07.07.2025 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3640
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bukmekerlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3640]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni tashkil etish va oʻtkazishni tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-apreldagi PF-68-son Farmoni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bukmekerlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor D. LI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 25-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025-yil 25-iyundagi 16-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bukmekerlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom bukmekerlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik faoliyati — bukmekerlik garovlarini tuzish va oʻtkazish faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovi — bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi va oʻyinchi oʻrtasida maʼlum bir hodisa (sport musobaqasi, tanlov, tabiat hodisasi va boshqalar) sodir boʻlishi toʻgʻrisidagi kelishuvni oʻz ichiga olgan tavakkalchilikka asoslangan oʻyin turi boʻlib, unda yutuqning hajmi (miqdori) oʻyinchining oldindan tuzilgan koʻrsatkich boʻyicha aniq bir voqeaning haqiqiy natijasiga mos keladigan bashorati natijasida aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan oʻyinlar — natijasi oldindan belgilab qoʻyilgan va ishtirokchilar oʻrtasida kelishib olingan sport tadbiri (musobaqasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insayder axborot — ommaga ochiq boʻlmagan va unga ega boʻlganlarni boshqa oʻyinchilar bilan solishtirganda afzal holatga qoʻyadigan maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koeffitsiyent — bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan hodisaning har bir natijasi uchun belgilanadigan va oʻyinchining potensial yutuqlari miqdorini aniqlaydigan raqamli koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisalar qatori (roʻyxati) — bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi tomonidan uning elektron platformasida joylashtiriladigan, bukmekerlik garovini tuzish mumkin boʻlgan hodisalarning natijalari va belgilangan koeffitsiyentlarni koʻrsatuvchi tizimlashtirilgan roʻyxat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlari haqidagi maʼlumotlarni manipulyatsiya qilish (bundan buyon matnda manipulyatsiya qilish deb yuritiladi) — oʻyinchilarning xatti-harakatlariga (hodisalar) taʼsir koʻrsatadigan, shuningdek hodisalarning natijasi boʻyicha chalgʻituvchi harakatlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik faoliyati tashkilotchisi (bundan buyon matnda tashkilotchi deb yuritiladi) — bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchining elektron platformasi (bundan buyon matnda elektron platforma deb yuritiladi) — tashkilotchining Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri bilan integratsiya qilingan quyidagilar amalga oshiriladigan axborot tizimi va (yoki) dasturiy-apparat majmuasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchini raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining shaxsiy kabinetini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlarini qabul qilish va roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stavkalar va oʻyinchilarning yagona davlat registri (bundan buyon matnda Registr deb yuritiladi) orqali depozitni qabul qilishni, bitimlar boʻyicha yutuqlarni hisoblashni va toʻlashni qayd etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovi natijasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garoviga kirishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchiga bukmekerlik garovlari va hodisalar haqida maʼlumot berish hamda uni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchining faoliyati toʻgʻrisida hisobotlarni tayyorlash va shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlarini tuzish va bajarish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni saqlash, qayta ishlash va oshkor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchining faoliyati bilan bogʻliq boshqa funksiyalarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashkilotchi oʻz faoliyatini faqat tegishli litsenziya asosida va litsenziyada koʻrsatilgan domen nomi orqali amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron platformaning zarur darajada ishlashini va kiberxavfsizligini taʼminlash, shuningdek mazkur elektron platformani himoya qilish va unga ruxsatsiz kirishning oldini olish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun Registr bilan integratsiya qilishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilarning murojaatlarini va Registr operatorining soʻrovlarini qabul qilish, koʻrib chiqish va ularga javob berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilarga ular majburiy raqamli (masofadan) identifikatsiyadan oʻtganidan hamda Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi qonunchilikka muvofiq boshqa choralar qoʻllanilganidan soʻng bukmekerlik garovlarini tuzishga ruxsat berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron platforma faoliyati bilan bogʻliq xavflarni baholash va xavfsizlik auditini muntazam ravishda oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha operatsiyalar, shu jumladan identifikatsiya maʼlumotlari, oʻyinchilar bilan amalga oshirilgan oʻzaro munosabatlar haqidagi maʼlumotlarni besh yil davomida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohasidagi qonunchilikda belgilangan reklama talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchining xodimlari va ular tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida bevosita bukmekerlik faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilingan shaxslarning Internet tarmogʻidagi oʻyinlar, lotereyalar tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini tartibga soluvchi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va tashkilotchi tomonidan tasdiqlanadigan ichki hujjatlarini bilish darajasini doimiy oshirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron platformaga Registr operatorining ichki hujjatlari bilan belgilangan talablarga muvofiq oʻzgartirishlar kiritishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotchi zimmasiga qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan xizmatlar uchun mukofot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchi tomonidan qonunchilik yoki tashkilotchining ichki hujjatlari talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, uni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilishni rad etish, u bilan oʻzaro munosabatlarni tugatish va (yoki) uning elektron platformaga kirishini cheklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr operatoriga va (yoki) vakolatli organga soʻrovlar yuborish va ular yuzasidan tushuntirishlar olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkilotchi quyidagilarni nazarda tutuvchi ichki hujjatlarni ishlab chiqishi va tasdiqlashi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilarni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchi bilan munosabatlar oʻrnatish, shuningdek uni elektron platformaga kiritish (chiqarish) tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlarini tuzish va oʻtkazish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yutuqlarni toʻlash va pul mablagʻlarini qaytarish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyatli oʻyin tamoyili qoidalari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki hujjatlar davlat tilida ishlab chiqilishi va tashkilotchining rahbari tomonidan imzolanishi (tasdiqlanishi) kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki hujjatlar boshqa tillarda ham qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tashkilotchi elektron platformada amalga oshirilayotgan operatsiyalarni doimiy ravishda nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotchi tomonidan qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar talablari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik choralari koʻrilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik, mazkur Nizom va ichki hujjatlar talablari buzilishining har bir fakti toʻgʻrisidagi maʼlumot tashkilotchi tomonidan ushbu fakt aniqlangan kundan boshlab kamida 5 yil davomida saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli organ va (yoki) Registr operatorining soʻrovlariga binoan tashkilotchi tegishli soʻrov olingan kundan boshlab besh ish kunidan kechiktirmasdan vakolatli organ va (yoki) Registr operatoriga maʼlumotni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda, tashkilotchi darhol Registr operatoriga va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq yozma va (yoki) elektron shaklda xabar berishga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tashkilotchiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) litsenziyada koʻrsatilmagan domen nomi orqali oʻz xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bukmekerlik garovlarini quyidagi boʻyicha tuzish va (yoki) oʻtkazish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelishilgan oʻyinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining hududida va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirokida hodisalarga (sport oʻyinlari (shu jumladan kibersport) va musobaqalari, siyosiy jarayonlar, tanlovlar va boshqalar), bundan xalqaro federatsiyalar qoidalar asosida tegishli darajada tayyorgarlik, nazorat va hakamlikni taʼminlangan holda, tomoshabinlar ishtirokida oʻtkaziladigan sport oʻyinlari va xalqaro darajadagi hodisalar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar va oʻsmirlar sport musobaqalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lotereya oʻyinlari natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aylanmasi litsenziyalash, ruxsat berish va (yoki) xabardor qilish tartib-qoidalari talab qilinadigan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yutuq sifatida yoki yutuqni toʻlash evaziga taklif qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) lotereyalar va (yoki) Internet tarmogʻidagi oʻyinlarning belgilariga ega boʻlgan hodisalar va (yoki) oʻyinlar boʻyicha bitimlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻyinchilarga kredit, boʻlib toʻlash va (yoki) qarz mablagʻlari taqdim etish orqali, shu jumladan uchinchi shaxslarning mablagʻlaridan foydalangan holda keyinchalik toʻlash sharti bilan bitimlarni tuzish va (yoki) taklif etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) depozitlarni qabul qilish, bitimlarni tuzish va yutuqlarni toʻlashda qonunchilik va Registr operatorining ichki hujjatlari bilan taqiqlangan naqd shakldagi va (yoki) boshqa shakllardagi pul mablagʻlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Oʻyinchi bilan munosabatlarni oʻrnatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tashkilotchi oʻyinchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida oʻrnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shartnomada quyidagi shartlar nazarda tutilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni vakolatli organ va (yoki) Registr operatoriga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchilar bilan muzokaralarni ularning roziligi bilan audio yoki videoyozuvga olish, shu jumladan yozishmalarni yozib borish hamda ushbu maʼlumotlarning kamida besh yil davomida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlarida ishtirok etish xavflari, shu jumladan kiritilgan mablagʻlarni toʻliq (qisman) yoʻqotish haqida ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinga kirishi taqiqlangan (cheklangan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining toifalari va chet el davlatlari (yurisdiksiyalar) rezidentlari roʻyxatini keltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va ulardan foydalanish talablariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ragʻbatlantirish choralarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari, mazkur Nizom va tashkilotchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shartlarni belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻyinchilarni raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-dekabrdagi 814-son qarori bilan tasdiqlangan Internet butunjahon axborot tarmogʻida tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarni, lotereyalar va bukmekerlik faoliyatini tashkil etish faoliyati tashkilotchilarining mijozlarini raqamli (masofadan) identifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilotchi voyaga yetmagan shaxslar va quyidagi roʻyxatlarga kiritilgan shaxslar bilan munosabatlar oʻrnatishga haqli emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Terrorizmga, ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlari va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlaridan taqdim etilayotgan maʼlumotlar, shuningdek chet davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlaridan rasmiy kanallar orqali taqdim etilayotgan maʼlumotlar asosida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlarga qaram boʻlgan shaxslar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotchi ichki hujjatlari bilan oʻyinga kirishi taqiqlangan (cheklangan) boshqa shaxslar toifalarini belgilashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Munosabatlar oʻrnatilishi natijasida oʻyinchi uchun elektron platformada quyidagilarni nazarda tutuvchi shaxsiy kabinet (akkaunt) yaratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining akkauntini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyatli oʻyin tamoyili qoidalari va tartibi bilan tanishtirish hamda mazkur xizmatni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Registr orqali depozitlarni kiritish, yutuqlarni qabul qilish va mablagʻlarni qaytarib olish boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitlar, bukmekerlik garovlari va bonuslarni kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchi bilan oʻzaro aloqa qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatlarni yuborish va ular boʻyicha javoblarni qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir oʻyinchiga tashkilotchining elektron platformasida ikki va undan ortiq shaxsiy kabinet (akkaunt) yaratish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashkilotchi mazkur Nizom va ichki hujjatlarga muvofiq manipulyatsiya qilish hamda insayder axborotlarni aniqlash, oldini olish, toʻxtatish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Insayder axborotga ega boʻlgan shaxslarga kuyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning boshqaruv organlari aʼzolari va boshqa xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron platformaning ishlab chiqaruvchilari va (yoki) hodisalar qatori (roʻyxati)ni yetkazib beruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining xizmat mavqeyi, mehnat majburiyatlari yoki tashkilotchi bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida mazkur maʼlumotga ega boʻlgan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Bukmekerlik garovini tuzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tashkilotchi oʻz elektron platformasi orqali qonunchilik, tashkilotchi va Registr operatorining ichki hujjatlari talablariga muvofiq oʻyinchiga bukmekerlik garovlariga (stavkalariga) kirish imkoniyatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron platformaga kirish shartnoma asosida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinchi tomonidan mazkur Nizom, shartnoma yoki ichki hujjatlar bilan belgilangan talablar va shartlar buzilgan taqdirda, tashkilotchi tomonidan ushbu oʻyinchi bunday buzilish aniqlangan paytdan boshlab uch oyga chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻyinchini elektron platformaga kiritish va (yoki) uni chetlatish tartibi tashkilotchining ichki hujjatlari bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilotchi elektron platformada quyidagilarni nazarda tutuvchi hodisalar qatori (roʻyxati)ni joylashtiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bukmekerlik garovlari (stavkalari)ning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hodisalar haqidagi umumiy maʼlumotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisaning toʻliq nomi, turi (koʻrinishi) va qisqacha tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa boshlangan sana va vaqt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa oʻtkaziladigan joy va (yoki) hodisaning real vaqt rejimida translyatsiya qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) koeffitsiyentlar va bukmekerlik garovlari (stavkalar)ni qabul qilishning oxirgi muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) hodisalarning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bukmekerlik garovlarini tuzish qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonunchilik hujjatlari, ushbu Nizom va ichki hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Hodisalarning koeffitsiyentlariga oʻzgartirish kiritish shartnoma shartlari va (yoki) tashkilotchining ichki hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koeffitsiyent bukmekerlik garovini tuzish vaqtida qayd etiladi va qabul qilinganligi tasdiqlangandan keyin oʻzgartirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻyinchilarni bukmekerlik garovlarini amalga oshirishga undaydigan, hodisalarning samaradorligi (daromadi) haqidagi vaʼda va (yoki) kafolatlarni oʻz ichiga olgan hodisalarning prognozlarini eʼlon qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻyinchi hodisani tanlaydi, bukmekerlik garovi (stavkasi) miqdorini belgilaydi va bukmekerlik garovida ishtirok etishini tasdiqlaydi hamda pul mablagʻlarini Registr operatorining hisob-kitob-kliring palatasiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tashkilotchi bukmekerlik garovi tuzilgan sana, vaqt, koeffitsiyent va yagona garov identifikatori belgilanishini taʼminlaganidan soʻng bukmekerlik garovi qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tashkilotchining ichki hujjatlari va (yoki) shartnoma shartlarida belgilangan taqdirda, oʻyinchi bukmekerlik garovini tuzishning oxirgi muddatidan oldin bukmekerlik garovini bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bukmekerlik garovi bekor qilingan taqdirda, tashkilotchi uni alohida qayd etilishini va garov summasini oʻyinchining balansiga qaytarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Tashkilotchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisa bekor qilinganda, garov summasini oʻyinchining balansiga qaytaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hodisani oʻtkazish muddati koʻchirilganida, oʻyinchiga garovni oʻtkazish yoki garov summasini uning balansiga qaytarish imkoniyatini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yutuq hodisa natijasi aniqlanganidan soʻng avtomatik ravishda hisoblanadi va darhol oʻyinchiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Masʼuliyatli oʻyin tamoyilini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bukmekerlik garovlarida ishtirok etishning salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida tashkilotchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼuliyatli oʻyin tamoyiliga amal qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarda ishtirok etish bilan bogʻliq boʻlgan xavf-xatarlar haqida muntazam ravishda maʼlumot berish va xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining Internet tarmogʻidagi tavakkalchilikka asoslangan oʻyinlar, lotereya va bukmekerlik garovlarida qatnashishi taqiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari va chet el fuqarolarining toifalari roʻyxatiga kiritilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olinganda, xabarnomada koʻrsatilgan sana va vaqtdan boshlab ushbu oʻyinchi bilan bitimlar tuzishni toʻxtatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlarida ishtirok etish bilan bogʻliq salbiy oqibatlarni kamaytirish boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Elektron platformada joylashtiriladigan maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotchining elektron platformasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotchi haqidagi umumiy maʼlumotlar, shu jumladan yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, uning joylashgan manzili, telefon raqami va elektron pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻyinchining bukmekerlik garovlarida ishtirok etishi, yutuqlarni toʻlash tartibi va muddatlarini belgilovchi ichki hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmagan shaxslarning bukmekerlik garovlarida ishtirok etishi taqiqlanganligi haqidagi ogohlantirishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bukmekerlik garovlarida ishtirok etish bilan bogʻliq xavflar haqidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikda belgilangan boshqa maʼlumotlar joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2025-y., 10/25/3640/0579-son)