31.10.2019 yildagi PQ-4502-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish va modernizatsiya qilish, shu jumladan ma’muriy tartib-taomillarni takomillashtirish, aholi murojaatlarini ko‘rib chiqish jarayonlarining shaffofligi va optimallashuvini ta’minlash, faol tadbirkorlikni rag‘batlantirish, shuningdek, investitsion iqlim va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat xizmatlari ko‘rsatishni kengaytirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyot yutuqlarining imkoniyatlari to‘la ro‘yobga chiqarilmayotgan qator sohalar saqlanib qolmoqda. Xususan, ijtimoiy-mehnat sohasida zamonaviy axborot texnologiyalari yetarli darajada faol qo‘llanilmayapti. Hozirga qadar tashkilotlarda kadrlar bo‘yicha ish yuritish asosan qog‘oz shaklida amalga oshirilmoqda, bu esa xodimning, ayniqsa, pensiya ta’minoti huquqlarini rasmiylashtirishda mehnat staji aniq hisoblanishini murakkablashtiradi, shuningdek, aholi bandligi haqidagi ma’lumotlarning noto‘g‘ri ko‘rsatilishiga sharoit yaratadi va ma’muriy boshqaruv xarajatlarini ko‘paytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishni yanada kuchaytirish va ularning mehnat stajini hisoblash mexanizmini takomillashtirish, ijtimoiy-mehnat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020-yil 1-yanvardan quyidagilarni ta’minlovchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (keyingi o‘rinlarda — “YAMMT” IDAK) joriy qilish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarning tuzilmasi (shtatlar jadvali), shu jumladan mavjud va yaratiladigan ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq to‘lash shartlari to‘g‘risidagi elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning mehnat stajini hisoblash to‘g‘risidagi ma’lumotlar, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘lovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarchasida jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantirish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bandligini ta’minlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori ko‘rsatkichlari holati va dinamikasi to‘g‘risidagi axborotlardan iborat ma’lumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar hamda ishchilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qo‘yiladigan malakaviy va boshqa talablar to‘g‘risida avtomatik tarzda to‘planadigan xolis, shaffof va dolzarb ma’lumotlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tashkilotlarga ular o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishi uchun “YAMMT” IDAKdan zaruriy ma’lumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat resurslarining, xususan, mehnat resurslari toifalari, ishga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari asosida pensiya yoshidagi ishlayotgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida har kuni yangilanadigan balansini shakllantirish;
(1-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi, ishga joylashtirish dasturlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek, ish o‘rinlarining attestatsiyasi, Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga tegishli ma’lumotlarning (axborotlarning) to‘liq kiritilishini ekspertizadan o‘tkazish natijalarini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish, tashkiliy tartibdagi mehnat migratsiyasi to‘g‘risidagi kelishuvga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha attashe tomonidan xorijda ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish, shuningdek, ishga joylashtirilayotgan mamlakatda bo‘lish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va yashash-turmush ta’minoti, chet ellik ish beruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarining huquqiy jihatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida onlayn tartibda ma’lumotlar taqdim etish imkoniyati;
(1-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozorining, hududlar, jins va yosh omillari, sohalar va mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifning rivojlanish tendensiyalari prognozini shakllantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilarga pullik xizmatlar ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot resurslari bilan integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi bo‘yicha yuklatilgan funksiyalarni to‘la hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish.
(1-bandning o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan o‘n ikkinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “YAMMT” IDAK uchun real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladigan almashuv ma’lumotlari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2020-yil 1-yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “YAMMT” IDAKda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Bunda 2020-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020-yil 1-sentabrdan kechiktirmasdan “YAMMT” IDAKda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini “YAMMT” IDAKda ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil 1-yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida “YAMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi “YAMMT” IDAKning balansda saqlovchisi hisoblanadi;
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “YAMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi. “YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, kuzatib borish, ta’minlash va takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi) hisobidan amalga oshiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ish beruvchilar “YAMMT” IDAK orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladigan pullik xizmatlardan ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-avgustdagi PF-126-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xodimning mehnat staji, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvardan so‘ng — “YAMMT” IDAKda mavjud ma’lumotlar asosida (qonun hujjatlarida belgilangan alohida hollardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-yanvarga qadar — “YAMMT” IDAK joriy qilingungacha o‘rnatilgan tartibda belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YAMMT” IDAK) joriy qilish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — Idoralararo ishchi guruhi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Idoralararo ishchi guruhining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni ishlab chiqish, joriy qilish, foydalanish va rivojlantirish bo‘yicha vazirlik va idoralar faoliyatini hamda uning “Elektron hukumat” tizimiga integratsiyalashuvini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish, mehnat munosabatlari subyektlarining axborot ehtiyojlarini qondirish maqsadida “YAMMT” IDAK orqali ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni elektron shaklga yanada kengroq o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy tadbirlarni, shu jumladan “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida “YAMMT” IDAKni boshqarish direksiyasi (keyingi o‘rinlarda — Direksiya) tashkil etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiyaning tashkiliy tuzilmasi hamda xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish shartlari vazirlik tomonidan ajratilgan mablag‘lar va boshqa manbalar doirasida Direksiya tomonidan belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Direksiya zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchilar tomonidan mehnat shartnomalarining o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini monitoring qilish, mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ish beruvchilar va xodimlarga texnik yordam ko‘rsatish, shu jumladan tegishli ma’lumotlarni kiritish va olish uchun zarur apparat vositalarini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKni qo‘llash, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish va joriy qilish, xodimning mehnat staji to‘g‘ri hisoblanishini ta’minlash jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalar bo‘yicha ish beruvchilarga texnik va axborot ko‘magini taqdim qilish, shuningdek, “YAMMT” IDAK foydalanuvchisi hisoblangan fuqarolarga axborot ko‘magini ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi axborot tizimlari bilan “YAMMT” IDAK ma’lumotlarini almashish masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni tashkillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAKdan samarali va ishonchli foydalanish, tegishli axborot dasturlarini ishlab chiqish, texnik qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirish, shuningdek, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, ish beruvchilar va xodimlar shaxsiy ma’lumotlarining axborot xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash;
(8-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy etilayotgan mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va elektron mehnat daftarchalarini yuritish tartibini tushuntirib beruvchi, “YAMMT” IDAKni rivojlantirish va takomillashtirish istiqbollari haqida materiallar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida chop etish, teleradiokanallarda maxsus teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasining xarajatlar smetasida “YAMMT” IDAKni ta’minlash, rivojlantirish, takomillashtirish, samarali ishlab turishi va axborot xavfsizligini ta’minlash uchun mablag‘larni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKning ishlab chiqilayotgan Davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot-tahlil tizimi bilan integratsiyalashtirishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKni soliq xizmati organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashtirish orqali xodimlarning mehnat faoliyati to‘g‘risida “YAMMT” IDAKda aks etuvchi ma’lumotlarning hisoblangan ish haqini shaxsiy hisobga olish markazlashtirilgan elektron reyestri ma’lumotlari bilan to‘g‘ri kelishini talabnoma asosida tekshirishni (verifikatsiyalashni) doimiy asosda ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi va respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda ikki oy muddatda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar, ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasasidan olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqida guvohnomalar berilgan jismoniy shaxslarning elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirsin va uni “YAMMT” IDAK bilan integratsiyalashtirishni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi tayyorlangan, taqsimlangan, buzilgan va berilgan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomlar, ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatlar, shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasasidan olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqida guvohnomalar blanklari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligiga muntazam ravishda kiritib boradi, diplom olgan jismoniy shaxsga berilgan blank uning shaxsiy identifikatsiya raqamiga biriktirib qo‘yiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Belgilab qo‘yilsinki, mehnat shartnomalarini, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirishlarni, ularning tugatilishini “YAMMT” IDAKda o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek, elektron mehnat daftarchasini shakllantirish uchun mas’uliyat ish beruvchi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining jismoniy shaxslarga ixtiyoriy ravishda o‘tgan davrdagi ishga joylashganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mustaqil tarzda “YAMMT” IDAKga kiritish huquqini berish, bunda jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda kiritgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi organlari tomonidan majburiy verifikatsiyalanishini (tasdiqlanishini) nazarda tutish to‘g‘risidagi taklifi qo‘llab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ish beruvchilar va jismoniy shaxslarni to‘liq qamrab olgan holda “YAMMT” IDAKni joriy etishni samarali muvofiqlashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi markaziy apparati Mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash boshqarmasi boshqaruv xodimlarining shtatlari soni 16 nafarga oshirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarida boshqaruv xodimlarining umumiy soni 84 nafardan iborat bo‘lgan mehnat standartlari va mehnatga haq to‘lash bo‘limlari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, yuqorida ko‘rsatilgan umumiy soni 100 nafardan iborat boshqaruv xodimlari shtatlari tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlaridagi kasbiy qayta o‘qitishni tashkil etish shu’basi mutaxassislari lavozimini 0,5 stavkaga qisqartirish hisobiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining ishlab chiqilayotgan yangi tahriri loyihasida mazkur qarorda keltirilgan me’yorlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Direksiyaning ta’sis hujjatlari va tuzilmasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Direksiyani, shu jumladan, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va chet eldagi yetakchi ta’lim muassasalarini tamomlagan respublikamiz fuqarolari orasidan bilim va ko‘nikmaga ega professional mutaxassislar bilan to‘ldirishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga quyidagi huquqlar berilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan kelishilgan holda, Direksiya tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish va xodimlarning cheklangan umumiy sonini belgilash, shu jumladan zarur hollarda Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish;
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direksiya va Kambag‘allik va mehnat sohasidagi loyihalarni boshqarish markazi tomonidan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni hamda “Call-markaz” faoliyatini tashkil etishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida moliyalashtirish;
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi PQ-12-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat bozoridagi haqiqiy holatni hisobga olgan holda Mehnat organlari xodimlari mehnatini rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash jamg‘armasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga shartnoma asosida tor doiradagi mutaxassislarni Direksiyada ishlash uchun jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda mazkur qaror talablarini hisobga olgan holda “YAMMT” IDAKni joriy qilish va uning keyinchalik samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda “YAMMT” IDAK tizimida mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazmaganlik va elektron mehnat daftarchasiga ma’lumotlar kiritmaganlik uchun ma’muriy javobgarlikni nazarda tutuvchi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda “YAMMT” IDAKdan foydalangan holda mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va mehnat stajining hisobini elektron shaklda yuritish tartibi va joriy qilinayotgan mexanizmlarning afzalliklarini aholi va ish beruvchilar o‘rtasida muntazam ravishda va har tomonlama yoritishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4502-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YAMMT” IDAK uchun real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyati taqdim etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining hamda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali idoralararo elektron aloqa vositasida amalga oshiriladigan almashuv ma’lumotlari*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ma’lumotlar nomi

Ma’lumot oluvchi idora

Ma’lumot/baza taqdim etuvchi idora

Ma’lumot taqdim etish shartlari

1.

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxs haqidagi ma’lumotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

JSHSHIR** bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali

Soliq to‘lovchi jismoniy shaxsning shaxsiy raqami.

Jismoniy shaxsga ish beruvchi — tashkilot STIR.

Sug‘urta badali, daromad solig‘i to‘langan va ish haqi yozilgan tashkilot STIR.

Sug‘urta badali, daromad solig‘i to‘langan va ish haqi yozilgan sana.

2.

Patent raqami.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi

JSHSHIR bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali

Patent bo‘yicha faoliyat turi.

3.

Yuridik shaxs to‘g‘risida ma’lumot:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Yuridik shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi

YUSH STIR*** bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali

Yuridik shaxsning STIR.

Yuridik shaxsning nomlanishi.

Yuridik shaxs nomlanishining qisqartmasi.

Yuridik shaxs maqomi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan manzili.

Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanasi.

Yuridik shaxs tugatilgan sana.

Yuridik shaxsning mulkchilik shakli.

Yuridik shaxsning mulkchilik turi.

Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli.

Yuridik shaxsning MHOBT kodi.

Yuridik shaxsning KTAK kodi.

Yuridik shaxsning IFUT raqami.

Yuridik shaxs boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi.

Yuridik shaxs boshlig‘ining STIR.

Yuridik shaxs boshlig‘ining JSHSHIR.

Yuridik shaxsning haqiqatda joylashgan joy manzili.

4.

Jismoniy shaxs haqida ma’lumot:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

Jismoniy shaxslarning markaziy ma’lumotlar bazasi

JSHSHIR bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali, pasport seriyasi va raqami

Familiyasi, ismi, otasining ismi.

Jinsi.

Tug‘ilgan yili.

Tug‘ilgan joyi.

Fuqaro pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi berilgan sana.

Fuqaro pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini bergan organ nomi.

5.

Fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badallar to‘langan tashkilot STIR.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

“Xalq banki” ATB

JSHSHIR va STIR****
bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘iga badallar to‘langan sanalar.

Shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i raqami.

6.

Shaxsning nogironligi va nogironlik guruhi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi

JSHSHIR bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali

7.

Xodimning elektron mehnat daftarchasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

JSHSHIR bo‘yicha avtomatlashtirilgan so‘rov orqali

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Real vaqt rejimida ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyati dasturiy kompleks ishiga va ma’lumotlar bazasi tuzilmasiga aralashish huquqisiz taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** JSHSHIR — jismoniy shaxsning pasporti bo‘yicha aniqlanadigan jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** YUSH STIR — ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha soliq xizmati organlari tomonidan yuridik shaxsga beriladigan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** STIR — jismoniy shaxsga yashash joyi bo‘yicha soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-oktabrdagi PQ-4502-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YAMMT” IDAK) joriy qilish va undan foydalanish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Sh.D. Kudbiyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Idoralararo ishchi guruhi rahbari

2.

M.P. Olloyorov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti rahbarining o‘rinbosari, Idoralararo ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

3.

N.B. Xusanov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri, Idoralararo ishchi guruhi rahbari o‘rinbosari

4.

R.K. Davletov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri

5.

B.A. Begalov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi

6.

E.M. Muhitdinov

O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

B.Sh. Usmonov

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri o‘rinbosari

9.

U.Sh. Begimqulov

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari

10.

A.E. Fayziboyev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

11.

A.Ya. Haydarov

O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari

12.

B.B. Ashrafxanov

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori

13.

D.S. Maqsudov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari

14.

N.S. To‘raxo‘jayev

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori

15.

A.K. Inakov

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi direktori

16.

A.T. Yusupov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi

17.

X.A. Ketmonov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

18.

F.I. Salomov

O‘zbekiston Respublikasi Aksiyadorlik tijorat Xalq banki boshqaruvi raisi

19.

A.A. Elmuradov

“Mehnat.uz” axborot-kompyuter markazi” MCHJ direktori

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Idoralararo ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Zarur hollarda Idoralararo ishchi guruhi ishiga tegishli davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari jalb etiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.11.2019-y., 07/19/4502/3977-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son, 20.04.2022-y., 06/22/112/0326-son; 25.05.2024-y., 06/24/80/0364-son; 21.01.2025-y., 07/25/12/0056-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son; 08.08.2025-y., 06/25/126/0704-son)