24.05.2024 yildagi PQ-186-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Yer qaʼridan foydalanish, sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda atom energiyasidan foydalanish sohalarida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmoniga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tuzilmasida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita huzurida davlat muassasasi shaklidagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining asosiy vazifalari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻmita raisining oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Departament boshligʻi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmitaning mansabdor shaxslari davlat nazoratini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning nazorati ostidagi obyektlarga toʻsqinliksiz kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki baxtsiz hodisa va avariya sodir boʻlishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarni toʻxtatib turish, shuningdek, odamlar hayoti xavf ostida qolganda ularni ish joylaridan olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-oktabrdan boshlab sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish talablariga rioya qilinishida va sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida tezkor nazorat tadbirlarini Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan oldindan kelishmasdan, oʻtkazilgan tekshiruv haqida Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatdan oʻtkazish orqali tekshiruv boshlangan paytdan boshlab 24 soat ichida Vakilni majburiy ravishda xabardor qilgan holda amalga oshirish;
(4-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-sentabrdagi PF-149-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Qoʻmitaning respublika hududlarida qurilayotgan va foydalanilayotgan atom energiyasidan foydalanish obyektlari holatining doimiy nazoratini taʼminlovchi xodimlarining joylashuvi bevosita mazkur obyektlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, atom energiyasidan foydalanish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar va atom energiyasidan foydalanish obyektlarini quruvchi tashkilotlar tomonidan Qoʻmita xodimlarining yashashi va ularga yuklatilgan funksiyalarni bajarishlari uchun zarur sharoitlar begʻaraz asosda taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2025-yil 1-apreldan Qoʻmitaning boshqaruv shtat birliklari soni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 157 nafarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sohani raqamlashtirish hisobiga 2025-yil yakuni bilan Qoʻmitaning boshqaruv shtat birliklarini maqbullashtirish yuzasidan taklif kiritiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoʻmita huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Sanoat xavfsizligi sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishdan qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda Qoʻmitaga tushadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning kutilayotgan xarajatlaridan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadigan “Navoiyuran” davlat korxonasi yillik foydasidan hisoblangan dividendining 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;
(5-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, ularning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslardan sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda undiriladigan jarimalar summasining 80 foizi miqdoridagi mablagʻlar. Bunda ushbu tushumning 75 foizi Qoʻmitaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi;
(5-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita tizimidagi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari mablagʻlari, donor tashkilotlar grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarma mablagʻlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita hamda uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatida axborot texnologiyalarini joriy etish va ularni modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va amaliyot oʻtashini, shu jumladan xorijiy davlatlarga xizmat safarlarini tashkil qilish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida ekspert va maslahat xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita raisiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmita xodimlariga ular faoliyatining muhim samaradorlik koʻrsatkichlari baholanishi asosida Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash maqsadida ekspertiza boʻyicha ishlarni amalga oshirish uchun xorijiy ixtisoslashtirilgan institutlar va kompaniyalarni, shuningdek, xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qoʻmita:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir hafta muddatda Departament tuzilmasini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Energetika vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Atom energiyasi agentligi bilan birgalikda 2025-yil 1-sentabrga qadar respublikada atom energetikasining rivojlanish darajasi va xalqaro normalardan kelib chiqib, Departamentning shtat birliklari sonini oshirish toʻgʻrisidagi asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan Markaz faoliyatini 2024 — 2026-yillarda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish boʻyicha takliflarni, shuningdek, asosiy vazifalari belgilanishini nazarda tutgan holda Markaz toʻgʻrisidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 1-dekabrga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting kompaniyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilgan holda Qoʻmita faoliyatini rivojlangan davlatlarning sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlari xavfsizligini nazorat qilish sohasidagi ilgʻor tajribasi asosida takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi sohasida davlat nazoratini yuritish yoʻnalishida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaga zamonaviy asbob-uskunalar xarid qilish, uning moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish, faoliyatini toʻliq raqamlashtirish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻmita markaziy apparati uchun 4 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan 3 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat avtotransport vositasi, 1 ta navbatchi avtotransport vositasi hamda hududiy inspektorlar uchun 14 ta maxsus navbatchi avtotransport vositalarini saqlash uchun limit belgilansin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qoʻmita boshqaruv xodimlarining lavozim maoshini belgilashda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan holda qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qoʻmitaning barcha xodimlariga uzluksiz ish staji uchun ustamalar ularning umumiy mehnat faoliyatini qamrab olgan holda faqat asosiy ish joyi boʻyicha har oyda va xodimning oylik maoshiga (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda) nisbatan quyidagi foizlarda hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 1 yildan 3 yilgacha boʻlganda — 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 3 yildan 5 yilgacha boʻlganda — 60 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 5 yildan 10 yilgacha boʻlganda — 75 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 10 yildan 15 yilgacha boʻlganda – 100 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish staji 15 yil va undan ortiq boʻlganda – 150 foiz.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita operativ boshqaruv huquqi asosida Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Xadra mavzesi, 27-uyda joylashgan maʼmuriy binoning “A” blokidagi uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qavatlariga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻmita manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yil 24-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-186-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son qaroriga

1-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida sanoat xavfsizligini hamda atom energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohalarida yagona davlat siyosati yuritilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash borasida respublika iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini yanada rivojlantirish boʻyicha strategik reja va dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida faoliyat yurituvchi korxonalardagi nazorat tadbirlari belgilangan tartibda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanoat xavfsizligini ekspertizadan va akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini takomillashtirish, shuningdek, atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizadan oʻtkazishni tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash, hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash tartibini tashkil etish va takomillashtirish, texnogen xavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrlari yuritilishini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda togʻ-kon tarmogʻi, geologiya hamda yer qaʼridan foydalanish sohasida mazkur ishlar Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sanoat xavfsizligi, atom energiyasidan foydalanish va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini amalga oshirish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohalarida davlat nazorati organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida faoliyatni amalga oshiruvchi mutaxassislarning malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi, liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish yoʻnalishlarida huquqbuzarlik holatlarini aniqlash hamda ularga nisbatan tezkor choralar koʻrish yuzasidan idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish borasida aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, soha faoliyatiga taalluqli boʻlgan xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son qaroriga

2-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TASHKILIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ilmiy-texnik kengash

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

Hududiy boshqarmalar

“Sanoat xavfsizligi” DM

“Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” DM

“Kontexnazoratoʻquv” DM

“Sanoat nazorati laboratoriyasi” DM

Navoiy sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Olmaliq sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Bekobod sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyasi*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Qoʻmita boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 134 nafarni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Boshqaruv xodimlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-son Farmoniga 1-ilovada keltirilgan sanoat xavfsizligi sohasining tegishli yoʻnalishlariga muvofiq “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan holda belgilanadi, mazkur inspeksiyalarning faoliyati tegishincha “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hisobidan moliyalashtiriladi.
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.

Qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini, mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlarini oʻzida aks ettirgan Qoʻmita toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2.

Qoʻmita faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Qoʻmita faoliyatini tashkil qilish maqsadida uning markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining vaqtinchalik tuzilmalari, shtat birliklari va nizomlarini tasdiqlash.

2024-yil 20-iyul

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan Qoʻmitaga oʻtkazilayotgan funksiyalar va shtat birliklariga mos ravishda qayta taqsimlash.

2024-yil 25-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

3. Qoʻmita xodimlarining ish haqini toʻlash bilan bogʻliq va boshqa xarajatlarni vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirish.

Bunda, Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlangan Qoʻmitaning 2024-yilning birinchi yarim yilligi uchun vaqtinchalik xarajatlar smetasiga asosan moliyalashtirish, istisno tariqasida, amalga oshiriladi.

2024-yil 25-iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

4. Qoʻmitaning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun uni tegishli malakali rahbar va mutaxassis kadrlar bilan qonunchilikda belgilangan tartibda toʻldirishni taʼminlash.

2024-yil oktabr

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

3.

Qoʻmita huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari Sanoat xavfsizligi sohasini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etish.

1. Jamgʻarmani tashkil qilish, uning mablagʻlarini shakllantirish va foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil iyul

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Qaror loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil avgust

3. Qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil avgust

4.

Davlat budjeti va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan Qoʻmita huzuridagi “Radiatsiya va yadro xavfsizligi ilmiy-texnik markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini 2024 — 2026-yillarda bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.

1. Markaz ustavi va shtatlari boʻyicha takliflarni, shuningdek, 2024 — 2026-yillarda Markaz faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish yuzasidan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2024-yil avgust

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov)

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Markazni oʻrnatilgan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2024-yil sentabr

3. Markazning maʼmuriy binoga joylashtirilishini taʼminlash.

2024-yil sentabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(A. Ortiqov),

Toshkent shahar hokimligi

(Sh. Umurzakov).

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

4. Markazni yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2024 — 2026-yillar

5. Markazda ilmiy salohiyatga ega boʻlgan mutaxassislar ishtirokida Ilmiy kengashni tashkil qilish.

2024 — 2026-yillar

5.

Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida maʼlumotlarni yigʻish, qayd etish, umumlashtirish, tizimlashtirishni taʼminlaydigan sanoat xavfsizligini masofadan nazorat qilish tizimini yaratish orqali differensial davlat nazoratini joriy etish.

1. Masofadan nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, joriy etish, qoʻllab-quvvatlash hamda takomillashtirish boʻyicha hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2025-yil yanvar

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Masofadan nazorat qilish tizimini yaratish boʻyicha eksperiment oʻtkazish.

2025-yil mart

3. Masofadan nazorat qilish yuzasidan oʻtkazilgan eksperiment natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritish.

2025-yil may

8.

Qoʻmita va uning hududiy boʻlinmalarida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komplayens-nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish.

1. Qoʻmitada yuzaga kelayotgan korrupsiyaviy holatlarni oʻrganish va tahlil qilish.

Doimiy

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Ilgʻor xorijiy davlatlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tajribasini oʻrganish.

2024-yil dekabr

3. Qoʻmitadagi korrupsiyaviy holatlarning xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning ijrosini taʼminlash.

2025-yil fevral

9.

Liftlarning turiga qarab ularning xavfsizligiga qoʻyiladigan talablarni belgilash, ularning yuklarni tashish, yongʻin xavfsizligi va shaxtada foydalanilishi talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash orqali tasdiqlash boʻyicha yangi tizimni yaratish.

1. Ishchi guruhini shakllantirish.

2024-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Sh. Xidoyatov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi

(A. Djumanazarov)

2. Xalqaro, xususan Yevropa Ittifoqi tajribasini oʻrgangan holda liftlar, ularning moslamalari, sifati va xavfsizligiga taalluqli boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil iyun

3. Amaliyotga yangi tizimni joriy etishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyul

10.

Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil may

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Oʻrganish natijalari boʻyicha amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil iyun

12.

Bekobod va Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Bekobod va Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyalari toʻgʻrisidagi nizomni “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan kelishilgan holda tasdiqlash.

2024-yil iyul

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

“Oʻzmetkombinat” AJ

(R. Pirmatov),

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

(Z. Narzullayev)

2. Bekobod va Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari lavozimlariga nomzodlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Oʻzmetkombinat” AJ va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga kelishish uchun kiritish.

2024-yil iyun

3. Amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

2024-yil iyun

4. Bekobod va Temir yoʻl sanoat xavfsizligi inspeksiyalari faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish.

Doimiy

13.

Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash.

2024-yil iyul

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Qoʻmita xodimlarini maxsus formali kiyim-bosh bilan taʼminlashni nazrda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil sentabr

14.

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohalarida ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish.

1. Ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasini oʻrganish.

2024-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Adliya vazirligi

(A. Karimov)

2. Oʻrganish natijalari asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlikka oid normalarni qayta koʻrib chiqish, shu jumladan kuchaytirish;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jarimalarni solish institutini joriy etish;

Qoʻmita xodimlarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlikni belgilash;

sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarni koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish.

2024-yil noyabr

15.

Liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanishda huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan jamoatchilik nazoratini yoʻlga qoʻyish.

1. Liftlar va istirohat bogʻlari attraksionlaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar haqida xabar berish va tegishli choralar koʻrish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2. Attraksionlar faoliyatini masofaviy nazorat qilish, huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berish imkoniyatini beruvchi “attraksionnazorati” elektron platformasini yaratish.

2024-yil avgust

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Adliya vazirligi

(A. Karimov)

16.

Respublikadagi barcha xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlari “Kontexnazoratoʻquv” DMning “Sanoat xavfsizligi” oʻquv kurslarida oʻqitilishini tashkil etish.

1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini “Kontexnazoratoʻquv” DMning “Sanoat xavfsizligi” oʻquv kurslarida oʻqitish boʻyicha rejani tasdiqlash va amalga oshirish.

2024-yil iyun

Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi

2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan va bilim sinovlaridan oʻtkazish tartibini takomillashtirish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2024-yil sentabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil noyabr

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-224-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PQ-186-son qaroriga

4-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining Radiatsiya va yadro xavfsizligi departamentining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida atom energiyasidan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, ushbu obyektlarning xavfsizligini va jismoniy himoyasini taʼminlash, shuningdek, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar hamda radioaktiv chiqindilarning hisobiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarida radiatsiya va yadro xavfsizligini taʼminlash yuzasidan profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi normalar va qoidalarni ishlab chiqish, ularni amalga kiritish hamda amalga oshirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining xavfsizligini taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va ushbu sohadagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Atom energiyasidan foydalanish obyektlarining va (yoki) atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatning xavfsizligini asoslash yuzasidan ekspertizani tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyatni litsenziyalashni amalga oshirish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 07/24/186/0367-son; 04.10.2024-y., 06/24/149/0772-son; 27.12.2024-y., 06/24/224/1068-son)