O‘zbekiston Respublikasining qonuni
“TOVAR BELGILARI, XIZMAT KO‘RSATISh BELGILARI VA TOVAR KELIB ChIQQAN JOY NOMLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007-yil 17-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
Senat tomonidan 2007-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi 267-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 178-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 1-moddadagi “tovar belgilaridan, xizmat ko‘rsatish belgilaridan va tovar kelib chiqqan joy nomlaridan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan” degan so‘zlar “tovar belgilarini, xizmat ko‘rsatish belgilarini va tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy jihatdan muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-modda ikkinchi qismining:
beshinchi xatboshisi “davlat reyestrini (bundan buyon matnda reyestr deb yuritiladi)” degan so‘zlardan keyin “shuningdek O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatini (bundan buyon matnda Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxati deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshisi “huquqi berilganligi” degan so‘zlardan keyin “shuningdek tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum deb e’tirof etilganligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”;
3) 8-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma Patent idorasi tomonidan belgilangan tartibda beriladi”;
4) 10-modda birinchi qismi 13-bandi uchinchi xatboshisining o‘zbek tilidagi matnidagi “umum e’tirof etilgan” degan so‘zlar “hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 12-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovar belgisining ustuvorligi ilgari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga ko‘ra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab belgilanishi mumkin”;
6) 13-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomani davlat ekspertizasidan o‘tkazish davrida talabnoma beruvchi bu talabnoma yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar dastlabki talabnomada sanab o‘tilgan tovarlarni talabnomalar o‘rtasida taqsimlash orqali dastlabki talabnomani ikki yoki bir necha talabnomaga ajratishga haqli”;
uchinchi—beshinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi—oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Agar talabnoma beruvchi so‘ralayotgan qo‘shimcha materiallarni yoki ularni taqdim etish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmasa, talabnoma chaqirib olingan deb hisoblanadi”;
7) 15-modda:
birinchi qismidagi “to‘qqiz oy mobaynida” degan so‘zlar “yetti oy ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi “10-moddasi” degan so‘zlardan keyin “(10-moddasi birinchi qismining 14-bandi bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 18-moddaning birinchi qismidagi “bir oy mobaynida” degan so‘zlar “uch kun ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 20-moddaning uchinchi qismidagi “bir oy davomida” degan so‘zlar “o‘n kun ichida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 23-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovar belgisiga doir guvohnomani haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida nizo kelib chiqqan taqdirda, huquqiy muhofaza berish nizolashilmayotgan bitta tovar yoki tovarlarning bir qismi uchun tovar belgisi alohida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bir necha tovarga nisbatan amal qilayotgan tovar belgisi ro‘yxatdan o‘tkazilganligidan tovar belgisi egasining arizasiga binoan ajratib ko‘rsatiladi”;
11) 24-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma Apellatsiya kengashining yoki sud qarori asosida to‘liq yoki qisman haqiqiy emas deb topiladi”;
12) quyidagi mazmundagi 321 va 322-moddalar bilan to‘ldirilsin:
“321-modda. Hammaga ma’lum tovar belgisi
O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazish asosida muhofaza qilinadigan tovar belgisi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tkazilmay ham muhofaza qilinadigan tovar belgisi, shuningdek tovar belgisi sifatida foydalaniladigan, lekin O‘zbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega bo‘lmagan belgi yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasiga binoan, agar bunday tovar belgilaridan yoki belgidan muttasil foydalanilishi natijasida ular arizada ko‘rsatalgan sanadagi holatga ko‘ra mazkur shaxsning tovarlari xususida O‘zbekiston Respublikasida tegishli iste’molchilar orasida keng ma’lum bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida hammaga ma’lum tovar belgisi deb e’tirof etilishi mumkin.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga ushbu Qonunda tovar belgisi uchun nazarda tutilgan huquqiy muhofaza beriladi.
322-modda. Hammaga ma’lum tovar belgisini huquqiy muhofaza qilish
Hammaga ma’lum tovar belgisiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Apellatsiya kengashining qarori asosida huquqiy muhofaza beriladi.
Hammaga ma’lum deb e’tirof etilgan tovar belgisi Patent idorasi tomonidan Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritiladi.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlar ular Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritilganidan keyin Patent idorasining rasmiy axborotnomasida e’lon qilinadi. E’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hammaga ma’lum tovar belgisiga guvohnoma berish tovar belgisi Hammaga ma’lum tovar belgilari ro‘yxatiga kiritilgan sanadan e’tiboran o‘n kun ichida Patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi. Guvohnomaning shakli va unda ko‘rsatiladigan ma’lumotlar tarkibi Patent idorasi tomonidan belgilanadi.
Hammaga ma’lum tovar belgisining huquqiy muhofazasi muddatsiz amal qiladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 19-sentabr,
O‘RQ-111-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 37-38-son, 379-modda)