1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 14-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3648]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi PF-26-son “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 11-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
07-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi T. ISHMETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 15-may

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 11-iyundagi 07-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish, maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarini roʻyxatga olish va ularning faoliyati monitoringini amalga oshirish, maxsus huquqiy rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish, shuningdek, maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish tartibni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan maxsus huquqiy rejim doirasida ipoteka obligatsiyalarini chiqarish vakolati berilgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim — ipoteka obligatsiyalarini chiqarish uchun maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga alohida tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari — maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ipoteka obligatsiyasi — maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari tomonidan chiqariladigan emissiyaviy qimmatli qogʻoz boʻlib, u boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi ipoteka kreditlari jamlanmasi bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining reyestri (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi) — maxsus huquqiy rejimda roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aks ettiruvchi ommaviy axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agentlikning kapital bozorini tartibga solish uchun masʼul boʻlgan tegishli tarkibiy boʻlinmasi (bundan buyon matnda ishchi organ deb yuritiladi) Agentlikning maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyatini monitoring qilish boʻyicha ishchi organi funksiyalarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomini olish uchun taqdim etgan arizasini qabul qiladi, roʻyxatdan oʻtkazadi va koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Agentlik rahbariga (oʻrinbosariga) maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrni yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisini tashkiliy-huquqiy va konsultativ jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida Agentlik rahbariga (oʻrinbosariga) takliflar kiritadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Arizachi tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga qoʻyiladigan talablar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlarda, shuningdek ularni uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan moliyalashtirishda ishtirok etgan yoki ishtirok etishda gumonlanayotgan shaxslar boʻlishi mumkin emas.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay ipoteka obligatsiyalarini chiqarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim doirasida ipoteka obligatsiyalarini Agentlik tomonidan belgilangan tartibga muvofiq chiqarishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maxsus huquqiy rejim doirasida maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga ipoteka obligatsiyalarini chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani taqdim etish va koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun arizachi mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza hamda quyidagi maʼlumotlar va hujjatlarni Agentlikka taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizachining anketasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachining ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq yuridik shaxsning (arizachining) rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi maʼlumotlar.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlar arizachining rahbari tomonidan tasdiqlangan (imzolangan) holda taqdim etiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizachi ariza va hujjatlarni Agentlikka yozma yoki elektron shaklda yoxud Agentlikning elektron pochta manziliga yuborish orqali taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron shaklda taqdim etiladigan maʼlumotlar yuqori sifatda va “PDF”, “PNG” yoki “JPEG” formatlarda boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Arizachi Agentlikka yozma shaklda murojaat qilganda, Agentlik xodimi tomonidan arizachiga ariza qabul qilinganligini tasdiqlovchi ushbu xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda ariza qabul qilingan sana koʻrsatilgan tegishli hujjat yoki arizaning nusxasiga ushbu malumotlarni qayd etgan holda imzo qoʻyib beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik ariza va mazkur Nizomning 8-bandida koʻrsatilgan hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab yigirma ish kuni ichida arizachini maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va taqdim etilgan hujjatlarni tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda qoʻshimcha ravishda tekshirish talab qilingan taqdirda, ishchi organning taklifiga koʻra arizani koʻrib chiqish muddati Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin. Bu haqda arizachi muddatni uzaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kuni xabardor qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ishchi organ ariza va taqdim etilgan hujjatlarni oʻn besh ish kuni ichida, qoʻshimcha oʻrganish zarur boʻlgan taqdirda esa yigirma ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda koʻrib chiqish natijasi boʻyicha xulosa taqdim etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishchi organ tomonidan xulosa taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida Agentlik rahbari (oʻrinbosari) tomonidan arizachini maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Arizachini maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi mazkur Nizomning 5 va 7-bandlarida koʻrsatilgan talablarga muvofiq boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, ishchi organ tomonidan mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kuni ichida arizachiga rad etish sabablari koʻrsatilgan xabarnoma yuboriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Arizachi rad etish asoslarini bartaraf etgan holda xabarnomani olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida takroran ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroran berilgan ariza boʻyicha oʻn ish kuni ichida arizachini maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtganidan soʻng takroran taqdim etilgan arizalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ishchi organ bir ish kuni ichida tegishli maʼlumotlarni reyestrga kiritadi va arizachiga xabarnoma yuboradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus huquqiy rejimning amal qilish muddati 5 yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining faoliyatini monitoring qilish va ishtirokchi maqomidan mahrum qilish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishchi organ ishtirokchilar tomonidan maxsus huquqiy rejim talablari va shartlariga rioya etilishi ustidan doimiy monitoring olib boradi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar Agentlikka chiqarilgan ipoteka obligatsiyalariga oid hisobotni taqdim etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Quyidagilar maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchining maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomidan voz kechish toʻgʻrisidagi arizasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchining mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan talablarga muvofiq emasligi faktlari aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishtirokchi tomonidan ipoteka obligatsiyalarini chiqarish tartibi muntazam ravishda (ikki martadan ortiq) buzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sud qaroriga muvofiq toʻlovga qobiliyatsiz deb topilganligi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan holatlar aniqlangan kundan boshlab uch ish kuni ichida Agentlik tomonidan maxsus huquqiy rejim ishtirokchisini maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi organ maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran bir ish kuni ichida bu haqda ishtirokchini xabardor qiladi va unga tegishli qarorning koʻchirma nusxasini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilarining reyestrini yuritish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Reyestr ishchi organ tomonidan yuritiladi va unda quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisining roʻyxatdan oʻtkazilgan raqami va sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus huquqiy rejim ishtirokchisini maxsus rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum qilish asoslari va sanasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Reyestrda mavjud boʻlgan maʼlumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchilari Agentlik tomonidan qabul qilingan qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
Arizachi
1. Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining (bundan buyon matnda maxsus huquqiy rejim deb yuritiladi) ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtish uchun ariza va hujjatlarni tayyorlaydi.
2. Ariza va tegishli hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuboradi.
Oʻz xohishiga koʻra
2-bosqich
Agentlik
Ariza va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
20 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 30 ish kuni
Agentlik
1. Agentlikning kapital bozorini tartibga solish uchun masʼul boʻlgan tegishli tarkibiy boʻlinmasi (bundan matnda ishchi organ deb yuritiladi) taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
15 ish kuni, uzaytirilgan taqdirda 20 ish kuni
2. Ishchi organning xulosasi asosida maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
5 ish kuni
3-bosqich
Ishchi organ
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini koʻrsatgan holda bu haqda arizachini xabardor qiladi.
1 ish kuni
4-bosqich
Arizachi
Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etib, takroran ariza beradi.
30 kun
Agentlik
1. Takroran berilgan ariza boʻyicha arizachini maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish yoki roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
10 ish kuni
2. Koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin takroran berilgan arizalar ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
belgilangan muddatda
5-bosqich
Ishchi organ
1. Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, reyestrga tegishli maʼlumotlarni kiritadi va ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
1 ish kuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
1.
Arizachining nomi:
2.
Yuridik manzili (pochta manzili):
3.
Elektron pochta manzili:
4.
Telefon raqami:
5.
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):
6.
Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki:
7.
Rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi:
8.
Ariza berishga vakolatli shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi, telefon raqami, elektron pochtasi:
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻraymiz
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
1. Anketa ___ varaqda.
2. Ustav va boshqa taʼsis hujjatlari nusxasi.
3. Yuridik shaxs rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va muassislari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Arizachi rahbarining imzosi
___________ (F.I.O.) 20___ yil “___”________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizachining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANKETASI

1-bob. Yuridik shaxs (ariza beruvchi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
Yuridik shaxsning nomi:
Yuridik manzili (pochta manzili):
Telefon raqami:
Elektron pochta manzili:
Rasmiy veb-sayti:
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi va raqami (kun/oy/yil)
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR):
2-bob. Deklaratsiyalash
1. Arizachining rahbariyati (rahbar, uning oʻrinbosarlari) va taʼsischilari iqtisodiy jinoyatlarda, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlarda, shuningdek ularni uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy giyohvand moddalar savdosi, korrupsiya va axborot texnologiyalari bilan moliyalashtirishda ishtirok etganmi?
Ha
Yoʻq
2. Arizachiga sud tartibida toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanilganmi?
Ha
Yoʻq
(Agar yuqoridagi savollardan biriga ijobiy javob berilsa, quyida batafsil maʼlumot bering)
Mazkur anketa va unga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va toʻgʻriligini hamda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar berilmaganligini tasdiqlayman.
Arizam qanoatlantilganidan keyin taqdim etgan hujjatlarimda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi maqomidan mahrum etilishim mumkinligini tushunaman.
Vakolatli shaxsning ismi
Lavozimi
Telefon raqami
Elektron pochta manzili
Vakolatli shaxsning imzosi
Sana
Qoʻshimcha aloqa uchun shaxs (agar yuqoridagidan farq qilsa)
Lavozimi
Telefon raqami
Elektron pochta manzili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:

Soʻrovnomaning barcha bandlari toʻliq toʻldirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, ilova qilinayotgan hujjatlar soʻrovnomaning tegishli bandida koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ipoteka obligatsiyalarini chiqarish sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsning (arizachining) rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari) va taʼsischilari haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼLUMOT

1-jadval
Yuridik shaxsning rahbariyati (rahbari va oʻrinbosarlari)
Lavozimi
Familiyasi, ismi
Fuqaroligi
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat
Hujjat turi
Seriya va raqami
Berilgan vaqti va amal qilish muddati
Kim tomonidan berilgan
1
2
3
4
5
6
7
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Yuridik shaxsning taʼsischilari
Familiyasi, ismi yoki yuridik shaxs nomi
Ulush miqdori
Fuqaroligi (jismoniy shaxslar uchun) yoki davlat roʻyxatidan oʻtgan joyi (yuridik shaxslar uchun)
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki davlat roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnoma
Hujjat turi
Seriya va raqami
Berilgan vaqti va amal qilish muddati
Kim tomonidan berilgan
1
2
3
4
5
6
7
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 10/25/3648/0611-son)