“OʻZDAVENERGONAZORAT” Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi BOShLIGʻINING
BUYRUGʻI
Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 11-yanvarda 1440-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 28-fevraldagi 3-sonli “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni va unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1440-2, 11.03.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizom”ga asosan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish toʻgʻrisida”gi 57-sonli qarorini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-noyabrdagi “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 511-sonli qarorini bajarish Nazorat-rejasining 2-bandini ijro etish maqsadida, buyuraman:
1. “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab 10 kundan keyin amalga kiritilsin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kunidan boshlab “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining 2004-yil 15-iyuldagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtgan (2004-yil 29-iyul, roʻyxat raqami 1392 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. 30-son) “Isteʼmolchilarga elektr energiyasini yetkazib berish tartibi toʻgʻrisida nizom”ni tasdiqlash haqidagi 257-sonli buyrugʻi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Ushbu buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni oʻz zimmamda qoldiraman.
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 24-dekabr,
415-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 2-son, 11-modda, 2005-y., 10-11-son, 79-modda)