1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari | Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
Tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limlari | |||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
T/r | Lavozim nomi | Razryadlar |
1. | Rais | 20 |
2. | Rais o‘rinbosari | 18 |
3. | Matbuot kotibi | 18 |
4. | Rais maslahatchisi | 17 |
5. | Boshqarma boshlig‘i | 16 |
6. | Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, bosh hisobchi | 16-5% |
7. | Bo‘lim boshlig‘i, rais yordamchisi, xizmat boshlig‘i | 15 |
8. | Mudir | 15 |
9. | Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari | 15-5% |
10. | Bosh mutaxassis, bosh yuriskonsult, bosh auditor | 13 |
11. | Yetakchi mutaxassis, yuriskonsult, muhandis | 12 |
12. | 1-toifali mutaxassis | 10 |
5-ILOVA
T/r | Lavozim nomi | Viloyat bo‘yicha guruhlar | |||
guruhdan tashqari | 1-guruh | 2-guruh | 3-guruh | ||
1. | Boshqarma boshlig‘i | 16 | 16 | 15 | 14 |
2. | Boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari | 16 -3% | 15 -3% | 14 -3% | 13 -3% |
3. | Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari | 15-5% | 15-5% | 14-5% | 13 -3% |
4. | Bo‘lim boshlig‘i | 14 | 13 | 12 | 11 |
5. | Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari | 14-5% | 13-5% | 12-5% | 11-5% |
6. | Bosh mutaxassis | 12 | 12 | 11 | 10 |
7. | Bosh yuriskonsult | 12 | 12 | 11 | 10 |
8. | Yetakchi mutaxassis | 11 | 11 | 10 | 9 |
9. | 1-toifali mutaxassis | 11-3% | 11-3% | 10-3% | 9-3% |
10. | Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi | 11-5% | 11-5% | 10-5% | 9-5% |
11. | Mutaxassis | 10 | 10 | 9 | 8 |
12. | Mutaxassis (intervyuyer) | 10 | 10 | 9 | 8 |
6-ILOVA
T/r | Lavozim nomi | Razryadlar | ||
ma’muriy markazlar va Toshkent shahri tumanlari | viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar | qishloq tumanlari | ||
1. | Bo‘lim boshlig‘i | 14 | 13 | 13 |
2. | Bosh mutaxassis | 12 | 11 | 10 |
3. | Yetakchi mutaxassis | 11 | 10 | 9 |
7-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish muddati | Mas’ul organ |
Raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish yo‘nalishida | ||||
1. | Statistik hisobotlarni to‘ldirish jarayonida real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi beradigan sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan chat-bot AI ishlab chiqish. | 1. Sun’iy intellekt texnologiyalarini statistik hisobotlarni qabul qilish jarayonlariga joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. | 2025-yil sentabr | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Statistika hisobotlarini onlayn tarzda taqdim etishning e-Stat 4.0 axborot tizimi uchun sun’iy intellekt (artificial intelligence) texnologiyasi asosida “Maslahatchi” interaktiv xizmati (chat-bot) modulini ishlab chiqish. | 2026-yil yanvar | Milliy statistika qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi | ||
2. | “Hududlar statistikasi” axborot tizimini joriy etish. | 1. Statistika integrallashgan axborot tizimi negizida “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulining konsepsiyasini ishlab chiqish hamda unda joylashtiriladigan statistik ko‘rsatkichlarning ro‘yxatini shakllantirish. | 2025-yil iyun | Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
2. “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulini ishga tushirish va unda ro‘yxatga muvofiq statistik ko‘rsatkichlarning e’lon qilib borilishini ta’minlash. | 2025-yil dekabr | |||
3. | Tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish. | 1. Tadbirkorlik subyektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha joriy etiladigan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni ko‘rsatish tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil iyul | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha barcha darajadagi statistika organlari uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazish. | 2025-yil avgust — oktabr | |||
3. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini ko‘rsatishni boshlash va uni tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida ommalashtirish. | 2025-yil noyabr | |||
4. | Statistik ma’lumotlarning yangi manbalarini aniqlash va katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish. | 1. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi integratsiyalar (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) ro‘yxatini Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etib borish. | Doimiy | Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi mavjud integratsiyalardan (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish imkoniyatini yaratish. | 2025-yil dekabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi | ||
5. | Milliy statistika qo‘mitasi tizimida mavjud “fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish. | “Fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish choralarini ko‘rish va “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish. | 2025-yil aprel | Milliy statistika qo‘mitasi |
6. | Hududiy boshqarmalarni zamonaviy server qurilmalari bilan ta’minlash. | 1. Qo‘shimcha server qurilmalarini xarid qilish bo‘yicha loyiha hujjatlarini tayyorlash. 2. “O‘zbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish. 3. Milliy statistika qo‘mitasi tizimida server qurilmalarini foydalanishga joriy etish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qo‘mitasi |
7. | Statistik kuzatuvlarni o‘tkazish jarayonlariga telefon aloqasi yordamida intervyu o‘tkazish (CATI — Computer Assisted Telephone Interviewing) imkonini beruvchi call-markaz faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Call-markaz faoliyatini autsorsing xizmatidan foydalangan holda tashkil qilish hamda unga oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish. | 2026-yil 1-sentabrdan boshlab | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Milliy statistika qo‘mitasiga uning so‘roviga asosan taqdim etiladigan telefon raqamlar bazalaridan foydalanishga ruxsat berish. | Raqamli texnologiyalar vazirligi | |||
Tarmoqlar statistikasini takomillashtirish yo‘nalishida | ||||
8. | Statistik ko‘rsatkichlar hisob-kitoblariga iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish. | 1. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha institutsional birliklar tasniflagichini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb etish. | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Raqobat qo‘mitasi |
2. Korxona va tashkilotlarga iqtisodiyot sektorlari bo‘yicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish va unga asosan davlat moliyasi, bank, nomoliyaviy korxonalar statistikasi ko‘rsatkichlarini yuritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
9. | Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalari asosida yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish. | 1. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash bo‘yicha metodik yondashuvlardagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda 2010 — 2017-yillar uchun YAIMning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish. 2. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalarini Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti bilan muhokama qilish. 3. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalarini hisobga olgan holda yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini e’lon qilish. | 2025-yil sentabr | Milliy statistika qo‘mitasi |
10. | “Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish. | 1. Xalqaro valyuta jamg‘armasi eksperti tavsiyalari asosida korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini kuzatish bo‘yicha so‘rovnoma shaklini ishlab chiqish. | 2025-yil aprel | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yo‘naltirilgan xarajatlar tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibini ishlab chiqish. | 2025-yil may | |||
3. 2024-yil ma’lumotlari asosida 30 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini 143 ta iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha kuzatish. | 2025-yil may — iyul | |||
4. O‘tkazilgan kuzatuv natijalari asosida “Xarajatlar-ishlab chiqarish” koeffitsiyentlarini yangilash orqali “Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish. | 2026-yil dekabr | |||
11. | Narxlar statistikasi ko‘rsatkichlarini shakllantirish amaliyotini raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yanada takomillashtirish. | 1. Iste’mol narxlari indeksi ko‘rsatkichlarini shakllantirish jarayonlarida yangi axborot manbalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish. | 2025-2026-yillar | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida narxlar statistikasida muqobil axborot manbalari ma’lumotlaridan foydalanish uslublarini takomillashtirish. | 2025-2026-yillar | Milliy statistika qo‘mitasi | ||
12. | Ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni baholab borishni joriy qilish. | 1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida turli toifadagi aholi qatlami qamrovini ta’minlash maqsadida ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni baholab borish uslubiyotini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qo‘mitasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlari asosida ko‘p o‘lchovli kambag‘allik darajasini tajriba-sinov tariqasida hisoblashni yo‘lga qo‘yish. | 2026-yil iyun | |||
13. | Ishchi kuchi ko‘rsatkichlarini shakllantirish metodikasini eng so‘nggi xalqaro tavsiyalarga moslashtirish. | Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarida aholining mehnat bilan bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. | 2025-yil dekabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
14. | Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi ma’lumotlarning yuritilishini ta’minlash. | 1. Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi ma’lumotlarni (a’zolik haqidagi guvohnoma raqami, iqtisodiy zona nomi va undagi korxonalar ro‘yxati, STIR raqami, loyiha qiymati, ish o‘rinlari va boshqalar) yuritishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqish. | 2025-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Mazkur platformani Milliy statistika qo‘mitasining axborot tizimiga integratsiya qilish. | 2025-yil dekabr | |||
15. | Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish. | 1. Milliy statistika qo‘mitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan integratsiyalar asosida “Statistik registrlarning raqamli bazasi” axborot tizimini kengaytirish, jumladan: | Milliy statistika qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar | |
respondentlar ro‘yxatini shakllantirishda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish maqsadida “Litsenziya” raqamli statistika registrini; | 2025-yil may | |||
avtotransport vositalari soni (transport turlari, yonilg‘i turlari, rusumlari, texnik ko‘rik natijalariga ko‘ra soz yoki nosozligi to‘g‘risidagi birlamchi ma’lumotlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish maqsadida “Transport” raqamli statistika registrini joriy etish. | 2025-yil iyun | |||
16. | Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashganligi va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir ma’lumotlarni shakllantirish. | 1. Har bir oliy ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan “Karyera markazlari”da bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish. | 2025-yil avgust | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Soliq qo‘mitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar haqidagi Soliq qo‘mitasidagi individual ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olishni yo‘lga qo‘yish. | 2025-yil sentabr | |||
3. Yig‘ilgan ma’lumotlarni o‘zaro solishtirish orqali bitiruvchilarning ishga joylashganligi va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir ma’lumotlarni shakllantirish. | 2025-yil noyabr | |||
4. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni belgilangan tartibda e’lon qilib borish. Bunda tegishli ma’lumotlardan shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalaniladi. | 2025-yil dekabr | |||
17. | Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifati va ta’limga individual yondashuv darajasini baholash maqsadida (Faculty-to-Student Ratio) professor-o‘qituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati bo‘yicha indikator ishlab chiqish va e’lon qilish. | 1. Har bir oliy ta’lim tashkiloti kesimida ilmiy darajalar (fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori), ilmiy unvon (professor, dotsent) bo‘yicha professor-o‘qituvchi xodimlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish. | 2025-yil oktabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Barcha mulkchilik shaklidagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni va jinsi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida oliy ta’lim tashkilotlari kesimida (Faculty-to-Student Ratio) professor-o‘qituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va belgilangan tartibda e’lon qilib borish. | 2025-yil dekabr | |||
18. | Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli dasturi parametrlarini iqtisodiy faoliyat turlariga moslashtirish. | Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini xalqaro standartlarga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi (2-tahrir) bilan muvofiqlashtirish. | 2025-yil aprel | Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
19. | Faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining IFUT xos raqamini axborot tizimlarida qayd etish. | 1. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining asosiy va qo‘shimcha faoliyat turi hamda tegishli IFUT xos raqamini belgilagan holda ma’lumotlarni Adliya vazirligiga taqdim etish. | 2025-yil aprel | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ular shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari hamda Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshirish. | 2025-yil iyun | Adliya vazirligi | ||
20. | Yillik statistika hisobotini taqdim etishdan ozod etiladigan korxonalar ro‘yxatini shakllantirish. | 1. Kichik tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxatini, shu jumladan, xodimlar soni va yillik mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi, aksiz solig‘ini to‘lovchilar ro‘yxati haqidagi ma’lumotlarni statistika organlariga taqdim etib borish. | 11 oylik ma’lumotlar kelgusi yilning 1-fevraliga qadar, yillik ma’lumotlar kelgusi yilning 5-martiga qadar | Soliq qo‘mitasi |
2. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalar ro‘yxatini statistika organlariga taqdim etish. | 1-fevraliga qadar | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi | ||
21. | Samaradorlik ko‘rsatkichlarining uslubiyotini ishlab chiqish. | 1. Energiya samaradorligi ko‘rsatkichlarini, ularning uslubiyotini xalqaro tavsiya va qo‘llanmalar asosida qayta ko‘rib chiqish hamda rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslarida e’lon qilish. | 2025-2026-yillar | Energetika vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
2. Xalqaro tavsiya va qo‘llanmalar asosida investitsiya samaradorlik ko‘rsatkichini hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. | 2025-2026-yillar | |||
22. | Mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ma’lumotlar manbasini shakllantirish. | Bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganish natijalarini iqtisodiy faoliyat turlari (ikki xonali raqamli kodlar), hududlar (viloyat, tuman/shahar) va jins bo‘yicha Milliy statistika qo‘mitasiga tizimli ravishda taqdim etib borish. | Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 30 sanasiga qadar | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
23. | Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar bo‘yicha o‘zlashtirilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish. | Qo‘shimcha tarmoq va hududiy loyihalar ro‘yxatini quyidagi tartibda shakllantirish: | ||
1. Qo‘shimcha hududiy va tarmoq loyihalar ro‘yxatini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etish. | Hisobot davridan oldingi oyning 28-sanasiga qadar | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar | ||
2. Quyidagi ma’lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etish: | ||||
Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qo‘shimcha hududiy va tarmoq loyihalari ro‘yxatini har bir loyihaga biriktirilgan xos raqam (ID kod) bilan birga; | Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar | |||
xorijiy investitsiya va kreditlar, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar bo‘yicha ishga tushirilgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni. | Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar | |||
24. | Markazlashgan mablag‘lar hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish. | Respublika budjeti, Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etib borish: | Iqtisodiyot va moliya vazirligi | |
- loyihalar kesimida loyiha nomi va xos raqamni (ID kod) hamda tashabbuskor nomi va STIR raqamini; | Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar | |||
- loyihalar kesimida ishga tushirilgan quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni. | Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar | |||
25. | Tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ma’muriy ma’lumotlar asosida shakllantirish. | 1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot tizimidagi ma’lumotlarni ko‘lamini qayta ko‘rib chiqish hamda paxta xomashyosini tayyorlash to‘g‘risidagi (3-paxta) va don ekinlarini tayyorlash to‘g‘risidagi (3-don) statistik hisobot shakllaridagi ko‘rsatkichlarga to‘liq moslashtirish. | 2025-yil aprel | Qishloq xo‘jaligi vazirligi |
2. Paxta xomashyosi va boshoqli don to‘g‘risidagi ma’lumotlarni axborot tizimi orqali Milliy statistika qo‘mitasiga quyidagi muddatlarda taqdim etish: paxta xomashyosi bo‘yicha — 1-oktabr, 1-noyabr hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda; boshoqli don bo‘yicha — 1-iyul, 1-avgust hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda. | Har yili | Qishloq xo‘jaligi vazirligi | ||
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don bo‘yicha statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish. | Statistika dasturida belgilangan muddatlarda | Milliy statistika qo‘mitasi | ||
26. | Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining faoliyatiga oid statistik ma’lumotlarni shakllantirish. | 1. “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi ma’lumotlarni dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi (4-dx) statistik hisobotidagi ko‘rsatkichlarga to‘liq moslashtirish. | 2025-yil aprel | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi |
2. Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining yer maydonlari haqidagi ma’lumotlarni “Uzkad” hamda Milliy geoaxborot tizimlari orqali “Onlayn mahalla” axborot tizimiga taqdim etib borish. | Doimiy | Kadastr agentligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
3. Hokim yordamchilari dehqon va tomorqa xo‘jaliklarining ekinlar ekilgan maydoni, yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ma’lumotlarni “Onlayn mahalla” axborot tizimiga kiritib borish. | Har chorakda | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
4. Hokim yordamchilari tomonidan “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi ko‘rsatkichlar asosida dehqon va tomorqa xo‘jaliklari faoliyati to‘g‘risidagi statistik hisobotni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda statistika organlariga e-Stat axborot tizimi orqali taqdim etish. | Har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi | ||
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yo‘nalishida | ||||
27. | Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan grant loyihani amalga oshirish. | Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan Milliy statistika qo‘mitasining statistik salohiyatini mustahkamlash bo‘yicha 2025 — 2028-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Koreya hukumati granti loyihasini boshlash uchun tegishli choralar ko‘rish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi |
28. | Xalqaro qo‘llanma, tavsiya va standartlar elektron bazasini yaratish. | Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro statistika qo‘llanmalari, tavsiyalari va standartlari elektron bazasini yaratish va uslubiy materiallar kutubxonasiga (https://lib.stat.uz) joylashtirish. | 2025-yil oktabr | Milliy statistika qo‘mitasi |
29. | Milliy statistika qo‘mitasining xalqaro tashkilotlardagi faolligini kengaytirish. | Milliy statistika qo‘mitasining xalqaro tashkilotlarda, xususan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika byurosida, Yevropa statistiklar konferensiyasi Byurosida va Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qo‘mitasi Byurosida samarali ishtirok etishini ta’minlash. | 2025-2026-yillar | Milliy statistika qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
30. | Xalqaro mehnat tashkilotiga (XMT) ma’lumotlarni taqdim etish. | Xalqaro mehnat tashkiloti talablari asosida “Xalqaro mehnat statistikasi” axborot tizimiga O‘zbekistonda ishchi kuchi kuzatuvlari ma’lumotlarini o‘z muddatida va to‘liq taqdim etib borish. | Yilda bir marotaba | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi |
31. | Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) axborot tizimlarida mamlakatning asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarini aks ettirishni ta’minlash. | 1. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Kengaytirilgan ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)dan Ma’lumotlarni tarqatishning maxsus tizimi (MTMT)ga o‘tish. | 2025-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, Markaziy bank |
2. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Xalqaro moliya statistikasi sahifasida talab etiladigan asosiy makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistika ko‘rsatkichlarining e’lon qilib borilishini ta’minlash. | Doimiy | |||
32. | Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash ko‘rsatkichlarini shakllantirish. | Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash ko‘rsatkichlari va ularni shakllantirish tartibi loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil iyun | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
Ochiq ma’lumotlar portalini takomillashtirish yo‘nalishida | ||||
33. | Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish. | 1. Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish funksiyasini xalqaro tajribani o‘rgangan holda yanada takomillashtirish. | 2025-yil sentabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi, Milliy statistika qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. Ochiq ma’lumotlar portalida ma’lumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari va tashkilotlari mas’ul xodimlarining xalqaro tajriba asosida geofazoviy ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha malakasini oshirish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Ochiq ma’lumotlar portalida geofazoviy ma’lumotlar sonini oshirish bo‘yicha choralarni ko‘rish. | 2025-yil dekabr | |||
34. | Ochiq ma’lumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarda O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash. | 1. Ochiq ma’lumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimini o‘rganish. | 2025-yil may | Milliy statistika qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar |
2. “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimi asosida Ochiq ma’lumotlar portalida va Milliy statistika qo‘mitasining “SIAT” axborot tizimida ma’lumotlarni joylashtirish. | 2025-yil noyabr | |||
3. Ochiq ma’lumotlar portalida va Milliy statistika qo‘mitasining “SIAT” axborot tizimida joylashtirilgan ma’lumotlarni “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” reytinglarini yuritadigan “Open Data Watch” xalqaro tashkilotiga taqdim etish. | 2025-yil dekabr | |||
Boshqa yo‘nalishlarda | ||||
35. | Tizim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish. | 1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga statistika ma’lumotlariga yoki statistika faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan (hisobot taqdim etish majburiyati, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bog‘liq) normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlayotgan har qanday tashkilot ularni Milliy statistika qo‘mitasi bilan dastlabki kelishishi shartligiga oid norma kiritish. 2. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan amaldagi yig‘im miqdorini bozor narxlaridan kelib chiqqan holda qayta belgilash, shuningdek, taqdim etish muddatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va tegishli tuzatishlar kiritish. | 2025-yil dekabr | Milliy statistika qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
36. | Mavjud resurslardan foydalangan holda statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | 1. Hududiy statistika organlari balansidagi tuman (shahar) bo‘limlari binolarini belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rish hamda sotishdan tushgan mablag‘larni statistika organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirish. | 2025-yil davomida | Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
2. Hududiy statistika organlarini joylashtirish uchun tuman va shahar hokimliklari binosidan zarur xonalarni ajratish hamda ijara qiymatini “nol” stavkada belgilash. | Doimiy | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari | ||
37. | Rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning so‘rovlari bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish. | 1. 2022 — 2024-yillar uchun foydalanuvchilardan kelib tushgan so‘rovlar ma’lumotlar bankini shakllantirish va tahlil qilish. | 2025-yil sentabr | Milliy statistika qo‘mitasi |
2. Tahlillar asosida foydalanuvchilarning ehtiyoji yuqori bo‘lgan ma’lumotlarni keng e’lon qilib borish. | Doimiy | |||