1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Ijro uchun masʼullar |
1. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida nazorat jarayonlarini samarali tashkil etish. | 1. Nazorat jarayonini amalga oshiruvchi xodimlarning oʻz vazifa va majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bilim, koʻnikma va malakalariga egaligini baholash mexanizmlarini joriy etish. 2. Nazorat tuzilmalari (Xavflarni boshqarish qoʻmitasi, Odob-axloq komissiyasi va boshqalar) tarkibiga vazifalarning bevosita ijrochilaridan mustaqil aʼzolarning kiritilishini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
2. | Tashkiliy tuzilmaning yuklatilgan vazifalarga mos shakllantirilishi hamda vakolat va majburiyatlarning samarali taqsimlanishini taʼminlash. | 1. Vazifa va funksiyalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish hamda tashkiliy tuzilmani ularga moslashtirish asosida qayta koʻrib chiqish. 2. Har bir shtat birligi boʻyicha lavozim yoʻriqnomalarini toʻliq qayta koʻrib chiqish hamda unda majburiyat va vakolatlarni aniq belgilash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida rahbariyat va xodimlar oʻrtasidagi maʼlumotlar almashinuvi hamda ichki va tashqi hisobdorlikni belgilash. | Idoraviy hujjat | ||||
3. | Faoliyatga salohiyatli mutaxassislarni jalb qilish, rivojlantirish va saqlab qolishga oid jarayonlarni yoʻlga qoʻyish. | 1. Xodimlarning kompetensiyasiga (bilim, malaka va koʻnikmalari) boʻlgan talablarni belgilash. 2. Xodimlarning bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. 3. Zaxira kadrlarni shakllantirish tizimini yoʻlga qoʻyish. 4. Xodimlarning rotatsiyasi hamda doimiy rivojlanishiga oid reja-dasturlarni ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
4. | Xodimlar faoliyatini baholash, qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish tizimlarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Xodimlar faoliyatining samaradorligini belgilangan tartibda doimiy baholab borish va natijalar asosida ragʻbatlantirish choralarini koʻrish. 2. Mehnat faoliyatini amalga oshirish va mehnatga haq toʻlashda munosib va adolatli shart-sharoitlarni yaratish. 3. Xodimlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ortiqcha yuklamalarning yuzaga kelmasligini taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
5. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xavflarni boshqarish tizimini joriy etish. | 1. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan xavflarni aniqlash, baholash va xavflar reyestrini shakllantirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
2. Xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 3. Xavflarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring qilish. | 2026-yil yanvar oyidan boshlab har chorakda | ||||
6. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida Xavflarni boshqarish qoʻmitalari faoliyatini tashkil etish. | 1. Xavflarni boshqarish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. 2. Xavflarni boshqarish qoʻmitasi yigʻilishlarini oʻtkazib borish. | Idoraviy hujjat | 2025-yil sentabr | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
3. Xavflarni boshqarish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot tayyorlash va tasdiqlash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil sentabr oyidan boshlab har chorakda | |||
7. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida nazorat jarayonlarini amalga oshirish tartibini belgilash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi nazorat jarayonlarini amalga oshirish tartibini belgilash: xodimlarning nazorat jarayonlarini amalga oshirishi boʻyicha majburiyat va vakolatlarini belgilash; funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish jarayonida doimiy va tanlanma nazoratni (monitoring) amalga oshirish; axborot texnologiyalar yordamida nazoratni, xato-kamchiliklar va xavflardan ogohlantirish tizimlarini yoʻlga qoʻyish; nazorat jarayonlarini rasmiylashtirish. | Idoraviy hujjat | 2026-yil mart | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
8. | Tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hamda nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat jarayonlarining oʻtkazilishini monitoring qilish. | Quyidagilar orqali monitoring qilish: funksiyalar va biznes jarayonlarni bajarish boʻyicha belgilangan tartiblarning bajarilishini oʻrganib borish; tizimlar, jarayonlar va tashkiliy tuzilmadagi oʻzgarishlarda tarkibiy boʻlinmalardagi nazorat jarayonlarini qayta koʻrib chiqish; xato va kamchiliklar hamda xavflar yuzaga kelganda, oʻz vaqtida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish; nazorat jarayonlaridagi kamchiliklar boʻyicha xodimlarga taʼsir choralarini qoʻllash. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yildan yanvar oyidan boshlab har chorakda | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
4. Axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish | |||||
9. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish. | Samarali axborot va kommunikatsiya tizimini yoʻlga qoʻyishni quyidagilar orqali taʼminlash: axborot va maʼlumotlarni almashishni taʼminlovchi samarali ichki kommunikatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish; tashqi manfaatdor tomonlar bilan axborot va maʼlumotlar almashishda samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash; axborot va maʼlumotlarning samarali almashinuvini taʼminlovchi mexanizmlar ishlab chiqish, axborot texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
5. Ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash | |||||
10. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organida ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tartibini belgilash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish tartibini belgilash: ichki nazorat tizimi samaradorligini doimiy monitoring qilish; ichki nazorat kordinatori tomonidan umumiy monitoring qilish; ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimini baholash. | Idoraviy hujjat | 2026-yil yanvar | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
11. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi ichki nazorat tizimi samaradorligini monitoring qilish. | 1. Tarkibiy boʻlinmalar tomonidan doimiy monitoring qilib borsin. 2. Ichki nazorat kordinatori tomonidan ichki nazorat tizimini umumiy monitoring qilish va ichki nazorat tizimi faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash. 3. Ichki audit xizmati tomonidan ichki nazorat tizimining samarali yoʻlga qoʻyilishini baholash va baholash natijalari boʻyicha rahbariyatga maʼlumot taqdim etib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar oyidan boshlab har chorakda | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
II. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish mexanizmlari | |||||
12. | “Davlat ichki nazorati va ichki auditi toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish. | Qonun loyihasida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida xalqaro standartlar asosida ichki nazorat va ichki audit tizimini tashkil etish, asosiy tamoyillar, vazifalar, vakolatlar va majburiyatlar, javobgarlik normalarini belgilash. | Qonun loyihasi | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
13. | Xalqaro standartlar asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibini belgilash. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish: ichki nazorat tizimini tashkil etishda rahbariyat va xodimlarning vazifa va majburiyatlari; nazorat muhitini shakllantirish; xavflarni boshqarish tizimini joriy etish va nazorat jarayonlarini amalga oshirish; axborot va kommunikatsiya tizimini yoʻlga qoʻyish; ichki nazorat tizimini monitoring qilish hamda hisobdorlik. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2025-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi |
14. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimining sifatini baholash tartibini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2026-yil fevral | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Hisob palatasi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari | |
2. Ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish | |||||
15. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat koordinatorini belgilash. | Ichki nazorat tizimini muvofiqlashtirish, tegishli maʼlumotlarni jamlash va tahlil qilish hamda manfaatdor tomonlarga ichki nazorat tizimi boʻyicha hisobot taqdim etishni amalga oshiruvchi ichki nazorat koordinatorini belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2025-yil noyabr | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
16. | Xalqaro standartlar asosida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish. | Ichki nazorat tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni shakllantirish hamda ishchi guruh yigʻilishlarida ichki nazorat tizimiga oid masalalarni muhokama qilib borish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart oyidan boshlab har chorakda | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
17. | 2 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organini tanlab, yangi ichki nazorat tizimini tajriba-sinov tariqasida joriy etish. | 1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼul shaxslari va xalqaro ekspertlar bilan birgalikda ishchi guruhni shakllantirish. 2. Tashkilot ichki nazorat tizimining joriy holatini tahlil qilish. 3. Ichki nazoratni joriy etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. 4. Tajriba-sinov boʻyicha xulosalarni tayyorlash va kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni belgilash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-2027-yillar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
18. | Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi sifatini baholash. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari | |
3. Xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish | |||||
19. | Ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish. | Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻquv markazida ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarish faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarni oʻqitish va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil yanvar | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari |
20. | 1. Xalqaro ekspertlar, manfaatdor vazirliklar bilan birgalikda ichki nazorat, xavflarni boshqarish va ichki audit yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish. 2. Oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat, xavflarni boshqarish va ichki audit masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish hamda xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalar tashkil etish. 3. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat, xavflarni boshqarishga oid monografiya, oʻquv qoʻllanma va materiallar tayyorlash. 4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va oliy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda ichki nazorat tizimi va xavflarni boshqarishga oid maxsus fanlarni oʻqitishni kadrlar tayyorlash jarayoniga joriy etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2026-yil mart | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi | |
3-ILOVA
1-ILOVA
Davlat organi va tashkiloti boʻysunuvidagi yuridik maqomga ega boʻlgan tashkilotlari soni | Davlat organi va tashkilotining yillik budjeti (budjet va budjetdan tashqari mablagʻlarni hisobga olgan holda) | Jami boshqaruv shtat birliklari soni | Hisoblanadigan koeffitsiyent | Minimal shtat birliklari soni | |
500 tadan ortiq | 5 trln soʻmdan ortiq | 1000 tadan ortiq | 6,0 | 18 |
|
201 — 500 | 1 — 5 trln soʻm | 751 — 1000 | 5,0 | 15 |
|
101 — 200 | 501 mlrd — 1 trln soʻm | 501 — 750 | 3,0 | 9 |
|
51 — 100 | 201 — 500 mlrd soʻm | 201 — 500 | 2,0 | 6 |
|
26 — 50 | 101 — 200 mlrd soʻm | 101 — 200 | 1,0 | 3 |
|
25 tagacha | 100 mlrd soʻmgacha | 100 tagacha | 0,3 | 1 |
|
2-ILOVA
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi | Sogʻliqni saqlash vazirligi | ||||||
Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar soni | Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shtatlari soni | Har bir ustun boʻyicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori | Jami shtat birliklari minimal soni | Markazlash-tirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari tarkibidagi tashkilotlar soni | Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari shtatlari soni | Har bir ustun boʻyicha hisoblanadigan koeffitsiyent miqdori | Jami shtat birliklari minimal soni |
150 tadan ortiq | 50 tadan ortiq | 0,375 | 0,75 | 30 tadan ortiq | 35 tadan ortiq | 0,375 | 0,75 |
101 — 150 | 26 — 50 | 0,25 | 0,5 | 26 — 30 | 26 — 35 | 0,25 | 0,5 |
51 — 100 | 16 — 25 | 0,125 | 0,25 | 21 — 25 | 16 — 25 | 0,125 | 0,25 |
50 tagacha | 15 tagacha | 0,075 | 0,15 | 20 tagacha | 15 tagacha | 0,075 | 0,15 |
2-ILOVA
T/r | Nazorat savollari | Baholash mezoni | Ball | Vazn |
1. Ichki audit xizmati faoliyatining belgilangan tartibda tashkil etilishi, mustaqilligi hamda resurslar bilan taʼminlanishi | ||||
1.1. | Ichki audit xizmati davlat organi va tashkilotining tegishincha markaziy apparati va boshqaruv apparatida mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilganmi? | Ha, mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilgan — 2 ball. Yoʻq, mustaqil tarkibiy tuzilma sifatida tashkil etilmagan — 0 ball. | ||
1.2. | Ichki audit xizmatining davlat organi va tashkilotining birinchi rahbariga boʻysunuvi belgilanganmi? | Ha, birinchi rahbarga boʻysunuvi belgilangan — 2 ball. Yoʻq, birinchi rahbarga boʻysunuvi belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.3. | Ichki audit xizmati xodimlarining mustaqilligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilangan — 2 ball. Yoʻq, mustaqillik ichki hujjatlar bilan belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.4. | Ichki audit xizmatiga oʻz faoliyatidan tashqari boshqa faoliyatga oid vazifalar yuklanishiga cheklov(lar) ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizomda belgilanganmi? | Ha, belgilangan — 2 ball. Yoʻq, belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.5. | Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyatiga aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bandlar qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, qabul qilingan — 2 ball. Yoʻq, qabul qilinmagan — 0 ball. | ||
1.6. | Ichki audit xizmati xodimining asosiy faoliyat natijalariga javobgar hisoblanmasligi qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, tegishli normalar belgilangan — 2 ball. Yoʻq, tegishli normalar belgilanmagan — 0 ball. | ||
1.7. | Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun xodimlar bilan toʻldirilganmi? | Xodimlar bilan toʻldirilganlik darajasi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball. Xodimlar bilan toʻldirilganlik darajasi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball. 80 foizdan past — 0 ball. | ||
1.8. | Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli moddiy-texnik baza bilan taʼminlanganmi? | Ha, yetarli moddiy-texnik baza bilan taʼminlangan — 2 ball. Yoʻq, moddiy-texnik baza bilan taʼminlanmagan — 0 ball. | ||
1.9. | Ichki audit xizmati xodimlarining qoʻnimsizligi qanday? (oxirgi 12 oyda) | Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi almashmagan — 2 ball. Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi 30 foizgacha almashgan — 1 ball. Ichki audit xizmati xodimlari tarkibi 30 foizdan yuqori almashgan — 0 ball. | ||
2. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid tegishli ichki hujjatlarning qabul qilinishi | ||||
2.1. | Davlat organi va tashkilotining ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi (ichki) nizomi Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq ishlab chiqilganmi? | Ha, muvofiq ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, muvofiq ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
2.2. | Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari mavjudmi (tasdiqlanganmi)? | Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
2.3. | Ichki audit xizmati xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiqmi? | Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga toʻliq muvofiq — 2 ball. Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq boʻlmagan qismlar mavjud — 0 ball. | ||
2.4. | Lavozim yoʻriqnomalarida ichki audit xizmati xodimlarining vazifa va funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi koʻrsatilganmi? | Koʻrsatilgan — 2 ball. Toʻliq koʻrsatilmagan — 0 ball. | ||
2.5. | Ichki audit xizmati hisobdorligi ichki hujjatlar bilan belgilanganmi hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqmi? | Ha, belgilangan hamda ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq — 2 ball. Yoʻq, ichki auditga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiq emas (Ichki audit xizmati hisobdorligi belgilanmagan) — 0 ball. | ||
2.6. | Ichki audit xizmatiga ichki audit tadbirlarida ishtirok etishga yoki ushbu tadbirlarni oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaslik holatlari qabul qilingan ichki hujjatlar bilan belgilanganmi? | Ha, qabul qilingan va amal qilinadi — 2 ball. Qabul qilingan, lekin amal qilinmaydi — 1 ball. Qabul qilinmagan — 0 ball. | ||
3. Ichki audit yillik rejasining xavf tahlili asosida ishlab chiqilishi | ||||
3.1. | Ichki audit yillik rejasi xavf tahlili asosida ishlab chiqilganmi? | Ha, xavf tahlili asosida ishlab chiqilgan — 2 ball. Ichki audit yillik rejasi ishlab chiqilgan, lekin uni ishlab chiqishda xavf tahlili oʻtkazilmagan — 1 ball. Yoʻq, yillik reja ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
3.2. | Xavf tahlilini amalga oshirishda barcha ichki audit obyektlari qamrab olinganmi? | Barcha ichki audit obyektlari qamrab olingan — 2 ball. Ayrim ichki audit obyektlari qamrab olinmagan — 0 ball. | ||
3.3. | Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda xavf darajasi yuqori boʻlgan ichki audit obyektlari toʻliq qamrab olinganmi? | Toʻliq qamrab olingan — 2 ball. Mavjud vaqt va inson resurslari yetarli boʻlmaganligi sababli toʻliq qamrab olinmagan — 1 ball. Toʻliq qamrab olinmagan (boshqa sabablarga koʻra) — 0 ball. | ||
3.4. | Xavf darajasi yuqori boʻlgan ichki audit obyektlarini toʻliq qamrab olish uchun resurslar yetarlimi (yoki yetarli boʻlmagan taqdirda, bu toʻgʻrisida birinchi rahbar xabardor qilinganmi)? | Ha, resurslar yetarli (yoki resurslar yetarli boʻlmaganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan) — 2 ball. Yoʻq, resurslar yetarli boʻlmaganligi toʻgʻrisida xabardor qilinmagan — 0 ball. | ||
3.5. | Ichki audit yillik rejasini ishlab chiqishda rejadan tashqari ichki audit tadbirlariga ajratiladigan vaqt resurslari jami vaqt resurslarining qancha qismini tashkil qiladi? | 20 foizgacha boʻlgan qismini tashkil qiladi — 2 ball. 20 foizdan koʻproq qismini tashkil qiladi — 0 ball. | ||
3.6. | Ichki audit yillik rejasi mavjud vaqt resurslarini hisobga olgan holda ishlab chiqilganmi? | Ha, mavjud vaqt resurslarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, mavjud vaqt resurslarini hisobga olmagan holda ishlab chiqilgan — 0 ball. | ||
3.7. | Barcha oʻtkazilgan ichki audit tadbirlari tarkibida rejadan tashqari audit tadbirlari ulushi qancha qismni tashkil etadi? | 20 foizdan kam — 2 ball. 20 foizdan koʻp — 0 ball. | ||
3.8. | Ichki audit xizmatining ichki audit yillik rejasi davlat organi va tashkiloti rahbari tomonidan oʻz vaqtida tasdiqlanadimi? | Ha, oʻz vaqtida tasdiqlanadi — 2 ball. Tasdiqlanadi, lekin oʻz vaqtida emas — 1 ball. Yoʻq, oʻz vaqtida tasdiqlanmaydi — 0 ball. | ||
4. Ichki audit tadbirlarining qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi va natijalarining rasmiylashtirilishi (tanlama tartibda oʻrganiladi) | ||||
4.1. | Ichki audit tadbirlari uchun belgilangan tartibda dastur ishlab chiqilganmi? | Ha, ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
4.2. | Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilganmi? | Ha, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan — 2 ball. Yoʻq, belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan — 0 ball. | ||
4.3. | Ichki audit tadbiri hisobotida taklif va tavsiyalar mavjudmi? | Ha, taklif va tavsiyalar mavjud — 2 ball. Yoʻq, taklif va tavsiyalar mavjud emas — 0 ball. | ||
4.4. | Ichki audit xizmati faoliyati natijalari yuzasidan hisobot Iqtisodiyot va moliya vazirligiga muntazam ravishda va oʻz vaqtida taqdim etiladimi? | Hisobot belgilangan muddatlarda taqdim etiladi — 2 ball. Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etiladi, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball. Ichki audit xizmati faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etilmaydi — 0 ball. | ||
4.5. | Ichki audit tadbirlari belgilangan muddatlarda oʻtkazilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda oʻtkazilgan — 2 ball. Yoʻq, belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan — 0 ball. | ||
4.6. | Ichki audit tadbiri davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarida jinoyat alomati mavjud boʻlgan taqdirda davlat organi va tashkiloti rahbari yozma ravishda xabardor qilinganmi? | Xabardor qilingan — 2 ball. Xabardor qilinmagan — 0 ball. | ||
4.7. | Ichki audit tadbirlari natijalari belgilangan muddatlarda “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga kiritilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda kiritilgan — 2 ball. Kiritilgan, lekin belgilangan muddatlarda emas — 1 ball. Yoʻq, kiritilmagan — 0 ball. | ||
4.8. | Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan xavf-tahlillar boʻyicha belgilangan muddatlarda audit tadbirlarini oʻtkazish toʻgʻrisida tegishli choralar koʻrilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda choralar koʻrilgan — 2 ball. Choralar koʻrilgan, lekin muddatida emas — 1 ball. Yoʻq, choralar koʻrilmagan — 0 ball. | ||
4.9. | Hisob palatasi tomonidan taqdim etilgan xavf-tahlillar boʻyicha oʻtkazilgan oʻrganish natijalari belgilangan muddatlarda “Masofaviy audit” axborot tizimi orqali Hisob palatasiga taqdim etilganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda taqdim etilgan — 2 ball. Taqdim etilgan, lekin muddatida emas — 1 ball. Yoʻq, taqdim etilmagan — 0 ball. | ||
4.10. | Budjet dasturlarining ijrosi ichki audit xizmati tomonidan belgilangan yoʻnalishlarda baholanganmi? | Ha, belgilangan yoʻnalishlarda baholangan — 2 ball. Baholangan, lekin belgilangan barcha yoʻnalishlarda emas — 1 ball. Yoʻq, baholanmagan — 0 ball. | ||
4.11. | Budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlari ichki audit xizmati tomonidan belgilangan muddatlarda baholanganmi? | Ha, belgilangan muddatlarda baholangan — 2 ball. Baholangan, lekin muddatida emas — 1 ball. Yoʻq, baholanmagan — 0 ball. | ||
4.12. | Ichki audit xizmati tomonidan budjet dasturlarining ijrosini baholash natijalari boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganmi? | Ha, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan — 2 ball. Yoʻq, taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmagan — 0 ball. | ||
4.13. | Ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha davlat organi va tashkiloti rahbariga hisobotlar taqdim etib borilganmi? | Ha, taqdim etib borilgan — 2 ball. Yoʻq, taqdim etib borilmagan — 0 ball. | ||
4.14. | Ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha har chorakda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida hisobotlar jamoatchilikka eʼlon qilib borilganmi? | Ha, eʼlon qilib borilgan — 2 ball. Eʼlon qilib borilgan, lekin har chorakda emas — 1 ball. Yoʻq, eʼlon qilib borilmagan — 0 ball. | ||
5. Chora-tadbirlar rejasining bajarilishi | ||||
5.1. | Ichki audit tadbirida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning barchasi chora-tadbirlar rejasiga kiritilganmi? | Barcha taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan — 2 ball. Ayrim taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 1 ball. Taklif va tavsiyalar chora-tadbirlar rejasiga kiritilmagan — 0 ball. | ||
5.2. | Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi qanday? | Chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi 90 foiz va undan yuqori — 2 ball. Chora-tadbirlar rejasining bajarilish koʻrsatkichi 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball. 80 foizdan past — 0 ball. | ||
5.3. | Ichki audit xizmati tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi boʻyicha monitoring yoʻlga qoʻyilganmi? | Ha, monitoring yoʻlga qoʻyilgan — 2 ball. Yoʻq, monitoring yoʻlga qoʻyilmagan — 0 ball. | ||
5.4. | Ichki audit tadbiri natijalari yakuniga koʻra chora-tadbirlar rejasi belgilangan tartibda tuzilganmi? | Ha, belgilangan tartibda tuzilgan — 2 ball. Yoʻq, belgilangan tartibdan farq qiladi — 0 ball. | ||
5.5. | Ichki audit xizmati tomonidan qonunchilik hujjatlarining buzilishi holatlarining oldini olish (profilaktika) amalga oshirilganmi? | Ha, profilaktika amalga oshirilgan — 2 ball. Yoʻq, profilaktika amalga oshirilmagan — 0 ball. | ||
5.6. | Ichki audit xizmati tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan holda masofaviy audit amalga oshirilganmi? | Ha, amalga oshirilgan — 2 ball. Yoʻq, amalga oshirilmagan — 0 ball. | ||
5.7. | Ichki audit xizmatining barcha xodimlari masofaviy audit oʻtkazish uchun “OʻzASBO” dasturiy majmuasidan foydalanadimi? | Ha, barchasi foydalanadi — 2 ball. Ayrim xodimlar foydalanadi — 1 ball. Yoʻq, foydalanmaydi — 0 ball. | ||
5.8. | Ichki audit xizmati tomonidan yillik ish rejasining bajarilishi koʻrsatkichi qanday? | 90 foiz va undan yuqori — 2 ball. 80 foizdan (80 foiz ham kiradi) 90 foizgacha — 1 ball. 80 foizdan past — 0 ball. | ||
6. Ichki audit xizmati xodimlarining malaka darajasi hamda faoliyati samaradorligining Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida baholanishi | ||||
6.1. | Ichki audit xizmati xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, ichki audit xizmati xodimlarini kasbiy rivojlantirish boʻyicha ishlar amalga oshirilganmi? | Xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilgan — 2 ball. Xodimlar salohiyatini rivojlantirish boʻyicha choralar koʻrilmagan — 0 ball. | ||
6.2. | Ichki audit xizmati xodimlari ichki audit faoliyatiga oid seminar, treninglarda, shu jumladan, xorijiy davlatlarda tashkil etilgan seminar, treninglarda ishtirok etadimi? | Ha, seminar, treninglarda muntazam ravishda ishtirok etadi — 2 ball. Seminar, treninglarda ishtirok etadi, lekin muntazam emas — 1 ball. Seminar, treninglarda ishtirok etmaydi — 0 ball. | ||
6.3. | Ichki audit xizmati rahbari va xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash amalga oshirilganmi? | Ha, baholash amalga oshirilgan — 2 ball. Yoʻq, baholash amalga oshirilmagan — 0 ball. | ||
6.4. | Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan toʻliq foydalanilganmi? | Ha, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan toʻliq foydalanilgan — 2 ball. Yoʻq, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan toʻliq foydalanilmagan — 0 ball. | ||
6.5. | Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholashda eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini hisoblash toʻgʻri amalga oshirilganmi? | Ha, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻri hisoblangan — 2 ball. Yoʻq, eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari toʻgʻri hisoblanmagan — 0 ball. | ||
6.6. | Ichki audit xizmatining faoliyati samaradorlik koʻrsatkichi qanday? | 86 foiz va undan yuqori — 2 ball. 71 foizdan (71 foiz ham kiradi) 86 foizgacha — 1 ball. 71 foizdan past — 0 ball. | ||
7. Ichki audit xizmati faoliyatiga oid boshqa savollar | ||||
7.1. | Ichki audit faoliyatiga oid murojaatlar ijrosi koʻrsatkichi qanday? | 100 foiz — 2 ball. 90 foizdan (90 foiz ham kiradi) 100 foizgacha — 1 ball. 90 foizdan past — 0 ball. | ||
7.2. | Ichki audit xizmati oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun ichki va tashqi axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjudmi? | Ha, barcha ichki va tashqi axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyati mavjud — 2 ball. Ichki va tashqi axborot tizimlaridan qisman foydalanish imkoniyati mavjud — 1 ball. Yoʻq, foydalanish imkoniyati mavjud emas — 0 ball. | ||
7.3. | Ichki audit xizmati xodimlarining odob-axloq qoidalariga rioya etilganlik holati? | Odob-axloq qoidalariga rioya etilgan — 2 ball. Odob-axloq qoidalariga rioya etilmaganlik holatlari mavjud — 0 ball. | ||
7.4. | Ichki audit xizmati tomonidan fuqarolar ishtirokidagi audit tizimi boʻyicha nazorat obyektlari “Davlat auditi” dasturiy kompleksiga toʻliq kiritilganmi? | Toʻliq kiritilgan — 2 ball. Kiritilgan, lekin toʻliq emas — 1 ball. Kiritilmagan — 0 ball. | ||
7.5. | Ichki audit xizmati davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa hamda tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan audit (nazorat) ishlariga oid hujjatlar monitoringini yuritganmi? | Ha, monitoring yuritilgan — 2 ball. Yoʻq, monitoring yuritilmagan — 0 ball. | ||
7.6. | Ichki audit xizmatining davlat organi va tashkilotida “Xavflarni boshqarish” qoʻmitasining ishchi organi sifatida faoliyati yoʻlga qoʻyilganmi? | Ha, toʻliq yoʻlga qoʻyilgan — 2 ball. Qisman yoʻlga qoʻyilgan — 1 ball. Yoʻq, yoʻlga qoʻyilmagan — 0 ball. | ||
7.7. | Ichki audit xizmati faoliyati boʻyicha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan oldingi baholashda berilgan taklif va tavsiyalar bajarilganmi? | Ha, bajarilgan — 2 ball. Yoʻq, bajarilmagan (yoki qisman bajarilgan) — 0 ball. | ||
Baholash natijasi (foizda) | ||||
Ichki audit xizmatlari faoliyatini baholash natijasi | ||
___________ (davlat organi va tashkiloti nomi) ___________ (ichki audit tuzilmasi nomi) tomonidan ichki audit faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlariga muvofiqlik va sifat darajasi “__” foiz koʻrsatkich bilan ________ (biri tanlanadi: yuqori, oʻrta, past) deb baholandi. | ||
Maʼlumot uchun. Baholash natijasiga koʻra ichki audit xizmati faoliyatining sifat darajasi quyidagicha baholanadi: | ||
yuqori — 90 foiz va undan yuqori, oʻrta — 70 foizdan (70 foiz ham kiradi) 90 foizgacha, past — 70 foizdan kam. | ||
____________________________ | ____________ | ____________ |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi masʼul xodimi | (imzo) | (kun, oy, yil) |
”; | ||