30.06.2025 yildagi 399-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyati boʻyicha ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399-son qarori bilan tasdiqlangan Teatr sanʼatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturiga muvofiq davlat teatrlarida sahna asarlarining badiiy saviyasi, sahnaviy talqini yuzasidan taklif va tavsiyalar berish maqsadida janr va mavzuni inobatga olgan holda ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari (keyingi oʻrinlarda — Ekspert guruhlari) toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyati boʻyicha ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining huquqlari va majburiyatlari, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari tomonidan qaror qabul qilish va uning ijrosini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari aʼzolarini ragʻbatlantirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Ekspert guruhlari aʼzolari ular tomonidan har chorak yakuni boʻyicha bajarilgan ishlar natijadorligiga koʻra 2025-yilda Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablagʻlari, 2026-yildan boshlab esa Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari Ekspertlar guruhlari aʼzoligiga qabul qilinganda, ularga ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Madaniyat vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar guruhlari tarkibini shakllantirsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 30-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 399-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyati boʻyicha ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyati boʻyicha ixtisoslashgan badiiy-ekspert guruhlarining (keyingi oʻrinlarda — Ekspert guruhlari) maqomi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ekspert guruhlari davlat teatrlari va teatr-studiyalarida sahna asarlarining badiiy saviyasi, sahnaviy talqini yuzasidan taklif, tavsiyalar va xulosalar berish, shuningdek, spektakllarda pornografik, tazyiq, zoʻravonlik yoki shafqatsizlikni hamda jins boʻyicha kamsitishni targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlarini namoyish etish va ularni reklama qilishning oldini olish, sahnalashtirilayotgan asarlarni muhokama qilish, teatr-tomosha tadbirlarini oʻtkazishga koʻmaklashish uchun tuzilgan maslahat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat teatrlari va teatr-studiyalarining faoliyat turiga koʻra Ekspert guruhlari quyidagi yoʻnalishlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dramatik teatr yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Musiqiy teatr yoʻnalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar va qoʻgʻirchoq teatri yoʻnalishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ekspert guruhlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspert guruhlarining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda kamida uch yilda bir marta yangilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ekspert guruhlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyatidagi ijodiy masalalarni oʻrganish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyatini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlariga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalarining ijodiy faoliyati samaradorligini oshirish va ularning repertuarlari shakllantirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalarining ichki Badiiy kengashlari bilan ijodiy aloqalarni oʻrnatish, ijodiy maslahatlar berish va uchrashuvlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalarida sahnalashtirilgan yangi spektakllar koʻrigi va muhokamasida ishtirok etish, ijodiy jamoaga tegishli taklif va tavsiyalarni berish, zaruratga koʻra teatr bilan alohida ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalarida sahnalashtirilgan spektakllarda pornografik, tazyiq, zoʻravonlik yoki shafqatsizlikni hamda jins boʻyicha kamsitishni targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlarini namoyish etish va ularni reklama qilishning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ekspert guruhlarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ekspert guruhlari oʻzining asosiy vazifalarini amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan davlat teatrlari va teatr-studiyalari faoliyatiga tegishli hujjatlarni va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalarining ish rejalari va repertuarlarini hamda sahnalashtirilgan yangi spektakllarni muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalari rahbarlariga teatr faoliyatini takomillashtirish va uning xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekspert guruhlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr sohasini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, ushbu Nizomda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish, xolis baholash va xulosalar tayyorlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham yuklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi va natijadorligi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ekspert guruhlari faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ekspert guruhlari, qoida tariqasida, rais, rais oʻrinbosari, kotib va aʼzolardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari har bir yoʻnalish boʻyicha 9 nafargacha aʼzodan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ekspert guruhlari tarkibi ixtisoslashuviga koʻra, qoida tariqasida, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar va teatr sohasi mutaxassislari (teatrshunos, sanʼatshunos, musiqashunos, bastakor, dirijor, aktyor, rejissor, rassom, dizayner, vokal artisti, opera ijrochisi, qoʻgʻirchoq yoʻnalishi mutaxassislari (pedagog, qoʻgʻirchoq ustasi, qoʻgʻirchoq aktyori) orasidan shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aʼzolikka kiritilgan bitta mutaxassisning fikri bilan bir necha teatrning ijodiy faoliyati baholanishiga yoʻl qoʻyilmasligi inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarixiy asarlarni sahnalashtirishda tegishli Ekspert guruhlari tarkibiga sahna asarining mavzusi va yoʻnalishidan kelib chiqib, ushbu soha boʻyicha malakali mutaxassislar qoʻshimcha jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining teatr sohasiga masʼul oʻrinbosari Ekspert guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ekspert guruhlari raislari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari qarorlarini tasdiqlaydi va ularning ijrosi nazorat qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining yillik ish rejasini tasdiqlaydi, shuningdek, uning ijrosi yuzasidan hisobotlarni qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari aʼzolariga yuklangan vazifalar ijrosi boʻyicha ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari majlisining kun tartibini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining samarali faoliyat yuritishini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspert guruhlari aʼzolari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va teatr-studiyalari (zaruratga koʻra nodavlat teatr-studiyalari) faoliyatini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Ekspert guruhlari muhokamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha xulosalar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari aʼzolari guruh majlislarida shaxsan qatnashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ekspert guruhlari oʻz ishini tasdiqlangan reja asosida tashkil etadi va oʻz majlislarini zaruratga koʻra, biroq har chorakda kamida bir marta oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari raisi guruh aʼzolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirishi mumkin. Ekspert guruhlari aʼzolarining iltimosnomasida navbatdan tashqari majlisni oʻtkazishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekspert guruhlari majlisini Ekspert guruhlari raislari, ular boʻlmagan taqdirda, oʻrinbosarlari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlarining umumiy yigʻilishlari aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlganda, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra Ekspert guruhlari tegishli masala boʻyicha yigʻilish (navbatdan tashqari) oʻtkazishi, yigʻilishni rais oʻrinbosari boshqarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ekspert guruhlari majlisida koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga bogʻliq ravishda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, teatr xodimlari, alohida soha mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ekspert guruhlari kotiblari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha zarur hujjatlarni Ekspert guruhlari majlisiga oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisni oʻtkazish muddati va joyini tegishli Ekspert guruhlari raislari bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlis oʻtkaziladigan sana, kun tartibi loyihasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari qarorlari ijrosi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Ekspert guruhlari majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari hujjatlari saqlanishini, shuningdek, Ekspert guruhlarining faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarida joylashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatrlarda sahnalashtirilgan spektakllar koʻrigi va muhokamasi uchun Ekspert guruhlari raislarining koʻrsatmasi bilan mutaxassislar ishtirokini taʼminlash choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari bayonnomalarini rasmiylashtiradi va reyestrini yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ekspert guruhlari tomonidan qarorlar qabul qilinishi va ularning ijrosini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ekspert guruhlari majlisining bayonnomasi Ekspert guruhlari raislari tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Ekspert guruhlari aʼzolari va tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ekspert guruhlarining qarori majlisda ishtirok etayotgan Ekspert guruhlari aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolganda, Ekspert guruhlari raislarining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert guruhlari majlisi bayonnomasi rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch ish kuni ichida Ekspert guruhlari kotiblari tomonidan tegishli ravishda teatrlarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekspert guruhlari kotiblari guruh aʼzolari koʻmagida Ekspert guruhlari qarorlari bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zarurat boʻlganda tegishli Ekspert guruhlari raislariga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ekspert guruhlari aʼzolari ishtirokidagi spektakllar koʻrigi va muhokamasi yuzasidan yigʻilish bayonlari Ekspert guruhlari raislari hamda aʼzolari kelishuvi asosida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ekspert guruhlari bayonnomasining asl nusxasi va unga tahliliy materiallar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatrlar faoliyatiga masʼul tarkibiy boʻlinmasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ekspert guruhlari aʼzolarini ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatrlar faoliyatiga masʼul tarkibiy boʻlinmasi hisobotlar natijadorligi yuzasidan rahbariyatga taklif (bildirishnoma) kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ekspert guruhlari aʼzolarining har chorak yakuniga koʻra bajarilgan ishlari yuzasidan hisobotlari Ekpertlar guruhlari kotiblari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatrlar faoliyatiga masʼul tarkibiy boʻlinmasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ekspert guruhlari kotiblari hujjat va ish yuritishni tashkil etishdagi faoliyati uchun har chorakda aʼzolar bilan bir xil miqdorda ragʻbatlantirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ekspert guruhlari aʼzolari tomonidan bajarilgan ishlar natijadorligiga koʻra har chorak yakuni boʻyicha mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari Ekspert guruhlari aʼzoligiga qabul qilinganda, ularga ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Spektakllarning koʻrigi va muhokamasi uchun Ekspert guruhlari aʼzolari jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ekspert guruhlari aʼzolari teatrlarda sahnalashtirilgan spektakllarning koʻrigi va muhokamasiga taklif etilganda, mutaxassislarning safar bilan bogʻliq (borish-kelish, ovqatlanish va mehmonxona) xarajatlari qabul qiluvchi teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ushbu Nizom qoʻllanilishi bilan bogʻliq yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/339/0551-son)