10.01.2022 yildagi 13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 16-oktabrdagi PQ-4492-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlari xavfsizligini taʼminlash, atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish muddatlari, tartibi va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan oʻtkaziladigan xodimlar toifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya natijalari boʻyicha apellyatsiya berish va uni koʻrib chiqish qoidalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tegishli davlat tashkilotlari atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning malakasini oshirishning ushbu qaror bilan tasdiqlangan tartibiga qatʼiy amal qilinishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularning malakasini oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasining markazlashtirilgan tartibda shakllantirilishi va yuritilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 10-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-yanvardagi 13-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini (keyingi oʻrinlarda — xodimlar) tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza — atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning oʻz xodimlarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlari — yadroviy qurilmalar, saqlash punktlari, yadroviy materiallar, radiatsiya manbalari, radioaktiv moddalar, yadroviy yoqilgʻi, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlari, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi, radioaktiv chiqindilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ (keyingi oʻrinlarda — maxsus vakolatli organ) — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya guvohnomasi — xodimlarning mazkur Nizomda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi — maxsus vakolatli organda, uning hududiy boshqarmalarida, kon-texnika inspeksiyalarida hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan va doimiy asosda ishlaydigan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazuvchi komissiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa yuridik shaxslar — quyidagi sohalarda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy qurilmalarni va (yoki) saqlash punktlarini loyihalashtirish hamda qurish, radiatsiyaviy manbalardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari, radiatsiyaviy manbalar uchun uskunalarni konstruksiyalash hamda tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertiza oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv moddalar va yadroviy materiallar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ulardan foydalanish, ularni transportda tashish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan, ularni qayta ishlash, transportda tashish, saqlash va koʻmib tashlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy qurilmalar va (yoki) saqlash punktlari uchun yadroviy materiallar, uskunalar hamda texnologiyalarni olib kirish va olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasida xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va (yoki) nodavlat taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkiloti) — atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish faoliyatini amalga oshiruvchi, belgilangan tartibda maxsus vakolatli organ litsenziyasiga ega boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish — kasbiy bilim va koʻnikmalarni yangilash hamda chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka talablari — tinglovchilarning kasbiy bilim va amaliy koʻnikmalari darajasiga qoʻyiladigan talablar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni tayyorlash — xodimlarning yadro, radiatsiya, yongʻin va sanoat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normalar va qoidalar hamda mehnatni muhofaza qilishni taʼminlash boʻyicha yoʻriqnoma va qoidalar talablariga amal qilgan holda, atom energiyasidan foydalanish obyektlari bilan bogʻliq ishlarni bajarishda talab etiladigan darajadagi xavfsizlik madaniyati va kompetensiyalarini shakllantirish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni qayta tayyorlash — atom energiyasidan foydalanish sohasida tayinlangan lavozimi boʻyicha maxsus kasbiy bilimlarga ega boʻlmagan xodimlarni yetarli darajadagi kasbiy bilimlar, amaliy koʻnikmalar va tajribalarni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturi — atom energiyasidan foydalanish sohasida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasida ishlash uchun tayyorlanayotgan nomzod tomonidan lavozim yoʻriqnomasi yoki malaka talablari hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomaga muvofiq lavozim majburiyatlarini amalga oshirish uchun zarur kasbiy bilim, amaliy koʻnikma va kompetensiyalarga ega boʻlishning umumiy tartibini belgilovchi xodimlarni tayyorlashni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejasi — oʻquv fanlari va kurslarining tarkibi, ularni oʻrganishning izchilligi va soatlardagi hajmini belgilaydigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etilgan hamda yadroviy qurilma va (yoki) saqlash punkti uchun masʼul etib tayinlangan hamda oʻz kuchlari bilan yoki boshqa yuridik shaxslarni jalb etgan holda yadroviy qurilmani va (yoki) saqlash punktini ekspluatatsiya qilishga qodir boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari — atom energiyasidan foydalanish obyektlarida muayyan faoliyat bilan shugʻullanuvchi xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yadroviy qurilmalar — atom elektr stansiyalari, tadqiqot yadro reaktorlari, kritik va subkritik yadroviy stendlari boʻlgan inshootlar hamda majmualar, yadroviy yoqilgʻidan va yadroviy materiallardan foydalanish hamda ularni tashish uchun moʻljallangan qurilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maxsus vakolatli organ litsenziyasiga ega davlat va (yoki) nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan tegishli tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnoma (buyurtma)lar asosida mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ham ega boʻlishi shart.

4. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlanishi kerak boʻlgan toʻlovlarning miqdori tegishli oʻquv kurslarining davomiyligidan hamda ularning shaklidan kelib chiqib, shartnoma tuzuvchi taraflar tomonidan belgilanadi hamda belgilangan tartibda taʼlim tashkilotlari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri va (yoki) masofaviy shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kamida 72 soatlik oʻquv kurslarida oʻqitish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tayyorlash — ishga yangi qabul qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qayta tayyorlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan yoki turdosh kasb boʻyicha boshlangʻich kasbiy taʼlim boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli kasbiy taʼlimni talab qiluvchi boshqa lavozimga oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) malakasini oshirish — ularni lavozim majburiyatlarini bajarish uchun zarur boʻlgan kasbiy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini saqlab turish maqsadida uch yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish davrida xodimlarga ularning ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi va lavozimi saqlanadi. Agar mazkur tadbirlar uchun xodimlar doimiy yashash joyidan boshqa hududga yuborilsa, mazkur xodimlarni yuborayotgan tashkilot tomonidan qonunchilikda belgilangan barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish oʻquv dasturlari taʼlim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi va maxsus vakolatli organ hamda xodimlarning vakillik organlari (mehnatni muhofaza qilish xizmati va kasaba uyushmalari) bilan belgilangan tartibda kelishilgandan keyin tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻquv kurslari toʻliq tamomlangandan soʻng xodimlar taʼlim tashkilotlarida sinovdan oʻtkaziladi. Sinov yozma, test koʻrinishida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sinovdan oʻta olmaganlarga bir oy davomida sinovni qayta topshirishga ruxsat beriladi. Sinovni qayta topshirish mazkur Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qayta sinovdan oʻta olmaganlar oʻquv kursidan takroran oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Taʼlim tashkilotlari qayta sinovdan oʻta olmagan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga uch ish kuni mobaynida qayta sinov natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani ilova qilgan holda yuboradi. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar mazkur maʼlumotlar asosida oʻz xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini oʻrnatilgan tartibda bekor qilish yoki xodimni quyi lavozimga oʻtkazish masalasini koʻrib chiqishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yakuniga koʻra sinovdan oʻtganlarga ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda guvohnoma, xodimlar malakasini oshirish yakuniga koʻra sinovdan oʻtganlarga mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maxsus vakolatli organ ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantiradi va yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Taʼlim tashkilotlari tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini bitirgan xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yilning har choragida maxsus vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlari ularning kasbiga munosibligi darajasini xolisona baholash, belgilangan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash, zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish imkoniyatini baholash maqsadida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda tashkil etiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy yoki navbatdan tashqari koʻrinishlarda mazkur Nizomga 4 va 5-ilovalardagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xodimlarni birlamchi attestatsiyadan oʻtkazish ishga yangi qabul qilinganda yoki lavozimga tayinlanganda uch oy muddatda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Xodimlarni davriy attestatsiyadan oʻtkazish quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning rahbar xodimlari, shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari raislari va rais oʻrinbosarlari — besh yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlikning idoraviy (ishlab chiqarish) nazoratini, atom energiyasidan foydalanish sohasida texnologik jarayonni amalga oshiruvchi, yadroviy materiallar va radioaktiv moddalarni hisobga olish va nazorat qilish, shuningdek, ularning jismonan himoya qilinishini taʼminlovchi, yadroviy materiallar, radioaktiv moddalar yoki ular asosidagi mahsulotlarni tashuvchi xodimlar, shuningdek, ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari aʼzolari — uch yilda bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boruvchi, mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilmagan muhandis-texnik va boshqa ishchi xodimlari — bir yilda bir marta.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ushbu Nizomning 17-bandi ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi, uchinchi xatboshida koʻrsatilgan xodimlar maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyasi, toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan xodimlar ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tomonidan birlamchi, davriy va navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organ rahbarining oʻrinbosari — Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻi (attestatsiya komissiyasining raisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari (attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organning boshqarma boshliqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi vakili kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Maxsus vakolatli organning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududiy boshqarma boshligʻi (attestatsiya komissiyasining raisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari (attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organning tegishli davlat inspektorlari yoʻnalishlar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq kasaba uyushmalari respublika kengashlari va (yoki) hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot rahbari yoki bosh muhandisi (attestatsiya komissiyasining raisi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus vakolatli organ tomonidan ushbu tashkilotda davlat nazoratini olib borish yuklatilgan davlat inspektori (attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ichki nazoratni olib boruvchi xodimlar, boshqarma, boʻlim boshliqlari va rahbarlari, avariya-qutqaruv xizmati vakillari va boshqa yuqori malakali mutaxassislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalari vakili va (yoki) tashkilotning kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Attestatsiya komissiyasining raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi majlislarida raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish joyi va muddatlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarning attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan xodimlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish boʻyicha boshqa tashkiliy masalalarni hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasining raisi boʻlmagan taqdirda, uning vazifalarini rais oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Maxsus vakolatli organ, uning hududiy boshqarmalari hamda ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarda ularning tegishli tarkibiy boʻlinmasi (masʼul xodimi) attestatsiya komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar anketalarini shakllantiradi va tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi savollarini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda xodimga bevosita topshiradi yoki pochta orqali yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etishga doir boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari aʼzolarining roʻyxati attestatsiyani oʻtkazish muddatidan kamida oʻn kun avval maxsus vakolatli organ bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Maxsus vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot tegishliligi boʻyicha maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyasiga mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq qogʻoz yoki elektron shaklda ariza bilan attestatsiya oʻtkazish muddatidan uch oy oldin murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomga 7-ilovadagi shakl boʻyicha rasmiylashtirilgan soʻrovnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning tayyorlash (qayta tayyorlash) va malaka oshirish oʻquv kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki sertifikati nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning ish joyidan (ishlamayotganlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi tavsifnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot attestatsiya komissiyasiga xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etganligi uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Attestatsiya komissiyasi ariza tushgan kundan boshlab uch ish kunida xodimni attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan ariza mazkur Nizomning 25-bandi talablarga javob bermagan taqdirda, attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyaga xodimlarni qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan qaror qabul qilinadi va ushbu qarorning nusxasi bir ish kunida tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan sabablarni bartaraf etib, arizani qayta koʻrib chiqishga taqdim etish uchun oʻn kundan kam, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya oʻtkaziladigan joy va vaqti toʻgʻrisida tashkilotni kamida oʻn besh kun oldin yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ariza mazkur Nizomning 25-bandi talablariga muvofiq boʻlgan taqdirda, xodimlar tashkilotdan hujjatlar olingan kundan boshlab toʻrtinchi oyning birinchi 10 kunligidan kechikmay attestatsiyadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Hujjatlari attestatsiyadan oʻtishga taqdim etilgan hamda attestatsiyaga uzrli sababga (mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki xodim faoliyat yuritayotgan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot va boshqa yuridik shaxs rahbarlari maʼlumotnomasi) koʻra kelmagan xodimlar attestatsiya komissiyasining keyingi navbatdagi majlisida attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyaga uzrsiz sababga koʻra kelmagan xodimlar boʻyicha ular ishlayotgan tashkilot rahbarlariga bildirishnoma yuboriladi va ushbu holat takrorlangan taqdirda, attestatsiya komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida xodimlarni attestatsiyadan oʻtmagan deb hisoblash haqida qaror chiqarishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xodim uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat)ni koʻrsatgan holda attestatsiyadan oʻtishga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Attestatsiya jarayoni maxsus vakolatli organning rasmiy veb-saytida onlayn translyatsiya qilinadi, texnik jihatdan translyatsiya qilish imkoni mavjud boʻlmagan hollarda ushbu jarayon audio va videoyozuvlarda qayd etib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Attestatsiya komissiyasining yigʻilishi attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan tarkibining uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning hujjatlari attestatsiya komissiyasi aʼzolariga tanishtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida xodimlarga quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy va normativ texnik hujjatlar, maxsus adabiyotlar yoki boshqa materiallardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyali aloqa yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarsiz attestatsiya oʻtkazilayotgan xonadan tashqariga chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu talablarni buzgan xodimlar attestatsiya oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuboriladi va attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Begona shaxslarga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Attestatsiya suhbat shaklida oʻtkaziladi, yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning attestatsiyadan oʻtkazilishi bundan mustasno. Har bir xodimga 10 ta savoldan iborat imtihon varaqasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasi ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda, nazariy (test shaklida) va amaliy (texnologik jarayonlarni xavfsiz olib borishning amaliy koʻnikmalari) nazorat mashqlari orqali oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Test savollarining kamida yetmish besh foiziga javob bergan xodimlar amaliy nazorat mashqlariga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Attestatsiya komissiyasining qarorlari attestatsiya komissiyasining majlisida ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish xodimlarning ishtirokisiz oʻtkaziladi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, attestatsiya komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya natijalarini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni attestatsiyadan oʻtdi deb eʼtirof etish va ularga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;

xodimlarni attestatsiyadan oʻtmadi deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.

39. Attestatsiya natijalari ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya komissiyasining tasdiqlangan bayonnomasining nusxasi attestatsiya komissiyasining ishchi organi tomonidan xodimlarning ish joyiga rasman yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Bayonnoma tayyorlangan kundan boshlab uch ish kunida attestatsiyadan oʻtgan xodimlarga mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq attestatsiya guvohnomasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan attestatsiyani oʻtkazish davriyligiga mutanosib ravishda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Xodimlarning attestatsiya guvohnomasi attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestrida hisobga olinadi. Attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestri mazkur Nizomga 9-ilovada keltirilgan shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Attestatsiya guvohnomasi yoʻqolganda yoki yaroqsiz holga kelib qolganda, xodimlarning arizasiga koʻra uch ish kunida attestatsiya komissiyasi tomonidan uning dublikati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Attestatsiya guvohnomasi dublikatida uning avvalgi hisobga olish raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yuqoridagi burchagiga “DUBLIKAT” yozuvi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Attestatsiyadan oʻtmagan xodimlarni takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun tashkilot attestatsiya oʻtkazilgan kundan kamida ikki oy oʻtgach murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda attestatsiyadan oʻtmagan xodimlar egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Ikkinchi marta ham attestatsiyadan oʻtmagan xodimlarni attestatsiyadan oʻtmagan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinib, tashkilotga ushbu xodimlarni mehnat qonunchiligiga muvofiq egallab turgan lavozimidan ozod qilish yoki boshqa ishga oʻtkazish masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Xodimlarning attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi attestatsiya guvohnomasining amal qilish muddati tugaganda, xodimlar davriy attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Tashkilot rahbari xodimlarning attestatsiya komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda attestatsiyada ishtirokini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasida oʻz xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan va kasaba uyushmasi qoʻmitasi (yoxud uning vakili) bilan kelishilgan jadval asosida amalga oshiriladi. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlar jadval bilan tanishtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Attestatsiya savollari maxsus vakolatli organ bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlar attestatsiya oʻtkaziladigan joy va vaqti toʻgʻrisida attestatsiya komissiyasi tomonidan kamida oʻn besh kun oldin xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiyani oʻtkazish mazkur Nizomning 29 — 36-bandlarida belgilangan tartibda oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Attestatsiya komissiyasi xodimlarning bilimlarini hisobga olib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni attestatsiyadan oʻtdi deb eʼtirof etish va ularga attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnomani berish haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni attestatsiyadan oʻtmadi deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Attestatsiya natijalari attestatsiya komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolari tomonidan imzolanadigan, mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va xodimlarning shaxsiy varaqasiga tegishli qayd kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Tashkilot rahbari attestatsiyaning oʻz vaqtida oʻtkazilishiga javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish tegishli attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar talablari oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari qoʻllanilmagan xavf tugʻdiruvchi yangi texnik qurilmalar yoki texnologiyalar kiritilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim olti oydan ortiq muddatga ishdan ajralgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohasida belgilangan talablar boʻyicha yetarli darajada bilimga ega emasligi aniqlanganda, maxsus vakolatli organning radiatsiya va yadro xavfsizligi holatini tekshirish vakolatiga ega boʻlgan masʼul shaxsining yozma koʻrsatmasiga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning quyidagi xodimlari maxsus vakolatli organ attestatsiya komissiyasida navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya yoki oqibati oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisa sodir boʻlgan tashkilot rahbarlari hamda bu hodisaga aloqador xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya yoki oqibati oʻlim bilan tugagan baxtsiz hodisaning sodir etilishida aybdor boʻlgan shaxsni yoki jabrlanuvchini kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazgan tashkilot rahbarlari hamda oʻqitishga taalluqli boʻlgan xodimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu bandda koʻrsatilgan holatlarda attestatsiya xodimlarning toifalaridan qatʼiy nazar, maxsus vakolatli organning attestatsiya komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish mazkur Nizomning 3-bobi 2-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Apellyatsiyani koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Attestatsiya komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan shaxslar attestatsiya oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz ish kunida maxsus vakolatli organ huzurida tuziladigan apellyatsiya komissiyasiga yozma ravishda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellyatsiya komissiyasi tarkibi maxsus vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Attestatsiya komissiyasining aʼzolari apellyatsiya komissiyasi tarkibiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Apellyatsiya komissiyasi berilgan apellyatsiyani yetti ish kunida uni bergan xodimlar ishtirokida koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ularga yozma xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Agar attestatsiya davomida xodimlarning bilimi notoʻgʻri baholanganligi aniqlansa, apellyatsiya komissiyasi arizani qanoatlantiradi va attestatsiya natijalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, xodimlarning apellyatsiyasi boshqa asoslarga koʻra toʻgʻri (asosli) deb topilsa, apellyatsiya komissiyasi ularni mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayta attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Attestatsiya mazkur Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilmaganligi hamda xodimlarning bilimi toʻgʻri baholanganligi aniqlangan taqdirda, apellyatsiya komissiyasi apellyatsiya shikoyatini rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Attestatsiya komissiyasi yoki apellyatsiya komissiyasi qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar

Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi litsenziyasiga ega davlat va (yoki) nodavlat taʼlim tashkilotlari bilan xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha shartnoma (buyurtma) tuzadi.

Bunda nodavlat taʼlim tashkilotlari taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyaga ham ega boʻlishi shart.

Kelishuvga binoan

2-bosqich

Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari

Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini ishlatish uchun zarur boʻlgan xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri va (yoki) masofaviy shaklda amalga oshiradi.

Kamida 72 soatlik oʻquv kurslari

3-bosqich

Davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari

1. Xodimlarni yozma, test koʻrinishida sinovdan oʻtkazadi.

1. Oʻquv kurslari tamomlangandan soʻng.

2. Qayta sinovdan oʻtkazadi.

2. 1 oy davomida.

3. Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga qayta sinov natijalari toʻgʻrisidagi dalolatnomani yuboradi.

3. 3 ish kunida

4. Tayyorlash va qayta tayyorlash yakuniga koʻra sinovdan oʻtgan xodimlarga guvohnoma, malakasini oshirish yakuniga koʻra sinovdan oʻtgan xodimlarga sertifikat rasmiylashtiriladi.

4. 3 ish kunida

5. Maxsus vakolatli organga oʻquv kurslarini bitirgan xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadi.

5. Yilning har choragida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎Oʻzbekiston Respublikasining
‎ Davlat gerbi
‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎Tayyorlash (qayta tayyorlash) boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida
‎ GUVONNOMA
‎QT № 000000000

‎ ____________________________________________________________________________________________
‎(bitiruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎20 ____ yil ________ _________________________dan 20____ yil _________ ________________________ gacha
‎__________________________________________________________________________________________ da

‎‎(taʼlim tashkilotining nomi)

‎‎_____________ soatga moʻljallangan ______________________________________________________________

(kurs hajmi)‎

‎‎_______________________________________________________ tayyorlash (qayta tayyorlash) kursini tamomladi
‎‎(tayyorlash, qayta tayyorlash kursining nomi)
‎‎Taʼlim tashkiloti rahbari:

____________
‎(imzo) ‎‎

______________________________
‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)‎‎

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ______________________ Berilgan sanasi: ________________________________

‎‎(kun, oy, yil)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

‎Oʻzbekiston Respublikasining
‎ Davlat gerbi
‎ OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎Malaka oshirish boʻyicha taʼlim olganlik toʻgʻrisida
‎SERTIFIKAT
‎MO № 000000000
‎ ____________________________________________________________________________________________
‎(bitiruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi)

‎‎20 ____ yil ________ _________________________dan 20____ yil _________ ________________________ gacha
‎__________________________________________________________________________________________ da

‎‎(taʼlim tashkilotining nomi)

‎‎_____________ soatga moʻljallangan ______________________________________________________________

(kurs hajmi)‎

‎‎__________________________________________________________________ malaka oshirish kursini tamomladi

‎‎(malaka oshirish kursining nomi)

‎‎Taʼlim tashkiloti rahbari:

____________
‎(imzo) ‎‎

______________________________
‎(familiyasi, ismi va otasining ismi)‎‎

‎‎Roʻyxatdan oʻtkazish raqami: ______________________ Berilgan sanasi: ________________________________

‎‎(kun, oy, yil)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vakolatli organ va uning hududiy boshqarmalari attestatsiya komissiyalari tomonidan xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar

Xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun tegishlicha maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalariga attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Attestatsiyani oʻtkazish muddatidan 3 oy oldin

2-bosqich

Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari

1. Arizani koʻrib chiqadi hamda xodimlarni attestatsiyaga qoʻyish yoki qoʻyishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

1. Arizani qabul qilgandan soʻng 3 ish kunida

2. Attestatsiyaga qoʻyishni rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan qaror nusxasini tashkilotga yuboradi.

2. 1 ish kunida

3. Attestatsiyani oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida tashkilotni yozma ravishda xabardor qiladi.

3. Attestatsiya oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin

3-bosqich

Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari

1. Attestatsiyani suhbat shaklida oʻtkazadi.

2. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasini tegishli tashkilotlar moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda nazariy va amaliy nazorat mashqlari orqali amalga oshiradi.

Hujjatlar olingan kundan boshlab toʻrtinchi oyning birinchi 10 kunligidan kechikmay

4-bosqich

Maxsus vakolatli organ — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari

1. Attestatsiya natijalarini hisobga olib, xodimlarni attestatsiyadan oʻtdi yoki oʻtmadi deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.

1. Attestatsiya natijalari boʻyicha ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol

2. Qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi.

2. 1 ish kunida

3. Attestatsiyadan oʻtgan xodimlarga attestatsiya guvohnomasini rasmiylashtiradi va attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestrida tegishli maʼlumotlarni qayd etadi.

3. 3 ish kunida

4. Attestatsiyadan oʻtmagan xodimlarni egallab turgan lavozimidan vaqtincha chetlashtirish toʻgʻrisida ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarga bildirishnoma yuboradi.

4. 1 ish kunida

5-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar

Attestatsiyadan oʻtmagan tashkilotlar xodimlarini takroriy attestatsiyadan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.

Kamida 2 oy oʻtgach, biroq 6 oydan kam boʻlgan muddatda

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasi ishchi organi

1. Attestatsiya oʻtkazish jadvalini tuzadi va tasdiqlash uchun attestatsiya komissiyasi raisiga taqdim etadi.

1. Attestatsiya oʻtkazishdan 3 oy oldin

2. Attestatsiyadan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarni jadval bilan tanishtiradi.

2. Attestatsiya oʻtkazishdan 2 oy oldin

3. Attestatsiyani oʻtkazish sanasi va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni attestatsiya komissiyasi aʼzolariga hamda xodimlarga bevosita topshiradi yoki pochta orqali yuboradi.

3. Attestatsiya oʻtkazishdan kamida 15 kun oldin

2-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiyani suhbat shaklida oʻtkazadi.

Attestatsiya oʻtkazish jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda

2. Yadroviy qurilmalarning texnologik jarayonini amalga oshiruvchi xodimlar attestatsiyasini tegishli tashkilotlar moddiy-texnik bazalaridan foydalangan holda nazariy va amaliy nazorat mashqlari orqali amalga oshiradi.

3-bosqich

Ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning attestatsiya komissiyasi

1. Attestatsiya natijalarini hisobga olib, xodimlarni attestatsiyadan oʻtdi yoki oʻtmadi deb eʼtirof etish haqida qaror qabul qiladi.

1. Attestatsiya natijalari boʻyicha ovoz berish jarayoni tamom boʻlgandan keyin darhol

2. Qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi.

2. 1 ish kunida

3. Attestatsiyadan oʻtmagan xodimni ikkinchi marta attestatsiyadan oʻtkazadi.

3. Kamida 2 oy oʻtgach, biroq 6 oydan kam boʻlgan muddatda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA

‎‎__________________________________________ ga
‎(maxsus vakolatli organ yoki uning tegishli hududiy boshqarmasi nomi)
‎_____________________________ dan
‎(tashkilot nomi)

‎‎ARIZA

‎‎Sizdan __________________________________________________________________________________ da

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎_________________________________________________________________________________ lavozimida

‎‎(lavozim nomi)

‎‎faoliyat yuritayotgan (yangi ishga qabul qilingan yoki boshqa lavozimga tayinlangan)
‎_________________________________________________________________________________________ ni

‎‎(xodimning F.I.O.)

‎‎___________________________________________________________________________________ sohasida

‎‎(tegishli soha yoʻnalishi nomi)

‎‎attestatsiya (takroriy attestatsiya)dan oʻtkazib berishingiz soʻraladi.
‎‎Ilova:
‎1. Xodimning soʻrovnomasi;
‎2. Tayyorlash (qayta tayorlash), malakasini oshirish oʻquv kursini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma yoki sertifikat nusxasi;
‎3. Ish joyidan (ishlamayotganlar uchun oxirgi ish joyidan) berilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi tavsifnoma.

Tashkilot rahbari‎‎

________
‎ (imzo) ‎‎

____________________________
‎(F.I.O.) ‎

‎‎20__ y. “____” _______________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA

‎‎SOʻROVNOMA

‎‎1. Familiyasi ____________________________________

‎Ismi __________________________________________

‎Otasining ismi _________________________________

‎2. Tugʻilgan sanasi ________________________________

‎‎‎Fotosurat
‎oʻrni

‎‎(yili, kuni, oyi raqamlar bilan yoziladi)

‎‎3. Pasport seriyasi ________________ raqami ____________________

‎Berilgan sanasi ____________________________________________

‎‎Kim tomondan berilgan ______________________________________

‎‎4. Maʼlumoti: ______________________________________________

‎‎(oʻquv yurti nomi va fakulteti)

Tamomlagan yili __________________ diplom № _________________

‎ Diplom boʻyicha mutaxassisligi ________________________________

‎ Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ________________________________

‎‎5. Mehnat faoliyati haqidagi maʼlumotlar: ‎‎

T/r‎

Ishga kirgan vaqti‎‎

Ishdan ketgan vaqti‎‎

Tashkilot nomi, idoraviy mansublik, shahar nomi‎‎‎‎

Lavozimi‎‎

Asosiy vazifalari‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎6. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish oʻquv kurslarini tamomlagani haqidagi maʼlumotlar

T/r‎

Oʻquv kursi nomi‎‎

Oʻquv kursi oʻtkazgan tashkilot, shahar‎‎

Oʻquv kurslari tamomlaganini tasdiqlovchi hujjat nomi, raqami va berilgan sanasi‎‎‎‎

Izoh‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎
‎7. Ishlab chiqqan normativ hujjatlari, ilmiy ishlar

T/r‎

Ishlab chiqqan yili‎‎

Nomi, belgisi‎‎

Izoh‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎

‎8. Uy manzili: ________________________________________________________________________________
‎ ___________________________________________________________________________________________
‎‎9. Aloqa telefoni

_____‎‎

______________‎‎‎

Faks: ______‎‎‎

__________‎‎

(kodi)‎‎

(raqami)‎‎

(kodi)‎‎

(raqami)‎‎

‎‎10. Soʻrovnoma toʻldirilgan sana: 20____ y. “_____” ______________________________________________.

‎Shaxsiy imzo _____________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA

‎‎Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya
‎qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslarning xodimlarini attestatsiyadan
‎oʻtkazish komissiyasining _____-son

‎ BAYONNOMASI

‎‎________________ (shahar, tuman) ‎‎20___ yil “____”____________
Attestatsiya komissiyasi raisi:‎‎

_____________________
‎ (F.I.O.) ‎‎

_________ (imzo) ‎‎

Attestatsiya komissiyasi raisining oʻrinbosari:‎‎

_____________________
‎ (F.I.O.) ‎‎

_________ (imzo) ‎‎

Attestatsiya komissiyasi aʼzolari:‎‎

_____________________
‎ (F.I.O.) ‎‎

_________ (imzo) ‎‎

‎‎

_____________________
‎ (F.I.O.) ‎‎

_________ (imzo) ‎‎

Attestatsiya komissiyasi kotibi:‎‎

_____________________
‎ (F.I.O.) ‎‎

_________ (imzo) ‎‎

‎‎

‎____________________________________________________________________________
‎(attestatsiya komissiyasining nomi)
‎attestatsiya komissiyasi 20____ yil “____”________ dagi majlis yakunlari boʻyicha

‎QAROR QILADI:

T/r‎

Attestatsiyadan oʻtkazilgan xodimning F.I.O. ‎‎‎

Xodim faoliyat yuritayotgan tashkilot‎‎

Xodimning lavozimi‎‎

Attestatsiya komissiyasining xulosasi‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Attestatsiya komissiyasi raisi‎‎‎

__________________________
‎(imzo) ‎‎

Attestatsiya komissiyasi kotibi‎‎

__________________________
‎(imzo) ‎‎

‎‎Attestatsiyadan oʻtkazish komissiyasining _______-son bayonnomasi bilan tanishdim.

‎‎20 ____yil “_____” _____________‎____

_________________________‎‎

________‎‎

(attestatsiyadan oʻtuvchi F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA

Attestatsiyadan oʻtgan xodimga beriladigan attestatsiya guvohnomasining shakli

(kim tomondan berilgan)

_______-son

ATTESTATSIYA GUVOHNOMASI

Berildi ushbu guvohnoma ________________________________________________________________

(familiyasi)

_____________________________________________________________________________________

(ismi)

___________________________________________________________________________________ ga

(otasining ismi)

Xodim ______________________________________________________________________________da

(ish joyi)

________________________________________________________________________ boʻlib ishlaydi.

(lavozimi)

____________________________________________________________________________________da

(attestatsiya komissiyasining nomi)

Attestatsiya komissiyasi raisi :

_____________

(imzo)

___________________________

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Berilgan vaqti: 20___ yil “____”_________________

XODIMNING BOSHQA ISHGA OʻTKAZILISHI YOKI BOSHQA

LAVOZIMGA TAYINLANISHI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOTLAR

T/r

Ishga oʻtkazilgan joyi

Kasbi (lavozimi)

Tashkilot rahbarining F.I.O.

Tashkilot rahbarining imzosi

1.

2.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish sohasida faoliyat olib boradigan ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda ularni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestrining shakli

‎ ____________________________________________________________________________
‎(attestatsiya komissiyasining nomi)

‎ATTESTATSIYADAN OʻTGAN XODIMLAR REYESTRI

‎‎

‎‎20____ y. “_____” __________________ da‎‎
‎‎
‎‎boshlandi.
‎‎20____ y. “_____” __________________ da‎‎‎ ‎‎tugadi.

‎‎Attestatsiyadan oʻtgan xodimlar reyestrining navbatdagi ‎
‎varaqlarini rasmiylashtirish

T/r‎

Attestatsiyadan oʻtgan xodimning F.I.O.‎‎

Xodimning lavozimi (kasbi), ish staji‎‎

Attestatsiyadan oʻtish vaqti va davriyligi‎‎

Attestatsiyadan oʻtish sohasi‎‎

Attestatsiya komissiyasining xulosasi‎‎

1.‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2022-y., 09/22/13/0008-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)