1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.03.00 Hisob-kitoblar va kassa operatsiyalari (shuningdek, 03.11.17.00, 07.21.04.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.13.00 Valyuta operatsiyalari (shuningdek, 07.27.00.00ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.03.00 Valyuta operatsiyalari (bitimlari) / 07.27.03.02 Kapitalning harakatlanishi bilan bogʻliq valyuta operatsiyalari]
[TSZ:
1.Moliya / Valyutani tartibga solish. Qimmatbaho metallar (toshlar)]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi tomonidan 1998-yil 28-martda 35-son bilan
TASDIQLANGAN
(4-sonli bayonnoma)
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
KELIShILGAN
1999-yil 11-yanvar
EG/13-01-44-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA ChET EL VALYUTASI BILAN KASSA OPERATSIYALARINI YuRITISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 22-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 611]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 26-avgustdagi 366-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 611-6, 26.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, naqd chet el valyutasini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan kassa intizomiga rioya qilinishining tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda korxonalar) naqd chet el valyutasini Markaziy bank hududiy bosh boshqarmalarining hisob-kitob-kassa markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi (keyingi oʻrinlarda banklar) valyuta hisob raqamlarida saqlashlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kelib tushgan naqd chet el valyutasi saqlash va valyuta hisob raqamiga oʻtkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan hollarda korxonalar tomonidan banklarga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Banklardan olingan naqd chet el valyutasi qatʼiy ravishda maqsadga muvofiq sarflanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ChET EL VALYUTASINI QABUL QILISh VA BERISh HAMDA KASSA HUJJATLARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet el valyutasini qabul qilayotganda korxonalarning kassirlari texnik vositalar yordamida chet el valyutasining toʻlovga yaroqliligini aniqlashlari shart. Chet el valyutasining toʻlovga yaroqliligi qoʻshimcha ravishda Markaziy bank tomonidan tavsiya etilgan maʼlumotnomalar boʻyicha tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxonalarning kassalariga chet el valyutasini qabul qilish ushbu Tartibga 1-shakldagi ilovaga muvofiq kirim kassa ordyerlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd chet el valyutasi qabul qilinayotganda, uni topshiruvchiga, bosh buxgalter yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxsning hamda kassirning imzosi qoʻyilgan kvitansiya (kirim kassa orderining milki) beriladi.
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 611-5, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/611-5/2898-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Korxonalarning kassalaridan chet el valyutasini berish ushbu Tartibga 2-shakldagi ilovaga muvofiq, oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida berilgan chiqim kassa ordyerlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasini berishga doir hujjatlar korxona rahbari va korxona bosh buxgalteri yoki ularning vazifalarini bajaruvchi shaxslar tomonidan imzolangan boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Korxona kassasiga kelib tushgan chet el valyutasi toʻlaligicha kassaga kirim qilinadi. Bankdan xizmat safari xarajatlari va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari hamda Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa maqsadlar uchun olingan mablagʻlar qatʼiy ravishda maqsadga muvofiq ishlatilishi lozim. Ishlatilmagan mablagʻlar uch kundan kechiktirmasdan bankka qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bankka naqd xorijiy valyutani topshirish usullari bank tomonidan korxona bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Chet el valyutasi chiqim kassa orderi boʻyicha jismoniy shaxsga u oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat) koʻrsatganda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Chet el valyutasini kassir faqat chiqim kassa orderida koʻrsatilgan shaxsgagina beradi. Agar chet el valyutasi belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan berilsa, order matnida chet el valyutasini oluvchining familiyasi, ismi, otasining ismidan keyin buxgalteriya tomonidan chet el valyutasini olishga ishonch bildirilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi koʻrsatiladi. Ishonchnoma kassirda qoladi va chiqim kassa orderiga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasini ishonchnoma boʻyicha berish mazkur Tartibning 5 va 7-bandlarida bayon etilgan talablarga muvofiq holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kirim va chiqim kassa ordyerlari, ularga ilova qilinadigan kvitansiyalar va boshqa hujjatlar buxgalteriya tomonidan binafsha rang siyohli yoki binafsha (koʻk) rang sharikli ruchkada yoxud texnik vositalar yordamida toʻgʻri, aniq toʻldirilishi lozim. Yuqorida sanab oʻtilgan hujjatlarga tuzatishlar kiritish, oʻchirib yozish, oq boʻyoq ishlatish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim ordyerlarida ularni tuzish uchun nima asos boʻlgani koʻrsatiladi va ularga ilova qilingan hujjatlar sanab oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kirim va chiqim kassa ordyerlarini chet el valyutasini topshiruvchi, oluvchi fuqarolar qoʻliga berish man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasini kassa ordyerlari boʻyicha qabul qilish va berish faqat shu hujjatlar tayyorlangan kunning oʻzida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kassir kirim va chiqim kassa ordyerlarini olayotgan vaqtda majburiy ravishda koʻrsatiladigan rekvizitlarning haqiqiyligini va toʻgʻri toʻldirilganligini, shu jumladan, quyidagilarni tekshirishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hujjatlarda korxona rahbari yoki u vakolat bergan shaxslar imzolari borligi va ushbu imzolarning haqiqiyligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hujjatlarda sanab oʻtilgan ilovalarning mavjudligini.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir chet el valyutasini 10-bandda belgilangan tartibda qabul qilib olayotganda yoki berayotganda kirim yoki chiqim kassa ordyerlariga imzo chekadi, sana (kun, oy, yil)ni koʻrsatgan holda ularga berilgan ilovalarga “toʻlandi” deb yozadi yoki shunday yozuvli burchakli shtamp qoʻyadi.
(11-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 611-5, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/611-5/2898-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buxgalteriya kirim va chiqim kassa ordyerlarini ular kassaga topshirilishidan avval kirim va chiqim kassa hujjatlari roʻyxatini yuritish daftarida qayd etadi. Bunda orderning soʻm hisobidagi summasi hamda chet el valyutasidagi nominali ham koʻrsatilishi lozim. Roʻyxatga olish daftarini qogʻoz nusxasi koʻchirilgan holda tegishli dasturiy taʼminot bilan taʼminlangan kompyuterlarda elektron shaklda yuritishga ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. KASSA DAFTARINI YuRITISh VA NAQD ChET EL VALYUTASINI SAQLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kelib tushgan va berilgan naqd chet el valyutasi qogʻoz nusxasi koʻchirilgan holda tegishli dasturiy taʼminot bilan taʼminlangan kompyuterlarda elektron shaklda yuritilishi mumkin boʻlgan kassa daftarida hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Naqd chet el valyutasidagi operatsiyalarni aks ettirish uchun korxona chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha alohida kassa daftarini yuritadi. Korxona chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha faqat bitta kassa daftarini tutishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Chet el valyutasidagi operatsiyalar uchun tutilgan kassa daftari varaqlari raqamlangan, tikilgan va surgʻuch yoki mastika bilan shunday muhrlangan boʻlishi kerakki, ruxsatsiz yoki bekitiqcha varaq qoʻyish (olish)ning iloji boʻlmasin. Kassa daftaridagi varaqlar soni korxona rahbari va bosh buxgalterining imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Valyuta operatsiyalari boʻyicha kassa daftariga yozuvlar ikki nusxada qora qogʻoz (nusxa koʻchirish qogʻozi) orqali binafsha (koʻk) rangli siyoh yoki sharikli ruchkada kiritiladi. Varaqlarning ikkinchi nusxalari yirtib olinadigan boʻlishi kerak, ular kassirning hisoboti boʻlib xizmat qiladi. Varaqlarning birinchi nusxalari kassa daftarida qoladi. Varaqlarning birinchi va ikkinchi nusxalariga bir xil raqamlar qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftariga oʻchirib yozish va izohsiz tuzatishlar kiritish man etiladi. Kiritilgan tuzatishlar korxona kassiri, shuningdek bosh buxgalteri yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs imzolari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kassir kassa daftarida kun boshida chet el valyutasining qoldigʻini (chet el valyutasi turlari, nomi, summasi boʻyicha) koʻrsatadi. Kun davomida kassir chet el valyutasida bajarilgan har bir operatsiya boʻyicha kassa daftariga kirim (chiqim)ni (chet el valyutasi turlari, nomi va summasi boʻyicha) yozib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kassir har bir order boʻyicha chet el valyutasi olingan yoki berilganidan keyin buni darhol kassa daftariga yozib qoʻyadi. Har bir ish kuni oxirida kassir kun davomida bajarilgan operatsiyalarga yakun yasaydi, kun oxiridagi kassa qoldigʻini hisoblab chiqaradi va buxgalteriyaga kassir hisoboti sifatida ikkinchi yirtma varaq (kunlik kassa daftaridagi yozuvlar nusxasi)ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birga topshiradi va bu haqda kassa daftariga imzo qoʻydiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kassa operatsiyalar toʻgʻri amalga oshirilishini nazorat qilish korxona bosh buxgalteri (uning vazifasini bajaruvchi shaxs)ning zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Buxgalteriya hisobidan oʻtkazilmagan tilxatlar va boshqa hujjatlar summalari kassada mavjud boʻlgan naqd pul qoldigʻi toʻgʻriligini isbotlash uchun asos boʻla olmaydi. Ushbu summa kamomad hisoblanib, kassirdan undirib olinadi. Kirim kassa ordyerlari bilan rasmiylashtirilmagan naqd pullar kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va budjet daromadiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xorijiy valyuta operatsiyalari boʻyicha kassir (bundan buyon mantda kassir deb yuritiladi) qabul qilib olingan barcha qimmatliklarni saqlash uchun, qasddan qilingan harakatlar natijasida, oʻzining majburiyatlariga insofsiz va ehtiyotsizlik bilan munosabatda boʻlganligi natijasida tashkilotga yetkazilgan zarar uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq toʻliq moddiy javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Korxona rahbari (bosh buxgalteri) kassir ishga tayinlanganligi haqida buyruq chiqqandan keyin uni Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi kassa operatsiyalarini amalga oshirish Tartibi bilan tanishtirib, bu haqda imzo qoʻydirib olishi shart, shundan keyin kassir bilan yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisida shartnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kassir oʻziga topshirilgan vazifani bajarishni birovga ishonib topshirishi yoki ayrim vazifalarini boshqa shaxslar zimmasiga yuklashi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Shtatlar jadvali boʻyicha bitta kassiri boʻlgan korxonalarda kassirni vaqtincha almashtirish yoki unga yordamchi biriktirib qoʻyish zarurati tugʻilganda kassir vazifasini bajarish korxona rahbarining yozma buyrugʻi asosida yakka tartibdagi toʻliq moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi tegishli shartnoma tuzilganidan keyin boshqa xodim zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday hollarda mazkur Tartibda kassirlar uchun belgilangan barcha huquq va majburiyatlarning hammasi bunday shaxslarga ham taalluqli boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassir toʻsatdan ishini bajara olmay qolgan hollarda (kasalligi va boshqa sabablarga koʻra) uning hisobidagi chet el valyutasi va boshqa qimmatliklar korxona rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida yoki korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya ishtirokida ushbu qimmatliklarni qabul qilib olayotgan boshqa kassir tomonidan zudlik bilan qayta sanab olinadi. Qayta hisoblash natijasi va qimmatliklarning boshqa kassirga topshirilgani toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, unga yuqorida qayd etilgan shaxslar imzo chekadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu vaziyatda chet el valyutasi va boshqa qimmatliklarni qayta sanash imkoniyati mavjud boʻlmagan (ikkinchi kassir boʻlmasa va h.k.) holda, kassa chet el valyutasi va boshqa qimmatliklar qayta hisoblanmasdan yopiladi hamda muhrlab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korxona rahbari tomonidan buxgalteriya xodimlaridan tayinlangan shaxs keyingi ish kunidan kechiktirmay bosh buxgalter va korxona rahbari ishtirokida yoki korxona rahbari tayinlagan kamida uch kishidan iborat komissiya ishtirokida chet el valyutasi hamda qimmatliklarini qayta sanab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el valyutasi va boshqa boyliklarni qayta sanash natijalari barcha hollarda rahbar va bosh buxgalter yoki komissiya aʼzolari imzo chekkan dalolatnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Korxonaning kassa hujjatlariga imzo chekish huquqiga ega boʻlgan buxgaltyerlari va boshqa xodimlari kassir vazifasini bajarishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Har bir korxona naqd chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun alohida xonaga joylashtirilgan kassaga ega boʻlishi lozim. Soʻm operatsiyalariga doir kassa bilan naqd chet el valyutasidagi operatsiyalarga doir kassa bir xonaga joylashtirilishi mumkin, biroq bunda chet el valyutasini soʻm mablagʻlaridan ajratilgan holda saqlash uchun alohida temir javon (sandiq)lar yoki seyflar boʻlishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Naqd chet el valyutasi va boshqa boyliklarni qabul qilish, berish va vaqtincha saqlash uchun moʻljallab, maxsus jihozlangan va ajratilgan xona kassa hisoblanadi. Korxona rahbarlari kassa jihozlanishini hamda naqd chet el valyutasi va boshqa qimmatliklarni saqlash, tashish vaqtida but saqlanishini taʼminlashlari shart, ularning aybi bilan saqlash va tashish vaqtida pul mablagʻlarining but saqlanishini taʼminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda bu shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kassa quyidagilar bilan jihozlanishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet el valyutalarining haqiqiyligini, toʻlovga yaroqliligini aniqlash uchun farqlash belgilari kataloglari (maʼlumotnomalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) naqd chet el valyutasi kupyuralari haqiqiyligini tekshirish uchun texnik asboblar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kassa xonasi alohida tarzda toʻliq ajratilgan boʻlishi, operatsiya vaqtida kassa eshigi ichkaridan qulflanadigan boʻlishi shart. Kassa ishiga aloqasi boʻlmagan xodimlarning unga kirishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Barcha chet el valyutasi (toʻlov hujjatlari) va boshqa qimmatliklar yonmaydigan temir javonlar yoki seyflarda saqlanishi, ular kassa ishi tugaganda qulflanishi va muhrlanishi (plombalanishi) hamda qoʻriqlash signalizatsiyasi yoqilishi shart. Temir javonlarning kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanadi, ularni shartlashilgan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish, hisobda turmaydigan nusxalarini tayyorlash taqiqlanadi. Temir javonlar turgan xonalar eshiklarini ochiq qoldirish hamda ushbu javonlar eshiklarida ham kalitlarni qoldirish qatʼiyan man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalitlarning hisobga olingan nusxalari kassir tomonidan qogʻoz xalta, qutichalarga solinib, muhrlanadi va korxona rahbarida saqlanadi. Ular chorak davomida kamida bir marotaba komissiya tomonidan tekshirib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalitlar yoʻqolib qolganligi aniqlangan holda korxona rahbari amaldagi qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassada mazkur korxonaga tegishli boʻlmagan naqd chet el valyutasini va boshqa boyliklarni saqlash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kassir kassa xonasi va temir javonlarni ochishdan avval qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlar butligini tekshirishi, qoʻriqlash signalizatsiyasi ishdan chiqmaganligiga ishonch hosil qilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhr buzilgan yoki olib tashlangan, qulflar, eshiklar yoki panjaralar buzilgan boʻlsa, kassir zudlik bilan bu haqda amaldagi qonunchilikka muvofiq chora-tadbirlar koʻrilishi uchun korxona rahbariga maʼlum qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ularning vazifalarini bajaruvchi shaxslar hamda korxona kassiri kassada saqlanayotgan naqd chet el valyutasi va boshqa qimmatliklarning mavjudligini tekshiradilar. Bu tekshiruv kassa operatsiyalari boshlangunga kadar oʻtkazilishi kerak. Tekshiruv natijalari toʻgʻrisida toʻrt nusxada dalolatnoma tuzilib, unga tekshiruvda qatnashgan barcha shaxslar imzo chekadilar. Dalolatnomaning birinchi nusxasi sugʻurta kompaniyasiga (agar kassa sugʻurta qilingan boʻlsa), ikkinchisi — yuqori turuvchi tashkilotga (agar shunday tashkilot mavjud boʻlsa) joʻnatiladi, uchinchi va toʻrtinchi nusxalari esa korxonada qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. KASSA TAFTIShINI OʻTKAZISh VA KASSA INTIZOMIGA RIOYA QILINIShINI NAZORAT QILISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Valyuta-kassa intizomiga rioya qilinishi uchun javobgarlik korxonalar rahbarlari, bosh buxgaltyerlari va kassirlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Korxona rahbari belgilagan muddatlarda, lekin har chorakda kamida bir marotaba har bir korxona kassasida toʻsatdan taftish oʻtkaziladi. Taftish davomida kassadagi barcha naqd valyuta birma-bir toʻla qayta sanaladi va saqlanayotgan boshqa qimmatliklar tekshirib chiqiladi. Kassani taftish qilish uchun korxona rahbarining buyrugʻi bilan komissiya tayinlanadi, shu komissiya taftish dalolatnomasini tuzadi. Taftish vaqtida kassadagi qimmatliklarning kam yoki ortiqcha chiqqanligi aniqlangan holda dalolatnomada ularning summasi hamda buning sababi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassa daftari elektron shaklda yuritiladigan shart-sharoitda kompyuterlarda kassa hujjatlariga ishlov beruvchi dasturiy vositalarning toʻgʻri ishlashini tekshirish amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Yuqori tashkilotlar oʻzlariga tobe har bir korxonadagi hujjatlarni taftish qilish davomida majburiy tartibda kassani taftish qiladilar va kassa intizomiga rioya qilinishini tekshiradilar. Taftish oʻtkazilganda pul va qimmatliklarni saqlash qanday taʼminlanganligiga alohida ahamiyat berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik, jamoa va boshqa korxonalarda bunday taftishlar (agar ularning ustavida koʻzda tutilgan boʻlsa) taftish komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Kassa intizomini muntazam ravishda buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi oʻrinbosari S. RAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/5-sonli qarori (roʻyxat raqami 611-5, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/611-5/2898-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________dagi chet el valyutasi ________________________________________________________________________________________________
(nomi, nominal boʻyicha summasi yozuv va raqamlarda)
Asos: ___________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________________ Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining operatsiyani amalga oshirilgan kundagi kursi___________________________________________________________ Milliy valyutadagi ekvivalenti______________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________ sum. ______________ tiyin
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha summasi yozuv va raqamlarda)
(nomi, nominal boʻyicha summasi yozuv va raqamlarda)
______________________________________________________________dagi chet el valyutasini qabul qilib oldim Milliy valyutadagi ekvivalenti ______________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________sum _________ tiyin.