Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi:
oʻz normativ hujjatlarini yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qarorga muvofiqlashtirilsin;
yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining alohida moddalarini qoʻllash yuzasidan yoʻriqnoma va tavsiyanomalar ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1998-yil 23-iyul,
310-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)dagi:
b) qarorning 1-bandi toʻrtinchi xatboshidagi “kvotalash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari “qilish uchun ishchi oʻrinlarining eng kam miqdorini belgilash tartibi toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(“v”-“g” kichik bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(“d” kichik band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
e) 4-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak boʻlgan hududlar har yili joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi”;
j) 5-ilovaning:
uchinchi xatboshidagi “hunar-texnika bilim yurtlaridagi, oʻquv-kurs kombinatlarida, texnika maktablarida” soʻzlari “taʼlim muassasalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yuqorida sanab oʻtilgan oʻquv yurtlari” soʻzlari “taʼlim muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi boʻlinmalarining Davlat ish bilan taʼminlash xizmati” soʻzlari “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi boʻlinmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidan “Xalq taʼlim vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oʻninchi xatboshigi “mahalliy boshqaruv organlari” soʻzlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 2-apreldagi 173-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 59-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 75-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 3-4-son, 14-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan taʼminlash dasturini ishlab chiqarish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarorining:
preambulasidagi “16-modda bilan” soʻzlari “15 — 17-moddalar bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Dastur mazmuni” boʻlimining oʻninchi xatboshi “fermer” soʻzidan soʻng “(dehqon)” soʻzi bilan tasdiqlansin;
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga Ish joylarini yaratish dasturini ishlab chiqish boʻyicha tavsiyanomalarda:
2-bandning birinchi xatboshidagi “mehnat birjalari” soʻzlari “mehnat boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “g” kichik bandidagi “jamoa xoʻjaliklari va davlat xoʻjaliklari, dehqon” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), dehqon” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 8-son, 61-modda)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni tashkil etish masalalari haqida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda)ga ilovaning 12-bandi uchinchi xatboshidagi “mehnat birjasida” soʻzlari “mehnat boʻlimida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) matnidagi mehnat birjalariga koʻrsatmalar mehnat organlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” 1997-yil 7-apreldagi 175-son qarorining:
2-bandidagi “(mehnat birjalari)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-bandning oltinchi xatboshidagi “band qilinadigan” soʻzlari “eng kam miqdorda” soʻzlari bilan almashtirilsin.