06.10.2025 yildagi PQ-296-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati oʻtgan boʻlsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi. Bunda raqamli markirovkalangan muddati oʻtgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish maqsadida davlat sanitariya nazorati organi tizimidagi akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda oʻtkaziladigan barcha sinovlar bayonnomalari elektron koʻrinishda “E-akkreditatsiya” axborot tizimining “E-laboratoriya” moduli orqali rasmiylashtiriladi hamda ushbu organning rasmiy veb-saytida xulosasi rasmiylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining yagona onlayn reyestri yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2025-yil 15-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish tartibi joriy etiladi. Bunda mazkur tadbirlarni oʻtkazish uchun nodavlat notijorat tashkilotning tegishli xodimi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Raqobat qoʻmitasi) huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazining oʻquv kurslarini tamomlaganligi toʻgʻrisidagi maxsus sertifikatga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Raqobat qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan ularga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilishni tashkil qilish va sohadagi muammolarni oʻrganish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari berish tarzida mablagʻlar ajratib boriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu mablagʻlar Jamgʻarmadan Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladigan mablagʻlar qismi hisobidan ajratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) isteʼmolchilar murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari berishda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini baholash mezonlari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) nodavlat notijorat tashkilotlarga davlat ijtimoiy buyurtmalari berish tarzida ajratiladigan mablagʻlardan samarali foydalanishni tashkil qilish uchun gʻaznachilik nazorati oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “isteʼmolchi — tadbirkor — nodavlat notijorat tashkilotlar — davlat organlari” tizimi joriy etiladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) isteʼmolchilarning barcha murojaatlari Raqobat qoʻmitasida ishga tushiriladigan “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimi orqali qabul qilinadi va barcha bosqichlarda monitoring qilib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimini Soliq qoʻmitasining yagona axborot tizimiga integratsiya qilish orqali barcha tadbirkorlik subyektlariga isteʼmolchilardan murojaatlar kelib tushgani haqida xabar yuborish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) isteʼmolchining “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimi orqali roʻyxatga olingan murojaati, birinchi navbatda, tadbirkor tomonidan Raqobat qoʻmitasi nazorati ostida 10 kun ichida koʻrib chiqiladi, isteʼmolchi murojaati ijobiy hal etilmagan taqdirda, murojaatchining tanloviga koʻra Qoʻmitaga yoki nodavlat notijorat tashkilotlarga oʻrganib chiqish uchun yuboriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) isteʼmolchi huquqlarining buzilishi holatlari mavjud boʻlganda, nodavlat notijorat tashkilotlar tadbirkorga ixtiyoriy tartibda huquqbuzarlikni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) agar tadbirkor 10 kun ichida huquqbuzarlikni ixtiyoriy tarzda bartaraf etmasa, nodavlat notijorat tashkilotlar holat yuzasidan isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boʻyicha tegishli vakolatli davlat organlariga mazkur tizim orqali yoki sudga murojaat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Raqobat qoʻmitasi isteʼmolchilarning tizimli muammolarini oʻrganish va hal etish, nomuayyan doiradagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish ishlarini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqobat qoʻmitasining yaroqlilik muddati oʻtgan, shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilishi shartligi belgilangan oziq-ovqat mahsulotlarini ularning ishlab chiqarilgan sanasi va yaroqlilik muddati koʻrsatilmagan holda sotganlik hamda sotish uchun qabul qilganlik uchun maʼmuriy huquqbuzarlik boʻyicha jarimalar miqdorini uch baravargacha oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raqobat qoʻmitasi ikki oy muddatda mazkur bandda keltirilgan taklif yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondiga isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish yoʻnalishida nodavlat notijorat tashkilotlarga davlat subsidiyalari, grantlar ajratish va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Isteʼmolchilarning murojaatlarini oʻz vaqtida qabul qilish va koʻrib chiqish maqsadida 1-ilovaga muvofiq davlat organlari va tashkilotlar uch oy muddatda oʻz axborot tizimlarini “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimiga integratsiya qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish va yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqobat qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi H.S. Turaxujayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 6-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz axborot tizimlarini “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimiga integratsiya qiladigan davlat organlari va tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Davlat organlari va tashkilotlar nomi

Integratsiya qilinadigan tizim nomi

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi

cabinetpm2.gov.uz

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

kb-business.gov.uz

3.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil

admbusiness.gov.uz

4.

Bosh prokuratura

1007.prokuratura.uz

5.

Soliq qoʻmitasi

my.soliq.uz

6.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

murojaat.gov.uz

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Isteʼmolchilar huquqlarini samarali himoya qilishni samarali tashkil etish va yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

1.

“Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazining oʻquv kurslarida nodavlat notijorat tashkilotlarning xodimlarini oʻqitish va ularga maxsus sertifikat berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2025-yil oktabr

Raqobat qoʻmitasi

2.

Nodavlat notijorat tashkilotning “Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazishga jalb etiladigan xodimlarini Raqobat qoʻmitasi huzuridagi Raqobat siyosati va isteʼmolchilar huquqlari tadqiqotlari markazida oʻqitish.

Amaliy chora-tadbir

Doimiy

Raqobat qoʻmitasi

3.

Nodavlat notijorat tashkilotlarga isteʼmolchilar murojaatlarini koʻrib chiqish hamda “Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari berishda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini baholash mezonlarini tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2025-yil oktabr

Raqobat qoʻmitasi

4.

Nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish, “Sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tajriba natijalaridan kelib chiqib, tegishli funksiyalarni nodavlat notijorat tashkilotlarga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif kiritish

2026-yil dekabr

Raqobat qoʻmitasi

5.

Sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish maqsadida davlat sanitariya nazorati organi tizimidagi akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarda oʻtkaziladigan barcha sinovlar bayonnomalarini elektron koʻrinishda “E-akkreditatsiya” axborot tizimining “E-laboratoriya” moduli orqali rasmiylashtirish hamda ushbu organning rasmiy veb-saytida xulosasi rasmiylashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining yagona onlayn reyestrini yuritish.

Amaliy chora-tadbir

2025-yil oktabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi

6.

Raqobat qoʻmitasining “Fair tech” yagona axborot tizimi doirasida isteʼmolchilarning barcha murojaatlarini qabul qilish va nodavlat notijorat tashkilotlarga yuborish, koʻrib chiqish jarayonlarini qamrab oluvchi “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimini ishga tushirish.

Bunda Raqobat qoʻmitasiga isteʼmolchilardan kelib tushgan murojaatlarni avtomatik ravishda yagona axborot tizimiga oʻtkazish va ijro jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish maqsadida “Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Bosh vazirning virtual qabulxonasi, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Bosh prokuraturaning axborot tizimlariga integratsiya qilish.

Amaliy chora-tadbir

2025-yil noyabr

Raqobat qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi,

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Ekologiya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,

Savdo-sanoat palatasi

7.

“Isteʼmolchi murojaati” axborot tizimini Soliq qoʻmitasining yagona axborot tizimi bilan integratsiya qilish orqali barcha tadbirkorlik subyektlariga isteʼmolchilarning murojaatlari kelib tushganligi haqida xabar yuborish tizimini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbirlar

2025 yil noyabr

Soliq qoʻmitasi,

Raqobat qoʻmitasi

8.

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish muddatlari va tartibini oʻzgartirishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil noyabr

Raqobat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

9.

Isteʼmolchilarning murojaatlarini onlayn qabul qilish, koʻrib chiqish va tezkor maslahat yoki javob berish tizimini joriy etish. Bunda zamonaviy va “aqlli” texnologiyalardan (sunʼiy intellektdan) foydalangan holda isteʼmolchilarning murojaatlarini onlayn qabul qilish, koʻrib chiqish, tezkor maslahat va javob berish amaliyotini joriy etish.

Raqobat qoʻmitasining veb-saytida va telegram botida rukn tashkil etish

2026-yil yanvar

Raqobat qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

10.

Raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati oʻtgan boʻlsa, ularning savdosini tizim orqali avtomatik ravishda cheklash, nazorat-kassa texnikalarida tovar cheki chiqarilmasligini yoʻlga qoʻyish.

Amaliy chora-tadbir

2026-yil fevral

Soliq qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

11.

Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi qonunlariga tovar (ish, xizmat)lar nomi, yorliqlari, tamgʻalari, texnik hujjatlari va reklamasida, shuningdek, firma nomida soxta yoki isteʼmolchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilardan asossiz foydalanishning oldini olish maqsadida ekologik soflikni ifodalovchi soʻzlar (“eko”, “eco”, “eko”), shuningdek, ushbu soʻzlardan hosil boʻladigan soʻz birikmalari yoki mazkur soʻzlarni oʻz ichiga olgan soʻzlardan foydalanishni qonun darajasida tartibga solishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Qonun loyihasi

2025-yil noyabr

Raqobat qoʻmitasi,

Ekologiya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yoʻnalishlari quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh: mazkur ilovaga muvofiq xususiy sektorga berilayotgan davlat funksiyalari boʻyicha tovarlar muomalasi sohasi 2035-yil 31-dekabrga qadar tovar bozori sifatida qaralmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PQ-5031-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-xom ashyo birjalari faoliyatiga ilgʻor axborot texnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 2-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi “Aholini sifatli isteʼmol tovarlari bilan taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-110-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 5-banddagi “Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi” soʻzlari “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshidagi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)