1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.05 Aksiyadorlik jamiyatlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AKSIYADORLIK JAMIYATLARINI BOShQARISh TIZIMINI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qayd etadiki, aksiyadorlashtirilgan korxonalarda va yangidan barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarida tashkil etilgan boshqaruv organlari (aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, kuzatuvchi kengash va boshqaruv) umuman olganda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘rmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan bir vaqtda bir qancha aksiyadorlik jamiyatlarida va xolding kompaniyalarida ma’muriy — buyruqbozlik prinsiplariga asoslangan eski boshqaruv usullari hamon saqlanib qolmoqda, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlari va kuzatuvchi kengashlarning rahbarlik o‘rni zarur darajada ta’minlanmayapti. Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruvlari rahbarlarini yollashning kontrakt tizimi mexanizmi ishga tushirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlik va ijro etuvchi organlari faoliyatini aniq tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarning mavjud emasligi buning sabablaridan biridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlarning faol qatnashishini ta’minlash, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va kuzatuvchi kengashning ahamiyatini oshirish, bozor sharoitlarida korxonalarning samarali ishlashi uchun ijro etuvchi organlarning mas’uliyatini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi to‘g‘risidagi Namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(1-banding to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)
(1-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aksiyadorlik jamiyatlariga uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zlarining ta’sis va ichki me’yoriy hujjatlarini mazkur qaror bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengashlar tarkibini, ularga aksiyalarning eng ko‘p paketlari egalarini kiritgan holda, qayta ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyati nomidan ish ko‘ruvchi Kuzatuvchi kengash raisi bilan ijro etuvchi organ rahbari o‘rtasida uni yollash to‘g‘risida mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi organ rahbarining korxona faoliyati natijalari to‘g‘risida kuzatuvchi kengash oldida har chorakda va aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida vaqti-vaqti bilan hisobot berishi amaliyotga joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Adliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida aksiyadorlik jamiyatlariga ko‘maklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi davlatga tegishli aksiyalar paketlarini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risida ilgari tuzilgan shartnomalarni ikki oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining komplekslari 1998-yil 1-oktabrgacha ustav jamg‘armalarida davlat ulushi 25 foizdan oshadigan aksiyadorlik jamiyatlarining Kuzatuvchi kengashlariga davlatning ishonchli vakillari tayinlanishini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 22-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom “______________” aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi maqomini belgilaydi va uning ishini, uni o‘tkazish va qarorlar qabul qilinishini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda __________ __________________ aksiyadorlik jamiyati ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Jamiyat har yili Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishi shart (ochiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi shaxsan qatnashish shaklida, yopiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi shaxsan qatnashish yoki sirtqi shaklda o‘tkaziladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Aksiyadorlarning yillik Umumiy yig‘ilishi Jamiyat ustavida belgilangan muddatlarda, biroq moliyaviy yil tamom bo‘lgandan keyin olti oydan kechikmay o‘tkaziladi. Aksiyadorlarning hisobot Umumiy yig‘ilishida yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni uzaytirish mumkinligi yoki to‘xtatish to‘g‘risidagi masala, jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobot va qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalar majburiy tartibda ko‘rib chiqiladi.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishidan boshqa o‘tkaziladigan yig‘ilishlar navbatdan tashqari yig‘ilishlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.6. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi sanasi, uni o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga ma’lum qilish shakli, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish paytida aksiyadorlarga taqdim etiladigan materiallar (axborot) ro‘yxati jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG‘ILIShINING VAKOLATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining mutlaq vakolatiga quyidagilar tegishli bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamiyat Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) jamiyatni tugatish, tugatuvchi tayinlash hamda oraliq va uzil-kesil tugatish balanslarini tasdiqlash;
(2.1-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jamiyat Kuzatuvchi kengashining son tarkibini belgilash, uning a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) e’lon qilingan aksiyalarning cheklangan miqdorini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jamiyat ustav jamg‘armasini ko‘paytirish yoki kamaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) o‘z aksiyalarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) jamiyat ijro etuvchi organini tuzish (saylash, tayinlash, yollash va hokazolar), uning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish (bekor qilish), agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish Kuzatuvchi kengash vakolatlariga kiritilmagan bo‘lsa, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ a’zolari tomonidan jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlarini bajarishda qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan yoki uni bajarish barbod qilingan taqdirda, ular bilan tuzilgan shartnomalar Kuzatuvchi kengash tomonidan muddatidan oldin to‘xtatilgan hollar bundan mustasno;
(2.1-bandning “z” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini (taftishchisini) saylash hamda ularning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) auditorlik tekshiruvi o‘tkazish, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga haq to‘lashning cheklangan miqdorini belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
(2.1-bandning “k” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) jamiyatning yillik biznes-rejalarini (ushbu masalani hal etish jamiyat ustavida Kuzatuvchi kengashning vakolatlariga tegishli deb topilgan yoki Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan unga topshirilgan hollar bundan mustasno) jamiyat yillik hisobotlarini, buxgalterlik balanslarini, foyda va zararlari schyotini tasdiqlash, uning foyda va zararlarini taqsimlash;
(2.1-bandning “l” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l1) Jamiyatning kuzatuvchi kengashi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha, shu jumladan jamiyatni boshqarish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etish bo‘yicha uning hisobotlarini eshitish;
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qaroriga muvofiq “l1” kichik bandi bilan to‘ldirildi — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(2.1-bandning “m” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) aksiyalar ochiq yozilish orqali joylashtirilgan hollarda aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlarni sotib olishga aksiyadorning ustunlik huquqini qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Umumiy yig‘ilish ish tartibini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) aksiyalarni bo‘lish va jamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) yirik bitishuvlarni sodir etish, ular quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday bitishuvlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanada qiymati jamiyat aktivlari balans qiymatining ellik foizidan ortiqni tashkil etuvchi mol-mulkni jamiyat tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘riyoki bilvosita sotib olish yoki begonalashtirish, yoxud begonalashtirish imkoniyati bilan bog‘liq bitishuvlar yoki o‘zaro bir-biriga bog‘liq bir necha bitishuvlar, odatdagi xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etiladigan bitishuvlardan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat tomonidan ilgari joylashtirilgan oddiy (odatdagi) aksiyalarning ellik foizdan ortiqni tashkil etuvchi oddiy (odatdagi) aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan oddiy (odatdagi) aksiyalarni yoxud imtiyozli aksiyalarni joylashtirish bilan bog‘liq bitishuv yoki o‘zaro bir-biriga bog‘liq bir necha bitishuv. Yirik bitishuv mavzusi hisoblangan mol-mulk qiymatini belgilash jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
(2.1-bandning “r” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
2.1-bandning “r” kichik bandiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) sodir etilishidan jamiyat kuzatuvchi kengashi a’zosi, jamiyat boshqaruvining boshqa organlarida lavozimni egallab turgan shaxs, o‘ziga qaram bo‘lgan (affilior) shaxs bilan birgalikda jamiyatning yigirma foiz yoki undan ortiq ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) manfaatdor bo‘lgan bitishuvlarni tuzish, basharti ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, ularning turmush o‘rtoqlari, ota-onalari, bolalari, aka-ukalari, opa-singillari, shuningdek ularning barchasi affilior shaxslar bo‘lsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bunday bitishuvning tarafi hisoblansa yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashuvchi yuridik shaxs aksiyalarining yigirma foiziga yoki undan ortiq aksiyalariga egalik qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— bitishuv tarafi hisoblangan yoki unda vakil yoki vositachi sifatida qatnashayotgan yuridik shaxsning boshqaruv organlarida lavozimni egallab turgan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tuzilishidan manfaatdorlik mavjud bo‘lgan jamiyat bilan bitishuv tuzish to‘g‘risidagi qaror ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan, bitishuvdan manfaatdor bo‘lmagan aksiyadorlarning ko‘pchilik ovozi bilan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida quyidagi hollarda: 1) agar bitishuv bo‘yicha to‘lov summasi va bitishuv mavzusi bo‘lgan mol-mulk qiymati jamiyat aktivlari qiymatining besh foizidan ortiq bo‘lsa; 2) agar bitishuv va (yoki) o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha bitishuv jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarini yoki ilgari joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarning besh foizidan ortiq bo‘lgan miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga konvertatsiya qilinadigan boshqa qimmatli qog‘ozlarini joylashtirish hisoblansa qabul qilinadi.
(“s” kichik bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
t) qonunda va jamiyat Ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etish.
(2.1-bandning “t” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a”, “b”, “v”, “d”, “r” kichik bandlarida nazarda tutilgan masalalar bo‘yicha qarorlar Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etuvchi ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlar to‘rtdan uch qismining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
(2.1-bandning oxirgi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. UMUMIY YIG‘ILIShDA QATNAShISh HUQUQI. AKSIYADORLARNI VA ULARNING VAKOLATLI VAKILLARINI RO‘YXATDAN O‘TKAZISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish rasman e’lon qilingan kungacha uch kalendar kunda shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(3.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga o‘zgartirishlar faqat reyestr tuzilgan sanada ko‘rsatib o‘tilgan reyestrga kiritilmagan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki uni tuzishda yo‘l qo‘yilgan xato tuzatilgan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan ularning vakolatli vakillari, jamiyat auditori, jamiyat Kuzatuvchi kengashi va ijro etuvchi organlari a’zolari, jamiyat taftish komissiyasi a’zolari hozir bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar (Kuzatuvchi kengashni va jamiyat nazorat organlarini saylash bo‘yicha ovoz berish byulleteniga kiritilgan nomzodlarni, shuningdek yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbarini tayinlash bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni ham taklif etish tavsiya etiladi).
(3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun aksiyadorlar yoki ularning vakolatli vakillari yig‘ilish to‘g‘risidagi bildirishnomada ko‘rsatilgan joy va vaqt bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun kelgan jismoniy shaxslar bo‘lgan aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish pasport yoki aksiyadorning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat ko‘rsatilgach, vakilga nisbatan esa notarial tartibda tasdiqlangan ishonchnoma ko‘rsatilgach amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Yuridik shaxs rahbari jamiyat aksiyadori Umumiy yig‘ilishdagi o‘z vakolatlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi huquqiy hujjat hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Aksiyador yuridik shaxsning vakili Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida tashkilot rahbarining imzosi bilan yoki bunga ta’sis hujjatlari bilan vakil qilingan boshqa shaxsning imzosi chekilgan, ushbu tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan uning nomiga berilgan ishonchnoma mavjud bo‘lgan taqdirda qatnashishi mumkin.
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Jamiyat aksiyadorlari reyestriga binoan 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha qayd etish ro‘yxati tuziladi.
(3.11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish ro‘yxati risola holiga keltirilgan, tartib raqami qo‘yilgan, ip o‘tkazib tikilgan va aksiyadorlik jamiyati muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishda aksiyadorlar (ularning vakillari) qayd etish ro‘yxatiga imzo chekadilar va jamiyat aksiyadorlari reyestri ma’lumotlari bo‘yicha belgilangan har bir aksiyadorning ovoz beruvchi aksiyalari sonidan kelib chiqib ovoz berish uchun byulletenlar to‘plamini (2-ilovaga) oladilar.
(3.12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.13. Agar yig‘ilish qatnashchisi bir yoki bir necha aksiyadorning manfaatlarini ifodalashga ishonchnoma taqdim etsa, u holda unga u ifodalayotgan aksiyador (aksiyadorlar) uchun ovoz berishga byulleten beriladi, ro‘yxatdan o‘tish ro‘yxatida esa u ifodalayotgan aksiyadorning familiyasi qarshisiga “__________ta (soni) ovoz beruvchi aksiyalar bo‘yicha “_____” da berilgan ishonchnoma bo‘yicha” degan yozuv qayd etiladi hamda vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi (3, 3a-ilovalar).
(3.15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.151. Agar jamiyat aksiyalari bir necha shaxslarning umumiy ulushli mulkida bo‘lsa, u holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish bo‘yicha vakolat ularning xohishi bo‘yicha umumiy ulushli mulk qatnashchilaridan biri tomonidan yoxud ularning umumiy vakili tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslardan har birining vakolati zarur tarzda rasmiylashtirilishi kerak.
(3.151-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. AKSIYADORLARNING YILLIK UMUMIY YIG‘ILIShINI O‘TKAZIShGA TAYYoRGARLIK KO‘RISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishni Kuzatuvchi kengash amalga oshiradi. Kuzatuvchi kengash quyidagilarni belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining o‘tkaziladigan sanasi, joyi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri tuziladigan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga ma’lum qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim qilinadigan ma’lumotlar (materiallar) ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish uchun byulletenning shakli va matni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yig‘ilishni o‘tkazish shakli (yopiq aksiyadorlik jamiyatlari uchun).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi rasmiy e’lon qilingan sanadan 30 kalendar kun oldin tuzilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida matbuotda tegishli axborotni e’lon qilish va aksiyadorlarga yozma bildirishnoma (4-ilova) yuborish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyati yozma bildirishnomani aksiyadorga va davlat vakiliga mustaqil ravishda yoxud tegishli xizmatlar ko‘rsatishga jamiyat bilan qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi orqali yuborishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorning talabiga ko‘ra jamiyat aksiyadorga uning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun tuzilgan jamiyat aksiyadorlari reyestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat vakiliga xabar berish muddati jamiyat tomonidan belgilanadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlariga va davlat vakiliga aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi sanasidan oldin 10 kalendar kundan kechikmay aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida yozma bildirishnoma yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat aksiyadorlari reyestri tuzilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yig‘ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlarni va davlat vakilini Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar (materiallar) bilan tanishtirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlat vakiliga taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlar (materiallar)ga jamiyatning yillik hisoboti, jamiyatning yillik moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha jamiyat taftish komissiyasi (taftishchi) va auditorlik tashkilotining xulosasi, yakka boshchilik qiladigan ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ, boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma muddatini uzaytirish, qayta tuzish yoki shartnomani bekor qilish mumkinligi to‘g‘risida jamiyat Kuzatuvchi kengashi xulosasi, jamiyat Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasi a’zoligiga (taftishchilarga) nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, jamiyat ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar loyihasi yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavi loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yig‘ilishni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rishda aksiyadorlarga va davlatning vakiliga taqdim etilishi shart bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar (materiallar) ro‘yxati qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanishi mumkin.
(4.1 — 4.4-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Agar jamiyat aksiyadorlari reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxs aksiyalarning nominal egasi bo‘lsa Umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risidagi bildirishnoma aksiyalarning nominal egasiga yuboriladi. Aksiyalarning nominal egasi uni o‘z mijozlariga qonun hujjatlarida yoki mijoz bilan tuzilgan shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Jamiyat Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga doir takliflar (5-ilovada ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha) jamiyatning kamida bir foiz ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorlar tomonidan, basharti jamiyat Ustavida kechroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, jamiyat moliyaviy yili tamom bo‘lgandan keyin 30 kundan kechikmay yuboriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan aksiyadorlar, shuningdek aksiyadorlar yillik Umumiy yig‘ilish kun tartibiga masalalar kiritishga hamda jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga va jamiyat taftish komissiyasiga (taftishchiga) nomzodlar ko‘rsatishga haqlidir, ularning soni ushbu organlar son tarkibidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(4.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalani qo‘yish sababi, masalani kiritayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning nomi, unga tegishli aksiyalar soni va tipi ko‘rsatilgan holda yozma shaklda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga va taftish komissiyasiga (taftishchiga) nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risida takliflar kiritishda, shu jumladan o‘z nomzodini ko‘rsatishda nomzodning ismi, unga tegishli aksiyalar soni va tiplari (agar nomzod jamiyatning aksiyadori bo‘lsa), shuningdek nomzodni ko‘rsatuvchi aksiyadorlarning nomlari, ularga tegishli aksiyalarning soni va tiplari ko‘rsatiladi.
(4.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Jamiyatning kuzatuvchi kengashi tushgan takliflarni mazkur Nizomning 4.6-bandida belgilangan muddat tamom bo‘lgandan keyin 15 kundan kechikmay ko‘rib chiqishga va ularni aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish yoki kun tartibiga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.9. Aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan kiritilgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilishi, shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyat Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilishi kerak, quyidagi hollar bundan istisnodir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan mazkur Nizomning 4.6-bandida belgilangan muddatga rioya qilinmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyador (aksiyadorlar) mazkur Nizomning 4.6-bandida nazarda tutilgan jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari miqdoriga egalik qilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatning saylov organlariga ko‘rsatilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— taklif qonun hujjatlariga talablariga muvofiq bo‘lmasa.
(4.9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.10. Jamiyat Kuzatuvchi kengashining masalani aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish yoki nomzodni jamiyatning Kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar bo‘yicha ovoz berish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritish asosli ravishda rad etilishi to‘g‘risidagi qarori ushbu qaror qabul qilingan kundan keyin uch kundan kechikmay masalani kiritgan yoki taklif bergan aksiyador (aksiyadorlar)ga yuboriladi.
(4.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.11. Jamiyat kuzatuvchi kengashining masalani aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish yoki jamiyatning nomzodni kuzatuvchi kengashi va taftish komissiyasiga (taftishchiga) saylovlar bo‘yicha nomzodlar ro‘yxatiga kiritish rad etilishi to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
(4.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. AKSIYADORLARNING NAVBATDAN TAShQARI UMUMIY YIG‘ILIShINI O‘TKAZIShGA TAYYoRGARLIK KO‘RISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi jamiyat Kuzatuvchi kengashi qaroriga ko‘ra quyidagilar asosida o‘tkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— taftish komissiyasi talabi bilan;
(5.1-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— talab berilgan sanada jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan (6-ilovaga muvofiq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida talab berilgan paytdan boshlab 45 kundan kechikmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risidagi talabda yig‘ilish kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan masalalar ularni kiritish sabablari ko‘rsatilgan holda ifodalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.4. Jamiyatning Kuzatuvchi kengashi jamiyatning taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi bilan chaqirilayotgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalar ifodalanishiga o‘zgartirishlar kiritishga haqli emas.
(5.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.5. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi talab aksiyador (aksiyadorlar)dan chiqqan bo‘lsa, unda yig‘ilish chaqirilishini talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning ismi (nomi), unga tegishli aksiyalar soni, tipi ko‘rsatilishi kerak.
(5.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.6. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi talab aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilayotgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.7. Jamiyat taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishni chaqirish to‘g‘risidagi talabi berilgan sanadan boshlab o‘n kun ichida jamiyat Kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishining chaqirilishi yoxud uning chaqirilishi rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kerak.
(5.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.8. Jamiyat taftish komissiyasi yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 10 foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar)ning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishni chaqirish to‘g‘risidagi talabi rad etilishi haqidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinishi mumkin, agar:
(5.8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishni chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar) talab berilgan sanada jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foiziga egalik qilmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish uchun taklif etilgan savollardan hech biri uning vakolatiga tegishli bo‘lmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kun tartibiga kiritish uchun taklif qilinayotgan masala qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.9. Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish yoki uni chaqirishni asosli ravishda rad etish to‘g‘risidagi qarori uni chaqirishni talab qiluvchi shaxslarga ushbu qaror qabul qilingan paytdan boshlab uch kundan kechikmay yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.10. Jamiyat kuzatuvchi kengashining aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.11. Agar 45 kun ichida jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilinmasa yoki mazkur Nizomning 5.8-bandida ko‘rsatilmagan sabablar bo‘yicha uni chaqirish rad etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uni chaqirishni talab qiluvchi shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish xarajatlari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra jamiyat mablag‘lari hisobiga qoplanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.12. Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Kuzatuvchi kengashning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risidagi masalalarni ko‘rib chiqishda aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishlari mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq tartibda chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. UMUMIY YIG‘ILISh KVORUMI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, agar umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish tamom bo‘lishi paytida Jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami bo‘lib kamida 60 foizidan ortig‘iga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari), shu jumladan aksiyalarning davlatga tegishli paketini ishonchli boshqaruvchi yoki davlat vakili (aksiyadorlik jamiyatining ustav jamg‘armasida davlatga tegishli aksiyalar paketi mavjud bo‘lsa) ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa qonuniy kuchga (kvorumga) ega bo‘ladi.
LexUZ sharhi
6.1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Agar imtiyozli aksiyalar kun tartibining faqat bitta yoki bir nechta masalalari bo‘yicha ovoz bersa, yig‘ilish kvorumi taqdim etilgan oddiy aksiyalar soniga qarab belgilanadi, ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha ovozlarni sanash esa ovoz beruvchi oddiy va imtiyozli aksiyalarning umumiy sonidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Agar yig‘ilish boshlanishi uchun belgilangan vaqtdan so‘ng 60 minutdan ortiq vaqt davomida kvorum to‘planmasa, aksiyadorlarning yangi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi e’lon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Bo‘lib o‘tmagan Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘rniga chaqirilgan yangi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, agar unda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tamom bo‘lishi paytida jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalari ovozlarining jami kamida 60 foiziga egalik qilgan aksiyadorlar (ularning vakillari) ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa huquqiy vakolatlidir
(6.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Agar takroriy yig‘ilishda kvorum to‘planmasa, u holda aksiyadorlar tashabbusi bilan chaqirilayotgan yig‘ilish bo‘lib o‘tmagan deb hisoblanadi va bundan keyin chaqirilmaydi; jamiyat Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki auditorining tashabbusi bilan chaqirilayotgan yig‘ilish jamiyatning tarqatilgan va joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining jami bo‘lib kamida 60 foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (ularning vakillari) hozir bo‘lishi ta’minlanmagungacha shuncha marta chaqiriladi.
(6.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini chaqirish sanasi 20 kundan oz muddatda kvorum yo‘qligi munosabati bilan ko‘chirilgan taqdirda, Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar bo‘lib o‘tmagan Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reyestrga muvofiq aniqlanadi.
(6.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. UMUMIY YIG‘ILIShNING IShChI ORGANLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Quyidagilar Umumiy yig‘ilish ishchi organlari hisoblanadi: rayosat, sanoq komissiyasi, kotib (kotibiyat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi rayosati va raisi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida saylanadi. Bunda Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi prezidiumi tarkibiga lavozimiga ko‘ra Kuzatuvchi kengash raisi kiradi.
(7.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.3. Aksiyadorlar Umumiy yig‘ilishi raisi yig‘ilish rayosatiga boshchilik qiladi, yig‘ilish olib borilishini ta’minlaydi va buning uchun u o‘z vazifalarini zarur tartibda bajarilishi uchun zarur bo‘lgan barcha vakolatlarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.4. Umumiy yig‘ilish raisi yig‘ilishning borishiga rahbarlik qiladi, Umumiy yig‘ilish ishchi organlari ishini muvofiqlashtiradi, masalalarni muhokama qilish tartibini belgilaydi, ma’ruzachilarning nutq so‘zlashlari vaqtini chegaralaydi, yig‘ilishni olib borish va ovoz berish davomida tushuntirishlar beradi, zalda tartib o‘rnatilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.5. Umumiy yig‘ilish raisi umumiy yig‘ilish bayoni va qarorini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.6. Ovozlarni hisoblab chiqish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun aksiyadorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek ovoz berish uchun byulletenlar berish uchun Jamiyat kuzatuvchi kengashi tomonidan soni va shaxsiy tarkibini Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlaydigan sanoq komissiyasi tashkil etiladi.
(7.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.7. Sanoq komissiyasi tarkibi uch kishidan kam bo‘lishi mumkin emas. Sanoq komissiyasiga jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolari, jamiyat Taftish komissiyasi a’zolari, kollegial ijro etuvchi organ a’zolari, yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, teng ravishda boshqaruvchi tashkilot yoki boshqaruvchi, shuningdek nomzodlar tomonidan ushbu lavozimlarga ko‘rsatiladigan shaxslar kirishi mumkin emas.
(7.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(7.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.9. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida ovoz berish “jamiyatning bir ovoz beruvchi aksiyasi 1 ovoz” prinsipi bo‘yicha amalga oshiriladi (jamiyat kuzatuvchi kengashi a’zolari saylovlari bo‘yicha nomzodlar soniga qarab, qancha bo‘lsa shuncha ovoz berilgan hollar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollardan tashqari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.10. Ovoz berish byulletenlari orqali amalga oshiriladigan ovoz berishda ovozlar ovoz beruvchilarga ovoz berishning ehtimol tutilgan variantlaridan faqat bittasi qoldirilgan masalalar bo‘yicha hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan talab buzilgan holda to‘ldirilgan ovoz berish byulletenlari haqiqiy emas deb hisoblanadi va undagi mavjud masalalar bo‘yicha ovozlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.11. Agar ovoz berish byulletenida ovoz berishga qo‘yilgan bir necha masala mavjud bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan talab bir yoki bir necha masalaga nisbatan rioya qilinmasligi ovoz berish byulletenining umuman haqiqiy emasligi tan olinishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.12. Sanoq komissiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish masalasida mustaqil ish ko‘ruvchi yig‘ilishning ishchi organi hisoblanadi va kuzatuvchi kengashning taklifiga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.13. Sanoq komissiyasi vakolatlarining muddati u aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan saylangan paytdan boshlab aksiyadorlarning tegishli yig‘ilishi (yillik yoki navbatdan tashqari) tomonidan sanoq komissiyasining yangi tarkibi saylanishi (yoki qayta saylanishi) paytigacha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.14. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish paytida sanoq komissiyasi kuzatuvchi kengashning topshirig‘iga ko‘ra quyidagi funksiyalarini amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxatini tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish byulletenlarini va umumiy yig‘ilishning boshqa materiallarini beradi va yuboradi, berilgan (yuborilgan) byulletenlar hisobini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.15. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida aksiyadorlarning oldingi umumiy yig‘ilishi tomonidan saylangan sanoq komissiyasi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yig‘ilishda qatnashish uchun aksiyadorlarni (ularning vakillarini) ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchnomalar va ular tomonidan beriladigan huquqlar hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish byulletenlarini va umumiy yig‘ilishning boshqa axboroti (materiallari)ni beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kvorumi mavjudligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.16. Tarkibi bo‘lib o‘tayotgan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi davomida tasdiqlangan sanoq komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kvorumi mavjudligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlar (ularning vakillari) tomonidan Umumiy yig‘ilishda ovoz berish huquqini amalga oshirish munosabati bilan paydo bo‘luvchi masalalarni tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishga qo‘yilayotgan masalalar bo‘yicha ovoz berish tartibini tushuntiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berishning belgilangan tartibini va aksiyadorlarning ovoz berishda qatnashishi huquqini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovozlarni sanaydi va ovoz berish yakunlarini chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish yakunlari to‘g‘risida bayon tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ovoz berish byulletenlarini arxivga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. UMUMIY YIG‘ILIShNI OLIB BORISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini olib borish tartibi aksiyadorlarning har bir Umumiy yig‘ilishida mazkur Nizomga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Kuzatuvchi kengash raisi Umumiy yig‘ilishning sanoq komissiyasini, rayosatini va kotibini (kotibiyat - yirik aksiyadorlik jamiyatlari uchun tavsiya etiladi) saylashni taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.3. Aksiyadorlar tashabbusiga ko‘ra chaqirilgan Umumiy yig‘ilish rayosati tarkibini tasdiqlash bo‘yicha ovoz berish jamiyat Ustavi bilan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.4. Umumiy yig‘ilishni olib borish tartibi yig‘ilishning boshlanishi va taxminan tamom bo‘lishi vaqtini, nutqlar qancha davom etishi va tanaffuslarni, kun tartibi masalalarining izchilligini, kun tartibi masalalari bo‘yicha ma’ruzachilarning familiyalari va lavozimlarini, ovoz berishni amalga oshirish va uning natijalarini e’lon qilish tartibini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.5. Yig‘ilish davomida paydo bo‘luvchi joriy masalalarni rais muhokama qilinayotgan masala bo‘yicha Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida bosh prinsipdan: har bir qatnashchining belgilangan vaqt doirasida so‘zga chiqish huquqidan foydalanishi mumkinligidan kelib chiqib yakkaboshchilik bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.6. Kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda qatnashish istagini bildirganlar Umumiy yig‘ilish kotibiyatiga muhokama qilinadigan masalani ko‘rsatgan holda buyurtmanoma beradilar.
(8.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.8. Kun tartibining barcha masalalari muhokama qilingandan keyin rais Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini yopiq deb e’lon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG‘ILIShI BAYoNI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.1. Umumiy yig‘ilish kotibiyatining son va shaxsiy tarkibi Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.2. Kotibiyat tarkibini aniqlashga nisbatan mazkur Nizomning 7.10-bandiga muvofiq sanoq komissiyasi a’zolarini tayinlashga qo‘yiladigan talablarga o‘xshash talablar qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.3. Umumiy yig‘ilish kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Umumiy yig‘ilishning borishini bayonga qayd etib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yozma buyurtmanomalar bo‘yicha yig‘ilish kun tartibi masalalarini muhokama qilishda qatnashish istagini bildiruvchilar ro‘yxatini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Umumiy yig‘ilish tamom bo‘lgandan so‘ng 15 kundan kechikmay Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonini ikki nusxada tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.4. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan joy va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalari egasi bo‘lgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlarning umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yig‘ilishda qatnashgan aksiyadorlar egalik qilgan ovozlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yig‘ilish raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilish kun tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— nutqlarning asosiy qoidalari, ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ovoz berish yakunlari va Umumiy yig‘ilish tomonidan qabul qilingan qarorlar ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.5. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayoni Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.6. Sanoq komissiyasi bayoni yig‘ilishning maxsus qarori bilan tasdiqlanmaydi, balki ma’lumot uchun qabul qilinadi hamda Umumiy yig‘ilish bayonnomasiga tikib qo‘yilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9.7. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayoni imzolangandan keyin sanoq komissiyasi yig‘ilish hujjatlarini, shu jumladan Umumiy yig‘ilishning ro‘yxatdan o‘tish ro‘yxatini, sanoq komissiyasi a’zolari tomonidan imzolangan muhrlangan ovoz berish byulletenlarini, ovoz berish yakunlari to‘g‘risidagi bayonlarni va Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi bayonini saqlash uchun jamiyat arxiviga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. AKSIYADORLAR UMUMIY YIG‘ILIShI QARORLARINI BAJARISh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlari bajarilishi ustidan nazorat qilishni, basharti yig‘ilish qarorida o‘zgacha hol qayd etilmagan bo‘lsa va bayonda aks ettirilmagan bo‘lsa, jamiyat kuzatuvchi kengashi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarorlari Umumiy yig‘ilishda hozir bo‘lgan, shuningdek hozir bo‘lmagan barcha aksiyadorlar tomonidan, ularga tegishli qismi bo‘yicha bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
_____________ aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining __________yil _____ da o‘tkaziladigan Umumiy yig‘ilishining Qayd qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Aksiyador familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi)
Shaxsiy schyoti raqami
Ovoz beruvchi aksiyalar soni
Aksiyador imzosi
(vakilbor bo‘lsa to‘ldiriladi)
Vakil familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi)
Ishonchnoma raqami
Ishonchnoma berilgan sana
Ovoz beruvchi aksiyalar soni
Vakil imzosi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Umumiy yig‘ilishning barcha ro‘yxatdan o‘tkazilgan qatnashchilari kishi___,ovoz beruvchilar ___________________.
Kvorum mavjudligi (ovoz beruvchi aksiyalarning umumiy sonidan foizlarda) _________%.
Sanoq komissiyasi a’zolarining imzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
________________yil “__”__________________da aksiyadorlarning yillik (navbatdan tashqari) umumiy yig‘ilishida ovoz berish uchun __________AJning____ta ovoz beruvchi aksiyalariga egalik qiluvchi aksiyadorining ________-son* BYuLLLETENI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ovozlar soni)
№
Kun tartibidagi masala
Tarafdorlar
Qarshilar
Betaraflar
1.
2.
3.
4.
5.
6.
......
Familiyasi, ismi va otasining ismining bosh harflari___________________________________
_____________
(imzo)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qayd etish ro‘yxati bo‘yicha aksiyadorning raqami ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IShONChNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AJning _____ta oddiy aksiyalariga (va ______ta imtiyozli aksiyalariga egallik qiluvchi) _____________menga tegishli barcha aksiyalar bilan ovoz berishda aksiyadorlar yig‘ilishida mening manfaatlarimni ifodalash uchun _________________ga ishonch bildiraman.
Mening manzilim:
Vakilning manzili:
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
Pasport
Pasport
seriyasi____№__________________
seriyasi____№__________________
berilgan_______________________
berilgan_______________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
________________________________
Ishonchnoma 199__ yil____________dan 199__yil gacha haqiqiydir.
Aksiyadorning imzosi_________
Sana__________________
Aksiyadorning shaxsiy imzosini tasdiqlayman.
Notarius_______________________________
Imzo ____________
Sana ____________________
M. O‘.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 3a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IShONChNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AJning aksiyadori hisoblanuvchi, ____ta oddiy aksiyaga (va _______ta imtiyozli aksiyaga) egallik qiluvchi_________________________________________________ning rahbari (direktori, raisi)
(yuridik shaxsning nomi)
fuqaro _____________ga aksiyadorlar yig‘ilishida barcha tegishli aksiyalar bilan__________ning manfaatlarini (yuridik shaxsnomi) ifodalashga ishonch bildiraman.
Aksiyadorning manzili:
Vakilning manzili:
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
Bank rekvizitlari:
Pasport seriyasi ____ № __
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
________________________
199___yil ___________dan 199__yil __ ___________gacha amal qiladi.
Rahbarning imzosi _________
Sana_____________________
M. O‘.
Aksiyadorning shaxsiy imzosi tasdiqlayman: __________________
Notarius_______________________________
Imzo ____________
Sana ____________________
M. O‘.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BILDIRIShNOMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manzilida joylashgan AJ telefon Sizga 19___ ____________ soat________minutda manzilida aksiyadorlik jamiyatimiz aksiyadorlarining yillik(navbatdan tashqari) yig‘ilishi bo‘lishi haqida ma’lum qiladi.
Umumiy yig‘ilishda qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 19__yil ___________dagi holatiga ko‘ra tuziladi.
Kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
1. 2. 3. ...
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish davrida Siz aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining quyidagi materiallari bilan tanishishingiz mumkin:
1. 2. 3. ...
Yoningizda pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma bo‘lishi so‘raladi.
“________________” AJ Kuzatuvchi kengashi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“_______________” AJ
Aksiyador______________ning Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalani kiritish to‘g‘risidagi taklifi
ovoz beruvchi aksiyalar soni_______ta (AJ jami ovoz beruvchi aksiyalarining kamida 1%i)
(tashkilotning nomi)
F.I.O.___________________
___________________
(imzo, sana)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomga 7-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish uchun aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazishni tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Tartib aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda qatnashish, aksiyadorlik jamiyatining joriy vakolatini uncha yaxshi bilmay va nohalol boshqarish sababli ularning manfaatlariga zarar yetkazmaslik yuzasidan ularning huquqlarini himoya qilishda aksiyadorlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kuzatuvchi kengash faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatish masalasi bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat taftish komissiyasi yoki auditorning talabi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab qo‘yilayotgan sanada jamiyatning kamida 10 foiz ovoz beruvchi aksiyasi egasi hisoblangan aksiyador (aksiyadorlar)ning talabi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar ko‘rsatib o‘tilgan masalalar bo‘yicha aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talablarning sababi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, Ustavga, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarorlariga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatga zarar keltirganlik, aksiyadorlarning mulkiy huquqlariga ziyon yetkazish, shu jumladan ishlab chiqarish moliya-xo‘jalik faoliyatining jiddiy yomonlashuvi, foyda va rentabellikning pasayishi, ishlab chiqarish va mahsulotlarni sotish, ishlar, xizmatlar ko‘rsatish hajmlarining asossiz ravishda kamayib ketishi bilan bog‘liq ziyon yetkazganlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) belgilari mavjudligi yoki ularning paydo bo‘lish xavfi, davlat budjeti, xodimlarga ish haqi to‘lash bo‘yicha budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi barqaror qarzdorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talab Kuzatuvchi kengashga beriladi va unda aniq sabablar hamda ularning asosliligi ko‘rsatilgan holda yig‘ilishning kun tartibiga kiritilishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi talabnomada Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risidagi masaladan tashqari kun tartibiga Kuzatuvchi kengashning yangi tarkibini saylash masalasini kiritish alohida taklif bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash yangi tarkibini saylash masalalarini yig‘ilish kun tartibiga kiritish ishlab turgan Kuzatuvchi kengash vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish to‘g‘risidagi masala ijobiy hal etilgandan so‘nggina Umumiy yig‘ilishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi talabnoma aksiyador (aksiyadorlar)dan tushgan hollarda unda unga tegishli aksiyalarning soni, turi ko‘rsatilgan holda yig‘ilish chaqirishni talab qilayotgan aksiyador (aksiyadorlar)ning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi talabnoma uni chaqirishni talab qilayotgan shaxs (shaxslar) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kuzatuvchi kengash aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi kun tartibiga masalalar ifodalanishiga o‘zgartirishlar kiritishga haqli emas va aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida talabnoma taqdim etilgan paytdan boshlab kechi bilan 45 kundan so‘ng uni chaqirishni ta’minlashga yoki 10 kun davomida uni chaqirishni rad etish to‘g‘risida asosli javob berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi Kuzatuvchi kengash qarori yoki asosli ravishdagi rad javobi to‘g‘risidagi qaror u olingan paytdan boshlab kechi bilan uch kunda uni chaqirishni talab qilgan shaxslarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuvchi kengashning aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar belgilangan muddatlar davomida Kuzatuvchi kengash tomonidan aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan yoki uni chaqirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda aksiyadorlarning navbatdan tashqari Umumiy yig‘ilishi uni chaqirishni talab qilayotgan shaxslar tomonidan chaqirilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Mazkur Nizom “__________” aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining maqomini belgilaydi va uning ishini, a’zolarini tayinlash tartibini, shuningdek har bir a’zosining huquq va majburiyatlarini tartibga soladi. Ijro etuvchi organ deganda yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organ (direktor), kollegial ijro etuvchi organ (boshqaruv, direksiya), tushuniladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra ijro etuvchi organ vakolatlari shartnoma bo‘yicha, shu jumladan tanlov asosida tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Agar jamiyat ustavida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartnoma shartlari Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va _______________ aksiyadorlik jamiyatining Ustaviga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. AKSIYADORLIK JAMIYATINING IJRO ETUVChI ORGANINI TUZISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining son tarkibi Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadigan tartibda qabul qilingan ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari smetalari asosida va doirasida jamiyatning Kuzatuvchi kengashi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
2.1-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Hujjatning rus tilidagi matniga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Aksiyadorlik jamiyatining Ijro etuvchi organi rahbari va uning shaxsiy tarkibi, agar jamiyat ustavida ushbu masalalarni hal etish jamiyat Kuzatuvchi kengashi vakolatiga tegishli deb topilmagan bo‘lsa, jamiyat Aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan saylanadi (tayinlanadi, yollanadi va hokazo). Jamiyat ustaviga muvofiq yoki tegishli ravishda Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki jamiyat Kuzatuvchi kengashining qaroriga ko‘ra yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organ rahbari tanlov asosida tayinlanishi mumkin.
(2.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Ijro etuvchi organ a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilganda va tasdiqlanganda qaror oddiy ko‘pchilik ovoz bilan Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi.
(2.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladi. Ijro etuvchi organ a’zoligiga nomzod jamiyatga o‘zining jinoiy javobgarlikka tortilganligi faktlari to‘g‘risida ma’lum qilishi shart.
(2.4-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi organ tarkibiga u yoki bu nomzodni tavsiya etar ekan Kuzatuvchi kengash raisi kontrakt tuzish shartlari, boshqaruv faoliyati uchun mukofotlash miqdori va nomzodning shaxsiy arizasi bilan tasdiqlangan kontrakt tuzishga nomzodning roziligi to‘g‘risida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi a’zoligiga nomzodlar o‘zlarining nomzodlari ko‘rib chiqilayotganda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan yoki Kuzatuvchi kengash majlisida qatnashishlari mumkin.
(2.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Ijro etuvchi organ tarkibiga taklif qilingan nomzodlar Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan ma’qullangandan keyin yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, kollegial ijro etuvchi organning rahbari va har bir a’zosi bilan tegishli lavozim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan kontrakt tuziladi. Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ va kollegial ijro etuvchi organning rahbari bilan kontrakt uni uzaytirish mumkinligi yoki to‘xtatish to‘g‘risida har yili qaror qabul qilingan holda bir yil muddatga tuziladi. Shartnomani jamiyat nomidan Kuzatuvchi kengash raisi yoki Kuzatuvchi kengash tomonidan vakil qilingan shaxs imzolaydi.
(2.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tayinlanadigan ijro etuvchi organ tarkibiga kiradigan shaxsning vakolatlari muddatidan oldin to‘xtatilgan taqdirda, uning vazifalari Jamiyat kuzatuvchi kengashining qarori bilan belgilanadigan shaxs tomonidan jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi Umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda vaqtincha bajarilishiga yo‘l qo‘yiladi.
(2.7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi a’zosi aksiyadorlik jamiyatning Ustavini, shuningdek kontrakt shartlarini buzganligi uchun bir vaqtning o‘zida kontrakt bekor qilingan holda egallab turgan lavozimidan chaqirib olinishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi a’zosini chaqirib olish va u bilan tuzalgan kontraktni bekor qilish haqidagi qaror Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki agar jamiyat ustavida unga bunday huquq ko‘pchilik ovoz bilan berilgan bo‘lsa, Kuzatuvchi kengash tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuvchi kengash yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organ, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari bilan tuzilgan shartnomalarni ular tomonidan qo‘pol buzilishlarga yo‘l qo‘yilganda yoki jamiyat yillik biznes-rejasining tasdiqlangan parametrlari bajarilishi barbod qilinganda muddatidan oldin to‘xtatish huquqiga egadir.
(2.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING VAKOLATLARI VA TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Jamiyatning ijro etuvchi organi vakolatiga jamiyatning joriy faoliyati rahbarligining barcha masalalari kiradi, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatiga yoki Kuzatuvchi kengashning vakolatiga kirgan masalalar bundan mustasno.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Ijro etuvchi organning son tarkibi boshqaruv vazifalari bir xodim tomonidan imkoni boricha ko‘p bajarilishi, boshqaruv apparatini qisqartirish, ishlab chiqarishni boshqarishda bir-birini takrorlovchi bo‘g‘inlarning tugatilishi va u bilan bog‘liq boshqaruv xarajatlarining qisqarishi prinsiplaridan kelib chiqib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijro etuvchi organ rahbari o‘rinbosari, bosh buxgalter, bosh muhandis va boshqa bosh mutaxassislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalarning rahbarlari bo‘lgan boshqaruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyadorlik jamiyati faoliyatining muhim yo‘nalishlarini ta’minlovchi boshqa mutaxassislar kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Ijro etuvchi organ a’zolari lavozim yo‘riqnomasi tomonidan belgilab berilgan vakolatlar, ular bilan tuzilgan mehnat kontrakti shartlari, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, jamiyat Kuzatuvchi kengashining, ijro etuvchi organning qarorlari va ijro etuvchi organ rahbarining ko‘rsatmalari doirasida ish tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka boshchilik qiluvchi ijro etuvchi organni, jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi rahbari va a’zolarini moddiy rag‘batlantirish jamiyat faoliyati samaradorligiga qarab amalga oshiriladi.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi rahbari mazkur Nizomga muvofiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatidagi o‘zgarishlar va boshqa holatlar munosabati bilan aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi tarkibiga qo‘shimcha nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING RAHBARI
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Ijro etuvchi organ rahbari aksiyadorlik jamiyati faoliyatining barcha masalalarini mustaqil ravishda hal qildi, Umumiy yig‘ilish yoki Kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Ijro etuvchi organ rahbari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyadorlik jamiyati nomidan ishonchnomasiz ish yuritish, boshqa tashkilotlar va organlar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aksiyadorlik jamiyatining Ustavi yoki boshqa hujjatlari bilan oldindan kelishgan doiralarda uning mol-mulki va pul-mablag‘larini tasarruf qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— shartnomalar va kontraktlar, shu jumladan mehnat shartnoma (kontrakt)lari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishonchnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— banklarda hisob-kitob schyotlari va boshqa schyotlar ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘ziga bo‘ysunuvchi barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va ko‘rsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xodimlar shtatini tasdiqlash, uni butlash huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Ijro etuvchi organ rahbarining vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘z vakolatlari doirasida jamiyatning samarali va barqaror ishlashini ta’minlagan holda uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish, Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va Kuzatuvchi kengashning mutlaq vakolatiga kiritilgan masalalardan tashqari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va jamiyat Kuzatuvchi kengashi qarorlarining bajarilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlab chiqarish birliklari, sexlar va jamiyatning boshqa tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro samarali harakatini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyat shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ishlab chiqarish va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan miqdorlarda foyda olishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatni rivojlantirish dasturlari va biznes-rejalari ishlab chiqilishiga rahbarlik qilish, ularni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyat faoliyatida qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatda buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi, zarur holati va ishonchligiligini ta’minlash, yillik hisobotlar va boshqa moliyaviy hisobotlar tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etilishi, shuningdek aksiyadorlarga, kreditorlarga va boshqa oluvchilarga yuboriladigan jamiyat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishi. Ijro etuvchi organning rahbari yilning har choragida yillik biznes-rejaning bajarilishi to‘g‘risida Kuzatuvchi kengashga hisobot beradi.
(4.4-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlar jamiyatning Kuzatuvchi kengashi, taftish komissiyasi yoki jamiyat auditori talabiga ko‘ra to‘siqlarsiz taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— davlat statistika hisoboti tegishli organlarga to‘liq va o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi axborotlarning saqlanishi, agar bunday axborotni uchinchi shaxslarga berish uning vazifalari doirasiga kirmasa, jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar ro‘yxati Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xizmat yoki tijorat sirini tashkil etuvchi axborotning jamiyat xodimlari tomonidan saqlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi majlislari o‘tkazilishini tashkil etish, jamiyat nomidan hujjatlarni va ijro etuvchi organ majlisi bayonlarini imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamiyatni ixtisoslashgan xodimlar bilan ta’minlash, jamiyat xodimlarining bilimi, malakasi, tajribasi va qobiliyatlaridan eng yaxshi foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mehnat va texnologiya intizomiga rioya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy kafolatlarga rioya qilinishini ta’minlash va jamiyat xodimlarining mehnatini muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
—- jamoa muzokaralarida ijro etuvchi organ vakillarining ishtirokini ta’minlash. Jamoa shartnomalari va bitimlar tuzilishida ish beruvchi sifatida qatnashish. Jamoa shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— o‘z vakolatiga tegishli ishlarning holati to‘g‘risidagi axborotni Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga va jamiyatning Kuzatuvchi kengashiga belgilangan muddatda taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan axborotlar ular tomonidan olinishi, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish, dividendlar hisoblanishi va to‘lanishi bo‘yicha aksiyadorlarning barcha huquqlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ichki hujjatlarga, amaldagi qonun hujjatlariga va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Ijro etuvchi organ rahbarining aniq huquqlari va majburiyatlari kontraktda u bilan oldindan kelishib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANINING ISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.1. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining majlisi zarur hollarda, biroq bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi. Ijro etuvchi organ tomonidan Kuzatuvchi kengash yoki Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun kiritiladigan masalalar majburiy tartibda aksiyadorlik jamiyatining ijro etuvchi organi majlisida oldindan muhokama etiladi. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining fikri haqida Kuzatuvchi kengashda va Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ijro etuvchi organ rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan ijro etuvchi organ a’zosi axborot beradi va himoya qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.2. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining majlisini ijro etuvchi organ rahbari yoxud ko‘rib chiqilayotgan masalalar tegishliligi bo‘yicha uning o‘rinbosarlaridan biri olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.3. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi kotibi aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi majlislari bayonlari yuritilishini tashkil etadi. Ijro etuvchi organ majlislari bayonlaridan ko‘chirmalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy tartibda Kuzatuvchi kengash rahbariga va taftish komissiyasi rahbariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa mansabdor shaxslar va auditorlarning talabiga ko‘ra faqat ijro etuvchi organ rahbarining ruxsati bo‘yicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlari tomonidan nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslarga va organlarga (shu jumladan davlat organlariga) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. AKSIYADORLIK JAMIYATI IJRO ETUVChI ORGANI A’ZOLARINING JAVOBGARLIGI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Agar ijro etuvchi organ a’zosi aksiyadorlik jamiyati tomonlaridan biri hisoblangan bitishuvdan moliyaviy manfaatdor bo‘lgan taqdirda, u qaror qabul qilinguncha o‘zining manfaatdorligi to‘g‘risida xabar berishga majbur va ovozga qo‘yilganda qatnashmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Ijro etuvchi organ a’zolari ularga xizmat mavqei bilan berilgan huquqlardan o‘zlari mehnat munosabatlarida bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning maqsadlari manfaatlari yo‘lida foydalanmasliklari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.3. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi a’zolari aksiyadorlik jamiyati mol-mulkini tasarruf qilishdan shaxsiy foyda ko‘rish bo‘yicha harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining a’zolari a’zolik davrida faoliyati aksiyadorlik jamiyati mahsulotlarini sotish yoki xizmatlar taqdim etishda qiyinchilik tug‘diradigan korxonalarni ta’sis etish yoki ta’sis etishda qatnashish huquqiga ega emaslar. Ijro etuvchi organ a’zosi aksiyadorlik jamiyatida lavozimga tayinlanganda xuddi shunday korxonalardagi o‘z ishtirokini to‘xtatishi va bu to‘xtatish to‘g‘risida aksiyadorlik jamiyati Kuzatuvchi kengashini xabardor qilmog‘i lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organi a’zolari o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganligi, natijasida jamiyatiga yetkazilgan zarar uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga va jamiyat Ustaviga muvofiq aksiyadorlik jamiyatiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘liq hajmida aksiyadorlik jamiyati oldida javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Bunda ovoz berishda qatnashmagan yoki jamiyatga zarar yetkazishga olib kelgan qarorga qarshi ovoz bergan ijro etuvchi organ a’zolari javob bermaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Jamiyat yoki jamiyatning joylashtirilgan oddiy aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir foizga ega bo‘lgan aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida ijro etuvchi organ a’zolariga yoki aksiyadorlik jamiyati ijro etuvchi organining ayrim a’zolariga nisbatan da’vo bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 19-apreldagi 189-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 63-modda)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 42-son, 417-modda)