18.04.2019 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “2018 — 2022-yillarda davlat teatrlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2018-yil 5-yanvardagi 9-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-avgustdagi 423-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2023-y., 09/23/423/0654-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining bilet narxlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlarini sahnalashtirish, tomosha va konsert dasturlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib sahna asarlari, tomoshalar va konsert dasturlari bilan hissa qo‘shib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining turmush madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, milliy bayramlarni tiklash hamda davom ettirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr va tomosha san’atini keng targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz va xorijiy muassasalar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr va tomosha san’ati oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etish uchun xodimlarning malakasini oshirish choralarini ko‘rish, ularni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarali usullarini joriy etish;

ko‘rgazmalar, festival, ko‘rik-tanlov, ma’ruzalar, madaniyat, san’at, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefis, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarini tashkil qilish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va xorijda teatr va konsert-tomosha gastrol faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

3. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari o‘z ustavlarini bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiq qayta ko‘rib chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(4-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalariga budjet mablag‘lari o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat teatrlari va konsert tashkilotlarining maqomi to‘g‘risida” 1992-yil 13-yanvardagi 11-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 18-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining faoliyatini tashkil etish, boshqarish, moliyalashtirish, gastrol faoliyati tartibini hamda ularning maqsad va vazifalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari va o‘z ustaviga amal qiladilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyati bo‘yicha o‘zining yuqori turuvchi organiga hamda tegishli moliya organiga belgilangan tartibda hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

gastrol — ijodiy jamoaning davlat teatri va konsert-tomosha muassasasi joylashgan joydan tashqarida respublika yoki xalqaro miqyosdagi chiqishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatr va konsert-tomosha muassasasi — Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovada belgilangan teatr va konsert-tomosha muassasalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
spektakl — jonli ijroda ommaga namoyish etish, o‘tkazish sharoitlaridan kelib chiqqan holda statsionar, ko‘chma va gastrol spektakli ko‘rinishidagi sahna asari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar — konsertlar, spektakllar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, ijodiy uchrashuvlar, turli shou-dasturlar, festivallar, tomoshalarning shakli va janridan qat’iy nazar boshqa madaniy-ommaviy hamda tomosha tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining vazifa va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon teatr, opera va balet hamda konsert-tomosha san’atining boy an’analarini yuksaltirish, asrab-avaylash va rivojlantirish, zamon talablari darajasidagi sahna asarlarini sahnalashtirish, ularda milliy an’analarimizni ulug‘lash orqali umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod ongida milliy va jahon madaniyati va qadriyatlariga nisbatan hurmat tuyg‘usini oshirish, shuningdek, jahon teatr va tomosha san’ati sohasida qo‘lga kiritilgan yutuqlardan unumli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zbek va jahon teatr, opera va balet hamda musiqa san’atining eng nodir namunalarini targ‘ib qilish, konsert dasturlarining g‘oyaviy badiiy saviyasini oshirish, aholining dunyoqarashi yangicha milliy istiqlol g‘oyasi asosida shakllanishiga, ma’naviy talablarni qondirish uchun qulay sharoitlar yaratish, vatanparvarlik, baynalminal, huquq va axloqiy tarbiyani qaror toptirish, ularni demokratik davlat, fuqarolik jamiyati qurish ishiga jalb etishga ko‘maklashish, erkin ijodiy o‘ziga xolislikni namoyish qilish imkoniyatlarini kengaytirish, xizmat sifatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston teatr va tomosha san’atini mamlakatimizda va chet ellarda keng targ‘ib etish, gastrol faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosida madaniy tadbirlarda, ko‘rik-tanlovlarda, festivallarda faol qatnashish va tashkil etish, teatrlashtirilgan tomoshalar va spektakllar, madaniy tadbirlar, ijodiy kechalar, konsert-dasturlarini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari o‘zlariga yuklangan vazifalardan kelib chiqib, quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr va tomosha san’atini keng targ‘ib etish maqsadida mamlakatimiz va chet ellardagi muassasalar bilan madaniy, ilmiy-ijodiy, iqtisodiy hamkorlik qilish yuzasidan o‘zaro manfaatli shartnomalar, memorandumlar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr va tomosha san’ati oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etish uchun xodimlarning malakasini oshirish choralarini ko‘rish, ularni ma’naviy va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, tashabbuskorlikni rag‘batlantirishning samarali usullarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlarini sahnalashtirish orqali o‘zbek milliy teatr va tomosha san’ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida barkamol tarbiyalash uchun sahna asarlari, tomoshalar va konsert dasturlari bilan hissa qo‘shib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi turmush madaniyatini oshirish, milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar, marosimlar, milliy bayramlarni tiklash hamda davom ettirishda ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘rgazmalar, festival, ko‘rik-tanlov, shoular (jumladan, xalqaro), ma’ruzalar, madaniyat, san’at, ilm-fanning atoqli arboblari bilan uchrashuvlar, benefist, teatr spektakllari, maxsus tayyorlangan dasturlar, dam olish va ijodiy kechalar, maqsadli teatrlashtirilgan marosim kechalari va boshqa tomosha tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda va xorijda teatr va konsert-tomosha gastrol faoliyatining keng ko‘lamli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida, qoida tariqasida, teatr va konsert-tomosha muassasasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, badiiy rahbarlari, rejissorlari, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillaridan iborat bo‘lgan Badiiy kengash to‘g‘risidagi nizomni va uning tarkibini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga kiritish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havaskor ijodiy jamoalar, studiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda spektakllar, madaniy tadbirlar, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari uchun biletlar narxini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarb mavzulardagi yangi spektakllar va tomoshalarni sahnalashtirish, konsert dasturlari uchun turli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish hamda belgilangan tartibda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvenirlar, bukletlar, tabriknomalar, kalendarlar va reklama mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni bepul tarqatish yoki sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga maishiy, ijara va boshqa pulli xizmatlar ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibdagi faoliyati bo‘yicha reklama ishlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari quyidagi majburiyatlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasining rivojlanish yo‘lida ijodiy, ilmiy-texnik ishlanmalardan va mahsulotlardan ustuvor darajada foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasining tashkiliy, moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini hal etish, xodimlarning manfaatlarini himoya qilish choralarini ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasini muntazam rivojlantirib borish, ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan chora-tadbirlar rejalari, dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va umumbashariy qadriyatlarni tarannum etuvchi badiiy yorqin sahna asarlari va tomoshalar sahnalashtirilishiga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi sohaning yetakchi mutaxassislaridan iborat Badiiy kengash tavsiyasiga asosan yangi sahna asarlari va tomoshalar namoyishini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar.
(9-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining gastrol faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining respublika hamda xalqaro miqyosidagi gastrol faoliyatining asosiy tamoyillari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dolzarb ijtimoiy muammolarni hal etish, aholining teatr san’ati xizmatidan foydalanishining hududiy jihatdan qamrab olinishidagi nomutanosiblikni yo‘qotish, aholi ayniqsa, viloyatlar hamda hududlardagi qishloq aholisiga san’at asarlari orqali xizmat ko‘rsatish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat, tuman va shahar hamda xorijiy davlatlar bilan teatr va boshqa san’at yutuqlari borasida o‘zaro tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turli millatlar madaniyatlarining bir-biriga o‘zaro ta’siri va rivojlanishi, baynalmilal va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash asoslarini mustahkamlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, davlatimiz mavqeyini ko‘tarish, o‘zbek teatr va boshqa san’atning dunyo hamjamiyati madaniy maydonidagi o‘rnini belgilab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining jamoalari hamda yetakchi ijodkorlarining gastrol faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, o‘zining yuqori turuvchi tashkilotlarining yozma ko‘rsatmalariga asosan respublika yoki xalqaro miqyosida tijorat hamda xayriya asosida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari jamoalari hamda yetakchi ijodkorlarning gastrollari quyidagilarga bo‘linadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika miqyosidagi gastrol;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro miqyosdagi gastrol.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Respublika miqyosidagi gastrollar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bevosita, shuningdek, turli davlat idoralari hamda tijorat yoki notijorat muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik kelishuviga asosan rejalashtiriladi va belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xalqaro miqyosdagi gastrollar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari tomonidan bevosita tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda shuningdek, turli mahalliy va xorijiy davlat idoralari hamda tijorat yoki notijorat muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik kelishuviga asosan rejalashtiriladi va tegishli daromad manbalaridan moliyalashtiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Gastrol uchun o‘z binosini taqdim etayotgan teatr-tomosha va gastroldagi davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasi hamda yetakchi ijrochilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va kelishuvlar shartnoma asosida belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tomonlar kelishuviga asosan o‘tkaziladigan gastrollar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Gastrollarni tashkil etishda teatrlar va konsert-tomosha muassasalari davlat, jamoat va tijorat tashkilotlarning vositachilik xizmatdan shartnoma asosida foydalanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi va uning chekka hududlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuv asosida o‘tkaziladigan gastrollar, davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarning o‘z mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Respublika va xalqaro gastrollarni tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar, shu jumladan yo‘l, yashash va kunlik xarajatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarini moliyalashtirish tartibi va ularning mol-mulki
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari o‘zlariga berilgan mol-mulkdan qonunchilik hujjatlariga, o‘z faoliyatining maqsad va vazifalariga muvofiq foydalanadi hamda tasarruf etadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Budjet mablag‘lari davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar hamda tuman (shahar) mahalliy budjetlaridan mablag‘lar o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert tomosha muassasalari budjet muassasalari uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasining:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daromad va xarajatlari prognoz ko‘rsatkichlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjet tashkilotlarining smeta xarajatlarini tuzish va ro‘yxatga olish jarayonida shakllantiriladi hamda daromadlar va xarajatlar smetasining ajralmas qismi hisoblanadi;
(20-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z daromadlari bilan qoplanmagan qismi uchun ajratilgan budjet mablag‘lari bo‘yicha budjet qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda xarajatlar smetasi tuziladi va ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari tomonidan jalb qilingan homiylik mablag‘lari budjet mablag‘larini kamaytirishga asos bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari har yili 31-dekabrga qadar kelgusi yil faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari (spektakllar soni, yangi sahnalashtirilgan spektakllar soni, kutilayotgan tomoshabinlar soni, gastrol safarlari soni va boshqalar) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari har yili xarajatlar smetasini tuzish va ro‘yxatga olish jarayonida daromadlar va xarajatlar prognozini shakllantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarga o‘z daromadlari bilan qoplanmagan xarajatlarning qismi uchun ajratilgan budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasida, birinchi navbatda, shtat jadvaliga asosan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar hamda yagona ijtimoiy to‘lovlar xarajatlari nazarda tutiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlariga ijodiy xodimlarni jalb etish, xorijiy davlatlar mutaxassislarning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda teatrlar tomonidan budjetdan tashqari mablag‘lar (o‘z daromadlari) va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3727-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarori hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarini boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tegishliligi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Direktor:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatri yoki konsert-tomosha muassasasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishiga shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda davlat teatri va konsert-tomosha muassasasi mol-mulki va mablag‘larini tasarruf qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslar bilan tegishli xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar (kontraktlar) tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda davlat teatri yoki konsert-tomosha muassasasi manfaatlarini himoya qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning mansab yo‘riqnomalarini va ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qiladi va belgilangan tartibda ishdan bo‘shatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatri yoki konsert-tomosha muassasasining faoliyati masalalariga oid buyruqlarni, yo‘riqnomalarni va boshqa hujjatlarni chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda alohida namuna ko‘rsatgan xodimlarni normativ-huquqiy hujjatlarga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengashi tavsiyasiga ko‘ra rag‘batlantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatlari doirasida boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasi manfaatlarini ko‘zlab harakat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Direktor davlat teatri yoki konsert-tomosha muassasasi faoliyatining natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Davlat teatri va konsert-tomosha muassasasi direktorining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda, direktor tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalariga badiiy rahbar va bosh rejissor O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan Badiiy kengash tashkil etiladi, uning nizomi va tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda kamida uch yilda bir marta yangilab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining buyrug‘i bilan tasdiqlangan nizom asosida ish yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengashga direktor raislik qiladi. Badiiy kengash 9 — 17 nafar a’zodan iborat bo‘ladi, uning a’zolari teatr va konsert-tomosha muassasasining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, badiiy rahbarlari, rejissorlari, taniqli ijodkorlar, madaniyat xodimlari, olimlar, mutaxassislar, madaniyat tashkilotlari assotsiatsiyalarining (uyushmalarining) vakillaridan iborat bo‘ladi.
(29-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash kotibi hujjatlarni qabul qiladi, yig‘ilishda ko‘rib chiqish uchun tayyorlaydi, rasmiylashtiradi va saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Badiiy kengash raisi va a’zolari quyidagi hollarda kengash tarkibidan muddatidan oldin chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z arizasiga ko‘ra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shartnomasi talablari buzilganda va lavozim majburiyatlari bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash to‘g‘risidagi nizom talablarini bajarmagan taqdirda.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Badiiy kengash qarorlari ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Qarorlar yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolarning ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Kengash a’zosi bo‘lgan mutaxassisning hujjatlari kengashda ko‘rilganda, kengash a’zosi bo‘lgan mutaxassisning ovozi hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Badiiy kengash qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Badiiy kengashning bayonnomasi davlat teatrlari va kotsert-tomosha muassasasi rahbarining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Badiiy kengash davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi spektakllar, dasturlar, repertuarlarni muhokama qilish hamda ularni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy jarayon sifatining yanada yaxshilanishiga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gastrol-konsert faoliyatining sifatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa ma’muriyati bilan hamkorlikda ish faoliyatini yaxshilash shakl va usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy xodimlarning malaka toifalarini ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlarning ijodiy tajribalarini keng yoyish, ularning malaka va mahoratlarini doimiy oshirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida holatlarda ishga yangi qabul qilinayotgan ijodiy xodimlarning layoqatini o‘rganib chiqib, muhokamaga qo‘yish hamda ishga qabul qilish yoki qilmaslik yuzasidan muassasa rahbariga o‘z xulosasini taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijodiy, tashkiliy, ishlab-chiqarish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat teatrlari (keyingi o‘rinlarda — teatrlar) va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash, toifalari (guruhlari)ni belgilash hamda ularni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Teatrlar va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining samaradorligini baholash natijasiga ko‘ra ularning reytingi shakllantiriladi hamda teatrlar toifalari va konsert-tomosha muassasalari guruhlari belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom talablari toifadan tashqari teatrlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toifadan tashqari bo‘lgan teatrlarga belgilangan tartibda “Milliy” va “Akademik” maqomlari berilgan davlat teatrlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Teatrlar va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar teatrlar va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) teatrlar bo‘yicha:

yil davomida sahnalashtirilgan yangi spektakllar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatrning joriy repertuaridagi spektakllari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida namoyish etilgan spektakllar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va respublika miqyosidagi gastrollar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomoshabinlar soni (belgilangan rejadan kelib chiqqan holda, foiz hisobida to‘ldirish koeffitsiyenti, o‘rindiqlar soniga nisbatan o‘rtacha yillik);

o‘z daromadlarining (homiylik xayriyalaridan tashqari) teatr umumiy yillik xarajatlaridagi ulushi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z binosi va texnika vositalarining mavjudligi;

Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining yuritilishi holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konsert-tomosha muassasalari bo‘yicha:

yil davomida ishtirok etgan madaniy tadbirlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yil davomida bevosita tashkil etgan konsertlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gastrollar (mahalliy, respublika va xorijiy) soni;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band “b” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomoshabinlar soni (belgilangan rejadan kelib chiqqan holda, foiz hisobida to‘ldirish koeffitsiyenti, o‘rindiqlar soniga nisbatan o‘rtacha yillik);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning budjetdan tashqari tushumlari miqdori (homiylik xayriyalaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z binosi va texnika vositalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining yuritilishi holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Teatrlar va konsert-tomosha muassasalari toifalari (guruhlari)ni belgilash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Teatr va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining samaradorligi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq reyting tizimi asosida baholanadi hamda ularning quyidagi toifa (guruh)lari belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) teatrlar bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-toifa teatr — 86 ball va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-toifa teatr — 75 balldan 85 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-toifa teatr — 55 balldan 74 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) konsert-tomosha muassasalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-guruh konsert-tomosha muassasalari — 86 ball va undan yuqori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-guruh konsert-tomosha muassasalari — 75 balldan 85 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-guruh konsert-tomosha muassasalari — 55 balldan 74 ballgacha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Teatr va konsert-tomosha muassasalarining toifasi (guruhi)ni belgilash masalasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Madaniyat vazirligi) tomonidan tasdiqlanadigan 5 — 7 nafar a’zolardan iborat Ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tarkibiga soha mutaxassislari hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli mutaxassisi kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Teatr va konsert-tomosha muassasalari har yili 1-noyabrga qadar so‘nggi bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni Ishchi guruhga yozma (elektron) shaklda taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda taqdim etilgan ma’lumotlarning asosliligi va to‘g‘riligi uchun teatr va konsert-tomosha muassasasining birinchi rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi guruh tomonidan teatr va konsert-tomosha muassasalari taqdim etgan ma’lumotlar har yili 15-noyabrga qadar ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq teatr va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari asosida baholanib, tegishli xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi guruh tomonidan baholash jarayonida teatr va konsert-tomosha muassasalaridan ularning faoliyatiga oid boshqa zarur ma’lumotlar ham so‘rab olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Teatrlarning toifalari va konsert-tomosha muassasalarining guruhlari Ishchi guruhning tegishli xulosasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda teatrlarning toifalari va konsert-tomosha muassasalarining guruhlarini belgilash hamda bir toifa yoki guruhdan boshqa toifa yoxud guruhga o‘tkazish har uch yil yakuni bo‘yicha Madaniyat vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Belgilangan toifa (guruh)lar teatrlar va konsert-tomosha muassasalarining shtatlar jadvalini shakllantirish hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qaroriga muvofiq bazaviy lavozim maoshlarining tegishli guruhini qo‘llash uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” va “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasalarining bazaviy lavozim maoshlari 2-guruh asosida qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Teatrlar va konsert-tomosha muassasalari faoliyatining samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha rag‘batlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Madaniyat vazirligi Ishchi guruh xulosasiga asosan teatr va konsert-tomosha muassasalari faoliyati samaradorligini baholash natijalariga ko‘ra ushbu muassasalarni rag‘batlantiradi yoki ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda reyting natijalari 55 balldan kam bo‘lgan teatr va konsert-tomosha muassasalari faoliyati Madaniyat vazirligi tomonidan tanqidiy o‘rganib chiqiladi hamda ularning faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ishchi guruh xulosasi asosida tuzilgan bayonnoma hamda barcha o‘rganilgan hujjatlar (ma’lumotlar) tegishli teatr va konsert-tomosha faoliyati bo‘yicha Madaniyat vazirligining tegishli mas’ul tarkibiy bo‘linmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Madaniyat vazirligi teatr va konsert-tomosha yo‘nalishi bo‘yicha bittadan eng yuqori ball to‘plagan teatr va konsert-tomosha muassasasini har yili yanvar oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladigan madaniyat sohasining yil yakunlariga bag‘ishlangan tadbiri doirasida “Namunali teatr” va “Namunali konsert-tomosha muassasasi” nominatsiyalari bo‘yicha rag‘batlantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda rag‘batlantirish (taqdirlash) bilan bog‘liq barcha xarajatlar Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Teatrlar va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini baholash reyting tizimini va ularni rag‘batlantirish hamda toifalarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari toifasini va konsert-tomosha muassasalari guruhlarini belgilash mezonlari va ularni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REYTINGI

T/r

Mezonlar

Ko‘rsatkichlar

Ballar

I. Davlat teatrlari bo‘yicha

Jami ball:

100

1.

Yil davomida sahnalashtirilgan yangi spektakllar soni

4 ta va undan ortiq

20

3 ta

10

2 ta

5

2.

Teatrning joriy repertuaridagi spektakllari soni

25 ta va undan ortiq

20

16 — 24 ta

10

10 — 15 ta

5

3.

Yil davomida namoyish etilgan spektakllar soni

240 ta va undan ortiq

10

180 — 239 ta

5

kamida 100 ta

3

4.

Xalqaro va respublika miqyosidagi gastrollar soni

respublikada 6 ta va undan ortiq, xorijiy davlatlarda 2 ta va undan ortiq gastrol

10

respublikada 3 — 5 ta, xorijiy davlatlarda 1 ta gastrol

5

respublikada kamida 2 ta gastrol

3

5.

Tomoshabinlar soni (belgilangan rejadan kelib chiqqan holda, foiz hisobida to‘ldirish koeffitsiyenti, o‘rindiqlar soniga nisbatan o‘rtacha yillik)

70 nafar va undan ortiq

10

60 — 69 nafar

5

kamida 50 nafar

3

6.

O‘z daromadlarining (homiylik xayriyalaridan tashqari) muassasaning umumiy yillik xarajatlaridagi ulushi

15 foiz va undan ortiq

10

10 foiz

5

kamida 5 foiz

3

7.

O‘z binosi va texnika vositalarining mavjudligi

10

8.

Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining yuritilish holati

80 — 100 foiz yangilab borish

10

60 — 70 foiz yangilab borish

5

kamida 40 foiz yangilab borish

3

II. Konsert-tomosha muassasalari bo‘yicha

Jami ball:

100

9.

Ishtirok etgan madaniy tadbirlari soni*

(san’at saroylari uchun, san’at saroyida o‘tkazilgan madaniy tadbirlar inobatga olinadi)

100 ta va undan ortiq

20

50 ta

10

35 ta

5

10.

Bevosita tashkil etgan konsertlar soni*

10 ta va undan ortiq

20

5 — 9 ta

10

kamida 4 ta

5

11.

Gastrollar (mahalliy, respublika va xalqaro)* soni

respublikada 6 ta va undan ortiq,

xorijiy davlatlarda 2 ta va undan ortiq

20

respublikada 2 — 4 ta, xorijiy davlatlarda 1 ta

10

respublikada kamida 1 ta

5

12.

Tomoshabinlar soni (belgilangan rejadan kelib chiqqan holda, foiz hisobida to‘ldirish koeffitsiyenti, o‘rindiqlar soniga nisbatan o‘rtacha yillik)

60 foiz va undan ortiq

10

40 — 59 foiz

5

kamida 40 foiz

3

13.

O‘z daromadlarining (homiylik xayriyalaridan tashqari) muassasaning umumiy yillik xarajatlaridagi ulushi

15 foiz va undan ortiq

10

10 foiz

5

kamida 5 foiz

3

14.

O‘z binosi va texnika vositalarining mavjudligi

10

15.

Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytining yuritilish holati

80 — 100 foiz yangilab borish

10

60 — 70 foiz yangilab borish

5

kamida 40 foiz yangilab borish

3

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. O‘zbekiston davlat filarmoniyasi ushbu mezonlar asosida mavjud jamoalari sonidan kelib chiqib baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tarkibida ijodiy jamoasi mavjud bo‘lmagan konsert-tomosha muassasalariga mazkur mezonlar bo‘yicha maksimal ball qo‘yiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining bilet narxlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining bilet narxlarini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Biletlar narxi davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasasi rahbarining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi, elektron biletlarni sotish, hisobga olish va tasdiqlashning avtomatik tizimlaridan foydalanish hamda elektron biletlar bilan bog‘liq boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori, Vazirlar Mahkamasining “Bilet operatsiyalarining yagona elektron bazasini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi 18-son qarori va boshqa qonunchilik hujjatlari doirasida amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bilet — tadbirlarga bir marta tashrif buyurish huquqini beruvchi hujjat (elektron yoki qog‘ozda belgilangan tartibda chop etilgan bilet, bepul taklifnoma, abonoment);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar — davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari tomonidan bilet sotiladigan konsertlar, spektakllar, teatrlashtirilgan va sirk tomoshalari, ijodiy uchrashuvlar, turli shou-dasturlar, festivallar, tomoshalarning shakli va janridan qat’iy nazar, boshqa madaniy-ommaviy tadbirlar hamda tomosha tadbirlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Biletlarning bazaviy narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tadbirlarga kirish huquqini beruvchi bitta biletning bazaviy narxi (Bt) davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarining budjet va budjetdan tashqari xarajatlar smetalarini har yili shakllantirish davrida quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yilgi asosiy faoliyatdan tushgan tushum — At;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tgan yilgi tomoshabinlar soni — Ts;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bt = At/Ts.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlarga kirish huquqini beruvchi bitta biletning narxi quyidagilarni inobatga olib, bazaviy narxga nisbatan differensial oshirilgan holda shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomosha zalidagi joylarning joylashuvi (old, o‘rta, orqa va balkon o‘rindiqlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkaziladigan tadbirlarning turi (oddiy, bayram, premyera);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘tkazish kuni va vaqti (kunduzgi, kechki, ish kuni, dam olish yoki bayram kunlari) hamda boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tadbirlarga kirish huquqini beruvchi bilet narxlarini belgilashda hamda budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarning budjetdan tashqari tushumlari hisobiga qoplanadigan ulushni bosqichma-bosqich oshirib borish reja-jadvaliga qat’iy rioya qilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ko‘chma va gastrol tadbirlariga biletlarning narxlari individual hisob-kitob yoki qabul qiluvchi tomon bilan tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi (O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtiriladigan tadbirlar bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Aholining ayrim toifalariga (mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo‘qotgan yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar a’zolari) davlat teatri va konsert-tomosha muassasasi rahbarining tegishli buyrug‘iga asosan tadbirlarga bilet narxining 50 foizigacha chegirma berilishi mumkin, biroq, chegirma berilgan biletlar soni umumiy biletlar sonining 50 foizidan oshmasligi zarur. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chegirmalar ushbu bandda belgilayotgan tegishli muassasalarning yozma yoki fuqarolarning og‘zaki murojaati asosida beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fuqaroning oilasi Ijtimoiy reyestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda tekshiriladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olingan ma’lumotnoma qog‘oz shaklda taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) shaxsning boquvchisini yo‘qotganligini tasdiqlash uchun quyidagi hujjatlardan biri taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasining o‘limi haqidagi guvohnoma nusxasi yoki sudning ota-onani vafot etgan deb topganligi to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yo‘qotganlik pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirlarga kirish huquqini beruvchi taklifnomalar soni umumiy biletlar sonining 5 foizidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ta’lim muassasalarida tadbirlarni o‘tkazishda, ochiq maydonlar va kichik zallardagi chiqishlarda biletlarning narxlari teatrlar va konsert-tomosha muassasalari direktorlarining buyrug‘i asosida mazkur teatrlar va konsert-tomosha muassasasi asosiy zalining biletlariga belgilangan bazaviy narx darajasidan past qilib belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xorijiy jamoalar va alohida ijrochilarning spektakllari va konsertlariga, xalqaro, respublika, mintaqaviy san’at festivallariga, shuningdek gastrol va tadbirlariga biletlarning narxlari tomonlar kelishuviga asosan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tadbirlarga tomoshabinlar kam kelganda, ushbu muassasalar tomoshabinlar zalining to‘ldirilish darajasini oshirish maqsadida bilet narxlari haqiqiy xarajatdan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tadbirlarga elektron biletlarni sotish Vazirlar Mahkamasining “Bilet operatsiyalarining yagona elektron bazasini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 10-yanvardagi 18-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari direktorlari mazkur Nizom talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha mas’ul hisoblanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-son qaroriga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining mas’ul tarkibiy bo‘linmasi (keyingi o‘rinlarda Ishchi organ deb ataladi) tomonidan shakllantiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat teatrida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahna asarlari yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ko‘rib chiqish uchun kiritilgan hamda Ishchi organ tomonidan tavsiya etilgan sahna asarlaridan shakllantiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nodavlat teatr va teatr-studiyalarida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan spektakllar davlat teatrlarida namoyish etilishi mumkin.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi — Ishchi organning xulosasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olinadigan mablag‘lar hisobiga davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida yangi sahna asarlarini sahnalashtirish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahna asari — teatr sahnasida sahnalashtirishga mo‘ljallangan asar (dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ishchi organ faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ishchi organning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr san’atini ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirishdagi rolini oshirish, joylarda ushbu san’at turini rivojlantirish bilan bog‘liq ijodiy-ishlab chiqarish va tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatr jamoalari, rejissorlar, dramaturglar, bastakorlar, rassomlar va baletmeysterlarga dolzarb va zamonaviy mavzudagi yangi asarlarni sahnalashtirishga yaqindan yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqimizning boy ma’naviy dunyosi, madaniy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlariga hurmat tuyg‘ularini madh etuvchi, istiqlolni ulug‘lovchi, shuningdek, yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona Vatanga muhabbat tuyg‘ulari orqali tarbiyalash kabi yorqin sahna asarlarini sahnalashtirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va jahon mumtoz sahna asarlarini sahnalashtirish, jahonning eng sara asarlari bilan aholi, ayniqsa, yoshlarga tanishtirish, ularni targ‘ib etish hamda dramaturgiyaning turli janrlariga xos asarlarni sahnalashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teatrlarda ilg‘or zamondoshlarimiz obrazlarini yaratish sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish va targ‘ib qilish maqsadida davlat buyurtmalarini shakllantirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarni yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirishda qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishchi organ o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan sahna asarlarini ijodiy va ma’naviy-ma’rifiy mezonlar talablari doirasida chuqur tahlil qilish, dolzarbligini baholash, tanqidiy fikr-mulohazalar bildirish yoki qayta ishlashga tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahnalashtirilgan spektakllarning jamoatchilik ko‘rigida ishtirok etib, professional teatr san’atining yetakchi mutaxassislari bilan bir qatorda yangi asarning ijodiy-tashkiliy ishlariga, xususan, sohada erishilgan ijobiy yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga xolisona munosabatda bo‘lish va tavsiyalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor spektakllarni tomoshabinlar ommasiga ko‘rsatish uchun munosib ekanligi, tegishli tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar bildirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda, sahna asarlar muhokamasiga yoki tahliliga boshqa soha mutaxassislarini betaraf ekspert sifatida jalb etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda davlat buyurtmasini amalga oshirishda yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasini shakllantirish va davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahna asarlarini sahnalashtirishni ta’minlash bo‘yicha Madaniyat vazirligi markaziy apparati bo‘linmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ishini tashkil etish;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organning xulosasiga ko‘ra davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirishga tavsiya etilgan sahna asarlarini belgilangan tartibda sahnalashtirish bo‘yicha hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishini tashkil etish uchun javob beradi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ishchi organ:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi asosida yangi spektakllarni sahnalashtirish uchun topshirilgan sahna asarlari hamda boshqa zarur hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qiladi va hisobga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasiga da’vogar sahna asarlarining ro‘yxatini ushbu Nizom shartlariga asosan shakllantiradi, sahna asarlarini ko‘rib chiqadi va o‘rganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozilish talab-qoidalari, o‘zbek adabiy tili va imlo qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan, mazmun-mohiyati sayoz, maqsadga muvofiq emas deb topilgan sahna asarlari haqida takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahna asari saviyasini yanada oshirish yuzasidan mualliflarga yozma yoki og‘zaki tavsiyalar berish va g‘oyaviy-badiiy jihatdan ijobiy baholangan yoki tavsiyalar asosida qayta ishlangan asarlarni ko‘rib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanishni belgilangan tartibda ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yilning har bir choragi bo‘yicha ko‘rib chiqishga taqdim etilgan sahna asarlarini o‘rganish natijalari haqida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rahbariyatiga axborot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ tavsiyasi bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida sahnalashtiriladigan spektakllar yillik rejasining loyihasini ishlab chiqish hamda uni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi rahbariyatiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marotaba o‘tkaziladi (zaruratga qarab, navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazilishi mumkin).
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishchi organ yig‘ilishi o‘tkazilishidan uch kun oldin ogohlantiriladi va mazkur masala yuzasidan taalluqliligi bo‘yicha tegishli teatrlari, nodavlat teatr va teatr-studiyalariga ma’lum qilinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat buyurtmasini shakllantirish, ko‘rib chiqish hamda hujjatlarni taqdim etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida yangi sahna asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish maqsadida Ishchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahna asari — qog‘oz ko‘rinishida bir nusxada hamda elektron ko‘rinishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil teatrshunos, tanqidchi, rejissor, bastakor va boshqa ijodkorlarning asarning g‘oyaviy-badiiy saviyasi hamda ma’naviy-mafkuraviy jihatlari borasidagi xulosalari (tavsiyalari) (erkin shaklda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi sahna asar muallifi, sahnalashtiruvchi rejissori to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumot, asarning qisqacha mazmuni, sahnalashtirish maqsadga muvofiqligi bo‘yicha asoslangan taklif;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatiladigan materiallar, dekoratsiyalarning soni va bahosi ko‘rsatilgan rangli eskizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlatiladigan mato, liboslarning miqdori va bahosi ko‘rsatilgan rangli eskizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahna asarlarini sahnalashtirish uchun rahbarlar, bosh hisobchi, iqtisodiy-tahlil bo‘limi (agar bo‘lsa) imzosi bilan tasdiqlangan muqobil ravishda xarid qilinishi mumkin zarur materiallar, uskunalar, xizmatlarning ilovasi bilan xarajatlar smetasi loyihasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rahbar imzosi bilan tasdiqlangan ijodiy faoliyatga oid ma’lumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talab etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan taqdirda, mazkur teatr va teatr-studiyalarning murojaatlari ko‘rilmasdan qoldiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi organ taqdim etilgan sahna asariga tegishli qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Takliflar bo‘yicha talab etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda, uch ish kuni davomida to‘ldirish uchun qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida yangi sahna asarlarini sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va ko‘rib chiqish tartibi mazkur Nizomga ilovadagi sxemaga asosan amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Davlat buyurtmasi asosida yangi sahna asarlarini sahnalashtirish uchun mablag‘ ajratish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat buyurtmasi asosida yangi sahna asarlarini sahnalashtirish bilan bog‘liq xarajatlar quyidagi manbalar hisobidan qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga ajratilgan budjet mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlarining, nodavlat teatr va teatr-studiyalarining o‘z mablag‘lari;
(14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Davlat buyurtmasi asosida yangi sahna asarlarini sahnalashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar bilan birga sahnalashtiruvchi guruhning quyidagi a’zolariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda faqat birinchi marta sahnalashtirilgan asar uchun haq to‘lash nazarda tutiladi:
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahnalashtiruvchi rejissor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahnalashtiruvchi baletmeyster;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dirijor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sahnalashtiruvchi rassom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liboslar bo‘yicha rassom.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan sahna asarlarining mualliflariga (dramaturg, yozuvchi) qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mualliflik haqi berish davlat teatrlari, nodavlat teatr va teatr-studiyalari tomonidan taqdim etilgan smeta hujjatlarida nazarda tutiladi.
(15-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sahna asari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash tomonidan qabul qilingandan so‘ng vazirlikning buxgalteriyasi yoki tegishli moliya organiga Davlat buyurtmasi asosida yangi sahna asarlariga ajratiladigan mablag‘lar yuzasidan hisobot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotga unda ko‘rsatilgan barcha xarajatlar bo‘yicha tegishli ravishda rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlarning nusxalari ilova qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilangan xarajatlar smetalarida ko‘zda tutilmagan sarf-xarajatlar hisobotga kiritilmaydi va davlat teatrlarining, nodavlat teatr va teatr-studiyalarining o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat buyurtmasi asosida yangi sahna asarlarini sahnalashtirishni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning sarflanmagan qismi hisobot qabul qilingandan so‘ng uch ish kuni davomida tegishli hisobraqamga qaytarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Taqdim etiladigan sahna asarlariga qo‘yiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishchi organga taqdim etiladigan sahna asarlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini tarannum etuvchi, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlar va an’analarning aks ettirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, oila munosabatlari, ayniqsa, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, insonparvarlikka undovchi g‘oyalarning mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yurtimizning buyuk siymolari, xalqimizning boy tarixi, vatanimiz mustaqilligiga ulkan hissa qo‘shgan namoyandalar hayoti va ijodi har tomonlama, chuqur aks ettirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davr bilan hamnafas yashayotgan, hayot sinovlarida toblangan fidoyi insonlar haqida hikoya qiluvchi hamda yoshlarning ma’naviy dunyosini mustahkamlaydigan, kelajakka ishonchini oshiradigan, ibrat bo‘ladigan zamon qahramoni obrazlari ifodalanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ruh va rang-baranglik, ziddiyatlar, psixologik holatlar haqqoniy va to‘laqonli aks ettirilgan, ijobiy yoki salbiy qahramonlar o‘z qiyofalari bilan ajralib turishi, personajlar tili jonli va to‘kis bo‘lishi, syujet, kompozitsion qurilishda, dramatizm va voqea-hodisalar dinamikasida muvozanat saqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boy madaniy-tarixiy merosimiz, xalq og‘zaki ijodi (ertaklar, masallar, dostonlar, matallar, qahramonlik rivoyatlari) namunalariga asoslanganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur talablarga javob bermaydigan sahna asarlari qabul qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Taqdim etilgan sahna asarlarida mualliflik huquqiga oid qonunchilik talablari buzilganlik holatlari aniqlanganda, Ishchi organ tomonidan bunday sahna asarlari ko‘rib chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat teatrlarida, nodavlat teatr va teatr-studiyalarida yangi sahna asarlarni sahnalashtirish uchun davlat buyurtmasini shakllantirish va ko‘rib chiqish tartibining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Davlat teatrlari, nodavlat teatr va teatr-studiyalari

Davlat teatrlari, nodavlat teatr va teatr-studiyalari tomonidan davlat buyurtmasini olish uchun tegishli hujjatlar va sahna asarlarini Ishchi organga taqdim etadi.

Tashabbusga ko‘ra

2-bosqich

Ishchi organ

Sahna asarining davlat teatrlarida sahnalashtiriladigan sahna asarlarini yaratish bo‘yicha davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablariga javob berishini o‘rganadi, agar talablarga javob bermasa qaytaradi.

uch ish kuni mobaynida

Sahna asarini ko‘rib chiqadi, o‘rganib chiqilgan sahna asarlarning xulosalarini tayyorlaydi va davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirish uchun tavsiya etadi.

20 kun

3-bosqich

Ishchi organ

Xulosa haqida sahna asarini taqdim etgan davlat teatrlarini xabardor qiladi.

xulosalar tayyorlangan kun

Ijobiy deb topilgan sahna asarlarini davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirish bo‘yicha xulosalarni taqdim etadi.

uch ish kuni mobaynida

4-bosqich

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Taqdim etilgan xulosaga asosan davlat buyurtmasi asosida yangi sahna asarini sahnalashtirish uchun zarur mablag‘ ajratish bo‘yicha tegishli qaror qabul qiladi.

10 kun

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/329/2966-son, 21.09.2019-y., 09/19/789/3782-son; 14.04.2021-y., 09/21/206/0324-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.08.2023-y., 09/23/423/0654-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)