11.12.2003 yildagi 556-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat yangi tahrirda qabul qilingan
Hujjat 24.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-573-sonli “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 225-modda; 1994-yil, № 11, 285-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556-II-son

VALYUTANI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi hududida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Valyuta boyliklari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi, chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar, chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlari va sof quyma oltin valyuta boyliklari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi muomalada boʻlgan hamda xorijiy davlatda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari, muomaladan chiqarilgan yoki chiqarilayotgan hamda xuddi shu xorijiy davlatning pul belgilariga almashtirilishi lozim boʻlgan chet el pul belgilari, shuningdek hisobvaraqlarda va omonatlarda boʻlgan xorijiy davlatlarning pul birliklaridagi hamda xalqaro pul yoki hisob-kitob birliklaridagi mablagʻlardir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni yoki xorijiy davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritilgan, qiymati chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlaridir.
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari (bundan buyon matnda rezidentlar deb yuritiladi) quyidagilardir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining immunitet va diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan xorijdagi diplomatiya hamda boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) deyilganda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq rezidentlar jumlasiga kirmaydigan shaxslar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Valyuta operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta boyliklariga boʻlgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning oʻzga shaxsga oʻtishi hamda valyuta boyliklarini toʻlov vositasi sifatida ishlatish bilan bogʻliq operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta boyliklarini Oʻzbekiston Respublikasida olib kirish va joʻnatish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish va joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar va norezidentlar oʻrtasida milliy valyutadagi operatsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalarga hamda kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sof quyma oltin muomalasi tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Joriy xalqaro operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy xalqaro operatsiyalarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan toʻlanishi zarur barcha toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foizlar va boshqa daromadlar koʻrinishida, shu jumladan bank omonatlari, kreditlar hamda lizing boʻyicha olinadigan foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olinadigan sof daromad shaklida toʻlanishi zarur toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalarining maqbul summalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo bilan bogʻliq boʻlmagan pul joʻnatmalariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim va davolanish uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari taʼminoti uchun haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
notarial va tergov harakatlari bilan bogʻliq toʻlovlar, shuningdek bunday harakatlarni amalga oshirish va ishlarni sudlarda koʻrish munosabati bilan davlat boji toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning, arbitrajning, shuningdek tergov va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablagʻlari toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalarda, sport va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlar, koʻrgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etganlik uchun toʻlovlar, investitsiya bilan bogʻliq va moddiy xarajatlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn qilish bilan bogʻliq toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik haqini toʻlash, patent bojlarini toʻlash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyatlari boʻyicha haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan bogʻliq holda sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalariga joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulkni sotib olish va sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlardan mablagʻlarni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablagʻlarni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni repatriatsiya qilish, shuningdek toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida koʻchmas mulk obyektlarini olish va ularni koʻrish boʻyicha kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlar tomonidan koʻchmas mulkni olish va sotish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda belgilanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno.
(8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi — beshinchi qismlarida nazarda tutilmagan kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosila moliyaviy vositalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosila moliyaviy vositalar (valyuta derivativlari) chet el valyutasi oldi-sotdisi boʻyicha shartnomalar boʻlib, ularda belgilangan majburiyatlar muayyan muddat oʻtgach yoki chet el valyutasining qiymatiga yoxud uning kursi oʻzgarishiga bogʻliq ravishda bajarilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosila moliyaviy vositalar boʻyicha operatsiyalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar tomonidan oʻzaro yoki chet el banklari bilan cheklovlarsiz, ochiq valyuta mavqeyi limiti doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar shartnoma tuzish joriy xalqaro operatsiyalarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlsa, banklarning mijozlari tomonidan vakolatli banklar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Oʻzbekiston Respublikasining valyutani tartibga soluvchi davlat organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasida valyutani tartibga soluvchi davlat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyutani tartibga soluvchi davlat organi oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida chet el valyutasining hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarining muomalasi tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklarda norezidentlar tomonidan milliy valyutada hamda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy valyutada chet el valyutasini sotib olish va sotish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida va undan tashqarida barcha turdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklarga litsenziyalar berishning umumiy qoidalarini belgilaydi, bunday litsenziyalarni beradi va chaqirib oladi, shuningdek banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib turadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta birjasi faoliyatini amalga oshirish huquqini olish uchun litsenziyalash tartibini belgilaydi;
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari muddatining chegarasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun toʻlovlarning maqbul summalari miqdorini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasi bilan bogʻliq boʻlgan hosila moliyaviy vositalar bilan operatsiyalar oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital harakati bilan bogʻliq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar reyestrini yuritadi va eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar uchun ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan xalqaro standartlarga muvofiq valyuta operatsiyalari statistikasini tayyorlaydi va eʼlon qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasidagi tushumning bir qismini rezidentlar tomonidan majburiy tarzda sotishning miqdori va tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyutani tartibga solish masalalari boʻyicha barcha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar qabul qiladi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Vakolatli banklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan banklar vakolatli banklardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli banklar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ochiq valyuta mavqeyi limiti doirasida chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha, shu jumladan hosila moliyaviy vositalar asosida chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha bevosita oʻzaro, oʻz mijozlari bilan hamda valyuta birjalari orqali, shuningdek xalqaro bozorlarda operatsiyalarni amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining banklarida va chet el banklarida vakillik hisobvaraqlariga hamda boshqa hisobvaraqlarga ega boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd chet el valyutasini hamda chet el valyutasidagi toʻlov hujjatlarini jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish operatsiyalarini amalga oshirish uchun ayirboshlash shoxobchalarini ochishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli banklar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga doir cheklovlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki iqtisodiy xavfsizlikka tahdid yuzaga kelganda valyuta operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtincha toʻxtatib qoʻyishga yoki ularga doir cheklovlar joriy etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Jismoniy shaxslarning valyuta boyliklari va ulardan foydalanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mulkida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan, oʻtkazilgan yoki joʻnatilgan, Oʻzbekiston Respublikasida olingan yoki sotib olingan valyuta boyliklariga ega boʻlishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklarda va ularning filiallarida chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish hamda omonatlar qoʻyishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank hisobvaraqlarini ochgan holda yoki bunday hisobvaraqlarni ochmay turib xalqaro pul joʻnatmalarini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta boyliklarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkazish, olib kirish va joʻnatishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan oʻtkazish, olib chiqish va joʻnatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta boyliklaridan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda foydalanishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan vakolatli banklar orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha operatsiyalar milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan chet el valyutasiga boʻlgan talab hamda taklifning joriy nisbati asosida shakllanadigan almashuv kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblash uchun milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini muntazam ravishda belgilab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Rezidentlarning hisobvaraqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezidentlar Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident yuridik shaxslarning chet el valyutasidagi mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklardagi valyuta hisobvaraqlarida saqlanadi va ular tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident yuridik shaxslar tomonidan olinadigan chet el valyutasi, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan olingan valyuta tushumi, agar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqacha qoida belgilagan boʻlmasa, ularning vakolatli banklardagi hisobvaraqlariga oʻtkazilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda milliy valyutada va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga haqlidir.
(16-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rezident jismoniy shaxslari, diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarining chet eldagi, xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida hisobvaraqlar ochishiga hamda bu hisobvaraqlardan foydalanishiga ularning faqat xorijda boʻlishi va faoliyat koʻrsatishi davrida yoʻl qoʻyiladi. Ularning chet elda boʻlishi yoki faoliyat koʻrsatishi tugagach, hisobvaraqlar yopilishi lozim, hisobvaraqlardagi mablagʻlarning qoldiqlari esa Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida norezidentlarning hisobvaraqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha turgan norezident jismoniy shaxslar, immunitet hamda diplomatik imtiyozlardan foydalanadigan chet el diplomatiya va boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning filiallari, shuningdek xorijiy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasida xoʻjalik yoki boshqa tijorat faoliyati bilan shugʻullanmaydigan vakolatxonalari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatli banklarda milliy valyutada va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochishga hamda ulardan foydalanishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli banklarning vakillari boʻlgan chet el banklari vakolatli banklarda milliy valyutada va chet el valyutasida vakillik hisobvaraqlari hamda boshqa hisobvaraqlar ochish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasida hisob-kitoblar va toʻlovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha hisob-kitoblar va toʻlovlar milliy valyutada amalga oshiriladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisob-kitoblar va toʻlovlarni chet el valyutasida amalga oshirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kreditlarni olish va qaytarishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklardagi omonatlarga pul mablagʻlari qoʻyishda, omonatlar boʻyicha foizlar toʻlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha vositachilik haqini undirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el valyutasida ifodalangan bank kafolatlarini berish va ular yuzasidan toʻlovlarni amalga oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli banklar, ularning filiallari va ayirboshlash shoxobchalari orqali chet el valyutasini sotib olish va sotishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda valyuta boyliklarini kiritishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xayriya maqsadlarida amalga oshiriladigan operatsiyalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meros huquqi boʻyicha valyuta boyliklarini olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojsiz savdo doʻkonlaridagi hisob-kitoblar, shuningdek xalqaro yoʻnalishlarda tashishda transport vositalarining qatnov yoʻllarida yoʻlovchilarga tovarlar sotish va xizmatlar koʻrsatishdagi hisob-kitoblar bilan bogʻliq operatsiyalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
norezidentlar bilan tovarlarni boshqaga oʻtkazish, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish, axborotni, intellektual faoliyat natijalarini, shu jumladan ularga boʻlgan mutlaq huquqlarni boshqaga oʻtkazish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish va ularni bajarish bilan bogʻliq xizmatlar komissionyerlar (agentlar) tomonidan koʻrsatilayotganda komissionyerlar (agentlar) va komitentlar (prinsipallar) oʻrtasida amalga oshiriladigan operatsiyalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilayotgan yoki Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan yukning tranziti, uni tashish bilan bogʻliq xizmatlar ekspeditor, tashuvchi va fraxtchi tomonidan koʻrsatilayotganda transport ekspeditsiyasi, tashish hamda charter (fraxtlash) shartnomalari boʻyicha operatsiyalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sotib olish va sotishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezidentlar tomonidan rezidentlar hamda norezidentlardan plastik toʻlov va kredit kartochkalari boʻyicha toʻlovlarni qabul qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sugʻurta va qayta sugʻurta shartnomalari boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Naqd chet el valyutasi va milliy valyutani olib kirish hamda olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga naqd chet el valyutasini olib kirishi cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident jismoniy shaxslar naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni koʻrsatmasdan qonun hujjatlarida belgilangan miqdordagi naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan bir yoʻla olib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiq boʻlgan naqd chet el valyutasining rezident jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqilishi ularda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yoki vakolatli banklar tomonidan beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasidan naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezident jismoniy shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona deklaratsiyasiga muvofiq olib kirilgan naqd chet el valyutasi miqdoridagi nakd chet el valyutasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar tomonidan beriladigan, ularning naqd chet el valyutasini olib chiqish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda esa olib kirilgan naqd chet el valyutasidan koʻp boʻlgan miqdordagi naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasidan bir yoʻla olib chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident hamda norezident yuridik shaxslar tomonidan naqd chet el valyutasi va milliy valyutani olib kirish hamda olib chiqish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli banklar tomonidan naqd chet el valyutasi va milliy valyutani olib kirish hamda olib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rezident va norezident jismoniy shaxslarning naqd milliy valyutani olib kirishi hamda olib chiqishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Valyutani nazorat qiluvchi organlar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasida valyutani nazorat qiluvchi organlardir.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida rezidentlar va norezidentlar tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining qonun hujjatlariga muvofiqligini valyutani nazorat qiluvchi organlar oʻz vakolatlari doirasida belgilangan tartibda nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobot taqdim etish tartibini, hisobotning turlari, shakli va uni taqdim etish muddatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani nazorat qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda ularning oʻz vakolatlari doirasida belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norezidentlarning valyuta operatsiyalari boʻyicha hisobot taqdim etishiga doir talablar valyuta operatsiyalarining faqat Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalga oshirilgan qismiga nisbatan belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar chet el valyutasini sotib olish va sotish boʻyicha hisobot taqdim etmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Nizolarni hal qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 403-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)