoʻjaligining boshqa ishlarini bajarish uchun zarur boʻlgan obyektlar

8.1.1

Suv inshootlaridan foydalanish uchun zarur boʻlgan inshootlar

9.0

Suv resurslari va obyektlarini oʻrganish, hisobga olish, boshqarish, foydalanish, muhofaza qilish, shuningdek suvning zararli taʼsiriga qarshi kurashish uchun zarur boʻlgan obyektlar

9.1.1

Mudofaa, xavfsizlik va huquq-tartibot obyektlari, boshqa obyektlar

10.0

Harbiy qismlar va ularning boshqaruv organlarini joylashtirish uchun binolar (kazarmalar, shtablar va boshqalar)

10.1.1

Qurol-aslaha, harbiy texnika va oʻq-dorilarni ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish, ishlab chiqarish, taʼmirlash yoki yoʻq qilish, harbiy omborlarni joylashtirish va boshqalar uchun moʻljallangan obyektlar

10.1.2

Bojxona postlari va chegara oʻtkazish — punktlari binolari, Davlat chegarasini tartibga solish uchun zarur boʻlgan boshqa obyektlar

10.2.1

Chegara qoʻshinlarini joylashtirish va ularni boshqarish uchun binolar

10.2.2

Jazolarni ijro etish faoliyatini taʼminlash obyektlari (qamoqxonalar, koloniyalar va boshqalar)

10.3.1

Jamoat xavfsizligi va qonuniylik va tartibni taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqarish obyektlari

10.4.1

Tabiiy va favqulodda vaziyatlarning oldini olish uchun zarur boʻlgan obyektlar (oʻt oʻchirish stansiyalari, qutqaruv xizmati obyektlari, fuqaro muhofazasi, oʻquv markazlari va boshqalar)

10.4.2

Davlat va safarbarlik rezervi obyektlari

10.5.1

Boshqa foydalanish obyektlari

10.5.2

Inshootlar

11.0

Xoʻjalik avtomobil yoʻllari, maydonlar

11.1.1

Ochiq hovuzlar, suv omborlari, hovuzlar, favvoralar

11.1.2

Bunkerlar, fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar

11.1.3

Tarozixona

11.1.4

Uchish-qoʻnish yoʻlaklari, aeroportning taksi yoʻllari, vertolyot maydonchalari

11.1.5

Suv olish inshootlari

11.1.6

Suv minoralari

11.1.7

Sanoat va transport galereyalari

11.1.8

Sovitish minoralari

11.1.9

Dudburon trubalar

11.1.10

Hajmli inshootlar, rezervuarlar, baklar, sisternalar

11.1.11

Temir yoʻl, avtomobil platformalari va qayta yuklagichlar

11.1.12

Temir yoʻl, kran izlari

11.1.13

Kul chiqindixonalari, chiqindixonalari

11.1.14

Kanallar, ariqlar, irrigatsiya va drenaj tizimlari va suvni yetkazib berish yoki tushirish uchun ochiq turdagi boshqa gidrotexnik inshootlar

11.1.15

Quduqlar

11.1.16

Elektr uzatish liniyalari, aloqa liniyalari va havo va kabel liniyalarining boshqa obyektlari

11.1.17

Kichik meʼmoriy shakllar, monumentlar, yodgorliklar, ayvonchalar

11.1.18

Machta inshootlari, tayanchlar, minoralar

11.1.19

Koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar, viaduklar va estakadalar tipidagi inshootlar

11.1.20

Ayvonlar

11.1.21

Minora tipdagi inshootlar, siloslar, sovitish minoralari va suv minoralari bundan mustasno

11.1.22

Toʻsiqlar

11.1.23

Toʻxtash pavilyonlari

11.1.24

Chiqindilarni tozalash inshooti

11.1.25

Toʻgʻonlar, shlyuzlar, baliq oʻtish joylari, baliqlarni himoya qilish va boshqa gidrotexnik inshootlar

11.1.26

Qoʻllab-quvvatlovchi devorlar, seldan, koʻchkidan va boshqa himoya inshootlari

11.1.27

Maishiy va sanoat chiqindilarini yigʻish va yoʻq qilish uchun poligonlar

11.1.28

Pristanlar, bogʻlamlar, qirgʻoqlar, qirgʻoq himoyasi

11.1.29

Quduqlar

11.1.30

Hayvonlar koʻmiladigan joylar, goʻng saqlagichlar, silos xandaqlari

11.1.31

Attraksion inshootlari

11.1.32

Dor yoʻli inshootlari

11.1.33

Metropoliten inshootlari

11.1.34

Savdo binolari (statsionar boʻlmagan savdo pavilyonlari, joylar va boshqalar)

11.1.35

Quvur transporti obyektlari (suv, gaz, issiqlik, neft quvurlari, kanalizatsiya va quvur va kollektor tarmogʻining boshqa obyektlari, shu jumladan texnologik quvurlar)

11.1.36

Radioaktiv chiqindilarni saqlash uchun moʻljallangan obyektlar

11.1.37

Sport inshootlari, plyaj majmualari

11.1.38

Tunnellar, yer osti oʻtish joylari

11.1.39

Shaxtalar

11.1.40

Boshqa inshootlar

11.1.41

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11.0” kod belgisi bilan (maxsus inshootlar bundan mustasno) “Inshootlar” guruhiga kiruvchi kapital qurilish obyektlarining yer uchastkalari chegaralarida ushbu yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirmagan holda joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining matndagi nomi va uning kodi (raqamli belgisi) teng boʻlib hisoblanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 09/25/594/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori (keyingi oʻrinlarda — Yagona klassifikator deb yuritiladi) kuchga kirgunga qadar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom talablari yer fondi toifasini yoki yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari hisobga olingan yer uchastkasi — davlat yer kadastrida mavjud boʻlgan yer uchastkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari — yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan binolar, inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi — yer uchastkasi va unda joylashgan kapital qurilish obyektlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan, qonunchilikda belgilangan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZKAD tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas mulkni hisobga olish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadlarida foydalaniladigan integratsion axborot tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilgari hisobga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining asosiy ruxsat etilgan turini belgilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarida kapital qurilish obyektlari joylashgan yer uchastkalari uchun — ushbu kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalari uchun — ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkalarining foydalanish maqsadiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlmagan va foydalanish maqsadi belgilanmagan yer uchastkalari uchun — shaharsozlikni zonalashtirish hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilgari hisobga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlari uchun-xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlar uchun — ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkalarining foydalanish maqsadiga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini koʻrsatish Yagona klassifikatorga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZKAD tizimiga ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali (keyingi oʻrinlarda — filial deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ilgari qayd etilgan yer uchastkalarining ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash maqsadida uch oy muddatda filial:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda ilgari hisobga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasi bilan birgalikda ilgari hisobga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ilgari hisobga olingan yer uchastkalari roʻyxatlarida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining kadastr raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi yer fondining toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining foydalanish maqsadi (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining umumiy maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasi chegaralarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlsa, har bir yer uchastkasi boʻyicha roʻyxatlarda qoʻshimcha ravishda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida joylashgan kapital qurilish obyektlarining kadastr raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlarining nomlari (foydalanish maqsadlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyekti joylashgan yer uchastkasining umumiy maydoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ilgari hisobga olingan yer uchastkalari roʻyxatlarini shakllantirish natijalari boʻyicha zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda olti oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadi, yer uchastkasining foydalanish maqsadi va shaharsozlikni zonalashtirish hujjatlari talablarini tahlil qilish asosida har bir qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi boʻyicha ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi hududlarning ixtisoslashuvi yoʻnalishlari, qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va yer uchastkalarining foydalanish maqsadlarini tahlil qilish asosida har bir qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasi boʻyicha ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasi chegaralarida kapital qurilish obyektlari joylashgan boʻlsa, kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan Yagona klassifikatorga asosan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini aniqlash natijalariga koʻra tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi va “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi ikki ish kuni ichida idoralararo elektron shaklda yer uchastkalarining va ularda joylashgan kapital qurilish obyektlari tegishli roʻyxatlarini tasdiqlash uchun tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tuman (shahar) hokimligi roʻyxatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida “E-ijara” ATda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Yagona klassifikatorga muvofiq koʻrsatilgan kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari va yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini tegishli roʻyxati ilova qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Filial maʼlumotlarni “E-ijara” AT orqali olgan kundan eʼtiboran uch oy muddatda ilgari hisobga olingan har bir yer uchastkasi va kapital qurilish obyektlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash bilan bogʻliq nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari qayd etilgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

I bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi bilan birgalikda ilgari qayd etilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantiradi.

3 oy ichida

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ilgari hisobga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari roʻyxatini shakllantiradi.

II bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

1. Kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari, yer uchastkasining foydalanish maqsadi va shaharsozlikni zonalashtirish hujjatlari talablarini tahlil qilish asosida har bir qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasi boʻyicha ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi aniqlanadi.

2. Agar kapital qurilish obyektlari yer uchastkasi chegaralarida joylashgan boʻlsa, ularning foydalanish maqsadlari Yagona klassifikatorga muvofiqlashtiriladi.

6 oy ichida

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari

Qishloq xoʻjaligi boʻlimi hududlarning ixtisoslashuvi yoʻnalishlari, qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish va yer uchastkalari boʻyicha foydalanishning maqsadlarini tahlil qilish asosida har bir qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasining ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini aniqlaydi.

III bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Idoralararo elektron hamkorlik orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari va ularda joylashgan kapital qurilish obyektlari roʻyxatini tegishli tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlash uchun yuboradi.

2 ish kuni ichida

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari

Idoralararo elektron hamkorlik orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari va ularda joylashgan kapital qurilish obyektlari roʻyxatini tegishli tuman (shahar) hokimligiga tasdiqlash uchun yuboradi.

IV bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“E-ijara” ATda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini va kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filialiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

VI bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

Ilgari hisobga olingan har bir yer uchastkasi va kapital qurilish obyektlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi.

3 oy ichida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish), meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara huquqida ularga tegishli boʻlgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglament yer fondi toifasini yoki yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash toʻgʻrisida ariza bergan yer uchastkasining huquq egasi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy zona — shaharsozlikning zonalashtirish (yerdan foydalanish va qurilishni amalga oshirish) hujjatlarida ushbu hududlarda joylashgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini, yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining joiz chegaraviy parametrlarini aniqlab beruvchi chegaralar va shaharsozlik reglamentlarini belgilovchi zona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari — yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan binolar, inshootlar, shuningdek qurilishi tugallanmagan obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi — yer uchastkasi va unda joylashgan kapital qurilish obyektlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan, qonunchilikda belgilangan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik reglamenti — hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish koʻrsatkichlari hamda turlarining yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZKAD tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas mulkni hisobga olish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadlarida foydalaniladigan integratsion axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglament Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb yuritiladi) kiritilgan barcha yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi u toʻgʻrisidagi maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilgan kundan boshlab belgilangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP deb yuritiladi) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsan murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) boʻlsa, ariza barcha yer egalarining (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigim summasining 90 foizi undiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ariza Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolari yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan berilgan holda, bunday shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimdan 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimdan 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foiz — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasi hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasi hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada yer uchastkasi va (yoki) uning huquq egasi toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov toʻlanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilguniga qadar davlat xizmatlarini olishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlari markazlari shaxsan murojaat qilganda uni soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab real vaqt rejimida Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining shahar (tuman) filialiga (keyingi oʻrinlarda — filial deb yuritiladi) koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali ariza topshirishda soʻrovnoma avtomatik ravishda filialga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Filial ariza beruvchining soʻrovnomasi olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi va uning egasi toʻgʻrisidagi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rad etish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining yer fondi toifalaridan biriga tegishliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi chegaralarida kapital qurilish obyektlarining mavjudligini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rad etish uchun asoslar mavjud boʻlsa, filial qonunchilikdagi aniq normalariga asoslanib, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash mumkin emasligining asosli sabablarini koʻrsatgan holda salbiy xulosani tayyorlaydi va ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilashni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlovni toʻlamasdan qayta ariza topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash uchun filial avtomatik ravishda ariza beruvchining soʻrovnomasini quyidagi manzilga yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga kirganda — tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kirganda — “Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomaga davlat reyestridan quyidagi maʼlumotlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining kadastr raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi tegishli boʻlgan yer fondining toifasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining foydalanish maqsadi (mavjud boʻlganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu yer uchastkasi chegaralarida joylashgan kapital qurilish obyektlarining kadastr raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlarining nomlari (foydalanish maqsadlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir kapital qurilish obyekti egallagan yer uchastkasining maydoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchining soʻrovnomasi va unga ilova qilingan hujjatlar olingan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarida kapital qurilish obyektlari joylashgan yer uchastkalari uchun — ushbu kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlmagan yer uchastkalari uchun — ushbu yer uchastkalariga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkalarining foydalanish maqsadiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaralarida kapital qurilish obyektlari mavjud boʻlmagan va foydalanish maqsadi belgilanmagan yer uchastkalari uchun — shaharsozlikni zonalashtirish hujjatlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlari uchun — qishloq xoʻjaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan boshqa yerlar uchun — ushbu yer uchastkalariga huquqni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkalarining foydalanish maqsadiga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini koʻrsatish Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori (keyingi oʻrinlarda — Yagona klassifikator) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasi chegaralarida kapital qurilish obyektlari joylashgan boʻlsa, kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan Yagona klassifikatorga asosan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini aniqlash natijalariga koʻra tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi va “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi avtomatik ravishda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilash yuzasidan tegishli xulosalarni shakllantiradi va idoralararo elektron hamkorlik orqali qaror qabul qilish uchun tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tuman (shahar) hokimligi xulosa olingan kundan eʼtiboran bir ish kunida “E-Qaror” tizimida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni filialga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Filial tuman (shahar) hokimining qarorini olgan kundan boshlab ikki ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan yer uchastkasi va kapital qurilish obyektlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangilangan kadastr pasportini shakllantiradi va ariza beruvchiga berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga yoxud Agroportalga yuboradi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat xizmatlari markazi kadastr pasportini olgandan keyin uni real vaqt rejimida ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali murojaat etuvchiga xabar beradi. Bunda ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan murojaat qilgan taqdirda, arizachiga uning iltimosiga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklda kadastr pasportini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali kadastr pasporti yuborilgan taqdirda, ariza beruvchiga avtomatik ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish natijasida berilgan QR-kod (matritsali shtrix-kod) boʻlgan elektron hujjatlar asl nusxaga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari va filiallar oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21.Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladilar yoki YIDXP yoki Agroportalda roʻyxatdan utadi.

Xohishiga kura

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP yoxud Agroportal

Soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining shahar (tuman) filialiga koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda — YIDXP orqali)

3-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

1. Ariza beruvchining soʻrovnomasi olingan kundan boshlab:

a) quyidagilarni tekshiradi:

yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;

yer uchastkasi va uning egasi toʻgʻrisidagi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;

b) rad etish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, quyidagilarni:

yer uchastkasining yer fondi toifalaridan biriga tegishliligi;

yer uchastkasi chegaralarida kapital qurilish obyektlarining mavjudligi belgilaydi;

3. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash uchun ariza beruvchining soʻrovnomasini quyidagi manzilga yuboradi:

tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga — yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga kirsa;

“Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasiga — yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yerlari toifasiga kirsa.

3 ish kuni

4-bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari zaruratga koʻra joyiga chiqqan holda aniqlanadi.

Agar yer uchastkasi chegaralarida kapital qurilish obyektlari joylashgan boʻlsa, kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi tomonidan Yagona klassifikatorga asosan muvofiqlashtiriladi.

10 ish kuni

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi

5-bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini aniqlash natijalariga kura yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilash yuzasidan tegishli xulosalarni shakllantiradi va idoralararo elektron hamkorlik orqali qaror qabul qilish uchun tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi

6-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

“E-Qaror” tizimida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni filialga yuboradi.

1 ish kuni

7-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

1. Tuman (shahar) hokimining qaroriga asosan yer uchastkasi va kapital qurilish obyektlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi.

2. Yangilangan kadastr pasportini shakllantiradi va ariza beruvchiga berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXPga yoxud Agroportalga yuboradi.

2 ish kuni

8-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP yoxud Agroportal

Ariza beruvchining elektron pochta manziliga kadastr pasportini yuboradi va bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda — YIDXP, Agroportal orqali)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini belgilash uchun
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. ARIZA BERUVCHI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Jismoniy shaxsning:

F.I.O.:

Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

JSHSHIR:

Yashash manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Yuridik shaxsning:

Toʻliq nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli

STIR:

Yuridik manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. YER UCHASTKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Kadastr raqami:

Maydoni (kv.m.):

Joylashgan joyi (manzil):

III. SOʻROVNOMAGA ILOVALAR

Tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ariza arizachining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENT

1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish), meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara huquqida tegishli boʻlgan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bergan yer uchastkasining huquq egasi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy zona — shaharsozlikning zonalashtirish (yerdan foydalanish va qurilishni amalga oshirish) hujjatlarida ushbu hududlarda joylashgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini, yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining joiz chegaraviy parametrlarini aniqlab beruvchi chegaralar va shaharsozlik reglamentlarini belgilovchi zona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi — yer uchastkasi va unda joylashgan kapital qurilish obyektlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan, qonunchilikda belgilangan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZKAD tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas mulkni hisobga olish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadlarida foydalaniladigan integratsion axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik reglamenti — hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish koʻrsatkichlari hamda turlarining yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglament Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb yuritiladi) kiritilgan barcha yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP deb yuritiladi) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsan murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) boʻlsa, ariza barcha egalarning (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ariza arizachining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini ijara shartnomasi (agar ariza xususiylashtirilgan yer uchastkasining ijarachisi tomonidan berilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdorning tegishli tarzda rasmiylashtirilgan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi oʻzgartirish uchun roziligi (yer uchastkasining ijara shartnomasida ijarachining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun huquqi mavjud boʻlmagan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar ipoteka boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigim summasining 90 foizi undiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ariza Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolari yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan berilgan holda, bunday shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimdan 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimdan 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma “Ijtimoiy reyestr”ning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati uchun yigim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foiz — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasi hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasi hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada yer uchastkasi va (yoki) uning huquq egasi toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlovni oʻz vaqtida yoki toʻliq amalga oshirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik reglamentida yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turiga muvofiq foydalanish nazarda tutilmagan yer uchastkasining hududiy zonada joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning soʻralayotgan turining tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi oʻzgarishi natijasida hududiy zona uchun yer uchastkalaridan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlaridan oshganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining hajmi yer uchastkalaridan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi arxitektura-shaharsozlik kengashining salbiy qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sudning soʻrovi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga vakolatli organ tomonidan qoʻyilgan taqiq yoki xatlov mavjudligi, ipoteka bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilgunga qadar davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilganda soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab real vaqt rejimida Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining shahar (tuman) filialiga (keyingi oʻrinlarda — filial deb yuritiladi) koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki Agroportal orqali ariza topshirishda soʻrovnoma avtomatik ravishda filialga yuboriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Filial ariza beruvchining soʻrovnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi va uning egasi toʻgʻrisidagi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning Davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga vakolatli organ tomonidan qoʻyilgan taqiq mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sud talabnomasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasida xatlovga olinganligi toʻgʻrisida hujjatlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga yozma roziligi mavjudligi (yer uchastkasi yoki unga boʻlgan huquqlar ipotekaga qoʻyilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rad etish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda yer uchastkasining yer fondi toifalaridan biriga tegishliligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchining soʻrovnomasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha filial xulosani shakllantiradi, u ijobiy yoki salbiy koʻrinishda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosa filial tomonidan ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijobiy xulosada tayyorlagandan keyin filial avtomatik ravishda ariza beruvchining soʻrovnomasini quyidagi manzilga yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga kirsa — tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kirsa — “Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi soʻrovnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy zonaning shaharsozlik reglamentiga muvofiq yer uchastkasiga ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turini asosiy sifatida qoʻllash imkoniyatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan soʻralayotgan foydalanish turining hududiy zona uchun belgilangan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga muvofiqligini tekshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turining yer uchastkasining chegaraviy hajmiga muvofiqligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchining soʻrovnomasi bir ish kunida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash oʻn ish kunida navbatdagi Kengash majlisini belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi oʻzgartirish toʻgʻrisidagi Kengash qarori Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni qarori uch kun muddatda ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali yuboriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning ijobiy qarori (bayoni) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turini oʻzgartirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunida tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi tegishli xulosalar shakllantiradi, ular ijobiy yoki salbiy shaklda berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini koʻrsatiladi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari bilan kelishiladi hamda yer uchastkasining huquq egasiga nisbatan shaharsozlik norma va qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosa tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi tomonidan ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
(20-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlovni toʻlamasdan qayta ariza topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan xulosalar yoki Kengashning ijobiy qarori (bayoni) asosida filial ikki ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangilangan kadastr pasportini shakllantiradi va ariza beruvchiga berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoki Agroportal yuboradi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat xizmatlari markazi kadastr pasportini olgandan keyin uni real vaqt rejimida ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali murojaat etuvchiga xabar beradi. Bunda Davlat xizmatlari markazi shaxsan murojaat qilgan taqdirda, arizachiga uning iltimosiga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklda kadastr pasportini taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP orqali kadastr pasporti yuborilgan taqdirda, ariza beruvchiga avtomatik ravishda xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish natijasida berilgan QR-kod (matritsali shtrix-kod) boʻlgan elektron hujjatlar asl nusxaga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari va filiallar oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladilar yoki YIDXP yoki Agroportalda roʻyxatdan utadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP yoxud Agroportal

Soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining shahar (tuman) filialiga koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.

Real vaqt rejimda

(avtomatik ravishda — YIDXP yoki Agroportal orqali)

3-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

1. Quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish mavjudligi;

yer uchastkasi va uning egasi toʻgʻrisidagi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning Davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;

yer uchastkasiga vakolatli organ tomonidan qoʻyilgan taqiq mavjudligi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sud talabnomasi mavjudligi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasida xatlovga olinganligi toʻgʻrisida hujjatlar mavjudligi;

ipotekaga oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga yozma roziligi mavjudligi (yer uchastkasi yoki unga boʻlgan huquqlar ipotekaga quyilganda);

2. Yer uchastkasining yer fondi toifalaridan biriga tegishliligi belgilaydi.

5 ish kunida

4-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

Ariza beruvchining soʻrovnomasini quyidagi manzilga yuboradi: tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga — yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga kirsa;

“Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasiga — yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yerlari toifasiga kirsa.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Soʻrovnoma olingan kundan boshlab:

hududiy zonaning shaharsozlik reglamentiga muvofiq yer uchastkasiga ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turini asosiy sifatida qoʻllash imkoniyatini oʻrganadi;

yer uchastkasidan soʻralayotgan foydalanish turining hududiy zona uchun belgilangan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga muvofiqligini tekshiradi;

ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turining yer uchastkasining chegaraviy hajmiga muvofiqligini tekshiradi.

2. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa shakllantiradi.

10 ish kuni

Yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ariza beruvchining soʻrovnomasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga yuboriladi.

1 ish kuni

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari

Tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganadi;

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish yuzasidan tegishli xulosalarni shakllantiradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalari bilan idoralararo elektron hamkorlik orqali kelishiladi.

10 ish kuni

6-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi tomonidan tayyorlangan xulosalar yoki Kengashning ijobiy qarori (bayoni) asosida:

yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi;

yangilangan kadastr pasportini shakllantiradi va ariza beruvchiga berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Agroportal yuboradi.

2 ish kuni

7-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP yoxud Agroportal

Ariza beruvchining elektron pochta manziliga kadastr pasportini yuboradi va bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimda

(avtomatik ravishda — YIDXP yoki Agroportal orqali)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. ARIZA BERUVICHI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Jismoniy shaxsning:

F.I.O.:

Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

JSHSHIR:

Yashash manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Yuridik shaxsning:

Toʻliq nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli

STIR:

Yuridik manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. YER UCHASTKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Kadastr raqami:

Maydoni (kv.m.):

Joylashgan joyi (manzil):

Ruxsat etilgan foydalanishning amaldagi asosiy turi:

Ruxsat etilgan foydalanishning soʻralayotgan asosiy turi:

III. SOʻROVNOMAGA ILOVALAR

Tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ariza arizachining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa)

Yer uchastkasini ijara shartnomasi (agar ariza xususiylashtirilgan yer uchastkasining ijarachisi tomonidan berilgan boʻlsa)

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdorning yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (yer uchastkasining ijara shartnomasida ijarachining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun huquqi mavjud boʻlmagan taqdirda).

Ipoteka oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar ipoteka boʻlsa).

Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
41-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Reglament Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan barcha yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Reglament qurilish obyektlarini joylashtirish (qurish) nazarda tutilmagan ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalarini ishlab chiqish va tasdiqlashga hamda dehqon xoʻjaliklariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — kapital qurilish obyektlari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar boʻyicha — uning hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasi — qishloq xoʻjaligi korxonasining hududini ichki xoʻjalik negizida belgilab olish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan qurilish obyektlarini joylashtirish (qurish) boʻyicha ishlab chiqilgan hujjatlar toʻplami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital qurilish obyektlari — yer bilan uzviy bogʻliq boʻlgan va ularning belgilangan maqsadiga nomutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan binolar, inshootlar, shuningdek, qurilishi tugallanmagan obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi — yer uchastkasi va unda joylashgan kapital qurilish obyektlarida amalga oshirish mumkin boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan faoliyat turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisi (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) — ijara huquqi asosida berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda mahsulot yetishtirish (ishlab chiqarish) bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar (fermer xoʻjaligi, agroklaster, dehqon xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda xoʻjalik faoliyatini yurituvchi boshqa tadbirkorlik subyektlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar — yer fondining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlari toifasidagi lalmi, pichanzor va yaylov yerlari hamda sugʻorish imkoniyati mavjud boʻlmagan, tashlandiq holga kelib qolgan (boʻz) va meliorativ qurilish holatidagi yerlar, shuningdek, belgilangan tartibda sugʻoriladigan yerlardan sugʻorilmaydigan yerlar tarkibiga oʻtkazilgan yerlar;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar — ihota daraxtzorlari, ichki xoʻjalik yoʻllari, kommunikatsiyalar, suv havzalari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa bino va inshootlar egallagan yerlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasi quyidagi talablarga muvofiq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar tarkibida sugʻorilmaydigan yerlar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻoriladigan yerlarga zarar yetkazmagan holda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektga kirish (oʻtish) imkoniyati mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektning irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini ishchi holatda saqlash sharoitiga zarar yetkazmaganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer tuzish loyihasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlar (chorva mollarini parvarishlash va saqlash, yengil konstruksiyali issiqxona va muzlatkichli omborxonalar, saralash va qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari qurilmalari va hovuzlari, transformator stansiyalari, muqobil energiya inshootlari, dala shiyponi, texnika parki hamda Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatorida nazarda tutilgan boshqa obyektlar) ijaraga berilgan jami yer maydonining bir foizidan oshmagan, biroq chorvachilik yoʻnalishida 1 gektardan, boshqa yoʻnalishlarda 20 sotixdan koʻp boʻlmagan qismidagi dala chetida joylashtirilishi mumkin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organ qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlarda yengil konstruksiyali muzlatkichli omborxonalar, saralash, qadoqlash joylari, suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari, dala shiyponi, texnika parki joylashtirish (qurish) boʻyicha tashabbus bilan chiqqan yer ijarachilari murojaatlari boʻyicha maʼlumotlarni toʻplagan holda Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 441-moddasiga muvofiq xulosalar Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan umumlashtirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatda davlat xizmatlarini koʻrsatish yer uchastkasini sugʻoriladigan qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerlar turiga oʻzgartirish masalasi hal etilgunga qadar toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi ixtiyoriy ravishda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini (keyingi oʻrinlarda — yer tuzish loyihasi) ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnomani toʻldirgan holda davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjat nusxasi va ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida ijaraga berilgan jami yer maydonlarining (barcha kadastr raqamlari boʻyicha) davlat reyestridan koʻchirmalari;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 246-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-iyul)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza beruvchi soʻrovnomaga zarur maʼlumotlarni kiritgandan soʻng, maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzoni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, ERI, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etganda, soʻrovnoma toʻldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida “E-ijara” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) orqali ijrochiga yuboriladi, YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilinganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda “E-ijara” AT orqali ijrochiga yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun quyidagi miqdorda toʻlovlar undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 1 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 1 gektardan 10 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 10 gektardan 100 gektargacha boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining maydoni 100 gektardan ortiq boʻlganda — bazaviy hisoblash miqdorining olti baravari.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilinganda, ushbu bandda keltirilgan toʻlovlar summasining 90 foizi miqdorida toʻlov undiriladi.
(11-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Undirilgan toʻlovlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat qilinganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar yoki unga ilova qilingan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, ariza beruvchi kamchiliklarni besh ish kuni ichida bartaraf etgan holda soʻrovnoma va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bitta yer uchastkasi (kontur) boʻyicha soʻrovnomani takroran koʻrib chiqish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlari koʻrsatishning har qaysi bosqichida bosh tortish huquqiga ega, bunda soʻrovnoma koʻrilmasdan qoldiriladi va undirilgan toʻlovlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijrochi soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada koʻrsatilgan hududdagi yer maydonini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni hamda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq tayyorlangan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer uchastkasida yer tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan xulosani vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ ijrochi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni besh ish kuni ichida koʻrib chiqib, yer tuzish loyihasini ishlab chiqishga rozilik berish yoki uni rad etish toʻgʻrisidagi xulosani tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ zaruratga koʻra hujjatlarni qoʻshimcha oʻrganish maqsadida ijrochiga qaytarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijrochi qoʻshimcha oʻrganishga qaytarilgan hujjatlarni uch ish kuni ichida koʻrib chiqadi va koʻrib chiqish yakuni boʻyicha maʼlumotni vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar yer tuzish loyihasini ishlab chiqishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Reglamentning 3-bandida belgilangan talablar bajarilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlovlar oʻz vaqtida yoki toʻliq amalga oshirilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining bir qismi ilgari qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilganligi aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan yer tuzish loyihasini ishlab chiqishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer tuzish loyihasini ishlab chiqish rad etilgan hollarda davlat xizmatlari koʻrsatish uchun toʻlangan mablagʻlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ariza beruvchi tomonidan takroran taqdim etilgan soʻrovnomani muqaddam koʻrsatilmagan boshqa sabablar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosa rasmiylashtirilgan kunning oʻzida “E-ijara” ATda avtomatik ravishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijrochi vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqishga rozilik berish toʻgʻrisidagi xulosasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida yer tuzish loyihasini ishlab chiqadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining amaldagi holati bilan taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi oʻrganiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi chegarasi aniqlanadi va yer turlari boʻyicha hisobot shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi konturlar kesimida xatlovdan oʻtkaziladi va uning elektron raqamli xaritasi (masshtabi 1:5 000 — 1:10 000) yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari joylashuvi xaritada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalarini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijrochi bir ish kuni ichida “E-ijara” AT orqali yer tuzish loyihasini tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga (kapital qurilish obyektlari boʻlganda) yoki tumanlar (shaharlar) hokimlariga (yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar boʻlganda) (keyingi oʻrinlarda — hokim) quyidagi hujjatlar bilan birga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun bergan xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer maydonining konturlar kesimidagi yer toifasi va turlari boʻyicha shakllantirilgan hisobot (jadval koʻrinishida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar chegarasi tushirilgan elektron raqamli xarita (masshtabi 1:5 000 — 1:10 000);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan hududning elektron raqamli xaritasi (masshtabi 1:500 — 1:2 000) hamda ushbu yer maydonining kosmik tasviri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan hududdagi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining joylashuv masofalari va muhofaza zonalari boʻyicha maʼlumot (jadval koʻrinishida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) sugʻorilmaydigan qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻtkazilayotgan yer uchastkasi qismining tarhi va maydoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan hollarda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Hokim yer tuzish loyihasi kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida “E-qaror” tizimida yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va uni ijrochiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yer qishloq xoʻjaligi yeridan qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi yerga oʻzgartirilgan qismining maydoni hokim qarorida alohida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijrochi hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini olgan kundan eʼtiboran:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir ish kuni ichida davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali ariza beruvchiga hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini, yer tuzish loyihasini hamda qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdorini qoplash boʻyicha toʻlovlar hujjatini (hisoblangan hollarda) yuboradi;
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki ish kuni ichida “E-ijara” AT orqali hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini hamda yer tuzish loyihasini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining miqdori (hisoblangan hollarda) toʻliq qoplanganidan keyin uch ish kunida tasdiqlangan yer tuzish loyihasiga asosan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan yer maydonini ariza beruvchiga joyida koʻrsatib beradi va taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Yer tuzish loyihalariga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun toʻliq masʼuliyat “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti va uning hududiy boʻlinmalari hamda tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari (kapital qurilish obyektlari boʻlganda) yoki tumanlar (shaharlar) hokimlari (yengil konstruksiyali qurilmalar va vaqtincha qurilmalar boʻlganda) zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yer tuzish loyihasiga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirish (qurish) xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ariza beruvchi tasdiqlangan yer tuzish loyihasida belgilangan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) maqsadida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) qurilish boʻlimiga belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarga asosan yer tuzish loyihasida belgilangan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishda (qurishda) quyidagilarga rioya qilish talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika va kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish uchun tegishli vakolatli tashkilotlarga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlariga, eng avvalo sugʻoriladigan yerlarga zarar yetkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud irrigatsiya va melioratsiya obyektlariga zarar yetkazmaslik, jumladan suvni muhofaza qilish zonasi talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi, tabiatni muhofaza qilish talablari, ekologiya, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegaradosh (tutash) yer egalari va foydalanuvchilar, ijarachilarning yer maydoni va mulkiga zarar yetkazmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-kommunikatsiya infratuzilma obyektlaridan foydalanishda noqulaylik yaratmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqiga (servitut) rioya qilish va cheklamaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat xizmatlari markazlari va filiallar oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha faoliyatini, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar ijarachisi (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi)

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish uchun davlat xizmatlari koʻrsatish yuzasidan soʻrovnomani toʻldirgan holda davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv xizmatlar portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.

Ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal

Kelib tushgan soʻrovnomani koʻrib chiqish uchun “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — ijrochi)ga yuboradi.

Real vaqt rejimida

(avtomatik ravishda — YIDXP yoki Agroportal orqali)

3-bosqich

Ijrochi

Yer tuzish loyihasini ishlab chiqib xulosalarni tayyorlaydi hamda xulosani soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ)ga yuboradi.

15 ish kuni ichida

4-bosqich

Vakolatli organ

Ishlab chiqilgan yer tuzish loyihasini va xulosalarni koʻrib chiqib, tasdiqlaydi hamda ijrochiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

5-bosqich

Ijrochi

2. “E-ijara” AT orqali yer tuzish loyihasini tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari yoki tumanlar (shaharlar) hokimlariga (keyingi oʻrinlarda — hokim) yuboradi.

5 ish kuni ichida

6-bosqich

Hokim

“E-qaror” tizimida yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini qabul qiladi va uni ijrochiga yuboradi.

5 ish kuni ichida

7-bosqich

Ijrochi

1. Ariza beruvchiga hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini hamda yer tuzish loyihasini davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali yuboradi.

1 ish kuni ichida

2. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmasiga hokimning yer tuzish loyihasini tasdiqlash toʻgʻrisida qarorini, vakolatli organning yer tuzish loyihasini ishlab chiqish boʻyicha xulosasini va yer tuzish loyihasini “E-ijara” AT orqali yuboradi.

2 ish kuni ichida

3. Yer tuzish loyihasiga asosan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) uchun tanlangan yer maydonini ariza beruvchiga joyida koʻrsatib beradi va taraflar tomonidan imzolanadigan dalolatnomani rasmiylashtiradi.

Nobudgarchiliklarning miqdori (hisoblangan hollarda) toʻliq qoplangandan soʻng 3 ish kuni ichida

8-bosqich

Ariza beruvchi

Yer tuzish loyihasida belgilangan yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) maqsadida qurilish sohasida ruxsat beruvchi hujjatlarni olish uchun Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga muvofiq tuman (shahar) qurilish boʻlimiga belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Ixtiyoriy ravishda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini olish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. ARIZA BERUVCHI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Jismoniy shaxsning:

F.I.O.:

Pasport yoki ID — karta maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

JSHSHIR:

Yashash manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Yuridik shaxsning:

Toʻliq nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli:

STIR:

Yuridik manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. YER UCHASTKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Kadastr raqami:

Umumiy yer maydoni (ga):

Kontur(lar) raqami:

Joylashgan joyi (manzil):

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining nomi:

Joylashtirish (qurish) soʻralayotgan obyekti nomi:

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarini joylashtirish (qurish) mumkin boʻlgan yer maydoni (ga):

III. SOʻROVNOMAGA ILOVALAR

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatning nusxasi

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini ijaraga olish huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat reyestridan koʻchirma

Tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar soʻrovnoma ariza beruvchining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga toʻliq amal qilishimni maʼlum qilaman, ruxsat berilgan taqdirda menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men tomondan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini olishga ruxsat berilmasligi haqida ogohlantirildim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRLIGI

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishni (qurishni) nazarda tutuvchi ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasini ishlab chiqish yuzasidan

XULOSA

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanuvchi yuridik shaxsning nomi:

STIR:

Faoliyat turi va yoʻnalishi:

Tuman nomi:

Hudud nomi:

Kontur(lar) raqami:

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlar turi va maydoni:

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirish (qurish) mumkin boʻlgan maydon (ga):

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektni joylashtirishga (qurishga) ruxsat etilgan hududning koordinatalari (WGS 84 tizimida):

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turlarining klassifikatori boʻyicha qishloq xoʻjaligida foydalanish turi(lari) va kodi(lari):

Foydalanish maqsadlari boʻyicha kapital qurilish obyektlarining klassifikatoriga muvofiq joylashtirishga (qurishga) ruxsat etilayotgan obyekt(lar) turi(lari) va kodi(lari):

Berilgan sana:

Oʻzbekiston Respublikasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(41-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi 594-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 09/25/594/0850-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga mulk huquqi, doimiy foydalanish (egalik qilish), meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara huquqida tegishli boʻlgan yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza bergan yer uchastkasining huquq egasi yoki uning vakolatli vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi — faoliyat turi uchun ruxsatnoma olinganidan keyin belgilanadigan va uni amalga oshirishda shaharsozlik reglamentiga muvofiq muayyan shartlarning yuzaga kelishini talab qiladigan foydalanish turi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UZKAD tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining koʻchmas mulkni hisobga olish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadlarida foydalaniladigan integratsion axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy zona — shaharsozlikning zonalashtirish (yerdan foydalanish va qurilishni amalga oshirish) hujjatlarida ushbu hududlarda joylashgan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini, yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining joiz chegaraviy parametrlarini aniqlab beruvchi chegaralar va shaharsozlik reglamentlarini belgilovchi zona.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik reglamenti — hududlarni va aholi punktlarini qurishning belgilangan qoidalari, shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogida aholi punktlarining hamda aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalaridan va boshqa koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanish koʻrsatkichlari hamda turlarining yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Reglament Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb yuritiladi) kiritilgan barcha yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish ushbu Reglamentning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi oʻziga tegishli boʻlgan yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP deb yuritiladi) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsan murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etgan taqdirda esa, ushbu Reglamentga 2-ilovadagi shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun arizani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yer uchastkasi ulushli yoki birgalikdagi egalik qilishda (foydalanishda) boʻlsa, ariza barcha egalarning (foydalanuvchilarning) fuqarolik qonun hujjatlariga muvofiq tuziladigan kelishuviga binoan, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa — sud tomonidan belgilangan tartibda ushbu Reglament talablari asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ariza arizachining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish zarurligini loyihaviy asoslashtirish, ushbu Reglamentga 3-ilovadagi shakliga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasini ijara shartnomasi (agar ariza xususiylashtirilgan yer uchastkasining ijarachisi tomonidan berilgan boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdorning tegishli tarzda rasmiylashtirilgan yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uchun roziligi (yer uchastkasining ijara shartnomasida ijarachining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun huquqi mavjud boʻlmagan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar ipoteka boʻlsa).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Zarur maʼlumotlar soʻrovnomaga kiritilgandan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda ariza Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolari yoki I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs tomonidan berilgan holda, bunday shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimdan 50 foiz miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga ushbu bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan yigʻimdan 75 foiz miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati uchun yigʻim undirilganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yigʻimlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foiz — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasi hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini koʻrsatishni rivojlantirish jamgʻarmasining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasi hududiy boshqarmalarining shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻrovnomada yer uchastkasi va (yoki) uning huquq egasi toʻgʻrisida notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan maʼlumotlar koʻrsatilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari (yerdan foydalanish va qurilishni amalga oshirish) yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining hajmi yer uchastkalaridan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu hududiy zona uchun shaharsozlik reglamentida belgilangan shartli ruxsat etilgan foydalanish turlari roʻyxatida soʻralayotgan ruxsat etilgan foydalanish turining mavjud emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun soʻralayotgan ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik reglamentlar, shaharsozlik, qurilish, sanitariya-epidemiologiya, yongin xavfsizligi hamda boshqa normalar va qoidalar talablarining buzilishiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari boʻlgan hududdagi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan cheklovlarga zid boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning soʻralayotgan turining tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga mos kelmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining salbiy qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sudning soʻrovi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga vakolatli organ tomonidan qoʻyilgan taqiq yoki xatlov mavjudligi, ipoteka bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlovni oʻz vaqtida yoki toʻliq amalga oshirilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlovni oʻz vaqtida yoki toʻliq amalga oshirilmaganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ariza beruvchi yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanishning turi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar UZKAD tizimiga kiritilgunga qadar davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi. Bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilganda soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab real vaqt rejimida Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining shahar (tuman) filialiga (keyingi oʻrinlarda — filial deb yuritiladi) koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki Agroportal orqali ariza topshirishda soʻrovnoma avtomatik ravishda filialga yuboriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Filial ariza beruvchining soʻrovnomasi olingan kundan boshlab besh ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi va uning egasi toʻgʻrisidagi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning Davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga vakolatli organ tomonidan qoʻyilgan taqiq mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sud talabnomasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasida xatlovga olinganligi toʻgʻrisida hujjatlar mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipotekaga oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga yozma roziligi mavjudligi (yer uchastkasi yoki unga boʻlgan huquqlar ipotekaga qoʻyilganda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rad etish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda yer uchastkasining yer fondi toifalaridan biriga tegishliligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchining soʻrovnomasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha filial xulosani shakllantiradi, u ijobiy yoki salbiy koʻrinishda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish imkoniyati koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasidan yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosa filial tomonidan ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
(14-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijobiy xulosa tayyorlagandan keyin filial avtomatik ravishda ariza beruvchining soʻrovnomasini quyidagi manzilga yuboradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga kirsa — tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasiga kirsa — “Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi soʻrovnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kunida quyidagilarni tekshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarning mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan soʻralayotgan foydalanish turining hududiy zona uchun belgilangan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik reglamentlar, shaharsozlik, qurilish, sanitariya-epidemiologiya, yongʻin xavfsizligi hamda boshqa normalar va qoidalar talablariga muvofiqligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari boʻlgan hududdagi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan cheklovlarga zidligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turining yer uchastkasining chegaraviy hajmiga muvofiqligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi soʻrovnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunida tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi tegishli xulosalar shakllantiradi, ular ijobiy yoki salbiy shaklda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijobiy xulosada yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish imkoniyati koʻrsatiladi va yer uchastkasining huquq egasiga nisbatan shaharsozlik norma hamda qoidalarga rioya etish talablari bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosada sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish imkoni yoʻqligining asoslangan sabablari koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Salbiy xulosa tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi hamda “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi tomonidan ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
(18-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ijobiy xulosalar shakllantirilgan soʻng tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi va “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmasi avtomatik ravishda ijobiy xulosalarni ilova qilgan holda ariza beruvchining soʻrovnomasi idoralararo elektron hamkorlik orqali tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tuman (shahar) hokimligi ariza beruvchining soʻrovnomasi va ijobiy xulosalar olingan kundan boshlab uch ish kunida yerdan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga ruxsatnoma berish yuzasidan ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va shu kunning oʻzida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali yuboriladi;
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida toʻliq hajmda eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish boʻyicha yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yer uchastkasidan foydalanish shartli ruxsat etilgan turiga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qaror loyihasining jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma soʻralayotgan yer uchastkasi joylashgan hududdagi tutash boʻlgan yer uchastkalarining huquq egalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli ruxsat etilgan foydalanish turini oʻzgartirish orqali loyihani amalga oshirish natijasida atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatish xavfi ostida boʻlgan yer uchastkalarining huquq egalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar tuman (shahar) hokimligining qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tuman (shahar) hokimligi tomonidan ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran ikki ish kuni oʻtgach, biroq ochiq muhokama oʻtkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin huquq egalariga ochiq muhokamani oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatilgan holdagi xabarnomani yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarining huquq egalari ochiq muhokamani oʻtkazish vaqti va joyi haqida tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida eʼlonlar berish orqali ham xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq muhokama ariza beruvchi tomonidan tashkil etiladi va ochiq muhokama jarayonining majburiy tartibda audio- va videoyozuvi taʼminlanadi. Ochiq muhokama ommaviy axborot vositalari ishtirokida tashkil etilishi kerak. Ariza beruvchi ochiq muhokamada ommaviy axborot vositalarining ishtirokini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq muhokama jarayonining audio-, foto- va videoyozuvi olib borilishini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq muhokamani oʻtkazish joyi koʻpchilik huquq egalarining yashash joyiga yoki joylashgan yeriga yaqin boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi huquq egalari (ularning vakillari) uchun ochiq muhokamada onlayn ishtirok etish imkoniyatini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq muhokama, agar unda huquq egalarining (ular vakillarining) uchdan ikki qismi ishtirok etgan boʻlsa, oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ochiq muhokama jarayonida ariza beruvchi yer uchastkalarining huquq egalarini (ularning vakillarini) mazkur yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berishning maqsadi, shartlari va istiqbollari bilan tanishtirishi hamda ularning fikrlarini eshitishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq muhokama yigʻilish bayonining qarori huquq egalarining (ular vakillarining) umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat boʻlgan koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bayonnomada ochiq muhokama oʻtkazilgan joy, vaqt, ishtirokchilar tarkibi, kun tartibi, muhokamada bildirilgan fikrlar koʻrsatiladi. Bayonnomaga ochiq muhokamada ishtirok etgan yer uchastkalari huquq egalarining (ular vakillarining) roʻyxati, shuningdek ochiq muhokama jarayonining audio- va videoyozuvi ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarining huquq egalari (ularning vakillari) bayonnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, buning sabablari koʻrsatilgan holda dalolatnoma tuziladi, dalolatnoma bayonnomani imzolashdan bosh tortgan yer uchastkalarining huquq egalari (ularning vakillari) va ariza beruvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma tuzilgan kundan keyingi ish kunida tuman (shahar) hokimligining rasmiy veb-saytida toʻliq hajmda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tuman (shahar) hokimligi bayonnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir ish kunida ochiq muhokama oʻtkazish natijalari boʻyicha bayonnoma va ijobiy xulosalar ilova qilingan holda ariza beruvchining soʻrovnomasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga (keyingi oʻrinlarda — Kengash) yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Kengash oʻn ish kunida navbatdagi Kengash majlisini belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi Kengash qarori Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni qarori uch kun muddatda tuman (shahar) hokimligiga va ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali yuboriladi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning ijobiy qarori (bayoni) yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish haqidagi tuman (shahar) hokimligining qarorini tayyorlash uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Kengash tomonidan tayyorlangan ijobiy qarori (bayoni) asosida Yagona billing tizimi ariza beruvchining nomiga yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan toʻlov xabarnomani avtomatik tarzda shakllantiradi va toʻlangan summalar hisobini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza beruvchi toʻlov yuzasidan xabarnomani olgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlovni amalga oshirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlov miqdori 4-ilovaga muvofiq formula boʻyicha milliy valyutada hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ariza beruvchi yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlovni toʻliq va oʻz vaqtida amalga oshirmagan taqdirda avtomatik ravishda davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish toʻgʻrisida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali yuboradi.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi rad javobini olgan kundan boshlab bir oy ichida, yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanishning turi uchun ruxsatnoma olish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etgan holda, davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlovni toʻlamasdan qayta ariza topshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlov quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foiz — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi”davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli budjetlariga qoʻshimcha mablagʻlar manbalari sifatida yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tuman (shahar) hokimligiga Kengash majlisi bayoni kelib tushgan va ariza beruvchi tomonidan toʻlov xabarnomasida koʻrsatilgan toʻlov toʻliq va oʻz vaqtida toʻlangan kundan keyin uch ish kunida “E-Qaror” tizimida yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda uni filial va ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali yuboradi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma bermaslik haqida qaror qabul qilingan taqdirda, uni tuman (shahar) hokimligi faqat ariza beruvchiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Filial ikki ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi shartli ruxsat etilgan turiga oʻzgarganligi yuzasidan maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangilangan kadastr pasportini shakllantiradi va ariza beruvchiga berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoki Agroportal yuboradi.
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat xizmatlari markazi kadastr pasportini olgandan keyin uni real vaqt rejimida ariza beruvchining elektron pochta manziliga yuboradi va bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali murojaat etuvchiga xabar beradi. Bunda Davlat xizmatlari markazi shaxsan murojaat qilgan taqdirda, arizachiga uning iltimosiga koʻra elektron yoki qogʻoz shaklda kadastr pasportini taqdim etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXP yoki Agroportal orqali kadastr pasporti yuborilgan taqdirda, ariza beruvchiga avtomatik ravishda xabar beriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatni koʻrib chiqish natijasida berilgan QR-kod (matritsali shtrix-kod) boʻlgan elektron hujjatlar asl nusxaga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Davlat xizmatlari markazlari, tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari, “Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari va filiallar oʻz faoliyati natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun Davlat xizmatlari markazlariga shaxsan murojaat qiladilar yoki YIDXP yoxud Agroportalda roʻyxatdan oʻtadi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP yoxud Agroportal

Soʻrovnoma toʻldirilgan paytdan boshlab Kadastr agentligining Davlat kadastr palatasining shahar (tuman) filialiga koʻrib chiqish va xulosa tayyorlash uchun yuboradi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda — YIDXP yoki Agroportal orqali)

3-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

1. Quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi:

yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish mavjudligi;

yer uchastkasi va uning egasi toʻgʻrisidagi soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning Davlat reyestridagi maʼlumotlarga muvofiqligi;

yer uchastkasiga vakolatli organ tomonidan qoʻyilgan taqiq mavjudligi;

yer uchastkasiga boʻlgan huquq toʻgʻrisidagi nizolar mavjudligini tasdiqlovchi sud hujjatlari yoki sud talabnomasi mavjudligi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasida xatlovga olinganligi toʻgʻrisida hujjatlar mavjudligi;

ipotekaga oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga yozma roziligi mavjudligi (yer uchastkasi yoki unga boʻlgan huquqlar ipotekaga qoʻyilganda).

2. Yer uchastkasining yer fondi toifalaridan biriga tegishliligi belgilaydi.

5 ish kunida

4-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

Ariza beruvchining soʻrovnomasini quyidagi manzilga yuboradi: tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga — yer uchastkasi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar toifasiga kirsa;

“Oʻzdaverloyiha” DILIning tegishli hududiy boʻlinmasiga — yer uchastkasi qishloq xoʻjaligi yerlari toifasiga kirsa.

Avtomatik ravishda

5-bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Soʻrovnoma olingan kundan boshlab quyidagilarni tekshiradi: yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarning mavjudligini;

yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun tasdiqlangan shaharsozlikning zonalashtirish hujjatlari mavjudligini;

yer uchastkasidan soʻralayotgan foydalanish turining hududiy zona uchun belgilangan foydalanishning yoʻl qoʻyiladigan parametrlariga muvofiqligini;

soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan texnik reglamentlar, shaharsozlik, qurilish, sanitariya-epidemiologiya, yongin xavfsizligi hamda boshqa normalar va qoidalar talablariga muvofiqligini;

soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish rejimlari boʻlgan hududdagi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan cheklovlarga zidligini;

ruxsat etilgan foydalanishning soʻralgan turining yer uchastkasining chegaraviy hajmiga muvofiqligini.

2. Soʻrovnomani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosa shakllantiradi.

10 ish kuni

“Oʻzdaverloyiha” DILIning hududiy boʻlinmalari

Tabiiy va qishloq xoʻjaligini rayonlashtirish hujjatlariga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish va qishloq xoʻjaligi yerlaridan samarali foydalanish yoʻnalishlariga muvofiq yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish imkoniyatini oʻrganmoqda.

10 ish kuni

6-bosqich

Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Ijobiy xulosalarni ilova qilgan holda ariza beruvchining soʻrovnomasi idoralararo elektron hamkorlik orqali tegishli tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

“Oʻzdaverloyiha” DILIning XUDUDIY boʻlinmalari

7-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. Yerdan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga ruxsatnoma berish yuzasidan ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Ochiq muhokama oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan keyin ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali yuboriladi.

3. Rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida, shuningdek mazkur davlat organlarining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida toʻliq hajmda eʼlon qiladi.

3 ish kuni

8-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish boʻyicha yer uchastkalarining huquq egalari bilan ochiq muhokamalar oʻtkaziladi.

Bir oy

9-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Ochiq muhokama oʻtkazish natijalari boʻyicha bayonnoma va ijobiy xulosalar ilova qilingan holda ariza beruvchining soʻrovnomasi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashiga yuboriladi.

1 ish kuni

10-bosqich

Hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi

1. Navbatdagi Kengash majlisini belgilangan tartibda oʻtkazilishini taʼminlaydi.

2. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi Kengash qarori Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi.

10 ish kuni

Kengash majlisi bayoni ariza beruvchi va tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.

3 ish kuni

11-bosqich

Yagona billing tizimi

Ariza beruvchining nomiga yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan toʻlov xabarnomani avtomatik tarzda shakllantiradi

Avtomatik ravishda

12-bosqich

Ariza beruvchi

Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlovni amalga oshiriladi.

10 ish kuni

13-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

1. “E-Qaror” tizimida yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish yoki bermaslik haqida qaror qabul qiladi.

2. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma berish haqida qaror qabul qilingan taqdirda uni filial va ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali yuboradi.

3 ish kuni

14-bosqich

Davlat kadastr palatasining tuman (shahar) filiali

1. Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi shartli ruxsat etilgan turiga oʻzgarganligi yuzasidan maʼlumotlarni UZKAD tizimiga kiritadi.

2. Yangilangan kadastr pasportini shakllantiradi va ariza beruvchiga berish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Agroportalga yuboradi.

2 ish kuni

15-bosqich

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP yoxud Agroportal

Ariza beruvchining elektron pochta manziliga kadastr pasportini yuboradi va bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali ariza beruvchini xabardor qiladi.

Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda — YIDXP yoki Agroportal orqali)

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOʻROVNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

I. ARIZA BERUVICHI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Jismoniy shaxsning:

F.I.O.:

Pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami):

JSHSHIR:

Yashash manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

Yuridik shaxsning:

Toʻliq nomi:

Tashkiliy-huquqiy shakli

STIR:

Yuridik manzili:

Telefon raqami:

Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. YER UCHASTKASI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

Kadastr raqami:

Maydoni (kv.m.):

Joylashgan joyi (manzil):

Amaldagi ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi:

Soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanishning turi:

III. SOʻROVNOMAGA ILOVALAR

Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish zarurligini loyihaviy asoslashtirish

Tegishli tarzda rasmiylashtirilgan ishonchnoma (agar ariza arizachining vakili tomonidan taqdim etilgan boʻlsa)

Yer uchastkasini ijara shartnomasi (agar ariza xususiylashtirilgan yer uchastkasining ijarachisi tomonidan berilgan boʻlsa)

Xususiylashtirilgan yer uchastkasi mulkdorning yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (yer uchastkasining ijara shartnomasida ijarachining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirish uchun huquqi mavjud boʻlmagan taqdirda).

Ipoteka oluvchining yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini oʻzgartirishga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar ipoteka boʻlsa).

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish zarurligini loyihaviy asoslashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naʼmunaviy shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Ruxsatnoma olishning maqsadi va zaruriyati

Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga ruxsatnoma olishning maqsadi va zarurligi koʻrsatiladi.

2. Yer uchastkasining umumiy tavsifi

Quyidagilar:

yer uchastkasining kadastr raqami;

yer uchastkasining joylashgan joyi;

yer uchastkasining maydoni;

yer uchastkasining huquq egasi va yer uchastkasiga boʻlgan huquq turi;

yer uchastkasining yer fondining toifasi;

yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning amaldagi asosiy turi koʻrsatiladi.

3. Asoslashtirish uchun normativ-huquqiy bazasi

Yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun qabul qilingan shaharsozlikni zonalashtirish hujjatlari koʻrsatiladi.

4. Shaharsozlik talablari

Yer uchastkasidan foydalanishning asosiy va shartli ruxsat etilgan turlari tavsifi beriladi hamda yer uchastkasi joylashgan hududiy zona uchun shaharsozlik reglamentlarining talablari koʻrsatiladi.

5. Hududning vaziyatli rejasi

Yer uchastkasi va unga tutash yer uchastkalarni koʻrsatadigan grafik chizma beriladi. Hududdagi bino va inshootlar guruhining joylashuvi hamda reja chegaralarni belgilashni, koʻrsatilgan uchastkaning oʻzida ham, unga tutash hududlarda ham kapital qurilish obyektlarning sxematik tasvirini oʻz ichiga oLishi kerak.

6. Yer uchastkasining joylashuv sxemasi

Qushni yer uchastkalarining kadastr chegaralarini hisobga olgan holda yer uchastkasining chegaralarini koʻrsatadigan hujjat ilova qilinadi. Sxemada yer uchastkasining oʻziga xos joylashuvi, yer uchastkasining chegaralari, shuningdek uning aniq koordinatalari va maydoni koʻrsatiladi.

7. Yer uchastkasini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish sxemasi

Yer uchastkasida kommunikatsiyalar bilan rejalashtirilgan kapital qurilish obyektlarini joylashtirish sxemasi beriladi.

8. Muvofiqligini asoslashtirish

Har tomonlama taqdim etilgan hujjatlarni tahlil oʻtkaziladi va soʻralayotgan shartli ruxsat etilgan foydalanish turiga muvofiq yer uchastkasidan foydalanishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik oqibatlari koʻrsatiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish toʻlov miqdorini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish toʻlov miqdori yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning amaldagi va soʻralayotgan turlaridan kelib chiqib quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R = V x K,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
R — yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish toʻlovi miqdori, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V — soʻralayotgan yer uchastkasidan foydalanishning shartli ruxsat etilgan turidan kelib chiqib belgilanadigan bazaviy qiymat, soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
K — soʻralayotgan yer uchastkasidan foydalanishning shartli ruxsat etilgan turidan kelib chiqib kamaytiruvchi yoki oshiruvchi koeffitsiyent;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bazaviy qiymat (V) koʻrib chiqilayotgan yer uchastkasi uchun yuridik shaxslar uchun yer soligʻi stavkasining 5 baravari miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koeffitsiyent (K) yer uchastkasidan foydalanish shartli ruxsat etilgan turiga qarab quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Soʻralayotgan yer uchastkasidan foydalanishning shartli ruxsat etilgan turi

Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turining kodi

Koeffitsiyent

(K)

Koʻp kvartirali turar-joy qurilishi:

2.3

Kam qavatli koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

2.3.1

0,25

Oʻrtacha qavatli koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

2.3.2

1

Koʻp qavatli koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

2.3.3

2

Baland koʻp kvartirali turar-joy qurilishi

2.3.4

4

Avtomobil turishi uchun ochiq joylarni joylashtirish

2.4.2

2

Biznes boshqaruvi, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmatlar koʻrsatish:

3.0

Ofislar

3.1.1

1,5

Moliya-kredit va sugʻurta faoliyati

3.1.2

1,5

Bozorlar

3.2.1.1

2

Savdo markazlari

3.2.1.2

2

Doʻkonlar

3.2.1.3

2

Sayyor savdo obyektlari

3.2.1.4

2

Umumiy ovqatlanish

3.2.2

2

Xizmat koʻrsatish

3.2.3

2

Mehmonxonalar

3.4.1

0,5

Mehmon uylari, xostellar

3.4.2

0,5

Motellar

3.4.3

0,5

Yotoqxonalar

3.4.4

0,5

Transport vositalariga yoqilgʻi quyish

3.6.1

3

Avtotransportga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash

3.6.2

3

Ishlab chiqarish faoliyati:

4.0

Ogʻir sanoat

4.2.1

5

Neft-kimyo sanoati

4.2.2

5

Sellyuloza-qogʻoz sanoati

4.2.3

3

Farmatsevtika sanoati

4.2.4

3

Qurilish sanoati

4.2.5

4

Yengil sanoat

4.2.6

2

Oziq-ovqat sanoati

4.2.7

2

Poligrafiya sanoati

4.2.8

2

Atom energetikasi

4.3.1

10

Gidroenergetika

4.3.2

4

Issiqlik va boshqa elektr stansiyalari

4.3.3

5

Ishlab chiqarish, ishlab chiqarish-omborxona obyektlari, bundan kommunal xizmat koʻrsatish obyektlari mustasno

4.4.1

3

Omborlar va omborxona maydonlari

4.5.1

2

Neft-gazni saqlash joylari

4.5.2

4

Chiqindilarni toʻplash va qayta ishlash

4.7.1

5

Poligonlar

4.7.2

5

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqa hollarda, yer uchastkasidan shartli ruxsat etilgan foydalanish turi uchun ruxsatnoma olish uchun toʻlov undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 444-son qarori bilan tasdiqlangan Elektron hukumatning maʼlumotnomalar va klassifikatorlar registrini shakllantirish va yuritish hamda yagona identifikatorlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovasi quyidagi mazmundagi 34-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

34.

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori

Tarmoq maʼlumotnoma / klassifikatorlari

Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarini tasniflashga moʻljallangan.

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning yettinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi yoki kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi oʻzgarganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bandning uchinchi xatboshisi “rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda” soʻzlari “rekonstruksiyasiz foydalanish maqsadi oʻzgarganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovada “rekonstruksiyasiz toifasi oʻzgarganda” soʻzlari “rekonstruksiyasiz foydalanish maqsadi oʻzgarganda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovasining 9-pozitsiyada “Funksiyasi (moʻljallanganligi)” soʻzlari “Foydalanish maqsadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-bandning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bandning toʻqqizinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bandning oʻninchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“foydalanish maqsadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-bandning oltinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi yoki kapital qurilish obyektining foydalanish maqsadi oʻzgarganda”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovasining II va III-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Yer uchastkasi tavsifi

Yer maydoni, (m2)

Huquqiy hujjatga asosan

Amalda

Oʻzboshimchalik bilan egallangan

Ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi

Yer uchastkasi bahosi (soʻm)

Servitut haqida maʼlumot

Koʻp yillik daraxtlar soni

III. Bino va inshootlar tavsifi

Bino va inshootning nomi

Bino va inshootning foydalanish maqsadi

Kadastr raqami

Binolar soni

Umumiy qurilish osti maydoni

(m2)

Umumiy foydali maydoni

(m2)

Foydali maydoni (yashash maydoni),

(m2)

jami

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar

jami

Kadastr qiymati (soʻm)

Baholash sanasi

Qushimcha maʼlumotlar

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovasining II va III-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Yer uchastkasi tavsifi

Yer maydoni, (m2)

Huquqiy hujjatga asosan

Amalda

Oʻzboshimchalik bilan egallangan

Ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi

Yer uchastkasi bahosi (soʻm)

Servitut haqida maʼlumot

Koʻp yillik daraxtlar soni

III. Bino va inshootlar tavsifi

Bino va inshootning nomi

Bino va inshootning foydalanish maqsadi

Kadastr raqami

Binolar soni

Umumiy qurilish osti maydoni

(m2)

Umumiy foydali maydoni

(m2)

Foydali maydoni (yashash maydoni),

(m2)

jami

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar

jami

Kadastr qiymati (soʻm)

Baholash sanasi

Qushimcha maʼlumotlar

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovasining II-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Yer uchastkasi tavsifi

Yer maydoni, (m2)

Huquqiy hujjatga asosan

Amalda

Oʻzboshimchalik bilan egallangan

Ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi

Yer uchastkasi bahosi (soʻm)

Servitut haqida maʼlumot

Koʻp yillik daraxtlar soni

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-ilovasining II-pozitsiyasi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Obyekt tavsifi

Obyekt nomi

Obyekt foydalanish maqsadi

Obyekt joylashgan binoning qavatlar soni

Joylashgan qavati

Umumiy maydoni, (m2)

Foydali maydoni, (m2)

Xonalar soni

Oʻzboshimcha qurilma maydoni, (m2)

Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydoni (m2)

Kadastr qiymati (soʻm)

Baholash sanasi

Qushimcha maʼlumotlar

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-ilovasining II va III-pozitsiyalari qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Yer uchastkasi tavsifi

Yer maydoni, (m2)

Huquqiy hujjatga asosan

Amalda

Oʻzboshimchalik bilan egallangan

Ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi

Yer uchastkasi bahosi (soʻm)

Servitut haqida maʼlumot

Koʻp yillik daraxtlar soni

III. Bino va inshootlar tavsifi

Obyekt nomi

Obyekt foydalanish maqsadi

Binolar soni

Umumiy maydoni (m2)

Inshootlar soni

Umumiy maydoni (m2)

Loyihasiz qurilgan qurilmalar soni

Umumiy maydoni (m2)

Loyihadan tashqari qurilmalar soni

Umumiy maydoni (m2)

Tugallanganlik foizi (%)

Asoslovchi hujjat

Koʻp yillik daraxtlar soni

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-ilovasining II-pozitsiyasi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Yer uchastkasi tavsifi

Yer maydoni, (m2)

Huquqiy hujjatga asosan

Amalda

Oʻzboshimchalik bilan egallangan

Ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi

Yer uchastkasi bahosi (soʻm)

Servitut haqida maʼlumot

Qushimcha maʼlumotlar

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-ilovasining II va III-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

II. Yer uchastkasi tavsifi

Yer maydoni, (m2)

Huquqiy hujjatga asosan

Amalda

Oʻzboshimchalik bilan egallangan

Ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi

Yer uchastkasi bahosi (soʻm)

Servitut haqida maʼlumot

Koʻp yillik daraxtlar soni

III. Inshootlar tavsifi

Inshootning nomi

Inshootning foydalanish maqsadi

Kadastr raqami

Inshootlar soni

Umumiy qurilish osti maydoni

(m2)

Umumiy foydali maydoni

(m2)

Foydali maydoni (yashash maydoni),

(m2)

jami

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlar

jami

Kadastr qiymati (soʻm)

Baholash sanasi

Qoʻshimcha maʼlumotlar

”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-ilovadan “Yer uchastkasidan hujjatlar boʻyicha foydalanish maqsadi, amalda maqsadida foydalanilmoqda” jumlasi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida nizomda 12-bandining sakkizinchi xatboshisi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish asosiy turi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda oʻz hududida qoʻshimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 10-bandining “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi “xatlov mavjud emasligi” soʻzlaridan keyin “(ipoteka bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ixtisoslashishi oʻzgartirilgan obyektning foydalanish maqsadi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiqligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-bandining “b” kichik bandi qoʻyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) noturar joyni turar joyga oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashishi oʻzgartirilgan obyektning foydalanish maqsadi yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joy avariya holatida emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga oʻtkazilayotgan xona bino yertoʻlasi yoki yarim yertoʻlasida joylashmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga oʻtkazilayotgan xonani toʻgʻridan-toʻgʻri boshidan oxirigacha yoki burchagidan shamollatishni tashkil etish imkoniyatining mavjudligi, shuningdek, yondosh turar joy yoki noturar joylardan toʻliq izolyatsiyalanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonalar shiftining (maksimum, minimum) balandligi shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq ekanligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noturar joyni boshqa shaxsga oʻtkazishga taqiq yoʻqligi yoki ushbu noturar joyga nisbatan xatlov mavjud emasligi (ipoteka bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur sanitariya-gigiyenik uzellar yaratish uchun xonalarni moslashtirish imkoniyatining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markazlashtirilgan kanalizatsiya mavjud boʻlmagan hollarda xonaga biriktiriladigan yer uchastkasining maydoni turar joy xonasidan, shuningdek, biriktiriladigan yer uchastkasiga tutash boʻlgan boshqa mulkdorlarga tegishli turar joylardan oqova suv va hojatxona uchun moʻljallangan oʻralardan sanitariya normalariga muvofiq masofada joylashganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonaning mavsumiy va vaqtincha yashash uchun moʻljallanmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xonaning bozorlar va boshqa savdo markazlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlari binolarida joylashmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻy va shunga oʻxshash marosimlar oʻtkazish bilan bogʻliq 100 tadan ortiq oʻtirish joyi boʻlgan umumiy ovqatlanish obyekti, kino va videofilmlar namoyish qilinadigan statsionar va vaqtincha pavilyonlar, yozgi ochiq estrada, kinoteatrlar, raqs maydonchalari, 500 oʻringacha boʻlgan yopiq kinoteatrlar, inson hayoti uchun xavfli boʻlgan portlovchi, yonuvchi va kimyoviy vositalar saqlash omborxonalari, angarlar, kioskalar, bostirma toifasidagi obyekt emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarida joylashmaganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn birinchi, oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oʻninchi, oʻn birinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 19-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“vakolatli organ tomonidan koʻchmas mulk obyektiga taqiq, xatlov (ipoteka bundan mustasno) qoʻyilganligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 21-band chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2024-y., 09/24/614/0768-son; 19.09.2025-y., 09/25/594/0850-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 16.05.2026-y., 09/26/246/0492-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)