OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI SANOAT, RADIATSIYA VA YADRO XAVFSIZLIGI QOʻMITASINING
QARORI
Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 24-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2015-4]
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 633-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yil 7-sentabrdagi 170-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2015, 2009-yil 12-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 451-modda) bilan tasdiqlangan Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. RAFIQOV
Toshkent sh.,
2025-yil 16-iyun,
10-son
Kelishildi:
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAXIDOV
2025-yil 30-may
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Sh. XIDOYATOV
2025-yil 28-may
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2025-yil 16-iyundagi 10-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Texnik etil spirtini ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.”.
3. 38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Korxona xodimlari ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullari hamda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitilib, olingan bilimlari tekshiruvdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi lozim.”.
4. 39-banddagi “Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“47. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.”.
6. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.”.
7. 51-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“51. Majburiy tibbiy koʻriklar korxonalarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular boʻlmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi. Majburiy tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.”.
8. 55-banddagi “QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9. 59-banddagi “QMQ 2.03.13 “Pollar” degan soʻzlar “SHNQ 2.03.13-24 “Pollar” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
10. 62-banddagi “QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va SHNK 2.01.02-97 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
11. 65-banddagi “QMQ 2.04.05-97 “Isitish, shamollatish va konditsiyalash” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
12. 71-banddagi “QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” degan soʻzlar “SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
13. 78-banddagi “sanitariya-epidemiologiya xizmatlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) boʻlimlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 79-banddagi “QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” degan soʻzlar “SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 90-banddagi “QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotning maʼmuriy va maishiy binolari” degan soʻzlar “SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
16. 222-banddagi “QMQ 3.05.05-98 “Texnologik asbob-uskunalar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” degan soʻzlar “SHNQ 3.05.05-22 “Texnologik jihozlar va texnologik quvur oʻtkazgichlar” shaharsozlik normalari va qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2025-y., 10/25/2015-4/0643-son)