Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.01.2003 31.03.1997 yildagi PF-1740-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.01.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISh VA RESPUBLIKANING FOND BOZORIDA XORIJIY INVESTORLAR IShTIROKINI KENGAYTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 24-yanvardagi PF-3202-sonli “Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish va kengaytirish, fond bozorida investorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning faolligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shu narsa belgilansinki, davlat oʻz ulushini saqlab qoladigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining ustav sarmoyasini shakllantirish chogʻida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarining quyidagi paketlari koʻzda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatga — aksiyalarning koʻpi bilan 25 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat jamoasiga — aksiyalarning koʻpi bilan 26 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorga sotish uchun — aksiyalarning kamida 25 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan qismi — erkin savdoga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ayrim hollarda xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari paketini tender (tanlov) shartlari asosida taqsimlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur tartib emissiya prospekti roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab bir yil mobaynida amal qiladi, shundan keyin sotib olinmagan aksiyalarning hammasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan yuridik va jismoniy, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga erkin sotish uchun qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, qimmatli qogʻozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazi bir hafta muddatda davlat korxonalari negizida tashkil qilingan aksiyadorlik jamiyati taʼsischilari oʻrtasida aksiyalarni taqsimlashni taʼminlash mexanizmining normativ-huquqiy asosini takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqib, taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Davlat mulki qoʻmitasi raisi V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 31-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1740-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 88-modda; 2003-y., 1-son, 13-modda)