1-ILOVA
2-ILOVA
“ |
|
|
|
VIII1. | VIII1. Davlat xaridlarida ishtirok etish uchun davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha. | ||
81-1 | Davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtishga rozimisiz? | Ha √ | Yoʻq √ |
|
|
| ”; |
“ |
|
|
|
1-20-3. | Davlat xaridlari elektron tizimlarida ishtirokchi sifatida roʻyxatdan oʻtishga rozimisiz? | Ha √ | Yoʻq √ |
|
|
| ”. |
66-ILOVA
1. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning nomi: | Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma |
2. | Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar): | Davlat xaridlarining subyektlariga davlat xaridlarining elektron tizimlarida xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish |
3. | Ariza beruvchilar toifasi: | Yuridik shaxslar |
4. | Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ: | Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi |
5. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar: | 1. Ariza. Unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvaragʻi, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili; yuridik shaxs rahbarlari va mutaxassislari toʻgʻrisidagi axborot; xavfsizlik tizimlari, nazorat mexanizmlari hamda elektron tizimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlarni koʻrsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlari haqida maʼlumotlar; tavakkalchiliklarni aniqlash, baholash va kamaytirish yoki bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tavsifi; operator davlat xaridlari elektron tizimiga joylashtirilgan raqamli maʼlumotlar bazalarining zaxira nusxalarini shakllantirish uchun texnik vositalar maʼlumotlari; operatorda raqamli maʼlumotlar bazalarining zaxira nusxalarini shakllantirishda shifrlovchi, shuningdek, axborotni oʻzgartirish yoki buzib koʻrsatishning oldini oladigan tarzda saqlaydigan asbob-uskunalar va dasturiy-texnik vositalar maʼlumotlari. 2. Bazaviy hisoblash miqdorining 350 ming baravaridan kam boʻlmagan va toʻliq shakllantirilgan ustav fondi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. Bunda ustav fondi yuz milliard soʻm mablagʻ koʻrinishida shakllantirilganini tasdiqlovchi hujjatlar talab etiladi. 3. Operator faoliyatining xususiyati hamda hajmini inobatga olgan holda, texnik quvvati yetarli boʻlgan funksional uskunalar (kompyuter, kommunikatsiya, maʼlumotlarni saqlash va toʻlov tizimi ishlashini taʼminlaydigan boshqa texnik uskunalar) va dasturiy taʼminotlar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar. 4. Davlat xaridlari elektron tizimining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashganini tasdiqlovchi hujjatlar. 5. Axborot tizimi va resurslarining kiberxavfsizlik talablariga muvofiq kompleks ekspertizadan oʻtkazilgani haqidagi xulosa. 6. Davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish dasturi: talabgor tomonidan taqdim etiladigan rivojlantirish dasturida quyidagilar nazarda tutiladi: yaqin ikki kalendar yil uchun davlat xaridlari elektron tizimini rivojlantirish, shu jumladan, operator faoliyatini tashkil etishning maqsadlari va rejalashtirilayotgan natijalari; faoliyatning normal va barqaror ishlashini taʼminlash uchun mavjud tizim hamda jarayonlar, texnik va moliyaviy resurslardan foydalanishni nazarda tutadigan asoslangan hisob-kitoblar, ikki yil davomida daromad va xarajatlar prognozi; koʻrsatilishi rejalashtirilayotgan xizmatlar hajmi va qiymati, mijozlar soni, narxlar, rentabellikning kutilayotgan oʻsishi kabi asosiy koʻrsatkichlarni oʻz ichiga olgan foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobot; moliyaviy koʻrsatkichlar va asosiy vositalarning tasnifi; davlat buyurtmachilari va ishtirokchilarni jalb qilish yuzasidan reklama kampaniyalari oʻtkazilishi, seminar-treninglar tashkil etish boʻyicha marketing rejasi; faoliyatni amalga oshirish uchun texnik vositalar va zarur manbalar tavsifi, shu jumladan, tegishli axborot tizimlari, hisob-kitoblar va buxgalteriya tizimlari. 7. Buxgalteriya balansi va oxirgi hisobot davriga doir moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot. 8. Xavfsizlik siyosati haqidagi hujjat. 9. Qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalari. |
6. | Arizani koʻrib chiqish uchun toʻlanadigan yigʻim miqdori: | Yigʻim undirilmaydi |
7. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilgani uchun undiriladigan yigʻim: | Yigʻim undirilmaydi |
8. | Arizani koʻrib chiqish muddati: | 20 ish kuni. Vakolatli organ qaror qabul qilishda arizani koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda, uni koʻrib chiqish muddatini 10 ish kuniga uzaytirish huquqiga ega. Arizani koʻrib chiqish muddati uzaytirilganda, bu haqida talabgor tegishli tartibda xabardor qilinadi. |
9. | Ruxsat etishga oid talab va shartlar: | Umumiy talablar Operatorlar faoliyatini tashkil etish va samarali amalga oshirish uchun quyidagi talab va shartlarga javob berishi lozim: a) qonunchilik hujjatlarida va vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan texnik yoʻriqnomada belgilangan talablarga javob beradigan davlat xaridlari elektron tizimining mavjudligi hamda mazkur tizimning operatorga mulk huquqi asosida tegishli boʻlishi; b) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi axborotni joylashtirishni va unga kirishni, davlat xaridlari boʻyicha statistika maʼlumotlarini qayta ishlash, davlat xaridlarini amalga oshirishda tovarlar (ishlar, xizmatlar) yagona milliy klassifikatoridan foydalanishni, elektron davlat xaridlarini amalga oshirish, elektron xarid qilish tartib-taomillari natijalariga koʻra shartnomalar tuzishni va hisob-kitob-kliring palatasi orqali majburiyatlarni bajarish kafolatlarini taʼminlaydigan axborot tizimining mavjudligi; v) davlat xaridlarining elektron tizimini Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi apparat-texnika vositalarida joylashtirishi; g) davlat xaridlarining elektron tizimi operatorining xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish bilan bogʻliq xizmatlarini koʻrsatish, boshqaruv, ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimlarining samarali ishlashi uchun malakali va tajribali xodimlarga, shu jumladan, elektron tijorat hamda axborot texnologiyalari sohasida kamida 2 yillik ish tajribasiga ega boʻlgan kamida ikki nafar malakali xodim hamda call-markaz mavjudligi; d) operator rahbarlarni tayinlash haqida vakolatli organni xabardor qilishi; e) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qoʻllanmagani; j) vakolatli organga davlat xaridlari elektron tizimining ishlashi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda taqdim etib borishi; z) qonunchilik talablariga muvofiq ishlab chiqilgan Odob-axloq qoidalariga rioya etishi; i) operatordan davlat xaridlari elektron tizimida xarid qilish tartib-taomillari bilan bogʻliq, shuningdek, davlat xaridlari elektron tizimi ishlashi toʻgʻrisidagi axborotlarni maxsus axborot portaliga real vaqt rejimida yuborishi; k) oʻziga tegishli boʻlgan zamonaviy server uskunalari bilan jihozlangan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha zamonaviy markazning mavjudligi, unda: infratuzilmani tashkil etish uchun kamida 5 ta server uskunasi, har bir server uskunasi 2 ta protsessor va kamida 100 TB xotiraga ega boʻlishi, bunda server uskunalarining kamida 1 tasi alohida maʼlumotlarni saqlash tizimi boʻlishi; bir vaqtning oʻzida axborot tizimining kamida 5 000 ta soʻrovini qayta ishlash tezligini taʼminlay olishi; kodli qulflar yoki biometrik tizim bilan himoyalangan kirish eshiklariga ega boʻlishi; yonmaydigan materiallardan koʻtarilgan pollar (falshpol) bilan jihozlangan boʻlishi; isitilgan va namlikni yoʻqotuvchi toza havo oqimini taʼminlovchi tizimga ega boʻlgan, 24/7 rejimida ishlovchi asosiy va zaxira sovitish texnikalari bilan jihozlanishi; kuzatuv kameralari bilan jihozlanishi; kamida 2 soat elektr taʼminoti uzluksizligini (generator ishga tushirilgunga qadar) taʼminlovchi quvvat manbaiga (UPS) ega boʻlishi; maxsus gaz yordamida avtomatik yongʻin oʻchirish tizimiga ega boʻlishi; maʼlumotlarni qayta ishlash markazining 60 foizi quvvat bilan kamida 2 sutka davomida ishlashini taʼminlovchi generator uskunasiga ega boʻlishi; axborotlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiq oshkor qilinishi; l) operator ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortiq umumiy ulushi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan taʼsischilar (aksiyadorlar) va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxslarga tegishli boʻlishi, shuningdek, rahbari hamda davlat xaridlari elektron tizimini yuritish va axborot xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi; m) davlat xaridlari toʻgʻrisidagi hamda kiberxavfsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilishi*; n) axborot xavfsizligini taʼminlashi, bunda*: dasturiy servis va ilovalarning uzluksiz ishlashini taʼminlovchi internet, idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻi hamda boshqa asosiy va zaxira aloqa tarmoqlariga ulangan boʻlishi; maʼlumotlar uzatish tarmogʻini himoya qilish uchun chegara zonalarini IDS (Intrusion Detection System) va IPS (Intrusion Prevention System) funksiyalari, antivirus, spam filtrlari va boshqalarga ega apparat xavfsizlik devorlari bilan jihozlashi; dasturiy ilovalardagi axborotlarni shifrlangan holda uzatish va qabul qilishni taʼminlovchi yechimlarga ega boʻlishi; veb dasturiy ilovalar amaldagi SSL (Secure Sockets Layer) sertifikatlari bilan himoyalangan boʻlishi; maʼlumotlar bazalarini dastur ishlab chiquvchilar va administratorlar tomonidan oʻzgartirilishidan himoya qilish uchun PAM tizimiga ega boʻlishi; elektron tizimni ishlab chiqish va qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi; xodimlar tomonidan maʼlumotlarning sizib chiqishini nazorat qilish uchun DLP (Data Loss Prevention) tizimiga ega boʻlishi; o) davlat xaridlari elektron tizimida davlat xaridlari jarayonidagi barcha tegishli maʼlumotlarni va hujjatlarni, shu jumladan, elektron hujjatlarni saqlash muddati shunga oʻxshash maqsadga moʻljallangan qogʻoz hujjat uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan kam boʻlmasligi, biroq moliya yilidan keyin kamida besh yil boʻlishi kerak; p) quyidagilarni amalga oshirish va natijalari yuzasidan vakolatli organga taqdim etishi*: har uch yilda operator moliyaviy faoliyati va axborot tizimlari xalqaro auditorlik tashkilotlari tomonidan mustaqil auditdan oʻtkazilishi; har yil yakunidan soʻng belgilangan tartibda davlat xaridlari elektron tizimining kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkazilishi. |
10. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni berishda kelishiladigan organlar: | Mavjud emas |
11. | Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: | Cheklanmagan |
12. | Izoh: | * qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadigan talablar va shartlar. |