OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI “OʻZDAVENERGONAZORAT” BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
ISTEʼMOLChILARGA ELEKTR ENERGIYASINI YETKAZIB BERISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 29-iyulda 1392-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ushbu buyruq “Oʻzdavenergonazorat” elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” toʻgʻrisidagi” nizomga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57 sonli qarorini bajarilishi boʻyicha buyuraman:
1. Ilova* qilinayotgan “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kunidan boshlab 10 kundan keyin amalga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq bajarilishining nazoratini oʻz zimmamda qoldiraman.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. TEShABOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-iyul,
257-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 349-modda)