24.12.2024 yildagi PF-224-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini zamon talablariga mos ravishda tashkil etish, qonunchilikni takomillashtirish hamda xalqaro talablarni amaliyotga joriy etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) raisi va uning oʻrinbosarlari zimmasiga 2025-yilda quyidagi ustuvor vazifalar yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishdagi xavfsizlik talablarini qayta koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro standartlar va talablarni milliy qonunchilikka joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligini taʼminlashda masofadan nazorat qilish mexanizmini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarining bilim va koʻnikmalarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini davlat tomonidan tartibga solish infratuzilmasini rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita bir oy muddatda mazkur ustuvor vazifalarni bajarish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin hamda har chorakda ularning ijrosi natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) metallurgiya tarmogʻida xavfsizlikni nazorat qilish funksiyasi Qoʻmitaga oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya tuzilmasidagi Bekobod kon-texnika inspeksiyasi tugatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoʻmita tuzilmasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur inspeksiyalarning boshqaruv xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat xavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur inspeksiyalarning faoliyati tegishincha “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanoat xavfsizligi sohasini toʻliq raqamlashtirish maqsadida Qoʻmita 2025-yil yakuniga qadar “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimini ishga tushirsin hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda resurslari bilan integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmitaning 2025-yil 1-iyuldan boshlab sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi quyidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi talablarini buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya va yadroviy xavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq qoidalar va boshqa talablarni buzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi taklif etilayotgan yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro shartnomalar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur Farmonga 1-ilovada nazarda tutilgan xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-aprelga qadar sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima qoʻllash tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan 2025-yil 1-sentabrga qadar “Kimyoviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Adliya vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-oktabrga qadar “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-noyabrga qadar “Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bir oy muddatda Xalqaro atom energiyasi agentligi bilan muzokaralar olib borib, kelishilgan muddatlarda “Tartibga solish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha kompleks xizmatlar” (IRRS) dastlabki missiyasi Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari operativ boshqarish huquqi bilan biriktirilishi mumkin boʻlgan tashkilotlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkida boʻlgan atom energiyasidan foydalanish obyektlari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar mulkida boʻlishi mumkin boʻlgan atom energiyasidan foydalanish obyektlari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Belgilansinki, Qoʻmita huzuridagi Sanoat xavfsizligi sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga uning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻrnatiladigan, “Navoiyuran” davlat korxonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 7-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qoʻmita raisi A.V. Rafikov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-224-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi taklif etilayotgan yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro shartnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Xalqaro shartnomalar nomlari

Amalga oshirish shakli

1.

Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963-yil 21-may)

Qonun loyihasi

2.

Yadro avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi Konvensiya (Vena, 1986-yil 26-sentabr)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

3.

Yadroviy avariya haqida tezkor xabar berish toʻgʻrisidagi Konvensiya (Vena, 1986-yil 26-sentabr)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

4.

Yadro xavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1994-yil 17-iyun)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish obyektlari operativ boshqarish huquqi bilan biriktirilishi mumkin boʻlgan tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi” davlat korxonasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkida boʻlgan atom energiyasidan foydalanish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yadroviy qurilmalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Saqlash punktlari (yadroviy materiallarni, yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlarini, ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻini saqlash punktlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yadroviy materiallar (uran-235 izotopi bilan boyitilgan barcha koʻrinishdagi uran, uran-233 izotopi, plutoniy, ameritsiy, kaliforniy elementlarining barcha izotoplari, neptuniy-237 izotopi va tarkibida barcha sanab oʻtilgan izotoplar mavjud boʻlgan aralashmalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yadroviy yoqilgʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yadroviy reaktorlarning issiqlik ajratuvchi toʻplamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishlatib boʻlingan yadroviy yoqilgʻi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega boʻlgan yuridik shaxslar mulkida boʻlishi mumkin boʻlgan atom energiyasidan foydalanish obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Saqlash punktlari (radioaktiv moddalarni saqlash punktlari, radioaktiv chiqindilarni saqlash yoki koʻmib tashlash uchun moʻljallangan statsionar obyektlar hamda inshootlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Radiatsiyaviy manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Radioaktiv moddalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Radioaktiv chiqindilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yadroviy materiallar (ionlashtiruvchi nurlanish detektorida yoki yopiq nurlanish manbalarida yoxud oʻlchov vositalarini tekshirish uchun moʻljallangan standart namunalarda joylashgan, sanoat, fan va tibbiyotda foydalanish uchun moʻljallangan yadroviy materiallar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomlari

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida

1.

Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning (keyingi oʻrinlarda — AEXA) “Tartibga solish masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha kompleks xizmatlar” (IRRS) dastlabki missiyasini oʻtkazish.

1. IRRS dastlabki missiyasini oʻtkazish yuzasidan AEXAga soʻrovnoma yuborish.

2025-yil yanvar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. IRRS dastlabki missiyasini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va missiyani oʻtkazish.

AEXA bilan kelishilgan muddatlarda

2.

Kimyoviy xavfsizlik toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.

2. Kimyoviy xavfsizlik sohasidagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

3. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganib chiqish.

2025-yil yanvar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

3.

Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

1. Qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.

2. Radioaktiv chiqindilar bilan muomalada boʻlish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

3. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganib chiqish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Ekologiya vazirligi

(A. Abduxakimov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

4. Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil noyabr

4.

Qoʻmitaning Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti faoliyatini takomillashtirish.

1. Tartibga soluvchi organlar boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.

2025-yil fevral

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Atom energiyasi agentligi

(A. Axmedxadjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Respublikada atom energetikasining rivojlanish darajasi va xalqaro normalardan kelib chiqib, Departamentning shtat birliklari sonini oshirish boʻyicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

2025-yil may

3. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasiga takliflarni kiritish.

2025-yil avgust

5.

Atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish qoidalarini ishlab chiqish.

1. Xorijiy davlatlarning atom energiyasidan foydalanish obyektlarini jisman himoya qilish sohasidagi qonunchiligini oʻrganib chiqish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Atom energiyasi agentligi

(A. Axmedxadjayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

6.

AEXA va xalqaro talablar asosida Radiatsiya xavfsizligi qoidalari va Radiatsiya xavfsizligini taʼminlashning asosiy sanitariya qoidalarini qayta koʻrib chiqish.

1. Xorijiy davlatlarning radiatsiya xavfsizligi sohasidagi qonunchiligini oʻrganib chiqish.

2025-yil iyun

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat va normativ hujjat loyihalarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash.

2025-yil sentabr

7.

Atom elektr stansiyalari, radiatsiyaviy inshootlar va manbalarni samarali tartibga solish va nazorat qilish uchun normativ-huquqiy baza hamda infratuzilmani mustahkamlash.

1. Ushbu masalalar yuzasidan xorijiy davlatlar qonunchiligi va amaliyotini oʻrganish.

2025-yil fevral

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Atom elektr stansiyasi qurilishi bosqichlarini inobatga olgan holda atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalar ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi reja-jadvalini tasdiqlash.

2025-yil mart

3. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqilishi va qabul qilinishini taʼminlash.

Reja-jadvalga muvofiq

8.

Yevropa Ittifoqining “Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikning dala mashqlari” loyihasi doirasida Kimyoviy, biologik, radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlikka bagʻishlangan mintaqaviy dala mashgʻulotini oʻtkazish.

1. Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda tadbirlarni oʻtkazish va ularni moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2025-yil avgust

3. Mintaqaviy dala mashgʻulotini oʻtkazish.

2025-yil sentabr

9.

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro maydonda ishonchli hamkor sifatidagi nufuzini yanada oshirish maqsadida Bakteriologik (biologik) va toksik qurollarni ishlab chiqish, tayyorlash va saqlashni taqiqlash hamda ularni tugatish toʻgʻrisidagi konvensiya doirasida Toshkent shahrida mintaqaviy uchrashuv oʻtkazish.

1. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tadbirni oʻtkazish va uni moliyalashtirish masalalarini ishlab chiqish.

2025-yil may

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(A. Xudayarov),

Veterinariya qoʻmitasi

(B. Norkobilov),

Mudofaa vazirligi

(Sh. Xalmuxamedov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan birgalikda tadbirni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

2025-yil sentabr

3. Toshkent shahrida mintaqaviy uchrashuv oʻtkazish.

2025-yil oktabr

10.

Radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy baza hamda normativ hujjatlarni takomillashtirish va xodimlar salohiyatini oshirishda hamkorlik qilish maqsadida atom energetikasi rivojlangan davlatlarning tartibga soluvchi organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

1. Atom energetikasini rivojlantirishda radiatsiya va yadro xavfsizligini tartibga solish boʻyicha ilgʻor tajribani oʻrganish.

2025-yil fevral

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Atom energetikasi rivojlangan davlatlarning tartibga soluvchi organlarini tanlab olish va ular bilan hamkorlikni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.

2025-yil aprel

3. Hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha idoralararo hujjatni ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

2025-yil iyun

4. Hamkor tomoni bilan idoralararo hujjatni imzolash boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

Hamkor tomon bilan kelishilgan muddatlarda

II. Sanoat xavfsizligi sohasida

11.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunni takomillashtirish.

1. Qoʻmita hamda manfaatdor vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhini tuzish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish.

2025-yil iyul

3. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganib chiqish.

2025-yil avgust

4. Qonun loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil oktabr

12.

Sanoat xavfsizligi sohasini raqamlashtirish boʻyicha ishlab chiqilayotgan “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari hamda resurslari bilan integratsiya qilish.

1. Axborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va resurslari bilan integratsiya qilish.

2025-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK

(O.Mirzayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Axborot tizimini kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil avgust

13.

Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi faoliyatini tashkil qilish.

1. Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni “Navoiy KMK” AJ bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2025-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

“Navoiy KMK” AJ

(Q. Sanakulov)

2. Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlariga “Navoiy KMK” AJ bilan birgalikda nomzodlarni tayinlash.

2025-yil iyul

3. Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.

Doimiy asosda

14.

Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish.

1. Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2025-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

“Olmaliq KMK” AJ

(A. Xursanov)

2. Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlariga “Olmaliq KMK” AJ bilan birgalikda nomzodlarni tayinlash.

2025-yil iyul

3. Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.

Doimiy asosda

15.

Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish.

1. Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni “Oʻzmetkombinat” AJ bilan kelishgan holda tasdiqlash.

2025-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

“Oʻzmetkombinat” AJ

(D. Axmedov)

2. Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi rahbari va uning oʻrinbosari lavozimlariga “Oʻzmetkombinat” AJ bilan birgalikda nomzodlarni tayinlash.

2025-yil iyul

3. Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasiga uslubiy rahbarlikni amalga oshirish.

Doimiy asosda

16.

Neft va gazni qayta ishlash hamda kimyo sohalaridagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida oʻrnatilgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlar ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ishlash muddati oʻtagan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil iyun

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻzbekneftgaz” AJ

(B. Sidikov),

“Oʻzkimyosanoat” AJ

(O. Temirov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov)

2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida oʻrnatilgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlarda “Xavfga asoslangan tekshirish” dasturi (Risk Based Inspection) orqali xavf omillarini hisobga olib, ilgʻor putur yetkazmaydigan nazorat usuli qoʻllanilishini taʼminlash.

2025 — 2026-yillar

17.

Zaharli moddalarni olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, foydalanish va yoʻq qilish ustidan nazoratni kuchaytirish.

1. Ushbu sohadagi ilgʻor tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Jumanazarov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Zaharli moddalarni olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, foydalanish va yoʻq qilish xavfsizligi toʻgʻrisidagi texnik reglament loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil iyul

3. Texnik reglament loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil avgust

4. Texnik reglament loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

18.

Magistral gaz uzatish tizimi obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash va nazoratni kuchaytirish.

1. Magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, gazni yer ostida saqlash inshootlari, gaz taqsimlash shoxobchalaridagi elektr kimyoviy himoya uskunalarining holatini baholash asosida kompleks strategiya hamda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish.

2025-yil

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norkulov),

“Oʻztransgaz” AJ

(A. Isakov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

loyiha tashkilotlari

2. Kompleks strategiya hamda uzoq muddatli dasturga asosan, ekspluatatsiya muddati uzoq boʻlgan (30 yildan ortiq) asosiy va yordamchi uskunalarning joriy holatini putur yetkazmasdan tekshirish va boshqa diagnostika usullari asosida amalga oshirish.

2025 — 2029-yillar

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻztransgaz” AJ

(A. Isakov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻztransgaz” AJ

(A. Isakov)

3. Magistral gaz uzatish tizimi obyektlarida mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini amalga oshirish.

2025 — 2029-yillar

4. Magistral gaz uzatish tizimi obyektlari muhofaza zonasida joylashgan qurilmalarni xavfsiz hududlarga koʻchirish.

2025 — 2027-yillar

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Oʻztransgaz” AJ

(A. Isakov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

19.

Gaz xoʻjaligi tizimlari obyektlarida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash va nazoratni kuchaytirish.

1. Gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, gaz rostlash punkti va gaz rostlash qurilmalari holatini baholash asosida kompleks strategiya hamda uzoq muddatli dastur ishlab chiqish.

2025-yil

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(M. Xodjayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norkulov),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov)

2. Ekspluatatsiya muddati uzoq boʻlganligini (25 yildan ortiq) hisobga olgan holda, asosiy va yordamchi uskunalarning joriy holatini baholash, gaz uzatish tizimining xavfsiz va samarali ishlashini taʼminlash, shuningdek, avariya va baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtimoliy xavfli uchastkalarni aniqlash maqsadida putur yetkazmasdan tekshirish usullaridan foydalangan holda diagnostika ishlari hajmini oshirish.

2025 — 2029-yillar

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(M. Xodjayev),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov)

3. Gaz quvurlari, suyultirilgan uglevodorod gazi qurilmalari, gaz quvurlaridagi inshootlar, elektr kimyoviy yemirilishdan himoyalash vositalari, gaz rostlash punkti va gaz rostlash qurilmalari, mukammal taʼmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlarini jadallashtirish.

2025 — 2029-yillar

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

“Hududgaztaʼminot” AJ

(M. Xodjayev)

4. Gaz toʻldirish stansiyalari va gaz toʻldirish punktlaridagi ishlash muddati oʻtgan ortiqcha bosim ostida ishlaydigan idishlar roʻyxatini shakllantirish.

2025-yil

“Hududgaztaʼminot” AJ

(M. Xodjayev),

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov)

20.

Bosim ostida ishlaydigan bugʻ va suv isitish qozonlari, idishlar, bugʻ va suv quvurlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

1. Ushbu sohadagi xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Energetika vazirligi

(J. Mirzamahmudov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bosim ostida ishlaydigan bugʻ va suv isitish qozonlari, idishlar va quvurlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil iyul

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil avgust

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

21.

Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.

1. Ushbu sohadagi xorijiy tajribani oʻrganish.

2025-yil mart

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi

vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Yuk koʻtarish qurilmalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2025-yil iyul

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2025-yil avgust

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025-yil sentabr

22.

Respublikada faoliyat yuritayotgan istirohat bogʻlaridagi attraksionlarning texnik pasportlarini tiklash va roʻyxatga olish.

1. Istirohat bogʻlaridagi attraksionlarning mavjud boʻlmagan texnik pasportlarini tiklashni tashkil qilish.

2. Respublikadagi barcha attraksionlarni roʻyxatga olish.

2025-yil sentabr

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

(A. Rafikov),

Madaniyat vazirligi

(O. Nazarbekov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi” boʻlimi “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “76” raqami “72” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi” boʻlimi “shu jumladan, boshliq oʻrinbosarlari soni” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “1” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” boʻlimi “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi” pozitsiyasining “Jami boshqaruv shtat birliklari soni” va “Davlat budjeti hisobidan” ustunlaridagi “110” raqami “134” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-iyuldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-116-son Farmonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7. Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi Toshkent shahri, Olimlar koʻchasi, 49-uy manzilida operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-ilovaning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. B.I. Xalmatov — Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 8-ilovaning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoniga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi funksiyalari va shtat birliklarini taqsimlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Funksiyalar

Shtat birligi

(ta)

Funksiyalar va shtat birliklari oʻtkazilayotgan vakolatli organlar

1.

Temir yoʻl transportida xavfli yuklarni tashish va saqlash xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

1

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Neft va gazni birlamchi qayta ishlash sohasidagi xavfsizlik, neft-gaz tarmogʻida magistral quvurlar va gaz xoʻjaligi xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

19

AYQSh, AGQSH va AGTKSH xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

9

Kimyoviy-bakteriologik qurolni taqiqlash sohasidagi nazorat

1

Kimyo, neft-kimyo va texnologiya xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

10

Radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

17

Istirohat bogʻlari attraksionlari xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

9

Donni saqlashda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

6

Koʻtarish qurilmalari xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

18

Liftlar xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

15

Bosim ostida ishlaydigan uskunalar xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

15

Metallurgiya tarmogʻi xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

4

Markaziy apparat

10

Jami boshqaruv xodimlari soni

134

2.

Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasidagi nazorat

35

Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari va ularni qazib olish ustidan nazorat

7

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi

Konchilik va kon portlatish ishlari xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish

20

Yer osti suv resurslarini muhofaza qilish sohasidagi nazorat

1

Markaziy apparat

9

Jami boshqaruv xodimlari soni

72

.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3578-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning birinchi xatboshisidagi “1-ilovaga muvofiq tarkibda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 va 11-bandlari hamda qarorga 1 va 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Toshkent viloyatida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-116 son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki direksiyasi” soʻzlari “Kimyo-industrial texnoparklari direksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Texnopark boshqaruv kompaniyasi” soʻzlari “Kimyo-industrial texnoparklari boshqaruv kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bandning birinchi xatboshisidagi “2024-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi “Jizzax va Toshkent viloyatlarida kimyo-industrial texnoparklarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-127-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Chirchiq” texnoparki direksiyasi” MChJ” hamda “Chirchiq” texnoparki boshqaruv kompaniyasi” MChJ QK” soʻzlari tegishincha “Kimyo-industrial texnoparklari direksiyasi” MChJ” va “Kimyo-industrial texnoparklari boshqaruv kompaniyasi” MChJ QK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-martdagi “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirishning kompleks chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-108-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisidagi “Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasiga xavfli ishlab chiqarish obyektida” soʻzlari “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga tegishliligi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyektlarida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“g) 2025-yil 1-apreldan Qoʻmitaning boshqaruv shtat birliklari soni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 157 nafarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sohani raqamlashtirish hisobiga 2025-yil yakuni bilan Qoʻmitaning boshqaruv shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan taklif kiritiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 5-bandning “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamgʻarmaning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan “Navoiyuran” davlat korxonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendining 1 foizi miqdoridagi ajratmalar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻmita tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslardan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlar. Bunda ushbu tushumning 75 foizi Qoʻmitaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“8. Qoʻmita markaziy apparati uchun 4 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan 3 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi hamda hududiy inspektorlar uchun 14 ta maxsus navbatchi avtotransport vositalarini saqlash uchun limit belgilansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“81. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻmita boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmitaning barcha xodimlariga uzluksiz ish staji uchun ustamalar ularning umumiy mehnat faoliyatini qamrab olgan holda faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning oylik maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 1 yildan 3 yilgacha boʻlganda — 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 3 yildan 5 yilgacha boʻlganda — 60 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — 75 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda – 100 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 15 yil va undan ortiq boʻlganda – 150 foiz”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalardagi nazorat tadbirlari belgilangan tartibda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash, hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash tartibini tashkil etish va takomillashtirish, texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrlari yuritilishini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida mazkur ishlar Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanoat xavfsizligi, atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ilmiy-texnik kengash

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Hududiy boshqarmalar

“Sanoat xavfsizligi” DM

“Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” DM

“Kontexnazoratoʻquv” DM

“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DM

Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Qoʻmita boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 134 nafarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Boshqaruv xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat xavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, mazkur inspeksiyalarning faoliyati tegishincha “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hisobidan moliyalashtiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6, 7 va 11-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-pozitsiyadagi “Bekobod va Temir yoʻl kon-texnika inspeksiyalari” soʻzlari “Bekobod va Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-187-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida, shu jumladan neft-gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xom ashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yer osti suvlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼridan oqilona foydalanish sohasida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda amalga oshirilayotgan ishlarni hamda baxtsiz hodisa va avariya sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻxtatib turish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2. Togʻ-kon tarmogʻida, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligini taʼminlashga oid qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Togʻ-kon tarmogʻiga, geologiya, neft va gaz tarmogʻida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yoʻnalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan oʻtkazishda ishtirok etish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5, 6 va 7-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat xavfsizligining tegishli yoʻnalishlarida litsenziyalash, ruxsatnomalar berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda konchilik, shu jumladan qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya, yer qaʼridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning malakasini oshirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bekobod kon-texnika inspeksiyasi*” bloki chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “76 nafar” soʻzlari “72 nafar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“*Boshqaruv xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat xavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, shuningdek, moliyalashtirish tegishlicha “Navoiy KMK” AJ va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-pozitsiyaning 2-bandi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-pozitsiyaning 1-bandi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligining faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-188-son qarori 3-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “5 foizi” soʻzlari “4 foizi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-son Farmoniga
7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi “Yer qaʼrini geologik jihatdan oʻrganishni yanada takomillashtirish va 2020-2021-yillarda mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4401-son qarorining 15-bandi va qarorga 8-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-dekabrdagi “Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4544-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4629-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-4678-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)