1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.14.00 Qurilish sohasidagi nazorat va huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoni hamda “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazoratini kuchaytirishning taʼsirchan zamonaviy mexanizmini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 14-apreldagi PF-66-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor (keyingi oʻrinlarda — xususiy qurilish nazorati) tomonidan bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazorati arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan hamda qurilish obyekti loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura qismini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — loyihachi) tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazorati obyektlarida qurilish (rekonstruksiya ishlari) yakuniga yetgandan soʻng loyihachi tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida xulosa shakllantirilishi va buyurtmachiga taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi (rekonstruksiya ishlari) tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma tegishli tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari (Toshkent shahrida — tuman qurilish boʻlimlari) tomonidan berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazorati amalga oshirilmaganda yoki nazoratni amalga oshirgan loyihachining ijobiy xulosasi mavjud boʻlmaganda, obyektlarni foydalanishga qabul qilish taqiqlanishi belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, ushbu qaror bilan belgilangan tartib mazkur qaror tasdiqlangan sanadan oldin qurilishi va rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborilgan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar, qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S. Xidoyatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-apreldagi 167-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar, qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar qurilishi hamda rekonstruksiya qilinishi yuzasidan qurilish nazorati xususiy sektor (keyingi oʻrinlarda — xususiy qurilish nazorati) tomonidan amalga oshirilishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-avgustdagi 496-son qarori bilan tasdiqlangan Obyektlarda davlat qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy reglamentga 2-ilovadagi Qurilish obyektlarining xavf-xatar toifasi boʻyicha murakkablik toifalari tasnifida koʻrsatilgan II — IV toifadagi obyektlarga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi (mulkdor) — quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar, qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar egasi, yaʼni mulkdor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazorati obyekti — quyidagi qurilish obyektlari xususiy qurilish nazorati obyektlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni (yordamchi xoʻjalik imoratlarini hisobga olmagan holda) 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish hajmi 300 kub metrdan ortiq boʻlmagan noturar bino va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil turdagi (konstruksiyali) qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazoratchisi — obyektning loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan loyiha tashkiloti yoki ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan holatlarda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan boshqa loyiha tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish bosqichi — qurilish obyektining sifati, mustahkamligi, zilzilabardoshligi va foydalanishda ishonchliligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining xavfga uchrashi mumkinligi yuqori boʻlgan bosqichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning loyiha hujjatlari — arxitektura va konstruksiya qismlaridan, shuningdek, qurilish (rekonstruksiya) madaniyatiga (obyektni koʻchalardan toʻsib turadigan moslamalar oʻrnatish, qurilish materiallarini koʻchada saqlamaslik) rioya etish boʻyicha majburiy koʻrsatmalardan iborat hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma — xususiy qurilish nazoratchisi tomonidan taqdim etilgan, qoidabuzarliklar va ularni bartaraf etish muddatlari aks ettirilgan bajarilishi shart boʻlgan yozma talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy qurilish nazorati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazorati obyektning quruvchisi va nazoratchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektda qurilishning barcha bosqichlarida bajariladigan qurilish (rekonstruksiya) ishlarining loyiha hujjatlari, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi yuzasidan nazorat oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qurish, rekonstruksiya qilishning butun davri davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda xususiy qurilish nazoratini amalga oshirayotgan loyiha tashkiloti qonunchilikda belgilangan tartibda tugatilganda yoki ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan holatlarda xususiy qurilish nazorati boshqa arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkiloti bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xususiy qurilish nazoratini amalga oshirishda loyihachi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) obyekt qurilishida quruvchi tomonidan obyektning kelishilgan loyiha hujjatlariga rioya qilmaganlik holatlarini aniqlash. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan loyiha hujjatlariga rioya qilmaslik holatlari boʻyicha dalolatnoma tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan buyurtmachini (mulkdor) mazkur holatlar toʻgʻrisida ogohlantirish hamda qurilishni toʻxtatish toʻgʻrisida koʻrsatma taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) obyektda bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, texnik reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, texnik tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga mos kelmasligi aniqlangan hollarda talablari buzilgan hujjatning aniq normasini (hujjatning nomi va undagi modda yoki bandini) koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bajarilgan qurilish va rekonstruksiya ishlari yuzasidan oʻtkazilgan qurilish nazorati yakunlari boʻyicha xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xususiy qurilish nazorati buyurtmachining (mulkdor) ixtiyori bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlarda buyurtmachi (mulkdor) xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish zarurati mavjud emasligi toʻgʻrisida obyektning loyiha hujjatlarini ishlab chiqqan loyiha tashkilotiga u bilan obyektning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha shartnomani tuzish jarayonida yozma ravishda bildirishnomani taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy qurilish nazorati olib boriladigan obyektlarda mualliflik nazorati yuritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xususiy qurilish nazorati qiymati obyekt loyiha hujjatining qiymatidagi miqdorga teng alohida miqdorni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xususiy qurilish nazoratchisi nazoratni amalga oshirish boʻyicha oʻz vakolatlarini buyurtmachining roziligi (yoki tashabbusi) bilan shartnoma asosida boshqa arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxsga topshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyektda xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sertifikat olgan hamda asosiy ish joyi boʻyicha ishlayotgan xodim boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xususiy qurilish nazorati turlari va prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Obyektlarda bir oyda kamida bir marta xususiy qurilish nazorati amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oʻtkaziladigan har bir xususiy qurilish nazoratining muddati bir ish kunidan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Xususiy qurilish nazorati avvalgi nazorat davomida aniqlangan hamda qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalarda qayd etilgan qoidabuzarliklarga barham berish maqsadida qayta oʻtkazilishi mumkin va ushbu vazifa doirasidan chetga chiqishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi xususiy qurilish nazorati faqat qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmada berilgan muddat tugagandan soʻng oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xususiy qurilish nazorati texnologik jarayon buzilganda, inshootlar va uskunalar ishdan chiqqanda, shuningdek, odamlar hayoti va salomatligi, mol-mulki hamda atrof-muhitga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan avariya holatlari yuzaga kelganda qoʻshimcha tarzda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar xususiy qurilish nazoratini oʻtkazishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazorati faoliyatining qonuniyligi, xolisligi va oshkoraligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish jarayonida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliyalashtirish manbalaridan qatʼi nazar, moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xususiy qurilish nazoratiga olinadigan qurilishning bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xususiy qurilish nazorati obyekt qurilishining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Quyidagilar obyekt qurilishining asosiy bosqichlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshoot poydevorini qurish (xandaq va chuqurliklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
poydevor qurish (yerosti, yerusti qismi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy koʻtarib turuvchi konstruksiyalarni qurish (bino va inshootlar sinchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
devorlar va toʻsib turuvchi konstruksiyalarni qurish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tom yopish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus ishlarni bajarish (santexnika, isitish, suv taʼminoti va oqova suv (kanalizatsiya) tarmoqlari, chang-gazlarni tutib qolish uskunalari, chiqindilarni joylashtirish obyektlari, ventilyatsiya, elektrlashtirish va gazlashtirish tizimlari) binolar fasadlarini pardozlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyekt buyurtmachisi (mulkdor) qurilishning har bir bosqichi yakunlanishidan ikki kun avval xususiy qurilish nazoratchisini elektron va yozma shaklda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy qurilish nazoratchisi xabarnomani olgan kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida qurilish obyektiga sertifikatlangan nazoratchini biriktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xususiy qurilish nazorati buyurtmachi (mulkdor) ishtirokida ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Obyektda bajarilgan ishlar loyiha yechimlari, shaharsozlik normalari va qoidalari, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq emasligi aniqlangan holatlarda, talablari buzilgan hujjatning aniq normasi (hujjatning nomi va undagi modda yoki bandlar), obyektning qurilish yoki rekonstruksiya qilish loyihasidan chetlab oʻtilgan aniq holat koʻrsatilgan holda bajarilgan qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarining nomuvofiqligi toʻgʻrisida obyekt quruvchisiga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq yozma koʻrsatma xususiy qurilish nazoratchisi tomonidan imzolangan va muhrlangan tarzda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatma shaharsozlik faoliyati subyektlariga nisbatan sanksiyalar qoʻllashni nazarda tutmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ikki qavatli yakka tartibdagi uy-joylar va noturar joylar qurilishida vizual tekshiruvlar instrumental-texnik tekshiruv oʻtkazilishini talab etadigan hollarda binolar va inshootlarning zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvi xususiy qurilish nazoratchisining asoslantirilgan tashabbusi bilan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Instrumental-texnik tekshiruv qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyalari yoki maxsus litsenziyalangan tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Buyurtmachi (mulkdor) elektron va yozma shakldagi koʻrsatmada qayd etilgan qoidabuzarliklarni rad etsa, xususiy qurilish nazoratchisining xatti-harakatlari yuzasidan sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma qoidabuzarlikni tuzatish mumkin boʻlgan holatlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektning konstruktiv va boshqa xususiyatlari inobatga olinib, kamchiliklarni bartaraf etishning quyidagi muddatlari va tekshirish sanasi belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan qoidabuzarlikni bartaraf etish uchun — 30 kalendar kun davomida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishni toʻxtatish — ikki ish kuni davomida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xususiy qurilish nazorati natijalariga koʻra avval aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilganda xususiy qurilish nazoratchisi tomonidan qurilishi yakunlangan bosqichning muvofiqligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning “Qoidabuzarlikni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatmalar” qismida tegishli yozuvi qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xususiy qurilish nazoratchisi quyidagi hollarda obyektlardagi qurilish va rekonstruksiya ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq koʻrsatma beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlar, ularning ayrim qismlari va muhandislik kommunikatsiyalarining oʻzgarishi yoki qulab tushish xavfini yuzaga keltiradigan kamchiliklar (qoidabuzarliklar) aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilish loyihasi oʻzgartirilib, belgilangan tartibda kelishilmaganda yoki qurilish (rekonstruksiya) ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlariga rioya etmasdan amalga oshirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Xususiy qurilish nazoratchisi tomonidan qurilish va rekonstruksiya ishlarini toʻxtatish toʻgʻrisidagi koʻrsatma bevosita buyurtmachiga (mulkdor) uning imzosi mazkur hujjatning nusxasiga qoʻydirilgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtmachining (mulkdor) bevosita oʻziga ushbu koʻrsatmani topshirish imkoniyati boʻlmagan holatlarda koʻrsatma pochta orqali yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish imkoniyati boʻlmagan holatlarda xususiy qurilish nazoratchisi shaharsozlik normalari va qoidalari buzilgan holda bajarilgan konstruktiv elementlarni buzish (yoki demontaj qilish) toʻgʻrisida taqdimnoma rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Buyurtmachi (mulkdor) tomonidan nazoratchining koʻrsatmalarini bajarish, shu jumladan, obyektlardagi qurilish va rekonstruksiya ishlarini toʻxtatish rad etilgan holatlarda xususiy qurilish nazoratchisi ushbu Nizomning 18, 24 va 26-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda davlat arxitektura nazoratini oʻtkazish va buyurtmachi (quruvchi)ga nisbatan tegishli choralar koʻrish yuzasidan “Shaffof Qurilish” MAT orqali Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Davlat arxitektura nazorati departamentiga yoki bevosita tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiga murojaat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi murojaat kelib tushgandan soʻng uni Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Davlat arxitektura nazorati departamentiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Xususiy qurilish nazorati yakunlari boʻyicha xulosa olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Obyektning qurilishi yakunlangan va xususiy qurilish nazoratchisining qurilish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari (mavjud boʻlganda) bajarilgandan soʻng buyurtmachi (mulkdor) xususiy qurilish nazoratchisidan ijobiy xulosa olish uchun ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xususiy qurilish nazoratchisi besh ish kuni mobaynida ijobiy xulosa beradi yoki obyektni qoʻshimcha koʻzdan kechirib, ushbu Nizomning 29-bandidagi asoslar mavjud boʻlganda, ijobiy xulosa berishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Quyidagilar xulosa berishni rad etish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazoratini amalga oshirish uchun tuzilgan shartnomada belgilangan toʻlov toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan loyiha yechimlari hamda shaharsozlik hujjatlari talablari buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi konstruktiv qoidabuzarliklar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy qurilish nazoratchisiga obyektni oʻrganish uchun imkoniyat yaratilmagani. Bunda bu haqida kamida ikkita xolis ishtirokida dalolatnoma tuzilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt qurilishi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berishni boshqa asoslar, shuningdek, maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish shaharsozlik hujjatining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan va u koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buyurtmachi (mulkdor) xulosa berish rad etilgan kundan boshlab oʻn ish kuni mobaynida xulosani olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosani berishni rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilib, takroran ariza tushganidan soʻng obyekt xususiy qurilish nazoratchisi tomonidan ikki ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi va ijobiy xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani takroran koʻrib chiqishda avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, avval koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi maʼlumotlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiy nazoratni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Masʼullar
Amalga oshirish mexanizmi
Muddatlar
1-bosqich
Buyurtmachi
(mulkdor)
1. Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya ishlari yuzasidan qurilish nazorati amalga oshirilishi uchun obyektning loyihasi muallifi boʻlgan loyiha tashkiloti bilan shartnoma tuzish.
1. Loyiha hujjatlari kelishilib, qurilish yoki rekonstruksiya ishlarini boshlashdan oldin
2. Xususiy qurilish nazoratchisini elektron va yozma shaklda xabardor qilish.
2. Qurilish (rekonstruksiya) ishlarining har bir bosqichi yakunlanishidan ikki kun avval
2-bosqich
Xususiy qurilish nazoratchisi
1. Qurilish obyektiga sertifikatlangan nazoratchini biriktirish.
Xabarnoma olgan kundan boshlab 1 ish kunida
2. Qurilish obyektida qurilish nazorati ishlarini amalga oshirish.
Qurilishning har bir bosqichida bir ish kunidan oshmagan muddatda
3-bosqich
Buyurtmachi (mulkdor)
Xususiy qurilish nazoratchisiga ijobiy xulosa olish uchun ariza bilan murojaat qilish.
Obyektlarning qurilishi yakunlangan va xususiy qurilish nazoratchisining qurilish jarayonidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalari (mavjud boʻlganda) bajarilgandan soʻng
4-bosqich
Xususiy qurilish nazoratchisi
Buyurtmachi (mulkdor) murojaatiga asosan xususiy qurilish nazorati yakunlari boʻyicha xulosani berish.
5 ish kunida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish meʼyorlari va qoidalari talablarining bajarilishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha
_______-son
YOZMA KOʻRSATMA
Kimga _______________________________________________________________________________
(jismoniy shaxsning F.I.O. yoki yuridik shaxsning nomi va rahbarining F.I.O.)
Qurilish obyektining nomi ________________________________________________________________
Obyektning manzili ______________________________________________________________________
Tekshirilgan kunda bajarilayotgan ishlar ____________________________________________________
T/r
Aniqlandi
Berilgan koʻrsatmalar
Bajarish muddati
Bajarilganligi haqida belgilar
1
2
3
4
5
Izoh:
1. Koʻrsatmani olgan jismoniy yoki yuridik shaxs:
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha uch kun muddat ichida tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va imzolaydi;
aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgani toʻgʻrisida tuman (shahar) qurilish va uy-joy boʻlimi yoki mahalla fuqarolari yigʻini vakili bilan dalolatnoma tuzadi va uni nazorat oʻtkazayotgan loyiha tashkilotiga taqdim etadi.
2. Nazoratni amalga oshiruvchi loyihachining vakolatli shaxsi ushbu Koʻrsatmaning 5-ustunida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilganini qayd etib, oʻz imzosini qoʻyadi.
Loyiha tashkilotining rahbari
____________
________________
(imzo)
(F.I.O)
Nazoratni amalga oshiruvchi
loyihachining vakolatli shaxsi
____________
________________
(imzo)
(F.I.O)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibdagi uy-joylar hamda kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan qurilish nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш