Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholining xususiylashtirish jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalariga qoʻyiladigan mablagʻlarni muhofaza qilish, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyadorlariga dividendlar fondlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining sotib olingan va ularning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalari boʻyicha, qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlar (diskontlar) va banklarning depozit schyotlaridagi omonatlardan foizlar boʻyicha olingan daromadlardangina toʻlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalarini aholi oʻrtasida tarqatish natijalariga koʻra uning amalda toʻlangan ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin har qaysi aksiyadorning qatnashuv ulushi, shu jumladan muassislar ulushi xususiylashtirish investitsiya fondi ustav sarmoyasining 5 foizidan oshishi mumkin emas;
xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun haq toʻlash muddatini kechiktirish tarzidagi maxsus davlat krediti yangi tashkil etilayotgan Xususiylashtirish investitsiya fondlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan besh yilgacha muddatga beriladi. Koʻrsatib oʻtilgan kredit uning buyurtmanomasiga koʻra Xususiylashtirish investitsiya fondiga xususiylashtirilgan korxonaning Xususiylashtirish investitsiya fondiga beriladigan aksiyalari qiymatining 30 foiziga XIFning oʻz pul mablagʻlari bilan haq toʻlangan taqdirdagina beriladi.
2. Quyidagilar:
XIFlarga kimoshdi savdolari orqali sotish uchun aksiyalar miqdori koʻrsatilgan 200 ta ochiq aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxati 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Boshqaruvchi kompaniyalar faoliyati toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga ilgari tasdiqlangan roʻyxatga qoʻshimcha ravishda:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamgʻarmasidagi davlat ulushi toʻgʻrisida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan strategik korxonalar roʻyxatiga kirmagan, xususiylashtirilgan korxonalar boʻyicha davlatga tegishli aksiyalarning 25 foizdan ortiq miqdoridagi;
xususiylashtirilgan korxonalarning erkin sotishga va xorijiy investorlarga moʻljallangan ulushlar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga muvofiq XIFlarning aksiyalar tarkibini oʻzgartirishdan oldingi bu korxonalar ustav jamgʻarmasidagi (ustav jamgʻarmasining 30 foizigacha doirasida) XIFlar ulushini tiklaydigan miqdordagi aksiyalarni XIFlarga sotish uchun qoʻyishiga ruxsat etilsin.
4. Belgilansinki:
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi balans qiymati bilan baholangan, eng kam oylik ish haqining kamida 5000 baravari miqdoriga teng oʻz moddiy aktivlariga ega boʻlishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan summa Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondini boshqarishning barcha davrida kamaymasligi shart;
Boshqaruvchi kompaniyaning oʻz moddiy aktivlari summasi, ikkinchi va keyingi Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari bilan kontrakt tuzganda har safar eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravariga teng summaga koʻpayishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi mazkur qaror qabul qilingungacha litsenziya olgan Boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan oʻz moddiy aktivlari koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiqlashtirilishini, ular:
1998-yil 31-dekabrgacha eng kam oylik ish haqining kamida 1000 baravarigacha, plyus har bir boshqariladigan fond uchun, ikkinchi fonddan boshlab, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha teng summaga;
1999-yil 31-dekabrgacha eng kam oylik ish haqining kamida 3000 baravarigacha, plyus har bir boshqariladigan fond uchun, ikkinchi fonddan boshlab, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha teng summaga;
2000-yil 31-dekabrgacha eng kam oylik ish haqining kamida 5000 baravarigacha, plyus har bir boshqariladigan fond uchun, ikkinchi fonddan boshlab, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha teng summaga yetkazilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining, ularning investitsiya portfelidagi xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalaridan dividend sifatida olingan daromadlari (foydasi), shuningdek Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yoʻnaltiriladigan daromadlari (foydasi) soliqlardan, shuningdek budjetdan tashqari jamgʻarmalarga yigʻimlar va toʻlovlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyalarining rasmiy bosh tarqatuvchisi funksiyalarini uning zimmasiga yuklash toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, XIFlar dasturlarining bosh muvofiqlashtiruvchisi sifatida, boshqa tijorat banklarini, shuningdek belgilangan talablarga javob beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa moliya tashkilotlarini ham XIFlar aksiyalarining tarqatuvchisi tariqasida jalb etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi hududida qimmatli qogʻozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom”ga oʻzgartirish kiritilib, 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent” respublika fond birjasi daromadlari aʼzolik badallari, koʻrsatiladigan xizmatlardan tushumlar va Birjaning qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar boʻyicha yigʻimlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori Birja aʼzolarining umumiy yigʻilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi aholiga ularning xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etish huquqlari va tartibini tushuntirish maqsadida axborot-maʼrifiy kampaniyani tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzteleradio” kompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu axborot-maʼrifiy kampaniyani amalga oshirishga koʻmaklashsinlar va buning uchun bepul efir vaqti ajratsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1996-yil 18-iyundagi 220-son qaroriga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 405-f-son farmoyishining xususiylashtirilgan korxonalarning XIFlarga sotilmagan aksiyalariga doir qismi bekor qilinsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi investitsiya fondlari va xususiylashtirish investitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 25-sentabr,
410-son
Investitsiya fondlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya fondlarini tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi, ularni qayta tuzish va tugatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyati “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son, “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Investitsiya fondlari jismoniy va yuridik shaxslarning foyda (daromad) olish uchun qimmatli qogʻozlarga, bank schyotlari va omonatlarga fond nomidan qoʻyiladigan mablagʻlarini jamlash hamda aksiyadorlarning qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyat koʻrsatishida tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Investitsiya fondi aksiyalar chiqaruvchi va sotib oluvchi, qimmatli qogʻozlar bilan boshqa bitishuvlarni amalga oshiruvchi, shuningdek oʻzlari aksiyalariga egalik qiluvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashuvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar investitsiya fondi faoliyatining alohida turi hisoblanadi.
Investitsiya fondining bunday mablagʻ qoʻyish bilan bogʻliq barcha tavakkalchiliklari, ular bozor narxi oʻzgarishidan koʻrilgan barcha daromad va zararlar aktivlar qiymatini va (yoki) fond aksiyalarining joriy narxlarini oʻzgartirish yoʻli bilan toʻliq hajmda ushbu fond aksiyadorlari hisobiga tegishli boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Investitsiya fondlari qimmatli qogʻozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan chiqarishlari mumkin, yaʼni ushbu fondning qimmatli qogʻozlari egalariga ularning talablariga koʻra qimmatli qogʻozning oʻrniga pul olish yoki fondi ustaviga (ochiq turdagi fondga) muvofiq boshqa mol-mulkni olish yoki emitent (yopiq turdagi fondga) tomonidan qimmatli qogʻozlarni sotib olish majburiyatisiz chiqarish huquqini beradilar.
6. Investitsiya fondlari faqat ochiq aksiyadorlik jamiyatlari koʻrinishida tashkil etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb qilish asosida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar oʻzlarining taʼsis hujjatlarini mazkur Nizomga muvofiqlashtirganlaridan va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtganlaridan soʻng investitsiya fondi maqomini oladilar.
Faoliyati banklar va sugʻurta kompaniyalari toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan banklar va sugʻurta kompaniyalari investitsiya fondlari hisoblana olmaydilar.
7. Investitsiya fondi faoliyatini faoliyatning boshqa turlari bilan birga qoʻshib olib borishga yoʻl qoʻyilmaydi.
II. INVESTITSIYa FONDINI TAʼSIS ETISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh VA UNING FAOLIYATINI LITSENZIYALASh
8. Investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari boʻlishlari mumkin. Investitsiya fondi kamida ikki muassisga ega boʻlishi kerak. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyilmaydi, davlat boshqaruvi organlari davlat mulkini boshqarish boʻyicha qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlar doirasida investitsiya fondlari qatnashchilari boʻlishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasnodir.
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya fondlarida ishtirok etishlarining xususiyatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Muassislar investitsiya fondining davlat roʻyxatidan oʻtgunga qadar paydo boʻlgan majburiyatlari boʻyicha birgalikda javobgar boʻladilar. Fond muassislarning uni tashkil etish bilan bogʻliq majburiyatlari boʻyicha ularning xatti-harakati keyinchalik fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tomonidan maʼqullangan taqdirdagina javob beradi.
9. Fond muassislarining oʻzaro munosabatlari uni tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis shartnomasi bilan tartibga solinadi. Taʼsis shartnomasi muassislar tomonidan fondni taʼsis etish boʻyicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
Taʼsis shartnomasida:
shartnoma qatnashchilari;
shartnoma predmeti;
fond faoliyati maqsadi va predmeti;
fondning firma nomi va joylashgan joyi;
ustav jamgʻarma miqdori va uni tashkil etish tartibi, muassislardan har birining ulushi;
fondni tashkil etish boʻyicha muassislarning huquq va majburiyatlari;
muassislarning aksiyalarga yozilgan aksiyadorlar va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi, zararlarni qoplash tartibi;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa shartlar belgilanadi.
10. Muassislar yigʻilishi:
investitsiya fondini taʼsis etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
fond ustavini tasdiqlaydi;
muassislar Kengashini saylaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan Namunaviy kontraktlarga muvofiq investitsiya fondini boshqarish uchun depozitariy va boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan kontraktlar loyihalarini tasdiqlaydi, fondning muassislar Kengashi raisini ushbu kontraktlarni tuzishga vakil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya fondi muassislari Kengashi fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yigʻilishi oʻtkazilgungacha Kuzatuvchi kengash funksiyasini bajaruvchi fondni boshqarishning vaqtinchalik organi hisoblanadi.
11. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan aksiyadorlik jamiyati ustavi mazmuniga qoʻyiladigan talablarga qoʻshimcha ravishda investitsiya fondi ustavi majburiy tartibda quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:
investitsiya fondini ochiq aksiyadorlik jamiyati sifatida belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya fondining turi — ochiq yoki yopiq (mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq);
fond faoliyatidagi cheklashlar;
boshqaruvchi kompaniyaning huquqlari va majburiyatlari, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida u bilan kontrakt tuzish, zarar yetkazilgan hollarda uning investitsiya fondi va aksiyadorlar oldidagi javobgarligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
depozitariy bilan kontraktlar tuzish tartibi, depozitariy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
qarz mablagʻlarini jalb qilish tartibi;
investitsiya fondining barcha aksiyalari bir xil ovoz berish huquqi bilan oddiy aksiyalar boʻlib hisoblanishi haqidagi koʻrsatma;
aksiyadorlar reyestrini yuritish tartibi;
Keyingi tahrirga qarang.
dividendlarni toʻlash tartibi.
Fond ustavida fond aksiyalari aksiyadorga:
fondni boshqarishda qatnashish;
dividendlar olish;
fond faoliyati natijalari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazida (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi), shuningdek sudda oʻz huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
fond Kuzatuvchi kengashi, boshqaruvchi kompaniya yoki depozitariyning ishni bilmasligi yoki gʻarazli xatti-harakati natijasida yetkazilgan zararlarni undirish;
Keyingi tahrirga qarang.
fond tugatilgan taqdirda mol-mulkning bir qismini olish huquqini;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni berishi alohida qayd etilishi kerak.
12. Investitsiya fondi nomiga “investitsiya fondi” soʻzlari qoʻshib yozilishi kerak. Mazkur Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatuvchi investitsiya fondlaridan tashqari boshqa shaxslar oʻz nomlariga “investitsiya fondi” soʻzlarini yoki shunga oʻxshash maʼnoga ega boʻlgan soʻzlarni qoʻshib yozish huquqiga ega emaslar.
Investitsiya fondining nomi uning biror-bir milliy-davlat yoki maʼmuriy-hududiy tuzilmaga, shuningdek vazirliklar, idoralar yoki jamoat tashkilotlariga taalluqli ekanligini anglatmasligi kerak.
13. Investitsiya fondining ustav fondi u taʼsis etilayotganda uning muassislari ulushlari hisobiga shakllanadi va u eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravarini tashkil etishi kerak. Investitsiya fondi taʼsis etilayotgan vaqtda uning ustav fondi muassislar oʻrtasida taqsimlangan boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Muassislar:
ustav fondi qiymatining kamida 30 foizini investitsiya fondi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgungacha;
ustav fondi qiymatining 100 foizini investitsiya fondi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay toʻlashlari kerak.
Fond aksiyasiga birinchi yozilish investitsiya fondi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab kechi bilan uch oyda amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Investitsiya fondining ustav fondi naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, koʻchmas mulk va boshqa mol-mulk bilan toʻlanishi mumkin.
Investitsiya fondini taʼsis etishda uning ustav fondining kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi kerak.
15. Muassislar fondni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtiga qadar boshlangʻich sarmoya sifatida qoʻyilgan ulushlarni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
16. Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish aksiyadorlik jamiyatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
17. Investitsiya fondi oʻz faoliyatini (shu jumladan boshqaruvchi kompaniya orqali fond aksiyalariga yozilishni, qimmatli qogʻozlar chiqarish, sotib olish yoki sotishni, oʻz faoliyatini reklama qilishni, ommaviy axborot vositalari orqali aksiyalar sotilishi toʻgʻrisida xabar berishni) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshirish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Investitsiya fondi, agar u belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlsa va qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya instituti sifatida faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnoma olgan boʻlsa, tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20—22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
III. FOND AKSIYALARINI ChIQARIShNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh
23. Aksiyalar chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish uchun investitsiya fondi-emitent Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga Emissiyaning namunaviy prospektiga muvofiq tuzilgan emissiya prospektini taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Investitsiya fondi aksiyalarini chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish Markaz tomonidan belgilangan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Aksiyadorlarni va ularning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida Markaz investitsiya fondi rioya qilishi majburiy boʻlgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
IV. FOND AKSIYALARI EMISSIYASI TARTIBI
26. Investitsiya fondini tashkil etishda aksiyalar ochiq yozilish yoʻli bilan tarqatiladi. Aksiyalarga yozilish fond muassislari tomonidan boshqaruvchi kompaniya orqali tashkil etiladi.
Boshqaruvchi kompaniya boʻlajak aksiyalarga yozilish haqidagi bildirishnomani eʼlon qiladi. Unda quyidagilar koʻrsatiladi:
investitsiya fondining nomi va joylashgan joyi;
uning faoliyati predmeti va maqsadlari;
muassislar tarkibi;
boshqaruvchi kompaniyaning nomi va joylashgan joyi;
depozitariyning nomi va joylashgan joyi;
fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi oʻtkaziladigan sana;
ustav jamgʻarmasining taxmin qilinayotgan miqdori;
aksiyalarning nominal qiymati va ularning soni;
aksiyalarga yozilish joyi, yozilishning boshlangʻich va oxirgi muddati;
muassislar tomonidan natura shaklida qoʻshiladigan mol-mulk miqdori;
investitsiya fondiga xizmat koʻrsatuvchi bankning nomi va uning hisob-kitob schyoti raqami.
Muassislar yoki boshqaruvchi kompaniya qaroriga koʻra koʻrsatib oʻtilgan bildirishnomaga boshqa maʼlumotlar ham kiritilishi mumkin. Aksiyalarga yozilish muddati olti oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Aksiyalarga yozilish tugallangandan keyin investitsiya fondi ustav fondi keyinchalik adliya organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan holda ular tomonidan haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar miqdoriga muvofiqlashtiriladi.
V. INVESTITSIYa FONDINI BOShQARISh
28. Investitsiya fondini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish aksiyadorlik jamiyatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda mazkur Nizom bilan belgilanadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
29. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi investitsiya fondi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, umumiy yigʻilishning mutlaq vakolatiga amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan vakolatlardan tashqari quyidagilar tegishli boʻladi:
fond faoliyatidagi asosiy yoʻnalishlarni, maqsadlar va cheklashlarni belgilash;
depozitariy bilan tuzilgan kontraktni, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan kontraktni, shu jumladan depozitariyni va boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash miqdorlarini belgilash tartibini, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni maʼqullash.
30. Aksiyalarning birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi investitsiya fondi aksiyalariga yozilish tamom boʻlgan sanadan boshlab 60 kundan kechikmay oʻtkaziladi.
Fond aksiyadorlarining birinchi umumiy (taʼsis) yigʻilishi:
jamiyat muassislari Kengashi raisining axborotini va boshqaruvchi kompaniyaning fondni taʼsis etish davomida olib borilgan ishlar haqidagi hisobotini eshitadi;
fond ustavini tasdiqlaydi;
fondni taʼsis etish davomida muassislar tomonidan tuzilgan shartnomalarni tasdiqlaydi;
jamiyat Kuzatuvchi kengashini saylaydi va uning raisiga depozitariy va boshqaruvchi kompaniya bilan kontraktlar tuzish (qayta tuzish) vakolatini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi, agar unda investitsiya fondi ustaviga muvofiq kamida 60 foiz ovozga ega boʻlgan (kvorum) aksiyadorlar qatnashayotgan boʻlsa, huquqiy vakolatli boʻladi. Investitsiya fondi umumiy yigʻilishida ovoz berish: bir aksiya — bir ovoz asosida amalga oshiriladi.
Kvorum boʻlmaganda aksiyadorlarning yangi yigʻilishini chaqirish sanasi 14 kalendar kunga koʻchiriladi.
Investitsiya fondi ustavini oʻzgartirish va unga qoʻshimchalar kiritish, uning faoliyatini toʻxtatish, filiallar tashkil etish va ularning faoliyatini toʻxtatish, ustav fondini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun aksiyadorlar yigʻilishida qatnashayotganlarning toʻrtdan uch qismidan koʻp ovozi zarur boʻladi.
Qolgan boshqa barcha masalalar boʻyicha qarorlar yigʻilishda qatnashayotgan aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
32. Investitsiya fondi bir yilda bir marta, aksiyadorlarning boshqa yigʻilishlaridan qatʼi nazar, aksiyadorlarning umumiy yillik yigʻilishini oʻtkazadi. Umumiy yillik yigʻilishlar orasidagi davr 15 oydan oshib ketmasligi kerak.
33. Investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yigʻilishlari orasidagi davrda rais boshchilik qiladigan Kuzatuvchi kengash uning yuqori organi hisoblanadi.
34. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi aʼzolarining soni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tomonidan belgilanadi, ammo ularning soni toq boʻlishi kerak (500 dan ortiq aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlar bor boʻlgan fond uchun Kuzatuvchi kengashning son tarkibi yetti aʼzodan kam boʻlmasligi, 1000 dan ortiq aksiyalar egasi boʻlgan aksiyadorlar bor boʻlgan fond uchun toʻqqiz aʼzodan kam boʻlmasligi kerak).
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi aʼzolari aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan aksiyadorlar orasidan qonun hujjatlarida va investitsiya fondi ustavida nazarda tutilgan tartibda saylanadi. Ovozlarning eng koʻp sonini olgan nomzodlar Kuzatuvchi kengash tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi Kuzatuvchi kengash aʼzolari tomonidan uning tarkibidan Kuzatuvchi kengash saylangan aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan saylanadi.
36. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida qaror hozir boʻlganlarning koʻpchiligining ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida masalalarni hal etishda Kuzatuvchi kengashning har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi.
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi bir aʼzosi tomonidan ovozlarning Kuzatuvchi kengashning boshqa aʼzosiga berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
37. Kuzatuvchi kengash fond faoliyatida qonunchilikka rioya qilinishi, shu jumladan boshqaruvchi kompaniya va depozitariy va fond faoliyatini taʼminlovchi boshqa shaxslar bilan kontraktlar tuzilishi, shuningdek ushbu kontraktlar bajarilishi taʼminlanishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. INVESTITSIYa FONDI AKTIVLARINI BOShQARISh
38. Investitsiyalarni boshqarish va investitsiya fondining qimmatli qogʻozlari paketini shakllantirish hamda maslahatchi sifatida fondga xizmat koʻrsatish investitsiya fondi oʻz aktivlarini boshqarish vakolatini bergan, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Investitsiya fondi bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzuvchi investitsiya institutining qimmatli qogʻozlar bozorida faoliyat koʻrsatish huquqiga ega degan maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi depozitariy boʻla olmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq boʻlgan, ular tomonidan taʼsis etilgan korxonalar, jamoat tashkilotlari va ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar, tobe shaxslar investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi boʻla olmaydilar.
Tobe shaxslar deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar — mazkur investitsiya fondi ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foizidan ortigʻi tegishli boʻlgan boshqaruvchi kompaniya va uning mansabdor shaxslari, muassislari, shuningdek aksiyadorlari, investitsiya fondining biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxsiga ovoz beruvchi aksiyalarning 10 foizdan ortigʻi tegishli boʻlgan aksiyadorlik jamiyati tushuniladi. Tobe shaxslar sirasiga investitsiya fondlarini boshqarish toʻgʻrisida mazkur boshqaruvchi kompaniya bilan kontrakt tuzgan barcha investitsiya fondlari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Investitsiya fondi qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash aʼzolari boshqaruvchi kompaniya muassislari va aʼzolari boʻlishlari mumkin emas, boshqaruvchi kompaniya muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar va ularning tobe shaxslari esa investitsiya fondi aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi, shuningdek uning boshqaruvchi kompaniyasi tarkibiga saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan vakil qilingan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi fond nomidan boshqaruvchi kompaniya bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzadi, kontraktda quyidagilar belgilanadi:
kontrakt tomonlari;
kontrakt predmeti;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
investitsiya deklaratsiyasi;
fond faoliyatidagi cheklashlar;
boshqaruvchi kompaniya faoliyatidagi cheklashlar;
boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash va uning xarajatlari;
kontraktning amal qilishini toʻxtatish shartlari va tomonlarning javobgarligi va majburiyatlari;
boshqa qoidalar.
Fondni taʼsis etish bosqichida boshqaruvchi kompaniya bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Koʻrsatib oʻtilgan shartnoma fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin boshqaruvchi kompaniya bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan aksiyadorlar umumiy yigʻilishi maʼqullagan tahrirda qayta tuziladi.
Boshqaruvchi kompaniya bilan tuziladigan kontraktda uning amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilishi uchun kompensatsiya belgilanishiga yoʻl qoʻyiladi, u kontraktda nazarda tutilgan boshqaruvchi kompaniyani yillik mukofotlashning 20 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas. Agar u investitsiya fondining uning amal qilishini muddatidan oldin toʻxtatishga boʻlgan huquqini cheklasa koʻrsatib oʻtilgan kontraktning istalgan qoidasi haqiqiy hisoblanmaydi. Investitsiya fondi faoliyatidagi cheklashlar boshqaruvchi kompaniyaning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan kontraktga oʻzgartirish va qoʻshimchalar boshqaruvchi kompaniya bilan kelishuv boʻyicha investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra kiritilishi mumkin.
45. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi boshqaruvchi kompaniya bilan tuziladigan bitishuvlar roʻyxatini, shuningdek bitishuvlar xususiyati va hajmi boʻyicha cheklashlarni belgilashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan boshqaruvchi kompaniya oʻz faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, ushbu korxonalarning investitsiya fondiga tegishli aksiyalariga muvofiq korxonalar aksiyadorlari umumiy yigʻilishlarida aksiyador sifatida qatnashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Boshqaruvchi kompaniya eʼtiborsizlik, qalloblik va qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar natijasida sud tomonidan isbotlangan yoʻqotishlar uchun investitsiya fondi oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan mukofotning yillik miqdori investitsiya fondi bilan tuziladigan kontraktda nazarda tutiladi va investitsiya fondi sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak. Koʻrsatilgan summaga kontraktni bajarish boʻyicha boshqaruvchi kompaniya tomonidan qilingan barcha sarf-xarajatlar oʻrnini toʻldirish ham qoʻshiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan mukofotdan tashqari boshqaruvchi kompaniyaga kontraktga muvofiq yil natijalari boʻyicha mukofot puli toʻlanishi mumkin, biroq u fond sof aktivlari yillik oʻsishi summasining 7 foizidan, mazkur yilga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi boʻyicha sof aktivlarni depozitlarga joylashtirishda yuz beradigan oʻsishdan yuqori boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi aʼzolariga va shuningdek boshqaruvchi kompaniya rahbarlariga aksiyalarni fond birjasida (birjalarning fond boʻlimlarida) sotuvlarga qoʻyish ekspertizasida qatnashish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. DEPOZITARIY VA INVESTITSIYa FONDINING MUSTAQIL AUDITORI
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Investitsiya fondi aksiyalarining har bir chiqarilishi hisobi depozitariyda yuritiladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
52. Fondni taʼsis etish bosqichida depozitariy bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Koʻrsatib oʻtilgan shartnoma tasdiqlangandan keyin fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin depozitariy bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan qayta tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Depozitariy bilan tuzilgan kontraktga oʻzgartirish va qoʻshimchalar depozitariyning bunga roziligini olgan holda investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Depozitariy investitsiya fondining kreditori va kafolatchisi boʻlish huquqiga ega emas. Depozitariy depozitariy bilan tuzilgan kontrakt talablarini, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni almashtirish, sotib olish va sotishga cheklashlarni nazarda tutgan holda investitsiya fondi qimmatli qogʻozlari bilan operatsiyalarni hisobga oladi va nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Depozitariyning talabiga koʻra uning vakili maslahat ovozi huquqi bilan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining majlisiga qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Boshqaruvchi kompaniya, investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariyning mansabdor shaxslari oʻz xatti-harakatlarida quyidagi qoidalarga amal qilishga majburdirlar:
Kuzatuvchi kengashning maxsus ruxsatisiz ular qimmatli qogʻozlar bilan boʻladigan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga (ustav fondida investitsiya fondining ulushi boʻlgan kompaniyaga) maslahat berish huquqiga ega boʻlmaydilar;
investitsiya fondi boshqaruvchi kompaniyasi bilan ustav fondida investitsiya fondining ulushi boʻlgan korxona oʻrtasidagi har qanday shartnoma Kuzatuvchi kengash tomonidan maʼqullanishi shart;
investitsiya fondi bilan korxona yoxud undan mansabdor shaxslar, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi xodimlari iqtisodiy manfaatdor boʻlgan boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi har qanday bitishuv investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va boshqaruvchi kompaniya aʼzolari, agar ular yuqorida koʻrsatilgan shaxslar bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda boʻlsalar, yoxud ustav fondida 5 va undan koʻp foiz ulush investitsiya fondiga tegishli boʻlgan yoki investitsiya fondi aksiyalarining 5 va undan koʻp foizi unga tegishli boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan mulk egasi yoki kreditor huquqlariga ega boʻlsalar iqtisodiy manfaatdor deb hisoblanadilar;
boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning mansabdor shaxslari, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi aʼzolari investitsiya fondidan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Investitsiya fondi boshqaruvchi kompaniyasi va depozitariy oʻz xatti-harakatlari bilan investitsiya fondiga va aksiyadorlarga yetkazilgan yoʻqotish va zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq shuningdek, investitsiya fondi bilan boshqaruvchi kompaniya va depozitariy oʻrtasida tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda summa va penyani undirish tartibi koʻrsatilgan holda, javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Investitsiya fondi fondning, boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning hujjatlarini va hisobotlarini har yili tekshirish uchun mustaqil auditor tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirganliklari, oʻgʻirlaganliklari va boshqa gʻarazli jinoyatlar qilganliklari uchun sudlangan shaxslar investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining aʼzolari boʻlishlari, shuningdek uning boshqaruvchi kompaniyasi, depozitariy vazifasini bajarishlari yoki mustaqil auditor boʻlishlari mumkin emas. Mazkur talab bajarilishini nazorat qilish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va Qimmatli qogʻozlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. INVESTITSIYa FONDI FAOLIYATINI ChEKLAShLAR
60. Investitsiya fondi quyidagi huquqlarga ega emas:
qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalardan tashqari investitsiyalarning boshqa turlarini amalga oshirish;
obligatsiyalarni, imtiyozli aksiyalarni va boshqa pul majburiyatlarini chiqarish (ustavda belgilangan tartibda bank kreditlarini jalb qilish bundan mustasno), ularning egalari egasi yozilgan oddiy aksiyalar egasi boʻlganlarga nisbatan tugatishdan keyin aktivlarni sotib olishda ustun huquqqa ega boʻladilar;
istalgan aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalarini sotib olgandan keyin investitsiya fondi tobe shaxslariga ushbu jamiyat aksiyalarining 10 foizidan ortigʻi tegishli boʻlgan taqdirda ularni sotib olish;
oʻz sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish, davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
investitsiya fondi tobe shaxslarining qimmatli qogʻozlariga mablagʻlarni investitsiya qilish;
unga tegishli boʻlmagan yoki ularni sotib olish huquqiga ega boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni sotish toʻgʻrisida shartnomalar tuzish;
kredit bitimi imzolangan sanada uzilishi shart boʻlgan qarzlarning umumiy miqdori investitsiya fondi sof aktivlarining bozor qiymatidan 15 foiz oshib ketgan hollarda qarz mablagʻlarini jalb etish. Qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak va muddati uzaytirilmaydi. Fond kredit bitimini faqat oʻz aksiyalarini aksiyadorlardan sotib olish uchun pul mablagʻlariga boʻlgan qisqa muddatli ehtiyojni qondirish maqsadida tuzishi mumkin;
qarz majburiyatlarini chiqarish;
har qanday kafolat berish, mulk yoki mulkka egalik qilish huquqini garovga qoʻyish;
tashkiliy-huquqiy shakllari uning qatnashchilarining toʻliq javobgarligini nazarda tutuvchi yuridik shaxslarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qoʻyish;
kompaniya boshqaruvchisi, depozitariy, mustaqil auditor, fond muassislari tomonidan, shuningdek fond aksiyalarining 5 va undan koʻproq foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar, ushbu shaxslar nazorat qiluvchi yoki ularning nazorati ostida boʻlgan korxonalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga investitsiya qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz tobe shaxslaridan qimmatli qogʻozlarni va boshqa mulklarni sotib olish yoki ularga sotish;
qarz majburiyatiga mablagʻ qoʻyish, davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
vositachilar, xususiylashtirish obyektlari, shu jumladan xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini, ulushlarini, paylarini sotishda ularning vakillari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish;
boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish va oʻz aktivlarida saqlash;
fond tomonidan chiqarilgan investitsiya fondi sof aktivining 5 foizidan oshib ketuvchi summadagi aksiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi egalik qiladigan, davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida tashkil topgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalariga almashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi egalik qiluvchi investitsiya fondi aksiyalarining ulushi investitsiya fondi sof aktivlarining 5 foizidan oshib ketishi mumkin emas;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmagan yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida asosiy faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga investitsiya qoʻyish;
investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlarni tuzish, har qanday opsionlarni yoki fyucherslik kontraktlarini sotib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Yuqorida koʻrsatilgan cheklashlarga rioya qilmaslik investitsiya fondining faoliyatini toʻxtatishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda investitsiya fondini tugatishga va boshqaruvchi kompaniyaning mansabdor shaxslariga nisbatan huquqiy, maʼmuriy, moddiy javobgarlikka tortish choralari qoʻllanilishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. MOLIYAVIY AHVOLNI, SOF AKTIVLARNI BAHOLASh VA FOYDANI TAQSIMLASh
62. Moliyaviy ahvolni, investitsiya fondi sof aktivlarini baholash Investitsiya fondi moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usuli va Investitsiya fondining sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
63. Fond sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra dividendlarni toʻlash uchun taqsimlangunga qadar uning ustavi bilan belgilangan tartibda va doirada ustav sarmoyasini koʻpaytirishga yoʻnaltirilishi mumkin.
Soliqlar, majburiy toʻlovlar va boshqaruvchi kompaniyani ragʻbatlantirish toʻlovi toʻlangandan soʻng qolgan hamda sarmoyani koʻpaytirish uchun yoʻnaltirilmagan fond foydasi uning aksiyadorlari oʻrtasida dividendlar sifatida taqsimlanadi.
Fond aksiyadorlariga dividendlar aksiyadorlik jamiyatlarining fondlar investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalar boʻyicha, qimmatli qogʻozlar boʻyicha foizlar (diskontlar) va banklarning depozit schyotlaridagi omonatlardan foizlar boʻyicha fond tomonidan olingan daromadlardangina toʻlanishi mumkin.
Professional xizmatlarga haq toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlar, shuningdek quyidagi sarf-xarajatlar fondning bankdagi hisob-kitob schyotidan qoplanadi:
kontraktga muvofiq boshqaruvchi kompaniya tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlash, bu fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 5 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
kontraktga muvofiq fondga xizmat koʻrsatish boʻyicha depozitariyga haq toʻlash, bu fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining 2 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak;
taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq fond ustaviga, emissiya prospektiga yoki fond faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish va taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq ularni roʻyxatdan oʻtkazish xarajatlari, shu jumladan fond aksiyalari yoki aksiyalari sertifikatlarini birinchi joylashtirishda ularni tayyorlash xarajatlari;
ommaviy axborot vositalarida fond reklamasiga haq toʻlash xarajatlari aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan tasdiqlangan miqdorda, biroq taqdim etilgan toʻlov hujjatlariga muvofiq fond aksiyalarini joylashtirish yakunlari boʻyicha fond tomonidan boshqaruvchi kompaniyaga toʻlanadigan aksiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlarning 4 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda;
fond Kuzatuvchi kengashi aʼzolari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash va ularni mukofotlash fond sof aktivlarining oʻrtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
fond faoliyati bilan bogʻliq soliqlar (boshqaruvchi kompaniya, depozitariy, fond aksiyalarini tarqatuvchilar va olingan mukofotlar uchun Kuzatuvchi kengash aʼzolaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari);
audit, aksiyadorlar umumiy yigʻilishlarini oʻtkazish va fond aksiyadorlariga boshqaruvchi kompaniya orqali investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yigʻilishi tasdiqlagan, fond Kuzatuvchi kengashi bilan kelishilgan stavkalar miqdorida dividendlar toʻlash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Dividendlarni toʻlash shartlari, tartibi va muddatlari qonun hujjatlari va investitsiya fondi ustavi bilan belgilanadi.
65. Investitsiya fondining buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi va hisoboti toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boshqaruvchi kompaniya tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
X. INVESTITSIYa FONDLARINING MAJBURIYATLARI VA ULARNING AKSIYADORLAR OLDIDAGI JAVOBGARLIGI
66. Investitsiya fondi moliyaviy yil choragi tugagandan keyin 30 kundan hamda moliyaviy yil tugagandan keyin 60 kundan kechikmay moliyaviy hisobotni aksiyadorlarni xabardor qilish uchun taqdim etishga va Markazga berishga, shuningdek respublika matbuotida eʼlon qilishga majburdir. Moliyaviy hisobot quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi:
fond investitsiyalari roʻyxati yoyilmasi berilgan buxgalteriya balansi (hisobot tuzilgan sanadagi qimmatli qogʻozlarning soni, turlari va ularning joriy vaqtdagi bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda);
xarajatlar, foyda va zararlar, shuningdek, koʻrsatib oʻtilgan davr uchun toʻlanadigan dividendlar toʻgʻrisidagi hisobot;
koʻrsatib oʻtilgan davrning soʻnggi kunidagi investitsiya fondining moliyaviy faoliyati va sof aktivlarining ahvoli toʻgʻrisidagi, investitsiya fondi tomonidan chiqarilgan aksiyalarning soni, hisobot tayyorlangan sanadagi bir aksiyaning nominal va joriy bozor narxi toʻgʻrisidagi, shuningdek investitsiya fondi aksiyadorlardan oʻz aksiyalarini sotib olish majburiyatini olgan narx toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
koʻrsatib oʻtilgan davr uchun boshqaruvchi kompaniya va depozitariy va auditorning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdori, reklama xarajatlari, shuningdek Kuzatuvchi kengash aʼzolari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish bilan bogʻliq mukofotlash miqdori va xarajatlarni qoplash;
sabablari koʻrsatilgan holda tobe shaxslar, investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, boshqaruvchi kompaniya, depozitariy tarkibidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar Kuzatuvchi kengash, boshqaruvchi kompaniya va depozitariy rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Yil yakunlari boʻyicha moliyaviy hisobot mustaqil auditor tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik tekshirishlari natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnoma yoki hisobot investitsiya fondi faoliyati toʻgʻrisidagi yillik hisobotning ajralmas qismi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Investitsiya fondi moliyaviy yil tugagandan soʻng 60 kundan kechiktirmay fondning har qanday aksiyadoriga investitsiya fondi bilan tuzilgan barcha kontraktlar va uning tomonidan tuzilgan bitimlar toʻgʻrisidagi, boshqaruvchi kompaniya yoki tobe shaxsga, shuningdek istagan shaxsga toʻlangan barcha toʻlovlar hisobot davrida investitsiya fondi tomonidan sodir etilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar bilan tanishish imkonini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Investitsiya fondi Markazga oʻzining boshqaruvchi kompaniyasi, depozitariy va mustaqil auditor toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi, shuningdek har qanday manfaatdor shaxsning yoki tashkilotning ushbu maʼlumotlar bilan tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Investitsiya fondiga yozma holda yoki reklama qilish yoʻli bilan investorlarga ijobiy daromad olish uchun kafolat berish taqiqlanadi.
70. Investitsiya fondlari boshqaruvchi kompaniya orqali oʻz aksiyadorlariga oʻz faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va emissiyalar prospekti, dividendlarni toʻlash tartibi, fond birjalaridagi faoliyat, qimmatli qogʻozlarga qoʻyilmalar toʻgʻrisidagi zarur va ishonchli axborotlarni berishga majburdirlar.
Koʻrsatib oʻtilgan axborotlar aksiyalarni emissiya qilishda koʻrgazmali va qulay shaklda fuqarolar eʼtiboriga, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida, bundan tashqari, aksiyador (aksiyadorlar)ning talabiga koʻra taʼsis hujjatlari bilan belgilangan tartibda aksiyadorlar eʼtiboriga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Investitsiya fondlari fond soʻrovi boʻyicha depozitariy orqali aksiyadorlar reyestri yuritilishini taʼminlashga majburdirlar. Uni yuritish fond topshirigʻiga koʻra depozitariy tomonidan amalga oshiriladi, bunda investitsiya fondi aksiyadorlar reyestrining toʻgʻri yuritilishi va uning saqlanishi uchun majburiyat va masʼuliyatdan ozod etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Aksiyador investitsiya fondi tomonidan eʼlon qilingan dividendlar toʻlanishini sud yoʻli bilan talab qilishga haqlidir.
73. Investitsiya fondlari aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra yoki sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb topilganda toʻxtatib qoʻyilishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida ishonchsiz maʼlumotlar mavjudligi aniqlanganda.
XI. INVESTITSIYa FONDINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
74. Investitsiya fondini qayta tashkil etishga (qoʻshish, birlashtirish, ajratish, ajralib chiqish, qayta tuzish) Markaz tomonidan belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga koʻra yoʻl qoʻyiladi.
Investitsiya fondlarini qayta tashkil etishga doir tadbirlar oʻtkazilayotgan davrda fondlar oʻz ustav hujjatlarini va investitsiya portfellarini mazkur nizomning 61-bandi 4—7, 9, 13, 14-xatboshilarida nazarda tutilgan fondlar faoliyatini cheklashlarga muvofiqlashtirishlari kerak. Ushbu ishlar amalga oshirilishi tartibi va muddatlarini aniqlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Investitsiya fondi:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga binoan;
xoʻjalik sudining qaroriga binoan;
uning faoliyatiga berilgan litsenziya bekor qilingan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga binoan tugatiladi.
76. Investitsiya fondini ixtiyoriy ravishda tugatish aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi tayinlagan tugatish komissiyasi tomonidan, majburiy tugatish — bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab fond ishlarini boshqarish boʻyicha vakolatlar unga oʻtadi.
Tugatish komissiyasi investitsiya fondining mol-mulkini baholaydi, uning debitorlarini va kreditorlarini aniqlaydi va ular bilan hisob-kitob qiladi, fond qarzlarining uchinchi shaxslarga toʻlanishi uchun choralar koʻradi, tugatish balansini tuzadi va uni aksiyadorlarning umumiy yigʻilishiga taqdim etadi.
77. Investitsiya fondida mavjud boʻlgan pul mablagʻlari, shu jumladan fond tugatilishi vaqtida uning mol-mulki sotilishidan olingan tushum, budjet, budjetdan tashqari foizlar va kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan soʻng, fond ustavi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tugatish komissiyasi tomonidan fond aksiyadorlari oʻrtasida taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Investitsiya fondini tugatish toʻgʻrisida davlat roʻyxatidan oʻtkazish reyestrida tegishli yozuvlar qayd etilgan vaqtdan boshlab u tugatilgan, fond esa oʻz faoliyatini toʻxtatgan hisoblanadi.
79. Investitsiya fondlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sud organlari tomonidan koʻrib chiqiladi.
Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi Nizom bilan birgalikda xususiylashtirish investitsiya fondlarini taʼsis etish va ularning faoliyati, ularga mulkchilik shakli oʻzgartirilgan davlat korxonalari aksiyalarini sotish xususiyatlarini, shuningdek ularga maxsus davlat kreditlari berish tartibini belgilaydi.
2. Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIFlar) xususiylashtirish fondlari turlaridan biri hisoblanadi, aholining keng tabaqalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tashkil etiladi hamda aholining pul mablagʻlarini, ularni keyinchalik xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotib olishga yoʻnaltirgan holda, jamlashga daʼvat etilgandir.
3. Xususiylashtirish investitsiya fondi ochiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. U faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
oʻz aksiyalari emissiyasi hisobidan mablagʻlarni xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga jalb qilish, oʻz mablagʻlarini va olingan maxsus davlat kreditlarini investitsiya qilish;
qimmatli qogʻozlar bilan savdo qilish;
oʻzi aksiyalariga egalik qilgan korxonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador sifatida qatnashish.
4. XIF ni tashkil etish va uning faoliyati, ushbu Nizomdan kelib chiqadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda, Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom bilan tartibga solinadi.
5. Quyidagilar XIFlarning oʻziga xos xususiyatlari hisoblanadi:
XIFlar tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalarning chiqarilayotgan aksiyalari umumiy sonining kamida 30 foizgachasini nominal qiymati boʻyicha sotib olish imkoniyati;
oʻz umumiy aktivlarining 10 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorini bir emitent qimmatli qogʻozlariga investitsiya qilish imkoniyati. Mazkur cheklash aksiyalarni aholiga tarqatish yakunlari boʻyicha amalda toʻlangan XIFlarning ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar boʻlgan davrga amal qilmaydi. XIF toʻlangan ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir oy davomida investitsiya portfelini mazkur cheklashga muvofiqlashtirishga majburdir.
XIF yopiq turdagi investitsiya fondi hisoblanadi va qimmatli qogʻozlarni ularni sotib olish majburiyatisiz emitatsiya qiladi;
maxsus davlat kreditini olish huquqining mavjudligi;
XIFlar faqat xususiylashtirilgan davlat korxonalari aksiyalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat qimmatli qogʻozlariga mablagʻlarni investitsiya qilish huquqiga egadir.
XIFlarni qayta tashkil etishga doir tadbirlar oʻtkazilayotgan davrda ular oʻz taʼsis hujjatlarini va investitsiya portfellarini mazkur bandda koʻrsatilgan ularning investitsiya faoliyatini cheklashlarga, shuningdek investitsiya fondlari faoliyatini cheklashlarga muvofiqlashtirishi shart. Ushbu ishni amalga oshirish tartibi va muddatlarini belgilash, shuningdek uni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. XIFlarning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalarni sotish oʻz aksiyalarini qimmatli qogʻozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidangina tashkil etilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlarda aholi oʻrtasida joylashtirish tugallangandan keyingina amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan oʻz mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega boʻlmaydi.
7. XIF foydasini taqsimlash Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizomning 63-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilangan cheklashlar XIFlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
II. XIFNI TAʼSIS ETISh VA UNING FAOLIYATINI LITSENZIYALASh
9. XIF kamida ikkita muassisga ega boʻlishi mumkin.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ustav sarmoyasida aksiyalarning 25 foizidan kamrogʻi davlatga tegishli boʻlgan korxonalar XIF muassislari va aksiyadorlari boʻlishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari XIFlarning muassislari boʻlishi mumkin emas.
10. XIFni taʼsis etish toʻgʻrisidagi qaror muassislar tomonidan qabul qilinadi, bu haqda ular oʻrtasida taʼsis shartnomasi tuziladi.
11. XIFning ustav fondi uni taʼsis etishda oʻz muassislarining ulushlari hisobiga shakllanadi va u eng kam oylik ish haqi miqdorining kamida 200 baravariga teng boʻlishi kerak. XIF ustav fondini shakllantirish faqat pul mablagʻlari qoʻyish orqali amalga oshiriladi. Muassislar ustav fondi qiymatining 100 foizini XIF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay toʻlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xususiylashtirish investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
13. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirganligi, talon-toroj qilganligi yoki poraxoʻrligi va boshqa moliyaviy jinoyatlari uchun sudlangan shaxslar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va rahbarlari boshqaruvchi kompaniya, XIF depozitariysi xizmatchilari, mansabdor shaxslari yoki rahbarlari, shuningdek XIF kuzatuvchi kengashining aʼzolari boʻlishlari mumkin emas. Ushbu talabning bajarilishi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ va Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. XIF BOShQARUVChI KOMPANIYA FAOLIYATI XUSUSIYATLARI
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boshqaruvchi kompaniya XIFning Kuzatuvchi kengashi topshirigʻiga binoan oʻz faoliyatini XIF nomidan amalga oshiradi, korxonalar aksiyadorlari yigʻilishlarida ushbu korxonalarning XIFga tegishli aksiyalariga muvofiq qatnashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XIF qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash aʼzolari boshqaruvchi kompaniya muassislari va aʼzolari, boshqaruvchi kompaniya muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslari, mutaxassislari va ularning tobe shaxslari XIF aksiyadorlari boʻlishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Xususiylashtirish investitsiya fondlari hisob-kitob schyoti boʻyicha bank operatsiyalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan faqat “Vaqt” milliy depozitariysining XIF mablagʻidan maqsadli foydalanilishini tasdiqlovchi vakolatli shaxsi bilan kelishilgan holda (toʻlov hujjatlarida imzosi boʻlganda) amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. XIFLAR TOMONIDAN AKSIYALAR ChIQARISh
17. Yalpi xususiylashtirish jarayoniga aholining keng tabaqalarini jalb qilish maqsadida XIFlar tomonidan Xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyalari (keyingi oʻrinlarda XIF aksiyalari deb ataladi) chiqariladi.
Dastlabki joylashtirishda XIF aksiyalari fond doʻkonlari va boshqa sotish joylari orqali nominal qiymati boʻyicha 100 soʻmdan sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining har bir fuqarosi pasportini koʻrsatgan holda XIF aksiyalarini nominal qiymati boʻyicha sotib olishi mumkin.
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalari aholiga joylashtirilishi yakunlari boʻyicha uning amalda toʻlangan ustav sarmoyasi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin har bir aksiyador (muassis va qatnashchi)ning qatnashish ulushi bir oydan koʻp boʻlmagan muddatga XIF ustav sarmoyasi 5 foizidan oshishi mumkin emas.
XIF bilan tuzilgan kontraktga muvofiq ushbu bandga rioya etilishini depozitariy nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Dastlabki joylashtirishda va ikkilamchi bozorda aholiga XIFlar aksiyalarini sotish olinadigan naqd pul mablagʻlari majburiy inkassatsiya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xalq xoʻjaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq boshqa talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Kassa intizomiga rioya qilinishini XIFlar aksiyalarini tarqatuvchilarga xizmat koʻrsatuvchi banklar nazorat qiladilar.
19. XIFlar aksiyalari sifatida qimmatli qogʻozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega boʻlgan investitsiya institutlari (fond doʻkonlari), banklar nomidan — tarqatuvchilar tomonidan, boshqaruvchi kompaniyalar bilan tuzilgan yakka tartibdagi shartnomalar boʻyicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha XIFlar aksiyalarining institutsional tarqatuvchisi hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan qoʻyiladigan talablarga javob beruvchi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklari ham XIFlar aksiyalarining institutsional tarqatuvchilari boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Institutsional tarqatuvchilarning XIFlar aksiyalarini sotishga doir xarajatlari Davlat mulki qoʻmitasining XIFlar aksiyalarini sotishdan tushgan mablagʻlari hisobiga ular tomonidan sotilgan aksiyalar summasining 2 foizidan oshmaydigan miqdorda qoplanadi.
Maxsus davlat krediti asosiy summasining qaytarilishiga koʻra XIFlar Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan XIF aksiyalarining aholiga sotilgan tegishli paketlariga toʻgʻri keladigan institutsional tarqatuvchilar xizmatiga haq toʻlashga sarflangan mablagʻlarning qaytarilishini taʼminlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
22. XIF aksiyalari egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar hisoblanadi. Har bir aksiya aksiyadorlar umumiy yigʻilishida bir ovoz, dividendlar olish huquqini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni beradi.
23. XIF aksiyalarni faqat ikki marta chiqaradi. XIF unga birlashgan boshqa XIFning aksiyasini almashtirish uchun aksiyalarning qoʻshimcha miqdorini chiqargan hollar bundan mustasno.
Bir yoki bir necha XIF qoʻshilganda yangidan tashkil etilgan XIF oʻz aksiyalarini muomalaga faqat bir marta, ularni qoʻshilish jarayonida tugatilayotgan XIFlarning aksiyalariga almashtirish uchun chiqarish huquqiga egadir.
XIF aksiyalari birinchi marta XIFni taʼsis etishda muassislar tomonidan ustav fondiga qoʻshilgan ulushlarni qoplash uchun chiqariladi.
XIF aksiyalari ikkinchi marta aksiyalarni aholiga sotish uchun chiqariladi va u XIF davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin 3 oydan kechiktirmay chiqarilishi kerak. XIFlarning ikkinchi emissiyasi aksiyalari XIF ikkinchi emissiyasi prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida joylashtiriladi.
24. XIFlar:
XIF sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgunlariga qadar eʼlon berish yoki XIF aksiyalarini sotish uchun taklif qilish (muassislarga sotish uchun taklif qilishdan tashqari);
XIF aksiyalarini joylashtirishda olinishi kutilayotgan daromadlar miqdorlarini eʼlon qilish va reklama qilish;
XIF aksiyalarini yuridik shaxslarga sotish, yuridik shaxslar XIF aksiyalarini XIFning muassislari sifatida oladigan hollar bundan mustasno;
oʻz aksiyalarini aksiyadorlardan sotib olish huquqiga ega emaslar.
25. XIFlarning aksiyalari ushbu aksiyalar chiqarilishi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin qimmatli qogʻozlar bozorida erkin muomalada boʻlishi mumkin. XIF aksiyadorlarining ularga tegishli aksiyalarni sotishga huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Aksiyadorlar birja va birjadan tashqari savdolarda oʻzlariga tegishli aksiyalar oldi-sotdisi boʻyicha bitishuvlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
XIF aksiyalari boshqa XIF aksiyalariga u birlashgan yoki qoʻshilgan holdagina almashtirilishi mumkin.
26. XIFlar aksiyalari va emissiya prospektlari chiqarilishini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek XIFlar aksiyalarini joylashtirish, saqlash va hisobga olish amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
27. XIF aksiyalari bilan va XIFga tegishli qimmatli qogʻozlar bilan barcha operatsiyalar faqat “Vaqt” milliy depozitariysida hisobga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
V. XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALAR AKSIYALARINI XIFLAR TOMONIDAN SOTIB OLISh TARTIBI
28. Davlat mulki qoʻmitasi aksiyalari XIFlarga sotilishi kerak boʻlgan aksiyadorlik korxonalari roʻyxatini quyidagi tartibga muvofiq belgilaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari XIFlarga aksiyalarning nominal qiymatiga teng cheklangan narx boʻyicha sotilishi kerak. Aksiyalarga cheklangan narx boʻyicha ochiq obunada XIFlarning xarid qobiliyati fond aksiyalarini aholiga sotishdan tushgan hamda toʻlangan taʼsis badallari summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Savdolarni tashkil etish tartibi Davlat mulki qoʻmitasi vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq obunani oʻtkazish kuni uni oʻtkazishdan bir hafta oldin ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi lozim.
Agar bitta emitent aksiyalarini xarid qilishga tushgan buyurtmanomalar soni taklif etilayotgan miqdordan ortiq boʻlsa, u holda aksiyalarni taqsimlash, buyurtmanoma bergan har bir XIFning amalda toʻlangan (kim oshdi savdosi oʻtkazilishi sanasida) ustav fondi hisobga olingan holda berilgan buyurtmanomalarga teng nisbatda amalga oshiriladi;
b) ochiq obunaning birinchi raundida XIFlarga sotilmay qolgan aksiyalar mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq birja bozorida ochiq savdoga qoʻyiladi.
Agar ushbu aksiyalar (yoki bu aksiyalar paketining bir qismi) birja bozoriga qoʻyilgan kundan boshlab 60 kalendar kun mobaynida sotilmay qolsa, ular keyingi 15 kun mobaynida XIFlarga ochiq obunaning ikkinchi raundiga taqdim etiladi, aksiyalarni ularning nominal qiymatiga teng narxda sotish boshlanadi, talab boʻlmaganda esa, narx bosqichma-bosqich pasaytiriladi va aksiyalar talab narxi boʻyicha, lekin nominal qiymatidan 85 foiz kam boʻlmagan narxda sotilishi mumkin. XIF tomonidan ochiq obunaning ikkinchi raundida aksiyalar xarid qilinganda XIFlarga davlat krediti berilmaydi.
Ochiq obunaning ikkinchi raundida talab boʻlmaganda mazkur korxonalar XIFlarga sotish moʻljallangan belgilangan tartibda tasdiqlangan xususiylashtirilgan korxonalar roʻyxatidan oʻchiriladi.
v) aksiyalar sotilgandan keyin Davlat mulki qoʻmitasi zudlik bilan aksiyalarga egalik qilish huquqini xaridorga beradi. Hech qanday shaxs yoki davlat organi bunday sotish sanasi va mazkur aksiyalarga egalik qilish huquqi xaridorga oʻtishi sanasi oʻrtasidagi davrda xususiylashtirilgan davlat korxonasi sarmoyasiga, aktivlariga yoki operatsiyalariga taʼsir etadigan biror-bir harakat qilish yoki boshqacha usulda bunday korxona aksiyalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Xususiylashtirilgan korxonalarning mazkur Nizomga muvofiq XIFga sotilgan barcha aksiyalari “Vaqt” milliy depozitariysida hisobga qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. XIFLAR TOMONIDAN MAXSUS DAVLAT KREDITLARINI OLISh TARTIBI
30. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari XIFlar tomonidan oʻz mablagʻlariga, shuningdek maxsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.
Aholining xususiylashtirish jarayonida qatnashishi uchun XIFlarga beriladigan maxsus davlat krediti (bundan keyin kredit deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan XIFlarga xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun toʻlov muddatini choʻzish koʻrinishida beriladi.
31. Maxsus davlat krediti XIFga uning buyurtmanomasi boʻyicha faqat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasidan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari sotib olinganda va zarur garov taʼminoti mavjud boʻlganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XIFga berilayotgan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi fondning oʻz pul mablagʻlari hisobidan toʻlanishi lozim, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi kredit hisobidan sotib olinadi.
32. XIFga tegishli boʻlgan kreditning toʻliq summasiga teng har qanday aktivlar (xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari va boshqa qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari) Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan XIFlarga beriladigan kreditlar uchun garov hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Maxsus davlat kreditini toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan Maxsus davlat kreditini toʻlash tartibi va shartlariga muvofiq kredit berilgandan keyingi ikkinchi yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining maxsus schyotiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. XIF hech qanday qarz taʼminotlarini berishi yoki boshqacha usulda, maxsus davlat kreditlaridan tashqari, qarz majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishi mumkin emas.
VII. XIFLARNING MAJBURIYATLARI VA ULARNING AKSIYADORLAR OLDIDAGI JAVOBGARLIGI
35. XIFlar boshqaruvchi kompaniya orqali oʻz aksiyadorlariga oʻzining faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va aksiyalar emissiyasi prospekti, dividendlarni toʻlash tartibi, fond birjalaridagi faoliyati hamda qimmatli qogʻozlarga qoʻygan mablagʻlari toʻgʻrisida zarur va ishonchli axborotni berishga majburdir.
Koʻrsatib oʻtilgan axborot aksiyalar emissiyasi vaqtida koʻrgazmali va tushunarli shaklda fuqarolarga, shuningdek aksiyadorlarga ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yigʻilishlarida, bundan tashqari, taʼsis hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyador (aksiyadorlar) talabiga koʻra maʼlum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. XIF aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq XIF aksiyadorlari umumiy yigʻilishiga qatnashish huquqini beruvchi ishonch qogʻozi aksiyadorning ish joyida, “Vaqt” milliy depozitariysi yoki uning filiali tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
37. XIFlar aksiyadorlar reyestri yuritilishini taʼminlashga majburdirlar. Reyestrni yuritish fond topshirigʻiga binoan depozitariy tomonidan amalga oshiriladi, bunda XIF aksiyadorlar reyestrining toʻgʻri yuritilishi va saqlanishi boʻyicha majburiyatdan hamda javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Qimmatli qogʻozlar bozor narxining oʻzgarishlaridan olinadigan barcha daromadlar va koʻriladigan zararlar toʻliq hajmda ushbu fond aksiyadorlari hisobiga yoziladi.
39. Aksiyador XIF tomonidan eʼlon qilingan dividendlarning toʻlanishini sud tartibida talab qilishga haqlidir.
40. XIFlar aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi yoki sud qaroriga koʻra haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablari buzilganligi aniqlanganda;
roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida ishonchsiz maʼlumotlar topilganda.
VIII. XIFLAR FAOLIYATINI TOʻXTATISh
41. Maxsus davlat krediti boʻyicha qarzlarini toʻlagandan soʻng XIFlar, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini nominal qiymati boʻyicha xarid qilish va maxsus davlat krediti olish huquqini yoʻqotgan holda, umumiy maqsadlardagi investitsiya fondlariga aylantirilishi mumkin.
42. XIFni umumiy maqsadlardagi investitsiya fondiga aylantirish toʻgʻrisidagi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori Ustav Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgandan hamda tegishli litsenziya olingandan keyin kuchga kiradi.
43. XIF bankrot boʻlgan yoki tugatilgan taqdirda uning aktivlarini tugatish tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kimoshdi savdosi shaklida oʻtkaziladi. Ushbu ochiq kim oshdi savdosida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish huquqiga ega boʻlgan istalgan yuridik jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan oʻz mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega boʻlmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
25-sentabrdagi 410-son qaroriga
4-ILOVA
25-sentabrdagi 410-son qaroriga
4-ILOVA
Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyalarini tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyalarini tashkil etish va, ularning faoliyati “Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida”, “Qimmatli qogʻozlar va fond birjasi toʻgʻrisida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son, “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
3. Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi (BK) Investitsiya fondlari (IF)ning va Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF)ning investitsiya aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni, shuningdek qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshiruvchi investitsiya tashkilotidir.
4. Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, mulkchilikning har qanday shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. U fond topshirigʻiga binoan va uning nomidan oʻz tasarrufiga berilgan qimmatli qogʻozlarni; qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarini; qimmatli qogʻozlarni boshqarish jarayonida olingan pul mablagʻlari va qimmatli qogʻozlarni ishonchli boshqarishni; fondning qimmatli qogʻozlar portfelini shakllantirishni hamda ushbu portfelni diversifikatsiyalash boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni; shuningdek fond tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt) shartlariga muvofiq fond maslahatchisi funksiyasini amalga oshiradi.
Koʻrsatib oʻtilgan operatsiyalar investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi faoliyatining asosiy turi hisoblanadi.
II. BOShQARUVChI KOMPANIYANI TAShKIL ETIShDA UNGA QOʻYILADIGAN TALABLAR
5. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan tashqari, shuningdek ular tomonidan taʼsis etilgan, ustav fondida davlat ulushi koʻpi bilan 25 foizni tashkil qiladigan korxonalar boshqaruvchi kompaniyalarning taʼsischilari boʻlishlari mumkin.
Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi depozitariy, davlat boshqaruv organi, jamoat tashkiloti, shuningdek tobe shaxs (shaxslar) tomonidan tashkil etilgan korxona boʻlishi mumkin emas.
6. BK ustavida investitsiya fondlarini boshqarish uning faoliyatining alohida turi hisoblanishi toʻgʻrisidagi qoida bayon qilingan boʻlishi kerak.
7. Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi balans qiymati boʻyicha baholangan, eng kam ish haqining kamida 5000 baravariga teng summadagi oʻz moddiy boyliklariga ega boʻlishi kerak. Ushbu summa fond aktivlarini boshqarishning butun davri mobaynida kamaymasligi lozim. Boshqaruvchi kompaniyaning oʻz moddiy aktivlari summasi fondlar bilan ikkinchi va undan keyingi har galgi kontraktlarni tuzishda eng kam ish haqining 200 baravariga teng boʻlgan summaga koʻpayishi kerak.
BKning oʻz sarmoyasi miqdori, quyidagi moddalar chegirilgan holda, buxgalteriya balansi passivining birinchi boʻlimi (oʻz mablagʻlari manbalari) summasi sifatida aniqlanadi:
maqsadli tushumlar va fondlar;
qilinadigan xarajatlar va toʻlovlar;
kelgusi davrlardagi daromadlar.
BK oʻz moddiy aktivlarining koʻrsatib oʻtilgan talablarga muvofiqligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan yilning har choragida, BK taqdim etadigan hisobotlarga muvofiq nazorat qilib boriladi.
III. BOShQARUVChI KOMPANIYANING RAHBARIYATIGA VA MUTAXASSISLARIGA QOʻYILADIGAN MALAKA TALABLARI
8. BK rahbari funksiyasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs oliy maʼlumotga va iqtisodiyot, moliya yoki bank sohalarida, investitsiya institutlarida direktor (boshqaruvchi, menedjer) yoki uning oʻrinbosari, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan organlar va tashkilotlarning rahbari yoki boʻlimi yoxud boʻlinmasining mutaxassisi lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlishi kerak.
9. BK ijro etuvchi organiga kiruvchi, oʻziga ishonib topshirilgan fondni bevosita boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxslar oliy maʼlumotga, investitsiya, moliya va (yoki) bank institutlarida mansabdor shaxs va mutaxassis sifatida kamida 2 yillik ish stajiga, Markaz tomonidan berilgan BK mutaxassisi yoki rahbari malaka attestatiga ega boʻlishi kerak.
10. Agar Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun BKga hujjatlar taqdim etish sanasida litsenziya bekor qilingan vaqtdan buyon uch yil oʻtmagan boʻlsa, shaxsning tegishli faoliyat turini amalga oshirishga litsenziyasi bekor qilingan vaqtda rahbar funksiyasini amalga oshirgan yoki investitsiya, moliya va (yoki) bank instituti ijro etuvchi organi tarkibiga kirgan shaxs BK rahbari funksiyasini amalga oshirishi yoki ushbu kompaniyaning ijro etuvchi organi tarkibiga kirishi mumkin emas.
11. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirganlik, oʻgʻirlaganlik va boshqa gʻarazli jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar boshqaruvchi kompaniya funksiyasini bajarishi yoki uning Kuzatuvchi kengashi aʼzolari boʻlishi mumkin emas. Ushbu talabning bajarilishini nazorat qilish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ hamda Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(IV boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
V. BOShQARUVChI KOMPANIYANING INVESTITSIYa FONDI AKTIVLARINI BOShQARISh BOʻYIChA FAOLIYATI ShARTLARI
22. BK investitsiya fondlari aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatdan tashqari boshqa biror-bir faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
23. BK investitsiya fondlari aktivlarini boshqarishni BK bilan IF, BK bilan XIF oʻrtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga, ushbu Nizomga, Markazning normativ hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshirishga majburdir.
Fondni taʼsis etish bosqichida boshqaruvchi kompaniya bilan shartnomani Muassislar kengashi raisi tuzadi. Ushbu shartnoma fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yirilishida tasdiqlangandan keyin boshqaruvchi bilan shartnoma fondning Kuzatuvchi kengashi raisi bilan qaytadan tuziladi.
24. Boshqaruvchi kompaniyaning investitsiya fondi bilan shartnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
shartnoma tomonlarining nomi;
shartnoma predmeti;
tomonlarning huquq va majburiyatlari;
investitsiyalar maqsadi, investitsiya siyosati yoʻnalishlari, investitsiya faoliyatidagi cheklashlar koʻrsatilgan investitsiya deklaratsiyasi;
BK faoliyatidagi cheklashlar;
mukofotlash va BK xarajatlarini qoplash;
investitsiya fondi xarajatlarini qoplash;
shartnomaning amalda boʻlishini toʻxtatish asoslari va shartlari;
tomonlarning javobgarligi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Investitsiya fondi va boshqaruvchi kompaniya oʻrtasidagi shartnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda Investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniya bilan fondni boshqarish toʻgʻrisidagi Namunaviy kontraktiga yoki Xususiylashtirish investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniya bilan fondni boshqarish toʻgʻrisidagi Namunaviy kontraktiga muvofiq tuziladi.
25. Boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondlari aktivlarini boshqarishni amalga oshirishda ushbu fondlar nomidan harakat qiladi. Bunda u investitsiya fondi bilan tuzilgan kontraktda fondning BK sifatida ish olib borishini, investitsiya fondining nomini koʻrsatishga majburdir.
Boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondi aktivlarini boshqarishni ushbu fondlar aksiyadorlari manfaatlarini koʻzlab amalga oshirishga majburdir.
26. Boshqaruvchi kompaniya faoliyati investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi. Fondning Kuzatuvchi kengashi boshqaruvchi kompaniya tuzadigan bitishuvlar roʻyxatini belgilashga, shuningdek bitishuvlar turi va hajmlarini cheklashga haqlidir.
VI. BOShQARUVChI KOMPANIYANING FUNKSIYALARI, HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
27. Boshqaruvchi kompaniya fond aktivlarini boshqarish boʻyicha barcha faoliyatni amalga oshiradi, shu jumladan:
aksiyadorlar umumiy yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, muddatlari va kun tartibi toʻgʻrisidagi bildirishnomani tuzadi va yetkazadi;
fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishlari va Kuzatuvchi kengash majlislari bayonlarini yuritadi;
fond aksiyadorlari reyestrining depozitariy tomonidan toʻgʻri yuritilishini nazorat qiladi;
fondning barcha yillik va boshqa hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqadi;
fondning sof aktivlari qiymatiga doir maʼlumotlarni ustav talablariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aniqlaydi va eʼlon qiladi;
aksiyalarining egasi fond hisoblanadigan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan aksiyadorlarning barcha huquqlarini fond nomidan amalga oshiradi;
fond aktivlarini tashkil etadigan pul mablagʻlarini fondning banklardagi schyotlariga joylashtiradi.
Investitsiya fondlari toʻgʻrisida nizomda va Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisida nizomda majburiy eʼlon qilinishi nazarda tutilgan investitsiya fondlariga, moliyaviy hisobotlarga oid axborotni hamda reklama tusidagi materiallarni tayyorlash, tarqatish va eʼlon qilishni ustav talablariga va .amaldagi qonunlarga muvofiq nazorat qiladi va amalga oshiradi;
fondning Kuzatuvchi kengashiga investitsiya siyosati boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatadi;
fondga BK bilan IF, BK bilan XIF oʻrtasida tuzilgan kontraktga binoan boshqa xizmatlar koʻrsatadi.
28. Boshqaruvchi kompaniya:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq fondning buxgalteriya hisobotini, shuningdek barcha hujjatlari va hisobotlarini yuritishni;
qimmatli qogʻozlariga fond investitsiyalarni amalga oshirgan barcha aksiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruv organlarida fond nomidan vakillikni;
fond investitsiyalari toʻgʻrisidagi axborotlarning maxfiyligini taʼminlaydi, shuningdek fond investitsiyalarini boshqarish uchun boshqaruvchi tomonidan tayinlangan har qanday shaxs ushbu bitim boʻyicha unga tahliliy xizmatlar koʻrsatish uchun (xizmatlar koʻrsatish davrida ham, ushbu davr oʻtgandan keyin ham) fond investitsiyalariga oid axborotlarning maxfiyligini saqlash yuzasidan kafolatlar olish maqsadida tegishli choralar koʻradi (shu jumladan maxfiylik toʻgʻrisida kontraktlar tuzadi);
fond hujjatlarining saqlanishini va toʻgʻri rasmiylashtirilishini;
eʼlon qilingan dividendlarning fond aksiyadorlariga oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishini taʼminlaydi.
29. Boshqaruvchi kompaniya quyidagi huquqlarga ega:
cheklangan miqdordagi fondlar investitsiyalarini boshqarish;
fondlar nomidan qimmatli qogʻozlar boʻyicha bitishuvlar tuzish, fondlarning pul mablagʻlarini, ularni qimmatli qogʻozlarga investitsiyalash uchun, tasarruf etish, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, ustavga va investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq fondlar aktivlari boʻyicha boshqa bitishuvlarni amalga oshirish;
bank hujjatlarini va fondning moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga binoan fond nomidan imzolash;
fond aksiyalarini chiqarishni hisobga olishga va aktivlarini joylashtirishga oid, depozitariy uchun majburiy boʻlgan farmoyishlar chiqarish;
fondlarning pul mablagʻlaridan, investitsiya fondlarining sof aktivlarini baholash tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarga, investitsiya deklaratsiyasiga va investitsiya fondlari faoliyatini cheklashlarga muvofiq, fondlar faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash uchun foydalanish;
fond Kuzatuvchi kengashining barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida, ovoz berish huquqisiz bitta vakilga ega boʻlish, majlislarning boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati yoki uning bilan fondlarni boshqarish toʻgʻrisida kontrakt tuzish shartlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha muhokama yoki 'ovoz berish davrlari bundan mustasno;
fond ustaviga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq aksiyadorlarning hamda Kuzatuvchi kengashning navbatdan tashqari umumiy majlisini chaqirishni talab qilish;
bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash huquqini yoki boshqaruvchi kompaniyaning tuzilgan kontrakt va fond ustaviga muvofiq oʻz majburiyatlarini fond nomidan bajarishi uchun boshqa vakolatlarni (ishonchnoma berish yoʻli bilan) berishni fondning Kuzatuvchi kengashidan talab qilish.
30. Boshqaruvchi kompaniya:
ustav qoidalari, Kuzatuvchi kengash va fond aksiyadorlari umumiy yigʻilishi qarorlari, mazkur Nizom, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq investitsiyalar va qimmatli qogʻozlar portfelini, shuningdek fondning boshqa mol-mulkini samarali boshqarishni taʼminlash va fondlar aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish uchun mumkin boʻlgan barcha harakatlarni koʻrish;
operatsiyalarni, shu jumladan fondning aksiyalari yoki qiymati uning oxirgi yil balans hisobotiga muvofiq fond aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq boʻlgan boshqa aktivlari bilan oldi-sotdi bitishuvlarini amalga oshirishda fond Kuzatuvchi kengashining yozma ravishdagi roziligini olish;
investitsiya instituti bilan ustavga muvofiq fond aksiyalariga obuna oʻtkazish yuzasidan zarur tayyorgarlik ishlarini oʻtkazish va unga obuna natijasida olingan barcha mablagʻlarni fond schyotiga kechiktirmay oʻtkazish majburiyatini yuklash;
fondga tegishli boʻlgan barcha naqd pullarni, mavjud cheklar va naqdinasiz toʻlovlarni fond bank schyotiga darhol oʻtkazish;
fondning bank schyotidan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha barcha toʻlov topshiriqnomalarini, ushbu topshiriqnomalarni bankka taqdim etishdan avval depozitariyga imzolash uchun taqdim etish;
har bir moliyaviy chorak tugagandan soʻng 30 kun mobaynida Kuzatuvchi kengashga fondning shu davrdagi ishi toʻgʻrisida:
a) fondning hisobot davrining boshidagi va oxiridagi buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va daromadlarning foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot, shuningdek buxgalteriya hisobotining boshqa shakllari;
b) hisobot davrida maxsus davlat kreditlarining olinishi, foydalanilishi va toʻlanishi toʻgʻrisidagi hisobot;
v) Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan hisobot davrida va IF yoki XIFning qimmatli qogʻozlari va boshqa aktivlari bilan amalga oshirilgan bitishuvlar roʻyxati;
g) IF yoki XIF mablagʻlari hisobidan hisobot davri davomida boshqaruvchi kompaniya tomonidan qilingan xarajatlar toʻgʻrisida belgilangan shakldagi hisobotdan iborat hisobot taqdim etish;
Kuzatuvchi kengashni boshqaruvchi kompaniya rahbarlari tarkibidagi oʻzgarishlar haqida oʻz vaqtida xabardor qilish;
Kuzatuvchi kengashga aksiyadorlarning yillik umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasidan 30 kun oldin fond faoliyati toʻgʻrisidagi balans hisobotini, shu jumladan sof aktivlar qiymati toʻgʻrisida hisobotni, maxsus davlat kreditlarining olinishi, foydalanilishi va toʻlanishi toʻgʻrisidagi hisobotni, shuningdek har bir aniq holda fondning mustaqil auditorlari tomonidan tasdiqlangan hisobot davrining oxirgi kunida tuzilgan buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish;
fondlarning investitsiya portfelini tashkil etuvchi barcha aktivlarni depozitariyda saqlash;
fondlar aksiyalari bilan bitishuv boʻyicha notoʻgʻri hisob-kitob qilingan taqdirda mablagʻlar fond schyotiga qaytarilishini yoki kompensatsiya qilinishini taʼminlash;
Markazga XIFlarda buxgalteriya hisoboti xususiyatlari haqidagi nizomda belgilangan hajmda va muddatda hisobot taqdim etishga majburdir.
31. Investitsiya fondi nomidan Kuzatuvchi kengash:
boshqaruvchi kompaniyaning yozma ravishdagi talabi boʻyicha fond aktivlarini boshqarish yuzasidan kontraktga fondning investitsiya deklaratsiyasi va ustaviga, muvofiq oʻz vazifalarini bajarishi uchun unga (ishonch qogʻozi berish yoʻli bilan) hujjatlarni imzolash huquqini berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;
fond bilan tuzilgan kontrakt boʻyicha boshqaruvchi kompaniya tomonidan oʻz majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilishga majbur.
Fond oʻz ixtiyoriga koʻra, kontrakt boshqaruvchi kompaniya tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, uni bekor qilish huquqiga ega.
32. Boshqaruvchi kompaniya eʼtiborsizligi, firibgarligi yoki boshqaruvchi kompaniya tomonidan qonun bilan man etilgan boshqa harakatlari natijasida fondga yetkazilgan zararlar uchun fond oldida javob beradi.
VII. BOShQARUVChI KOMPANIYA FAOLIYATIDAGI ChEKLAShLAR
33. Fond aktivlarini boshqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirishda boshqaruvchi kompaniya quyidagi huquqlarga ega emas:
IFlar va XIFlar faoliyatida qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan cheklashlar mavjud boʻlganda fond nomidan harakatlar sodir etish;
Markaz tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar talablari, shu jumladan aktivlar tarkibiga boʻlgan talablar buzilishiga olib keluvchi bitishuvlar tuzish;
investitsiya portfelini tashkil etuvchi fondlar aktivlari hisobiga qaytariladigan qarz mablagʻlarini jalb qilish, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari uchun toʻlov muddatini kechiktirish sifatida XIFlarga berilgan maxsus davlat kreditlari bundan mustasno;
fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlardan ushbu fond aktivlarini boshqarish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻz majburiyatlari bajarilishini taʼminlash yoki uchinchi shaxs majburiyatlarini bajarish uchun foydalanish;
XIF aktivlari hisobiga qimmatli qogʻozlarni sotib olish, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini va davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish bundan mustasno;
fond aktivlari hisobiga oʻziga tobe shaxslardan investitsiya obyektlarini sotib olish yoxud ularga xuddi shunday obyektlarni berish;
u boshqaradigan investitsiya fondlarining aksiyalarini sotib olish;
oʻziga tobe shaxslar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni, shuningdek oʻziga tobe shaxslar boshqaradigan investitsiya fondlari aksiyalarini sotib olish;
fondlarning investitsiya aktivlarini oʻziga tobe shaxslarga, depozitariyga, ixtisoslashtirilgan reyestr saqlovchiga, fondning mustaqil auditoriga, shuningdek davlat organlariga va oʻzini-oʻzi boshqarish mahalliy organlariga tarqatish;
fond investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlarni mulk qilib sotib olish, oʻz mol-mulkini fond aktivini tashkil etuvchi mulk tarkibiga berish, boshqaruvchi kompaniyaga mukofot pulini toʻlashda xato topilgan taqdirda, investitsiya fondining belgilangan meʼyordan ortiq xarajatlarini toʻlash uchun oʻz pul mablagʻlarining ishlatilishi, fond pul mablagʻlari va aktivlarining qaytarilishi, Markaz meʼyoriy hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno;
boshqa boshqaruvchi kompaniya, unga tobe shaxslar, ixtisoslashtirilgan depozitariy, investitsiya fondining mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni sotib olish;
boshqaruvchi kompaniyaning oʻzi yoki boshqaruvchi kompaniyani nazorat qiluvchi yoxud uning nazorati ostida boʻlgan shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga fond mol-mulkini investitsiya qilish yuzasidan toʻgʻridan toʻgʻri yoki uchinchi shaxslar orqali bitishuvlar tuzish, shuningdek boshqaruvchi kompaniya iqtisodiy manfaatga ega boʻlgan korxonalarning qimmatli qogʻozlariga fond mol-mulkini fond Kuzatuvchi kengashining oldindan yozma ravishdagi roziligisiz investitsiya qilish;
ustav fondida fondning ulushi besh va undan ortiq foizni tashkil etuvchi korxona bitishuvning bir tomoni boʻlganda fondning Kuzatuvchi kengashi ruxsatisiz bu bitishuvga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga maslahat berish;
qonun hujjatlari, fond ustavi yoki investitsiya deklaratsiyasi bilan man etilgan fond faoliyati turlari bilan bogʻliq qarorlar qabul qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan boshqaruvchi kompaniya faoliyatiga qoʻshimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
34. Boshqaruvchi kompaniya va ustav fondida fondga taalluqli ulush miqdori besh va undan ortiq foiz boʻlgan korxona oʻrtasidagi har qanday kontrakt fond Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
35. Fond bilan fond Kuzatuvchi kengashi aʼzolari, shuningdek boshqaruvchi kompaniya Kuzatuvchi kengashi aʼzolari va mansabdor shaxslarining iqtisodiy manfaatlari mavjud boʻlgan yuridik shaxs oʻrtasidagi har qanday bitishuv fond Kuzatuvchi kengashi tomonidan maʼqullanishi kerak.
Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar, agar ular mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda turgan boʻlsalar yoxud ustav jamgʻarmasida fondga taalluqli ulush besh va undan ortiq foiz boʻlsa yoki fond aksiyalarining besh va undan ortiq foizi unga tegishli boʻlgan yuridik shaxsga nisbatan mulkdor yoki kreditor huquqlariga ega boʻlsalar iqtisodiy manfaatdor shaxslar hisoblanadi.
36. Boshqaruvchi kompaniya rahbarlarining va mansabdor shaxslarining aksiyalarni fond birjasida (birjaning fond boʻlimlarida) savdoga qoʻyish yuzasidan ekspertizada qatnashishi taqiqlanadi.
37. Fond faoliyatidagi cheklashlarning boshqaruvchi kompaniya tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
VIII. BOShQARUVChI KOMPANIYANI MUKOFOTLASh
38. Fondga xizmat koʻrsatgani uchun Boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash fond tomonidan asosiy va qoʻshimcha (mukofot) ragʻbatlantirish sifatida toʻlanadi.
Boshqaruvchi kompaniya uchun asosiy mukofot choraklar boʻyicha taqsimlangan bir yil uchun cheklangan summada belgilanadi. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan asosiy mukofotning umumiy miqdori fond sof aktivlari oʻrtacha yillik qiymatining besh foizidan oshmasligi kerak. Koʻrsatilgan summaga fondni boshqarish haqidagi kontraktning bajarilishi boʻyicha boshqaruvchi kompaniyaning hamma xarajatlarini qoplash kiritiladi. Investitsiya fondlari haqidagi nizomga muvofiq fond hisobidan sarflanadigan xarajatlar bundan mustasno.
Boshqaruvchi kompaniyani qoʻshimcha ravishda (mukofot) ragʻbatlantirish puli kontraktga muvofiq yil yakunlari boʻyicha biroq, fond sof aktivlari yillik oʻsishining, ushbu yilda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha depozitlarga sof aktivlarni joylashtirishda vujudga keladigan ortiqcha oʻsishning koʻpi bilan 7 foizi miqdorida toʻlanadi.
39. Fondga xizmat koʻrsatgani uchun boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash pulining miqdori, muddati va toʻlash tartibi ular oʻrtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
IX. BOShQARUVChI KOMPANIYA LITSENZIYASINING AMALDA BOʻLIShINI TOʻXTATISh VA UNI BEKOR QILISh
40. Markaz Boshqaruvchi kompaniya litsenziyasining amalda boʻlishini quyidagi asoslarga muvofiq toʻxtatishga haqli:
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, mazkur Nizom va boshqa meʼyoriy hujjatlar, shu jumladan Markaz tomonidan tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlar talablarining buzilishi;
fond aktivlari tarkibini shakllantirish qoidalarining bir necha marta buzilishi;
moliyaviy faoliyatda buzilishlarning mavjudligi;
meʼyoriy hujjatlar, mazkur Nizom bilan boshqaruvchi kompaniya faoliyatiga qoʻyilgan shartlar va talablarni buzish hollari va ularni bartaraf etish muddatlari yuzasidan Markazning yozma koʻrsatmalariga bir necha marta rioya qilinmasligi;
boshqaruvchi kompaniya tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri maʼlumotlarning aniqlanishi;
boshqaruvchi kompaniya va fond egalari manfaatlari yuzasidan nizo mavjud boʻlganda boshqaruvchi kompaniya tomonidan oʻz foydasiga bitishuvlar sodir etishi;
fondlarning sof aktivlarini baholash tartibining hamda Markaz tomonidan belgilangan hisobot berish tartibi va muddatlarining buzilishi, shuningdek notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud boʻlgan hisobot taqdim etilishi;
auditor, Markaz tomonidan tekshirishning rad etilishi, shuningdek auditorga yoki Markaz tomonidan vakil qilingan shaxslarga tekshirish uchun materiallar va hujjatlarni berishning rad etilishi;
boshqaruvchi kompaniya tomonidan olti oy mobaynida aktivlarni boshqarish yuzasidan faoliyatning amalga oshirilmasligi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining, mazkur Nizom va Markaz tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlarning fondlar aksiyadorlarining huquqlari va mulkiy manfaatlari buzilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan boshqacha tarzda buzilishi.
41. Markazning litsenziyaning amalda boʻlishini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi xabarida:
litsenziyaning amalda boʻlishini toʻxtatib qoʻyish asoslari koʻrsatiladi;
buzilishni bartaraf etish chora-tadbirlari va muddatlari, shuningdek litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilgan muddat mobaynida sodir etilishi taqiqlangan harakatlar belgilanadi.
42. Litsenziyani toʻxtatib qoʻyishga olib kelgan holatlarni hisobga olgan holda Markaz boshqaruvchi kompaniyaga:
investitsiya portfellarini joylashtirishni;
investitsiya portfellarini sotib olishni;
fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi mol-mulk hisobiga mol-mulk sotib olishni;
fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi mol-mulkni boshqalarga berishni taqiqlab qoʻyishi mumkin.
43. Boshqaruvchi kompaniya Markaz tomonidan belgilangan muddat mobaynida huquq buzilishini (uning oqibatlarini) bartaraf etishga va bu haqda Markazga yozma hisobot berishga majbur.
Litsenziyaning amalda boʻlishi Boshqaruvchi kompaniyaning buzilish bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish, zarur hollarda, hisobotdagi axborotlarning toʻgʻriligini tekshirish yakunlari boʻyicha tiklanadi.
44. Markaz boshqaruvchi kompaniyaning litsenziyasini kuyidagi asoslar boʻyicha bekor qilish huquqiga ega:
boshqaruvchi kompaniyaning tugatilishi;
boshqaruvchi kompaniyaning belgilangan tartibda bankrot deb eʼtirof etilishi;
boshqaruvchi kompaniya tomonidan aktivlarni boshqarishga taalluqli boʻlmagan faoliyatning amalga oshirilishi;
Markaz tomonidan belgilangan muddatda litsenziyaning amalda boʻlishini toʻxtatishga asos boʻlgan buzilishni (buzilish oqibatini) bartaraf etish yuzasidan harakat qilmaslik;
Markazning fondlar aktivlarini boshqarish huquqini beruvchi litsenziyasining boshqa shaxsga berilishi yoki sotilishi;
boshqaruvchi kompaniya faoliyatida jiddiy va bir necha marta moliyaviy buzilishlarning mavjudligi, firibgarlik hollarining yoxud jinoyat hisoblanadigan boshqa harakatlarning aniqlanishi;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa asoslar.
Boshqaruvchi kompaniya faoliyatida jinoyat hisoblanadigan harakatlar aniqlanganda Markaz litsenziyani bekor qilish bilan bir paytda materiallarni darhol huquqni muhofaza qilish organlariga yuborishga majbur.
45. Litsenziya bekor qilingan taqdirda, fond tomonidan yangi Boshqaruvchi kompaniya bilan kontrakt tuzilgunga qadar, fondning Kuzatuvchi kengashi fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlarni vaqtincha boshqaruvchini tayinlaydi. Vaqtincha boshqaruvchini tayinlash tartibi Markaz tomonidan belgilanadi.
Litsenziya bekor qilingan paytdan boshlab Boshqaruvchi kompaniya investitsiya instituti sifatidagi oʻz faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emas hamda boshqaruvchi kompaniyaning vaqtincha boshqaruvchisi tayinlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida unga fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlarni boshqarishga taalluqli barcha hujjatlarni va fondning boshqa hujjatlarini berishga majbur.
46. Fondning aktivlarini boshqarish huquqini beruvchi litsenziya bekor qilingan taqdirda Markaz tomonidan bu faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish yuzasidan hujjatlar ilgari berilgan litsenziya bekor qilingandan soʻng uch yil oʻtgandan keyin qabul qilinadi va koʻrib chiqiladi.
47. Litsenziyaning amalda boʻlishining toʻxtatib qoʻyilishi yoki uning bekor qilinishi ustidan boshqaruvchi kompaniya sudga shikoyat qilishi mumkin.
X. BOShQARUVChI KOMPANIYANI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
48. Boshqaruvchi kompaniyani qayta tashkil etish va tugatish tijorat tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy ravishda qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda boshqaruvchi kompaniya aktivlarini boshqarish yuzasidan kontraktlar tuzilgan fondlarning Kuzatuvchi kengashlarini qayta tashkil etish yoki tugatish tartibotlari boshlanishidan kamida 45 kun oldin kutilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Boshqaruvchi kompaniya sud qarori bilan iqtisodiy nochorlik belgilari boʻyicha va bankrot deb eʼlon qilinishi munosabati bilan tugatilgan taqdirda uning fondlar bilan tuzilgan kontraktlari darhol toʻxtatiladi.
49. Fondlar bilan tuzilgan kontraktlar bekor qilingan taqdirda boshqaruvchi kompaniya fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan shaxsga fondning barcha hujjatlarini hamda Kuzatuvchi kengash yoki voris hisoblangan boshqaruvchi kompaniya tomonidan asosli ravishda soʻralgan har qanday axborotni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.