22.10.2025 yildagi 668-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari oʻrnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay sharoitlar yaratish uchun tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish hamda ularning boʻshaydigan bino va inshootlarini xususiylashtirish orqali tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va oʻrta biznesning iqtisodiyotdagi oʻrnini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 19-martdagi PF-50-son Farmoniga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini bino va inshootlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish belgilangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika hududlarini jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida” 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tuman (shaharlar)ning 2025-2026-yillarda jadal kompleks rivojlantirish dasturlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari roʻyxati tasdiqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan mahalliy boshqaruv organlari va davlat tashkilotlari barpo etiladigan yangi koʻp funksiyali va koʻp qavatli maʼmuriy binolarga (keyingi oʻrinlarda — Yangi maʼmuriy binolar) optimal joylashtirish boʻyicha namunaviy loyiha (keyingi oʻrinlarda — namunaviy loyiha) tasdiqlangani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda 16 ta tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarining maʼmuriy binolari xatlovdan oʻtkazilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi maʼmuriy binolar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining tavsiyaviy tanlov mezonlari 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish boʻyicha amaliy dastur 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish, ularga yangi maʼmuriy binolar qurish yoki koʻchmas mulk obyektlariga joylashtirish hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolar qurilishiga, shuningdek, mavjud koʻchmas mulk obyektlarining rekonstruksiyasiga respublika budjetidan 20 mlrd soʻmgacha budjet ssudasi ajratiladi, qolgan qismi tegishincha 2-ilovada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan, yetishmagan qismi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boshqa davlat aktivlarini sotish hisobidan mahalliy budjetlarga tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonini boshlash uchun tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlari tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshiriladi hamda balansda saqlovchilari va koʻchirilishi nazarda tutilgan foydalanuvchi tashkilotlar mazkur obyektlardan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanishni davom ettiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholangan holda ularning balansda saqlovchilari va koʻchirilishi nazarda tutilgan foydalanuvchi tashkilotlar yangi maʼmuriy binolarga koʻchib oʻtgunga qadar ushbu binolardan tekin foydalanish sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotishdan tushgan mablagʻlar (savdoga chiqarish va sotish bilan bogʻliq xarajatlar chegirilgan holda) respublika budjetidan ajratilgan budjet ssudasini qaytarish, yangi maʼmuriy binolar qurilishi, shuningdek, mavjud koʻchmas mulk obyektlarining rekonstruksiyasi uchun tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetlariga maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sotishdan tushgan mablagʻlar budjet ssudasini qaytarish uchun yetmaganda, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi boshqa davlat aktivlarini sotishdan tushgan tushumlarning mahalliy budjetlarga yoʻnaltirilgan qismi hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi tashkilotlar barpo etiladigan yangi maʼmuriy binolarga koʻchib oʻtgunga qadar binolardan tekin foydalanish davrida yuzaga keladigan xarajatlar (soliq, kommunal toʻlovlar va saqlash xarajatlari) balansda saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuziladigan ekspluatatsiya shartnomasi asosida ushbu tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) yangi maʼmuriy binolar foydalanishga qabul qilingandan soʻng ularning 1 va 2-qavatlari ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachilar etib — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini 2026-yil 1-dekabrga qadar yakunlash belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslangan talablariga koʻra tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari uchun yangi maʼmuriy binolarni loyihalashtirish, ularda qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini boshlash uchun bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetiga respublika budjetidan 20 mlrd soʻmgacha budjet ssudalarini ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Kadastr agentligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda 1-ilovada keltirilgan mahalliy boshqaruv organlariga yangi maʼmuriy binolar qurish uchun tuman (shahar)lar hududidan 3-ilovaga muvofiq mezonlarga mos keladigan tegishli yer maydonlarining chegaralarini belgilagan holda, tegishli tuman (shahar) hokimliklariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy loyihalar asosida quriladigan yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va ularning qurilishiga sarflanadigan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlarning mahalliy budjetlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarida aks ettirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tegishli tuman (shahar) hokimliklariga yer maydoni doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilgandan soʻng ikki oy muddatda namunaviy loyihalar asosida har bir tuman (shahar)larda quriladigan yangi maʼmuriy binolarning loyiha-smeta hujjatlari 1-ilovadagi mahalliy boshqaruv organlarining yangi maʼmuriy binolarga samarali joylashtirilishini inobatga olgan holda ishlab chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qayd etilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi yakunlangan yangi maʼmuriy binolar munitsipal mulk sifatida tegishincha tuman (shahar) hokimliklariga rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovadagi mahalliy boshqaruv organlari yangi maʼmuriy binolarga har bir xodim uchun tasdiqlangan meʼyorlar asosida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovada keltirilgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini baholangan holda ularning balansda saqlovchilari hamda koʻchirilishi nazarda tutilgan foydalanuvchi tashkilotlar yangi maʼmuriy binolarga koʻchib oʻtgunga qadar ushbu binolardan tekin foydalanishi sharti bilan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ommaviy savdolarga chiqarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurib bitkazilgan yangi maʼmuriy binolarning 1 va 2-qavatlarini ustuvor ravishda savdo va servis faoliyatini yoʻlga qoʻyish sharti bilan ijaraga berish uchun “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha shartnoma shartlari toʻliq bajarilgandan soʻng yangi mulkdorlarga belgilangan tartibda mulk huquqining rasmiylashtirib berilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi maʼmuriy binolarga 1-ilovadagi mahalliy boshqaruv organlarini binolarda xodimlarni joylashtirish meʼyorlariga asosan tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda obyekt boʻyicha tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari qisqa muddatda ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 22-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
668-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir joyda optimal joylashtiriladigan tuman (shahar)lar mahalliy boshqaruv organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tashkilotlar nomi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi

1.

Tuman (shahar) hokimliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

Tuman (shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimlari

3.

Tuman (shahar) gʻaznachilik xizmati boʻlimlari(1)

4.

Tuman (shahar) pensiya boʻlimlari(1)

5.

Tuman (shahar) kadastr boʻlimlari

6.

Kadastrlar palatasi tuman (shahar) filiallari

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

7.

Tuman (shahar) investitsiyalar, sanoat va savdo boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

8.

Tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

9.

Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimlari(2)

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

10.

Tuman suv yetkazib berish xizmati(2)

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

11.

Tuman (shahar) arxitektura va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi

12.

Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

13.

Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

14.

Tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari

Alohida maqomga ega mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari

15.

Tuman (shahar) soliq inspeksiyalari

16.

Tuman (shahar) statistika boʻlimlari

17.

Tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari

Boshqa tashkilotlar

18.

Mahalla uyushmasi tuman (shahar) boʻlimlari

19.

Xalq qabulxonasi boʻlimlari

20.

Tuman (shahar) partiya Kengashlari(3)

21.

Tuman fermerlar Kengashlari(2)(3)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-iyundagi PF-105-son Farmoniga asosan 2027-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining hamda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari ishini raqamlashtirish hisobiga ularning faoliyati tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(2) Yangiyoʻl va Margʻilon shaharlaridagi mazkur tashkilotlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(3) Yangi maʼmuriy binolarga kelishuv asosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu ilovada koʻrsatilgan roʻyxatga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron onlayn-auksion savdolari orqali sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

T/r

Foydalanuvchi

Manzili

Umumiy yer maydoni

(ga)

Bino va inshoot maydoni

(kv. metr)

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

I. Qoʻngʻirot tumani

Qoʻngʻirot tumani hokimligi

“Azatliq” MFY, Gʻarezsizlik koʻchasi, 18-uy

0,77

1 767,9

Qoʻngʻirot tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Garezsizlik koʻchasi, 20-uy

0,27

941,0

Qoʻngʻirot tumani kadastrlar palatasi boʻlimi

K. Abdirov koʻchasi, 13-uy

0,06

325,6

Qoʻngʻirot tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

Toʻmaris koʻchasi, 11-uy

0,1

384,7

Qoʻngʻirot tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi

A. Shamuratov koʻchasi, 3-uy

0,19

493,3

Qoʻngʻirot tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Ipak-yoʻli koʻchasi

0,07

147,0

Qoʻngʻirot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Nurmuxammedov koʻchasi

0,91

1 104,6

Qoʻngʻirot tumani soliq inspeksiyasi

A. Shamuratova koʻchasi, 4-uy

0,39

1 830,1

II. Chimboy tumani

Chimboy tumani hokimligi

“Shaxtemir” MFY, Sh. Rashidov koʻchasi, 47-uy

1,78

3 152,2

Chimboy tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Sh. Rashidov koʻchasi 46-uy

0,5

716,0

Chimboy tumani kadastrlar palatasi filiali

Qarajan batir, koʻchasi, 4-uy

0,4

196,0

Chimboy tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

Beruniy koʻchasi, 35-uy

0,29

777,3

Chimboy tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Qarajan batir koʻchasi, 41-uy

0,01

112,3

Chimboy tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Beruniy koʻchasi, 88-uy

0,22

684,5

Chimboy tumani soliq inspeksiyasi

I. Yusupov koʻchasi, 9-uy

0,09

747,8

Andijon viloyati

Asaka tumani

Asaka tumani hokimligi

“Hamdoʻstlik” MFY, Sohilboʻyi koʻchasi, 2-uy

0,8

1 701,7

Asaka tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Shodlik” MFY, Xamid Ashurov koʻchasi, 2-uy

0,072

596,0

Asaka tumani kadastr boʻlimi

“Kamolot” MFY, Margʻiloniy koʻchasi 7-uy

0,075

429,0

Asaka tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Qadriyat” MFY, Xumo koʻchasi, 8-uy

0,04

293,0

Asaka tumani qishloq xoʻjaligi boʻlimi

Gʻ. Yoqubov koʻchasi, 8-uy

0,134

339,0

Asaka tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Istiqlol” MFY, Karvonsaroy koʻchasi, 120-uy

0,21

1 259,0

Asaka tumani soliq inspeksiyasi

“A. Temur” MFY, Sohilboʻyi koʻchasi, 8-uy

0,39

1 508,0

Asaka tumani xalq qabulxonasi boʻlimi

“Shodlik” MFY, Imom Buxoriy koʻchasi, 170-a-uy

0,1

441,0

Buxoro viloyati

Gʻijduvon tumani

Gʻijduvon tumani hokimligi

“Pamoʻza” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 2-uy

0,6

2 669,6

Gʻijduvon tumani kadastrlar palatasi filiali

“Sardor” MFY, Alpomish koʻchasi

0,13

605,3

Gʻijduvon tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Sharq” MFY, Yu.Hamadoniy koʻchasi

0,09

326,2

Qishloq xoʻjaligi Gʻijduvon tumani boʻlimi

“Chorsu” MFY, Chorsu koʻchasi, 97-uy

0,07

251,7

Gʻijduvon tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Guliston” MFY, Ibn-Sino koʻchasi, 158-uy

0,2

1 256,9

Gʻijduvon tumani statistika boʻlimi

Chorsu koʻchasi, 97-uy

0,05

154,9

Gʻijduvon tumani soliq inspeksiyasi

Mustaqillik koʻchasi

0,62

1 576,0

Jizzax viloyati

Gʻallaorol tumani

Gʻallaorol tumani hokimligi

“Samarqand” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 27-uy

0,6

2 010,0

Gʻallaorol tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi 52-uy

0,19

1 217,7

Gʻallaorol tumani pensiya boʻlimi

“Doʻstlik” MFY, Mustaqillik koʻchasi

0,06

125,5

Gʻallaorol tumani kadastrlar palatasi filiali

“Samarqand” MFY, Navoiy koʻchasi, 2-uy

0,14

500,6

Gʻallaorol tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Gʻofur Gʻulom” MFY, Sobir Rahimov koʻchasi, 70-uy

0,27

614,8

Gʻallaorol tumani soliq inspeksiyasi

“Sarbozor” MFY, Qoʻrgʻon qishlogʻi, 97-uy

0,3

1 072,4

Qashqadaryo viloyati

Yakkabogʻ tumani

Yakkabogʻ tumani hokimligi

“Aygʻirkul” MFY, Aygʻirkul koʻchasi, 1-uy

0,58

1 830,8

Yakkabogʻ tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

A. Temur koʻchasi, 76-uy

0,31

775,5

Yakkabogʻ tumani kadastrlar palatasi filiali

Amir Temur koʻchasi, 30-uy

0,08

326,0

Qishloq xoʻjaligi Yakkabogʻ tumani boʻlimi

Amir Temur koʻchasi 142-uy

0,33

706,5

Yakkabogʻ tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Amir Temur koʻchasi, 30-uy

0,26

1 456,0

Navoiy viloyati

Xatirchi tumani

Xatirchi tumani hokimligi

“Paraxun” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 34-y

0,39

1 571,6

Xatirchi tumani hokimligining “Xatirchi hayoti gazetasi”

“Navbahor” MFY

0,063

118,4

Xatirchi tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Paraxun” MFY

0,01

474,9

Xatirchi tumani kadastrlar palatasi filiali

“Paraxun” MFY

0,11

468,3

Xatirchi tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Navbahor” MFY

0,22

179,8

Qishloq xoʻjaligi Xatirchi tumani boʻlimi

“Navbahor” MFY

0,08

825,0

Xatirchi tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Paraxun” MFY

0,1

441,4

Xatirchi tumani soliq inspeksiyasi

“Doʻstlik” MFY

0,52

815,4

Namangan viloyati

Chortoq tumani

Chortoq tumani hokimligi

“A. Navoiy” MFY, Istiqlol koʻchasi, 24-uy

0,83

1 611,5

Chortoq tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“A. Navoiy” MFY, Istiqlol koʻchasi

0,04

288,0

Chortoq tumani pensiya boʻlimi

“Namangan” MFY, Gulchaman koʻchasi, 12-uy

0,26

368,0

Chortoq tumani kadastrlar palatasi filiali

“Oʻzbekiston” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 4-uy

0,06

284,0

Chortoq tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Zafar Diyor” MFY, Istiqlol shoh koʻchasi, 12-uy

0,07

261,0

Qishloq xoʻjaligi Chortoq tumani boʻlimi

“Namangan” MFY, Yangi koʻchasi, 51-uy

0,1

678,0

Chortoq tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

“A. Navoiy” MFY, Istiqlol koʻchasi

0,03

120,0

Chortoq tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“A. Navoiy” MFY, Istiqlol shoh koʻchasi, 20-uy

0,06

605,0

Chortoq tumani soliq inspeksiyasi

“A. Navoiy” MFY, Istiqlol shoh koʻchasi

0,48

2 497,0

Samarqand viloyati

Bulungʻur tumani

Bulungʻur tumani hokimligi

“Mexrjon” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 28-uy

0,76

1 507,1

Bulungʻur tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

Oqtepa koʻchasi, 113-uy

0,15

739,1

Bulungʻur tumani kadastrlar palatasi filiali

“Bulungʻur” MFY, Sayilgoh koʻchasi

0,06

402,3

Bulungʻur tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Bulungʻur” MFY, Sayilgoh koʻchasi, 65-uy

0,04

313,8

Qishloq xoʻjaligi Bulungʻur tumani boʻlimi

“Bulungʻur” MFY, Sayilgoh koʻchasi

0,06

286,4

Bulungʻur tumani statistika boʻlimi

“Bulungʻur” MFY, Fozil Yoʻldosh koʻchasi, 41-uy

0,04

142,1

Bulungʻur tumani soliq inspeksiyasi

“Guliston” MFY, Fozil Yuldosh koʻchasi, 2a-uy

0,21

1 021,6

Surxondaryo viloyati

Denov tumani

Denov tumani hokimligi

Sh. Rashidov koʻchasi, 238-uy

0,49

3 671,1

Denov tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Yangixayot” MFY, Mustaqillik koʻchasi

0,08

199,0

Denov tumani kadastr boʻlimi

“Bahoriston” MFY, N.Mirzayev koʻchasi, 137-uy

0,07

246,1

Denov tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Yangihayot” MFY, Astanakulov koʻchasi

0,045

222,8

Qishloq xoʻjaligi Denov tumani boʻlimi

Nurlimanzil Sh.Rashidov koʻchasi, 239-uy

0,12

454,0

Denov tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Yangihayot” MFY, Samarqand koʻchasi, 70-uy

0,1

616,0

Denov tumani soliq inspeksiyasi

“Bogʻinav” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 61-uy

0,23

942,5

Sirdaryo viloyati

Sirdaryo tumani

Sirdaryo tumani hokimligi

Sirdaryo shahri, Oʻzbekiston koʻchasi, 98-uy

0,28

1 030,5

Sirdaryo tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Yoshlik” MFY, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 110-uy

0,12

392,0

Sirdaryo tumani kadastrlar palatasi filiali

“Yoshlik” MFY, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 107-uy

0,036

358,0

Sirdaryo tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Oqibat” MFY, Alvon koʻchasi, 38-uy

0,07

191,0

Sirdaryo tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Bahor” MFY, Ishbilarmonlar koʻchasi, 1-uy

0,053

399,0

Sirdaryo tumani soliq inspeksiyasi

“Yoshlik” MFY, Oʻzbekiston koʻchasi, 1 uy

0,15

361,0

Toshkent viloyati

Yangiyoʻl shahri

Yangiyoʻl shahri iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Navroʻz” MFY, Yoshlik koʻchasi, 100-uy

0,04

502,1

Yangiyoʻl shahri kadastrlar palatasi filiali

“Mustaqillik” MFY, Uzumzor koʻchasi, 46-uy

0,18

865,7

Yangiyoʻl shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Mevazor” MFY, Samarqand koʻchasi, 351-a-uy

0,06

298,9

Yangiyoʻl shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Navroʻz” MFY, Yoshlik koʻchasi, 6-uy

0,05

450,0

Fargʻona viloyati

I. Quva tumani

Quva tumani hokimligi

Qayqubbod koʻchasi, 244-uy

1,46

2 099,9

Quva tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Tinchlik” MFY, Yorqin koʻchasi, 117-uy

0,11

826,4

Quva tumani kadastr boʻlimi

“Quva” MFY, Faxriylar koʻchasi, 1-uy

0,15

804,4

Quva tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Quva” MFY, Qayqubod koʻchasi

0,05

236,9

Qishloq xoʻjaligi Quva tumani boʻlimi

“Taxtakoʻprik” MFY, Adiblar koʻchasi, 5-uy

0,07

691,7

Quva tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Taxtakoʻprik” MFY, Adiblar koʻchasi 3-uy

0,08

1 043,9

Quva tumani soliq inspeksiyasi

“Goʻzal” MFY, Qayqubod koʻchasi, 274A-uy

0,43

1 017,9

II. Margʻilon shahri(1)

Margʻilon shahri hokimligi

Mustaqillik koʻchasi, 448a-uy

0,53

1 528,4

Margʻilon shahri iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Alisher Navoiy MFY” Mustaqillik koʻchasi, 495-uy

0,183

649,23

Margʻilon shahri kadastr boʻlimi

“Yangi bogʻ” MFY, Vatandosh koʻchasi, 31-uy

0,057

496,5

Margʻilon shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Alisher Navoiy” MFY, Naqshbandiy koʻchasi, 214a-uy

0,05

190,0

Margʻilon shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Saxovat MFY”, B.Margʻiloniy koʻchasi, 80 va 82-uylar

0,696

1594,0

Margʻilon shahri soliq inspeksiyasi

“Yangibogʻ” MFY, Mustaqillik koʻchasi, 450a-uy

0,39

1 614,8

Xorazm viloyati

I. Shovot tumani

Shovot tumani hokimligi

Turkiston koʻchasi, 73-uy

1,07

3 065,4

Shovot tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi

“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi, 77-uy

0,28

645,6

Shovot tumani kadastrlar palatasi filiali

“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi, 101-uy

0,06

664,0

Shovot tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi 73/1-uy

0,07

289,4

Qishloq xoʻjaligi Shovot tumani boʻlimi

“Shovot” MFY, Usta Sodiq koʻchasi, 3-uy

0,19

489,6

Shovot tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

Shovot shaharchasi, Turkiston koʻchasi, 71-uy

0,05

161,0

Shovot tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

“Yangiobod” MFY, Usta Sodiq koʻchasi, 3-uy

0,22

693,2

Shovot tumani soliq inspeksiyasi

“Paxtakor” MFY, Turkiston koʻchasi, 75-uy

0,23

822,1

II. Hazorasp tumani

Hazorasp tumani hokimligi

“Pahlavon Mahmud” MFY, Erik Gayazov koʻchasi, 32-uy

0,97

2 504,3

Hazorasp tumani Iqtisodiyot va moliya boʻlimi

E. Gʻayazov koʻchasi, 6-uy

0,2

506,3

Hazorasp tumani pensiya jamgʻarmasi Xazorasp tuman boʻlimi

“P. Maxmud” MFY, E.Gayazov koʻchasi, 32-uy

0,16

1 565,0

Kadastrlar palatasi Hazorasp tuman filiali

Mustaqillik koʻchasi, 41-uy

0,04

420,0

Hazorasp tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi

“Sanoat” MFY

0,5

530,2

Qishloq xoʻjaligi Hazorasp tumani boʻlimi

E. Gayazov koʻchasi, 10-uy

0,24

2 394,0

Hazorasp tumani qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi

E. Gayazov koʻchasi, 9-uy

0,05

542,0

Hazorasp tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi

Gʻ. Gʻulom koʻchasi, 51-uy

0,26

2 641,4

Hazorasp tumani soliq inspeksiyasi

A. Navoiy koʻchasi, 10-uy

0,21

2 118,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Margʻilon shahridagi mahalliy boshqaruv organlarini optimallashtirish natijasida boʻshaydigan binolarni auksion orqali sotishdan tushgan mablagʻlar (sotish va savdoga chiqarish xarajatlarini chegirgan holda) Fargʻona viloyati hokimligi huzuridagi “Margʻilon shahar qurilish direksiyasi” davlat muassasasiga uning asoslangan soʻroviga koʻra Burhoniddin al-Margʻinoniy majmuasidagi infratuzilma obyektlarini (elektr, gaz, kanalizatsiya, sunʼiy koʻl va favvora, muzey, maqom teatri hamda obodonlashtirish) qurilishi uchun maqsadli yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur ilova va kadastr hujjatlarida davlat koʻchmas mulk obyektlarining manzillarida hamda bino va inshootlar egallagan maydon koʻrsatkichlarida yoki balansda saqlovchilarda tafovut mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu davlat koʻchmas mulk obyektlari kadastr hujjatlari asosida sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur ilovada koʻrsatilgan roʻyxatga Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasi qarori bilan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman (shahar) statistika boʻlimlariga tegishli koʻchmas mulk obyektlarini sotishdan tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qarori doirasida taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi koʻp funksiyali va koʻp qavatli maʼmuriy binolar qurilishi uchun ajratiladigan yer uchastkalarining tavsiyaviy tanlov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MEZONLARI(1)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar

Talablar

1.

Yer maydoni (hudud oʻlchami)

1,5 — 2 gektar (tashkilotlar sonidan kelib chiqib)

2.

Shahar markaziga yaqinligi

Fuqaro va tashkilotlar uchun qulay transport va piyoda yondashuv mavjud boʻlishi

3.

Transport va yoʻl infratuzilmasi

Avtobuslar, mashinalar uchun qulay kirish-chiqish imkoniyati mavjud boʻlishi

4.

Infratuzilma mavjudligi

Yangi tarmoq tortishga katta mablagʻ ketmasligi

5.

Imiji va prestij

Tuman uchun nufuzli va ramziy hududda boʻlishi

6.

Ekologik ahvoli

Ekologik toza hududda boʻlishi

7.

Rivojlanish potensiali

Kelajakda hududni kengaytirish imkoniyati mavjud boʻlishi

8.

Huquqiy holat (yer hujjati)

Yer toifasi muammosiz boʻlishi (qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan yerlar boʻlmasligi)

9.

Aholi gavjum hududlardan uzoqligi

Transport tirbandligi boʻlmasligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1) Yangiyoʻl shahri va Xatirchi tumaniga tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishdan tashqari yashil hududlar, avtoturargoh, yongʻin xavfsizligi yoʻllari uchun ham joy zarur boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 668-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AMALIY DASTUR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbai

Muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning loyihalarini tayyorlash.

1. Tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlarini joylashtirish uchun yangi barpo etiladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning namunaviy loyihasiga muvofiq tumanning arxitektura qiyofasini yaxshilash hamda maʼmuriy binolar qurishga doir ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning loyihalarini tayyorlash. Bunda quyidagilarni inobatga olish:

maʼmuriy bino loyihasining milliy anʼanalarga uygʻunligi;

hududning iqlimi va geografik joylashuvining oʻziga xos jihatlari hisobga olingani;

meʼmoriy qiyofasida ham tarixiy qadriyatlarni, ham zamonaviy qurilish uslublarini aks ettirgani;

umumiy foydalanishdagi xonalarning mavjudligi;

aholiga xizmat koʻrsatish uchun qulayligi;

imkoniyati cheklangan shaxslar uchun barcha qulayliklar yaratilgani.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy bino loyihasini vazirlikning hamda tegishli tuman (shahar) hokimliklarining rasmiy veb-saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish orqali jamoatchilik fikrini oʻrganish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari

2.

Yangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurish uchun yer maydonini tanlab olish (mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish uchun boshqa binoga koʻchirish zarurati mavjud boʻlmaganda).

1. Yangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurish uchun quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlgan yer maydonlarini aniqlash:

shahar markaziga yaqin joylashgan;

zarur transport va yoʻl infratuzilmasi mavjud boʻlgan, jumladan, avtobuslar hamda avtomashinalar uchun qulay harakatlanish imkoniyati mavjud boʻlgan;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari tortilgan;

yashil hududlar, avtoturargohlar, yongʻin xavfsizligi yoʻllari uchun zarur maydonga ega;

ekologik toza hududda joylashgan;

kelgusida, zaruratga koʻra, hududni kengaytirish imkoniyati mavjud boʻlgan;

ajratilishi rejalashtirilayotgan yer maydoniga tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan hamda yer toifasi aniq belgilangan.

2. Yangi bino joylashtiriladigan yer uchastkasining chegaralarini belgilash.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

3.

Mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish uchun yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni qurish.

1. Yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

2. Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish.

Bunda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish doirasida buyurtmachi etib viloyat hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilanadi.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

3. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va kelishish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyat hokimliklari

4. Qurilish ishlarini amalga oshirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, budjet ssudasi

Loyiha-smeta hujjatlari asosida

Tadbirkorlik subyektlari

5. Qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Qurilish yakunlangandan soʻng 8 ish kuni ichida

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

4.

Yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni qurishda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratilishini inobatga olish.

1. Yangi koʻp qavatli maʼmuriy binolarni ularning 1 va 2-qavatlarida tadbirkorlik subyektlari faoliyati yoʻlga qoʻyilishini nazarda tutgan holda loyihalashtirish. Xususan:

1 va 2-qavatlarni turli savdo va servis faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun moslashuvchan tarzda loyihalashtirish;

tadbirkorlik subyektlari foydalanadigan qavatlarda alohida kirish-chiqish eshiklari hamda havo aylanish tizimi boʻlishini taʼminlash;

1 va 2-qavatlarida tashqi reklama obyektlarini joylashtirish uchun imkoniyat yaratish.

2. Tadbirkorlik subyektlariga tashrif buyuruvchilar uchun qulay avtoturargoh va piyodalar harakati uchun infratuzilma mavjud boʻlishini nazarda tutish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Yangi maʼmuriy bino qurish davrida

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

5.

Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda optimal joylashtirish.

1. Xatirchi tumani, “Yangirabod” MFY, Yangirabod guzari koʻchasidagi 19-uyda joylashgan Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining binosini Xatirchi tuman hokimligiga hamda Alisher Navoiy MFYda joylashgan, 14-son maktabning boʻsh turgan (sobiq Uy-joy kommunal xoʻjaligi koleji binosi) binosini Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkazish.

Mahalliy budjet mablagʻlari, budjet ssudasi

(binoni rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun)

2025-yil dekabr

Navoiy viloyati hokimligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

2. Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi binosini rekonstruksiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va unga mahalliy boshqaruv organlarini joylashtirish.

2026-yil dekabr

6.

Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binolarda mahalliy boshqaruv organlarini joylashtirish shartlarini belgilash.

Yangi quriladigan koʻp qavatli maʼmuriy binoni mahalliy boshqaruv organlari va hokimliklar oʻrtasida binodan foydalanish shartlari va tartibini ishlab chiqish va kelishish (hokimlikka operativ boshqarish huquqi asosida oʻtkazish, tuman (shahar) mahalliy boshqaruv organlariga tekin foydalanish huquqi asosida berish).

Mablagʻ talab etilmaydi

Yangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurilishi yakunlangandan soʻng 1 hafta muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Mahalliy boshqaruv organlarini bir joyda samarali joylashtirish.

Mahalliy boshqaruv organlarini yangi qurilgan koʻp qavatli maʼmuriy binolarga yoki mavjud koʻchmas mulk obyektlariga xodimlarni joylashtirish meʼyorlariga asosan samarali joylashtirish.

Mahalliy budjet mablagʻlari

Belgilangan muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Mahalliy boshqaruv organlari joylashtirish uchun yangi qurilgan binolarning 1 va 2-qavatlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan savdo hamda servis faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.

1. Mahalliy boshqaruv organlari joylashtirilgan binolarning 1 va 2-qavatlarini belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali tadbirkorlik subyektlariga savdo va servis obyektlarini tashkil etish uchun ijaraga berish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Yangi koʻp qavatli maʼmuriy bino qurilib, foydalanishga topshirilganidan soʻng 2 oy muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari

2. Mahalliy boshqaruv organlari joylashtirilgan koʻp qavatli maʼmuriy binolarning 1 va 2-qavatlarida savdo hamda servis faoliyati yoʻlga qoʻyilishini taʼminlash.

Mablagʻ talab etilmaydi

Belgilangan muddatda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Mahalliy boshqaruv organlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan maʼmuriy binolarda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Mahalliy boshqaruv organlarini koʻchirish natijasida boʻshaydigan maʼmuriy binolarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boshqarmalariga topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan topshirish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2025-yil noyabr

(tuman (shahar) hokimliklari yangi maʼmuriy binoga koʻchib oʻtganidan soʻng oʻn kunlik muddatda)

Manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Mahalliy boshqaruv organlarining boʻshaydigan binolarni elektron-onlayn auksion savdolariga chiqarish.

Mablagʻ talab etilmaydi

2 oy muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

3. Sotishdan tushgan mablagʻlarni budjet ssudasini qaytarish, yangi maʼmuriy binolar qurilishi, shuningdek, mavjud koʻchmas mulk obyektlarining rekonstruksiyasi uchun tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetiga hamda viloyatlarning viloyat budjetiga yoʻnaltirish.

Mablagʻ talab etilmaydi

Belgilangan muddatda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.10.2025-y., 09/25/668/0970-son)