28.03.2025 yildagi 192-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarini rekonstruksiya qilish va obodonlashtirishda, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini joylashtirishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini kuchaytirish, shuningdek, kommunikatsiya tarmoqlari himoya hududlaridagi noqonuniy qurilmalarni buzish bilan bogʻliq sud qarorlari ijrosini taʼminlash va ushbu hududlarda kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarni oldini olishga qaratilgan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin hamda uning kuchga kirish sanasi 2025-yil 27-iyun etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazoratini tashkil etish va amalga oshirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etish va sudlarga daʼvo arizalarini kiritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shaharsozlik sohasidagi qonun buzilishi holatlarining oldini olish va noqonuniy qurilmalarni aniqlash hamda bartaraf qilishni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tashkil etilsin hamda uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish boʻyicha vakolatli organlarning faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni bartaraf etish bilan bogʻliq sud hujjatlarining amalda ijro etilganligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik sohasidagi qonun buzilishi holatlarining oldini olish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud qarorlariga muvofiq buzilishi belgilangan magistral gaz oʻtkazish quvurlari, yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi, suv va issiqlik taʼminoti tizimlarining (keyingi oʻrinlarda — kommunikatsiya tarmoqlari) himoya hududlaridagi noqonuniy qurilmalarni bartaraf qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir noqonuniy qurilmaning texnik holati, xavfsizlik talablariga muvofiqligini va ushbu hududdagi aholining ijtimoiy holatini oʻrganish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy qurilmalarni buzish bilan bogʻliq xarajatlar va kompensatsiyalar ajratish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Respublika komissiyasi ikki oy muddatda kommunikatsiya tarmoqlari himoya hududlarida joylashgan uzoq muddat davomida obyektiv sabablarga koʻra buzilmasdan turgan har bir noqonuniy qurilmalarning holatini ishchi guruh tuzgan holda oʻrganib chiqib, ularni bartaraf etish yuzasidan qisqa muddatli dasturni tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Adliya vazirligi bilan “Notarius”, Ichki ishlar vazirligi bilan “E-maʼmuriy ish”, Oliy sud bilan “Adolat”, Kadastr agentligi bilan “UzKad” axborot tizimlarini “Shaffof Qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni yuborish, qabul qilish, koʻrib chiqish hamda taqdim etgan shaxslarni ragʻbatlantirish tartibi haqidagi nizom loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi davlat kosmik monitoringi doirasida yer uchastkalarining olingan aerokosmik suratlarini Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga har yili bir marotaba bepul taqdim etib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish, tashkil etish, oʻtkazish, davlat arxitektura nazorati tadbirlari ishtirokchilarining huquqlari va majburiyatlari, oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish bilan bogʻliq jarayonga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino — funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy boʻlinmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
videotexnika vositalari — videokuzatuv va tasvirga olish texnika vositalari hamda mobil qurilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati — aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga, shaharsozlik normalari, qoidalari va standartlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish, shu jumladan, oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootni (kapital bino va inshoot, vaqtincha va yengil turdagi qurilmalar) aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil turdagi qurilmalar — yengil konstruksiyalardan iborat, har tomonlama yopiq yoki bir qismi ochiq, 0,5 metrdan chuqur boʻlmagan holatda toshdan yoki gʻishtdan terilgan poydevorlarga ega, toʻliq yechib olish (donalab oʻpirib olish) va koʻchirish imkoniyati mavjud obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish, moddiy qimmatliklarni joylashtirish va saqlash, odamlarning vaqtincha boʻlishi (harakatlanishi), shuningdek, uskunalar yoki kommunikatsiyalarni joylashtirish (oʻtkazish, ulash) uchun moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapital bino va inshoot — obyekt barpo etilishi uchun yer uchastkasiga mulk, ijara yoki doimiy foydalanish huquqi mavjud boʻlgan, zarur ruxsat beruvchi hujjatlari olingan hamda muqim muhandislik kommunikatsiyalari oʻtkazilgan (zarur boʻlganda), shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda maxsus moslashtirilgan (chuqurlashtirilgan va boshqa holatdagi) poydevorlarga oʻrnatilgan qurilish tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot — qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasida arxitektura va qurilish sohasidagi tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarsiz, shaharsozlik normalari va qoidalarini buzgan holda, shu bilan birgalikda, obyekt qurilishi nazarda tutilmagan yer uchastkasida qurilayotgan yoki qurib boʻlingan kapital hamda yengil konstruksiyali bino va inshootlar, shu jumladan, yerosti inshootlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yuridik va jismoniy shaxslar, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash davlat arxitektura nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni bartaraf etish boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari vakolatli organ tomonidan kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman (shahar) hokimliklari oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni bartaraf etish ishlarini vakolatli organ bilan birgalikda tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat arxitektura nazoratini tashkil etish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli organ tomonidan davlat arxitektura nazorati quyidagi asoslarga koʻra oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monitoring jarayonida shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlari toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy yoki yuridik shaxslarga shaharsozlik faoliyati uchun ajratilgan yer maydonlarida oʻzboshimchalik bilan qurilish ishlari amalga oshirilganligi (oshirayotganligi) aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek, 300 metr kubdan koʻp hajmdagi noturar bino va inshootlar loyiha hujjatlarining ekspertizadan hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalarida (keyingi oʻrinlarda — hududiy inspeksiyalar) roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki qavatgacha (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek, 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar qurish loyihasi tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari bilan kelishilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bino va inshootlarning joylashtirilishi va qurilishi aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalariga hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarga yoki master-rejalarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari yoki boshqa tashqi manbalarda (ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlarda) shaharsozlikka oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar eʼlon qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlardan shaharsozlikka oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida dalolat beruvchi axborot kelib tushganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ shaharsozlikka oid huquqbuzarliklarni aniqlash, hujjatlar toʻplamini shakllantirish, ularni oʻz vaqtida va obyektiv koʻrib chiqish boʻyicha hujjatlar (maʼlumotlar) elektron hujjatlar almashinuvi “Shaffof Qurilish” milliy axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Shaffof Qurilish” MAT) orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlarni videotexnika vositalari orqali qayd etib foto — video materiallarni vakolatli organga koʻrib chiqish uchun “Ogoh fuqaro” platformasi orqali yuborishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kelib tushgan murojaatlar tegishliligiga koʻra vakolatli organga “Ogoh fuqaro” platformasi orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Hududiy inspeksiyalar oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlar toʻgʻrisida “Shaffof Qurilish” MAT orqali vakolatli organga xabarnoma yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kelib tushgan xabarnoma tegishliligiga koʻra vakolatli organga “Shaffof Qurilish” MAT orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vakolatli organ davlat arxitektura nazorati tadbirlarida oʻz vakolatlari doirasidan chetga chiqmasligi hamda nazorat predmetiga aloqador boʻlmagan hujjatlarni (axborotni) talab qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vakolatli organ tomonidan har bir oʻtkaziladigan davlat arxitektura nazorati tadbirlari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor etgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat arxitektura nazorati tashabbusi “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida bildiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat arxitektura nazorati tadbirlari ishtirokchilari, ularning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat arxitektura nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organ, davlat arxitektura nazorat tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs nazorat tadbirining ishtirokchilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda vakolatli organ oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslardan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarini tasdiqlaydigan hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda yuridik va jismoniy shaxslardan belgilangan tartibda soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda davlat arxitektura nazorati tadbirlarida yuzaga kelgan masalalarni tushuntirish uchun maxsus bilimlarga ega boʻlgan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati tadbirlari jarayonlarini foto va videotasvirga tushirish, shuningdek, uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanish (uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan foydalanish qonunchilik hujjatlarida taqiqlangan hollar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati masalalarida yuridik va jismoniy shaxslardan zarur axborotlar, maʼlumotlar va tushuntirishlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati tadbirlarini oʻtkazishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarini va jismoniy shaxslarni davlat arxitektura nazorati bilan bogʻliq masalalarda tushuntirishlar berishi uchun chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishga toʻsqinlik qiladigan harakatlarning oldini olishda yoki ularni toʻxtatishda, shuningdek, shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslarni aniqlashda ichki ishlar organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga, shuningdek, jismoniy shaxslarga davlat arxitektura nazorati sohasida aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda vakolatli organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishda vakolatli organ quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga oʻz xizmat guvohnomasini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakilini yoxud jismoniy shaxsni davlat arxitektura nazorati maqsadi va uni amalga oshirish asoslari bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxsning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat arxitektura nazorati tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoki jismoniy shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning nazorat masalalariga aloqasi boʻlmagan talablarini bajarmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga arxitektura toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va ekspertga tushuntirishlar berish hamda ekspertning xulosasi bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura nazorati materiallari bilan tanishish va nazorat dalolatnomasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura nazorati amalga oshirilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat arxitektura nazorati tadbiri oʻtkazilayotgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoki jismoniy shaxsning majburiyatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organning davlat arxitektura nazorati bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarish, ularning mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organga nazorat bilan bogʻliq oʻrganish hamda tahlil qilish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat tadbirini oʻtkazuvchining talabiga koʻra shaharsozlikka oid hujjatlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etish va sudlarga daʼvo arizalarini kiritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlar toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni mustaqil ravishda yoki boshqa organlar bilan birgalikda aniqlab boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vakolatli organ “Ogoh fuqaro” platformasi hamda “Shaffof Qurilish” MAT orqali kelib tushgan xabarnomalar asosida bir ish kuni ichida ushbu Nizomda belgilangan tartibda nazorat ishlarini amalga oshirib, oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vakolatli organ Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan davlat kosmik monitoringi doirasida olingan va taqdim etilgan aerokosmik suratlar yoki ularning qayta ishlangan maʼlumotlarini tahlil qilib, oʻzboshimchalik bilan egallangan va oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarni belgilab, “Shaffof Qurilish” MAT orqali hududiy boʻlinmalarga oʻrganib chiqish uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vakolatli organ bir ish kuni ichida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan holatlar boʻyicha “Shaffof Qurilish” MATdan foydalangan holda, 5-bandda keltirilgan asoslarga koʻra davlat arxitektura nazoratini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni qurish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning mavjudligi hamda qurilish ishlari shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tarzda amalga oshirilayotganligi (oshirilganligi)ni aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berib, obyektni 15 kun ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi koʻrsatma xati beradi va shu kunning oʻzida toʻplangan materiallarni planshetdan foydalangan holda, “Shaffof Qurilish” MAT orqali vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ “Shaffof Qurilish” MAT orqali kelib tushgan hujjatlarni bir ish kuni ichida tekshirib, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan “E-maʼmuriy ish” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq, maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash masalasini koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni tasarruf etishga nisbatan avtomatik tarzda taqiq qoʻyilishi uchun “Shaffof Qurilish” MAT orqali real vaqt rejimida Kadastr agentligining “UzKAD” axborot tizimiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni aniqlagan vakolatli organ 15 kun muddat tugaganidan soʻng, ikki ish kuni mobaynida ixtiyoriy bartaraf etilganligini joyiga borib tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot ixtiyoriy bartaraf etilgan taqdirda, bu haqida uni qurgan shaxs, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uni aniqlagan vakolatli organ ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnoma vakolatli organ tomonidan bir ish kuni ichida “Shaffof Qurilish” MATga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootning ixtiyoriy bartaraf etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotni mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni olib tashlash uchun Kadastr agentligining “UzKAD” axborot tizimiga “Shaffof Qurilish” MAT orqali real vaqt rejimida yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni qurgan shaxs uni oʻn besh kun muddat ichida oʻz hisobidan bartaraf etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni qurgan shaxs tomonidan ushbu obyektga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo berilgan taqdirda, daʼvo berilgan kundan boshlab sudning tegishli qarori kuchga kirgunga qadar ushbu obyektning bartaraf etilishi vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish uchun berilgan 15 kun muddat tugagandan soʻng, ixtiyoriy bartaraf etilmagan taqdirda, vakolatli organ “Shaffof Qurilish” MAT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq, bino va inshootni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida daʼvo arizasini sudga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni bartaraf etish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasiga ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan koʻrsatma xati, oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootning joylashuv sxemasi, bino va inshootning fotosuratlari (kamida toʻrt tomonidan tushirilgan) hamda protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Jarimalardan tushadigan mablagʻlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi hamda ularning 25 foizgacha qismi vakolatli organning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat arxitektura nazoratini amalga oshiruvchi organlarning oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vakolatli organ oʻziga yuklangan vazifalarni respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mulkdorlar va mulkdan foydalanuvchilar oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni aniqlash va bartaraf etishda vakolatli organga koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

Vakolatli organ hududiy boʻlinmalari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan davlat kosmik monitoringi doirasida olingan va taqdim etilgan aerokosmik suratlar yoki ularning qayta ishlangan maʼlumotlarini tahlil qilib, oʻzboshimchalik bilan egallangan hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar ehtimoli yuqori boʻlgan hududlarni belgilab oladi.

Doimiy

Vakolatli organ hududiy boʻlinmalari

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berib, obyektni 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma xati beradi va toʻplangan materiallarni planshetdan foydalangan holda, “Shaffof Qurilish” MAT orqali vakolatli organga yuboradi

1 ish kuni ichida

Vakolatli organ

“Shaffof Qurilish” MAT orqali kelib tushgan hujjatlarni tekshirib, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan “E-maʼmuriy ish” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq, maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash masalasini koʻrib chiqadi.

1 ish kuni ichida

Vakolatli organ hududiy boʻlinmalari

Oʻzining koʻrsatma xatida berilgan 15 kunlik muddat tugaganidan soʻng, bino va inshoot ixtiyoriy bartaraf etilganligini joyiga borib tekshiradi.

Bino va inshoot ixtiyoriy bartaraf etilgan taqdirda, bu haqida uni qurgan shaxs, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi va oʻzi ishtirokida dalolatnoma tuzadi va shu kunning oʻzida toʻplangan materiallarni planshetdan foydalangan holda, “Shaffof Qurilish” MAT orqali vakolatli organga yuboradi.

15 kunlik muddat oʻtgan kundan keyin

2 ish kuni mobaynida

Vakolatli organ

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootning ixtiyoriy bartaraf etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotni ushbu mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni olib tashlash uchun Kadastr agentligining “UzKAD” axborot tizimiga “Shaffof Qurilish” MAT orqali real vaqt rejimida yuboradi.

Real vaqt rejimida

Vakolatli organ

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot bartaraf etilmagan taqdirda, vakolatli organ “Shaffof Qurilish” MAT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qurilgan bino va inshootni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga kiritadi.

Ixtiyoriy bartaraf etilmagan taqdirda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlar toʻgʻrisida “Shaffof Qurilish” MATga xabarnoma yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

Jismoniy va yuridik shaxslar,

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlarni videotexnika vositalari orqali qayd etib foto-video materiallarni vakolatli organga koʻrib chiqish uchun “Ogoh fuqaro” platformasi orqali yuboradi.

Oʻz xohishiga koʻra

Hududiy inspeksiyalar

“Shaffof Qurilish” MAT orqali oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) bino va inshootlar toʻgʻrisida xabarnoma beradi.

Doimiy

“Ogoh fuqaro” platformasi

Murojaatlar tegishliligiga koʻra hududiy boʻlinmaga yuboriladi.

Avtomatik tarzda

“Shaffof Qurilish” MAT

Xabarnoma tegishliligiga koʻra hududiy boʻlinmaga avtomatik tarzda yuboriladi

Avtomatik tarzda

Vakolatli organ hududiy boʻlinmalari

Murojaatlar boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlar mavjud yoki mavjud emasligini aniqlaydi.

1 ish kuni ichida

Vakolatli organ hududiy boʻlinmalari

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirish berib, obyektni 15 kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrsatma xati beradi va toʻplangan materiallarni planshetdan foydalangan holda, “Shaffof Qurilish” MAT orqali vakolatli organga yuboradi

1 ish kuni ichida

Vakolatli organ

“Shaffof Qurilish” MAT orqali kelib tushgan hujjatlarni tekshirib, aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan “E-maʼmuriy ish” AT orqali Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq, maʼmuriy jazo chorasini qoʻllash masalasini koʻrib chiqadi.

1 ish kuni ichida

Vakolatli organ hududiy boʻlinmalari

Oʻzining koʻrsatma xatida berilgan 15 kunlik muddat tugaganidan soʻng, bino va inshoot ixtiyoriy bartaraf etilganligini joyiga borib tekshiradi.

Bino va inshoot ixtiyoriy bartaraf etilgan taqdirda, bu haqida uni qurgan shaxs, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi va oʻzi ishtirokida dalolatnoma tuzadi va shu kunning oʻzida toʻplangan materiallarni planshetdan foydalangan holda, “Shaffof Qurilish” MAT orqali vakolatli organga yuboradi.

15 kunlik muddat oʻtgan kundan keyin

2 ish kuni mobaynida

Vakolatli organ

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootning ixtiyoriy bartaraf etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotni ushbu mol-mulkka qoʻyilgan taqiqni olib tashlash uchun Kadastr agentligining “UzKAD” axborot tizimiga “Shaffof Qurilish” MAT orqali real vaqt rejimida yuboradi.

Real vaqt rejimida

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshoot bartaraf etilmagan taqdirda vakolatli organ “Shaffof Qurilish” MAT orqali Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qurilgan bino va inshootni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasini sudga kiritadi.

Ixtiyoriy bartaraf etilmagan taqdirda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootlarni aniqlash hamda bartaraf etishda davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan bino va inshootni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATMA XATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

______________________________________________________________________________

(Vakolatli organ)

Hujjat tuzilgan sana: _________

20___ y. “___”_______-son

Kimga _____________________________________________________________

Qurilish obyektining nomi __________________________________________

Obyektning manzili ________________________________________________

Tekshirilgan kunda bajarilayotgan ishlar ______________________________

1

Aniqlandi

2

Berilgan koʻrsatmalar

3

Bartaraf etish uchun muddat

4

Bajarilishi haqida belgilar

Vakolatli organ

F.I.O.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharsozlik sohasidagi qonun buzilishi holatlarining oldini olish va noqonuniy qurilmalarni aniqlash hamda bartaraf qilishni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A.J. Ramatov

Bosh vazir oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbari

2.

Sh.S. Xidoyatov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Respublika komissiyasi rahbarining oʻrinbosari

3.

S.I. Samadov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari, Respublika komissiyasi rahbarining oʻrinbosari (kelishuvga koʻra)

4.

B.T. Abdullayev

ichki ishlar vaziri oʻrinbosari

5.

I.I. Norqulov

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

6.

A.A. Abduxakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

7.

Sh.X. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

8.

B.B. Qudratxoʻjayev

favqulodda vaziyatlar vaziri

9.

J.T. Mirzamaxmudov

energetika vaziri

10.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

11.

A.D. Tashqulov

adliya vaziri

12.

M.E. Egamberdiyev

Majburiy ijro byurosi direktori (kelishuvga koʻra)*

13.

F.J. Pulatov

Kadastr agentligi direktori

14.

S.Q. Eshquvvatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

15.

B.Q. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

16.

Sh.M. Qodirov

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori

17.

A.A. Askarov

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi v.b.

18.

M.M. Xodjayev

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

19.

A.X. Suvankulov

“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b.

20.

A.Sh. Isakov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

21.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

22.

T.N. Alimatov

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, komissiya kotibi*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Magistral gaz oʻtkazish quvurlari, yuqori kuchlanishli elektr tarmogʻi, suv va issiqlik taʼminoti tizimlarining himoya hududlarida joylashgan noqonuniy qurilmalarni buzish bilan bogʻliq sud qarorlari ijrosini taʼminlash masalalari boʻyicha Majburiy ijro byurosi direktori M.E. Egamberdiyev komissiya kotibi vazifasini bajaradi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 5-avgustdagi 496-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2006-yil 30-dekabrdagi 272-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 26-oktabrdagi 280-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmoni)” 2012-yil 29-dekabrdagi 369-son qaroriga 1-ilovaning 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga, shuningdek, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 5-iyuldagi 467-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5199-son Farmoni)” 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-son qaroriga ilovaning 10-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qaroriga 13-ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 43-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son farmonlari)” 2020-yil 14-apreldagi 217-son qaroriga 2-ilovaning 42-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni)” 2020-yil 7-dekabrdagi 772-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021 — 2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni)” 2021-yil 8-maydagi 290-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 166-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi faoliyati tashkil etilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 22-apreldagi 209-son qaroriga ilovaning 9-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 8-iyuldagi 375-son qaroriga 1-ilovaning 7-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2024-yil 24-fevraldagi 100-son qaroriga ilovaning 11-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Mazkur ilovaning 5-bandida nazarda tutilgan Hukumat qarori 2025-yil 27-iyundan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.03.2025-y., 09/25/192/0285-son; 06.08.2025-y., 09/25/496/0696-son)