11.11.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3700
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 11-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3700]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari J. URUNOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-avgust
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 20-avgust

Oʻzbekiston Respublikasining Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 28-avgustdagi 1-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VAQTINCHALIK NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur vaqtinchalik nizom ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur vaqtinchalik nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi (bundan buyon matnda maxsus huquqiy rejim deb yuritiladi) — ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka obligatsiyasi — ipoteka qoplamasi bilan taʼminlangan va ipoteka agenti tomonidan chiqarilgan obligatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka qoplamasi — ipoteka agenti tomonidan ipoteka obligatsiyalarini chiqarish maqsadida olingan ipoteka kreditlari majmui (portfeli), ular boʻyicha foizlar va asosiy qarzni toʻlashdan tushgan pul tushumlari ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foizlarni toʻlashga va ularning nominal qiymatini soʻndirishga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlarini sekyuritizatsiya qilish (bundan buyon matnda sekyuritizatsiya deb yuritiladi) — ipoteka kreditlarini yigʻib, ularni ipoteka qoplamasi sifatida ipoteka agentiga oʻtkazish va shu ipoteka qoplamasi taʼminoti asosida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditini oluvchi — originatordan ipoteka kreditini olgan shaxs (ipotekaga qoʻyuvchi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
defolt holati — ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritilgan ipoteka krediti (foiz yoki asosiy qarz) boʻyicha qarz oluvchi tomonidan toʻlovning 90 kalendar kun yoki undan ortiq muddatga kechiktirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loan-level-data fayli (bundan buyon matnda LLD-fayl deb yuritiladi) — ipoteka qoplamasi tarkibiga kiradigan ipoteka kreditlari boʻyicha batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3648, 2025-yil 14-iyul) muvofiq tashkil etiladigan maxsus huquqiy rejim doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sekyuritizatsiya ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Originator
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Originator — ipoteka kreditini oluvchiga ipoteka kreditlarini ajratuvchi va keyinchalik mazkur ipoteka kreditlarini ipoteka agentiga ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun oʻtkazadigan bank hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Originator ipoteka agenti tomonidan chiqariladigan va ushbu originatorning ipoteka kreditlaridan shakllantirilgan ipoteka qoplamasi bilan taʼminlangan ipoteka obligatsiyalarini sotib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ipoteka agenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ipoteka agenti — “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Kompaniya deb yuritiladi) tomonidan tashkil etilgan hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi boʻlgan maxsus vakolatli tashkilot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ipoteka agenti oʻz xodimlariga ega boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka agenti va uning boshqaruv organlarining (jumladan, yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organining) barcha funksiyalari hamda vakolatlari Kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ipoteka agenti bilan tuziladigan shartnomalar ipoteka agenti nomidan Kompaniyaning tegishli vakolatli shaxsi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ipoteka agenti Kompaniyaning joylashgan joyi (pochta manzili) boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ipoteka agentini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishda Kompaniyaning koʻchmas mulkka boʻlgan mulk, ijara yoki tekin foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjat ipoteka agentining joylashgan joyi (pochta manzili) sifatida qayd qilish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ipoteka agentining faoliyati boʻyicha buxgalteriya hisobi Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 3263, 2020-yil 30-iyun) muvofiq yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ipoteka agentining ixtiyoriy tugatilishiga faqat mazkur ipoteka agentining joylashtirilgan va muomalada boʻlgan barcha ipoteka obligatsiyalari soʻndirilganidan keyin yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xizmat koʻrsatuvchi agent va zaxiradagi xizmat koʻrsatuvchi agent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmat koʻrsatuvchi agent — ipoteka agentining ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritilgan ipoteka kreditlariga ipoteka agenti bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmat koʻrsatuvchi bank hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ipoteka agenti bilan tuzilgan shartnoma doirasida xizmat koʻrsatuvchi agent ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritilgan ipoteka kreditlari bilan bogʻliq quyidagi xizmatlarni koʻrsatadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditini oluvchilarga ipoteka agenti nomidan xizmatlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlarini monitoring qiladi va ular boʻyicha toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditini oluvchilardan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar va asosiy qarz summalarini qaytarish hisobiga olingan pul mablagʻlarini ular kelib tushgan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida ipoteka agentining maxsus bank hisobvaragʻiga oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatiladigan ipoteka kreditlarining tahliliy hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka agenti va Kompaniyaga har oyda yoki soʻrov boʻyicha ipoteka kreditlari boʻyicha batafsil axborotni, shu jumladan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz va foizlar summalarining qoldiqlarini, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni koʻrsatgan holda hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq xizmat koʻrsatiladigan ipoteka kreditlari toʻgʻrisidagi axborotni Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Zaxiradagi xizmat koʻrsatuvchi agent — dastlab tayinlangan xizmat koʻrsatuvchi agent tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha xizmat koʻrsatish rad etilgan yoki bajarilishi mumkin boʻlmagan taqdirda, ipoteka agenti bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmat koʻrsatuvchi agent funksiyalarini oʻz zimmasiga oladigan bank hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xizmat koʻrsatuvchi agent ipoteka kreditlariga xizmat koʻrsatish zaxiradagi xizmat koʻrsatuvchi agentga oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan sanadan eʼtiboran ikki ish kuni ichida zaxiradagi xizmat koʻrsatuvchi agentga ipoteka qoplamasi tarkibiga kiradigan ipoteka kreditlari boʻyicha barcha toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Kompaniya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kompaniya ipoteka agentini tashkil etib, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi, maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi va faoliyati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kompaniya mazkur bobning 2-paragrafida belgilangan vazifalardan tashqari quyidagilarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka qoplamasining hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka qoplamasi tarkibiga kiradigan ipoteka kreditlari boʻyicha foizlar va asosiy qarzdan tushgan pul mablagʻlarini hisobga olgan holda ipoteka obligatsiyalarining foiz toʻlovlari va nominal qiymatini soʻndirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka agentining uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajarish, shuningdek ipoteka agenti faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa majburiyatlar boʻyicha toʻlovlar hisob-kitobini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka agentining foizlarni toʻlash va ipoteka obligatsiyalarining nominal qiymatini soʻndirish boʻyicha majburiyatlari yuzasidan kafil boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka agenti nomidan buxgalteriya va soliq hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari hamda boshqa foydalanuvchilarga ipoteka agenti nomidan soliq, moliyaviy va boshqa hisobotlarni taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka agentining, shu jumladan ipoteka obligatsiyalari emitenti sifatidagi faoliyatiga oid maʼlumotlarni oshkor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka agenti nomidan qonunchilik va shartnomalarga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati va maxsus xizmat koʻrsatuvchi agent
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda Markaziy depozitariy deb yuritiladi) — toʻlov agenti boʻlib, ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foizlarni toʻlash va ularning nominal qiymatini soʻndirish u orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus xizmat koʻrsatuvchi agent — Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma asosida Kompaniyaning defolt holati yuzaga kelgan ipoteka kreditlari bilan ishlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi bank hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus xizmat koʻrsatuvchi agent Kompaniya bilan tuzilgan shartnoma doirasida defolt holati yuzaga kelgan ipoteka kreditlari boʻyicha asosiy qarz va foizlarni undirish hamda shartnomada belgilangan boshqa xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlariga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari quyidagi shartlarga muvofiq boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi 75 foizdan kam boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditini oluvchining qarz yuki koʻrsatkichi 70 foizdan koʻp boʻlmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti berilgan sanadan boshlab 6 oydan koʻp muddat oʻtganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovga qoʻyilgan koʻchmas mulk ipoteka kreditining butun muddatiga yoʻqolish va (yoki) shikastlanish tavakkalchiliklaridan originator foydasiga sugʻurtalangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlari Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) muvofiq “standart” toifasiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka (kredit) shartnomasida kreditorning (originatorning) talabidan boshqa shaxs foydasiga voz kechishi uchun qarzdorning (ipoteka kreditini oluvchining) roziligini olish sharti nazarda tutilmagan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha kreditning garovga nisbati koʻrsatkichi va qarz yuki koʻrsatkichi Banklarga oʻrnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha toʻlovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 3618, 2025-yil 22-aprel) muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha quyidagi hujjatlar mavjud boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka va kredit shartnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovlar jadvali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta polisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka predmeti ipotekaga beruvchiga tegishli ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka shartnomasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi davlat reyestridan koʻchirma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bitta ipoteka krediti faqat bitta ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritilishi mumkin. Bitta ipoteka qoplamasidan ipoteka agenti tomonidan chiqariladigan ipoteka obligatsiyalarining faqat bitta emissiyasini taʼminlash uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ipoteka kreditlarini oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni rasmiylashtirish va uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ipoteka kreditlarini oʻtkazish bilan bogʻliq bitimni (bundan buyon matnda bitim deb yuritiladi) tuzish uchun originator mazkur vaqtinchalik nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq keladigan hamda ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha LLD-fayl koʻrinishidagi axborotni ilova qilgan holda yozma yoki elektron shakldagi arizani Kompaniyaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, LLD-fayl koʻrinishidagi axborot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditining shartlari (summasi, muddati, foiz stavkasi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti boʻyicha garov obyekti (obyektning turi, baholangan qiymati, garovga olingan qiymati va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka krediti boʻyicha toʻlovlar (oylik toʻlovlar miqdori, ipoteka kreditini oluvchining toʻlov intizomi va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka kreditlarining mazkur Nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimni tuzish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kompaniya originator tomonidan taqdim etilgan arizani koʻrib chiqish jarayonida ipoteka kreditlari boʻyicha birlamchi hujjatlarni LLD-fayl koʻrinishidagi axborotga hamda mazkur vaqtinchalik nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiqligini tanlab tekshirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Originator tomonidan taqdim etilgan ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha maʼlumotlar ipoteka kreditlarining birlamchi hujjatlariga va (yoki) mazkur vaqtinchalik nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda, Kompaniya tomonidan originator bilan bitimni tuzish rad etiladi hamda bu haqida bir ish kuni ichida originatorga xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ipoteka agenti originator tomonidan taqdim etilgan va mazkur vaqtinchalik nizomning 3-bobida belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan ipoteka kreditlaridan ipoteka qoplamasiga kiritiladigan ipoteka kreditlari roʻyxatini shakllantiradi hamda originator bilan birgalikda bitim (oldi-sotdi shartnomasi yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shartnoma) va boshqa shartnomalar (shu jumladan, xizmat koʻrsatuvchi agent va maxsus xizmat koʻrsatuvchi agent bilan shartnomalar, ipoteka agentining bankdagi hisobvaragʻi hamda bitimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa shartnomalar) loyihalarini ishlab chiqadi va kelishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bitim ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha originatorga tegishli boʻlgan huquqdan (talabdan) ipoteka agenti foydasiga voz kechishni nazarda tutadi hamda mazkur bitim oldi-sotdi shartnomasi yoki qonunchilikda belgilangan boshqa shartnoma shaklida rasmiylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ipoteka agentiga oʻtkazilayotgan ipoteka kreditlari boʻyicha ipoteka (kredit) shartnomalari roʻyxati bitimga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bitim Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 320-moddasiga muvofiq ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritiladigan ipoteka kreditlari boʻyicha ipoteka (kredit) shartnomalari qaysi shaklda (oddiy yozma yoki notarial) tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaklda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur vaqtinchalik nizomning 28-bandidan kelib chiqadigan ipoteka predmetiga boʻlgan huquqlarning originatordan ipoteka agentiga oʻtishi koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Originator ipoteka agentiga oʻtkazilgan ipoteka kreditlari boʻyicha ipoteka kreditini oluvchilarni bu haqida bitim davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan uch ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ipoteka obligatsiyalarining emissiyasi va muomalasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, joylashtirish va ularning muomalasi Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni, Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust), mazkur vaqtinchalik nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, mazkur vaqtinchalik nizomda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ipoteka obligatsiyalarini chiqarish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, joylashtirish va ularning muomalasi korporativ obligatsiyalar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ ipoteka agentining ipoteka obligatsiyalarini chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi arizasini koʻrib chiqish jarayonida undan qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish va ularning muomalasi “Toshkent” respublika fond birjasi” aksiyadorlik jamiyatida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan banklar oʻrtasidagi ipoteka obligatsiyalari boʻyicha REPO operatsiyalari “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyatida birja savdosi qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyatida ipoteka obligatsiyalari bilan REPO operatsiyalari amalga oshirilganda, Markaziy depozitariy keyinchalik REPO bitimini amalga oshirish uchun REPO tashabbuskori boʻlgan bankning depo hisobvaragʻiga ipoteka obligatsiyalarining zarur miqdorda yetkazib berilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, “Toshkent” respublika fond birjasi” aksiyadorlik jamiyatida ipoteka obligatsiyalari boʻyicha bitimlarning narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyatining savdo platformasida Markaziy depozitariy va (yoki) “Toshkent” respublika fond birjasi” aksiyadorlik jamiyatining axborot tizimi orqali aks ettirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ipoteka obligatsiyalari egalarining reyestrini shakllantirish Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foizlar va ularning nominal qiymatini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ipoteka agenti tomonidan ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foizlarni toʻlash va ularning nominal qiymatini soʻndirish faqat Markaziy depozitariy orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ipoteka agenti ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foizlarni toʻlash va ularning nominal qiymatini soʻndirish uchun Markaziy depozitariyda shaxsiy hisobvaraq ochadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ipoteka agenti ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritilgan ipoteka kreditlari boʻyicha ipoteka kreditini oluvchilarning toʻlovlarini (asosiy qarz, foizlar, penya va boshqalarni) ular ipoteka agentining maxsus bank hisobvaragʻiga kelib tushgan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay Markaziy depozitariydagi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Markaziy depozitariy ipoteka agentining shaxsiy hisobvaragʻidagi pul mablagʻlaridan ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foiz toʻlovlarini va nominal qiymatining soʻndirilishini ipoteka obligatsiyalarining egalariga ipoteka obligatsiyalarini chiqarish shartlariga muvofiq oʻtkazib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Markaziy depozitariy ipoteka agentining shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadigan va ipoteka obligatsiyalari boʻyicha foizlarni toʻlash hamda ularning nominal qiymatini soʻndirish uchun moʻljallangan pul mablagʻlarining hisobini yuritadi va har oyning 10 sanasigacha roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga bu haqidagi axborotni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Ipoteka agentining xizmat koʻrsatuvchi agentda ochilgan maxsus bank hisobvaragʻi va Markaziy depozitariydagi shaxsiy hisobvaragʻiga kelib tushadigan pul mablagʻlaridan mazkur vaqtinchalik nizomda nazarda tutilmagan maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ipoteka agenti va (yoki) ipoteka kreditini oluvchilarning majburiyatlari bajarilishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Ipoteka obligatsiyalarining ular muomalada boʻlgan muddat davomida ipoteka qoplamasi bilan taʼminlanganlik miqdori ularning soʻndirilmagan nominal qiymatidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43 Kompaniya ipoteka agentining ipoteka obligatsiyalari egalari oldidagi foizlarni (kuponlarni) toʻlash va ipoteka obligatsiyalarining nominal qiymatini soʻndirish boʻyicha majburiyatlari yuzasidan kafil boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Ipoteka qoplamasi tarkibiga kiritilgan ipoteka kreditlari boʻyicha defolt holati yuzaga kelgan taqdirda, xizmat koʻrsatuvchi agent uch kun ichida ipoteka kreditlari boʻyicha defolt holati yuzaga kelganligi toʻgʻrisidagi axborotni Markaziy depozitariy va Kompaniyaga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Kompaniya defolt holati yuzaga kelgan ipoteka kreditini ipoteka agentidan sotib oladi hamda defolt holati yuzaga kelgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay xizmat koʻrsatuvchi agentda ochilgan ipoteka agentining maxsus bank hisobvaragʻiga ipoteka obligatsiyalari boʻyicha barcha hisoblangan foizlar summasi va defolt holati yuzaga kelgan sanadagi ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz qoldigʻi miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompaniya tomonidan defolt holati yuzaga kelgan ipoteka krediti sotib olingandan soʻng, bunday ipoteka kreditlari ipoteka obligatsiyalarining taʼminotiga qoʻyilgan ipoteka qoplamasi tarkibidan chiqariladi hamda ipoteka obligatsiyalarining nominal qiymati tegishli miqdorda soʻndiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Defolt holati yuzaga kelgan ipoteka kreditlari boʻyicha ipoteka kreditini oluvchilardan toʻlovlarni undirish ishlari maxsus xizmat koʻrsatuvchi agent tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Kompaniya ipoteka agenti balansiga qabul qilingan ipoteka qoplamasi va ipoteka agentidan sotib olingan defolt holati yuzaga kelgan ipoteka kreditlarini Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2696, 2015-yil 14-iyul) muvofiq tasniflaydi hamda ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Maxsus qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Mazkur vaqtinchalik nizomga muvofiq ipoteka obligatsiyalarini chiqarish huquqiga ega boʻlgan ipoteka agentidan boshqa shaxslar “ipoteka obligatsiyalari” va “ipoteka qoplamasi” degan soʻzlardan foydalangan holda pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni jalb etishga, shuningdek oʻz nomida “ipoteka agenti” degan soʻzlarni har qanday shaklda ishlatishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan ipoteka qoplamasiga kiritiladigan ipoteka kreditlarini originatordan ipoteka agentiga, shuningdek defolt holati yuzaga kelgan ipoteka kreditlarini ipoteka agentidan Kompaniyaga sotish (oʻtkazish) kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar yuzasidan kreditorning huquqlaridan (talablaridan) boshqa shaxs foydasiga voz kechish (ularni boshqalarga berish, olish) boʻyicha moliyaviy operatsiyalarga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ipoteka obligatsiyalarining bitta chiqarilishi doirasida joylashtirilgan ipoteka obligatsiyalari taʼminoti sifatida qoʻyilgan ipoteka qoplamasi tarkibiga kiruvchi ipoteka kreditlari boʻyicha defolt holati yuzaga kelgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ Kompaniya va ipoteka agentiga ushbu ipoteka obligatsiyalari boʻyicha majburiyatlarni bajarish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka kreditlari boʻyicha birinchi defolt holati yuzaga kelganidan keyin bir kalendar yil ichida ikkinchi defolt holati yuzaga kelganda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tegishli chiqarilishdagi ipoteka obligatsiyalarining muomalasini muddatidan oldin toʻxtatish va soʻndirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Mazkur vaqtinchalik nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2025-y., 10/25/3700/1047-son)