1-ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs yoki uning vakili | “Inson” markaziga oʻzi kelgan holda yoki oʻzi yashaydigan hududda faoliyat yurituvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimiga yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) orqali murojaat qiladi. | Oʻz xohishiga koʻra | |||
2-bosqich | “Inson” markazining operatori yoki ijtimoiy xodimi | 1. Murojaatni qabul qilish boʻyicha soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya” ATda rasmiylashtirish orqali murojaatni qabul qiladi. | 1. Murojaat qilingan vaqtda | |||
2. Tasdiqlangan soʻrovnomani “Inson” markazi direktoriga masʼul xodimni biriktirish uchun yuboradi. | 2. Real vaqt rejimida | |||||
3-bosqich | “Inson” markazining masʼul xodimi | “Ijtimoiy himoya” AT orqali kelib tushgan soʻrovnomani koʻrib chiqib, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsning: Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar reyestri (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslar reyestri) yoki Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi holati yoxud “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi oʻrganiladi; oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasini baholaydi; oilasi yoki oʻzini ijtimoiy xizmatlarga ehtiyojini oʻrganadi. | 7 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
4-bosqich | “Ijtimoiy himoya” AT | Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs uchun taqdim etilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy xizmatlar turlari, xizmat koʻrsatish muddatlari, vaqti va davriyligi shakllanadi. | Avtomatik tarzda | |||
5-bosqich | “Inson” markazining masʼul xodimi | “Ijtimoiy himoya” ATda shakllangan ijtimoiy xizmatlarni ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxsga taklif qiladi. | Shu vaqtning oʻzida | |||
6-bosqich | Ijtimoiy xizmatlardan foydalanish istagida boʻlgan shaxs | Ijtimoiy xizmatlardan birini tanlaydi. | Taklif etilgan vaqtda | |||
7-bosqich | “Ijtimoiy himoya” AT | Tanlangan ijtimoiy xizmat narxining tegishli qismini davlat tomonidan qoplab berish boʻyicha vaucher taqdim etilishini nazarda tutuvchi shartnoma loyihasini shakllantiradi. | Avtomatik tarzda | |||
8-bosqich | “Inson” markazining masʼul xodimi | Shartnoma loyihasini imzolash uchun tomonlarga taqdim etadi. | “Ijtimoiy himoya” ATda shartnoma shakllangan vaqtning oʻzida | |||
9-bosqich | “Ijtimoiy himoya” AT | Ijtimoiy xizmat narxini toʻliq yoki qisman qoplab berishni nazarda tutuvchi vaucher shakllantiradi. | Avtomatik tarzda | |||
10-bosqich | “Ijtimoiy himoya” AT yoki “Inson” markazining ijtimoiy xodimi | Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining mobil telefon raqamiga hamda YIDXPdagi kabinetiga SMS-xabar yuboriladi yoki ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi “Inson” markazining ijtimoiy xodimi tomonidan xabardor qilinadi. | Avtomatik tarzda yoki 1 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda | |||
11-bosqich | Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi | “Ijtimoiy himoya” AT orqali xizmat koʻrsatuvchini tanlaydi. | 10 ish kuni ichida |
2a-ILOVA
1. | Ijtimoiy xizmat nomi | Uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam koʻrsatish xizmati. |
2. | Ijtimoiy xizmat tarkibi | Maishiy yumushlarda koʻmaklashish (ovqat tayyorlash, supurish-yigʻishtirish, kiyim-kechaklarni yuvish, zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini uyga yetkazib berish); gigiyena tadbirlarini amalga oshirish; tibbiyot va sport muassasalariga hamrohlik xizmatini koʻrsatish; tyutorlik (shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish). |
3. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari; yakka tartibdagi tadbirkorlar; yuridik shaxslar; oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar. |
4. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 116 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs. |
5. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi: 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 4-marta 3 soatdan; 54 balldan 62 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 3-marta 2 soatdan; 63 balldan 87 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 2-marta 2,5 soatdan; 88 balldan 116 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 1-marta 2 soatdan. |
6. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati | Ijtimoiy xizmat: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi*; yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 foizi; oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda; Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda. |
7. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos | Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 116 ballgacha baholanganligi. |
8. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli | Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida. |
9. | Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari | “Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi: koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar; ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari. |
10. | Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari | a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi: 3 — 5 ball boʻlganda — samarali; 1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz; b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan: shikoyati kelib tushmaganligi — samarali; asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz; v) tanlov asosida koʻrilganda xizmatdan foydalanuvchi xonadonining holati: toza boʻlganda — samarali; tozalanmagan boʻlganda — samarasiz. |
11. | Izoh | Xizmat koʻrsatuvchi xizmatdan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatilishini tashkil etish uchun reja-grafik asosida tegishli xodimni biriktiradi. |
2b-ILOVA
1. | Ijtimoiy xizmat nomi | Uy sharoitida qarab turish xizmati. |
2. | Ijtimoiy xizmat tarkibi | Shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish); shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish); shaxs bilan muloqot qilish; tyutorlik (shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish, gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish). |
3. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari; yakka tartibdagi tadbirkorlar; yuridik shaxslar; oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar. |
4. | Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan shaxs (oila): Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan shaxs (oila); “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila). | |
5. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi | Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 3 soatgacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan davrda. |
6. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati | Ijtimoiy xizmat: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi*; yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 7 foizi; oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi, birga yashaydigan oila aʼzosiga uy sharoitida qarab turish xizmatining 1 soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi**: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda; Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda. |
7. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos | Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha baholanganligi; oila yoki shaxsning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi; Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi; oilada mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlish yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi***. |
8. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli | Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida. |
9. | Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari | “Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi: koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar; ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari; amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga kiritib borish. |
10. | Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari | a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi: 3 — 5 ball boʻlganda — samarali; 1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz; b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan: shikoyati kelib tushmaganligi — samarali; asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz; v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli): qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali; qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz. |
11. | Izoh | Xizmat koʻrsatuvchi xizmatdan foydalanuvchiga xizmat koʻrsatilishini tashkil etish uchun reja-grafik asosida tegishli xodimni biriktiradi. |
2v-ILOVA
1. | Ijtimoiy xizmat nomi | Tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati. |
2. | Ijtimoiy xizmat tarkibi | Shaxslarning yoʻqotilgan funksional imkoniyatlari va harakat faolligini qayta tiklash; jismoniy faollik yoʻqotilishi bilan rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan asoratli kasallanish holatlarini oldini olish va oila aʼzolarini parvarish koʻnikmalariga oʻrgatish. Shifokor tomonidan qoʻshimcha reabilitatsiya tadbirlari belgilanishi mumkin. |
3. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi*; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari*; yakka tartibdagi tadbirkorlar; yuridik shaxslar. |
4. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan hamda oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi shaxs; Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) boʻlgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxs. |
5. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi | Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarning reyestriga kiritilgan: oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 53 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 3-marta 2 soatdan; oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 54 balldan 62 ballgacha boʻlgan shaxsga haftada 2-marta 2 soatdan; Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) boʻlgan oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi qoʻyilgan shaxsga haftada 3-martagacha 1 soatdan, biroq 1 ta shaxs uchun bir marta 6 oydan koʻp boʻlmagan davrda. |
6. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati | Ijtimoiy xizmat: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi; yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 11 foizi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda; Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda. |
7. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos | Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi; oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi; jarohatlanish va bosh miya qon aylanishi buzilishi (insult) tashxisi toʻgʻrisidagi oilaviy shifokorning xulosasi. |
8. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli | Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida yoki kunduzgi qatnov asosida tashkil etilgan binoda. |
9. | Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari | “Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi: koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar; ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari. |
10. | Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari | a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi: 3 — 5 ball boʻlganda — samarali; 1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz; b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan: shikoyati kelib tushmaganligi — samarali; asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz; v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli): qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali; qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz; g) ijtimoiy xizmat koʻrsatilishi boʻyicha individual reabilitatsiya rejasining mavjudligi va koʻrsatilgan xizmatning individual reabilitatsiya rejasiga muvofiqligi: reabilitatsiya rejasi mavjud va koʻrsatilgan xizmat individual reabilitatsiya rejasiga muvofiq boʻlganda — samarali; reabilitatsiya rejasi mavjud boʻlmaganda yoki koʻrsatilgan xizmat individual reabilitatsiya rejasiga muvofiq boʻlmaganda — samarasiz. |
11. | Izoh | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchining shifokori tomonidan xizmatdan foydalanuvchining yashash joyiga borgan holda yoki ijtimoiy xizmat kunduzgi qatnov asosida tashkil etilgan binoda uni tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi va reabilitatsiya tadbirlariga ehtiyojlari asosida individual reabilitatsiya rejasi tuziladi. Koʻrsatilgan tibbiy ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarining samaradorligi har olti oyda Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan baholab boriladi. Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchiga uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati koʻrsatilishini tashkil etish uchun xizmat koʻrsatuvchi tomonidan reja-grafik asosida tegishli xodim biriktiriladi. |
2g-ILOVA
1. | Ijtimoiy xizmat nomi | Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati. |
2. | Ijtimoiy xizmat tarkibi | a) Shaxsga qarab turish (yiqilish va jarohatlanishlarning oldini olish); shaxsni parvarishlash (ovqatlantirish, gigiyenik tadbirlarni amalga oshirish); shaxs bilan muloqot qilish; shaxsni oʻz-oʻziga xizmat qilishga oʻrgatish; tyutorlik (gadjetlardan mustaqil foydalanishga, shu jumladan, elektron kitoblar va soʻnggi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari bilan tanishish, onlayn davlat xizmatlaridan foydalanish va boshqalarga oʻrgatish); b) 1 mahal issiq ovqat va 2 mahal yengil ovqat bilan taʼminlash; v) 10 kmgacha boʻlgan masofa doirasida xizmatdan foydalanuvchini olib borish va olib kelishda transport xizmatini koʻrsatish. |
3. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari; yakka tartibdagi tadbirkorlar; yuridik shaxslar. |
4. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi | Oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha boʻlgan 18 va undan katta yoshdagi Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila). |
5. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi | Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 8 soatgacha, biroq 1 yildan koʻp boʻlmagan davrda. |
6. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati | Ijtimoiy xizmat: Agentlikning tizim tashkilotlari tomonidan koʻrsatilganda — 1 kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi; yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 kun uchun bazaviy hisoblash miqdorining 24 foizi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda; Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda. |
7. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos | Shaxsning oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha 0 balldan 62 ballgacha baholanganligi; oilaning ijtimoiy xizmatlarga ehtiyoji mavjudligi; Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilganligi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi yoki moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila) ekanligi; oilada mehnatga layoqatli shaxs uch oy ichida band boʻlishi yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi*. |
8. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli | Oila tipidagi xonadonda — 7 nafargacha shaxslarga; Markaz tipida alohida binoda — kamida 7 nafar shaxslarga. |
9. | Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari | “Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi: koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar; ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari; amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning Oila hamkori platformasiga kiritib borish. |
10. | Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari | a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi: 3 — 5 ball boʻlganda — samarali; 1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz; b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan: shikoyati kelib tushmaganligi — samarali; asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz; v) xizmatdan foydalanuvchining oʻzgalar parvarishiga muhtojlik darajasi boʻyicha 6 oylik koʻrsatkichi Bartel va Lauton shkalalari boʻyicha (balli): qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamaymaganda yoki oshganda — samarali; qayta baholashdan avvalgi koʻrsatkichiga nisbatan kamayganda — samarasiz. |
11. | Izoh | Ijtimoiy xizmat koʻrsatilishini tashkil etishda har 7 nafar xizmatdan foydalanuvchiga qarab turish uchun kamida 1 nafar xodim biriktirilishi tavsiya etiladi. Xizmat markaz tipida tashkil etilganda kamida 1 nafar hamshira faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati markaz tipida tashkil etilgan hollarda uyda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati doirasida koʻrsatiladigan tadbirlar ham ushbu muassasada koʻrsatilishi mumkin. |
2d-ILOVA
1. | Ijtimoiy xizmat nomi | Shaxsiy yordamchi xizmati. |
2. | Ijtimoiy xizmat tarkibi | Mehnat qilish yoki taʼlim olish joylariga borish va kelishda hamrohlik qilish; zarur maʼlumotlarni topishda, surdotarjimon biriktirishda, Brayl alifbosini oʻrganishini tashkil qilishda koʻmaklashish; hujjatlarni rasmiylashtirishda koʻmaklashish; xizmatlardan va tegishli imtiyozlardan foydalanishda yordam koʻrsatish; mustaqil harakatlanishi uchun yashash joyi, ish oʻrnini va taʼlim olish joyini moslashtirishni tashkil etish. |
3. | Ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi | “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning tizim tashkilotlari; yakka tartibdagi tadbirkorlar; yuridik shaxslar; oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar. |
4. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchi | 18 yoshdan 55 yoshgacha ayollar yoki 60 yoshgacha erkaklar boʻlgan: koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilangan shaxslar nogironlik belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda murojaat qilganda; birinchi marta aravachadan foydalanish belgilangan shaxs, birinchi marta aravachadan foydalanish belgilangan vaqtdan boshlab 6 oydan koʻp boʻlmagan muddatda murojaat qilganda. |
5. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish hajmi | Haftada 5 ish kuni davomida kuniga 3 soatgacha, biroq 2 haftadan koʻp boʻlmagan davrda. |
6. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish uchun beriladigan vaucher qiymati | Ijtimoiy xizmat: “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Agentlikning tizim tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 6 foizi; oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan koʻrsatilganda — 1 soat uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxs tomonidan ijtimoiy xizmat koʻrsatilganda quyidagicha koʻpaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlari uchun vaucher qiymatiga 1,3 nisbatda; Toshkent shahri uchun vaucher qiymatiga 1,5 nisbatda. |
7. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish va vaucherni shakllantirish uchun asos | Koʻzi ojizlik boʻyicha I guruh nogironligi birinchi marotaba belgilanganligi; birinchi marta aravachadan foydalanish belgilanganligi; ijtimoiy shartnoma bilan xizmatdan foydalanuvchi mehnat qilish yoki taʼlim olish majburiyatini olganligi*. |
8. | Ijtimoiy xizmatni koʻrsatish shakli | Xizmatdan foydalanuvchining yashash joyida. |
9. | Vaucher qiymatini xizmat koʻrsatuvchiga toʻlab berish shartlari | “Ijtimoiy himoya” ATga quyidagi maʼlumotlarning ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan kunda kiritilganligi: koʻrsatilgan ijtimoiy xizmat haqidagi maʼlumotlar; ijtimoiy xizmatdan haqiqatda foydalangan shaxsning biometrik maʼlumotlari; amalga oshirilgan tadbirlar va shaxs haqidagi maʼlumotni xizmat koʻrsatuvchi tomonidan har kuni “Ijtimoiy himoya” ATning “Oila hamkori” platformasiga kiritib borish. |
10. | Ijtimoiy xizmatning samaradorligini baholash mezonlari | a) Ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchining xizmatdan qoniqish darajasi 5 ballik tizimda baholanadi: 3 — 5 ball boʻlganda — samarali; 1 va 2 ball boʻlganda — samarasiz; b) ijtimoiy xizmat koʻrsatilgan yoki koʻrsatilishi belgilangan xizmat yuzasidan Agentlik va uning tizim tashkilotlariga ijtimoiy xizmatdan foydalanuvchidan: shikoyati kelib tushmaganligi — samarali; asosli shikoyat kelib tushganligi — samarasiz. |
3-ILOVA
I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar | ||
1. | F.I.O.* | |
2. | Tugʻilgan joyi va sanasi* | |
3. | Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami* | |
4. | JSHSHIR | |
5. | Doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi manzili | |
6. | Roʻyxatda turgan manzili* | |
7. | Telefon raqami | |
8. | Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) | |
II. Ijtimoiy xizmat koʻrsatish talab etiladigan shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar | ||
9. | F.I.O.* | |
10. | Tugʻilgan joyi va sanasi* | |
11. | Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami* | |
12. | JSHSHIR | |
13. | Doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi manzili | |
14. | Telefon raqami | |
15. | Elektron pochta manzili (agar mavjud boʻlsa) | |
16. | Nogironlik guruhi* | |
17. | Soʻralayotgan ijtimoiy xizmat turi | |
18. | Ijtimoiy xizmatdan foydalanish maqsadi (shaxsiy yordamchi xizmati boʻyicha murojaat qilinganda koʻrsatiladi). | |
4-ILOVA
T/r | Oilaning xizmat olishdan maqsadi | Savollar | Oʻrganishda aniqlangan holat |
Kambagʻallikdan chiqish | Oilada ishlash istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas | |
Oilada taʼlim olish istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas | ||
Oiladagi ishlash istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy parvarish bilan bandligi | □ mavjud □ mavjud emas | ||
Oiladagi taʼlim olish istagi boʻlgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy parvarish bilan bandligi | □ mavjud □ mavjud emas | ||
Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish | Oilada taʼlim olish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas | |
Oilada mehnat qilish istagida boʻlgan nogironligi boʻlgan shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas | ||
Nogironlikning oldini olish | Oilada soʻngi bir oy ichida jarohatlanish natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas | |
Oilada soʻngi bir oy ichida jarrohlik amaliyoti oʻtkazilishi natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas | ||
Oilada soʻngi bir oy ichida bosh miya qon aylanishining buzilishi natijasida oʻzgalar parvarishiga muhtojligi yuzaga kelgan shaxsning mavjudligi | □ mavjud □ mavjud emas |
5-ILOVA
2-ILOVA
NAMUNA | ||
| ||
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi | ||
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi | ||
qisqa muddatli oʻquv kursini tugatganlik haqida | ||
SERTIFIKAT | ||
KP t/r 000000 | ||
_________________________________________________________ | ||
(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi) | ||
20____ yil _______________________dan | ||
20____ yil ________________________gacha | ||
_________________________________________________________ | ||
(oʻquv kurslari olib borilgan muassasa nomi) | ||
jami ______________________ soatli | ||
_________________________________________________________ | ||
(oʻquv kursining nomi) | ||
boʻyicha oʻquv kursini muvaffaqiyatli tugatdi. | ||
Muhr oʻrni | ||
Direktor | _______________ | __________________ |
(imzo) | (familiyasi, ismi, otasining ismi) | |
