1-ILOVA
Xizmatlar nomi | 2025-yil uchun prognoz | ||||
I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | ||
Jami xizmatlar | 114,2 | 114,9 | 115,1 | 115,4 | |
1. | Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari | 123,5 | 124,7 | 127,2 | 129,5 |
2. | Moliyaviy xizmatlar | 127,8 | 128,5 | 128,7 | 129,5 |
3. | Transport xizmatlari | 112,9 | 113,6 | 113,8 | 114,6 |
3.1. | shu jumladan: avtotransport xizmati | 113,0 | 113,7 | 113,9 | 114,6 |
4. | Yashash va ovqatlanish xizmatlari | 107,2 | 107,9 | 108,2 | 108,8 |
5. | Savdo xizmatlari | 108,5 | 109,2 | 109,5 | 110,2 |
6. | Koʻchmas mulk bilan bogʻliq xizmatlar | 105,3 | 106,0 | 106,2 | 107,1 |
7. | Taʼlim sohasidagi xizmatlar | 113,1 | 113,9 | 114,1 | 115,0 |
8. | Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar | 110,6 | 111,3 | 111,5 | 113,2 |
9. | Ijara xizmatlari | 105,7 | 106,5 | 106,7 | 107,1 |
10. | Kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar | 106,8 | 107,2 | 107,5 | 108,1 |
11. | Boshqa shaxsiy xizmatlar | 105,7 | 106,4 | 106,6 | 107,4 |
12. | Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar | 104,6 | 105,3 | 105,5 | 105,6 |
13. | Boshqa xizmatlar | 115,3 | 116,1 | 116,3 | 115,2 |
2-ILOVA
Hudud nomi | Yaratiladigan jami ish oʻrinlari | shundan, | Yangidan tashkil etiladigan xizmat koʻrsatish obyektlari, (birlikda) | Sohada jami auksion savdolariga chiqariladigan yer uchastkalari (soni) | shundan, | ||||
doimiy ishga joylashtirish | tadbirkorlikka jalb qilish | norasmiy ish oʻrinlarini rasmiy sektorga oʻtkazish | tadbirkorlik maqsadlari uchun auksionga chiqariladigan yer uchastkalari (soni) | koʻchma savdo faoliyati uchun auksionga chiqariladigan yer uchastkalari (soni) | |||||
Respublika jami | 3 000 000 | 1 220 000 | 1 280 000 | 500 000 | 52 197 | 42 377 | 24 012 | 18 365 | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 70 000 | 30 100 | 36 890 | 3 010 | 1 890 | 4 294 | 2 936 | 1 358 |
2. | Andijon viloyati | 120 000 | 52 000 | 62 800 | 5 200 | 3 527 | 2 760 | 1 460 | 1 300 |
3. | Buxoro viloyati | 131 000 | 56 700 | 68 630 | 5 670 | 3 727 | 2 859 | 1 239 | 1 620 |
4. | Jizzax viloyati | 60 000 | 26 000 | 31 400 | 2 600 | 2 094 | 2 300 | 1 100 | 1 200 |
5. | Qashqadaryo viloyati | 110 000 | 47 600 | 57 640 | 4 760 | 3 785 | 4 250 | 2 250 | 2 000 |
6. | Navoiy viloyati | 50 000 | 21 700 | 26 130 | 2 170 | 1 140 | 721 | 311 | 410 |
7. | Namangan viloyati | 153 000 | 66 200 | 80 180 | 6 620 | 5 255 | 2 370 | 870 | 1 500 |
8. | Samarqand viloyati | 195 000 | 85 000 | 101 500 | 8 500 | 4 500 | 2 900 | 1 900 | 1 000 |
9. | Surxondaryo viloyati | 157 000 | 68 000 | 82 200 | 6 800 | 3 151 | 2 999 | 1 299 | 1 700 |
10. | Sirdaryo viloyati | 54 000 | 23 400 | 28 260 | 2 340 | 1 892 | 2 711 | 1 511 | 1 200 |
11. | Toshkent viloyati | 130 000 | 56 300 | 68 070 | 5 630 | 4 202 | 5 555 | 2 978 | 2 577 |
12. | Fargʻona viloyati | 150 000 | 65 000 | 78 500 | 6 500 | 3 362 | 3 380 | 1 980 | 1 400 |
13. | Xorazm viloyati | 120 000 | 52 000 | 62 800 | 5 200 | 3 672 | 5 018 | 3 918 | 1 100 |
14. | Toshkent shahri | 1 500 000 | 570 000 | 495 000 | 435 000 | 10 000 | 260 | 260 | |
3-ILOVA
T/r | Davlat xizmati (funksiyasi) nomi | Vakolatli organ nomi | Vakolat oʻtkaziladigan subyekt nomi |
1. | Rieltorlarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | Sohadagi jamoat birlashmalari yoki uyushmalar |
2. | Baholovchilarning malaka imtihonini oʻtkazish va ularga malaka sertifikatini berish | ||
3. | Sud boshqaruvchisi malaka attestatini berish | ||
4. | Baholovchilarga toifalar berish | ||
5. | Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish | Texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari |
6. | Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻyicha faoliyat | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | Litsenziyalash tartib-taomillaridan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari |
8. | Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish | Sogʻliqni saqlash vazirligi | Sohadagi jamoat birlashmalari yoki uyushmalar |
9. | Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan nazorat yuritish (tashabbuskorning tanlovi asosida) | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun litsenziyaga ega subyektlar |
10. | Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlari yuzasidan nazorat yuritish (tashabbuskorning tanlovi asosida) | ||
11. | Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan “M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini ekologik sertifikatlash | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi | Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari |
4-ILOVA
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
1. | Quyidagilar boʻyicha hudud, tuman, shahar va masʼullar kesimida tarmoq grafiklari va taqsimotlarni tasdiqlash: | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) |
xizmatlar sohasini rivojlantirish va sohada aholi bandiligini taʼminlash; | ||||
xizmatlar sohasidagi loyihalarga 67,4 trillion soʻm miqdorida kredit mablagʻlarini ajratish; | ||||
xizmat koʻrsatish obyektlarini tashkil etish uchun developerlar orqali tadbirkorlik subyektlariga noturar joylarni lizingga berishga 4,5 trillion soʻm miqdoridagi mablagʻlar yoʻnaltirish; | ||||
drayver loyihalarni infratuzilma bilan taʼminlash uchun davlat budjetidan 1 trillion soʻm yoʻnaltirish. | ||||
2. | Mazkur qarorga 3-ilovaga muvofiq vakolatli organlar tomonidan davlat xizmatlarini xususiy sektor tomonidan koʻrsatish tartiblarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil mart | Vazirlik va idoralar, Adliya vazirligi |
Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) boʻyicha faoliyatni xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutuvchi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Qonun loyihasi | 2025-yil aprel | Qishloq xoʻjaligi vazirligi (I. Abduraxmonov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | |
3. | Ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tijorat banklarida koʻrsatilayotgan masofaviy xizmatlar hajmini kamida 30 foizga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Markaziy bank (T. Ishmetov), tijorat banklari |
4. | Kredit olish jarayonlarini soddalashtirish. Bunda Markaziy bank huzuridagi “Garov reyestri” DUK maʼlumotlar bazasini Adliya vazirligining maʼlumotlar bazasiga (zaruratga koʻra boshqa idoralarning maʼlumotlar bazasiga) integratsiya qilish yoʻli bilan moliyaviy xizmatlar boʻyicha banklar ishtirokidagi garov (ipoteka) shartnomalarini rasmiylashtirishni notarial idoraga kelmasdan garov (ipoteka) narsasiga onlayn taqiq qoʻyish va yechish amaliyotini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Markaziy bank (T. Ishmetov), Adliya vazirligi |
5. | Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini taʼminlagan holda: | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Milliy gvardiya (R. Djurayev) |
26 ta koʻchani tunu kun faoliyat yurituvchi savdo, turizm va gastronomik koʻchaga aylantirish; | ||||
tunu kun faoliyat yurituvchi mingta savdo va servis nuqtalarini tashkil etish. | ||||
6. | Hududlardagi drayver loyihalar infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 1 trillion soʻm mablagʻ ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
Bunda: 72 ta sohil boʻyi dam olish maskanlarini ishga tushirish; 62 ta istirohat bogʻlarini zamonaviy qiyofaga keltirib, 1 million aholini jalb qilish; 154 ta tunu kun faoliyat yurituvchi savdo, turizm va gastronomik koʻchalarni tashkil qilish; 364 ta yoʻl boʻyi va boshqa servis obyektlarini tashkil etish. | 2025-yil davomida | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
7. | Tuman (shahar)larda iqtisodiy oʻsishga turtki beruvchi drayver loyihalarni aniqlash, shakllantirish va amalga oshirish tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil may | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
8. | Magistral va mahalliy yoʻllar qurilishi loyihasidan kamida 25 foiz iqtisod qilish orqali 50 ta tumanlararo yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil mart | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov), Bosh prokuratura (S. Samadov) |
9. | Toshkent shahri tajribasi asosida Samarqand viloyati hokimligi huzurida “Invest kompaniya” tashkil qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi, amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Samarqand viloyati hokimligi (A. Boboyev) Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
“Invest kompaniya” orqali 2025-yilda viloyatda turizm va xizmatlar infratuzilmasini rivojlantirishga 500 milliard soʻm yoʻnaltirish va xizmatlar hajmini 25 foizga oshirish. | 2025-yil davomida | |||
10. | Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalar yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida mazkur qarorga 4-ilovada keltirilgan holatlar boʻyicha sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil aprel | Soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (A. Xaydarov), Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Biznes-ombudsman |
11. | Tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasi berish tartibini soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil aprel | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
12. | Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan oʻtkazishni soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil aprel | Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (A. Jumanzarov) |
13. | Veterinariya xizmatlari sifatini yaxshilash, jumladan, xususiy veterinariya va para-veterinariya xizmatlarini 5 baravarga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil aprel | Veterinariya qoʻmitasi (B. Norqobilov) |
14. | 1. Har bir vazirlik va idora tomonidan asosiy funksiyalari va xizmatlari, ularning ahamiyati va xususiyatlarini toʻgʻrisida maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Raqobat qoʻmitasiga taqdim etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Vazirlik va idoralar Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Adliya vazirligi |
2. Vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan takliflar asosida xususiy sektor tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan hamda ular uchun jozibador boʻlgan funksiyalar (xizmatlar) roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil aprel | |||
3. Xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari va xizmatlari yuzasidan jamoatchilik muhokamalarini oʻtkazish. | 2025-yil may | |||
4. Xususiy sektor qiziqish bildirgan davlat funksiyalari va xizmatlarini ularga oʻtkazish shakllari, tartibga solish usullari yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. | 2025-yil iyun | |||
15. | Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritish. Bunda 18 ta davlat xizmati va funksiyasini xususiy sektorga berishni nazarda tutish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil avgust | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzaqov), Adliya vazirligi) (A. Tashkulov), Raqobat qoʻmitasi (X. Toʻraxoʻjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
16. | Qurilish sohasidagi litsenziyalarni inson omilisiz onlayn tarzda berishni yoʻlga qoʻyish (birinchi bosqichda — I va II toifa obyektlari boʻyicha arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyati uchun) yuzasidan takliflarni tayyorlash va taqdimot qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Sh. Xidoyatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) |
17. | Barcha turdagi yer uchastkalarini elektron onlayn auksion savdolari orqali sotishda narxlarning asossiz oshib ketishiga yoʻl qoʻymaslik choralari, boʻlib-boʻlib toʻlash mexanizmlarining amalda samaradorlik holati, boshlangʻich narxni shakllantirish va tushgan toʻlovlarni taqsimlash boʻyicha qoidalarning asosliligini oʻrganib, takliflar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Raqobat qoʻmitasi (X. Toʻraxoʻjayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
Bunda tadbirkorlar talabini oʻrganib, yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini ijaraga olish yoki xususiylashtirish boʻyicha ochiq, shaffof, manfaatli shartlarni eʼlon qilish. | ||||
18. | 1. Toshkent shahri Chilonzor tumani “3-Charx Kamolon” MFY Baynalmilal koʻchasi, 53-uyda joylashgan “02 (B)” liter binosini “Savdo va servis” uyushmasiga (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) 15 yil muddatga tekin foydalanish huquqi asosida quyidagi shartlarda berish: ushbu binoda Uyushma taʼsischiligida nodavlat kasbiy taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, yiliga kamida 3 000 nafar fuqaroni gʻaznachi, sotuvchi, novvoy, qassob, elektrik, tovarshunos, administrator kabi yoʻnalishlar boʻyicha bepul tayyorlash, ularning malakasini oshirish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish; nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotida kasbiy taʼlim dasturlarini oʻzlashtirgan shaxslarga va qisqa muddatli kurslar bitiruvchilariga diplom yoki kompetensiyani (malakani) egallaganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlar berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Toshkent shahar hokimligi (Sh. Umurzakov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
2. 2025-yil yakuniga qadar Toshkent shahri tajribasi asosida har bir hududda nodavlat kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari | |
19. | Har bir viloyatda 5 tadan davlat mulki obyektini tadbirkorlarga ijaraga berib, kamida 100 ming yoshlarni IT va chet tiliga oʻqitish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) |
20. | 2030-yilga qadar aholining ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha xalqaro reytingda top-50 talik davlatlar qatoriga kirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil iyun | Yoshlar ishlari agentligi (A. Saʼdullayev), |
21. | Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari tomonidan tegishli davlatning xizmatlar importini tahlil qilish, natijalarini vazirlik va idoralarga yetkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) |
Tahlillar asosida oʻquv dasturlarini moslashtirish, ushbu davlatlar talabiga toʻgʻri keladigan mutaxassis tayyorlashni yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
22. | Rivojlangan davlatlardagi 50 nafar oʻzbekistonliklarning startap loyihalarini akseleratsiya va inkubatsiya dasturlariga jalb qilish va investitsiya kiritish boʻyicha venchur jamgʻarmalarga tavsiyalar berish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil davomida | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
23. | Koʻchmas mulk obyektlari manzillarining yagona reyestrini toʻliq shakllantirish boʻyicha hududlar kesimida aniq muddatlarni belgilagan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil mart | Kadastr agentligi (F. Pulatov) |
24. | Bino-inshootlarga mulk huquqi mavjud boʻlib, yer uchastkasiga huquq turi belgilanmagan va shu sababli ijara huquqi asosida foydalanib kelinayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish mexanizmlari boʻyicha takliflar kiritish. Bunda: | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Kadastr agentligi (F. Pulatov), Adliya vazirligi (A. Tashkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortikov) |
ijaraga oluvchining murojaatini koʻrib chiqish, shartnomani imzolash va roʻyxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirilishi; | ||||
yer uchastkasi (bino va inshoot)dan faqatgina boshqa maqsadlarda foydalanilganda, ikki yil mobaynida foydalanilmaganda, yer va mol-mulk soligʻi, ijara toʻlovlari muntazam toʻlanmay kelinganda ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirishni rad etishni nazarda tutish. | ||||
25. | Barcha turdagi yoʻlovchi tashish transporti vositalari qatnovi haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platformani ishga tushirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Uzbekistan airways” AJ, |
Bunda tashuvchilar tomonidan oʻz axborot tizimlarini ushbu platforma bilan integratsiya qilish. | 2025-yil aprel | “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va barcha rezident aviakompaniyalar | ||
26. | Yoʻnalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish hamda avtomobil transportida yoʻlovchilarni buyurtma asosida tashish qoidalarini belgilash. | Hukumat qarori loyihasi | 2025-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi |
27. | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan oʻz sohasida (hududida) koʻrsatiladigan xizmatlardan foydalanishni yengillashtirish uchun raqamlashtirish boʻyicha alohida “KPI” koʻrsatkichlarini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil mart | Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov), Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi (A. Musayev), vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
28. | Mahalliy ekspeditorlik tashkilotlari bilan maslahat kengashini tashkil qilgan holda ularning xalqaro tashishdagi ulushini 2025-yilda 25 foizga, 2026-yil 50 foizgacha olib chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va qabul qilish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil aprel | Transport vazirligi (I. Maxkamov) |
29. | Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus, Termizga aviareyslarni 2 baravargacha oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Transport vazirligi, (I. Maxkamov), “Uzbekistan airways” AJ, “Uzbekistan Airports” AJ, “Oʻzaeronavigatsiya” markazi DUK, barcha rezident aviakompaniyalar |
2025-yil yakuniga qadar 15 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatib, aviatsiya xizmatlari hajmini kamida 20 foizga oshirish. | 2025-yil dekabr | |||
30. | Mahalliy aviareyslarda yoʻlovchi tashishdan koʻrilgan zararni qoplash mexanizmini qayta koʻrib chiqib takliflar kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil aprel | Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norkulov) |
31. | Toshkent shahridan Yangiyoʻl, Chinoz va Sirdaryo tumanlariga qatnaydigan zamonaviy elektropoyezd harakatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasida taqdimot qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Transport vazirligi (I. Maxkamov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ |
32. | Avtomobil yoʻllari boʻylarida yoʻlboʻyi servis (“Service area”, “Service point” kabi xizmat koʻrsatish) obyektlarini tashkil etish boʻyicha manzilli dasturni tasdiqlash. Bunda: | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil mart | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi (J. Tursunov) |
yoʻlboʻyi servis obyektlarini qurish uchun avtomobil yoʻllari yoqasidagi boʻsh yerlarni oʻrnatilgan tartibda auksion savdolariga chiqarish; | ||||
avtomobil yoʻllari boʻylarida 72 ta yoʻlboʻyi servis (“Service area” va “Service point”) obyektlarini tashkil etishni nazarda tutish. | ||||
33. | 2025 — 2027-yillarga moʻljallangan yirik multimodal logistika markazlari tarmogʻini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Bunda: | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil aprel | Transport vazirligi (I. Maxkamov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
respublika logistika markazlarida yuklarga ishlov berish quvvatini kamida 2 barobarga oshirish; | ||||
imtiyoz va preferensiyalar hamda yer uchastkalarining manzilli roʻyxati va ularni auksionga chiqarish boʻyicha soddalashtirilgan mexanizmlarni nazarda tutish. | ||||
34. | Mahalliy avtomashina ishlab chiqaruvchi korxonalarga avtomashinalar uchun toʻlov qilishda beriladigan chegirmalarni bank krediti evaziga avtomashinalar xarid qilishga ham tatbiq etish va banklarga ushbu chegirmani qabul qilishga ruxsat etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil mart | Markaziy bank (T. Ishmetov), “Oʻzavtosanoat” AJ (U. Rozukulov) |
35. | Malayziya va indoneziyalik ziyoratchilari uchun “Umra plyus” tur paketini ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil may | Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov) Transport vazirligi |
Bunda Turizm qoʻmitasi, Oʻzbekistonning xorijdagi elchilari, “Uzbekistan Airways” AJning xorijdagi vakillari va boshqa manfaatdor masʼullar bilan birgalikda “Umra plyus” tur paketini targʻibot qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash. | Chora-tadbirlar rejasi | |||
36. | Kamida 1 million xorijiy turistni jalb qiladigan konsert, biznes forum va koʻrgazmalar oʻtkazish dasturini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil mart | Savdo-sanoat palatasi (D. Vaxabov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Turizm qoʻmitasi |
Bunda Shahrisabzda “Oqsaroy”, Xivada “Ichan qalʼa”, Buxoroda “Labi hovuz”, Toshkentda “Yangi Oʻzbekiston” maydonlarida konsert, koʻrgazma, forumlar oʻtkazishni nazarda tutish. | ||||
37. | Turistlar uchun jozibador tarixiy obyektlarni aniqlash va restavratsiya qilish boʻyicha uch yillik dastur ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil iyun | Madaniy meros agentligi (B. Abdukarimov), Turizm qoʻmitasi (J. Abdusalomov), Fanlar akademiyasi (A. Ziyo), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
38. | Respublikada 24 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazida tibbiy turizmni rivojlantirish orqali 2025-yilda 30 million dollarlik tibbiy xizmatlar eksportini amalga oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzaqov) |
39. | Osiyo taraqqiyot banki bilan 5 ta respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazini xorijiy kompaniyalariga boshqaruvga berish boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish shartnomasini imzolash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Umrzaqov) |
40. | Tadbirkorlarni jalb qilgan holda qoʻshni davlatlar bilan chegara oldi hududlarda 21 ta koʻp tarmoqli klinika tashkil qilish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil may | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) |
41. | Mahallalarda ehtiyojdan kelib chiqib tunu kun faoliyat yuritadigan bir martalik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy tibbiy punktlar (qon bosimini oʻlchash, muolajalar koʻrsatish kabi hamshira xizmatlari) tashkil etish amaliyotini yoʻlga qoʻyish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil apreldan boshlab muntazam ravishda | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sogʻliqni saqlash vazirligi (A.Xudayarov) |
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi bilan birgalikda mahalla hududidagi mahalla va davlatga tegishli bino va inshootlarga boʻlgan ijara huquqini tashabbuskor tadbirkorlarga xususiy tibbiy punktlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun elektron onlayn auksion savdolariga chiqarib borish. | ||||
42. | Mahallalarda tunu kun faoliyat yuritadigan bir martalik tibbiy xizmat koʻrsatuvchi xususiy tibbiy punktlar (qon bosimini oʻlchash, muolajalar koʻrsatish kabi hamshira xizmatlari) uchun belgilangan talablar va normalarni soddalashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil mart | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev) |
43. | Tibbiyot sohasida xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha Samarqand viloyati tajribasini boshqa hududlarga joriy etish boʻyicha takliflar kiritish. | Axborot xati | 2025-yil mart | Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Ijtimoiy himoya milliy agentligi (S. Abdullayev) |
44. | Top-1000 talikdan oʻrin oluvchi oliy taʼlim muassasalari sonini 2025-2026-yillarda 10 taga yetkazish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil aprel | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi |
Bunda chet ellik talabalarni jalb qilib, taʼlim xizmatlari eksportini 100 million dollargacha yetkazishni nazarda tutish. | ||||
45. | Madaniyat vazirligi tizimidagi 120 ta madaniyat va sanʼat markazini Turkiya tajribasi asosida xususiy sektorga berish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni taqdimot qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil aprel | Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
46. | Turizm mahallalarining ixtisoslashuvi, joylashuvi va taqdim etadigan turizm mahsulotlaridan kelib chiqib, ularning turistik salohiyatini targʻib qiluvchi maʼlumotlarni (buklet, broshyura, video) shakllantirib, mahalliy va xorijiy turistlarni ushbu hududlarga keng jalb qilish hamda qiziqishlarini uygʻotish maqsadida “uzbekistan.travel” platformasiga joylashtirish va doimiy yangilanib borilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev) |
Shuningdek, doimiy ravishda xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro turizm koʻrgazma va yarmarkalarida, xalqaro nufuzli turistik va marketing elektron platformalarida turizm mahallalari toʻgʻrisida keng targʻib qilib borish choralarini koʻrish belgilash. | ||||
47. | Turizmga ixtisoslashgan mahallalarda har yili “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasini tashkil etish. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
48. | Xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” kartasini joriy etish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil iyun | Turizm qoʻmitasi (U. Shadiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
Bunda barcha turistik obyektlarga kirish joylarida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” elektron kartasi orqali toʻlov qilish tizimini nazarda tutish. | ||||
49. | Respublikada telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish uchun 30 ming km optik tolali aloqa liniyalarini hamda 6 mingta mobil aloqa tayanch stansiyalarini oʻrnatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh. Shermatov) telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari |
50. | Mazkur qarorda belgilangan mezonlar asosida 2025-yilda tuman (shahar)lar kesimida xizmatlarni rivojlantirish boʻyicha hududiy dasturlarni tasdiqlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2025-yil mart | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
6-ILOVA