Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020 25.02.2004 yildagi 86-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING NAQD MILLIY VALYUTASINI OLIB KIRISh VA OLIB ChIQIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-son qonunlari)”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqishga doir operatsiyalar o‘tkazilishini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, 2004-yil 1-martdan boshlab jismoniy shaxslar — rezidentlar va norezidentlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi — so‘mni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va respublikadan tashqariga olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmaydigan summada ruxsat beriladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqd milliy valyutani yuqorida ko‘rsatilgan summadan ortiqcha olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi yuridik shaxslar — rezidentlar va norezidentlar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan tartib o‘rnatilsin, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ruxsatnomasi bo‘lgan taqdirda vakolatli banklar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va vakolatli banklar tomonidan olib kirilishi va olib chiqilishida bojxona to‘lovlari undirilmaydi, bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Davlat bojxona qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 96-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)