Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“AHOLINI ISh BILAN TAʼMINLASh TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 20-oktabrdagi OʻRQ-642-sonli “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 21-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Konuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Ahborotnomasi, 1992-yil, № 4, 175-modda) quyidagi oʻzgartishlar hamda qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 2-modda 2-bandining sakkizinchi xatboshisidagi “oʻrta maxsus” degan soʻzlardan keyin “harbiy” degan soʻz kiritilsin.
2. 3-moddaning birinchi qismidagi “oʻzlariga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. 4-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun mehnat birjasi tomonidan taklif qilingan, ularning kasb tayyorgarligiga mos boʻlgan, yoshini, sihat-salomatligini, mehnat stajini va oldingi kasbi boʻyicha tajribasini, yangi ish joyining transportda qatnash jihatidan qulayligini hisobga oluvchi ish maqbul keladigan ish deb hisoblanadi”.
4. 7-moddaning 3-bandi quyidagi gap bilan toʻldirilsin:
“Bunday imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
5. 16-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aholini ish bilan taʼminlash dasturining mazmuni, uni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan begilanadi”.
6. 17-moddaning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi viloyat hokimliklarining tavsiyasiga binoan har yili ishchi oʻrinlari kengaytirilishi respublika Hukumati tomonidan ragʻbatlantiriladigan hududlarni belgilaydi”.
7. 19-modda:
3-bandidagi “ish bilan taʼminlash davlat xizmatining” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Chet ellarda fuqarolarni, shuningdek chet ellarda ishlash yuzasidan xususiy mehnat bitimlariga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini, Oʻzbekistonga ishga kelgan chet el fuqarolarini ishga yollash va ishga joylashtirish bilan shugʻullanadigan yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyat koʻrsatishiga, kadrlarni oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ishga joylashtirish boʻyicha pulli xizmat koʻrsatuvchi yuridik shaxslarning faoliyat koʻrsatishiga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi beradigan litsenziyaga binoan ruxsat etiladi”.
8. 21-modda:
1-bandi oltinchi xatboshisidagi “belgilangan muddatda shuningdek, ommaviy ravishda” degan soʻzlar “har oyda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandining toʻrtinchi qismidagi “holdagina” degan soʻzdan keyin “qisqartiriladi yoki” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. 23-moddaning 2-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish xizmati va ularning tuman boʻlimlari qoshida ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida ochilgan korxonalar tijorat faoliyatidan olinadigan foydadan undiriladigan soliqlardan, shuningdek davlat va bojxona bojlari toʻlovlaridan ozod qilinadi”.
10. 24-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini bajarishga doir shartnomalar davlat ish bilan taʼminlash xizmatlarida roʻyxatdan oʻtgan va ishsizlik maqomi olgan fuqarolar bilan 2 oygacha (bu muddatni uzaytirish huquqi bilan) muddatga tuziladi;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan shaxslarga toʻlanadigan ish haqining 50 foizidan kam boʻlmagan qismi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, qolgan qismi esa mahalliy budjet mablagʻlaridan va aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi”.
11. 25-moddaning 1-bandi birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat ish bilan taʼminlash xizmatida roʻyxatdan oʻtgan va ishsizlik maqomi olgan shaxslarni kasbga oʻrgatish, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, basharti…”
12. 27-modda:
1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Xodimlar soni (shtatlar) qisqarishi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan boʻshatilgan xodimlarning ish qidirish davrida oldingi ish joyidagi ikki oylik oʻrtacha ish haqi (ishdan boʻshatish nafaqasi qoʻshib hisoblaganda) saqlanib qoladi. Xodimlar ishdan boʻshatilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida davlat ish bilan taʼminlash xizmatlarida roʻyxatdan oʻtsalar uchinchi oy uchun ham oldingi ish joyidan oʻrtacha ish haqini davlat ish bilan taʼminlash xizmatlarining maʼlumotnomasiga binoan olishga haqlidirlar. Yuqoridagi sabablarga koʻra ishdan boʻshatilgan xodimlar har qanday holatda ham ishdan boʻshagan vaqtdan boshlab uch oy muddat ichida mehnat stajini saqlab qoladilar.
Basharti ishdan boʻshatilgan xodimga uch oy ichida maqbul keladigan ish topib berilmasa, u ishsizlik maqomiga ega boʻladi; ammo shu davr ichida u taklif etilgan maqbul keladigan ishning ikkitasini rad etsa, ishsizlik maqomiga ega boʻlmaydi va u oʻttiz kalendar kunidan soʻng umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida yangidan roʻyxatga olinadi.
Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning ishdan boʻshatilayotgan xodimlarga toʻlanishi lozim boʻlgan ish haqlari (tovonlar)ni toʻlash uchun yetarli mablagʻlari boʻlmagan taqdirda, toʻlovlar ularning huquqiy vorislari mablagʻidan toʻlanadi. Tugatilayotgan korxona, muassasa va tashkilotlarning huquqiy vorislari boʻlmagan taqdirda, ishdan boʻshatilayotganlarga toʻlovlar aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan toʻlanib, soʻngra u qonunlarda belgilangan tartibda qoplanadi”.
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tugatilishi, qayta tuzilishi, xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi munosabati bilan ishdan boʻshatilgan, davlat ish bilan taʼminlash xizmatidan 10 kun ichida roʻyxatdan oʻtgan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbini qayta oʻrganayotgan yoki malakasini oshirayotgan mehnatkashlarning stipendiyasi ishdan boʻshagan kundan boshlab dastlabki 3 oy davomida oldingi ish joyidagi oʻrtacha ish haqidan kam boʻlmasligi kerak”.
13. 29-modda:
1-bandining birinchi qismidagi “xizmatiga murojaat qilgan” hamda ikkinchi qismidagi “xizmatiga murojaat qilgan” degan soʻzlar “xizmatida roʻyxatdan oʻtgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2-bandidagi ikkinchi gap chiqarib tashlansin.
4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimlar soni (shtatlar) qisqartirilishi, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi munosabati bilan ishdan boʻshagan, ishsiz deb eʼtirof etilgan, shuningdek pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonunlarga muvofiq umumiy mehnat staji pensiyaga chiqish (imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish ham shunga kiradi) huquqiga ega boʻlgan shaxslar muddatidan oldin (qonunlarda belgilangan muddatdan 2 yil oldin) pensiyaga chiqishga haqlidir”.
14. 34-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ixtisosi boʻlgan shaxslar ishga joylashish uchun kasb oʻrganishi malakasini oshirishi yoki qayta taʼlim olishi talab qilinmasa, 12 oy mobaynida haq toʻlanadigan ish bilan bandligi 12 kalendar haftadan kam boʻlmasa, belgilangan eng kam oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda”.
15. 36-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36-modda. Ishsizlik nafaqasi toʻlashni toʻxtatib turish va butunlay toʻxtatib qoʻyish
Quyidagi hollarda:
ishsiz shaxs ishga joylashganda;
ishsiz taklif qilingan maqbul ishni ikki marta rad etsa;
ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs pensiya yoshiga yetgan taqdirda;
ishsiz maqomiga ega boʻlgan shaxs ozodlikdan mahrum etish tarzida jazoga hukm etilgan boʻlsa;
ishsiz shaxs davolash-mehnat profilaktoriysida davolash kursini oʻtayotgan boʻlsa;
ishsiz shaxs qayta tayyorlash va kasb malakasini oshirishga yuborilgan boʻlsa;
ishsiz shaxs ishsizlik nafaqasini olib turgan davrida ish bilan taʼminlash davlat xizmatini xabardor qilmay vaqtincha ishga joylashgan boʻlsa;
ishsizlik nafaqasini aldov yoʻli bilan olishga urinsa ishsizlik nafaqasini toʻlash bekor qilinadi.
Quyidagi hollarda:
uzrsiz sabablarga koʻra koʻrsatilgan muddatda ish bilan taʼminlash davlat xizmatiga kelmasa;
mehnat intizomini buzganlik uchun ishdan boʻshatilgan boʻlsa, ishsizlik nafaqasini toʻlash 3 oygacha muddatga toʻxtatib turiladi yoki uning miqdori kamaytiriladi”.
16. Quyidagi mazmundagi yangi 36-1-modda kiritilsin:
“36-1-modda. Homilador ayollarni ijtimoiy muhofaza qilish
Ishsiz homilador ayollar (basharti homiladorlik davri 28 haftadan oshmagan boʻlsa,) ish bilan taʼminlash davlat xizmati tomonidan umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olinadilar. Ish bilan taʼminlash davlat xizmati 10 kun ichida ularni ish bilan taʼminlay olmasa, u holda oʻn birinchi kundan boshlab ularga ishsizlik maqomi beriladi. Ishsizlik maqomi birligidan qatʼi nazar, homilador ayollarga Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorida 12 oy mobaynida 26 kalendar haftadan oshmagan muddatga ishsizlik nafaqasi toʻlanadi”.
“37-modda. Moddiy yordam
Ishsizga va uning qaramogʻidagi oila aʼzolariga moddiy va oʻzga yordam koʻrsatilishi mumkin, ular ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasidan va tegishli mahalliy budjetdan ajratiladi.
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasidan va mahalliy budjetlardan moddiy va oʻzga yordam koʻrsatish tartibi, hajmi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarorlari bilan belgilanadi.
38-modda. Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi idoralar
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning bajarilishi ustidan davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, prokuratura organlari va kasaba uyushmalari amalga oshiradi.
40-modda. Mehnat qilishga maʼmuriy yoʻl bilan majbur qilganlik uchun javobgarlik
Ushbu Qonun 2-moddasining 1-bandi uchinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir qilishda aybdor boʻlgan shaxslar bir oylik maoshi miqdorida sud tartibida solinadigan jarima tarzidagi maʼmuriy javobgarlikka tortiladilar”.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 7-may,
854-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi 1993-y., 6-son, 238-modda)