28.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3694
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining qarori, 28.10.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3694
Кучга кириш санаси
28.10.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning xavfsizlik talablarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 28-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3694]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning xavfsizlik talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais A. RAFIQOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-son

Kelishildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi prezidenti Sh. AYUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 24-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasi agentligi direktori A. AXMEDXADJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 23-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XUDAYAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 19-sentabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 10-oktabrdagi 25-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning xavfsizlik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur hujjat atom elektr stansiyalari, kichik modulli yadro reaktorlar, tadqiqot yadro reaktorlar hamda boshqa yadroviy qurilmalardan foydalanish va ularni foydalanishdan chiqarish jarayonida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda xavfsizlikni taʼminlashga oid talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu hujjatda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar — foydalanish uchun moʻljallanmagan, yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan eng koʻp miqdordan oshadigan faollik darajasiga ega radionuklidlarni oʻz ichiga olgan har qanday agregat holatidagi materiallar va moddalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish — radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, jumladan radioaktiv chiqindilarni toʻplash, saralash, qayta ishlash, konditsiyalash, transportda tashish (tashish), saqlash, zararsizlantirish, radioaktiv chiqindini chiqarib olish va koʻmib tashlash faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish obyektlari (bundan buyon matnda obyekt deb yuritiladi) — radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish, jumladan ularni toʻplash, saralash, qayta ishlash, konditsiyalash, transportda tashish (tashish), saqlash, zararsizlantirish, radioaktiv chiqindini chiqarib olish va koʻmish uchun moʻljallangan, radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish uchun zarur boʻlgan tizimlar va uskunalar bilan jihozlangan qurilmalar, komplekslar va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni tasniflash — radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish maqsadida ularning faollik darajasi, radionuklidlarning turi va yarim yemirilish davri, issiqlik ajralishi va zarur izolyatsiyalash darajasi boʻyicha sinflarga ajratish jarayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni konditsiyalash (bundan buyon matnda konditsiyalash deb yuritiladi) — radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun yaroqli boʻlgan va radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun maqbullik mezonlariga muvofiq boʻlgan fizik shakl va holatga keltirish boʻyicha texnologik jarayonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni koʻmish uchun maqbullik mezonlari (bundan buyon matnda maqbullik mezonlari deb yuritiladi) — radioaktiv chiqindilarni xavfsiz koʻmish maqsadida ularning fizik-kimyoviy xossalari hamda sigʻimlariga qoʻyiladigan talablar majmuasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda quyidagi xavfsizlik talablariga rioya qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning nurlanish dozalari ustidan doimiy individual nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni ularning faollik darajasiga koʻra tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilardan radiatsiya tarqalishining oldini olish maqsadida muhofaza va muhandislik toʻsiqlarini qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni shaxsiy himoya vositalari hamda dozimetrik nazorat vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitning radiatsiyaviy ifloslanishiga yoʻl qoʻymaslik hamda sanitariya-himoya zonalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy avariyalar yuz berishi mumkin boʻlgan holatlarga tayyorlikni taʼminlash va ularni bartaraf etish boʻyicha tezkor javob choralarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni toʻplash, saralash, qayta ishlash, konditsiyalash, transportda tashish (tashish), saqlash, zararsizlantirish, chiqarib olish va koʻmib tashlash jarayonlarining radiatsiyaviy xavfsizligini baholash ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SanQvaM 0193-06 “Radiatsiya xavfsizligi normalari (RXN 2006) va Radiatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy sanitar qoidalari (RXTASQ 2006)” talablariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari” talablariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-sentabrdagi 613-son qarori bilan tasdiqlangan Nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish yagona davlat tizimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xodimlarning nurlanish olishning individual dozalarini nazorat qilish va hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga koʻra, xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish hamda ularning attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) muvofiq xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtishini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektni loyihalash va qurish quyidagilar inobatga olingan holda amalga oshirilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlik talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash choralari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof-muhitni muhofaza qilish talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxitektura va shaharsozlik hujjatlari talablari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning kelgusida foydalanishdan chiqarilishi (yopilishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda radiatsiyaviy nazorat shakli obyekt loyihasida belgilanishi va obyektning ekspluatatsiya hujjatlarida koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektning ekspluatatsiya hujjatlarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy nazoratni oʻtkazish shakllari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilinadigan parametrlar va ularning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy nazoratni oʻtkazish tartibi va davriyligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy nazoratni amalga oshirish uchun texnik vositalar roʻyxati, ularning texnik tasniflari va tegishli uslubiy taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiyaviy xavfsizlikni taʼminlashni amalga oshirish uchun lavozimlar roʻyxati, xodimlar soni va ularning malakasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Radioaktiv chiqindilar radioaktiv boʻlmagan chiqindilardan ajratilgan holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Obyektni loyihalashda xavfsizlikka taalluqli konstruksiyalar, tizimlar va tarkibiy qismlar belgilanishi, shuningdek obyektning murakkabligi hamda undagi radioaktiv chiqindilarning xususiyatlari hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar ekspluatatsiya hujjatlarini, jumladan radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha yoʻriqnomalar va qoʻllanmalarni ishlab chiqishni taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish jarayonida yuzaga keladigan avariyaviy holatlarda harakatlarni SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga asosan amalga oshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan radioaktiv chiqindilarni koʻmishdan oldin, radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning barcha bosqichlarida ularning fizik, kimyoviy, radiologik va biologik xossalari tasniflanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar har yili oʻz faoliyati natijasida hosil boʻladigan materiallar, moddalar, uskunalar va buyumlardagi radionuklidlar miqdorini baholashi, ushbu obyektlardan kelgusida foydalanish imkoniyatini aniqlashi va foydalanish mumkin boʻlmagan taqdirda ularni radioaktiv chiqindilar tarkibiga kiritishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishda xavfsizlik darajasini oshirishga qaratilgan texnik yechimlar hamda tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligini aniqlash maqsadida, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan radioaktiv chiqindilar bilan muomaladagi xavfsizlikning joriy darajasi tahlil qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Foydalanilayotgan radioaktiv chiqindilarni vaqtincha va uzoq muddat saqlash punktlari, radioaktiv chiqindilarni joylashtirish va konservatsiyalash punktlari, shuningdek qattiq radioaktiv chiqindilarni koʻmishning yopiladigan punktlari hamda suyuq radioaktiv chiqindilarni chuqur koʻmish punktlari boʻyicha radioaktiv chiqindilarni joylashtirish (koʻmish) tizimining uzoq muddatli xavfsizligini tahlil qilish va baholash ishlari amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tahlil va baholash natijalari xavfsizlikni asoslash boʻyicha hisobotda aks ettirilishi hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dasturga muvofiq, xavfsizlik talablarini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar bajarilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishda xavfsizlikni davriy baholashni amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlikni davriy baholash ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dasturga muvofiq oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida, texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash chogʻida, shuningdek obyektdan normal foydalanish izdan chiqqanda, jumladan avariyalar paytida hosil boʻladigan va (yoki) toʻplanib qoladigan barcha chiqarib tashlanadigan radioaktiv chiqindilar bilan muomalani taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlar obyekt hayot davrining (sikl) barcha bosqichlarida, shuningdek uni foydalanishdan chiqarish (yopish) chogʻida ham xavfsiz tarzda amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyektning loyihasida radioaktiv chiqindilar hosil boʻladigan manbalar va ularning tasniflari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gazsimon, qattiq va suyuq radioaktiv chiqindilarning hosil boʻlish manbalari, ularning faolligi, tarkibi hamda yillik rejalashtirilgan miqdori (hajmi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning loyihaviy (belgilangan) foydalanish muddati davomida hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilar miqdori (hajmi) va faolligining baholanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash, konditsiyalash va saqlash uchun toʻplangan radioaktiv chiqindilarning miqdori (hajmi), faolligi va tarkibining baholanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni foydalanishdan chiqarishda (yopishda) hosil boʻladigan radioaktiv chiqindilarning miqdori (hajmi), faolligi va tarkibining baholanishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Atom energiyasidan foydalanish jarayonida radioaktiv chiqindilar hosil boʻlishining normalari, shu jumladan radioaktiv chiqindilar hosil boʻlishining yillik rejalashtirilgan miqdorlari (hajmlari) hisobotda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilarni oʻz vaqtida toʻplash, saralash hamda ular bilan keyinchalik muomala qilish uchun yaroqli holatga keltirishni taʼminlashi, shuningdek koʻmish uchun maqbullik mezonlariga muvofiqlashtirish, gazsimon radioaktiv chiqindilarni saqlash va (yoki) tozalash ishlarini tashkil etishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha texnik yechimlar va tashkiliy tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralanishi, qayta ishlanishi, konditsiyalanishi va saqlanishi lozim boʻlgan radioaktiv chiqindilarning tasnifi, faolligi va hajmi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar bilan keyinchalik muomala qilish usullari (qayta ishlash, konditsiyalash, tashish (tashish), saqlash, koʻmish), shuningdek radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning mavjud texnologiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarning keyinchalik ular bilan muomalada boʻlish uchun belgilangan tasniflari va xossalariga qoʻyiladigan talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni saqlash shartlari, oraliq saqlashning yoʻl qoʻyiladigan hajmi va belgilangan muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni yigʻish va saralashni radioaktiv chiqindilarni tasniflash tizimiga muvofiq radiatsiyaviy, fizik va kimyoviy tasniflarini hisobga olgan holda ular hosil boʻlgan va (yoki) ishlov berish joylarda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilarni saralash jarayonida ularni uzoq muddatli saqlashga va (yoki) koʻmishga tayyorlash maqsadida turli sinflarga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarning hajmini kamaytirish maqsadida konditsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarning xavfsiz izolyatsiyasini va keyinchalik foydali komponentlarni ajratib olish imkoniyatini taʼminlaydigan inshootlarda turli sinflardagi radioaktiv chiqindilarni saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashishda maxsus yuk koʻtarish va transport vositalaridan foydalangan holda radioaktiv chiqindilarning hosil boʻlish, qayta ishlash, vaqtincha saqlash va uzoq muddat saqlash joylari oʻrtasida xavfsiz harakatlanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlar va atrof-muhitdan xavfsiz ajratishga qaratilgan saqlash yoki koʻmib tashlashni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Suyuq radioaktiv chiqindilarni yer usti va yer osti suv havzalariga, suv toʻplash maydonlariga, yer qaʼriga va yer ustiga, shuningdek yer usti oqova suvlarini tozalash inshootlariga hamda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga oqizishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Gazsimon radioaktiv chiqindilar tarkibidagi radioaktiv moddalarni atmosfera havosiga chiqarishning yoʻl qoʻyiladigan normalari SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga muvofiq belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Texnologik puflamalar yigʻma shamollatish qutilariga va keyinchalik shamollatish quvuriga faqat ularning tozalangandan va (yoki) ruxsat etilgan darajagacha ushlab turilgandan soʻng yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnologik puflamalarni chiqarib tashlash uchun umumiy almashinuv (soʻruvchi) shamollatish (ventilyatsiya) tizimidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Obyektning loyiha va ekspluatatsiya hujjatlarida atmosfera havosiga radioaktiv moddalarni chiqarish va suv obyektlariga radioaktiv moddalarni oqizishda SanQvaM 0193-06 Radiatsiya xavfsizligi normalari (RXN 2006) va Radiatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy sanitar qoidalari (RXTASQ 2006)ga muvofiq xavfsiz foydalanish chegaralari belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Radioaktiv moddalar chiqarib tashlanishini (oqizilishini) nazorat qilish uchun sutkalik va oylik chiqarib tashlashlarning (oqizilishlarning) nazorat darajalari belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashlamalarning nazorat darajalari qiymatlari obyekt loyihasida belgilangan yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlar va tashlamalar qiymatlaridan past boʻlishi, shuningdek kamida besh yilda bir marotaba davriy qayta koʻrib chiqilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Radioaktiv moddalarni chiqarishning (tashlash) har bir manbai uchun quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalarni chiqarish (tashlash)ning nazorat qilinadigan parametrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhit turi (havo (gaz) yoki suyuqlik) sarfi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqarilayotgan moddaning sifat va miqdoriy radionuklid tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sutka, oy va yil uchun oʻrtacha olingan chiqarish (tashlash)dagi radionuklidlarning jami faollik miqdorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Chiqarib tashlanadigan radioaktiv chiqindilarni saqlash quyidagi joylarda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni saqlash punktlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar saqlanadigan omborxonalarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning loyihasida belgilangan maxsus joyda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning barcha bosqichlarida radioaktiv chiqindi konteynerlari yoki sigʻimlari toʻgʻri identifikatsiya qilinishi va tamgʻalanishi, bunda identifikatsiya quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radionuklidlar nomi va kimyoviy belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
faollik (agar oʻlchangan yoki baholangan boʻlsa) va oʻlchash sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib chiqishi (bino, laboratoriya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial yoki haqiqiy xavf (kimyoviy, nurlanish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirtdagi doza quvvati va oʻlchash sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdori (ogʻirligi yoki hajmi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan radioaktiv chiqindilarni yigʻish ularning hosil boʻladigan joylarida quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar toifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agregat holatdagi (qattiq, suyuq);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fizik va kimyoviy tasniflari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
organik va noorganik tasnifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar tarkibidagi radionuklidlarning yarim yemirilish davri (soatlar, kunlar, oylar, yillar, oʻn yilliklar va undan katta davrni tashkil etuvchi yarim yemirilish davri);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash va yongʻin xavfsizligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Suyuq radioaktiv chiqindilarni saralashda ularning fizik xususiyatlari (bir jinsli yoki bir jinsli boʻlmagan radioaktiv chiqindilar), kimyoviy xususiyatlari (organik, noorganik, gidrofil, gidrofob, gidratlangan) va kimyoviy tarkibi hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Suyuq radioaktiv chiqindilar kimyoviy va radiologik tasniflarga, radioaktiv chiqindilar hajmiga, saqlash ehtiyojlariga muvofiq mos sigʻimlarda toʻplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir germetik sigʻim nasoslar va suyuqlikni kiritish yoki chiqarish teshiklari, shuningdek suyuqlik sathini nazorat qilish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Oʻrtacha faollikdagi suyuq radioaktiv chiqindilarni toʻplash qurilmalari quyidagicha jihozlanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suyuqliklarni qabul qilish va toʻkish uchun nasoslar va qurilmalar bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gamma-doza quvvatini, haroratni, bosimni va sigʻimlardagi suyuqlik sathini nazorat qilish uchun qurilmalar bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalar olish uchun uskunalar bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoldiq va choʻkindilarni yoʻqotish uchun qurilmalar bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sigʻimning suyuq tarkibini yigʻish uchun germetik hovuz bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vodorodni chiqarib yuborish xavfi mavjud boʻlsa, uni nazorat qilish va chiqarib yuborish uskunalari bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Qattiq radioaktiv chiqindilar ularning fizik va radiologik tasniflari va hajmi, saqlanishi va boshqa ehtiyojlariga muvofiq tegishli konteynerlarda toʻplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nam qattiq radioaktiv chiqindilar ifloslangan suyuqliklar konteynerlardan sizib chiqmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Radioaktiv chiqindilarni toʻplash va saralash joylarida boʻsh va qisman toʻldirilgan konteynerlar uchun alohida joy ajratilishi hamda toʻplangan radioaktiv chiqindilar sinfiga muvofiq konteynerlar belgilanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar hududida qattiq radioaktiv chiqindilar solingan konteynerlarni koʻchirish uchun qurilmalar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qattiq radioaktiv chiqindilar bilan toʻldirilgan barcha konteynerlarda quyidagi xavfsizlik choralariga rioya qilinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doza quvvatini oʻlchash (konteyner yuzasidan tarqalayotgan radiatsiya darajasini aniqlash uchun maxsus oʻlchov asboblari bilan tekshiruv oʻtkazilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sirt ifloslanishini oʻlchash (konteynerning tashqi yuzasida radioaktiv moddalar mavjudligini aniqlash maqsadida nazorat amalga oshirilishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteyner toʻliq toʻldirilganda undagi radionuklidlar tarkibi (qanday radioaktiv elementlar mavjudligi) toʻgʻridan-toʻgʻri fizik oʻlchovlar yoki zarur hollarda hisoblash va baholash uslublari orqali aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Oʻlchashlarni boshlashdan oldin radioaktiv chiqindilarning har bir sinfi uchun signalizatsiya darajalari oʻrnatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar radioaktiv chiqindilar konteyneri indikator yonidan oʻtayotganda signalizatsiya ishga tushsa, unda mavjud boʻlgan radioaktiv chiqindilar yuqori darajadagi radioaktiv chiqindilar sifatida baholanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Konteynerlarni qayta ishlatishdan oldin ularning radioaktiv ifloslanganligi tekshirilishi, aniqlangan ifloslanishlar bartaraf etilishi va tashqi sirtning ruxsat etilgan ifloslanish darajasi SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga muvofiq aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tashlanayotgan suyuqlik tarkibida biron-bir radioaktiv zarracha boʻlsa, u filtrlanishi va juda nordon yoki ishqorli suyuqliklarni tashlashdan oldin zararsizlantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyuqliklar tarkibida oqova suvlarni qayta ishlashga va (yoki) atrof-muhitga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan zaharli yoki boshqa kimyoviy moddalar ham mavjud boʻlsa, suyuq radioaktiv chiqindilar SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga muvofiq oqizishdan oldin qoʻshimcha ravishda qayta ishlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Suyuq radioaktiv chiqindilarni qayta ishlashda ularning taxminiy hajmi, radionuklid va kimyoviy tarkibi, zaharliligi, harorati, radioaktiv chiqindilardan gazlar ajralib chiqishini hisobga olish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Radioaktiv chiqindilarga ishlov berilgandan soʻng ularga tegishli bogʻlovchi moddalar qoʻshib qotirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qotgan radioaktiv chiqindilar sigʻimlarga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Radioaktiv chiqindilarga ishlov berish jarayonida uchuvchan radionuklidlarning mumkin boʻlgan tarqalishi, suyuqlik hosil boʻlishi, ishlov berish jarayonida va undan keyin yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kimyoviy faollik, shuningdek siqilgan radioaktiv chiqindilarning tarkibiy qismlari tomonidan yuzaga keladigan yongʻin va portlash xavfi inobatga olinishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Radioaktiv chiqindilarni qayta ishlash va konditsiyalash SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Konditsiyalashda radioaktiv chiqindilar sigʻimi yopiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Tarkibida koʻp miqdorda organik moddalar boʻlgan radioaktiv chiqindilarni saqlash muddati, agar sovitish qurilmalarida yoki tegishli eritmalarda saqlash sharoitlari taʼminlanmagan boʻlsa, besh sutkadan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar radioaktiv chiqindilar saqlanadigan har bir sigʻimni muntazam tekshirishi, ularning mustahkamligi va germetikligini taʼminlash choralarini koʻrishi, shuningdek saqlash joylarini kuzatish va ularga texnik xizmat koʻrsatish imkoniyatini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Saqlash joyi loyihasida chiqarib olinadigan radioaktiv chiqindilar sigʻimlarini saqlash, koʻzdan kechirish, ularga texnik xizmat koʻrsatish, tuzatish va boshqa harakatlar uchun zaxira saqlash zonasi koʻzda tutilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Saqlash joyida normal foydalanish yoki favqulodda vaziyatlarda gaz hosil boʻlishining oldini olish uchun shamollatish (ventilyatsiya) taʼminlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Radioaktiv chiqindilar sigʻimlarining tasniflari maqbullik mezonlariga muvofiq boʻlmasa, radioaktiv chiqindilar sigʻimlari maqbulligi mezonlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning barcha bosqichlarini qamrab oluvchi sifatni taʼminlash dasturining tizimini ishlab chiqishi, bunda ushbu dastur quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsiz foydalanish uchun zarur boʻlgan texnik shartlar va talablar obyektning butun hayotiy davri (sikl) davomida, loyihalashtirishdan boshlab uni foydalanishdan chiqarishgacha rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash va koʻmish talablariga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash joyida saqlanayotgan radioaktiv chiqindilar joylangan sigʻimlarning butun saqlash muddati davomida sifati, butligi va germetikligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar joylangan sigʻimlar pasportlarida, ularning yozuvlari uzoq muddat davomida saqlanishi imkoniyati mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar radioaktiv chiqindilarni koʻmishdan oldin quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik va atrof muhitga taʼsirni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni toʻgʻri yigʻish, saralash, tasniflash va yoʻq qilishning mavjud usullarini hisobga olgan holda radioaktiv chiqindilarning har bir oqimi boʻyicha xatlovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizligining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda radioaktiv chiqindilarni yigʻish, qayta ishlash va saqlash inshootlari va uskunalarining xavfsiz va ishonchli ishlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni saqlash muddati tugagandan soʻng yoki har qanday nosozliklarning oldini olish maqsadida olib ketish imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilarni xavfsiz saqlash va yoʻq qilishga muvofiq boʻlgan usulda tozalash va konditsiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Transport vositalari va transport konteynerlari radiatsiyaviy nazoratdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Obyekt maydonidan tashqarida radioaktiv chiqindilarni tashish SanQvaM 0251-08 “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlishning sanitariya qoidalari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Mazkur hujjatning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 10/25/3694/0991-son)