Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
oʻz normativ hujjatlarini yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qarorga muvofiqlashtirilsin;
yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining alohida moddalarini qoʻllash yuzasidan yoʻriqnoma va tavsiyanomalar ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-iyul,
310-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)dagi:
b) qarorning 1-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “kvotalash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari “qilish uchun ishchi oʻrinlarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 1-ilovaning:
3-bandidagi “mahalliy hokimlik organlari” soʻzlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “mahalliy boshqaruv idoralari (hokimliklar)” soʻzlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
16-bandidan “uzluksiz va” soʻzlari chiqarib tashlansin;
20-bandidagi “mahalliy hokimliklar tomonidan” soʻzlari “joylardagi davlat xokimiyati organlari tomonidan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Jamoat ishlarining taxminiy roʻyxatining:
1-bandidagi “jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “maktab, HTBYu, texnikumlar, OOʻYu” soʻzlari “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
d) 3-ilovaning:
Nizom nomidagi “kvotalar tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari “qilish uchun ishchi oʻrinlarning eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “umumiy taʼlim maktablarini va boshqa oʻquv yurtlarini” soʻzlari “taʼlim muassasalarini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi va yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qoʻshinlaridan boʻshatilganlarni”;
“jazoni ado etish muassasalaridan ozod etilgan yoki sud qarori bilan tibbiy tusdagi majburiy chora-tadbirlar koʻrishga yuborilgan shaxslarni”;
“mahalliy organlar” soʻzlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“maxsus” va “(kvotalar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “belgilangan kvotasi” soʻzlari va “umumiy kvotalar” soʻzlari tegishli ravishda “belgilangan eng kam miqdori” va “umumiy ishchi oʻrinlarining eng kam miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
II boʻlim nomidagi “Kvotalashtirish” soʻzi “Eng kam miqdoridagi ishchi oʻrinlarini belgilash” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4, 5, 6 va 8-bandlardagi “kvotalarning”, “hududiy kvotalari” va “hududiy kvotalar” soʻzlari tegishli kelishikdagi “ishchi oʻrinlarining eng kam miqdori” soʻzlari bilan almashtirilsin, “mahalliy boshqaruv organi” va “mahalliy boshqaruv organlari” soʻzlari esa tegishli ravishda “joylardagi davlat hokimiyati organi” va “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
III boʻlim nomidagi “Ish joylarini kvotalashda” soʻzlari “eng kam miqdordagi ishchi oʻrinlarini belgilashda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-banddagi “belgilangan kvotalar” soʻzlari “belgilangan eng kam miqdordagi ishchi oʻrinlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“11. Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan shaxslar uchun belgilangan ishchi oʻrinlarini qisqartirish va yoki ularni tugatish kasaba uyushmalari qoʻmitalari va xodimlarining boshqa xil vakillik organlari, mehnat mahalliy organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “Korxonalar”, “ish oʻrinlarini kvotalash toʻgʻrisidagi” va “ish bilan taʼminlash xizmatining” soʻzlari tegishli ravishda “Ish beruvchilar” va “eng kam miqdoridagi ish oʻrnini belgilash toʻgʻrisidagi” va “mehnat organining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Agar korxonalar, oʻzlari avval buyurtma bergan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi va oliy maʼlumot olgan, shuningdek, kasb-hunar tayyorgarligidan oʻtishga va qayta tayyorlashga, malaka oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni rad etgan hollarda ularga ham shu miqdorda jarima solinadi”;
13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Korxonalar, mulkchilk shakllaridan qatʼi nazar, har oyda tuman (shahar) mehnat boʻlimlariga boʻsh ish joylari (vakant lavozimlar) mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek har bir boʻshatiladigan xodim toʻgʻrisida, uning ixtisosi, mutaxassisligi, malakasi va ish haqi miqdorini koʻrsatilgan holda, axborot (kamida ikki oy oldin) taqdim etadilar”;
Keyingi tahrirga qarang.
e) 4-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlar har yili joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi”;
j) 5-ilovaning:
uchinchi xatboshidagi “hunar-texnika bilim yurtlaridagi, oʻquv-kurs kombinatlarida, texnika maktablarida” soʻzlari “taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yuqorida sanab oʻtilgan oʻquv yurtlari” soʻzlari “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi boʻlinmalarining Davlat ish bilan taʼminlash xizmati” soʻzlari “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidan “Xalq taʼlim vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshigi “mahalliy boshqaruv organlari” soʻzlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish respublika jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyundagi 277-son qarori tahriri)ga ilova 6-bandining:
uchinchi xatboshidagi “Mehnat birjalarida” soʻzlari “Mehnat organlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidan “(mehnat birjalari)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimidagi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1993-yil 11-martdagi 127-son qarorining:
matndagi mehnat birjalariga koʻrsatmalar mehnat organlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
5-bandning oʻn sakkizinchi xatboshidagi “kvotalanadigan” soʻzi “eng kam miqdordagi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning:
4-bandi oʻn oltinchi xatboshidagi va 5-bandi yigirma toʻqqizinchi xatboshidagi “kvotalanadigan” soʻzi “eng kam miqdordagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻn uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakat tashqarisida va xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beradi”;
oʻn toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqarish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarorining:
preambulasidagi “16-modda bilan” soʻzlari “15 — 17-moddalar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Dastur mazmuni” boʻlimining oʻninchi xatboshi “fermer” soʻzidan soʻng “(dehqon)” soʻzi bilan tasdiqlansin;
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Ish joylarini yaratish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyanomalarda:
2-bandning birinchi xatboshidagi “mehnat birjalari” soʻzlari “mehnat boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “g” kichik bandidagi “jamoa xoʻjaliklari va davlat xoʻjaliklari, dehqon” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), dehqon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda)ning:
matnidagi mehnat birjalariga koʻrsatmalar mehnat organlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisida nizomga 3-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 45-moddasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining — -moddasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni tashkil etish masalalari haqida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda)ga ilovaning 12-bandi uchinchi xatboshidagi “mehnat birjasida” soʻzlari “mehnat boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) matnidagi mehnat birjalariga koʻrsatmalar mehnat organlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” 1997-yil 7-apreldagi 175-son qarorining:
2-bandidagi “(mehnat birjalari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandning oltinchi xatboshidagi “band qilinadigan” soʻzlari “eng kam miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.